Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
xorijiy va mahalliy linter mashinalarining taqqosiy tahlili
Abstracts
Maqolada xorijiy va mahalliy linter mashinalarining konstruktiv va texnologik jihatdan taqqosiy tahlili keltirilgan. Linter mashinalarining ishlash prinsiplari, asosiy texnik ko‘rsatkichlari hamda samaradorlik darajasi o‘rganildi. Natijada mahalliy sanoatda linter mashinalarini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari yuzasidan takliflar berildi. Tayanch so‘zlar: chigit, lint, arrali silindr, dvigatel, ishchi kamera. COMPARATIVE ANALYSIS OF FOREIGN AND DOMESTIC LINTER MACHINES Ortiqova K.I., Umarov A.A. Namangan state technical university.
The abstract is not available in Russian.
семенаволокнопильный цилиндрдвигательрабочая камера. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirishsohaning eksport salohiyatini kengaytirishmahalliy to‘qimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun sharoitlar yaratish maqsadidailg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilishipkalavani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish va to‘qimachilik tarmog‘id
The article presents a comparative analysis of foreign and domestic linter machines in terms of design and technology. The principles of operation, main technical indicators and efficiency of linter machines were studied. As a result, proposals were made on the directions of modernization of linter machines in the domestic industry.
Article Content
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 275
Технологии текстильной и легкой промышленности
linterlangan urug‘lik, texnik chigit sifatiga, balki umumiy ishlab chiqarish samaradorligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Dunyo bozorida turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan linter mashinalari mavjud bo‘lib, ularning texnik xususiyatlari, ish unumdorligi va energiya sarfi birbiridan farq qiladi. Shu sababli, xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan linter mashinalarini taqqoslash dolzarb ahamiyat kasb etadi [3]. Turkiya (KV-201, KV-176) [4], Hindiston (Cottor 200, Bajaj-CEC LE 176, Ferro FX 200) [5], Xitoy (MR-144D, MR-161, MR-164M, MR-178) [6] hamda O‘zbekiston (5ЛП-160, 6ЛП-320, ЛПЗ-320) [7] da ishlab chiqarilgan linter mashinalari texnik imkoniyatlari va samaradorligi bo‘yicha tahlil qilinadi (1-jadval). Ushbu mashinalar orasida xorijiy ishlab chiqaruvchilarning linter mashinalari zamonaviy texnologik yechimlar va avtomatlashtirish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, ish unumdorligi yuqori, chigitlarni shikastlash darajasi past, shuningdek, energiya samaradorligi va barqaror ishlash ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Hindiston (1-rasm), Xitoyda (2-rasm) va Turkiya (3-rasm), ishlab chiqarilgan linter mashinalari xomashyoni bir maromda ta’minlash, arrali silindr tezligini muvozanatlash va chigitlarni optimal sharoitda qayta ishlash imkoniyatiga ega. Natijada, tolaning sifati yaxshilanib, ishlab chiqarish jarayonidagi yo‘qotishlar kamayadi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan boshqaruv mexanizmlarining mavjudligi tufayli bu mashinalar doimiy monitoring va aniq sozlanish imkoniyatiga ega, bu esa ularning ishlash barqarorligini oshiradi. Turkiya va Xitoy linter mashinalari texnologik rivojlanish va avtomatlashtirish bo‘yicha yetakchilik qiladi. Ular yuqori unumdorlik, energiya samaradorligi va avtomatik boshqaruv tizimlari bilan ajralib turadi. Hindiston linter mashinalari esa arzon narx va foydalanish qulayligi bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun jozibador variant bo‘lib, yuqori aniqlik va avtomatlashtirish bo‘yicha cheklovlarga ega. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 5ЛП-160, 6ЛП-320 va ЛПЗ-320 rusumli linter mashinalari (4-rasm) asosan mexanik boshqaruv tizimi asosida ishlaydi. Ushbu uskunalarning avtomatlashtirish darajasi yetarli darajada yuqori emas, natijada ularning unumdorligi cheklangan bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda faqat ta’minlash tizimi avtomatlashtirilgan bo‘lib, bu jarayon ish yuklamasini biroz kamaytirishga yordam beradi. Biroq, tezlatkich va arrali silindrlarning aylanish tezligini boshqarish avtomatlashtirilmagan. Bu esa operatorlarning doimiy nazorati va qo‘lda sozlash jarayonini talab qiladi.
2-rasm. Xitoy paxta tozalash koxonasidagi MR 160-11C rusumli linter mashinalarining linterlash jarayoni
1-rasm. Hindistonning Ferro FX 200 arrali to‘liq avtomatlashgan linter mashinasi
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 276
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
3-rasm. Turkiyaning Sumer 180 saw linter mashinasi
4-rasm. O‘zbekistondagi 5-ЛП rusumli lintеr mashinasi 1-jadval Xorijiy va mahalliy linter mashinalarining taqqosiy tahlili
Arrali slindr diametri, mm
Elektromotorni ng quvvati, kVt
Chigit bo’yicha unumdorlik, kg/s
№ Mashina modellari
Arralar soni, son
1 MR-144D 320 3500-4500 24 144 2 MR-161 320 3500-4500 27 161 3 MR-164M 320 3500-4500 30 164 4 MR-178 406 4000-5500 35 178 5 SUMER 180 457 9500 30 180 6 KV-210 457 14000 40 210 7 KV-176 457 6500 30 176 8 Cottor 200 406 10000 57 200 9 Bajaj-cec le 176 406 3500 52 176 10 Ferro FX 200 406 10000 54 200 11 5ЛП-160 320 2000-2300 30 160 12 6ЛП-320 320 3000 60 320 13 ЛПЗ-320 320 4000 57 320
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, linter mashinasining ish unumdorligi va mahsulotlar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari arralar soni, arrali silindr tezligi va arra diametrining o‘zgarishiga bog‘liqdir. Bu firmalari orqali linter mashinasining yangi rusumlari mashinalar ishlash jarayoni, avtomatik boshqaruv tizimini mavjudligi va samaradorligi bilan ajralib turad. Barcha mashinalarda birinchi va ikkinchi ajratish kameralarning mavjudligi, lintni arra tishidan cho‘tkali baraban va havo orqali еchilishi, ishchi kameralarini avtomatik holatda kutarilib-tushushini nazorat qilish, va chigit tarog’ini mahsulotlarga qarab o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turadi. Mahalliy ishlab chiqarilgan 5ЛП-160, 6ЛП-320, ЛПЗ-320 linter mashinalari mexanik boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, avtomatlashtirish darajasi past. Natijada, linterlash jarayonida chigitlarning ortiqcha shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin, bu esa lint sifatining pasayishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfi yuqoriligi kuzatiladi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 277
Технологии текстильной и легкой промышленности
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 278