Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Energetiklar uchun maxsus ish kiyim yaratishda zamonaviy estetik va xavfsizlik talablarni shakllantirish

BARAKAYEVA D.F., GAFUROVA N.T.

Выпуск
4-son
Страницы
297–301
Опубликовано
05.08.2025
Просмотры
2 6

Аннотации

В статье рассматриваются вопросы проектирования специальной одежды для работников энергетической отрасли, отвечающей условиям труда и требованиям безопасности, предъявляемые к ней требования, выбор подходящих материалов и результаты их испытаний в лабораторных условиях.

Содержание статьи

Kirish. Bugungi kunda energetika sohasi ishlab chiqarishning asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ko‘plab xavf omillariga duch keladilar: elektr toki urishi, yuqori harorat, kuchli yorug‘lik, portlash xavfi va boshqa ishlab chiqarish jarayonlariga xos bo‘lgan noqulay sharoitlar. Shu sababli energetiklar uchun maxsus ish kiyimlari nafaqat xavfsizlikni ta’minlashi, balki qulaylik va estetik ko‘rinishga ham ega bo‘lishi lozim. Mazkur maqolaning maqsadi — energetiklar uchun maxsus ish kiyimlarini ishlab chiqishda estetik va xavfsizlik talablarini shakllantirish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Zamonaviy energetika sohasida xavfsizlik va qulaylik ustuvor ahamiyat kasb etadi. Energetika sohasida ishlovchi mutaxassislar kundalik mehnat faoliyatida turli xavf-xatarlar bilan yuzma-yuz keladilar. Bu xavflar elektr toki ta’siri, yuqori harorat, mexanik shikastlanishlar, hamda atrof-muhit sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bois, bu sohaga oid mehnat faoliyatida ishtirok etuvchi kishilar uchun maxsus himoya kiyimlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda ko‘plab ilmiy ishlar va tadqiqotlar amalga oshirilganligiga qaramay, energetiklar uchun mo‘ljallangan ish kiyimini loyihalash va tadqiq qilish orqali ularning xavfsizligini oshirish, mehnat unumdorligini saqlash hamda xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiq kiyim yaratish maqsad qilingan. Ish kiyimiga qo‘yiladigan texnik, ergonomik va gigiyenik talablar asosida optimal modellar ishlab chiqiladi hamda ularning himoya darajasi tajriba asosida tekshiriladi [1]. Asosiy qism. Maxsus ish kiyimlari – bu shunchaki ishchi libosi emas, balki hayotni saqlab qoladigan, mehnat xavfsizligini ta’minlaydigan vosita hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan materiallar yordamida bu kiyimlar ko‘plab xavf-xatarlarga qarshi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 295 Технологии текстильной и легкой промышленности mustahkam himoya ta’minlaydi. Ish kiyimi nafaqat texnik, balki inson fiziologiyasiga mos ergonomik yechimlarga ham ega bo‘lishi zarur. Energetika sohasidagi xavfli omillar. Hozirgi davrda energetika sohasi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va uzatishda faoliyat yurituvchi energetik mutaxassislar murakkab mehnat sharoitida ishlaydi. Ularning faoliyati yuqori xavf darajasi bilan ajralib turadi: elektr toki urishi, yuqori harorat, mexanik jarohatlar, yonuvchan muhit, kuchli elektromagnit maydonlar, hamda yorug‘lik radiatsiyasi kabi omillar sog‘liqqa tahdid soladi. Bunday sharoitda maxsus ish kiyimlari energetiklar uchun asosiy himoya vositalaridan biri hisoblanadi. Kiyim nafaqat xavfsizlikni ta’minlashi, balki inson organizmining issiqlik almashinuvi, qulayligi, ergonomikasi va psixologik holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi lozim. Shu bilan birga, estetik jihatdan ham zamonaviy va qulay dizayn yechimlari ishlab chiqish, ishchi kayfiyatini ko‘tarishda ham muhim rol o‘ynaydi. Energetika sohasidagi ish faoliyatida turli xil jismoniy, kimyoviy va iqlimiy xavf-xatarlar ko‘plab uchraydi. Xavf omillarining noto‘g‘ri baholanishi yoki himoya vositalarining yetishmasligi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Quyida keltirilgan hodisalar ishchilar real holatlarda duch keladigan holatlar: 1. Elektr toki urishi xavfi (yil davomida yuzlab baxtsiz hodisalar). ▪ Yuqori kuchlanish (0.4 kV – 500 kV) bilan ishlash odam organizmi uchun bevosita xavf tug‘diradi. ▪ Elektr toki urishi yurak to‘xtashi, kuyish va hayot uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. ▪ Elektr yoyi paydo bo‘lishi natijasida harorat 10000°C gacha ko‘tarilishi mumkin. 2. Yuzaga keladigan yuqori harorat va uchqunlar. • Elektr yoyi — ikki kuchlanishli nuqta o‘rtasida havo orqali kuchli tok oqimi. • Bu holat kuchli issiqlik, yorug‘lik nurlanishi va yong‘in xavfini keltirib chiqaradi. • Ish kiyimi yonuvchan bo‘lsa, ishchining butun tanasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 3. Issiqlik va sovuqqa nisbatan bardoshlilik. ♦ Ba’zi energetik qurilmalar (transformatorlar, generatorlar, kabel liniyalari) ishlash paytida yuqori harorat chiqaradi. ♦ Doimiy issiqlik ta’siri teri kuyishiga yoki issiqlik urishiga olib keladi. ♦ Issiqlikka chidamli kiyimlar zarur. 4. Mexanik zarar yetkazadigan omillar (kesish, sanchish, bosish). ✓ Jihozlar orasida harakat paytida tushish, urilish, siqilish, kesilish kabi holatlar. ✓ Sim, metall buyumlar va kesuvchi asboblar ishchi xavfsizligiga tahdid soladi. 5. Kimyoviy moddalarning ta’siri (transformator yog‘i va h.k.). ➢ Transformator yog‘i, texnik moylar, sovutuvchi suyuqliklar, zangga qarshi vositalar - bular teriga yoki nafas yo‘llariga zarar yetkazishi mumkin. ➢ Himoya qoplamali (laminatsiyalangan) matolar bu xavfdan saqlaydi. 6. Balandlikda ishlash xavfi − Elektr ustunlari, podstansiyalar, uzatish liniyalarida ishlashda qulash xavfi mavjud. − Maxsus tutqichlar, xavfsizlik kamarlari, sirpanmas oyoq kiyimlar talab qilinadi. 7. Ob-havo va ekologik omillar − Ochiq havoda ishlash (yomg‘ir, shamol, qor, issiq quyosh) organizmga salbiy ta’sir qiladi. − Namlik matolarga kirsa, ularning dielektrik xossasi yo‘qolishi mumkin. 8. Shovqin va vibratsiya − Yirik turbinalar va transformatorlar ishlaganda doimiy shovqin va vibratsiya bo‘ladi. − Bu esa eshitish, mushak va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 296 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Energetika sohasidagi xavf omillari ko‘p qirrali va murakkab bo‘lib, ularning har biri alohida e’tibor va texnik himoya choralarini talab qiladi. Shu bois, maxsus ish kiyimlari loyihalashda quyidagilarga e’tibor berish zarur: • Dielektrik va antistatik xossalar; • Issiqlik va uchqunlardan himoyalash; • Ergonomik va mexanik xavfdan saqlanish; • Namlik, sovuq va kimyoviy ta’sirlarga bardoshlilik. Energetiklar uchun maxsus ish kiyim quyidagi turlari va vazifalari mavjud: 1. Elektr yoyi (duga)dan himoyalovchi kiyimlar. Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari bilan ishlaganda yuzaga keladigan elektr yoyi (duga)dan himoya qilish. Yonishga chidamli (olovda kuymaydi, erimaydi), issiqlikni kamaytiruvchi qatlamlarga ega, antistatik xususiyatga ega (statik tokni chiqarib yuboradi), maxsus tolalardan (masalan, aramid, modakrilik) tayyorlanadi. 2. Antistatik kiyimlar. Ishchi tanasida statik elektr to‘planishini oldini olish va portlovchi muhitlarda xavfsizlikni ta’minlash. Maxsus iplar (uglerodli yoki metallizatsiyalangan iplar) bilan to‘qilgan. Statik zaryadni erga yo‘naltirishga qodir. Ko‘pincha neft-gaz, kimyo va elektr tarmoqlarida qo‘llaniladi. 3. Dielektrik qo‘lqoplar va etiklar. Tananing ochiq qismlarini elektr toki urishidan himoya qilish. Dielektrik materiallardan tayyorlangan (kauchuk, PVX). Maxsus testdan o‘tkaziladi.Ma’lum kuchlanishgacha qarshilik ko‘rsatadi (masalan, 1000V, 20kV va h.k.). 4. Issiqlikka va olovga chidamli kiyimlar. Qizigan jismlar, uchqunlar, erigan metall va boshqa issiqlik manbalaridan himoya qilish. Ko‘pincha metallurgiya bilan bog‘liq energetik ishlarda ishlatiladi. Ichki qatlamlari havo aylanishiga imkon beradi. 5. Ko‘rinuvchan (signal) ish kiyimlari. Energetiklarning qorong‘i yoki yomon yoritilgan muhitda ko‘rinishini ta’minlash. Yorqin rangli matolardan tikilgan (sariq, to‘q sariq, yashil). Reflektorli elementlarga ega (nurda porlaydi). Yo‘l qurilishi, elektr tarmoqlari ustida ishlashda zarur. Energetiklar maxsus ish kiyimlari haqida umumiy ma’lumot. Energetiklar maxsus ish kiyimlari - bu ishchining kasbiy faoliyati davomida duch keladigan xavf-xatarlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kiyimlardir. Bu kiyimlar ishchining xavfsizligini ta’minlab, mehnat unumdorligini oshirishga ham xizmat qiladi. 1-rasm. Maxsus ish kiyim namunalari Mavjud maxsus ish kiyimlari quyidagi vazifalarni bajarishi xizmat qiladi: Xavfsizlikni ta’minlash – elektr toki, olov, kimyoviy modda, mexanik zarba kabi tahdidlardan himoya; Gigiyenik talabni qondirish – issiq havo harorati, namlik, terini ifloslanish, chang, zararli moddalar bilan bevosita ta’siridan saqlash; Ergonomik talabga javob berish – harakatlanish erkinligini ta’minlash; Tashqi belgilar bilan ajratish – ishchining lavozimi, bo‘limi yoki xavf darajasi ko‘rsatkichlarini berish (reflektor, ranglar). “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 297 Технологии текстильной и легкой промышленности Shu jumladan, energetiklar uchun maxsus ish kiyimining asosiy talablari: 1. Fizik-mexanik talab: Energetiklar elektr toki bilan ishlashgani sababli, kiyimlar yuqori kuchlanishga chidamli dielektrik, antistatik gazlamalardan tayyorlanishi kerak. Elektr yoylarining yuzaga kelishi ehtimolini inobatga olib, maxsus kiyim inson tanasiga elektr tokini o’tkazmasligi uchun xavfsizlik yuqori darajada bo‘lishi shart. Maxsus kiyim yirtilish, ishqalanish, uzayish kabi xususiyatlarga chidamli bo‘lishi kerak. 2. Gigiyenik talab: Ochiq havoda ishlovchi xodimlar har xil ob-havo sharoitida faoliyat yuritadi. Shu sababli kiyimlar namlik va sovuqdan himoya qilishi lozim. 3. Ximoya talablari: Ishchilar kechasi yoki kam ko‘rinadigan joylarda ishlashlari mumkin, shuning uchun ular yoritilgan yoki aks ettiruvchi lenta va elementlarga ega bo‘lishi zarur. 4. Ergonomik talablar: Harakatni cheklamaydigan, qulay va nafas oladigan materiallardan tayyorlangan kiyimlar ish samaradorligini oshiradi. 5. Estetik talablar: Maxsus kiyim estetik jihatdan yoqimli kiyim ishchining kayfiyatini ko‘taradi, o‘zini hurmat qilgan holda ishlashiga yordam beradi. Bu esa bevosita ish unumdorligi va xavfsizlik darajasiga ta’sir qiladi. ENERGETIKLAR ESTETIK XIMOYA MAXSUS KIYIMIGA TALAB TALAB TALABLAR ERGONOMI K TALAB GIGIYENIK TALAB 2-rasm. Energetiklar uchun maxsus ish kiyimining asosiy talablari Energetiklar uchun maxsus ish kiyimlarini ishlab chiqishda estetik va xavfsizlik talablarini uyg‘unlashtirish zarurligi ilmiy asoslandi. Yangi ishlab chiqilgan model xavfsizlik darajasini oshiradi, inson salomatligini muhofaza qiladi va mehnat unumdorligini ko‘taradi. Maxsus ish kiyimlarni tayyorlashda quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan standartlar asosida tayyorlash tavsiya etiladi [3]. 1-jadval. Energetiklar uchun maxsus ish kiyimi assortimenti № Kiyim nomi Tavsiflanishi 1 Kombinezon / Kurtka Barcha tanani yopadi, yonuvchan emas, antistatik xususiyatga ega 2 Shim Issiqlik va elektr yoyi ta’siriga chidamli 3 Qo‘lqop Dielektrik, issiqqa chidamli, mexanik shikastlarga qarshi 4 Etik Dielektrik taglikka ega, sirpanmaydigan taglik 5 Shlem / Kaska Boshni urilish va elektr kontaktidan himoya qiladi 6 Ko‘zoynak / Yuz niqobi Ko‘z va yuzni uchqun, yorug‘lik yoki zarralardan himoya qiladi Energetiklar uchug tavsiya etiladigan maxsus kiyimlarning quyidagi xususiyatlari quyidagi laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilishi kerak: - Yonuvchanlik xususiyati – ochiq olovning 10 soniyagacha ta’siri. - Elektr o‘tkazuvchanligi– elektr kuchlanishga qarshiligi (200 V va undan yuqori). - Yuvishga bardoshlik – 25–50 marta yuvishdan keyin xususiyatlarning saqlanishi. - Mexanik ta’sirga chidamliligi – yirtilish, ishqalanish va cho‘ziliishga chidamlilik. - Gigiyenik xususiyati– havo va nam o‘tkazuvchanligi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 298 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 2-jadval. Energetiklar maxsus ish kiyimi uchun muhim standartlar № Standart raqami Mazmuni 1 ISO 11611 Payvandlashda ishlatiladigan himoya kiyimlari 2 ISO 11612 Issiqlik va alangaga chidamli kiyimlar 3 EN 1149-5 Antistatik xossalarga ega kiyimlar 4 GOST 12.4.280 Dielektrik kiyimlar uchun talablar 5 O‘z DSt 3036 Maxsus ish kiyimlarini loyihalash va sinash bo‘yicha qoidalar Energetiklar maxsus ish kiyimi uchun mato va konstruktiv yechimlar tanlash quyidagi omillarni e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi [4]: • Tanlanadigan mato elektr o‘tkazuvchanlikka qarshi, mustahkam, yengil bo‘lishi lozim; • Maxsus kiyim dielektrik qo‘lqoplar bilan to‘ldirilishi kerak; • Qorong‘i joylarda xavfsizlikni ta’minlash uchun yorituvchi elementlardan foydalanish zarur; • Tanani to‘liq himoya qilish uchun yopiq bo‘yin va bilaklarni yopish kerak. Energetiklar uchun maxsus ish kiyimi - bu oddiy kiyim to‘plami emas, balki ularning sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qiluvchi individual vositadir. Zamonaviy talablar asosida ishlab chiqilgan bunday kiyimlar energetika sohasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bunda quyidagi innovatsion yondashuvlardan foydalanish o‘rinlidir: • Sensorlar yordamida ishchining tana harorati yoki yurak urishini nazorat qilish; • GPS orqali ishchining joylashuvini aniqlash; • Elektr toki ta’sirida rang o‘zgartiruvchi yoki signal beruvchi matolar. Xulosa qilib aytish mumkinki, turli soha xodimlari uchun maxsus kiyimlar yaratishda kо‘plab xorijlik, hamda mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH) olimlari izlanishlar olib borishgan. Maxsus kiyimlarni loyihalash jarayonida ularning gigiyenik talablarga javob berishi, inson tanasining harorati bir xilda bo‘lishini ta’minlashi va yuqori havo harorati, namligi, chang va shovqin kabi ishlab chiqarish omillaridan himoya qilishiga ratsional kiyim konstruksiyasi va materiallarning optimal tanlovi evaziga erishiladi. Olib borilayotgan tadqiqotlar asosida energetiklar uchun samarali va xavfsiz maxsus ish kiyimi ishlab chiqiladi. U dielektrik, antistatik va termik himoya xususiyatlariga ega. Ushbu kiyimlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, laboratoriya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatdi. Kelgusida ushbu kiyimlarning sanoat miqyosida sinovdan o‘tkazilishi va sertifikatlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Energetiklar uchun maxsus kiyim yaratish ko‘p bosqichli, muhim texnologik jarayon bo‘lib, bunda: avfsizlik standartlariga amal qilish, innovatsion materiallardan foydalanish, ish sharoitiga mos dizayn va qulayliklarni hisobga olish zarur hisoblanadi

Литература (5)

  1. 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va xavfsizlik standartlari (O‘zDSt).
  2. 2. ГОСТ 12.4.280-2014 – Dielektrik xususiyatli kiyimlarga qo‘yiladigan talablar. 3. “Textile Materials for Protective Clothing”, J. Fan & L. Hunter, 2019.
  3. 4. Karimov A. “Texnologik kiyimlar dizayni”, Toshkent, 2021.
  4. 5. Куренова И.В. Разработка и исследование специальной нефтезащитной одежды с модифицированним пакетом материалов: автореф. канд. техн. наук: 05.19.04. - Шахты: ЮРГУЭС - 2013. - 28 с.
  5. 6. Gafurova N.T. and Mirjanova N.N. 2014 Quantification of design parameters using metrological properties Young scientist 19(78), 187-188 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 299