Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

pushta olgichli universal qurilma parametrlarining uning ish ko‘rsatkichlariga ta’siri

JO'RAYEV F.O'., SAIDOVA G.K.

Issue
5-son
Pages
38–42
Published
09.10.2025
Views
0 5

Abstracts

The article presents the results of field experiments conducted to study the effect of the tillage depth of the universal ridge-forming implement on its performance indicators, the influence of the implement’s draft resistance on its operating depth, as well as the effect of the share’s soil entry angle on the performance of the ridge former.

Article Content

kirish burchagini uning ish koʻrsitkichlariga ta’sirini oʻrganish uchun o‘tkazilgan dala sinov tajriblari natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: universal qurilmaning, tayanch tekislik, osish qurilmasi, tortishga qarshiligi, ish organlari izlarining kengligi, ish organlari orasidagi bo‘ylama masofa, tayanch g‘ildirak, tenzobarmoq. ВЛИЯНИЕ ПАРАМЕТРОВ УНИВЕРСАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА С ПРИЕМНИКОМ ПУШТА НА ЕГО ТЕХНИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ Жураев Ф.У., Саидова Г.К. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В статье приведены результаты полевых испытаний, проведённых для изучения влияния глубины обработки универсального грядообразующего орудия на его рабочие показатели, влияния тягового сопротивления орудия на глубину хода, а также влияния угла входа сошника в почву на показатели работы грядообразователя. Ключевые слова: универсальное орудие, опорная поверхность, навесное устройство, тяговое сопротивление, рабочая ширина органов, продольное расстояние между рабочими органами, опорное колесо, поверхность поля, тензопалец. THE INFLUENCE OF THE PARAMETERS OF A UNIVERSAL DEVICE WITH A PUSHTA RECEIVER ON ITS PERFORMANCE INDICATORS Juraev F.U., Saidova G.K. Bukhara state technical university. Annotation. The article presents the results of field experiments conducted to study the effect of the tillage depth of the universal ridge-forming implement on its performance indicators, the influence of the implement’s draft resistance on its operating depth, as well as the effect of the share’s soil entry angle on the performance of the ridge former. Keywords: universal implement, supporting surface, hitch device, draft resistance, working width of tools, longitudinal distance between working tools, supporting wheel, field surface, dynamometer finger. Kirish. Yer yuzida aholi sonining ko‘payishi hamda ob-havoning o‘zgarishi agrar soha oldiga jiddiy mas’uliyat yuklamoqda. Shu bilan birga, iqlimning o‘zgarishi sababli qurg‘oqchilik, suv tanqisligi va boshqa salbiy oqibatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sezilarli ta’sir qilmoqda. Aholi sonining yildan-yilga oshishi oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojni orttiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish miqdorini ko‘paytirish va aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hozirgi zamonning muhim muammosiga aylandi. Yerga ishlov berish qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olish bo‘yicha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar ichida muhim ahamiyatga ega. Asosiy maqsad yerlarni belgilangan chuqurlikka qadar yumshatish, dala yuzasida mayda tuproq qatlamini hosil qilish, tekislash va kerakli darajada zichlashtirish bilan dalalarda kuz-qish va erta bahorda yig‘ilgan namlikni saqlab qolishga erishish, o‘sib kelayotgan yovvoyi o‘tlarni yo‘q qilish va eng asosiysi urug‘larni bir xilda ekish hamda ularni unib chiqishi uchun yetarli sharoit yaratishdan iboratdir. Yuqorida aytib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda, Buxoro davlat texnika universitetida universal qurilmani ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda [1-5]. Tadqiqot usullari. Universal qurilma pushta olgichining tuproqqa kirish burchagi va ishlov berish chuqurligini shakllantirilgan pushta balandligi va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi hamda ish organining tortishga qarshiligiga ta’siri o‘rganildi. Universal qurilmaga qo‘yilgan dastlabki “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 35 Техника, технология и оборудование talabdan kelib chiqib, dala tajribalari yumshatilgan va tekislangan dalada o‘tkazildi. Ish organi ishlov beradigan maydondagi tuproqning uvalanish darajasi, ya’ni diametri 25 mm dan katta bo‘lgan tuproq fraksiya miqdori 82,24 %, dala yuzasining notekisligi ±1,64 sm tashkil etdi. Eksperimental dala tajribalarda pushta olgich korpusining balandligi 400 mm, qanotlarining qamrash kengligi 700 mm va ochilish burchagi 76°, agregatning harakat tezligi 6 va 8 km/h etib belgilandi [6]. Natijalar tahlili va misollar. Universal qurilma pushta olgich ishlov berish chuqurligini uning ish ko‘rsitkichlariga ta’sirini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tajribalarda pushta olgich ishlov berish chuqurligini 2 sm interval oraliqda 12 sm dan 18 sm gacha etib o‘zgartirildi. Bunda pushta olgichning tuproqqa kirish burchagi 15° etib qabul qilindi [7]. Tajribalarda olingan ma’lumotlar 1 va 2-rasmlarda keltirilgan. Ushbu grafiklardan ko‘rinib turibdiki, pushta olgichning ishlov berish chuqurligi ortishi bilan hosil bo‘lgan pushta balandligi va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi ortib borgan, ya’ni ko‘rsatkichlarga mos ravishda harakat tezligi 6 km/h bo‘lganda 18,94 sm dan 25,84 sm gacha, 8 km/h bo‘lganda esa 19,43 sm dan 26,51 sm gacha ortgan. Pushta olgich ishlov berish chuqurligi ortishi bilan birga u tomonidan ko‘tarilayotgan tuproqni hajmi ortishi hisobiga pushta balanligi ortgan. Keltirilgan grafikdan ko‘rish mumkinki pushta balandligi kamayuvchanlik bilan, uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi ko‘payuvchanlik bilan ortib borgan bunga pushta balandligi ortishi bilan uning to‘kilish burchagi ortib boradi natijada egat ichiga tuproq to‘kilishi yuz bera boshlaydi. 6 km/h 8 km/h 1-rasm. Universal qurilma pushta olgich ishlov berish chuqurligini pushta balandligi (1) va uning o‘rtacha kvadrat chetlanishi (2)ga ta’sir grafigi 1-6 km/h, 2-8 km/h 2-rasm. Universal qurilma pushta olgichining tortishga qarshiligini uning yurish chuqurligiga bog‘liqlik grafigi. Pushta olgichning ishlov berish chuqurligi ortishi bilan tortishga qarshiligi to‘g‘ri chiziq qonuniyati asosida ortib borgan [8-10]. Pushta olgich ishlov berish chuqurligi 12 sm dan 18 sm gacha ortganda, agregat harakat tezligi 6 km/h bo‘lganda 0,84 kN dan 2,10 kN ga, 8 km/h bo‘lganda “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 36 Техника, технология ва жиҳозлар esa 0,98 kN dan 2,18 kN ga ortgan. Buni ham pushta olgichning ishlov berish chuqurligi ortishi bilan u tomonidan ko‘tarilayotgan tuproqni hajmi ortishi shu bilan birga uning tortishga qarshiligi ham ortib borishi bilan izohlash mumkin. Demak, kam energiya sarflab pushta balandligi talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun pushta olgich tuproqqa botish chuqurligi 16 sm bo‘lishi lozim. Universal qurilma pushta olgich iskanasining tuproqqa kirish burchagini uning ish koʻrsatkichlariga ta’sirini oʻrganish uchun o‘tkazilgan dala sinov tajribalarida pushta olgich iskanasining tuproqqa kirish burchagini 5° intervaldan 10° dan 25° gacha oʻzgartirildi. Bunda pushta olgich ishlov berish chuqurligi 16 sm etib qabul qilindi. Tajribalarda olingan ma’lumotlar 3 va 4-rasmlarda keltirilgan. Ushbu grafiklardan koʻrinib turibdiki pushta olgich iskanasining tuproqqa kirish burchagi 10° dan 25° ga ortishi bilan pushta balandiligi botiq, uning oʻrtacha kvadratik chetlanishi qabariq parobola qonuniyati asosida oʻzgargan. 6 km/h 8 km/h 3 -rasm. Universal qurilma pushta olgich iskanasining tuproqqa kirish burchagini pushta balandligi (1) va uning oʻrtacha kvadrat chetlanishi (2)ga ta’siri Agregat harakat tezligi 6 km/h va 8 km/h boʻlganda pushta olgich iskanasining tuproqqa kirish burchagi 10°-15° oraligʻida, harakat tezligiga mos ravishda pushta balandligi 22,41 sm dan 24,56 sm ga va 22,99 sm dan 25,19 sm ga ortgan, uning kvadratik chetlanishi esa ±1,28 sm dan ±1,16 sm ga va ±1,35 sm dan ±1,23 sm ga kamaygan boʻlsa 15°–25° oraligʻida harakat tezligiga mos ravishda pushta balandligi 24,56 sm dan 23,24 sm ga va 25,19 sm dan 23,84 sm ga kamaygan, uning kvadratik chetlanishi esa ±1,16 sm dan ±1,31 sm ga va ±1,23 sm dan ±1,39 sm ga ortgan. 1-6 km/h, 2-8 km/h 4-rasm. Universal qurilma pushta olgichnnig tortishga qarshiligini uning iskanasining tuproqqa kirish burchagiga bogʻliqligi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 37 Техника, технология и оборудование Pushta olgichning tortishga qarshiligi uning iskanasini tuproqqa kirish burchagi ortishi har ikkala tezlikda ham oldin kamayib keyin ortgan, ya’ni 10°-15° oraligʻida kamaygan, 15°-25° oraligʻida ortgan. Agregat harakat tezligi 6 km/h boʻlganda pushta olgich iskanasining tuproqqa kirish burchagi 10° dan 15° ga ortganda 1,34 kN dan 1,21 kN ga kamaygan boʻlsa, qaralayotgan burchak 15° dan 25° ortganda 1,21 kN dan 1,29 kN ga ortgan. Agregat harakat tezligi 8 km/h boʻlganda pushta olgich tumshugʻining tuproqqa kirish burchagi 10° dan 15° ga ortganda 1,41 kN dan 1,26 kN ga kamaygan boʻlsa, qaralayotgan burchak 15° dan 25° ortganda 1,26 kN dan 1,33 kN ga ortgan. 5-rasm. Bogʻ qatorlari oralariga ishlov beradigan universal qurilmaning pushta olish jarayoni Demak, kam energiya sarflab pushta balandligi talablar darajasida boʻlishini taʻminlash uchun pushta olgich iskanasining tuproqqa kirish burchagi 15°-20° oraligʻida boʻlishi lozim. 1-jadval Bogʻ qatorlari oralariga ishlov beradigan universal qurilmaning texnik tavsifi Koʻrsatkichlarning qiymati 1. Turi - Osma 2. Agregatlanadigan traktor sinfi - 1,4–2,0 3. Ish tezligi km/h 6–8 4. Qamrash kengligi M 3,0 5. Pushta olgichlar soni Dona 3 6. Pushta olgichlar orasidagi masofa Cm 60–90 10. Ish unimi (ha/h): Asosiy ish vaqtda Ekspluatatsion ish vaqtda T/r Koʻrsatkichlarining nomi Koʻrsatkichlarning oʻlchov birligi 2,4–3,2 1,8–2,4 11. Massasi Kg 620±50 12. Ishlov berish chuqurligi Cm 12–20 13. Gabarit oʻlchamlari (mm): kengligi uzunligi balandligi 3100 1850 1650 “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 38 Техника, технология ва жиҳозлар Xulosa. Universal qurilma yumshatuvchi tekislagichining dala yuzasini kam energiya sarflangan holda talab darajasida sifatli ishlov berilishini ta’minlash uchun tekislagichning egrilik radiusi 30-35 sm va uning balandligi 40 sm boʻlishi lozim. Universal qurilma tomonidan shakllantirilgan pushta balandligi talab darajasida boʻlishi uchun uning pushta olgichini yurish chuqurligi 16 sm va iskanasini tuproqqa kirish burchagi 15°-20° oraligʻida boʻlishi lozim

References (11)

  1. 1. Jo‘rayev F.O‘., Saidova G.K. ”Bogʻ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilmaning tadqiqot maqsadi, vazifalari va dastlabki tajriba-sinov natijalari” “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti “Tabiiy resurslardan samarali foydalanishda agroekotizimlar barqarorligining dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiytexnikaviy anjumani “Suv va yer resurslar" jurnalining 2024-yil 4-soni. 60 b.
  2. 2. Саидова Г. Предварительное результаты эксперименталных исследований универсального устройство для обработки между садовыми рядами. Международный современный. Научно практический журнал научный импульс.
  3. 28 Декабря, 2024. 405 c.
  4. 3. Imomqulov Q., Abdunazarov E. Anor tuplarini ko‘madigan mashina korpuslarining qamrash kengligi va ishlov berish chuqurligini asoslash // Agro ilm. – Toshkent, 2020. –№3(66). – B. 70-72.
  5. 4. Qutbiddin I., Abdunazarov Elbek K. S. Burying machine to pomegranate bushes // Journal of Critical Reviews. – 2020. – T. 7. – №.13. – P. 1377-1381.
  6. 5. Abdunazarov E. E. Prospects for the development of vegetable growing in Uzbekistan //Stroitelstvo i obrazovanie. – 2023. – T. 1. – №. 3. – S. 164-167.
  7. 6. Abdunazarov E.E. Anor tuplarini ko‘mishning mexanizatsiyalash muammolari// Zamonaviy imlfanning innovatsion rivojlanishi: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ilmiy maqolalar to‘plami. – Andijon, 2019. – B. 558-559.
  8. 7. Abdunazarov E.E. Anor tuplarini ko‘madigan mashina ko‘muvchi ish organlarining tortishga qarshiligini aniqlash// Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani materiallari to‘plami. – 2-tom. – Jizzax, 2020. – B. 108-111.
  9. 8. Imomqulov Q.B., Abdunazarov E.E., Mamadalieva G.Q., Ortiqov N.B. Anor tuplarini ko‘madigan mashinaning konstruktiv sxemasi va parametrlarini nazariy aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari// Mexanika va texnologiya ilmiy jurnali. – Namangan, 2020. – №1 (1). – B. 80-94.
  10. 9. Imomqulov Q.B., Qo‘chqorov S.K., Abdunazarov E.E. Anor tuplarini ko‘madigan mashina tajriba nusxasining dala sinovlari natijalari// Mexanika va texnologiya ilmiy jurnali. – Namangan, 2021. – №1 (2). – B. 61-66.
  11. 10. Abdunazarov E. E., Abdullayev K. K., Babaev N. O. Ensure the stability of the processing depth of machine for hiding pomegranate bushes. – 2022. Jo‘rayev Fazliddin O‘rinovich – t.f.d.,prof., Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnika-texnologiyalari” kafedrasi professori Tel:(+99891) 440-90-70 (с), Email:fjuraev66@mail.ru Saidova Guljamol Komilovna – Buxoro davlat texnika universitet doktoranti Tel:(+99891) 409-19-59 (с), E-mail:guljamolsaidova30@gmail.com “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 39