Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Ro ‘ ziyev I.X. Mahalliy talk-magnezit minerali fraksiyalarining fizik-mexanik, kimyoviy va dispers tarkibini o‘rganish

MIXLIYEV O.A., NABIYEV A.A., YORBOBOYEV R.CH.

Issue
5-son
Pages
75–79
Published
09.10.2025
Views
2 7

Abstracts

This paper discusses the results of a comprehensive study of local talc-magnesite mineral fractions in order to determine their physicomechanical, chemical and dispersion properties. The study includes the study of the composition, density, strength, granulometric distribution of talc minerals, as well as the study of the chemical activity and elemental composition of the samples. The results of the work show the prospects of using local raw materials as an effective mineral component, and also substantiate the need for further research on its transformation and processing.

Article Content

Kirish. Respublikamizda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish yer, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda [1]. Keyingi yillarda respublikamizda qishloq xoʻjaligiga ayniqsa issiqxona xoʻjaligiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa oʻz navbatida mineral oʻg‘itlardan magniy tarkibli oʻg‘itlarga boʻlgan ehtiyojlarni yanada oshiradi. Bugungi kunda respublikamizda fosforli, azotli va kaliyli oʻg‘itlar ishlab chiqariladi, ammo magniyli oʻg‘itlar ishlab chiqarishning katta sanoati mavjud emasligi tufayli aksariyat iste’molchilar ehtiyojlari uchun import mahsulotlardan foydalaniladi [2, 3, 4]. Respublikamizning quyi Amurdaryo hududida joylashgan Zinelbuloq talk-magnezit minerallaridan foydalanib, magniyli oʻg‘itlar ishlab chiqarish orqali yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etishga erishilishi mumkin. Talk-magnezit, talk-breynerit va serpentinit kabi minerallardan sof holdagi magniyli birikmalar olish jarayonlari murakkab texnologik jarayon boʻlib, xomashyolar tarkibi, xususiyatlari, joylashgan oʻrniga qarab, har bir holat uchun alohida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borishini talab qiladi [5, 6]. Tarkibida 35% dan ortiq talk boʻlgan talkli jinslar sanoatda qoʻllaniladi. Ushbu jinslar talsitlarga (talk miqdori 75% dan ortiq) va talk toshlariga (talk miqdori 35 dan 75% gacha) boʻlinadi, ular orasida talk-magnezit navlari eng keng tarqalgan. Asosiy mineralga qoʻshimcha ravishda talk, talsitlar odatda xlorit, serpantin, kalsit, kvars, temir oksidi va boshqa minerallarni oʻz ichiga oladi, ularning umumiy ulushi 25% dan oshmaydi. Temir oksidi (Fe₂O₃) tarkibiga qarab talsitlar kam temirli (2,75% dan kam) va temirli turlarga boʻlinadi. Bu jinslar kislotalar va ishqorlarga juda chidamli boʻlib, 1490 dan 1510 ° S gacha boʻlgan haroratlarda yongʻinga chidamli. Talk-magnezit toshlari, talkdan tashqari, magnezit (koʻpincha breunnerit shaklida), serpantin, xlorit va boshqa minerallarni oʻz ichiga oladi. Magnezit miqdori 33 dan 42% gacha oʻzgarib turadi. Bunday jinslar taxminan 1400-1500 ° S gacha boʻlgan yongʻinga chidamliligiga ega. Pirofillitlar tarkibida 50% dan ortiq boʻlsa, pirofillit jinslari sanoatda qiziqish uygʻotadi. Yuqori konsentrlangan monomineral konlar (90% dan ortiq pirofillit) kam uchraydi. Tarkibi 50 dan 95% gacha oʻzgarishi mumkin boʻlgan pirofillitga qoʻshimcha ravishda, bu jinslarning muhim tarkibiy qismi kvarsdir (5-50% ichida). Nopoklik sifatida kaolin, alunit, seritsit, dala shpati va boshqa minerallar boʻlishi mumkin. Pirofillit jinslari yuqori refrakterligi bilan ajralib turadi - taxminan 1700–1800 °S [7]. Talk xalq xoʻjaligi va tibbiyotning turli sohalarida keng qoʻllaniladi. Asosan, talkning 80% ga yaqini iste’mol qilinadigan toʻrtta asosiy soha mavjud: qog‘oz, boʻyoq, keramika va plastmassa sanoati. U tibbiyotda, parfyumeriya va farmatsevtikada qoʻllaniladi. Kosmetikada talkni qoʻllashning asosiy sohasi bolalar kukuni boʻlib, uning sirt xususiyatlari hidni saqlab qolishga imkon beradi; talk kukuni kukunlar, kremlar, malhamlar va boshqa ishlab chiqarishlarda ham qoʻllanilishi mumkin [8, 9]. Toza holdagi talk minerali 3MgO∙4SiO2∙H2O kimyoviy formulasiga ega. Qattiqligi Mos shkalasi boʻyicha 1 ga teng, tuzilishi tekis va tabiatda gidrofobik. Nazariy jihatdan uning tarkibida magniy oksidi (MgO) - 31,90%, kremniy dioksidi (SiO2) - 63,40% va bog'langan suv (H2O) - 4,7% [10]. Tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish uchun laboratoriyaga respublikamizning qoʻyi Amurdaryo hududida joylashgan Zinelbuloq talk-magnezit minerali namunasini laboratoriya tegirmoni bilan 0,075; 0,150; 0,300 ; 0,600 va 0,900 mm oʻlchamgacha maydalangan fraksiya namunalarining fizik-mexanik, kimyoviy va dispers tarkiblari oʻrganilgan. Natijalar va muhokama. Mamalakatimizda Talk-magnezit mineralining Jizzax viloyati, Samarqand viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Angren konlari mavjud boʻlib, shundan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida tanlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida joylashgan Zenilbuloq talk-magnezit koni talk-magnezit mineralini laboratoriya “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 73 Химия и химические технологии tegirmonida 0,075; 0,150; 0,300; 0,600 va 0,900 mm oʻlchamlarda maydalangan namunalarning dispers va kimyoviy tarkibi hamda fizik-mexanik xossalari aniqlangan boʻlib, laboratoriya tahlillari asosida olingan natijalar quyidagi 1, 2 va 3 – rasmlarda keltirilgan. Mg(OH)2, MgO va magniy birikmalarini, shuningdek tozalanmagan texnik SiO2 olishning moslashuvchan texnologiyasini ishlab chiqish uchun xomashyo sifatida Qoraqalpoqiston Respublikasining Beruniy tumanida joylashgan Zenilbuloq talk-magnezit koni mineralidan foydalanilgan. Dastlab uni laboratoriya sharoitida maydalash tegirmonida 0,075; 0,150; 0,300 va 0,600 mm oʻlchamgacha maydalab fraksiyalarga ajratilgan va ularning kimyoviy tarkibi oʻrganilganda, mass %; 0,075 mm oʻlchamdagi fraksiya namunasining tarkibida SiO – 56,86, MgO28,22, Fe2O3-6,89, AI2O3 – 2,67, CaO – 1,49, SO3 – 0,035 va Cl – 0,0216 %, 0,150 mmli fraksiyada SiO – 56,75, MgO-28,53, Fe2O3-6,93, AI2O3 – 2,69, CaO – 1,71, SO3 – 0,052 va Cl – 0,0244 %, 0,300 mm - lida SiO – 52,22, MgO-28,02, Fe2O3-7,62, AI2O3 – 3,10, CaO – 2,34, SO3 – 0,0430 va Cl – 0,0320 % hamda 0,600 mm oʻlchamdagi fraksiya namunasining tarkibida esa SiO – 51,29, MgO-27,91, Fe2O3-7,93, AI2O3 – 3,17, CaO – 2,76, SO3 – 0,040 va Cl – 0,020 % miqdordagi komponentlar mavjud ekanligi kimyoviy tahlillar asosida aniqlangan va olingan natijalar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Mahalliy talk-magnezit minerali fraksiyalarining kimyoviy tahlillari Komponentlar miqdori, og‘ir. % SiO2 MgO CaO AI2O3 Fe2O3 SO3 Cl 1 0,075 57,86 23,64 1,49 2,67 6,89 0,035 0,0216 2 0,150 56,75 24,72 1,71 2,69 6,93 0,052 0,0244 3 0,300 52,22 24,18 2,34 3,10 7,62 0,043 0,0320 4 0,600 51,29 24,88 2,76 3,17 7,93 0,040 0,0200 № Fraksiyalar oʻlchami, mm Ilmiy tadqiqot ma’lumotlariga kо‘ra, maydalanganlik darajasi 0,075; 0,150; 0,300; 0,600 va 0,900 mm oʻlchamdagi mahalliy talk-magnezit namunalarining pH-muhitiga ta‘siri aniqlangan va u 1-rasmda diagramma koʻrinishida keltirilgan boʻlib, bundan koʻrishimiz mumkinki mahalliy talkmagnezit minerali namunalari fraksiyalari zarralarining oʻlchamlari 0,075 – 0,900 mm-ga ortganda pH-muhiti 9,42-8,94 gacha kamayishi aniqlangan hamda olingan tahlil natijalari 1-rasmda diagramma koʻrinishida keltirilgan. 1-rasm. Talk- magnezit namunalari oʻlchamining pH muhitiga ta’siri “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 74 Кимё ва кимёвий технологиялар 2-rasm. Talk-magnezit namunalari oʻlchamining zichlikka ta’siri Shuningdek, 2 va 3 rasmlarda 0,075; 0,150; 0,300; 0,600 va 0,900 mm oʻlchamdagi mahalliy talk-magnezit namunalarining erkin va siqilgan zichliklariga hamda namligiga ta`sirlari oʻrganilgan boʻlib, bunda 0,075 mm-da erkin zichlik 1,21 g/sm3 va siqilgan zichlik 2,36 g/sm3 hamda namlik 0,2625 %, 0,15 mm-da erkin zichlik 1,73 g/sm3 va siqilgan zichlik 2,68 g/sm3 hamda namlik 0,3824 %, 0,075 mm-da erkin zichlik 2,12 g/sm3 va siqilgan zichlik 2,76 g/sm3 hamda namlik 0,4644 %, 0,600 mm-da erkin zichlik 2,38 g/sm3 va siqilgan zichlik 2,84 g/sm3 hamda namlik 0,4962 %, 0,900 mm-da erkin zichlik 2,46 g/sm3 va siqilgan zichlik 2,90 g/sm3 hamda namlik 0,5048 % ni tashkil etganligi laboratoriya tahlillari asosida aniqlangan. 3-rasm. Talk- magnezit namunalari oʻlchamining namlikka ta’siri Ushbu 2 va 3-rasmlarda keltirilgan diagrammalardagi parabola chiziqlaridan koʻrishimiz mumkinki, mahalliy talk-magnezit namunalari fraksiyalari zarralarining dispers tarkibi aniqlangan boʻlib, bunda namunalar zarrachalarining oʻlchamlari 0,075 – 0,900 mm-ga ortganda erkin zichligi 1,21-2,46 g/sm3 gacha va siqilgan zichligi 2,36-2,90 g/sm3 gacha ortganligi hamda namligi 0,26250,5048 % gacha ortganligi aniqlangan. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 75 Химия и химические технологии “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 76