Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Reaktiv quvvat manbalari yordamida elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich oshirishda tizimli tahlil olib borish

TOG'AYEV I.B., ABDULLAYEV SH.SH.

Issue
1-son
Pages
158–166
Published
01.02.2025
Views
2 6

Abstracts

In this article, the main elements and values that form the basis of electric energy quality indicators were analyzed, the main components of the role of reactive, active and full power in electric networks, the degree of importance, the degree of dependence of reactive energy sources, static capacitors, reactors with a switching switch, saturation reactors and combined reactors on improving the quality of electricity.

Article Content

Kirish. Elektr energiyasining sifatini belgilaydigan standartlar elektr ta’minoti tizimlari tomonidan ta’minlanishi kerak bo‘lgan elektr energiyasining sifat parametrlari va xususiyatlariga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Ushbu standartlar elektr toki bilan ishlaydigan jihozlar fa’oliyatiga ta’sir qiluvchi, kuchlanish va chastotaning garmonik buzilishlari, o‘ta yuqori kuchlanish va boshqa parametrlarning ruxsat etilgan darajasini belgilaydi. Standartlar, shuningdek, elektr energiyasining sifat parametrlarini o‘lchash va baholash usullarini, turlarini va bunday o‘lchovlarni amalga oshiradigan sinov laboratoriyalarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi [1, 2]. Elektr energetikasi tizimidagi kuchlanish oniy qiymatining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi sinusoidal ko‘rinishda bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirilishi va korxonalarda yangi texnologiyalarni joriy etilishi natijasida elektr ta’minoti tizimida ko‘plab yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlar, bir va uch fazali elektr payvandlash qurilmalari, katta quvvatli elektr yoy pechlari gazrazyadli lampalar, magnit kuchaytirgichlar ishlatilishiga olib keldi. Bu qurilmalarning xarakteristikalari nochiziqli hisoblanib, sinusoidal formali kuchlanishga ega bo‘lgan manbaga ulanganlarida iste’mol qilinayotgan toklarning formalari nosinusoidal bo‘ladi. Bu toklar tarmoq elementlaridan o‘tganda ulardagi kuchlanishlarning pasayishi nosinusoidal bo‘lishiga olib keladi. Natijada iste’molchilarning kirish qismlaridagi kuchlanish formasining buzilishi sodir bo‘ladi. Tarmoq kuchlanishining nosinusoidallik darajasini nosinusoidallik koeffitsiyenti bilan baholanadi. Bu koeffitsiyent yuqori garmonikalarning effektiv qiymatini asosiy garmonikaning effektiv qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi. Kuchlanishning nosinosidallik koeffitsiyentining miqdori iste’molchilarning kirish qismlarida 5% dan oshmasligi kerak. Sanoat korxonalarda yuqori garmonikalarning asosiy manbasi bo‘lib yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlar tashkil etadi. Korxonalarda ventil o‘zgartirgichlar asosan texnologik qurilmalarni o‘zgarmas tok bilan ta’minlashda ishlatiladi. Bular elektroliz qurilmalari, galvanik elementlar, elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti, magnit materiallar, boshqariluvchi elektr yuritmalar va boshqalarni tashkil etadi. Elektr ta’minoti tizimida ventilli o‘zgartirgichlar ko‘p bo‘lgan sanoat “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 157 Машиностроение и энергетика korxonasida kuchlanishning nosinusoidallik koeffitsiyentining miqdori 25-40% gacha borishi mumkin [3,4,5]. Asosiy qism. Kuchlanish formasining nosinusoidalligini elektr uskunalarning ish rejimiga va elektr tarmoqlarida kuchlanishning nosinusoidalligini kamaytirish usullariga bevosita bog‘liqdir. Kuchlanish formasining buzilishi elektr ta’minoti elementlarining ish rejimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr ta’minoti tizimining nosimmetrik ish rejimi-bu tarmoqning bir yoki barcha fazalarining ish sharoitlari bir xil bo‘lmagan rejimdir. Uch fazali elektr ta’minoti tizimlarida kuchlanish nosimmetriyasining eng keng tarqalgan manbalari elektr energiyasining iste’molchilari bo‘lib, ularning nosimmetrik ko‘p fazali ishlashi texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra mumkin emas. Bunday qurilmalarga induksion va boshqa elektr pechlari, o‘zgaruvchan tokda ishlab chiqarilgan temir yo‘llarning tortish yuklamalari, elektr payvandlash moslamalari kiradi. Tarmoqlarda nosimmetriya manbai, shuningdek, bir fazali yuklamalarning katta qismi tufayli qishloq xo‘jaligi iste’molchilarining katta qismidir. Nol ketma-ketlikdagi kuchlanishlarning nosimmetriyasi koeffitsiyenti nol ketma-ketlikning kuchlanishining nominal faza kuchlanishiga nisbatiga teng bo‘lgan qiymatdir. Nol ketma-ketlikdagi simmetriya koeffitsiyentining qiymati sonining o‘rtacha natijasi sifatida hisoblanadi va 3 s vaqt oralig‘ida bo‘lishi kerak ekanligi 1ifodadan aniqlaymiz. N i OU i  =  K N K (1) Nol ketma-ketlikdagi kuchlanish nosimmetriyasi koeffitsiyentining qiymati har bir ikuzatuvda foiz sifatida 2-ifodadan aniqlanadi: U K i o OUi U % 100 ) 1 (  = (2) Nominal kuchlanish 0,38 kV bo‘lgan to‘rt simli elektr tarmoqlariga ulanish nuqtalarida nol ketma-ketlikdagi kuchlanish nosimmetriyasi koeffitsiyentining normal va maksimal ruxsat etilgan qiymatlari mos ravishda 2,0 va 4,0% ga teng. Nolinchi ketma-ketlik kuchlanishi neytral o‘tkazgich bilan past kuchlanishli tarmoqlarda sezilarli darajada nosimmetrik yuklamalarda, shuningdek, 35 kV gacha bo‘lgan kuchlanish tarmoqlarida, yer osti neytralligi (yoki yer osti reaktori orqali yerga ulangan) bilan yuzaga keladi. Undagi tok nol ketma-ketlikning uch baravar tokiga teng bo‘lgan 14 ta tok o‘tkazgichi nol simning yuklamasini sezilarli darajada oshiradi va tarmoqdagi quvvat yo‘qotishlarining ko‘payishiga va kuchlanishning sezilarli pasayishiga olib keladi. Kuchlanishning nosimmetriyasini kamaytirish usullarini ko‘rib o‘tamiz. Kuchlanish va toklarni nosimmetriyasini kamaytirish uchun: − bir fazali yuklamalarni uchchala fazalarga bir xil qilib taqsimlash; − katta quvvatli bir fazali elektr energiyasi iste’molchilarini alohida transformatorga ulash; − nosimmetrik yuklamalarni qisqa tutashuv quvvati katta bo‘lgan tarmoqlarga ulash maqsadga muvofiqdir; Elektr ta’minoti tizimida sodir bo‘ladigan kuchlanishning og‘ishini kamaytirish maqsadida uchlanishni rostlovchi qurilmalar ishlatiladi va quyidagi turli tadbirlar amalga oshiriladi: ▪ korxonaning bosh pasaytiruvchi podstansiyasidan o‘rnatilgan transformatorlar kuchlanishini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun ularni maxsus texnik jihozlar bilan ta’minlash. Bunday transformatorni yuklangan holatda kuchlanishi rostlanuvchi transformator deb nomlaymiz (Transformator yuklama ostida kuchlanishni rostlash); ▪ korxonalarda kosinus kondensatorlarini ishlatish ham liniyalarda kuchlanish pasayishini kamaytirishga olib keladi. Yuklamalarning o‘zgarishiga qarab kondensatorlarining quvvatini avtomatik ravishda boshqarish talab etiladi; nom “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 158 Машинасозлик ва энергетика ▪ qo‘zg‘atish chulg‘amlarining toki boshqariluvchi sinxron yuritgichlardan foydalanilganda ham tarmoqdan qabul qilinayotgan reaktiv quvvatni miqdoriga ta’sir etiladi va kuchlanish yo‘qotuvini kamaytiriladi; ▪ korxona elektr ta’minoti sxemasini to‘g‘ri tanlash va uzatish liniyalarining ko‘ndalang kesimlarini kuchlanishning yo‘qotilishini hisobga olingan holda qabul qilish ham iste’molchilarga berilayotgan kuchlanishning og‘ishini pasaytiradi; Texnologik jarayonlarning ish rejimiga kuchlanishning og‘ishi juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuchlanishning pasayishidan texnologik jarayonning davomiyligi ortadi, ayrim hollarda esa bu jarayon butunlay ishdan chiqadi. Induksion va qarshilik pechlarida kuchlanishni 8-10 % kamayishi texnologik jarayonni to‘xtashiga olib keladi. Kuchlanishni og‘ishi elektr payvandlash qurilmalarining ishlariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuchlanishning pasayishi payvandlanayotgan qurilmalaning sifatsiz bo‘lishiga olib keladi. Kuchlanish 10% ga kamayganda payvandlash vaqti 20% ga oshadi. Kuchlanishning ortishi esa payvandlash agregatining reaktiv quvvatini oshiradi. Kuchlanish sifatining o‘zgarishi yoritish qurilmalarining ishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuchlanishni nominaldan 5% oshishi cho‘g‘lanuvchi lampalarning ishlash muddatini ikki marotaba kamaytiradi. Lyuminisent lampalari uchun kuchlanishning miqdorini 10% ga oshishi ishlash muddatini 20-30% ga kamaytiradi. Agar kuchlanish 20 % ga kamaysa lyumenisent va gazrazryadli lampalar umuman yonmaydi. Bulardan tashqari, kuchlanishning og‘ishi yoritish qurilmalarining yorug‘lik oqimlarining o‘zgarishiga olib keladi va ishchi xizmatchilarning ko‘rish qobiliyatlarini susaytiradi.Ventilli elektr yuritmalar tizimlar ham kuchlanishning og‘ishiga juda sezgir bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishining og‘ishi to‘g‘rilangan kuchlanishining miqdoriga ta’sir qiladi. Bu esa yuritgichning aylanish chastotasini o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun bunday qurilmalarda qo‘shimcha rostlash uskunalari yordamida kuchlanish stabillashtiriladi. Shunday qilib, elektr ta’minoti tizimi kuchlanishining sifati korxonaning texnologik jarayoniga, iste’molchilarining energetik ko‘rsatkichlariga, qurilmalarning ish rejimlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, reaktiv quvvat manbasi sifatida kondensator batareyalarini ko‘rib chiqamiz. Kondensator batareyalari oddiy va ishonchli statik qurilma. Ular turli quvvatlarda va nominal kuchlanishlarda zaryadsizlanadigan alohida kondensatorlardan yig‘iladi [6, 7, 8]. Kondensator aktiv quvvat isroflari bilan tavsiflanadi, bu uning isishiga olib keladi. Isroflar qanchalik katta bo‘lsa, qo‘llaniladigan kuchlanish uning chastotasi va kondensatorning sig‘imi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, isroflar dielektrik isroflar burchagi tangensi bilan belgilanadigan dielektrikning xususiyatlariga ham bog‘liq. Kondensatorning turi va maqsadiga qarab, ular 0,5 dan 4 Vt/kVar gacha bo‘ladi. Kondensator batareyasi tomonidan ishlab chiqarilgan quvvat berilgan quvvat bilan qo‘llaniladigan kuchlanish va chastotaning kvadratiga mutanosib ekanligi 3-ifodadan aniqlaymiz: Qkb = U 2C (3) Reaktiv quvvatni yuqori tezlikda boshqarish, kondensator batareyasi seksiyalarini tez-tez almashtirish vazifalarida kondensator qurilmalaridan foydalanish an’anaviy kalitlar bilan almashtirilganda yuzaga keladigan tok va kuchlanish tufayli deyarli imkonsizdir. An’anaviy kalitlarni ma’lum bir vaqtda kondensator batareyasi o‘tish jarayonini ta’minlaydigan tiristorli kalitlarga almashtirish batareyalar yoqilganda tok oshishini va ular o‘chirilganda yuqori kuchlanishni kamaytirishga, kondensator batareyasi kommutatsiya chastotasidagi cheklovlarni olib tashlashga va qurilmalarga xossalarni berishga imkon beradi. Ular reaktiv quvvat kompensatsiyasi vazifalarida, shu jumladan tez o‘zgaruvchan yuklamalarga ega bo‘lgan tarmoqlarda qo‘llanilishi mumkin (1-rasm). “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 159 Машиностроение и энергетика 1-rasm. Kondensator batareyalarini boshqarish uchun tiristorli o‘chirgichi: a-bir fazaning prinsipial sxemasi b- kondensator batareyasining turg‘un rejimdagi toki va kuchlanishi Odatda, reaktor o‘chirgich yoki ajratgich yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr uzatish shinalariga yoki transformatorning uchinchi chulg‘amiga ulanadi. Yuqori uchlanishli reaktor bir yoki uch fazali bo‘lishi mumkin. Reaktor o‘zagi bo‘shliqli yoki zirhli turlarda qilingan. Reaktorning tezligi, ya’ni u yoqilgandan keyin barqaror holatga erishish vaqti taxminan 100 ms ni tashkil qiladi. Belgilangan ishlash diapazonida ishlaydigan bunday reaktor tokning yuqori garmonikalarining manbai bo‘lmaydi. Po‘lat o‘zakli reaktorning statik xarakteristikasi ishlash diapazonida chiziqli bo‘lib, undan tashqarida u nochiziqli bo‘lishi mumkin (2rasm). Reaktordagi isroflar uning nominal quvvatining 0,2 va 0,4% ni tashkil qiladi. Bunday reaktorlar yuqori tok bilan yuqori kuchlanish uchun sezgir emas. Reaktorlar ijobiy boshqariluvchi effektiga ega, ya’ni ular kuchlanishning oshishi bilan reaktiv quvvat sarfini oshiradi, bu uning cheklanishiga yordam beradi. Shuning uchun reaktorlar 220 kV va undan yuqori kuchlanishli kengaytirilgan elektr uzatish liniyalaridagi kuchlanishni tartibga solish, shuningdek, ulardagi zaryadlash quvvatini qoplash uchun ishlatiladi. Reaktorning o‘rnatilgan quvvati tarqatish tarmoqlarida 10 MVAr dan 150 MVAr gacha bo‘lingan tarmoqlarda 750 kV bo‘lishi mumkin. Reaktorlar oxirgi va oraliq podstansiyalarga o‘rnatiladi. Ularni qo‘shish va o‘chirishlari operatsion xodimlar tomonidan tizim dispetcherining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. To‘yinadigan reaktor deb, uning statik xarakteristikasining to‘yingan qismida joylashgan ishlash diapazoniniga aytiladi. Shu sababli, bunday reaktorni reaktiv quvvatni boshqarish uchun parametrik qurilma deb hisoblash mumkin. Reaktor xarakteristikaning nochiziqli qismidagi qarshiligi unga qo‘llaniladigan kuchlanishga qarab o‘zgaradi. Kuchlanishning oshishi bilan reaktordagi tok intensiv ravishda o‘sib boradi, iste’mol qilinadigan reaktiv quvvatni oshiradi va shu bilan uning ulanish nuqtasida kuchlanishni barqarorlashtirishga yordam beradi (3-rasm). Sinxron kompensator (SK) - valga aktiv yuklamasiz ishlashga mo‘ljallangan sinxron mashinaning turlaridan biri. U ulanish nuqtasidagi kuchlanishni nominal qiymatning 5% ichida barqarorlashtirish, shuningdek, elektr ta’minoti tizimining rejimiga ta’sir qiluvchi reaktiv quvvatni ishlab chiqarish va iste’mol qilish uchun ishlatiladi. Sinxron kompensatorlar quvvat tizimining yoki elektr ta’minoti tizimining yuklanish grafigi keng o‘zgarib turadigan joylariga o‘rnatiladi va shuning uchun reaktiv quvvat balansi sezilarli darajada o‘zgaradi. 2-rasm. Shuntli reaktorning statik xarakteristikalari: 1po‘lat o‘zaksiz; 2-po‘lat o‘zakli “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 160 Машинасозлик ва энергетика U Unom I I C I Is I L Р K a) b) 3-rasm. To‘yinadigan reaktorli parametrik reaktiv quvvat kompensatsiyasi: a-prinsipial sxemasi, b-statik xarakteristikasi Sinxron kompensatorning minimal uzoq muddatli ruxsat etilgan reaktiv quvvati uning nominal quvvatining 50% dan past bo‘lmaydi. Ushbu rejimda iste’mol qilinadigan quvvatning pasayishi sinxron mashinaning EYuK ning pasayishi bilan birga keladi va natijada barqaror ishlash chegarasi kamayadi. Bundan tashqari iste’mol qilinadigan reaktiv quvvatning minimal darajasini cheklaydi. Reaktordagi tok kamayadi, shu bilan birga sinusoidal shaklini yo‘qotadi. Ushbu tokning shakli silliq chiziq bilan ko‘rsatilgan. Reaktiv quvvat manbalari uch turli bo‘lishi mumkin: a) Elektr stansiya generatorlari va sinxron dvigatellar; b) Elektr tarmoqlarining havo va kabel elektr uzatish liniyalari; v) Qo‘shimcha o‘rnatiladigan kompensatsiya qiluvchi qurilmalar sinxron kompensatorlar, ko‘ndalang ulanadigan kondensator batareyalar, maxsus qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan ventilli qurilmalar; Kondensator qurilmalarini quvvatini avtomatik boshqarish xalq xo‘jaligida katta unumdorlik beradi, chunki ularni avtomatik boshqarish elektr energiyani tejash va kuchlanishni rostlash bilan elektr energiyani sifatini yaxshilanishini oshishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Kondensator batareyalarni avtomatik boshqarishda, avvalombor korxonani elektr ta’minotida ish rejimlarni o‘rganib chiqish va aktiv, reaktiv quvvatlar iste’moli grafiklarini qurishdan iboratdir. Reaktiv quvvatni talab qiladigan individual ite’molchilarni yoki guruh iste’molchilarini umumiy qabul qiladigan reaktiv quvvati aniqlanib, shunga mos ravishda komplekt kondensator batareyalar tanlanadi. Ularni avtomatik boshqarish esa ma’lum paytlarda distansion ishga tushirishdan ko‘ra yuqori effekt beradi. Kondensator batareyalarni rostlash bir pog‘onali yoki ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin. Bir pog‘onali rostlashda bir paytda kondensator batareyalar ulanib yoki o‘chiriladi. Ko‘p pog‘onali rostlashda esa kondensator batareyalarni pog‘onama-pog‘ona birin-ketin ulab yoki o‘chirib boriladi. Bir pog‘onali boshqarish quvvati katta bo‘lgan iste’molchilar uchun qo‘llanilib, ularga bo‘lak holatda kondensator batareyalar tanlanadi. Ko‘p pog‘onali boshqarishda esa butun bir sex podstansiyasidan ta’minlanuvchi iste’molchilar uchun umumiy holda katta quvvatli kondensator batareyalar tanlanib, ular generatsiya qiladigan quvvatlari birin-ketin iste’molchilarga oshib borish tartibda ulanib boriladi, yoki o‘chirilib boriladi. Bir pog‘onali rostlashda sodda, ixcham, kommutatsiya apparatlar ham kam ishlatiladi. Ko‘p pog‘onali boshqarishda esa sxema murakkablashib borib, kommutatsiya apparatlarni soni ham oshib boradi. Ularni umuman boshqarishga kelganda kondensator batareyalarning quvvatini avtomatik, qo‘l yordamida dispetcherlik punktida telemexanika qurilmalari yordamida boshqarish kabi turlari mavjud. Kondensator batareyalarni quvvatini rostlashning quyidagi turlari mavjud: • kunning vaqtlari bo‘yicha; “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 161 Машиностроение и энергетика • kuchlanish bo‘yicha; • yuklama toki bo‘yicha; • quvvat koeffitsiyenti bo‘yicha; • reaktiv quvvat qiymati va yo‘nalishi bo‘yicha; • kunni vaqti, kuchlanishi va reaktiv quvvat yo‘nalishi bo‘yicha; • yuklama toki va ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi bo‘yicha; Qo‘l yordamida boshqarishda navbatchi xodim tomonidan reaktiv quvvat iste’molini nazorat qilinib, kerak bo‘lgan paytlarda kondensator batareyalar ulab o‘chirib turiladi. Dispetcherlik boshqarishda esa dispetcher telemexanik qurilmalar yordamida kompleks ravishda kondensator batareyalarning quvvatini boshqarib turadi. Sanoat korxonalarida eng tejamli ishlaydigan rejim bu avtomatik boshqarish rejimi bo‘lib kondensator batareyalarni tarmoqqa avtomatik ravishda kerak bo‘lganda ulab va aksincha o‘chirib turadi. Bu yerda parallel ravishda yoqilgan kondensator batareyasi iste’mol rejimida ham, reaktiv quvvatni ishlab chiqarishda ham parametrik tartibga solishni ta’minlashga imkon beradi. Tegishli statik xususiyatlar bir xil rasmda keltirilgan. Bunday holda, qoida tariqasida filtrokompensatsiya qurilmasining funksiyalarini bajaradigan kondensator batareyasi quvvat shunday tanlanganki, nominal kuchlanishda irmning umumiy quvvati nolga teng bo‘ladi (4-rasm) 4-rasm. To‘yinadigan reaktorli parametrik reaktiv quvvat manbasi Energetika tizimida ishlab chiqarilgan reaktiv quvvatning 100 % dan 22 % elektr stansiyalarining kuchaytiruvchi transformatorlarida va energetika tizimining 110-750 kV podstansiyalarida kuchlanish ortadigan avtotransformatorlarda, 6,5 % tizimning tuman tarmoqlari liniyalarida, 13,5 % isroflar bosqichma-bosqich past kuchlanishli transformatorlarda yo‘qoladi va jami reaktiv quvvatning atigi 58 % iste’molchilarning 6/10 kV shinalariga tushadi. Reaktiv quvvat manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi 1-jadvalga kiritamiz. 1-jadval Korxonalarning elektr ta’minoti tizimidagi elektr iste’molchilarning tarkibi Iste’molchilarning turi Energiya ta’minoti tizimining elektr iste’molchilarning o‘rnatilgan quvvati, % aktiv reaktiv Asinxron elektr motorlar 30 33 Sinxron elektr motorlar 23 0 Ventilli o‘zgartirgichlari 18 10 Elektr pech qurilmalari 12 8 Maishiy, qishloq xo‘jaligi va hokazo 7 5 Xulosa. Ayrim iste’molchining kirish qismiga kondensator to‘g‘ridan to‘g‘ri ulansa, xususiy o‘rnatish sodir bo‘ladi. Bunday ulanishda kondensatorning ishlatilishi to‘la bo‘lmaydi, chunki iste’molchini uzilishi kondensatorni ham tarmoqdan uzilishiga olib keladi. Guruh iste’molchilari “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 162 Машинасозлик ва энергетика “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 163 Машиностроение и энергетика МУҚОБИЛ ЭНЕРГИЯ МАНБАЛАРИДАН ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИНИ ОЛИШДА КИЧИК ТЕЗЛИКЛИ ЭЛЕКТР ГЕНЕРАТОРНИ ЛОЙИҲАЛАШ ВА ДИНАМИК РЕЖИМЛАРИНИ МОДЕЛЛАШТИРИШ Сафаров А.Б., Пиримов Р.Р., Сайфиддинов Қ.Э. Бухоро муҳандислик-технология институти. Аннотация. Мақолада жаҳонда ва республикамизда қайта тикланувчан энергия манбаларидан фойдаланиш ҳозирги ҳолати ва ривожланиш истиқболлари, кучсиз оқимларда шамол ва микроГЭС қурилмаларининг барқарор ишлашини таъминлашда самарадор электр генераторларни танлаш бўйича маълумотлар келтирилган. Электр генераторни лойиҳалашда Solidworks, имитацион модел ва динамик режимларини назарий тадқиқ этишда Matlab/Simulink тизимларидан фойдаланилган. Таянч сўзлар: электр генератор; электромагнит момент; магнит майдон; статор чулғамларини юлдузча ва учбурчак улаш; динамик модел; электромагнит қувват; электромеханик момент. ПРОЕКТИРОВАНИЕ И МОДЕЛИРОВАНИЕ ДИНАМИЧЕСКИХ РЕЖИМОВ НИЗКОСКОРОСТНОГО ЭЛЕКТРОГЕНЕРАТОРА ПРИ ПОЛУЧЕНИИ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ ОТ АЛЬТЕРНАТИВНЫХ ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ Сафаров А.Б., Пиримов Р.Р., Сайфиддинов Қ.Э. Бухарский инженерно-технологический институт. Аннотация. В статье представлена информация о современном состоянии и перспективах развития использования возобновляемых источников энергии в мире и в нашей стране, выборе эффективных электрогенераторов для обеспечения устойчивой работы ветровых и микрогидроэлектростанций на слабых течениях. При проектировании электрогенератора использовался Solidworks, а при теоретическом исследовании имитационных моделей и динамических режимов использовались системы Matlab/Simulink. Ключевые слова: электрический генератор; электромагнитный момент; магнитное поле; соединение катушек статора звездой и треугольником; динамическая модель; электромагнитная сила; электромеханический крутящий момент. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 164