Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Gazlarni aminli tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan ko‘pikka turli xildagi ko‘pik so‘ndirgichlarning ta’sir etish xossalari

TOSHBOYEV S.O'., AXMEDOV V.N., PANOYEV E.R.

Выпуск
5-son
Страницы
103–108
Опубликовано
09.10.2025
Просмотры
3 5

Аннотации

В статье исследованы свойства взаимодействия отечественного пеногасителя ТСУ-1 с пеной, образующейся в абсорбционном устройстве в процессе аминовой очистки газа, и импортного пеногасителя DANOX AF-200, применяемого в настоящее время на газоперерабатывающем заводе.

Содержание статьи

Kirish. Dunyoda kimyo, neft va gaz sanoatlarining jadal rivojlanishi tabiiy gazni absorbsion tozalash jarayonida alkanaminlarning koʻpiklanishini bartaraf etishda qoʻllaniladigan kimyoviy reagentlarga boʻlgan ehtiyojning ortib borishiga olib kelmoqda. Shuning uchun mahalliy “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 100 Кимё ва кимёвий технологиялар xomashyolar asosida tabiiy gazlarni aminli tozalashda koʻpiklanishga qarshi koʻpik soʻndirgichlarni qoʻllash hozirda kolloid kimyo hamda neft va gaz sohalarida muhim ahamiyatga ega. Jahonda bugungi kunda tabiiy gazni aminli tozalash jarayonida ishlatiladigan alkanolaminlarni sintez qilish va ularning sifat koʻrsatkichlarini tadqiq qilish, jarayonda alkanolaminlarning koʻpiklanishi va yoʻqotilishiga sabab boʻluvchi omillarni oʻrganish, yangi turdagi koʻpik soʻndirgichlarni ishlab chiqarish, tabiiy gazni qayta ishlash zavodlaridagi texnologik qurilmalarida koʻpikni hosil boʻlish sabablari va uni bartaraf qilish yoʻllarini tadqiq qilish hamda texnologik jarayonning maqbul parametrlarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada mahalliy xomashyolar asosida koʻpik soʻndirgich uchun tarkib ishlab chiqish va sintez jarayonini tadqiq qilish, sintez qilib olingan koʻpik soʻndirgichni fizik va kolloid xossalari va sintezlangan moddaning tuzilishini turli usullar yordamida tadqiq qilish, aminli tozalash jarayonida absorbent va sintez qilingan koʻpik soʻndirgichni kolloid-kimyoviy xossalariga ta’sir mexanizmini oʻrganish, neft va gaz chiqindilari asosida koʻpik soʻndirgichning olinishi va uni gazlarni absorbsion tozalash jarayonida qoʻllash texnologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor berilmoqda. Shularni inobatga olgan holda aminlar tarkibida turli xildagi koʻpik hosil qiluvchilarning TSU-1 koʻpik soʻndirgichi va bugungi kunda gazli gazni qayta ishlash zavodida ishlatib kelinayotgan xorijiy DANOX AF-200 koʻpik soʻndirgichlarini aminda hosil boʻladigan koʻpikka ta’sir etish farqlari yoritilgan [1, 3, 4]. Tadqiqot metodologiyasi. 1-rasmdagi diagrammada 35% li MDEA tarkibida mavjud boʻlgan suyuq uglevodorodlar ya’ni parafin, naften, kondensat ta’sirida koʻpiklanishi boʻyicha oʻtkazilgan sinovlar natijalari koʻrsatilgan. 1-rasmda MDEA tarkibida 0.1, 0.5 va 1% konsentratsiyada mavjud boʻlgan suyuq uglevodorodlarning koʻpik hosil qilishiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta’siri koʻrsatilgan. Bunda DANOXni MDEA eritmasiga qoʻshganda koʻpik balandligi 28mm ni barqarorligi esa 22 sek.ni tashkil etdi. TSU-1ni qoʻshganda esa koʻpik balandligi 18mm ni barqarorligi esa 12 sek.ni tashkil qildi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki TSU-1 DANOXga qaraganda koʻpikni tez muddatda soʻndiradi [5, 6, 7]. Koʻpiklanishning intensivligi absorbentning sirt tarangligiga ham bog‘liq boʻladi. Eritmaning sirt tarangligi (σ) qanchalik past boʻlsa, bu jarayon osonroq amalga oshiriladi. 1-rasm. MDEA eritmasiga suyuq uglevodorodlarning koʻpiklanish qobiliyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta’sir qilishi Shuning uchun sirt faol moddalarning absorberlarga kirib borishi σ qiymatini pasaytiradi va koʻpik hosil boʻlishi qiyinlashadi. 2-rasmda koʻpikning barqarorligining t (s)ning MDEA eritmasidagi tuzlari konsentratsiyasiga (%)bog'liqligi tasvirlangan grafik koʻrsatilgan. Ushbu grafik noorganik tuzlarning konsentratsiyasi amin eritmalarining koʻpiklanishiga ham ta’sir qilishini koʻrsatadi, ya’ni tuz konsentratsiyasi ortishi bilan amin eritmalari koʻpikining barqarorligi ham ortadi. Amin tarkibida eng katta koʻpiklanish kalsiy va magniy karbonatlari orqali hosil boʻlishi aniqlandi [8,9,10]. 2-rasmda MDEA eritmasi tarkibida 0,5, 1 va 1,5% konsentratsiyada mavjud boʻlgan tuzlarning koʻpik hosil qilish jarayoniga 0.001% konsentratsiyada qoʻshilgan TSU-1 va DANOX “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 101 Химия и химические технологии koʻpik soʻndirgichlarining ta’sir etishi koʻrsatilgan. Bunda DANOX koʻpik soʻndirgichi qoʻshilganda koʻpik balandligi 31 mmni barqarorligi esa 20 sek.ni tashkil etdi. TSU-1 koʻpik soʻndirgichi qoʻshilganda esa koʻpik balandligi 16 mmni barqarorligi esa 12 sek.ni tashkil etdi. Demak, TSU-1 koʻpik soʻndirgichi DANOXga qaraganda tajribalar natijasida ancha samaraliligi isbotlandi [11,12,13]. 2-rasm. MDEA eritmasiga turli xil tuzlarning koʻpiklanish qobiliyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta’sir qilish garfigi 3-rasmda MDEA eritmasi tarkibiga 0,05; 0,1 va 0,15 g/sm3 konsentratsiyada mavjud boʻlgan mexanik qoʻshimchalarning koʻpik hosil boʻlish jarayonida TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlari 0.001 % konsentratsiyada ta’sir etirilgan. Bunda DANOX aralashtirilganda koʻpik balandligi 30mmni barqarorligi esa 20 sek.ni tashkil etadi. TSU-1 qoʻshilganda esa koʻpik balandligi 18 mm ni barqarorligi esa 11 sek.ni tashkil qildi. Bundan shuni koʻrish mumkinki TSU-1 koʻpik soʻndirgichi DANOX koʻpik soʻndirgichiga qaraganda ancha samarali hisoblanadi [14,15,16]. 3-rasm. MDEA eritmasiga mexanik qoʻshimchalarning koʻpiklanish qobiliyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta’sir qilish grafigi Grafikdan koʻrish mumkinki, korroziya ingibitorning MDEA eritmasida hosil boʻladigan koʻpiklanish qobilyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarning ta’sir qilish jarayoni koʻrsatilgan, bunda amin tarkibida 50, 100, 150 ppm konsentratsiyadagi ingibitorga dastlab TSU-1 keyin esa DANOX koʻpik soʻndirgichlari 0.001% ulushda qoʻshildi. TSU-1 qoʻshilganda koʻpikning balandligi 17 mm gacha yashash davri esa 10 sek.gacha kamaydi, DANOX ta’sir ettirilganda, koʻpikning balandligi 31mm barqarorligi esa 25 sek.ni tashkil etdi. MDEA eritmasiga korroziya ingibitorining koʻpiklanish qobiliyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta'sir etish grafigi 4-rasmda keltirilgan. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 102 Кимё ва кимёвий технологиялар MDEA eritmasiga aminning parchlanish mahsulotlarining koʻpiklanish qobiliyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta'sir qilish grafigi 5-rasmda keltirilgan. 4-rasm. MDEA eritmasiga korroziya ingibitorining koʻpiklanish qobiliyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta’sir qilish grafigi 1-jadval Koʻpikning yashash vaqti t,s 1 Koʻpik hosil qiluvchilarning konsentratsiyasi, % Koʻpik balandligi h, mm Koʻpikning yashash vaqti t,s Koʻpik hosil qiluvchilarning konsentratsiyasi, % Koʻpik balandligi h, mm № Koʻpik hosil qiluvchilar 0 12 19 0 15 20 0.05 g/sm3 28 41 0.05 g/sm3 30 40 0.1 g/sm3 45 78 0.1 g/sm3 45 76 0.15 g/sm3 53 110 0.15 g/sm3 55 108 0.15+TSU-1 18 11 0.15+DANOX 30 20 2 Mexanik qoʻshimchal ar 0 8 6 0 9 7 2.5% 61 61 2.5% 51 59 5% 67 80 5% 72 79 7.5% 76 81 7.5% 78 80 7.5%+TSU-1 25 14 7.5%+DANOX 31 21 3 Aminni parchalash mahsulotlar 0 21 15 0 22 16 0.1% 23 18 0.1% 24 19 0.5% 36 38 0.5% 26 41 1% 58 102 1% 100 112 1%+TSU-1 18 12 1%+DANOX 28 22 4 Suyuq uglevodorodlar 0 24 17 0 23 18 50 ppm 30 19 50 ppm 32 24 100 ppm 40 41 100 ppm 41 73 150 ppm 49 87 150 ppm 51 107 150ppm+TSU-1 17 10 150 ppm+DANOX 31 25 5 Korroziya ingibitori 0 15 20 0 19 20 0.5% 30 40 0.5% 31 41 1% 45 76 1% 41 65 1.5% 53 108 1.5% 50 80 1.5%+TSU-1 16 12 1.5%+DANOX 31 20 Tuzlar “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 103 Химия и химические технологии MDEA tarkibida koʻpik hosil qiluvchi moddalarga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining oʻzaro ta’sirining farqlari 5 - rasm. MDEA eritmasiga aminning parchalanish mahsulotlarining koʻpiklanish qobiliyatiga TSU-1 va DANOX koʻpik soʻndirgichlarining ta’sir qilish grafigi Muhokama va natijalar. Tajribalar asosida yaratilgan diagrammalar natijalaridan shuni koʻrish mumkinki gazlarni absorbsion tozalash jarayonida metildietanolamin tarkibida koʻpik hosil qiluvchilar sifatida asosan: -mexanik qoʻshimchalar -aminni parchalash mahsulotlari -suyuq uglevodorodlar -korroziya ingibitorlari -turli xildagi tuzlar hisoblanadi. Metildietanolaminda koʻpik hosil boʻlgan vaqtda ikki xil turdagi DANOX AF-200 va TSU-1 koʻpik soʻndirgichlar ta’sir ettirildi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki TSU-1 koʻpik soʻndirgichi DANOX AF-200ga qaraganda koʻpikning balandligini 10 mmga yashash vaqtini esa 12 soniyaga kamaytirib samarali effekt berdi. Xulosa. Ushbu maqoladan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda Gazli gazni qayta ishlash zavodida xorijdan import qilinib ishlatib kelinayotgan DANOX AF-200 koʻpik soʻndirgichi iqtisodiy jihatdan qimmat hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda neft va gaz korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarni qayta ishlab TSU-1 nomli koʻpik soʻndirgichi yaratildi. Ushbu koʻpik soʻndirgich hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan DANOX AF-200 nomli koʻpik soʻndirgichi bilan bir xil konsentratsiya, bosim va haroratda amin tarkibida hosil boʻlgan koʻpikka ta’sir ettirildi. Tajribalar natijalari diagrammalar va jadvallar koʻrinishida olinib eng yaxshi samarali hamda effektivligi yuqori boʻlgani TSU-1 koʻpik soʻndirgichi ekanligi aniqlandi

Литература (15)

  1. 1. Toshboyev S.Oʻ., Axmedov V.N., Doʻstov H.B., Panoyev E.R., Ostonov F.I. Gazlarni absorbsion tozalashda koʻpiklanish jarayonlarini tadqiq qilish // Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. Ilmiy-texnikaviy jurnal-Buxoro: 2024. -№1. 115-118 b. (02.00.00 №14)
  2. 2. S.Toshboyev., V.Axmedov., E.Panoev., B.Olimov. Analysis of the anti foaming solution tsu, obtained on the basis of local antifoaming raw materials arising from gas cleaning // Universum: химия и биология: Научный журнал. - № 4(118). Chast 2., M., Izd. «MSNO», 2024. -P.5661.– Elektron. versiya pech. publ. – (02.00.00 №01)
  3. 3. Toshboyev S.Oʻ., Axmedov V.N., Panoyev E.R., Xafizov A.R. Gazlarni nordon komponentlardan tozalash qurilmalarida koʻpiklanish sabablari va uni oldini olish // QarDU xabarlari Ilmiy-nazariy, uslubiy jurnal. 2024 (2)2 . 150–154 b. (02.00.00 №15) “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  4. Кимё ва кимёвий технологиялар jarayonida yuzaga keladigan koʻpikni bostirishda qoʻllaniladigan “TSU” reagentini sintezi va ekstraksiyalash jarayoni tahlili // "Science and Education" Scientific Journal / April 2024 / Volume
  5. 5 Issue. 223-227 b.
  6. 10. Toshboyev S.Oʻ., Axmedov V.N., Panoyev E.R., O.I.Ravshanova., A.Q.Raxmatov. Gazlarni aminli tozalashda koʻpiklanishga qarshi TSU-1 eritmasi sintezi va uning sinov tadqiqot ishlari. // Development of science science journal/ Volume
  7. 1 MAY 2024/ 1. 355-359 b.
  8. 11. Toshboyev S.Oʻ., Axmedov V.N., Panoyev E.R., Usmonov S.B. Gazlarni tozalash jarayonida hosil boʻladigan koʻpiklanish jarayonlarini tadqiq qilish // «Kimyoning dolzarb Muammolari» Mavzusidagi respublika ilmiyamaliy Anjuman materiallari (2024-yil 21-22-iyun) Urganch: 2024. 212–226 b.
  9. 12. S.Oʻ Toshboyev, V.N. Axmedov, E.R. Panoyev, O.I.Ravshanova, D.F.Xayitova. Gazlarni absorbsion tozalashda absorber qurilmasida hosil boʻladigan koʻpiklanish jarayonlarini tadqiq qilish (gazli gazni qayta ishlash zavodi misolida) // “Neft va gaz Sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya . 15-16-oktabr 2024-yil. Buxoro: 2024. 132-136 b.
  10. 13. S.Oʻ Toshboyev, Sh.N.Ataullayev, O.I.Ravshanova, J.J.Jamolov, Z.Z. Xasanov. Gazlarni tozalash jarayonida hosil boʻladigan koʻpiklanish jarayonlarini oʻrganish // “Neft va gaz Sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya . 15-16-oktabr 2024-yil. Buxoro: 2024 . 327-332 b.
  11. 14. S.Oʻ Toshboyev, H.B.Doʻstov, V.N.Axmedov, E.R.Panoyev. Gazlarni absorbsion tozalashda koʻpiklanishga qarshi koʻpik soʻndiruvchi sintezi va sinov tadqiqot ishlari. // “Neft va gaz Sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferensiya. 15-16-oktabr 2024-yil. Buxoro: 2024. 206-211 b.
  12. 15. S.Oʻ Toshboyev, E.R.Panoyev, A.X.Musayev, X.Salimov. Development of technology for obtaining corrosion inhibitors during absorption purification of gases from acidic compounds // Development of science journal/ Volume
  13. 1 FEVRAL 2025/ 2
  14. 16. S.Oʻ Toshboyev, V.N.Axmedov, E.R.Panoyev, O.I.Ravshanova. Gazlarni absorbsion tozalash jarayonida hosil boʻladigan koʻpiklanish jarayoniga qarshi koʻpik soʻndirgichining ta’sir etish mexanizimi // Development of science / Volume
  15. 1 FEVRAL 2025/ 2. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 105