Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Paxta tolasi asosidagi matolarni trietanolamin bilan aminlash va bo‘yalgan matoning koloristik xossalari
Аннотации
Paxta tolasi asosidagi matolarni bo‘yash uchun matoni trietanolamin eritmasi bilan aminlash jarayoni olib borildi. Bo‘yash jarayoniga muhitning ta’siri o‘rganildi va muhit pH=8-10 oralig‘ida bo‘yoqning matoga singishi va uning fiksatsiyasi yuqori bo‘lishi aniqlandi. Tarkibida Co+2 va Ni+2 metall komplekslari bo‘lgan bo‘yalgan matolardan rang yorqinligining trietanolaminning konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlandi.
kompleks tuzlarmato bo‘yashaminlashkonsentratsiyarang singishibo‘yoqning fiksatsiyasitrietanolaminsellulozaepixlorgidrin АМИНИРОВАНИЕ ТКАНЕЙ НА ОСНОВЕ ХЛОПКОВОГО ВОЛОКНА C ТРИЭТАНОЛАМИНОМ И КОЛОРИСТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ОКРАШЕННОЙ ТКАНИ 1Ибрагимова М.И.2Амонов М.Р. 1Бухарский государственный медицинский институт2Бухарский государственный университет
Для окрашивания тканей на основе хлопкового волокна был проведен процесс аминирования ткани раствором триэтаноламина. Изучено влияние среды на процесс крашения и установлено, что при pH среды в диапазоне 8-10 проникновение красителя в ткань и его фиксация наиболее высоки. Выявлена зависимость яркости окраски тканей, содержащих металлокомплексы Co+2 и Ni+2, от концентрации триэтаноламина.
The process of amination with a triethanolamine solution was carried out for dyeing cotton fiberbased fabrics. The influence of the medium on the dyeing process was studied, and it was determined that the absorption and fixation of the dye on the fabric were high in the pH range of 8-10. The dependence of color brightness on the concentration of triethanolamine was established for dyed fabrics containing Co+2 and Ni+2 metal complexes.
Содержание статьи
Butun dunyo aholi sonining ortib borishi tabiiy toladan tayyorlangan matolarga bo‘lgan ehtiyojni oshib borishiga olib keladi. Respublikamiz paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Paxta tozalash korxonalarida yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash korxonalrida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash natijasida har yil o‘rtacha 1,4 mln tonnadan ortiq tola olinmoqcha. So‘nggi yillarda to‘qimachilik sanoatini tubdan modernizatsiya qilish va yarim mahsulot hisoblangan tolani qayta ishlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bois paxtani qayta ishlash natijasida olingan tolaning 85-90 % respublikamizda to‘qimachilik korxonalarida qayta ishlash natijasida yarim tayyor va atyyor mahsulotlar assartimentlarni ishlab chiqish alohida kasb etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib paxta tolasini qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan to‘qimachilik to‘qimachilik yordamchi reagentlar (TVV): zarur bo‘lgan ohorlovchilar, quyuqlashtiruvchilar va bo‘yoqlar ishlab chiqarish hajmining yetarli emasligi sababli ushbu kimyoviy moddalar chetdan import qilinmoqda. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarilayotgan moddalarning tannarxini ortishiga olib keladi. Shu sababli O‘zbekiston kimyo sanoati oldida turgan muhim vazifalardan biri to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarishning turli bosqichlarida yelimlovchi, ohorlovchi, quyuqlashtiruvchi kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar ishlab chiqarish dolzabr hisoblanadi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 141
Химия и химические технологии
Respublikamiz fanlar akademiyasining ilmiy-tatqiqot institutlari va innovatsion markazlar to‘qimachilik ta’lim yo‘nalishlarini oliy ta’lim muassasalari olimlari tomonidan 3d metall ionlar komplekslariga asoslangan bo‘yoq kompozitsiyalarini tarkibini ishlab chiqish paxta tolasi asosidagi matolarni pardozlaz jarayonida qo‘llaniladigan gul bosish va bu ish uchun zarur bo‘lgan bo‘yoqlar olish texnologiyasini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida respublikamizda paxta xomashyosini qayta ishlash imkoniyatlari kengaytirib borishi natijasida, ishlab chiqarish hajmi ortadi, eksport imkoniyatlari ortadi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki paxta tolali matoga tarkibida polivalent metall tuzi, ikki asosli fenollar, natriy nitrit va kislota bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi eritma bilan ishlov berilganda kuchsiz rang hosil qiladi va u usullar bilan kovalent bog‘ hosil qilmasligi sababli mato yuvilganda rangning to‘liq matodan yuvilib ketishi kuzatiladi. Aminlangan mato tarkibida faqat polivalent metall tuzi, natriy nitrit va kislota bo‘lgan eritma bilan mato ishlov berilganda, polivalent metall kationining tabiatidan qat’i nazar, faqat matoning qisman bo‘yalganligini ko‘rish mumkin. Ush holatdan kelib chiqib, metallokomplekslar faqat fenol hosilalari ishtirokida hosil bo‘ladi degan xulosaga kelish mumkin. Aminlangan paxta sellyulozasining aminoguruhlari esa tola tarkibidagi metallokomplekslarni mustahkamlashga va paxta matosi sirtiga bo‘yoqning to‘liq singib, kovalent bog‘ hosil qilishga olib keladi, natijada bo‘yoqning matodan yuvilib ketishi kuzatilmaydi. Bu esa, olingan ranglarning xususiyatlariga qarab ularni matolarni bo‘yash jarayonida bo‘yalishda paxta tolasi asosidagi matoning bo‘yoq bilan almashinish darajasi haqida fikr yuritish mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu maqolada paxta sellulozasini aminlash uchun bog‘lovchi sifatida epixlorgidtin (ECH) dan foydalanish keyingi bosqichi sellulozani aminlashda trietanolamin (TEA) eritmasidan foydalanildi. Olib borilga ilmiy-texnik manbaalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, paxta sellulozasini aminlash ushbu suvda eruvchan preparatlardan foydalanganiligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas. Tajribaning birinchi bosqichida trietanolamin bilan aminlangan matoni bo‘yash jarayoni uchun asosiy ko‘rsatgichlaridan biri muhit hisoblanadi. Shu sababli turli muhitlarda rangning matoga singish va fiksatsiyalanish ko‘rsatgichlari aniqlandi (1, 2-rasmlar).
1 2 3
1 23
Bo'yoqning matoga fiksatsiyasi, %
Bo'yoqning matoga singishi, %
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
TEA konsentratsiyasi, %
TEA konsentratsiyasi, %
2-rasm. Turli muhitlarda TEA konsentratsiyasining bo‘yoqning matoga fiksatsiyalanish dara-jasigabog‘liqligi. Muhit pH: 1-8, 2-9, 310, 4-12.
1-rasm. Turli muhitlarda TEA konsentratsiyasining bo‘yoqning matoga singish darajasiga bog‘liqligi. Muhit pH: 1-10, 2-9, 3-8, 4-12.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 142
Кимё ва кимёвий технологиялар
Bo‘yalgan matolarning yangi rangning koloristik xossalarini baholash uchun amaldagi mavjud aniqlik darajasi Adobe Photoshop 7,0 grafik muharriri asosida biz tomonidan takomillashtirilgan maxsus usul yordamida aniqlandi. Standartga nisbatdan farqi ± 0,3 % ni tashkil etdi. Bo‘yalgan namunalarning rang tavsiflarini aniqlash usuli asosida rang haqidagi ta’limotning asosiy qonuni yotadi, ya’ni amalda har qanday rangni uchta chiziqli bog‘liq bo‘lmagan ranglar yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Asosiy ranglar sifatida qizil (R), sariq (Y) va yashil (G) tanlab olindi. Bu uchta tarkibiy qismning nisbiy miqdorini (yorqinligini) o‘zgartirib, har qanday tus va intensivlikdagi rangni hosil qilish mumkin. Rangni tarkibiy qismlarga ajratish va tarkibiy qismlardan rangni sintez qilish bo‘yicha turli operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy grafik muharrirlarda pikselning rangi haqidagi axborot mos ravishda R, Y va G uchta rang kanalida 0-255 oraliqdagi sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Namuna rangida oq rang ulushi (yorqinlik) qanchalik kam bo‘lsa, rang intensivligi shunchalik yuqori bo‘ladi, paxta matosi rang intensivligining oshishi namuna rangida oq rang ulushining kamayishi tufayli R, Y, G rangli tasvir yorqinligining pasayishi bilan birga keladi. Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki muhit pH=8 dan pH=10ga qadar bo‘lganda rang singishi va uning fiksatsiyasi ortib boradi. pH=10 dan yuqori bo‘lganda esa rangning matoga singish darajasi o‘zgarmay qoladi, lekin fiksatsiya darajasi esa pasayib ketadi. Bizningcha ushbu holat muhit o‘ta kuchli ishqoriy bo‘lganda bo‘yoq molekulasidagi zanjirlarning uzulishi kuzatiladi, natijada bo‘yoq xususiyati yo‘qola boshlaydi. Bu esa bo‘yoqning miqdorini kamayishiga olib keladi, shu sababli pH=8-10 bo‘lgandagiga nisbatdan bo‘yoqning mato sirtida fiksatsiyasi o‘z navbatida kamayishiga olib keladi. Paxta tolali matoning aminlanish qonuniyatlarini aniqlashda raqamli fotoapparat va tasvirga raqamli ishlov beruvchi kompyuter dasturlarini qo‘llash mumkinligini aniqlash uchun 80°C haroratda paxta tolasi strukturasida hosil bo‘lgan kobalt va nikel metallokomplekslari miqdoriga trietanolamin (TEA) konsentratsiyasining ta’siri o‘rganildi (3 va 4-rasmlar).
Rang tiniqligi, %
Rang tiniqligi, %
1 2
1 2
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
TEA konsentratsiyasi, %
TEA konsentratsiyasi, %
4-rasm. Tarkibida Ni metall komplekslari bo‘lgan bo‘yalgan mato rang tiniqligiga trietanolamin konsentratsiyasining bog‘liqligi. Rang turlari 1qizil(R), 2-sariq(Y), 3-yashi(G). Olingan tajriba natijalari (1- va 2-rasmlar) shuni ko‘rsatadi, paxta tolasi asosidagi matoni trietanolaminning 7% li eritmasi bilan 80 0C haroratda ishlov berilganda sellulozaning eng yuqori almashinish darajasiga erishiladi natijada matoda maksimal miqdorda metallokomplekslar hosil
3-rasm. Tarkibida Co metall komplekslari bo‘lgan bo‘yalgan mato rang tiniqligiga trietanolamin konsentratsiyasining bog‘liqligi. Rang turlari 1qizil(R), 2-sariq(Y), 3-yashi(G).
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 143
Химия и химические технологии
bo‘lishi kuzatiladi. Bu esa raqamli fotoapparat va tasvirga raqamli ishlov beruvchi kompyuter dasturlari yordamida laboratoriya spektrofotometridan foydalanib diffuz aks ettirish spektroskopiyasi yordamida bo‘yalgan matolarning koloristik xossalarini yuqori aniqlikda o‘chash shkalasi mavjud bo‘ladi
Литература (4)
- 1. Полинский А.С., Пшежецкий В.С., Кабанов В.А. Особенности связывания ионов металла полимерными лигандами. Система Сu (II) -поли-4-винилпиридин //Докл.АН, 1981-. Т.256, № 1.-1834-1838.
- 2. Зенин А.Б., Кабанов Н.М., Кокорин А.И., Рогачева В.Б. Тройные полимер-металлические комплексы на основе полиакриловой кислоты линейного полиэтиленимитна и меди// Высомолек.соед., 1977.-Т.А, №1.-С.118-124.
- 3. Мирошниченко И.Б., Алимова Х.А., Ташпулатова Ю.Т., Федорова Н.А. Исследования процесса цветообразования на натуральном шелка, обрабатываемом методом диазотирования// Изв.Вузов, №2,2002,-С68
- 4. Абдурахманов Ш.Г., Негматов С.С., Рахимова З.М. Крашение текстильных материалов путем синтеза красителя на волокне // XVIII Национальный химический конгресс. Г.Карс, Турция. 2004.г. Ibragimova Maftuna Ibodulloyevna – Buxoro davlat tibbiyot instituti tayanch doktoranti. Amonov Muxtar Raxmatovich – texnika fanari doktori, Buxoro davlat universiteti “Kimyo va neft-gaz texnologiya”kafedrasi professori. DEVELOPMENT OF COMPOSITE MATERIALS FOR CORROSION PROTECTION OF MAIN GAS AND OIL PIPELINES WITH INCREASED CHEMICAL ADHESION Kadirxanov J., Urinov A.A. Namangan state technical university. Abstract. At present, during new construction of trunk oil pipelines, as well as during re-insulation of existing pipelines for their anti-corrosion protection, various insulation materials and protective coating designs are used, ranging from bituminous-mastic trace application to multilayer polymer coatings of factory application. But with all the variety of protective coatings available, it is practically impossible to make a choice in favor of only one universal coating that would meet all requirements and provide effective corrosion protection of pipelines under various construction and operating conditions. Keywords: corrosion, corrosion protection methods, gas condensate wells, neutral wells, oil production industry, destruction of tanks, poker technology, operation, production string, tubing, hydrogen sulfide corrosion, carbon dioxide corrosion. РАЗРАБОТКА КОМПОЗИТНЫХ МАТЕРИАЛОВ ДЛЯ ЗАЩИТЫ ОТ КОРРОЗИИ МАГИСТРАЛЬНЫХ ГАЗО- И НЕФТЕПРОВОДОВ С ПОВЫШЕННОЙ ХИМИЧЕСКОЙ АДГЕЗИЕЙ Кадирханов Ж., Уринов А.А. Наманганский государственный технический университет. Аннотация. В настоящее время при новом строительстве магистральных нефтепроводов, а также при переизоляции существующих трубопроводов для их антикоррозионной защиты используются различные изоляционные материалы и конструкции защитных покрытий — от битумно-мастичных слоев до многослойных полимерных покрытий заводского изготовления. Однако при всем разнообразии существующих защитных покрытий практически невозможно отдать предпочтение какому-либо одному универсальному покрытию, которое бы удовлетворяло всем требованиям и обеспечивало эффективную защиту трубопроводов от коррозии в различных условиях строительства и эксплуатации. Ключевые слова: коррозия, методы защиты от коррозии, газоконденсатные скважины, нейтральные скважины, нефтедобывающая промышленность, разрушение резервуаров, технология «покер», эксплуатация, эксплуатационная колонна, насосно-компрессорные трубы, коррозия сероводородом, коррозия углекислым газом. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 144