Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Uzum danagidan moy olish jarayonida yuqori chastotali tok maydonining ta’sir nazariyasi

QO'LDOSHEVA F.S., SHARIPOV N.Z.

Выпуск
5-son
Страницы
185–190
Опубликовано
09.10.2025
Просмотры
8 8

Аннотации

В данной статье изложены теоретические основы тепловой обработки в процессе получения масла из виноградных косточек. Исследовано математически и технологически проникновение волн, толщина слоя измельчённых косточек винограда и их оптимальные параметры при воздействии высокочастотного электрического поля. Кроме того, на основе физических формул определены оптимальные размеры частиц, обеспечивающие равномерное распределение тепла по поверхности и толщине массы косточек. Подробно рассмотрены исследования взаимосвязи между влажностью косточек и распространением волн. Полученные результаты позволяют определить оптимальные параметры (температуру, влажность, время обработки и толщину слоя) для повышения выхода масла.

Содержание статьи

kirish qismlarida o‘rnatish orqali, qurilmadan elektr energiya olish imkoniyati mavjudligi kelajakda ekologik toza hamda energiya tejamkor texnologiyalarni yaratish borasidagi muammoli masalalarni yechim topishiga zamin yaratiladi

Литература (22)

  1. 1. Solid Works o‘quv dasturi.
  2. 2. N.S.Bibutov, A.X.Hojiev, Materiallar qarshiligi, darslik, Toshkent-2016, Bet-6,96,176. https://lib.bimm.uz/items/9783
  3. 3. A.S. Galiullin. Analiticheskaya dinamika. M.: Visshaya shkola. 1989.- 264 s.
  4. 4. N.P.Rasulov, I.I.Safarov, .T.Muhitdinov. Oliy matematika. Toshkent, 512 b.
  5. 5. Godwin Sani, Maksymilian Bednarek, Krzysztof Witkowski, Jan Awrejcewicz. Dynamics and energy harvesting from parametrically coupled self-excited electromechanical oscillator. Nonlinear Dynamics, (2024) 112:11785–11802 https://doi.org/10.1007/s11071-024-09698-2 UZUM DANAGIDAN MOY OLISH JARAYONIDA YUQORI CHASTOTALI TOK MAYDONINING TA’SIR NAZARIYASI Qo‘ldosheva F.S., Sharipov N.Z. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada uzum danagidan moy olish jarayonida issiqlik ishlov berishning nazariy asoslari yoritilgan. Yuqori chastotali tok maydonidagi uzum danagi chaqilmasiga ishlov berishda to‘lqinning singish chuqurligi, uzum danagi chaqilmasining optimal qalinligi matematik va texnologik jihatdan tadqiq qilingan. Bundan tashqari to‘lqinning uzum danagi chaqilmasiga yuzasi va qalinligi bo‘yicha issiqlikning bir xil taqsimlanishi uchun chaqilmani optimal o‘lchami fizik formular asosida aniqlangan. Uzum danagi chaqilmasi namligi to‘lqinning tarqalishi bilan bog‘liqlik tadqiqotlari batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asosan, moy chiqishni oshirish maqsadida optimal parametrlar (temperatura, namlik, ishlov berish vaqti va qatlam qalinligi) aniqlash imkoni beradi. Kalit so‘zlar: uzum danagi, texnologik omil, qatlam, qalinlik, moy , koeffitsiyent elektromagnit maydon ta’siri “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  6. Машинасозлик ва энергетика ТЕОРИЯ ВЛИЯНИЯ ПОЛЯ ВЫСОКОЧАСТОТНОГО ТОКА НА ПРОЦЕСС ИЗВЛЕЧЕНИЯ МАСЛА ИЗ ВИНОГРАДНЫХ КОСТОЧЕК Кулдошева Ф.С., Шарипов Н.З. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В данной статье изложены теоретические основы тепловой обработки в процессе получения масла из виноградных косточек. Исследовано математически и технологически проникновение волн, толщина слоя измельчённых косточек винограда и их оптимальные параметры при воздействии высокочастотного электрического поля. Кроме того, на основе физических формул определены оптимальные размеры частиц, обеспечивающие равномерное распределение тепла по поверхности и толщине массы косточек. Подробно рассмотрены исследования взаимосвязи между влажностью косточек и распространением волн. Полученные результаты позволяют определить оптимальные параметры (температуру, влажность, время обработки и толщину слоя) для повышения выхода масла. Ключевые слова: виноградная косточка, технологический фактор, слой, толщина, масло, коэффициент воздействия электромагнитного поля. THEORY OF THE INFLUENCE OF HIGH-FREQUENCY CURRENT FIELD ON THE PROCESS OF OIL EXTRACTION FROM GRAPE SEEDS Kuldosheva F.S., Sharipov N.Z. Bukhara state technical university. Abstract. This article presents the theoretical foundations of heat treatment in the process of obtaining grape seed oil. The penetration of waves, the thickness of the crushed grape seed layer and their optimal parameters under the influence of a high-frequency electric field are investigated mathematically and technologically. In addition, based on physical formulas, the optimal particle sizes were determined to ensure uniform heat distribution over the surface and thickness of the pit mass. Research into the relationship between pit moisture and wave propagation was examined in detail. The results obtained make it possible to determine the optimal parameters (temperature, humidity, processing time and layer thickness) to increase oil yield. Key words: grape seed, technological factor, layer, thickness, oil, electromagnetic field impact coefficient. Kirish. Uzum - butun dunyoda keng tarqalgan mevalardan biri bo‘lib, uning asosiy iste’moli qayta ishlash sanoatida amalga oshiriladi. Vino sanoati jarayonida uzum danagidan yuqori sifatli moy olish imkoniyatlari keng o‘rganilmoqda. Hozirgi zamon texnologiyalarida uzum danagi moyini olishning turli usullari mavjud bo‘lib, ularda issiqlik-namlik ishlov berish jarayonlari muhim o‘rin tutadi. Uzum danagi moyi yuqori sifatli moy bo‘lib, tarkibida linoleik kislota, oleik kislota, tokoferol va boshqa biologik faol moddalarni saqlaydi. Bu moyni olish jarayonida zamonaviy fizik usullar, jumladan, yuqori chastotali tok maydonida issiqlik ishlov berish keng qo‘llanilmoqda. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum danaklari olindi. Ma’lumki, iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va agrotexnik usullar uzum danagining fizik-kimyoviy xossalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganilgan nazariy tahlillar asosida O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum danagi fizik-kimyoviy tarkibi quydagicha: moy miqdori: 10-12%, linoleik kislota: 60-65%, oleik kislota: 20-25%, palmitin kislota: 8-10%, namlik: 6-8%. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, uzum danagidek ikkilamchi mahsulotni chuqur qayta ishlash bilan sifatli mahsulot olish mumkin, bu bilan korxonaning iqtisodiy ko‘rsatgichlarining yaxshilanishiga erishish mumkin. Uzum danagining moyini olishda bir necha usullardan keng foydalanib kelinmoqda: presslash, ekstraksiyalar va kombinatsiyalashgan usullar shular jumlasidandir. Ushbu usullardan biri presslash usuli arzonligi va olinadigan moyning biologik faolligi yuqori bo‘lganligi uchun keng ko‘lamda qo‘llanib kelinmoqda. Presslash — bu moy ajratishning ekologik toza va kimyoviy moddalar ta’sirisiz usuli hisoblanadi. Biroq bu usulning samaradorligi ko‘p jihatdan hujayra devorining buzilishiga bog‘liq. Agar devor yetarlicha parchalanmasa, hujayra ichidagi moylar to‘liq ajratilmasdan kunjara tarkibiga qoladi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025
  7. Машиностроение и энергетика Hujayra devorining tarkibiy elementlari mexanik bosimga qarshi turishi mumkin. sellyuloza va lignin kabi moddalar, ularning kristallligi va polimerli zanjirlari tufayli, yuqori bosimda ham to‘liq parchalanmasligi mumkin. Shuning uchun ham, presslashdan avval tayyorlovchi ishlov berilishi tavsiya etiladi. Presslash samaradorligini oshirishda hujayra devoriga ta’sir etish usullari bir nechta usullar taklif qilinib, tadqiqotlar natijasida uzum danagidan moyni ajratish jarayonini ma’suldorligi ortishiga erishilib kelinmoqda. Yuqori chastotali tok maydonida ishlov berish - elekrtomagnit tok maydoni energiyasi hujayraning ichki qismlaridagi suv molekulalarini tebratib berib va ichki bosimni keskin oshiradi. Bu bosim hujayra devorini parchalashini va yorilishiga olib keladi. Yuqori chastotali tok maydonida ishlovdan keyin presslash natijasida moy chiqishi uzum danagi navi va yetishtirilgan iqlimiga ko‘ra 20–40% gacha oshishi oldingi tadqiqotlarda aniqlangan. Bug‘ bilan isiqliq ishlov- danagning qobiq (endokarpiy) qismi issiqliq ta’sirda elastikligini yo‘qotadi va yumshaydi. Bu jarayonda hujayra devorining plastik xususiyatlari zaiflashadi va bosimga ta’sirida moyning chiqishi osonlashadi. Ultratovush ta’siri - ultratovush kavitatsiya jarayoni orqali hujayraning ichki va tashqi tuzilmasini zaiflashtiradi. Bu usul presslash samaradorligini to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Kavitatsion zarbalar hujayra devorining lignin va gemitsellyuloza bog‘larini zaiflashtiradi. Natijada esa moyning chiqishi yaxshilanadi. Enzimatik ishlov-fermentlardan sellyulaza va ksilanaza — hujayra devori polisaxaridlarini parchalaydi. Agar presslashdan oldin fermentativ ishlov berilsa, devor strukturasi yo‘q qilinadi va moy chiqishi ancha osonlashadi. Ushbu tadqiqot ishida uzum danagini sovuq presslash usulida moy olishda yuqori chastotali tok maydonida ishlov berish usuli ta’siri nazariyasini ko‘riladi. Tajriba o‘tkazish uchun mikroto‘lqinli pech olindi uning standartida 2450 MGs chastota, kuvvati 400–800 Vt oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Ushbu pechda elektromagnit to‘lqinlar yordamida molekulalarni tebratish orqali mahsulot ichida issiqlik hosil qiladi. Bu jarayonda asosiy issiqlik manbai – mahsulotdagi suv molekulalarining tebranishidan kelib chiqadi. Issiqlik tashqi emas, balki mahsulot ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga keladi — bu volyumetrik isitish deb ataladi. Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Mikroto‘lqinli mahsulotlarda kirish chuqurligi quyidagi formula asosida hisoblanadi 𝑑𝑝= 𝑐 𝜋𝑓√2𝘀𝑟⋅tan 𝛿 bu yerda: 𝑐 — yorug‘lik tezligi, 𝑐= 3 ∗108 m/s, 𝑓 — to‘lqin chastotasi, 𝑓= 2.45 ∗109 Gs, 𝘀𝑟 — nisbiy dielektrik doimiysi uzum donasi dielektrik parametrlari (taxminan) 𝘀𝑟≈3.2, tan 𝛿 — tangens dielektrik yo‘qotish burchagi, tan 𝛿≈0.4 To‘lqin uzunligi: 𝜆= 𝑐 𝑓= 3 ∗108 2.45 ∗109 ≈0.1224 m = 12.24 sm O‘ta yuqori chastolai tok maydonini kirish chuqurligi quyidagi formula bilan hisoblanadi: = 3 ∗108 𝑑𝑝= 𝑐 3.14 ∗2.45 ∗109 ∗2.53 ∗0.4 = 38 mm 𝜋𝑓√2𝘀𝑟⋅tan 𝛿 Yuqori chastotali tok maydoni energiyasining mahsulot to‘liq yoki bir qisman singishi uchun chaqilma o‘lchami kirish chuqurligining taxminan 1/3 qismiga teng bo‘lishi kerak: 𝑑opt ≈1 3 𝑑𝑝= 1 3 × 38 mm ≈12.7 mm Ammo uzum danagi amalda 10 mm atrofida bo‘ladi va shu me’yor doirasida chaqilma (fraksiya) optimal hisoblanadi, chunki: • Katta qilinsa — elektromagnit tok energiyasi dona ichiga yeta olmaydi (ishlov samarasiz); • Juda kichik qilish issiqlik taqsimoti notekis va mahsulotda kuchli qizish kuzatiladi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  8. Машинасозлик ва энергетика Chaqilma (fraksiya) o‘lchami va uning yuqori chastotali tok maydonida ishloviga ta’siri. Chaqilma — bu mahsulotni tashkil etgan zarrachalar yoki parchalarning o‘rtacha o‘lchami. Fizik munosabatlar • Agar chaqilma o‘lchami 𝑑 kichik va kirish chuqurligidan kichik bo‘lsa (misol uchun, d≪δ, elektromagnit tok energiyasi chaqilmalar ichiga osonda kirib, issiqlik bir xil tarqaladi. • Agar chaqilma 𝑑 kirish chuqurligidan katta bo‘lsa, elektromagnit tok energiyasi faqat tashqi qatlamlarda singadi, ichki qismi yaxshi yoritilmay qoladi. Chaqilma va kirish chuqurligi munosabati- elektromagnit tok energiyasi mahsulotga kirib, unda singganda energiyaning so‘rilish chuqurligi — 𝛿 asosiy ko‘rsatkich. Isitish samaradorligi uchun chaqilma o‘lchami 𝑑 kirish chuqurligining qismidek bo‘lishi kerak: 𝑑≤𝑘⋅𝛿, bu yerda 𝑘= 1 3 qabul qilinadi Bu formuladan: 𝑑≤𝛿
  9. Uzum danagi chaqilmasi uchun taxminan: 𝑑≤𝛿 3 = 10 3 ∼3 Ammo amalda uzum danigi chaqilmalari 1.5–3 mm bo‘ladi. Chaqilmalar va issiqlik tarqalish formulasi. Issiqlik tarqalish tabiiyatini tekshirish uchun issiqlik diffuziya tenglamasi va vaqt miqdori muhim: 𝛼= 𝑘 𝜌𝑐𝑝 (issiqlik diffuzivlik) Har bir chaqilmani isitish va issiqlik tarqalishi uchun xarakter vaqti: 𝑡𝑑𝑖𝑓𝑓∼𝑑2 𝛼 • Bu yerda, chaqilma o‘lchami yuqori bo‘lsa, issiqlik tarqalishi uchun vaqt ham yuqori bo‘ladi. • Chaqilma kichik bo‘lsa, issiqlik tez tarqalib, isitish bir xil bo‘ladi. Shuning uchun chaqilma o‘lchamining 1-4 mm oralig‘ida bo‘lishi issiqlik tarqalish samaradorligini oshiradi. Elektromagnit energiya yutish parametrlari. Fraksiya o‘lchami kichik bo‘lganida, chaqilma yuzasining maydoni katta bo‘lib, elektromagnit tok energiyasining yutilish maydoni katta bo‘ladi: 𝑄∝𝐴∝𝑑2 Agar chaqilma o‘lchami katta bo‘lsa — singish chuqurligi cheklanganligi sababli energiya kirishi cheklanadi. Ideal chaqilma o‘lchami aniqlash uchun umumlashtirilgan shartga ko‘ra optimal chaqilma o‘lchami to‘lqinning kirish chuqurligining bir necha (odatda 3-4) barobar kichik bo‘lishini talab qiladi: 𝑑𝑜𝑝𝑡≈ 𝛿 3−4 Bu issiqlik tarqalishi va to‘lqin energiyasining yaxshi yutilishini kafolatlaydi. Uzum danagi chaqilmasi namligining elektromagnit tok maydoni bilan ta’sir prinsipi. Uzum danagi chaqilmasidagi namlik (suv miqdori) elektromagnit tok energiyasini yutilishini aniqlaydi, chunki suv moddasi dielektrik xususiyatlarga (oksidlanish qobiliyati, dielektrik doimiysi) katta ta’sir ko‘rsatadi. • Elektromagnit tok energiyasi issiqlik namlikka qaratilgan (suv molekulalari tanglanib erkin harakat qiladi, energiya issiqlikka aylanadi). • Namlikning o‘zgarishi chaqilmaning elektr va dielektrik parametrlarini o‘zgartirib, elektromagnit tok energiya yutishini va isish samaradorligini o‘zgartirishi mumkin. Dielektrik moddada elektromagnit tok energiyasining yutilishi quyidagicha ifoda etiladi: “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025
  10. Машиностроение и энергетика 𝑄= 2𝜋𝑓𝘀0𝘀𝑟 ″𝐸2 Bu yerda: Q — birlik hajmdagi energiya yutish quvvati (Vt/m³), f — mikroto‘lqin chastotasi (Gs), 𝘀0 — vakuum dielektrik doimiysi, 𝘀𝑟 ″ — mahsulotning dielektrik yo‘qotish ko‘rsatkichi, namlikka bog‘liq, E — elektr maydonining kuchliligi (V/m). Namlik oshishi bilan dielektrik εr′ va yo‘qotish 𝘀𝑟 ″ kattalashadi: O‘tkazilgan nazariy va tajribiy ma’lumotlarga ko‘ra: 𝘀𝑟 ″ = 𝑘⋅𝑊 Bu yerda: W — namlik foizi (% yoki kg/kg), k— tajribiy koeffitsent. Mikroto‘lqinni kirish chuqurligi (penetration depth). Quyidagi formula bilan aniqlanadi: 𝛿= 𝑐 𝜋𝑓√2𝘀𝑟′ ⋅tan 𝛿 bundan: tan 𝛿= 𝘀𝑟 ″ 𝘀𝑟′ Namlik oshishi bilan 𝘀𝑟 ″ko‘paygani sababli, tirgak (tangens) ham oshib, kirish chuqurligi kamayadi. Dielektrik parametrlar va namlik o‘rtasidagi bog‘liqlik uchun tajribiy yoki adabiy ma’lumotlarga asoslanib beriladi: 𝘀𝑟 ′ = 𝐴+ 𝐵⋅𝑊 𝘀𝑟 ″ = 𝐶+ 𝐷⋅𝑊 Shuningdek: 𝛿(𝑊) = 𝑐 𝜋𝑓√2𝘀𝑟′(𝑊) ⋅𝘀𝑟″(𝑊) 𝘀𝑟′(𝑊) Shuning uchun, namlik oshgan sari 𝘀𝑟 ″kattalashib kirish chuqurligi kamayib, elektromagnit tok energiyasi mahsulotning tashqi qismida so‘riladi. Namlik oshishi bilan energiya yutish oshadi, lekin kirish chuqurligi kamayadi. Buning natijasida isishi tashqi qismiga to‘planadi va markazda nuqsonili isish bo‘ladi. Optimal namlik – energiya kirishi va taqsimoti maksimal muvozanatga erishadigan had. Fizik shart formula: max 𝑊 𝑄(𝑊) × 𝛿(𝑊) Ya’ni namlik haddida energiya yutish quvvati va kirish chuqurligi ko‘p bo‘lishi kerak. Amalda 8–12% namlik uzum chaqilmasining mikroto‘lqinli isishda optimal ko‘rsatiladi. Isitishga sarflanadigan miqdorning asosiy formulasi quydagicha aniqlanadi: 𝑄= 𝑚⋅𝑐⋅Δ𝑇 Bu yerda: m — massa, kg; c — issiqlik sig‘imi, 2.5 , kDj/(kg·°C); Δ𝑇 — temperatura o‘zgarishi, °S Δ𝑇= 30∘𝐶 Uzum danagi chaqilmasining massa hisoblanishi. Chaqilma silindr yoki shaklga o‘xshagan ob’ekt hisoblansa, massa: 𝑚= 𝜌⋅𝑉= 𝜌⋅𝐴⋅𝑑 Bu yerda: 𝜌 — chaqilmaning zichligi, kg/m³ (uzum qurilganligida taxminan 900 kg/m³); A— chaqilma parchasining tag qismi maydoni, m² (masalan, 1 sm² = 1 × 10−4 m²); d — chaqilma qalinligi, m (10 mm = 0.01 m) Massa: 𝑚= 900 × 1 × 10−4 × 0.01 = 0.0009 kg = 0.9 g Elektromagnit tok energiya quvvati taxminan 𝑃=
  11. 700 Vt bo‘lsa Masalan, isitish vaqti: 𝑡= 30 sek Shunda umumiy energiya sarifi: “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  12. Машинасозлик ва энергетика 𝐸= 𝑃⋅𝑡= 700 × 30 = 21000 Dj = 21 kDj Issiqlik miqdori: 𝑄= 0.0009 × 2.5 × 30 = 0.0675 kDj = 67.5 Dj Bu energiya isitish uchun zarur. Mikroto‘lqin pechdan olinadigan energiya esa 21 kDj, shuning uchun chaqilma isishi uchun temperaturani oshirish uchun energiya yetarli. Xulosa. Xulosa sifatida, yuqori chastotali tok maydonida ishlov berishni sovuq presslash usuli bilan birlashtirish natijasida moy chiqarish samaradorligi va sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Optimal texnologik parametrlarni aniqlash va qatlam qalinligini nazorat qilish orqali jarayonning energiya samaradorligi va mahsulot sifatini ta’minlash mumkin. Bu yutuqlar uzum danagi moyini olish sohasida yuqori texnologiyali, ekologik toza va iqtisodiy samarali yechimlarni joriy etishga yo‘l ochadi. Foydalanilgan adabiyotlar
  13. 1. Кулдошева Ф.С., Ибрагимов Р.Р. Тенденции переработки вторичного сырья (семян винограда) / Universum:Технические науки. 11(80). Ноябрь, 2020 г. С. 75-77.
  14. 2. Кулдошева Ф. С., Шарипов Н. З. ИССЛЕДОВАНИЕ ТЕПЛОВОЙ ОБРАБОТКИ ВИНОГРАДНЫХ КОСТОЧЕК ПОД ВОЗДЕЙСТВИЕМ ВЫСОКОЧАСТОТНОГО ПОЛЯ //Universum: технические науки. – 2023. – №. 5-5 (110). – С. 32-34.
  15. 3. Gafurov, K., Safarova, D., Akabirova, L., Sharipov, N., Kuldosheva, F., & Yamaletdinova, M. (2024). Heat treatment of crushed oil seeds sunflower before pressing. In E3S Web of Conferences (Vol. 548, p. 02009). EDP Sciences.
  16. 4. Sharipov N. Z., Kuldosheva F. S., Jumaev J. Research of the Effect of Factors on the Process of Separation of Shadow Seeds from the Peel //Eurasian Research Bulletin. – 2022. – Т. 7. – С. 86.
  17. 5. Vadivambal, R., & Jayas, D. S. (2010). Non-uniform temperature distribution during microwave heating of food materials. Food and Bioprocess Technology, 3(2), 161-171.
  18. 6.Jackson, J.D. (1999). Classical electrodynamics. John Wiley & Sons. Kraus, J. D., & Fleisch, D. A. (1999). Electromagnetics with applications. McGraw-Hill.
  19. 7. Tang, J. (2015). Unlocking potentials of microwaves for food safety and quality. Journal of Food Science, 80(8), E1776-E1793.
  20. 8. Mohsenin, N. N. (1980). Thermal properties of foods and agricultural materials. Gordon and Breach Science Publishers.
  21. 9. Regier, M., & Schubert, H. (2001). Microwave processing. Food Science and Technology, 128, 178-207.
  22. 10. Григорьев А.В., Иванов И.И. Электромагнитные поля в технологии пищевой промышленности. – М.: Наука, 2018. – 256 с. GILOS DANAGIDAN MOY OLISH JARAYONINI O‘TA YUQORI CHASTOTALI TOK MAYDONIDA JADALLASHTIRISH Sharipov N.Z., Gafurov K.X. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda gilos danagi mag‘zidan sovuq presslash usulida moy olish jarayonini o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) tok maydonida issiqlik-namlik ishlov berish yordamida jadallashtirish o‘rganildi. Tadqiqotlar to‘liq faktorli eksperiment (TFE) 2³ rejasiga muvofiq olib borildi. Omillar sifatida mag‘z namligi (8–12%), ishlov berish vaqti (4–8 daqiqa) va zarracha o‘lchami (1–3 mm) tanlandi. Tajriba natijalari regressiya tahlili orqali qayta ishlanib, ahamiyatli koeffitsiyentlar aniqlangan holda yakuniy matematik model tuzildi. Model adekvatligi Fisher mezoni yordamida tasdiqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori moy chiqishi (14,70%) 8% namlik, 8 daqiqa ishlov berish va 1 mm zarracha o‘lchamida kuzatildi. Ushbu yondashuv moy olish samaradorligini oshirishi, energiya sarfini kamaytirishi va jarayon tezligini orttirishi mumkin. Kalit so‘zlar: gilos danagi, o‘ta yuqori chastotali tok, dielektrik isitish, moy chiqishi, regressiya tahlili, faktorli eksperiment, elektroporatsiya. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 187