Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Ta’limiy platformalar va ulardan foydalanish imkoniyatlari

BOTIROVA N.K.

Issue
5-son
Pages
209–211
Published
09.10.2025
Views
4 5

Abstracts

This article provides information on improving the effectiveness of educational processes based on digital technologies, artificial intelligence and educational platforms based on it, and their advantages. The role of digital technologies, distance learning, online classes and interactive textbooks in improving the effectiveness of learning and teaching has been mentioned. The article contains information about the unique advantages of organizing educational processes through digital technologies, how it increases the effectiveness of educational processes.

Article Content

“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 206 Информатика ва ахборот-коммуникацион тизимлар Sun’iy intellekt bugungi kunda dunyodagi eng muhim texnologiyalardan biriga aylanib ulgurdi. O‘tgan asrning boshlarida biz faqat filmlarda va turli xil ilmiy-fantastik romanlarda ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan sahnalarning aksariyati hayotimizga sun’iy intellektning kirib kelishi bilan haqiqatga aylanmoqda. Sun’iy intellektga asoslangan raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonlarini samaradorligini oshirish mavzusi hozirgi vaqtda juda muhimdir. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intelekt, masofaviy ta’lim, onlayn darslar, interaktiv darsliklar va boshqa vositalar orqali ta’lim jarayonlarini o‘rganish va o‘qitish samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu mavzuda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan va ular raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonlarining samaradorligi va ularning muhim ahamiyati haqida ma’lumotlar beradi. Raqamli texnologiyalar orqali tashkil etilgan ta’lim jarayonlari talabalarga interaktivlik, o‘zlashtirish, muvofiqlik va samaradorlikni oshirishi mumkin. Bunday usullar talabalar uchun ilgari sinflarda olmagan imkoniyatlar yaratadi va ularga o‘zlashtirilgan ta’lim imkoniyati beradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar talabalarni mustaqil o‘rganishga imkon beradi bu esa ularning bilim darajasini ko‘tarish uchun muhimdir. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish turli strategiya va yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Biz ushbu maqolamizda aynan shu mavzuda so‘z olib boramiz. Asosiy xususiyatlardan ba’zilari quyidagilardan iborat. Raqamli sun’iy intelektga asoslangan platformalar internet orqali o‘quvchilarga ta’lim berish imkoniyatini taqdim etadigan onlayn o‘quv platformalardir. Bu platformalar, video darsliklar, interaktiv darslar, sinovlar, amaliy mashg’ulot tajribalari va boshqa turdagi ma’lumotlar orqali o‘quvchilarga ta’lim berish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy maqsadi, o‘quvchilarning osonlik va qulaylik bilan bilim olishlari uchun yangi usullarni taqdim etishdir. Raqamli ta’lim platformalari, masofaviy ta’limning muhim qismi sifatida ko‘riladi va global o‘rinda keng tarqalgan. Bu platformalar YouTube Learning, Khan Academy, Coursera, Udemy va boshqalardir. Raqamli ta’lim platformalari yordamida istalgan mavzuda o‘rganish uchun bir necha foydali kurslardan foydalanishingiz mumkin. Masofaviy ta’lim va gibrid modellar, o‘quv jarayonini internet yoki boshqa tekshiruvlar orqali olib borish uchun mo‘ljallangan. Masofaviy ta’lim, o‘quvchilarning onlayn darslar, video darsliklar, interaktiv sinovlar va boshqa elektron ta’lim vositalari orqali o‘zlashtiriladi. Interaktiv kontent va multimediya, o‘quvchilarga ta’lim berishda o‘zgaruvchan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vositalardir. Bu turli-xil ta’lim vositalari, o‘quvchilarga ma’lumotlarni oson va qiziqarli shaklda bilishlari uchun mo‘ljallangan. Interaktiv kontent, o‘quvchilarning ma’lumotlarni olish va tushuntirish jarayonlarini osonlashtiradi. Bu turiy kontentlar, sinovlar, interaktiv darsliklar, animatsiyalar, virtual laboratoriyalar va boshqa interaktiv imkoniyatlarni qamrab oladi. O‘quvchilar bu turdagi kontent orqali ma’lumotlarni oson va qiziqarli shaklda olishlari mumkin. Multimediya esa, matnlar, tasvirli materiallar, audio va video darsliklar, animatsiyalar va boshqa ko‘rinishdagi media vositalari orqali ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Bu turdagi kontentlar o‘quvchilarga bir qatorda yetarli bilimni eng muhim ko‘rinishda ko‘rsatib berish uchun ishlatiladi. Interaktiv kontent va multimediya ta’lim jarayonida foydali bo‘ladi, chunki ular o‘quvchilarning dikkatini jalb qilishda yordam beradi va ma’lumotlarni tushuntirishda qulaylik yaratadi. Ular ta’limni yanada qiziqarli va samarali qilish uchun muhim jihozlardir. Ta’lim kontekstida moslashuvchanlik o‘quv jarayonini o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va afzalliklariga moslashtirish qobiliyatini anglatadi. Bu an’anaviy ta’limning yagona yondashuvidan tashqariga chiqadi va talabalar qanday, nimani, qachon va qayerda o‘rganishning turli usullarini o‘z ichiga oladi. Onlayn ta’lim jarayonida foydalanadigan bir nechta baxolash vositalari mavjud. Bu vositalar o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun bilimni oshirish, darslarni oson o‘rganish, hamda dastlabki bilimlarni baholash imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Quyidagi onlayn baholash vositalari misollarini keltirib o‘tish mumkin: Zoom, Microsoft Teams, Google Meet va boshqa onlayn muloqot vositalari: Bu platformalar video-konferensiyalar, o‘quv darslari va interaktiv “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 207 Информатика и информационно-коммуникационные системы muhokama uchun xizmat qiladi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar darslar, ma’ruzalar va ish olib borish uchun ulardan foydalanishadi. − Google Classroom va Microsoft Teams: Bu onlayn platformalar o‘qituvchilar uchun darslar tayyorlash, vazifalarni yuborish, o‘quvchilarning ishlarini baholash, ma’lumot almashish va qo‘shimcha materiallarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. − Khan Academy: Bu bepul onlayn ta’lim platformasi, matematika, fizika, kimyo, tarix va boshqa fanlarda dars beradi. O‘quvchilar o‘zlarini belgilangan fanlarda o‘rganishlari mumkin. − Coursera va edX: Bu platformalar oliy ta’lim kurslarini taklif qiladi. Universitetlar va kasbhunar o‘quv markazlari tomonidan taklif qilingan kurslar orqali o‘quvchilar o‘zlarini o‘zlariga qat'iy fanlarda rivojlanishga yo‘ldosh oladilar. − Cognii virtual o‘quv yordamchisi o‘quvchilarni tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi suhbat texnologiyasidan foydalanadi. Yordamchi, shuningdek, real vaqt rejimida fikrmulo-hazalarni taqdim etadi va o’quv jarayonini har bir o‘quvchining ehtiyojlariga moslashtiradi. − Querium maktab oʻquvchilariga STEAM bo‘yicha repetitorlik darslarini berishda SIdan foydalanadi. Mashgʻulotlarini tahlil qiladi va oʻqituvchilarga talabaning o‘rganish imkoniyati haqida ma’lumot beradi. Shuningdek mavzularni o‘quvchi darajasiga moslash bo‘yicha tavfsiyalarni doimiy ravishda rivojlantirib boradi. − Kahoot! va Quizizz: Bu interaktiv baholash vositalari o‘quvchilarning bilimlarini sinovlarni o‘tkazish orqali baholash uchun mo‘ljallangan. O‘quvchilar o‘z javoblarini kiritib, natijalarni ko‘rib chiqishlari mumkin. − Duolingo: Bu onlayn tili o‘rganish tizimi bo‘lib, bir necha tillarda o‘quvchilarga interaktiv darslar va o‘quvchilarning tili rivojlanishini ta’minlaydi. Bu vositalar o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun amaliy va samarali ta’limni ta’minlashda yordam berish uchun yaratilgan. Ta’lim tizimlarida onlayn baxolash vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarni o‘rganishni oson va qiziqarli qilishda muhim rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytganda ta’lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish kerak. Bu ma’lumotlar, o‘quvchilar haqida ma’lumotlar, o‘quv dasturlari natijalari, va o‘qituvchilar tomonidan berilgan baholar kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan adaptiv ta’lim platformalari, har bir o‘quvchi uchun maxsus dastur yaratishga imkon beradi. Bu platformalar talabga mos ta’lim materiallari taklif etadi va o‘quvchi progressini monitoring qiladi. Raqamli darsliklar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanish, talim jarayonini yanada samarador qiladi. O‘quvchi tushunarliroq va ilg’or hisob-kitoblardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar asosida tadbirkorlik kurslari yaratish orqali, talabalar kasb-hunar kurslarida onlayn ishtrok etishi mumkin bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan monitoring va baholash sistemasi orqali, o‘quv jarayonining samaradorligi chuqurroq analiz qilinib, muammolar aniqlanib chiqishi mumkin. Shuningdek, talim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, o‘quv-tarbiyaviy muassasalar bilan o‘quvchilar orasidagi integratsiyani yanada kuchaytiradi va ma’lumotlar texnologiyalari bilan rivojlangan yangi ta’lim modellari orqali o‘quvchilarni o‘zlashtirish va o‘stirish imkonini yaratadi

References (3)

  1. 1. Begimqulov U. Pedagogik Ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. P.f.d. disser. –T., 2007.
  2. 2. G‘ulomov S. Informatika va axborot texnologiyalari. T.2010 y.
  3. 3. Eshqobilov S. Ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot tizimlarini joriy qilish. Metodik “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 208