Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Oziq-ovqat allergiyasi va rivojlanish sabablari

ERGASHEVA X.B, ELMURODOVA A.S.

Issue
5-son
Pages
218–222
Published
09.10.2025
Views
0 6

Abstracts

This article discusses the causes, trends and management strategies of food allergies. Modern diagnostics of diseases, reactions and methods of damage are analyzed. The article provides recommendations for further research and advice. In addition, food products, processors and management strategies are reviewed. Various allergy indicators, main allergenic factors and the conclusion for health are studied. , the social and medical impact of food allergies is highlighted and recommendations for its prevention are given.

Article Content

Kirish. Oziq-ovqat allergiyalari bugungi kunda global sog‘liqni saqlash tizimining dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Har yili butun dunyoda millionlab insonlar turli oziq-ovqat mahsulotlariga allergik reaksiya ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar orasida oziqovqat allergiyalari tarqalishi so‘nggi o‘n yillikda ikki barobarga oshgan, kattalar orasida esa allergiya soni hamon ortib bormoqda. Bunday tendensiyaning sabablari orasida atrof-muhit ifloslanishi, oziq-ovqat sanoatidagi texnologik o‘zgarishlar, genetik omillar va immun tizimining noto‘g‘ri rivojlanishi kabi omillar ko‘rsatiladi. Oziq-ovqat allergiyasi oddiy noqulaylikdan tortib, hayot uchun xavfli bo‘lgan anafilaktik shok holatiga qadar olib kelishi mumkin. Shu sababli allergik reaksiyalarni erta aniqlash va ularni to‘g‘ri boshqarish inson salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Allergenlardan saqlanish, to‘g‘ri ovqatlanish va zamonaviy tibbiy yordam strategiyalari orqali allergiyaga chalingan insonlarning hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin [1, 2, 4]. Oziq-ovqat allergiyasi – bu organizm immun tizimining ma’lum bir oziq-ovqat komponentlariga haddan tashqari reaktiv javob berishi natijasida yuzaga keladigan murakkab va “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 215 Технологии пищевой промышленности jiddiy holatdir. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har 10 kishidan kamida biri hayotining ma’lum bir davrida oziq-ovqat allergiyasiga duch keladi. Bu allergiyalar ko‘plab sog‘liq muammolarini keltirib chiqarib, inson hayot sifatini pasaytiradi, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada oziq-ovqat allergiyalarining nazariy jihatlari, tarqalishi, ularning sog‘liq uchun xavfi va samarali boshqaruv usullari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Oziq-ovqat allergiyasi mahsulotlar tarkibidagi oqsil va oqisilsimon moddalar taʼsirida vujudga keladi. Masalan, bolalarda kasallik ko‘pincha onaning homiladorlik yoki emizikli davrida noto‘g‘ri ovqatlanishi sababli rivojlanadi. Chaqaloq sunʼiy aralashmalar bilan oziqlantirilsa, chala tug‘ilsa yoki oshqozon-ichak, o‘t, jigar kasalliklaridan aziyat cheksa ham, oziq-ovqat allergiyasi yuzaga kelishi mumkin. Qolaversa, bolalar sevib isteʼmol qiladigan sigir suti — kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi mahsulot. Tarkibida f2, Bos d4, Bos d5, Bos d6, Bos d8, Bos d9, Bos d10, Bos d11, Bos d12 allergenlari mavjud. Ularga 5-6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarda allergiya kuzatiladi [1, 3, 5]. Ushbu allergenlar tarkibidagi oqsil tavsifi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Sigir suti tarkibidagi oqsil tavsifi Allergen nomi Oqsil nomi Izoh Bos d4 α-laktalbumin Sut oqsilining biri, allergik Bos d5 β-laktoglobulin Eng kuchli allergenlardan biri Bos d6 Serum albumin Kamroq, lekin allergik bo‘lishi mumkin Bos d8 Kazein (casein) Sutning asosiy oqsili, allergik Bos d9-12 Turli kichik oqsillar Kamroq uchraydigan allergenlar Ushbu maqolada oziq-ovqat allergiyalarining kelib chiqish mexanizmlari, asosiy turlari, diagnostikasi va zamonaviy boshqarish usullari batafsil yoritiladi. Shuningdek, real hayotdagi tahlillar va amaliy tavsiyalar asosida bu muammoni qanday samarali nazorat qilish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Oziq-ovqat allergiyasi tushunchasi. Oziq-ovqat allergiyasi-bu organizm immun tizimining ma’lum bir oziq-ovqat tarkibidagi oqsillarga nisbatan g‘ayritabiiy, kuchaygan reaktivligi natijasida yuzaga keladigan holatdir. Organizm allergen deb ataluvchi bu oqsillarni “begona va xavfli” deb qabul qilib, himoya mexanizmini ishga soladi. Bunda immun tizimi IgE (immunoglobulin E) tipidagi antitanalarni ishlab chiqaradi va ular organizmda allergik reaksiyalarni boshlashga olib keladi. Natijada, histamin va boshqa kimyoviy mediatorlar ajralib chiqadi, bu esa yallig‘lanish, toshma, shishish va nafas olish muammolari kabi simptomlarga sabab bo‘ladi. Oziq-ovqat allergiyasi o‘zining mexanizmi, klinik ko‘rinishi va og‘irlik darajasiga ko‘ra boshqa oziq-ovqat reaksiyalaridan (masalan, oziq-ovqat intoleransiyalari yoki toksik reaksiyalardan) farqlanadi. Allergik reaksiyalar har doim immun tizimi bilan bog‘liq bo‘lib, hatto juda oz miqdordagi allergen ham kuchli simptomlar chaqirishi mumkin [1, 3, 4, 6]. Oziq-ovqat allergiyasining rivojlanish sabablari. Oziq-ovqat allergiyalarining rivojlanishida bir nechta asosiy omillar rol o‘ynaydi: Genetik omillar: agar ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham allergiyaga ega bo‘lsa, bola uchun ham allergiya rivojlanish xavfi ancha yuqori bo‘ladi. Atrof-muhit omillari: shaharlarda yashovchi bolalar qishloq joylarda yashovchilarga nisbatan allergiyalarga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Bunga gigiyena gipotezasi — organizmning bolalik davrida yetarlicha “mikrobiy” tajribaga ega bo‘lmasligi natijasida immun tizimining noto‘g‘ri shakllanishi sabab qilib ko‘rsatiladi. Oziq-ovqatdagi modifikatsiyalar: genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar, konservalangan va kuchli qayta ishlangan ovqatlar immun tizimda notabiiy javoblarni kuchaytirishi mumkin. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 216 Озиқ-овқат саноати технологиялари Immun tizimning disbalansi: ba’zan organizm o‘zining himoya tizimini noto‘g‘ri yo‘lga solib, zararsiz moddalarni ham xavf sifatida qabul qiladi. Eng keng tarqalgan oziq-ovqat allergenlari. Global miqyosda ma’lum bo‘lgan asosiy oziq-ovqat allergenlari quyidagilardan iborat: • Sut mahsulotlari: ko‘plab bolalarda sigir suti oqsillariga allergiya uchraydi. • Tuxum: ayniqsa tuxum oqi allergik reaksiya chaqiradi. • Yer yong‘oqlari va yong‘oqlar: juda kuchli va uzoq davom etuvchi allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. • Soya: bolalar va kattalar orasida keng tarqalgan. • Bug‘doy: ayrimlar uchun bug‘doy tarkibidagi oqsillar allergiya chaqiradi. • Baliq va dengiz mahsulotlari: odatda, kuchli allergik javob chaqiradi va ko‘pincha butun hayot davomida davom etadi. Oziq-ovqat allergiyasining belgilari. Allergik reaksiya, odatda, ovqatni iste’mol qilgandan so‘ng bir necha daqiqa yoki bir necha soat ichida rivojlanadi. Uning simptomlari yengil holatlardan hayot uchun xavfli sharoitlargacha o‘zgarishi mumkin: Oziq-ovqat allergiyasi va intoleransiya o‘rtasidagi farq: Oziq-ovqat allergiyasi: immun tizimi ishtirok etadi. Juda kichik miqdorda allergen ham simptomlarni chaqiradi. Oziq-ovqat intoleransiyasi: immun tizimi ishtirok etmaydi. Masalan, laktoza intoleransiyasida odam laktozani hazm qilolmaydi, lekin bu immun tizimning noto‘g‘ri reaksiya berishi emas. Asosiy allergen oziq-ovqat mahsulotlari. Tadqiqotlar asosiy allergen oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlab bergan. Bularga quyidagilar kiradi: Yer yong‘oqlari va yong‘oqlar. Sut va sut mahsulotlari. Tuxum. Baliq va dengiz mahsulotlari. Bug‘doy va soya/ Bu mahsulotlar kichik miqdorda iste’mol qilinganda ham kuchli allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin [1, 3, 4, 6]. Tahliliy qismi. Quyida eng keng tarqalgan oziq-ovqat allergenlarining tarkibi va ularning organizmga ta'siri haqida tahlil qilish orqali, allergiya xavfini kamaytirish uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligini ko‘rib chiqamiz. 1. Sut va sut mahsulotlari. Sutda va sut mahsulotlarida mavjud bo‘lgan laktoza (sutda shakar bo‘lib, sutni hazm qilishga yordam beradi) va kazein (sut oqsilining turi) ko‘plab odamlar uchun allergen bo‘lishi mumkin. Laktozani hazm qila olmaydigan odamlarda laktoza intoleransi rivojlanadi, bu esa oshqozon-ichak tizimi va hatto teri reaksiyalariga olib keladi. Kazein esa ba'zi odamlar uchun immun tizimi tomonidan yot modda sifatida qabul qilinib, allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Tarkibi: kazein, laktoza, sut oqsillari. Xavf: anafilaksiya, shishish, nafas olishda qiyinchilik [3,5,7]. 2. Yong‘oq va urug‘lar. Yong‘oqlar (masalan, yer yong‘oqlari, bodom, fistiklar) va boshqa urug‘lar (masalan, karnay, chaqmoq urug‘lari) ham keng tarqalgan allergenlardir. Bu mahsulotlarda mavjud bo‘lgan proteinlar ba'zi odamlarning immun tizimi tomonidan “xato” tanib olinib, allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Yong‘oq allergiyasi ko‘plab holatlarda og‘ir anafilaktik shokka olib kelishi mumkin. Tarkibi: proteinlar, yong‘oq yog‘lari, omega-3 yog‘ kislotalari. Xavf: anafilaksiya, teri toshmalari, nafas olish qiyinchiliklari [3,5,7]. 3. Yumshoq go‘shtlar va dengiz mahsulotlari. Skrimp, karides, baliq kabi dengiz mahsulotlari va ba'zi go‘shtlar ham allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Dengiz mahsulotlarida mavjud bo‘lgan tropomiyozin (musbat immun javobni keltirib chiqaradigan oqsil) allergik reaksiyalarni kuchaytiradi. Bu mahsulotlarda, ayniqsa, baliq va karides o‘zgarmas allergenlar sifatida tahlil qilinadi. Molekulyar darajadagi o‘rganishlar uning tarkibida Cra c 1 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 217 Технологии пищевой промышленности (karides (shrimp)dagi tropomiyozin allergeni), Gad c 1(cod (treska baliği)dagi parvalbumin nomli asosiy allergen), Gad m 1 (haddock (boshqa bir oq baliq turi)dagi allergen) allergenlari borligini tasdiqladi. Tarkibi: tropomiyozin (baliq va dengiz mahsulotlari), oqsillar, aminokislotalar. Xavf: teri toshmalari, nafas olishda qiyinchilik, o‘tkir oshqozon-ichak reaksiyalari [3,5,7]. 4. Tuxum. Tuxum oqsili, ovalbumin va ovomukoid, odamlarning 2–3% da allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Tuxum allergiyasi ko‘pincha bolalarda uchraydi, ammo kattalarda ham sodir bo‘lishi mumkin. Ushbu mahsulot tarkibida mavjud bo‘lgan oqsillar immunitet tizimi tomonidan yot modda sifatida aniqlanadi. Tarkibi: ovalbumin, ovomukoid, lektinlar. Xavf: nafas olish qiyinchiliklari, shishish, anafilaksiya [3,5,7]. 5. Gluten (Bug‘doy). Bug‘doydagi gluten ko‘plab odamlar uchun allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Seliak kasalligi (gluten sezgirligi) mavjud bo‘lgan shaxslarda, gluten ichakda yallig‘lanishga olib keladi, bu esa oziq-ovqat moddalarini yaxshi so‘rulmasligiga olib keladi. Gluten intoleransi yoki sezuvchanligi bo‘lgan odamlar uchun bu mahsulotlar jiddiy salomatlik muammolari tug‘dirishi mumkin. Tarkibi: gluten, gliadin, glutenin. Xavf: ichak tizimi yallig‘lanishi, oshqozon-ichak bezovtaligi, teri reaksiyalari [3,5,7]. 1. Soya. Soya mahsulotlaridagi soya oqsillari ham allergiya keltirib chiqarishi mumkin. Bu allergiya odatda bolalarda uchraydi, ammo kattalarda ham davom etishi mumkin. So‘ya mahsulotlarida mavjud bo‘lgan oqsillar immun tizimi tomonidan hujum qilinadigan moddalardir. Tarkibi: soya oqsillari, lektinlar, fitatlar. Xavf: teridagi toshmalar, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, anafilaksiya [3,5,7]. 2-jadval. Oziq-ovqat allergenlari jadvali t/r Allergiya manbayi Asosiy mahsulotlar Ehtimoliy simptomlar Sut, yogurt, pishloq, sariyog‘ Toshma, qichima, ich ketishi. Nafas olish qiyinligi 2. Tuxum Oqi va sarig‘i, ba’zi tortlar va makaronlar Qusish, isitma, toshma 3. Moyli yong‘oqlar 1. Sut (kazein, laktoza) Yer yong‘oq, funduq, keshyu, yeryong‘oq moyi Anafilaksiya, qichishish. Og‘izda shish 4. Soya Soya suti, soya uni, soya sousi Ich ketish, toshma, tanada qichish 5. Bug‘doy (glyuten) Non, makaron, glyutenli ozuqalar Seliakiya, shishish, ichak muammolari 6. Baliq Tuna, syomga, skumbriya va h. Terining qichishi, nafas tortilishi 7. Dengiz mahsulotlari Qoraburg‘, krevetka, mollyuska va boshqalar Anafilaksiya, toshma, oshqozon bezovtaligi 8. Kunjut Kunjut urug‘i va moyi Qichish, shish, nafas qisishi 9. Mevasabzavotlar Sabzi, banan, kivi, qulupnay, pomidor Bog‘liq allergiya (oqsil o‘xshashligi) 10. Sulfitlar Quruq meva, vino, konservalangan ozuqalar Bosh og‘rig‘i, nafas qisishi Eslatma: Allergik reaksiyalar yoqimsizdan — hayotga xavfli darajagacha bo‘lishi mumkin. Bolalarda ba’zi allergiyalar vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.Har qanday shubhali reaksiyada allergologga murojaat qiling. Xulosa. Oziq-ovqat allergiyasi bugungi kunda butun dunyo aholisining salomatligi va hayot sifati uchun jiddiy xavf omili hisoblanadi. Immun tizimining ma’lum bir oziq-ovqat komponentlariga haddan tashqari javob qaytarishi natijasida yuzaga keladigan ushbu holat bolalikdan boshlab, ba'zan butun umr davom etuvchi qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 218 Озиқ-овқат саноати технологиялари Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat allergiyasi nafaqat sog‘liq uchun xavf tug‘diradi, balki insonning ijtimoiy hayotini, psixologik farovonligini va iqtisodiy ahvolini ham sezilarli darajada ta’sir ostiga oladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki: oziq-ovqat allergiyalari eng ko‘p yer yong‘oqlari, sut, tuxum, baliq va bug‘doy mahsulotlariga nisbatan rivojlanadi. Hududiy va demografik farqlar allergiya tarqalishiga ta’sir qiladi. Allergik simptomlar yengil toshmalardan tortib, hayot uchun xavfli anafilaktik shokkacha bo‘lishi mumkin. Allergiyani aniqlash, allergendan saqlanish va zarur hollarda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish strategiyalari hayotiy muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda oziq-ovqat allergiyalari bilan kurashishda quyidagi yondashuvlar eng samarali deb hisoblanmoqda: − Allergiya haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish va ta’lim berish. − Allergensiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni ommalashtirish. − Tibbiy tekshiruv va diagnostika usullarini takomillashtirish. − Allergiya bilan yashovchi odamlarga psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish. Kelgusida oziq-ovqat allergiyalarining oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish uchun ilmiy tadqiqotlar, innovatsion tibbiy texnologiyalar va sog‘liqni saqlash tizimining ko‘rsatmalarini kuchaytirish zarur. Shu bilan birga, jamiyat darajasida allergiyaga ega insonlarning hayotini yengillashtirish uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish muhimdir. Umuman olganda, oziq-ovqat allergiyasi global sog‘liq muammosi sifatida chuqur ilmiy tadqiqotlar va amaliy choralarni talab qiladi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va allergiyaga chalingan insonlar uchun hayot sifatini oshirish kelajak avlodlar salomatligi uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi

References (11)

  1. 1. Сидорович О.И., Лусс Л.В., Цывкина Е.А. Пищевая аллергия как проявление перекрестной реакции на ингаляционные аллергены // Астма и аллергия. 2017. №
  2. 1. С. 26–32. 3.
  3. 2. Грищенко Е. А. Базовые понятия аллергологии (часть 1)//Аллергология и иммунология в педиатрии. 2016. Т. 47. №
  4. 4. С. 37–44. https://doi.org/10.24411/2500-1175-2016-00023
  5. 3. Prescott, S. L., Pawankar, R., Allen, K. J., et al. (2013). A global survey of changing patterns of food allergy burden in children. World Allergy Organization Journal, 6(1), 21. https://doi.org/10.1186/1939-4551-6-21
  6. 4. Nwaru, B. I., Hickstein, L., Panesar, S. S., et al. (2014). The epidemiology of food allergy in Europe: A systematic review and meta-analysis. Allergy, 69(1), 62–75. https://doi.org/10.1111/all.12305
  7. 5. Пищевая аллергия к куриному яйцу: обзор современных исследований / М. М. Федотова [и др.] // Бюллетень сибирской медицины. 2018. Т. 17. №
  8. 2. С. 156–166. https://doi.org/10.20538/1682-0363-2018-2-156-166.
  9. 6. Зорин С. Н. Ферментативные гидролизаты пищевых белков для специализированных пищевых продуктов диетического (лечебного и профилактического) питания // Вопросы питания. 2019. Т. 88. №
  10. 3. С. 23–31. https://doi. org/10.24411/0042-8833-2019-10026.
  11. 7. Разработка биотехнологии гипоаллергенных безглютеновых хлебобулочных изделий / Л. И. Кузнецова [и др.] // Вопросы питания. 2018. Т.87. №S5. С.221–222. https://doi.org/10.24411/0042-8833-2018-10331. Ergasheva Xusnirabo Bobonazarovna – muhandislik fanlari nomzodi, Buxoro davlat texnika universiteti, “Oziq-ovqat texnologiyasi va servis” kafedrasi professori. Tel.: +998 91 410 73 49 (c). husnirabo@mail.ru Elmurodova Azima Suvon Qizi – Buxoro davlat texnika universiteti, “Oziq-ovqat texnologiyasi va servisi” kafedrasi o‘qituvchi-stajyori. Tel.: +998 99 411 00 46 (c). “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 219