Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Fotoelektrik batareyalar energetik parameterlarini monitoring qilish uchun quyosh intensivligini kuzatish qurilmasi tayyorlash
Annotatsiyalar
Ushbu maqolada quyosh radiatsiyasining o‘lchash va nazorat qilish texnologiyalari hamda ularning qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, quyosh panellarining samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston quyosh energiyasidan foydalanish uchun qulay mintaqa bo‘lib, yiliga o‘rtacha 280 quyoshli kunga ega. Ushbu maqolada quyosh intensivligini aniqlash uchun portativ o‘lchov qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsiplari tahlil qilinadi.
quyosh intensivligiquyosh panellari samaradorligio‘lchov qurilmasiekologik monitoringenergiya samaradorligiquyosh energiyasidan foydalanishArduino texnologiyasiportativ qurilmalarilmiy tahlil. DEVELOPMENT OF A DEVICE FOR MONITORING THE ENERGY PARAMETERS OF PHOTOVOLTAIC BATTERIES THROUGH SOLAR INTENSITY OBSERVATION Makhmudov M.I.Sayfiyev H.O.Nurov S.S. Bukhara engineering-technological institute
В данной статье рассматриваются технологии измерения и контроля солнечной радиации, а также их значение для повышения эффективности возобновляемых источников энергии, в частности солнечных панелей. Узбекистан является благоприятным регионом для использования солнечной энергии, со средним показателем 280 солнечных дней в году. В статье анализируются структура и принципы работы портативного устройства для измерения интенсивности солнечного излучения.
This article discusses the technologies for measuring and monitoring solar radiation and their importance in improving the efficiency of renewable energy sources, particularly solar panels. Uzbekistan is an advantageous region for utilizing solar energy, with an average of 280 sunny days per year. The article analyzes the structure and operational principles of a portable device designed to measure solar intensity.
solar intensitysolar panel efficiencymeasuring deviceenvironmental monitoringenergy efficiencysolar energy utilizationArduino technologyportable devicesscientific analysis. РАЗРАБОТКА УСТРОЙСТВА ДЛЯ МОНИТОРИНГА ЭНЕРГЕТИЧЕСКИХ ПАРАМЕТРОВ ФОТОЭЛЕКТРИЧЕСКИХ БАТАРЕЙ ПОСРЕДСТВОМ НАБЛЮДЕНИЯ ЗА ИНТЕНСИВНОСТЬЮ СОЛНЕЧНОГО ИЗЛУЧЕНИЯ Махмудов М.И.Сайфиев Х.О.Нуров С.С. Бухарский инженерно-технологический институт
Maqola Mazmuni
kirish imkonini beradi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 180
Машинасозлик ва энергетика
Qurilma portativ ishlash imkonini beruvchi LiPo batareyadan quvvatlanadi. LiPo batareya yuqori energiya zichligiga ega bo‘lib, qurilmaning uzoq vaqt davomida ishlashini ta’minlaydi. Batareya darajasi Arduino mikrokontroller yordamida nazorat qilinadi va displeyda aks ettiriladi. Bu foydalanuvchiga batareyani o‘z vaqtida zaryadlash imkonini beradi. Ushbu tizimning sinxron ishlashi natijasida qurilma yuqori aniqlik, ishonchlilik va samaradorlikni ta’minlaydi. (3-rasm). Energiyani tejash uchun Arduino kodida quvvatni boshqarish strategiyalari amalga oshiriladi. Masalan, qurilma faqat ma’lum vaqt oralig‘ida o‘lchovlar olib borishi va qolgan vaqtda quvvatni tejash rejimida bo‘lishi mumkin. Qurilmaning aniqligini oshirish uchun fotoelementdan kelgan signal potensiometr yoki kuchaytirgich yordamida mos darajaga keltiriladi. Signalni kuchaytirish yoki zaiflashtirish INA226 sensor va Arduino mikrokontroller uchun optimal ishlashni ta’minlaydi. Signal moslashtirish jarayoni shovqinni kamaytirishga ham xizmat qiladi. Masalan, atrof-muhitdagi ortiqcha elektromagnit shovqin yoki noto‘g‘ri o‘lchov natijalarini minimallashtirish uchun filtrlar qo‘llanilishi mumkin. Bu qurilmaning aniq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishini ta’minlaydi. Quyosh intensivligi kun davomida quyoshning balandligi, ob-havo sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Buxoroda biz tadqiqot olib borgan kunda (2024-yil 11-dekabr) quyosh soat 07:51 da chiqadi va soat 17:17 da botadi, ya’ni kun davomiyligi taxminan 9,7 soatni tashkil etadi. Quyosh intensivligini o‘lchash uchun har soatda ma’lumotlar yig‘ilgan bo‘lsa, ularni quyidagi jadval korinishiga keltiramiz. 1-jadval. Kun davomida o‘lchangan quyosh intensivligi Vaqt Quyosh balandligi (daraja) Quyosh intensivligi (W/m²) 07:00 -5.5 0 08:00 2.5 50 09:00 12.0 150 10:00 21.0 300 11:00 29.0 450 12:00 34.0 600 13:00 31.0 550 14:00 23.0 400 15:00 14.0 250 16:00 4.0 100 17:00 -4.0 10 18:00 -12.0 0 07:00 va 18:00 da quyosh ufq ostida bo‘lganligi sababli, quyosh intensivligi 0 W/m². Quyosh chiqishi (07:51) va botishi (17:17) vaqtlarida quyosh intensivligi minimal bo‘ladi. Quyosh eng baland nuqtaga 12:00 atrofida yetadi, bu vaqtda intensivlik maksimal qiymatga yaqinlashadi. Qurilmaning barcha komponentlari sinxron ravishda ishlaydi. Quyosh nuri fotoelementga tushadi va bu jarayonda elektr toki hosil qilinadi. Hosil bo‘lgan tok va kuchlanish qiymatlari INA226 sensor yordamida aniqlanadi va Arduino mikrokontrollerga uzatiladi. Arduino ushbu ma’lumotlarni qayta ishlaydi va quyosh intensivligini hisoblaydi. Hisoblangan intensivlik natijasi
3-rasm. Arduino Nano qurilma to‘plami
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 181
Машиностроение и энергетика
real vaqt rejimida LCD displeyda aks ettiriladi va SD kartaga yoziladi. Barcha jarayonlar uzviy ravishda bir-birini to‘ldiradi, bu esa qurilmaning samaradorligini oshiradi. Qurilmaning ish faoliyati foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun ortiqcha o‘lchovlarni yo‘q qilish va minimal foydalanuvchi aralashuvi bilan ishlashga mo‘ljallangan. Shuningdek, tizimni kengaytirish imkoniyatlari, masalan, simsiz ulanish yoki tarmoqga ulanish orqali ma’lumotlarni real vaqt rejimida masofadan kuzatish, qo‘shimcha afzalliklar yaratadi. Xulosa qilib aytganda, quyosh radiatsiyasi Yerdagi hayot uchun asosiy energiya manbayi bo‘lib, iqlim tizimi, qishloq xo‘jaligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu energiyaning aniq o‘lchanishi quyosh panellari samaradorligini oshirish va ekologik toza energiya ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston yiliga o‘rtacha 280–330 quyoshli kunga ega bo‘lib, bu mamlakatni quyosh energiyasidan foydalanish uchun qulay hududga aylantiradi. Yillik quyosh radiatsiyasi miqdori 500–600 kVt·soat/m² atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Quyosh intensivligini aniqlash, ayniqsa, quyosh panellarining samaradorligini baholash va ularni joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilishda muhimdir. Quyosh panellari samaradorligi ularga tushayotgan quyosh nuri intensivligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, optimal sharoitlarni yaratish orqali olinadigan elektr energiyasi hajmini sezilarli darajada oshirish mumkin. Bugungi kunda turli qurilmalar yordamida quyosh nuri intensivligini o‘lchash bo‘yicha ilmiy va texnologik ishlar olib borilmoqda. Yig‘ilgan ma’lumotlar nafaqat energiya samaradorligini oshirish, balki ekologik monitoring va iqlim o‘zgarishlarini tahlil qilishda ham qo‘llaniladi. Shu sababli, quyosh intensivligini aniqlash qurilmasi har tomonlama dolzarb va amaliy ahamiyatga ega
Adabiyotlar (12)
- 1. Idrisovich, M. M., Esanovich, K. Z., Sobirovich, N. S., & Ugli, S. S. S. (2021). Analysis of the process of aerobic stabilization of sediment on the example of purification facilities of the Republic of Uzbekistan. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(3), 7094–7105.
- 2. Makhmudov, M. I., Kuziyev, Z. E., Nurov, S. S., & Sidikov, S. S. (2020). Optimal ratio of primary and secondary clarifier characteristics in wastewater treatment plants. Chemical Technology. Control and Management, (4), 94.
- 3. Maxmudov, M., Nurov, S., Qo‘ziev, Z., & Sidiqov, S. (2021). Review and analysis of methods for measuring concentration of suspended substances and active sludge during biological treatment of waste water. Scientific-Technical Journal, 4(3), Article 4.
- 4. Idrisovich, M. M., Esanovich, K. Z., & Sobirovich, N. S. (2020). Sidikov Sanjar Siroj ugli, “Assessment of energy saving capabilities in air blowers of biological wastewater treatment plants”. Journal of Critical Reviews, 7(11), 3058–3066.
- 5. Idrisovich, M. M., Esanovich, K. Z., Sobirovich, N. S., & Sirojugli, S. S. (2020). Assessment of energy saving capabilities in air blowers of biological wastewater treatment plants. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(6), 1474–1486.
- 6. Nurov, S. S. (2024, March). Analysis of the current state of automation and measurementcontrol systems of biological wastewater treatment. In Uz Conferences (Vol.1, No. 4, pp. 130–137).
- 7. Nurov, S. S. (2022). Experimental study of the optimal wavelength of radiation in the optical method of measuring the concentration of activated sludge. In Science and Technology Research (pp. 30–34).
- 8. Nurov, S., Sultanov, B. F., Ochilov, I. K., & Abazov, R. F. (2024). Pollution monitoring: A solution to improve the quality of wastewater treatment from household emissions. In E3S Web of Conferences (Vol. 574, p. 05003). EDP Sciences.
- 9. Sobirovich, N. S. (2022, October). Application of Newton's mathematical interpolation to increase the accuracy of measuring the active sludge level. In Archive of Conferences (pp. 34–39).
- 10. Mirzoyev, N. (2023). Study on computerized measurement-control system for determining the condition of electrical network insulation and permitted connections for electrical energy consumption. In E3S Web of Conferences (Vol. 434, p. 01021). EDP Sciences. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
- Машинасозлик ва энергетика
- 11. Mirzoyev, N., & Nurov, S. S. (2024). Control and management of the balance of active and reactive power in a power supply system with a solar power plant. Chemical Technology, Control and Management. Mahmudov Maxsud Idrisovich – texnika fanlari doktori, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Elektr va energetika muxandisligi kafedrasi professori, +998 99 706 11 66; Sayfiyev Hasan Olim o‘g‘li – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, elektr va energetika muxandisligi kafedrasi dotsenti, tayanch doktorant, +998 91 645 11 22; Nurov Siroj Sobirovich – falsafa fanlari bo‘yicha doktor (PhD), Buxoro muhandisliktexnologiya instituti, Elektr va energetika muxandisligi kafedrasi dotsenti, +998 99 702 66 77; UO‘K 621.314 REAKTIV QUVVAT MANBALARINI O‘RNATISH NATIJASIDA ELEKTR ENERGIYASINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISHNING BAHOLASH USULLARI Tovboyev A.N., Tog‘ayev I.B. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqola reaktiv quvvat va uning manbalari, reaktiv quvvatning asosiy foydalanish sohalari, elektr energiyasini uzluksiz, ishonchli va sifatli uzatish, elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari, reaktiv quvvat manbalarining elektr energiyasi iste’molchilari ish rejimlariga, ishlash holatlari va parametrlariga ta’sirlari hamda elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bugungi kunda past sifatli elektr energiyasining iste’molchilar (kuch transformatorlari, havo elektr uzatish liniyalari, katta quvvatli elektr texnologik qurilmalar) ish rejimlariga ta’siri inobatga olindi. Kalit so‘zlar: elektr ta’minoti tizimi, havo elektr uzatish liniyasi, elektr energiyasining sifati, reaktiv quvvat manbalari, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish usullari, elektr energiyasini boshqarish, statik kondensator, reaktor. ОЦЕНОЧНЫЕ МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ПОКАЗАТЕЛЕЙ КАЧЕСТВА ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ В РЕЗУЛЬТАТЕ УСТАНОВКИ РЕАКТИВНЫХ ИСТОЧНИКОВ ПИТАНИЯ Товбоев А.Н., Тогаев И.Б. 1Навоийский государственный горно-технологический университет. Аннотация. В настоящей статье рассмотрены реактивная мощность и ее источники, основные области применения реактивной мощности, бесперебойная, надежная и качественная передача электрической энергии, качественные показатели электрической энергии, влияние источников реактивной энергии на режимы работы потребителей электрической энергии, рабочие состояния и параметры, разработаны новые меры, направленные на повышение показателей качества электрической энергии. Сегодня учитывается влияние низкокачественной электроэнергии на режимы работы потребителей (силовые трансформаторы, воздушные линии электропередач, электротехнические устройства большой мощности). Ключевые слова: система электроснабжения, воздушная линия электропередачи, качество электроэнергии, источники реактивной энергии, методы компенсации реактивной мощности, управление электроэнергией, статический конденсатор, реактор. EVALUATION METHODS FOR IMPROVING THE QUALITY OF ELECTRICITY AS A RESULT OF THE INSTALLATION OF REACTIVE POWER SOURCES Tovboev A.N., Togaev I.B. Navoi state mining and technology university. Annotation. This article examines reactive power and its sources, the main applications of reactive power, uninterrupted, reliable and high-quality transmission of electric energy, qualitative indicators of electric energy, the influence of reactive energy sources on the operating modes of consumers of electric energy, operating conditions and parameters, new measures have been developed aimed at improving the quality of electric energy. Today, the impact of low-quality electricity on the operating modes of consumers (power transformers, overhead power lines, high-power electrical devices) is taken into account. Key words: power supply system, overhead power transmission line, power quality, reactive energy sources, reactive power compensation methods, power management, static capacitor, reactor. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 183