Перейти к содержимому
Выпуск
5-son
Страницы
278–282
Опубликовано
09.10.2025
Просмотры
1 4

Аннотации

В статье представлены новые структуры и способы получения двухслойного трикотажа. С целью расширения ассортимента трикотажных полотен и изучения влияния структуры трикотажа на его технологические показатели разработано 8 вариантов двухслойного трикотажа. Образцы двухслойных трикотажных полотен были получены на плосковязальной машине LONG XING 252SC, управляемой современной программой. За счет изменения структуры разработанного двухслойного трикотажного полотна удалось снизить расход сырья на образцы. Созданные двухслойные трикотажные полотна могут быть использованы при производстве верхней одежды.

Содержание статьи

Kirish. Trikotaj mato ishlab chiqarish va boʻyash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash darajasi 2027-yil yakunigacha bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqish rejalashtirilgan. Respublikani “Toʻqimachilik xabi” ga aylantirish va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustidagi ishlar manzilli tashkil etiladi. Trikotaj yangi tuzilishdagi assortimentini ishlab chiqishda birinchi navbatda Oʻzbekiston iqlim sharoiti va xalq ehtiyojini oʻrganib chiqish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda trikotaj matolarining shakl saqlash xususiyatlarini oshirish usullarini takomillashtirish masalasi dolzarb muammolardan biridir. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarining barcha tuzilishlari uchun xos boʻlgan umumiylik shundan iboratki, bunda uning har bir mustaqil qatlami oʻzida bosh, hosilali, naqshli yoki aralash bir qavatli toʻqimani namoyon qiladi. Toʻqish jarayonida mato yoki qatlamlar orqa tomoni bilan halqa tuzilishidagi ayrim elementlar yordamida oʻzaro shunday biriktirilganki, bunda halqa bog‘liqligini buzmagan holda bitta toʻqimani soʻtib, ikkinchisini saqlab qolish mumkin. Ikki qatlamli trikotaj olish texnologiyasi ustida bir qator olimlar ish olib borgan. Jumladan, yassi ignadonli fang mashinasida ikki qatlamli trikotaj toʻqimasini olishning yangi usuliga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda yoritib berilgan. Yassi ignadonli fang mashinasida ikki qatlamli trikotaj toʻqimasini olish uchun mashinaning oldi va orqa ignadon ignalarida ketma-ket glad toʻqimasi toʻqilgan. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 275 Технологии текстильной и легкой промышленности Keyingi toʻqish jarayonida birlashtiruvchi ip yordamida ikkita glad toʻqimasi bir-birlari bilan birlashtirilgan. Uning uchun birlashtiruvchi ipdan ignalar bir qator lastik toʻqimasini toʻqigan. Glad toʻqimasi oʻzaro toʻqimaning orqa tomoni bilan birlashtirilgan. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi tarkibida birlashtiruvchi iplardan shakllangan yarim halqalar boʻlmasligi hisobiga trikotajning yuza zichligi kamaytirish va sifat koʻrsatkichlarini oshirishga erishilgan. Trikotaj toʻqimalari assortimentini kengaytirish va trikotaj tuzilishi uning shakl saqlash xususiyatlari va boshqa sifat koʻrsatkichlariga ta’sirini tadqiq etish maqsadida tuzilishi bilan birbiridan farq qiladigan ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining 6 ta varianti ishlab chiqildi. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining namunalari LONG XING 252SC rusumli yassi ignadonli mashinada ishlab chiqarildi. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining ikkita mustaqil qatlamini shakllantirish uchun xomashyo sifatida 20 teks 4 chiziqli zichlikka ega boʻlgan yigirilgan paxta ipidan foydalanilgan. Pressli usulda biriktirilgan barcha trikotaj toʻqima tuzilishlari uchun keyingi qatlamni shakllantirishda press yarim halqalarining ipi asosiy ip hisoblanadi. Ushbu yarim halqalar qaramaqarshi qator halqa protyajkalari ustida joylashadi. Toʻqima qatlamlari toʻqima tuzilishi, biriktiruvchi elementlarning joylanishi va soni, qatlamlar koʻrsatkichining oʻzaro nisbati bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. 1-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi 1variantining grafikli yozuvi 2-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi I variantining grafikli yozuvi Asos namunasi sifatida 1-variant qabul qilindi, uni olishda I qatorda karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida press halqa qatori shakllanadi, buning uchun orqa ignadon halqa hosil qilish tizimida tugallash operatsiyasini bajaruvchi yuqorigi klin ishchi holatda boʻladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi quyi klin esa toʻliq ishchi holatdan oʻchiriladi. II qatorda orqa ignadon ignalarida glad qatorlari toʻqiladi. Shunday qilib, qatlamlari asos ipi bilan press usulida biriktirilgan ikki qatlamli trikotaj ishlab chiqariladi. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining I variantning qatlamlarini oʻzaro biriktirish uchun asos ipi yordamida pressli biriktirish usuli qoʻllanilgan. I variant ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining grafik yozuvi 2-rasmda keltirilgan. Ikki qatlamli I variant trikotaj toʻqimasi LONG XING 252SA rusumli yassi ignadonli mashinada ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi quyidagicha olinadi. Karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida I tizim press halqa qatorini shakllantiradi, buning uchun orqa ignadon halqa hosil qilish tizimida tugallash operatsiyasini bajaruvchi yuqorigi klin ishchi holatda boʻladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi quyi klin esa toʻliq ishchi holatdan oʻchiriladi. Buning natijasida orqa ignadon barcha ignalari toʻliq boʻlmagan tugallash operatsiyasini bajarish uchun yuqorigi sathga koʻtariladi, ipni ilib oladi, lekin eski halqalar tashlanmaydi, press yarim halqalarni hosil qiladi. Old ignadon ignalari toʻliq tugallash operatsiyasi bajarish sathiga koʻtariladi va yopiq halqalarni hosil qiladi, buning uchun tugallash operatsiyasini bajaruvchi yuqorigi va quyi klinlar toʻliq ishchi holatdan oʻchiriladi. II tizimda orqa ignadon ignalarida glad qatorlari toʻqiladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi old ignadon toʻliq klinlari esa ishchi holatdan oʻchiriladi. III qatorda halqa shakllantirish uchun esa old ignadon halqa hosil qilish tizimida tugallash operatsiyasini bajaruvchi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 276 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари quyi klin ishchi holatda boʻladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi yuqori klin esa toʻliq ishchi holatdan oʻchiriladi. IV tizimda oldi ignadon ignalarida glad qatorlari toʻqiladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi orqa ignadon toʻliq klinlari esa ishchi holatdan oʻchiriladi. 3-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi II variantining grafikli yozuvi 4-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi III variantining grafikli yozuvi II variant ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi yassi ignadonli mashinada quyidagicha ishlab chiqariladi. Karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida halqa hosil qilish tizimi pressli halqalarni toʻqiydi, bu yerda old ignadon ignalari yopiq halqalarni, orqa ignadon ignalari esa press yarim halqalarni hosil qiladi (I qator). Halqa hosil qilish tizimining chapdan oʻng tomonga harakatlanishida orqa ignadon ignalarida, igna oralab toq ignalarda halqa hosil qilinadi va hosilali glad qatorlari shakllantiriladi. III halqa qatorida ham orqa ignadon ignalarida igna oralab juft ignalarda halqa hosil boʻlib, hosilali glad qatorlari shakllantiriladi. II va III halqa qatorlarini shakllantirishda old ignadon ignalari toʻqish jarayonida ishtirok etmaydi, ya’ni ular ishchi holatdan oʻchiriladi. IV halqa qatorlarini shakllantirishda, karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida halqa hosil qilish tizimi pressli halqalarni toʻqiydi, bu yerda orqa ignadon ignalari yopiq halqalarni, old ignadon ignalari esa press yarim halqalarni hosil qiladi. V va VI halqa qatorlarida, halqa hosil qilish tizimining harakatlanishida oldi ignadon ignalarida, igna oralab hosilali glad qatorlari shakllantiriladi. V va VI halqa qatorlarini shakllantirishda orqa ignadon ignalari toʻqish jarayonida ishtirok etmaydi, ya’ni ular ishchi holatdan oʻchirilgan boʻladi. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi III variant olish jarayonida I qatorda, karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida halqa hosil qilish tizimi igna oralab ya’ni toq ignalar 1, 3, 5 pressli yarim halqalarni shakllantiradi, bu yerda old ignadon ignalari yopiq halqalarni, orqa ignadon ignalari esa igna oralab (toq ignalar) press yarim halqalarni hosil qiladi. II qatorda esa juft ignalar 2 va 4, 6 ignalarda igna oralab pressli yarim halqalar shakllanadi. III-qatorda esa, orqa ignadon ignalarida glad qatorlari toʻqiladi, old ignadon ignalari esa ishchi holatdan oʻchiriladi. IV qatorda halqa hosil qilish tizimi igna oralab ya’ni toq ignalar 1, 3, 5 pressli yarim halqalarni shakllantiradi, bu yerda orqa ignadon ignalari yopiq halqalarni, oldi ignadon ignalari esa igna oralab toq ignalarda press yarim halqalari hosil qilinadi. V qatorda esa juft ignalar 2, 4, 6 ignalar igna oralab pressli yarim halqalarni hosil qiladi, orqa ignadon ignalari esa yopiq halqalarni hosil qiladi. VI qatorda esa, oldi ignadon ignalarida glad qatorlari toʻqiladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi orqa ignadon ignalari esa ishchi holatdan oʻchiriladi. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi IV variant quyidagicha olinadi. I qatorda, karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida halqa hosil qilish tizimi igna oralab ya’ni toq ignalar 1, 3, 5 pressli yarim halqalarni shakllantiradi, bu yerda old ignadon ignalari yopiq halqalarni, orqa ignadon ignalari esa igna oralab (toq ignalar) press yarim halqalarni hosil qiladi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 277 Технологии текстильной и легкой промышленности 6-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi V variantining grafikli yozuvi 5-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi IV variantining grafik yozuvi II qatorda esa juft ignalarda 2, 4, 6 igna oralab pressli yarim halqalar shakllanadi. Halqa hosil qilish tizimining chapdan oʻng tomonga harakatlanishida orqa ignadon ignalarida, igna oralab hosilali glad qatorlari toʻqiladi. Uchinchi halqa qatorida xuddi shuningdek, orqa ignadon ignalarida igna oralab hosilali glad qatorlari shakllantiriladi. III va IV halqa qatorlarini shakllantirishda old ignadon ignalari toʻqish jarayonida ishtirok etmaydi, ya’ni ular ishchi holatdan oʻchirilgan boʻladi. V qatorda halqa hosil qilish tizimi igna oralab ya’ni toq ignalar 1, 3, 6 pressli yarim halqalarni shakllantiradi, bu yerda orqa ignadon ignalari yopiq halqalarni, oldi ignadon ignalari esa igna oralab (toq ignalar) press yarim halqalarni hosil qiladi. VI qatorda esa juft ignalar 2, va 4, 6 ignalarda igna oralab pressli yarim halqalar hosil boʻladi, orqa ognadon ignalari esa yopiq halqalarni hosil qiladi. VII va VIII halqa qatorlarida, halqa hosil qilish tizimining chapdan oʻng tomonga harakatlanishida oldi ignadon ignalarida, igna oralab hosilali glad qatorlari shakllantiriladi, orqa ignadon ignalari toʻqish jarayonida ishtirok etmaydi, ya’ni ular ishchi holatdan oʻchirilgan boʻladi. V variant namunani olishda I qatorda karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida halqa hosil qilish tizimi pressli halqalarni toʻqiydi, bu yerda old ignadon ignalari yopiq halqalarni, orqa ignadon ignalari esa press yarim halqalarni hosil qiladi. II qatorda esa, orqa ignadon ignalarida glad qatorlari toʻqiladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi old ignadon toʻliq klinlari esa, ishchi holatdan uzib qoʻyiladi. III-halqa qatorlarini shakllantirishda, karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida orqa ignadon ignalari yopiq halqalarni, old ignadon ignalari esa press yarim halqalarni hosil qiladi. IV va V halqa qatorlarida, 7-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi VI variantining grafikli yozuvi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 278 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари halqa hosil qilish tizimining chapdan oʻng tomonga harakatlanishida oldi ignadon ignalarida, igna oralab halqa toʻqilib, hosilali glad shakllantiriladi, orqa ignadon ignalari toʻqish jarayonida ishtirok etmaydi, ya’ni ular ishchi holatdan oʻchirilgan boʻladi. VI variantni ishlab chiqarishda I qatorda karetkaning chapdan oʻng tomonga harakatlanishida halqa hosil qilish tizimi igna oralab ya’ni toq ignalarda 1, 3, 5 pressli yarim halqalar shakllanadi, bu yerda old ignadon ignalari yopiq halqalarni, orqa ignadon ignalari esa igna oralab (toq ignalar) press yarim halqalarni hosil qiladi. II qatorda esa juft ignalar 2, 4, 6 ignalarda igna oralab pressli yarim halqalar hosil boʻladi. Old ignadon ignalari yopiq halqalarni toʻqishda ishtirok etadi. III qatorda esa, orqa ignadon ignalarida glad qatorlari toʻqiladi, tugallash operatsiyasini bajaruvchi old ignadon toʻliq klinlari esa, ishchi holatdan uzib qoʻyiladi. IV qatorda halqa hosil qilish tizimi igna oralab ya’ni toq ignalar 1, 3, 6 pressli yarim halqalarni toʻqiydi, bu yerda orqa ignadon ignalari yopiq halqalarni, oldi ignadon ignalari esa igna oralab (toq ignalar) press yarim halqalarni hosil qiladi. V qatorda esa juft ignalar 2, 4, 6 ignalar igna oralab pressli yarim halqalarni toʻqiydi, orqa ignadon ignalari esa yopiq halqalarni hosil qiladi. VI va VII halqa qatorlarida, halqa hosil qilish tizimining chapdan oʻng tomonga harakatlanishida old ignadon ignalarida, igna oralab hosilali glad qatorlari shakllantiriladi, orqa ignadon ignalari toʻqish jarayonida ishtirok etmaydi, ya’ni ular ishchi holatdan oʻchirilgan boʻladi. Xulosa qilib aytganda, yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarining tuzilishini oʻzgartirish hisobiga namunalar qalinligining oshishi va xomashyo sarfini kamaytirishga erishilgan. Yaratilgan ikki qatlamli trikotaj toʻqimalaridan ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish mumkin

Литература (10)

  1. 1. PF-71- son 01.05.2024 Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻg‘risida.
  2. 2. М.М.Мусаева, Г.Х.Гуляева, М.М.Мукимов, К.М.Холиков. Структура и способ получения двухслойного трикотажа. №4/2018. Str 78-82
  3. 3. Musaev N. et al. Research of pattern cotton-silk knitting fabrics //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2024. – T. 3045. – №. 1, 030079.
  4. 4. Musayeva M. et al. Form-Stable Fleecy—Inlay Knitwear //XV International Scientific Conference “INTERAGROMASH 2022” Global Precision Ag Innovation 2022, Volume 2. – Cham : Springer International Publishing, 2023. – S. 2050-2056.
  5. 5. Allaniyazov G. et al. Study of technological parameters and material consumption of two-layer knitted fabric //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2021. – T. 304. – S. 03037.
  6. 6. Tashpulatova S, Mukimov M, Musayev N, Gulyaeva, G, & Musayeva M. (2023, June). Device for testing the strength of fixing the plush thread in the ground stitch. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No.
  7. 1). AIP Publishing.
  8. 7. Поспелов Е.П. Двухслойный трикотаж. - М., Легкая и пищевая промышленност, 1982 г., с. 208.
  9. 8. Мусаев Н. М., Каримов С. Влияние вида соединения двухслойного трикотажа на его технологические параметры. – 2019.
  10. 9. Xolmoʻminov A., Gulbaev U., Karimov S. Properties of polypropylene yarn production //Science and Education. – 2024. – T. 5. – №. 9. – S. 172-176. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 279