Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Gidrofob xossa berishda maxalliy appretlarni qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq qilish
Annotatsiyalar
Ushbu maqolada obyekt sifatida tarkibida 100% paxta tolalaridan tashkil topgan gazlamalarga gidrofob xossa berish jarayonlarida hozirgi kunda respublikamiz toʻqimachilik korxonalarida qoʻllanib kelayotgan chet eldan keltirilgan kimyoviy tarkiblarni mahalliy appretlar bilan almashtirish imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha izlanish natijalari olib borildi. Namunalarning suv oʻtkazuvchanligi, koloristik va optik koʻrsatkichlari aniqlandi. Aktiv boʻyovchi modda bilan boʻyalgan va boʻyalmagan ip gazlamalarda Kollasol CDO bilan noionogen SAM, Tubiguard SCS bilan mahalliy xlorosulfatlangan polietilen almashtirib qoʻllanilganda matoning fizik-mexanik koʻrsatkichlari kamaydi lekin suv itaruvchanligi va oqlik darajasi oshganligini koʻrsatdi. Tubiguard Fixierer FC ni PVA ga almashtirishda fizik-mexanik pishiqligi ortdi. Har uchchala tarkibda ham matoga berilgan gidrofoblik xossasi bir xil qiymatlarga ega boʻldi.
paxta tolasidan toʻqilgan matoappretgidrofobhavo oʻtkazuvchanliksuv oʻtkazuvchanlikoptik koʻrsatkichlar. ИЗУЧЕНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОТЕЧЕСТВЕННЫХ АППРЕТОВ ДЛЯ ПРИДАНИЯ ГИДРОФОБНЫХ СВОЙСТВ 1Усманова Ф.С.1Ташкенбаева Т.Б.2Набиев Н.Д. 1Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности2“Raw Materials cellulose” OOO
В данной статье в качестве объекта исследования рассматриваются процессы придания гидрофобных свойств тканям, состоящим на 100% из хлопковых волокон, с акцентом на замену импортных химических компонентов, применяемых в текстильных предприятиях нашей Республики, на отечественные аппреты. Изучены водопроницаемость, колористические и оптические показатели образцов. Установлено, что при использовании Kollasol CDO с неионогенным ПАВ и замене Tubiguard SCS на местный хлорсульфированный полиэтилен в окрашенных и неокрашенных хлопчатобумажных тканях физикомеханические показатели снижаются, однако водоотталкивающие свойства и степень белизны увеличиваются. При замене Tubiguard Fixierer FC на ПВА повышается физико-механическая прочность ткани. Во всех трёх составах достигнута одинаковая степень гидрофобности ткани.
хлопчатобумажная тканьаппретгидрофобностьвоздухопроницаемостьводопроницаемостьоптические показатели. INVESTIGATION OF THE POSSIBILITIES OF USING LOCAL FINISHING AGENTS FOR IMPARTING HYDROPHOBIC PROPERTIES 1Usmanova F.S.1Tashkenbayeva T.B.2Nabiyev N.D. 1Tashkent institute of textile and light industry2LLC “Raw materials cellulose”
This article investigates the processes of imparting hydrophobic properties to fabrics composed of 100% cotton fibers. The research focuses on replacing imported chemical agents currently used in textile enterprises of our Republic with locally produced finishing agents. The water permeability, coloristic, and optical properties of the fabric samples were evaluated. It was found that when Collasol CDO was used with a nonionic surfactant, and Tubiguard SCS was substituted with locally produced chlorosulfonated polyethylene on both dyed and undyed cotton fabrics, there was a decrease in the physical and mechanical properties, but an increase in water repellency and whiteness. Replacing Tubiguard Fixierer FC with PVA resulted in improved physical and mechanical strength. All three compositions provided fabrics with similar levels of hydrophobicity.
Maqola Mazmuni
Kirish. Respublika toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun gazlama, trikotaj mato ishlab chiqarish va boʻyash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shartsharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash va respublikani “toʻqimachilik xabi”ga aylantirish va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustida ishlarni manzilli tashkil etish toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yangi sifat bosqichiga olib
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 280
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
chiqishning asosiy yoʻnalishlari etib olinishi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining PF-71 son farmonida ta’kidlangan [1].
Yechiladigan muammo va masalaning qoʻyilishi. Toʻqimachilik materiallarining funksional xossalarini yaxshilash, ularning suv, chang va yog‘ga nisbatan chidamliligini oshirish masalasi hozirgi kunda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar yuqori gigiyenik xususiyatlarga ega boʻlgan gidrofob xossa berilgan materiallarga ayniqsa qiziqadilar. Shu sababli, toʻqimachilik materiallariga gidrofob xossa berish dolzarb masala hisoblanadi. Toʻqimachilik materiallari sirtlarining gidrofoblanishini oʻrganishga alohida e’tibor qaratilmoqda [2]. Yakunlovchi pardozlar qoʻllanishining asosiy maqsadi – toʻqimachilik materiallarining iste’molchi uchun zarur funksional xususiyatlarini yaxshilash yoki yaratishdan iboratdir. Masalan, gidrofob ishlovlar yordamida matolarga suv oʻtkazmaslik yoki suvni itaruvchanlik fazilatlari beriladi. Bu ikki ishlov turlicha texnologiyaga ega: suv oʻtkazmaydigan pardozda mato sirtida mustahkam, uzluksiz plyonka hosil qilinadi; suvni itaruvchi pardozda esa mato tolalari ustida faqatgina yupqa gidrofob qatlam shakllanadi. Ikkinchi usulda matoning “nafas olishi”, ya’ni havo va suv bug‘larini oʻtkazish xususiyati saqlanadi [3]. Maxsus maqsadda beriladigan yakunlovchi pardozlar yordamida toʻqimachilik materiallariga dastlab ularda mavjud boʻlmagan bir qator yangi xossalarni berish mumkin. Jumladan, bu orqali materiallar gidrofob (suvni itaruvchi), oleofob (yog‘ni itaruvchi), mikroorganizmlarga chidamli, olovga bardoshli, antistatik, changga qarshi, ultrabinafsha nurlanishga turg‘un kabi texnologik va ekspluatatsion fazilatlarga ega boʻladi. Bunday xossalarni shakllantirishda, asosan, ftorli polimerlar, silikon emulsiyalar va boshqa gidrofob ishlov beruvchi reagentlardan foydalaniladi [4]. Bunday ishlovlar jarayonida gazlama tuzilmasining teshiklari yopilib qolmasligi juda muhim, aks holda matoning elastikligi va gigroskopikligi sezilarli darajada kamayadi. Shu bois, zamonaviy gidrofob moddalar kichik molekulali yoki nanozarrachali tuzilishga ega boʻlib, ular tolalar orasiga kirib bormasdan, faqat yuzani qoplashni ta’minlaydi [5]. Suvni itaruvchi xossaga ega boʻlgan matolar inson tanasi bilan toʻg‘ridan-toʻg‘ri aloqada boʻlganda, ulardan bug‘ chiqishi va havo almashinuvi talab darajasida boʻlishi kerak. Shu sababli, nafaqat suvni qaytarish, balki matoning “nafas olishini” saqlab qolish eng ustuvor vazifalardan biridir [6].
Soʻnggi yillarda ayniqsa paxta matolariga gidrofob xossa berish boʻyicha turli tadqiqotlar olib borilmoqda. Chunki paxta tolali matolar gigroskopik xususiyatga ega boʻlib, namlikni tezda yutadi, bu esa ularning ayrim sohalarda (sport kiyimlari, himoya vositalari, qadoqlash materiallari va boshqalar) qoʻllanilishini cheklaydi. Gidrofob xossa berish esa bunday matolarga suv yuqtirmaslik, dog‘ tushishiga chidamli boʻlish, tozalashni yengillashtirish kabi xususiyatlar berish imkonini yaratadi [7],[8]. Gazlamaga gidrofob xossa berish uchun unga maxsus preparatlar shimdiriladi [9], lekin bunda gazlama toʻqimalarining teshiklari berkilib qolmaslik sharti bajarilishi kerak. Gazlamani hoʻllanishini oldini olish uchun uning sirtiga suv yuqtirmaydigan modda yoki suvda erimaydigan va boʻkmaydigan parda qoplanadi. Natijada suv tomchilari materialga singmaydi, oqib ketadi yoki gazlama sirtida qolsa ham uni hoʻllamaydi. Toʻqimachilik mahsulotlariga suv oʻtkazmaydigan xossalarni beruvchi eng mashhur toʻqimachilik reagentlariga quyidagilar kiradi: 1. Emulsiya hosil qiluvchi birikmalar (efirlar, sorbitol, gidroksikarbon kislota hosilalari, etoksillangan yogʻ kislotalari, azotli birikmalar), gazlamani namlash orqali gidrofoblanadi, shundan soʻng tola yuzasida polimolekulyar qatlam hosil boʻladi, bu esa tolaga yuqori darajada yopishishi tufayli gidrofoblik xususiyatlarini oshiradi [10]. 2. Turli xil kimyoviy tabiatli birikmalar (metall komplekslari, alyuminiy tuzlarining parafin yoki mum bilan birikmalari, xrom va yog‘ kislotalari birikmasi, xrom, yogʻ kislotalari, polikarbon kislotalar, fosfor kislotalar) [4].
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 281
Технологии текстильной и легкой промышленности
Kasbiy kiyimlar tayyorlashda suv, yog‘, kir, kislota va suv oʻtkazmas, gidrofoblik xossalari, oleofoblik, yonishga qarshi [11], olovga chidamlilik xossalarini berish mumkin. Uslubiy qism. Tadqiqotda namuna sifatida 100% paxta tolasidan toʻqilgan matoga gidrofob xossa berish imkoniyati oʻrganildi. Gidrofoblik xossasini berish uchun tarkibida 80% sirka kislotasi (0,5-1,0 g/l), Kollasol CDO (0,1-0,3 g / l), Tubiguard SCS-F (20-60 g/l), Tubiguard Fixierer FC (10-20 g/l) quyidagi reagentlar boʻlgan eritmaga ip gazlama namunasi 3 daqiqa davomida shimdiriladi, quritiladi, soʻngra 1500C haroratda 1-1,5 daqiqa davomida unga termik ishlov beriladi. Namunlarni gidrofobligini aniqlash. Namunalarning suvga chidamliligi WR-1600E qurilmasida aniqlandi. Asbob “ISO 811:2018 Toʻqimachilik materiallari. Suvga chidamliligini aniqlash. Gidrostatik bosim sinovi”[12], ASTM va JIS kabi xalqaro standartlarga mos ravshan ishlaydi. 20×20 sm oʻlchamdagi 3 ta mato namunasi kesiladi. Namuna quriladi va tekis holatda boʻlishi ta’minlanadi. matoning tashqi tomoni suv yuzasiga qaragan qilib oʻrnatiladi. Kalit bosim rejimiga oʻrnatiladi. Rezervuar 10 sm/min yoki 60 sm/min tezlikda koʻtariladi va namunaga bosim oʻtkazadi. Suv bosimini vertikal bosim oʻlchagichida koʻrish mumkin. Namunaning turli joylarida uch tomchi suv paydo boʻlishi bilanoq, rezervuarning harakati toʻxtaydi, bosim koʻrsatkichlari vertikal manometrdagi shkalada qayd etiladi. Sinov natijalari uchta sinov namunasining oʻrtacha qiymatiga asoslanadi. Sinovdan soʻng tank asl holatiga tushiriladi va suv bilan toʻldiriladi. Matoning oqlik darajasini aniqlash. Namuna oqlik darajasi «Minolta» spektrofotometrida aniqlandi. Spektrofotometr oq va qora etalonlar boʻyicha kalibrovka qilinadi. Uning “Data Base” katagi bosiladi va spektrofotometrga qora etalon joylashtirilib, “Measure” katagi bosiladi va kutiladi. Ekranda oq etalonni qoʻyish mumkinligi toʻg‘risida axborot chiqgach, spektrofotometrga oq etalon joylashtirilib yana “Measure” katagi bosiladi. Ekranda kalibrovka tugaganligi haqida axborot chiqadi. Soʻng quyidagi amallar ketma-ket bajariladi: mato spektrofotometrga joylashtiriladi, OK katagi bosiladi OREN - AS - WNATEN. Ekranning tepa chap tarafidagi birinchi tugma bosiladi. Ekranda oʻlchanayotgan mato oqlik darajasi qiymati chiqadi. Tolali materiallarning fizik-mexanik koʻrsatkichlarini aniqlash. Tekshirish uchun 300x50 mm oʻlchamli namunalar tayyorlanadi. Uzilish kuchi va uzilishdagi choʻziluvchanligi “AG-1” uzish uskunasida 25±30 va 60±5% namlik boʻlgan sharoitda aniqlanadi. Dastgoh namunani tekshirishdan oldin kalibrovkalanadi.
Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Sirka kislota (80%-li) – 1,0; Kollasol CDO – 0,3; Tubiguard SCS - T – 40; Tubiguard Fixierer FC – 15. Taklif etilgan appret tarkibidagi uchta komponent chet eldan keltiriladi, undan tashqari ularning kimyoviy tarkibi va xossalari nomaʼlum boʻlganligi sababli Mahalliy reagentlar bilan almashtirish imkoniyatlari oʻrganildi. Аppret tarkibini matoning gidrofobligi va boshqa xossalariga boʻlgan taʼsirini oʻrganish maqsadida Kollasol CDO noionogen SАM OP-10 (2-tarkib) bilan, Tubiguard Fixierer FC esa PVА (3- tarkib) bilan almashtirildi, olingan tajriba natijalari 1- jadvalda keltirilgan. 1 - jadval. Tubiguard SCS - T bilan gidroforblik xossasini berish appreti tarkibining namunalarning sifat koʻrsatkichlariga taʼsiri
Appret tarkibi
Mato sifat koʻrsatkichlari Ishlov berilmagan namuna
1 2 3 Uzilishdagi kuchi, N: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
743,6 644,5 604,3 674,9 329,6 379,6 357,1 384,9 Choʻzilishdagi kuchi, %: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
13,4 24,0 22,6 25,2 19,7 18,2 17,9 19,0 Havo oʻtkazuvchanlik, dm³/m²•s 214,0 167,0 164,0 175,0 Suv oʻtkazuvchanlik, mm suv ust. - 300,0 330,0 340,0 Oqlik darajasi, % 76,1 75,7 77,2 73,3
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 282
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
2-tarkibda noionogen SAMni qoʻllanilishida matoning fizik-mexanik koʻrsatkichlari 2-6-% ga, havo oʻtkazuvchanligi 1,8%-ga kamaygan boʻlsa-da ammo uning suv itaruvchanligi va oqlik darajasi mos ravishda 10 va 2%ga oshganligini koʻrsatmoqda. 3-tarkibda gidrofoblik beruvchi moddani tolaga fiksatsiyalanishini sinab koʻrish maqadida PVA dan foydalanilganda matoning fizik-mexanik pishiqligi 1,3-5%-ga, havo oʻtkazuvchalik va suv bardoshligi mos ravishda 5 va 13% ortmoqda. Ammo matoning oqlik darajasi 3%-ga kamaygan. Gidrofoblik xossasini berish jarayoni samaradorligini oshirish, maxsulot turlari, jumladan kimyoviy reagentlarni Mahalliylashtirish maqsadida yuqoridagi 1-3 tarkiblarda chet eldan keltiriladigan Tubiguard SCS mahalliy xlorosulfatlangan polietilen bilan almashtirildi. Natijalar 2 -jadvalga keltirilgan. 2 - jadval Хlorosulfirlangan polietilen bilan gidroforblik xossasini berish appreti tarkibining namunalarning sifat koʻrsatkichlariga ta’siri
Mato sifat koʻrsatkichlari Appret tarkibi 1 2 3 Uzilishdagi kuchi, N: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
624,9 632,7 672,0 365,9 374,7 398,3 Choʻzilishdagi kuchi, %: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
19,2 19,4 19,6 19,4 19,5 19,7 Havo oʻtkazuvchanlik, dm³/m²•s 184,0 181,0 181,0 Suv oʻtkazuvchanlik, mm suv ust. 310,0 350,0 - Oqlik darajasi, % 73,3 75,3 73,98 Mahalliy gidrofobizator bilan ishlov berish jarayonida OP-10 ni qoʻllash matoning barcha sifat koʻrsatkichlariga ijobiy ta’sir koʻrsatgan, faqat havo oʻtkazuvchanlik 1,6%gagina pasaygan xolos. Demak SAM ishtirokida appret komponentlari tola qurilmasiga chuqurroq kirgan va uning g‘ovaklarini berkilishiga sabab boʻlgan. Fiksatorni PVA ga almashtirishda ham xuddi shunday tendensiya davom etgan. 3 - jadval. Tubiguard SCS - T gidrofobizatori bilan olib borilgan tajribalar
Ishlov berilmagan namuna
Appret tarkibi
Mato sifat koʻrsatkichlari
1 2 3
Uzilishdagi kuchi, N: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
676,9 558,2 517,0 599,3 390,4 322,7 309,2 352,1 Choʻzilishdagi kuchi, %: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
11,0 18,8 18,1 19,9 16,8 16,1 15,7 17,0 Havo oʻtkazuvchanlik, dm³/m²•s 345,0 197,0 185,0 208,0 Suv oʻtkazuvchanlik, mm suv ust. - 340,0 350,0 350,0 L* 34,98 34,66 34,59 34,4 a* 1,90 1,56 1,89 0,95 b* -36,22 -35,93 -36,40 -34,87 C 36,27 35,97 36,45 34,89 h 273,01 272,48 272,98 271,55 R 4 3,5 4 4 DE 0,32 0,69 0,39 0,07 Keyingi tadqiqotlarda aktiv boʻyovchi modda bilan boʻyalgan ip gazlamada yuqoridagi barcha tarjibalar qaytarilgan. Appret tarkibini mato sifat koʻrsatkichlariga, shuningdek uning koloristik xususiyatlariga boʻlgan ta’siri oʻrganilgan.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 283
Технологии текстильной и легкой промышленности
Boʻyalgan namunalarda ham oldingi tajriba natijalari qaytarilmoqda, ya’ni 2-tarkibda Kollasol CDO ni noionogen SAM OP-10 bilan almashtirishda matoning fizik-mexanik koʻrsatkichlari 2-7%ga, havo oʻtkazuvchanligi 6%ga kamaygani kuzatildi. Matoning suv itaruvchanligi 3%ga oshdi. 3-tarkibda Tubiguard Fixierer FC ni PVA ga almashtirishda matoning fizik-mexanik pishiqligini 5-9%ga, havo oʻtkazuvchalik va suv bardoshligi mos ravishda 5 va 3% ga ortishiga erishilmoqda. Tubiguard SCS - T gidrofobizatori bilan olib borilgan tajribalar mahalliy gidrofob xossa beruvchi komponent bilan ham takrorlandi. Aktiv boʻyovchi modda bilan boʻyalgan matoning fizik-mexanik, ekspluatatsion va koloristik xossalariga boʻlgan ta’siri boʻyicha olib borilgan tajriba natijalari quyidagi jadvalga (4 - jadval) mujassamlashtirilgan. Mahalliy gidrofobizator bilan ishlov berish jarayonida OP-10 ni qoʻllash matoning barcha sifat koʻrsatkichlari ijobiy ta’sir koʻrsatgan, faqat havo oʻtkazuvchanlik 1,0%gagina pasaygan xolos. Fiksatorni PVA ga almashtirishda ham xuddi shunday ijobiy natijalar olingan. 4 - jadval Хlorosulfatlangan polietilen gidrofobizatori bilan olib borilgan tajribalar
Mato sifat koʻrsatkichlari Appret tarkibi 1 2 3 Uzilishdagi kuchi, N: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
598,4 600,3 624,9 348,2 349,4 363,9 Choʻzilishdagi kuchi, %: - arqoq boʻyicha - tanda boʻyicha
18,4 18,9 20,9 16,9 17,7 18,0 Havo oʻtkazuvchanlik, dm³/m²•s 205,0 203 208,0 Suv oʻtkazuvchanlik, mm suv ust. 360,0 360,0 310,0 L* 34,46 34,59 34,44 a* 1,18 1,89 0,95 b* -35,41 -36,40 -34,87 C 35,43 36,45 34,89 h 271,92 272,98 271,55 R 3,5 4 4 DE 0,19 0,39 0,07 Xulosa. Kollasol CDO ning oʻrniga noionogen SAMni almashtirib qoʻllanilganda matoning fizik-mexanik koʻrsatkichlari 2-6%ga , havo oʻtkazuvchanligi 1,8%-ga kamaygan boʻlsa ham lekin suv itaruvchanligi va oqlik darajasi mos ravishda 10 va 2%ga oshganligini koʻrsatdi. Tubiguard Fixierer FC oʻrniga PVA dan foydalanilganda matoning oqlik darajasi 3%-ga kamaydi, fizikmexanik pishiqligi 1,3-5%ga, havo oʻtkazuvchalik va suv bardoshligi mos ravishda 5 va 13% ortdi. Tubiguard SCS mahalliy xlorosulfatlangan polietilen bilan almashtirilganda matoning havo oʻtkazuvchanlik 1,6%gagina pasaydi, qolgan sifat koʻrsatkichlariga ijobiy ta’sir koʻrsatdi. Xuddi shu tajribalar boʻyalgam matoda ham olib borilganda Kollasol CDO ni noionogen SAM OP-10 bilan almashtirishda matoning fizik-mexanik koʻrsatkichlari 2-7%ga, havo oʻtkazuvchanligi 6%ga kamaydi va suv itaruvchanligi 3%ga oshdi. Tubiguard Fixierer FC ni PVA ga almashtirishda matoning fizik-mexanik pishiqligini 5-9%ga, havo oʻtkazuvchanlik va suv bardoshligi mos ravishda 5 va 3% ga ortishiga erishildi. Fiksatorni PVA ga almashtirishda ham xuddi shunday ijobiy natijalar olindi va har uchchala tarkibda ham matoga berilgan gidrofoblik xossasi bir xil qiymatlarga ega boʻldi. Demak, toʻqimachilik materiallarini boʻyash jarayoni tanlangan tarkibli appret bilan ishlov berilgan matoning xossalariga deyarli ta’sir etmasligi aniqlandi. Adabiyotlar 1. https://lex.uz/docs/-6908347 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-
trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻg‘risida” gi Farmoni, 01.05.2024 yildagi PF-71-son
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 284
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Octadecyltrichlorosilane (OTS) and Hollow Silica Nanoparticles. Polymers, 15(20), 4065. https://doi.org/10.3390/polym15204065 8. Bhat, N. V., Netravali, A. N., Gore, A. V., Sathianarayanan, M. P., Arolkar, G. A., & Deshmukh,
R. R. (2011). Surface modification of cotton fabrics using plasma technology. The Journal of the Textile Institute, 102(8), 739–748. https://doi.org/10.1177/0040517510397574 9. Abdukarimova M.Z., Nabiyeva I.A., Rasulova K.M. Tolali materiallarni pardozlashning nazariy asoslari. Darslik.Toshkent: ―TTYeSI bosmaxonasi 2020. –B.261 10. Г.Г. Лутфуллина, Л.Ю. Махоткина, А.А. Халилова Гидрофобизирующие эмульсии в текстильной и легкой промышленности Научный журнал “Костюмология” 4(1) (2019). - С 1-9 11. Набиев Н.Д., Усманова Ф.С., Набиева И.А., Нуркулов Ф.Н., М.А.Абдукаримова. Огнезашитная ткань для спец одежды. Сборник материалов XXIV Международного научно-практического форума «SMARTEX-2021» -C.131-136 12. ISO 811:2018 Toʻqimachilik materiallari. Suvga chidamliligini aniqlash. Gidrostatik bosim sinovi. SHLYAPKALI TARASH MASHINASI PARAMETRLARINING TOLA XOSSALARIGA TA’SIRI Mardonov S.E., Sattarova N.N., Rahimova M.R.
Buxoro davlat texnika universiteti. Аnnotatsiya. Ushbu maqolada tarash mashinasi shlyapkalari harakat tezligining taralgan pilta va ipning sifat koʻrsatkichlariga ta’siri mashinaning boshqa parametrlari oʻzgarmasligi oʻrganilgan. Shlyapka harakat tezligi oshirilganda tolali mahsulotni qayta ishlash uchun shlyapkalar soni tolalar bilan koʻproq oʻzaro ta’sirga kirishishi va ular nepslar kamayishiga olib kelishi tadqiq qilingan. Tayanch iboralar: shlyapka, tarash, sifat, tezlik, neps, tola, ip, koʻrsatkich, pilta, harakat.
ВЛИЯНИЕ ПАРАМЕТРОВ ШЛЯПОЧНОЙ ЧЕСАЛЬНОЙ МАШИНЫ НА СВОЙСТВА ВОЛОКНА Мардонов С.Э., Сатторова Н.Н., Рахимова М.Р. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В данной статье изучается влияние скорости вращения шляпок чесальной машины на качественные показатели кардных очесанные ленты и пряжи, при этом другие параметры машины не изменяются. Было изучено, что при увеличении скорости движения шляпок увеличивается количество шляпок, взаимодействующих с волокнами, что приводит к уменьшению количества непсов. Ключевые слова: шляпка, чесание, качество, скорость, непсы, волокно, нить, показатель, лента, движение.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 285