Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Shlyapkali tarash mashinasi parametrlarining tola xossalariga ta’siri

MARDONOV S.E., SATTAROVA N.N., RAHIMOVA M.R.

Выпуск
5-son
Страницы
288–292
Опубликовано
09.10.2025
Просмотры
1 5

Аннотации

В данной статье изучается влияние скорости вращения шляпок чесальной машины на качественные показатели кардных очесанные ленты и пряжи, при этом другие параметры машины не изменяются. Было изучено, что при увеличении скорости движения шляпок увеличивается количество шляпок, взаимодействующих с волокнами, что приводит к уменьшению количества непсов.

Содержание статьи

kirishishi va ular nepslar kamayishiga olib kelishi tadqiq qilingan. Tayanch iboralar: shlyapka, tarash, sifat, tezlik, neps, tola, ip, koʻrsatkich, pilta, harakat. ВЛИЯНИЕ ПАРАМЕТРОВ ШЛЯПОЧНОЙ ЧЕСАЛЬНОЙ МАШИНЫ НА СВОЙСТВА ВОЛОКНА Мардонов С.Э., Сатторова Н.Н., Рахимова М.Р. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В данной статье изучается влияние скорости вращения шляпок чесальной машины на качественные показатели кардных очесанные ленты и пряжи, при этом другие параметры машины не изменяются. Было изучено, что при увеличении скорости движения шляпок увеличивается количество шляпок, взаимодействующих с волокнами, что приводит к уменьшению количества непсов. Ключевые слова: шляпка, чесание, качество, скорость, непсы, волокно, нить, показатель, лента, движение. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 285 Технологии текстильной и легкой промышленности INFLUENCE OF PARAMETERS OF A HATT CARDING MACHINE ON THE PROPERTIES OF FIBER Mardonov S.E., Sattarova N.N., Rakhimova M.R. Bukhara state technical university. Abstract. This article studies the effect of the rotation speed of the carding machine caps on the quality indicators of carded combed sliver and yarn, while other machine parameters are not changed. It was studied that with an increase in the speed of the caps, the number of caps interacting with the fibers increases, which leads to a decrease in the number of neps. Key words: hat, carding, quality, speed, neps, fiber, thread, indicator, tape, movement. Jahon yigirilgan ip va gazlamalar bozorida raqobatning yuqori darajada ekanligi, mahsulot sifati, miqdori va assortimentini tezkor oʻzgartirish imkonini beradigan zamonaviy, avtomatlashgan texnologiyalar va uskunalarning yaratilishi, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda toʻqimachilik mahsulotlarining iste’mol xususiyatlarini yanada oshirishni ta’minlaydigan yigirilgan iplarni tayyorlash, meyoriy-texnologik parametrlarni ishlab chiqishning yangi texnika va texnologiyalarini yaratishni taqozo etmoqda. Bu borada yigirilgan iplarning sifat koʻrsatkichlarini tubdan oʻzgartirish, raqobatbardosh koʻrsatkichlarga ega boʻlgan ip ishlab chiqarish kabi yoʻnalishlarda maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, shu bilan birga, ip sifati va raqobatbardoshligini oshirishning samarali tizimini yaratish, ip koʻrsatkichlarini optimallashtirish usullarini ishlab chiqish, yigirish korxonalari uchun yuqori samarali texnik, oʻlchov va nazorat vositalari hamda texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega [1]. Ipning sifatli boʻlishi xomashyoning tarkibi, uni yigirishga tayyorlash jihozlarining holati va mahsulotlarning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha notekisligiga bog‘liq. Yigirish korxonalarida mashinalarning holatini yaxshilash hamda xomashyo sifatini jarayonlarda pasaytirmaslik muhim vazifalardan biridir. Mazkur vazifani yechish uchun mahsulotning strukturasini bilish, uning sifatini ta’minlaydigan omillarni belgilash va rejalashtirish lozim. Mahsulotning strukturasi-tarkibiy tuzilishi diskret elementlar toʻplami boʻlib, ular ma’lum tartibli qonuniyat asosida joylashgandir. Mazkur qonuniyat ip yigirishning barcha bosqich va jarayonlari uchun bir xil boʻlmaydi. Titish - tozalash agregatidan soʻng tola tarkibida qolgan mayda va ilashinuvchan xas-choʻp va begona jismlarni ajratish uchun tolalarni bir-biridan ajratish va ularni mahsulot boʻylab yoʻnaltirish vazifasini tarash jarayoni ta’minlaydi. Demak, tarashda tola tutamlarini alohida tolalarga ajratish, iflosliklardan va nuqsonlardan tozalash va qisman tolalarni mahsulot boʻylab yoʻnaltirish amalga oshiriladi. Bu bilan choʻzish asboblarida tolalarni ma’lum qonuniyat bilan harakatlanishiga sharoit yaratib beriladi [2]. Tarash jarayonining mohiyati tolalarni bir-biridan ajratish, ulardagi mayda va begona iflosliklarni tozalash hamda nuqsonli tolalarni ajratish, tolalarni qisman parallellashdan iboratligi koʻplab tadqiqotlarda asoslangan. Yigiruv korxonasida ipning barcha xossa koʻrsatkichlari belgilovchi omil tarash jarayoni va uni amalga oshiruvchi tarash mashinasidir. Uning samaradorligini oshirish uchun taram sifatini saqlash, qabul barabani zonasi hamda bosh baraban bilan shlyapkalar orasida tarash jarayonini yaxshilash va taralgan tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga toʻla oʻtishini ta’minlash lozim. Tarash mashinasi organlari egiluvchan ignali karda lenta yoki qattiq arrasimon metall tishli garnitura bilan qoplangan. Birinchidan, tarash mashinasi ishchi tezligini oshirish maqsadida bosh baraban garniturasi oʻlchamlari minimal darajada kamaytirilgan. Natijada uning sirtida tolalar qoldiq qatlami va tegishlicha qoʻshimcha nepslar hosil boʻlishining oldi olingan. Natijada tarash mashinasidan chiquvchi taramda nepslar soni keskin kamayib, tarash samarasi, ya’ni uning sifati oshgan. Ikkinchidan, mashina unumdorligini oshirish maqsadida ajratish barabani garniturasi sig‘imdorligi oshirilib, ya’ni garnitura tishlari yiriklashtirilib, chiqayotgan mahsulot chiziqli zichligi kattalashtirilgan [3]. Demak, tarash mashinasining bosh barabani sirtida qoldiq qatlam boʻlmaydi, ya’ni faqat yakka tolalargina joylasha oladi, mayda yopishqoq begona zarrachalar hamda kalta tolalar esa tishlarga ilasholmaydi. Shu yoʻl bilan yuqori tezlikda ham tarash samaradorligi ta’minlanib, mashina unumdorligining keskin oshishiga erishilgan. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 286 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Tarash mashinasi parametrlarining optimalligini ta’minlash koʻplab omillarga bog‘liq boʻlib, ularning qiymatlarini aniqlash koʻp sonli tajribalarni bajarishni taqozo qiladi. Tajribalarni rejalashtirish matematik usullarini qoʻllash, tadqiqotlarni an’anaviy hisoblash usullaridan farqli oʻlaroq ta’sir etuvchi omillarning bir nechtasi oʻzaro ta’siri ulushlarini aniqlab, qoʻyilgan masala yengil va qisqa vaqtda katta aniqlikda yechiladi. Natijada nisbatan kam sonli sinovlar bilan tadqiq etilayotgan obyektning matematik modelini olishga ega boʻlinadi. Mazkur model bir vaqtning oʻzida optimal yechimlarni qabul qilish uchun xizmat qiladi. Optimallashda asosiy masala tarash mashinasi ishchi zonalari ishiga ta’sir qiluvchi ahamiyatga molik omillarni aniqlashdir. Tarash mashinasi ishchi zonalari parametlarini optimallashtirish ip ishlab chiqarishda ajralayotgan tola chiqindilarining me’yorda saqlanishi, mashina ishchi qismlari ishlash muddatini oshirish va tayyor mahsulot sifat qoʻrsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Shularni inobatga olib, tarash mashinasi ishini optimallash masalasi qoʻyildi [4]. Tarash mashinalarining texnik koʻrsatkichiga koʻra har bir firma tarash mashinalarini unumdorligini oshirish yoʻlida turli xil parametrlarni qoʻllab konstruktiv yechim izlangan. Tarash mashinalarining texnik koʻrsatkichlari quyida keltirilgan. 1-jadval. Yuqori samaradorli tarash mashinalarining texnik koʻrsatkichlari Ishlab chiqaruvchi firma Rieter Trutzschler Marzoli Saurer-Jingtan Modeli S70 TS-15 S 601 N JSC-228 YE Ishchi kengligi, mm 1500 1280 1026 1020 Qabul barabani diametri, mm 180/180/253 3x172,5 1x350 1x250 Qabul barabani aylanishlar tezligi, min-1 935-2306 930-2700 640-1640 687-1113 Bosh baraban diametri, mm 814 1287 1290 1280 Bosh baraban aylanish tezligi, min-1 600-900 300-560 n  650 321-437 Integrallashgan charxlash qurilmasi IGS- classic qoʻlda qoʻlda qoʻlda Ajratuvchi baraban diametri, mm 680 700 706 700 Chiqarish tezligi,m/min 300,400 mexanik 400, 500 IDF bilan 400 dan yukori 300 Shlyapkalar soni, ta 79 99 75 84 Shlyapkalarning ishdagilari soni, ta 27 30 24 30 Shlyapkalar harakat yoʻnalishi qarama- karshi qarama- karshi qarama- karshi qarama- karshi 75 kg/soat mahsulotga el. energiya sarfi, kVt 15 16 - 10 Havo bosimi (bar) 6 6 6 6 Choʻzish moduli IDF(rostlag ‘ichli) - - Chiqarish tezligi, m/min 500 - - IDF-R - - Chiqarish tezligi, m/min 500 - - Unumdorlik (max), kg/soat 260 Yigirish boʻlimining yuragi hisoblangan tarash jarayonida tarash mohiyatidagidan boshqa ishlar ham amalga oshiriladi: tutamchadagi tolalarni bir-biridan yakkalab ajratish; titish va tozalash agregatidan soʻng qoldiq xas-choʻp hamda begona aralashmalardan tozalash; kalta tolalarni qisman ajratib olish; tugunaklarni (neps) tarab, tozalab olish; tolani changdan tozalash; tolalarni pilta “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 287 Технологии текстильной и легкой промышленности yoʻnalishi boʻyicha oriyentatsiyalash. Tarash mashinalarining asosiy tarash zonasi bosh baraban, harakatlanuvchi shlyapka va statsionar qoʻzg‘almas tarovchi segmentlardan iborat. Jadvaldan koʻrinib turibdiki, tarash mashinasining ish unumdorligini oshirish maqsadida Trutzschler, Marzoli va Saurer Jingtan bosh baraban diametri 1280-1300 mm, aylanishlar tezligi 250 min-1 dan 500-600 min-1 gacha orasida, Rieter C70 rusumli tarash mashinasi bosh barabani diametri-814 mm, aylanish tezligi 600- 900 min-1 ni tashkil etadi. Qabul barabanidan tolaning tarash zonasiga oʻtishi, bosh baraban diametri turli firmalar tarash mashinalarida 814-1290 ga yaqin, aylanish tezligi esa 450 min-1 boʻlganda roʻy berishi taxmin qilinmoqda [5]. Diametri 1000 yoki 1290 mm ga yaqin boʻlgan bosh baraban 450 min-1 aylanishlar tezligida harakatlanayotgan qabul barabanining garniturasidan tolalarni yechib, ularni tarash zonasiga uzatadi. Qabul va bosh baraban orasidagi choʻzish 1,5-2,5 orasida boʻladi. Qabul va bosh baraban orasidagi oraliq masofalar 0,178-0,127 mm oralig‘ida tanlanadi. Bundan tashqari bosh baraban tezligi oshirilishi bilan birga tarash mashinasiga ta’minlanayotgan tolali mahsulot va chiqishdagi mahsulot tezligi ham oshib boradi, bu esa tarash mashinasining unumdorligini oshiradi [6]. Bosh baraban aylanish tezligini optimal tanlanishi tarash jarayoni intensivligini oshirib, ip xossa koʻrsatkichlarini yaxshilaydi. Tarash jarayonida shlyapkalar tolalarni tozalash va kalta tolalarni ajratishga ta’sir etsa, bosh baraban tolalarni bir-biridan ajratishga, qabul barabani begona jismlar, xas-choʻp va boshqa iflosliklar hamda nuqsonlarni ajratadi. Shlyapkalar harakati natijasida sifatli taralgan pilta olishda tola tutamchalarini yechib, ularni alohida-alohida tolalarga ajratadi. Sifatli taralgan pilta olishga tarash mashinasining kinematik parametrlari, ya’ni harakatdagi ishchi organlar tezliklarining birozgina oʻzgarishi ham amalda yetarlicha ta’sir koʻrsatadi. Shuningdek, rostlash parametrlari tarash intensivligiga, tolalarning shikastlanishiga, kalta tolalar va iflosliklar miqdoriga sezilarli ta’sir etadi. Shuning uchun shlyapkalar harakat tezligini toʻg‘ri tanlash taralgan pilta va ipning sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlishini ta’minlaydi.Mazkur maqolada tarash mashinasi shlyapkalari harakat tezligining taralgan pilta va ipning sifat koʻrsatkichlariga ta’siri mashinaning boshqa parametrlari oʻzgarmasligida oʻrganildi. 2-jadval. Paxta tolasining USTER AFIS va HVI da aniqlangan xossa koʻrsatkichlari Xossa koʻrsatkichlari nomi Inglizcha Oʻzbekcha Total Neps Cnt (snt/g) Micronaire value (µg/in) 5% L(n) UHML (upper half mean length) Tenacity Yellowness (+b) Reflectance (Rd) Maturity index Uniformity index (%) Elongation (%) Short fiber index (%) 265 4,30 34,2 28,20 29,30 9,28 81,22 0,82 81,60 7,10 8,77 Nazoratdagi korxonada Sultan seleksiyasidagi, 1-2 sort, IV tip tolani qayta ishlab tarash mashinasidan taram va tola namunalari AFIS va HVI tizimidagi laboratoriya jihozlarida sinovdan oʻtkazildi. Tarash jarayonda TS-15 rusumidagi tarash mashinasi shlyapkalarining harakat tezliklari 200, 240, 280, 320 i 360 mm/min diapazonida oʻzgartirilib, boshqa parametrlar oʻzgarmasligi ta’minlandi [7]. Umumiy neps soni Mikroneyr Tola uzunligi, mm Yuqori oʻrtacha uzunlik, mm Mustahkamligi, g/teks Sarg‘ishlilik Nur qaytarish darajasi Pishib yetilganlik darajasi Birxililik darajasi Uzayishi Kalta tola miqdori “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 288 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 1-rasm. Shlyapkalarning turli tezliklari uchun tarash piltasida neps va NRE % ulushi qiymatlari Rasm (a) va (b) da shlyapkalarning turli tezliklari uchun tarash piltasida neps va NRE % ulushi qiymatlari koʻrsatilgan. Shlyapka tezligi oshganda neps miqdori kamayib, mashinada nepsni tozalash samaradorligi oshishi aniqlandi. Shlyapkaning 200, 240, 280, 320 i 360 mm/min harakati tezliklarida massa birligidagi neps ulushi 88, 82, 77, 66, 59 va NRE% ulushi 63, 67, 73, 77, 83 ni tashkil etdi. Bu holatni quyidagicha izohlash mumkin. Shlyapka harakat tezligi oshirilganda tolali mahsulotni qayta ishlash uchun shlyapkalar soni tolalar bilan koʻproq oʻzaro ta’sirga kirishadi va ular nepslar kamayishiga olib keladi. Shuningdek, shlyapka harakat tezliklari oshirilishi hisobiga shlyapkalar tozalovchi valik bilan ham koʻproq ta’sirda boʻlib, shlyapkalar tozaligi ta’minlanib, tarash samaradorligi yaxshilanishiga erishildi

Литература (8)

  1. 2. Zi SP, Cheng YX, Dang SJ, et al. Influence on yarn quality of the cotton web cleaner position in carding machine back cover guard. Cotton Textile Technology, 2005; 1: 13–16.
  2. 3. HV1 900SA тизими билан пахта толасининг сифатини баҳолаш (услубий қўлланма). Тошкент, 2001.
  3. 4. Махкамова, Ш. Ф. Влияние показателя микронейра волокна на физико-механические свойства пряжи // Ш. Ф. Махкамова, Ш. П. Шумкарова. —Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017 — № 20 (154)— С. 46
  4. 5. Tojimirzaev S., K. D. Baxramovna, H. Parpiyev and Z. Erkinov. Influence of Short Fiber on the Quality charachteristics of the Product, Yild of Yarn and Waste of Cotton fiber, Int. Journal of Innjvation and Scietific Research, Vol 6 pp44-49, 2014.
  5. 6. Alagirusamy R. Process control in blowroom and carding operations. In: Das A and Majumdar A (eds) Process control in textile manufacturing. Amsterdam: Elsevier, 2012, pp. 132–157.
  6. 7. G.R. Gamble, Method for the of +b Color Change in Upland Cotton (Gossypium hirsitum) as a Function of Storage Temperatures, The Journal of Cotton Science 12;171-177, 2008 88 82 77 66,0 59 63 67 73 77,0
  7. Nepslar NRE, % 200 240 280 320 360 200 240 280 320
  8. Shlyapka tezligi, mm/min(a) Shlyapka tezligi, mm/min (b) “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 289