Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Yangi vintli tozalagichning konstruksiyasi va junni tozalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning nazariy tadqiqi
Аннотации
Maqolada yangi vintli tozalagichning vazifasi, jun tolasini tozalash samarasini oshirish yoʻllari, jun tolalar tutamini titilishini texnologiyasidagi kuchlarni toʻrli yuzalar tomonidan ta’sir etuvchi kuchlarni asta-sekin oshirib borish yoʻllari, tozalangan tolalarni mashinaning past tomonidan tepaga xarakatlantiruvchi shnek va parrakli qoziqchalari hosil qiladigan havo oqimi bilan tashkil etilishi va shu orqali mashinaning ish unumdorligini oshirish yoʻllari haqida fikr yuritilgan .
jun tolasititish-tozalashsig’imifloslikzichliktezliksaqlashtoʻrli yuzashnekishqalanishta’minlagich. ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ КОНСТРУКЦИИ НОВОГО ШНЕКОВОГО ОЧИСТИТЕЛЯ И ФАКТОРОВВЛИЯЮЩИХ НА ПРОЦЕСС ОЧИСТКИ ШЕРСТИ. Исмойилов И.Б.Кулдошев Э.И.Исмойилов Ф.Б. Бухарский государственный технический университет
В статье рассматриваются назначение нового шнекового очистителя, пути повышения эффективности очистки шерстяных волокон, пути постепенного увеличения усилий, оказываемых сетчатыми поверхностями в технологии расчесывания шерстяных волокон, пути организации очищенных волокон снизу вверх с помощью воздушного потока, образуемого шнеком и лопастями вентилятора, и, таким образом, пути повышения эффективности работы машины.
The article discusses the function of the new screw cleaner, ways to increase the efficiency of wool fiber cleaning, ways to gradually increase the forces exerted by the mesh surfaces in the technology of combing wool fibers, ways to organize the cleaned fibers from the bottom of the machine to the top by an air flow formed by a screw and fan blades, and thus ways to increase the efficiency of the machine.
Содержание статьи
kirish quvuri tomonida kolosniklar orasidagi qadami tabiiyki kichkina boʻlganda titiluvchi tolalar tutami katta boʻladi, toʻrli sirt oʻlchami kichkina boʻlsa qarshilik katta boʻladi va tolalar tutami tezroq maydalashadi. Bunday jarayon tolalar tutami tepaga koʻtarilishidan itensivlashadi (bir-biridan ajralishi), toʻrli sirt teshiklari orasidagi masofa oshgan sari tolalar tutamining zarbalanishi oshadi, natijada iflosliklarning ajralishi osonlashadi. Tolalarni tepaga koʻtarilishi ham oson kechadi. Mazkur loyihalangan mashina 1-rasmda keltirilgan. Mashina quyidagicha ishlaydi: jun tolalar tutami mashinaning xomashyo kiradigan quvur 1dan aylanib turgan qoziqchali vint 2ga kelib qoziqcha 3ga ilinadi va u bilan birga aylana boshlaydi. Mashinani ichiga vint 2 tayanch 5ga biriktirilgan holatda boʻladi. Quvur 1dan kelayotgan havo oqimi hamda aylanib turgan vint 2ning parraklari hosil qilayotgan havo oqimi birgalikda mashinaning tepa qismidagi tozalangan junni tolasi chiquvchi quvur 9dan tashqariga chiqadi. Natijada tolalar tutami toʻrli sirt 4ni yuzasiga urilib sirpanib yuqoriga koʻtarila boshlaydi va tolalar tutami parchalanib (ya’ni tolalar bir-biridan ajralib) boshlaydi. Parchalangan sari har bir parchaning massasi to mashinani tepasiga yetib borguncha kamayib boradi. Har bir zarba, shu parchalanish paytida tolalar tutamidagi iflosliklarni toʻrli sirt teshiklari orasidan tashqarisiga chiqarib yuboradi. Oʻz-oʻzidan ma’lumki, vint atrofidagi havo oqimi va toʻrli sirt atrofidagi havo oqimi ham tepaga harakatlanadi. Ajratilgan iflosliklar mashinaning pastidagi iflos aralashmalari yigiluvchi sigʻim 10 ga yigʻiladi. Motor 7 va shkiv 6 mashinani harakatga keltiradi. 8-vintni ushlab turuvchi podshipnik. 2-rasmda mashinaning A-A boʻyicha kesimi keltirilgan. Rasmda qoziqchali shnekni urinma chizigʻiga nisbatan toʻrli sirtni joylanishi koʻrsatilgan. Koʻrinib turibdiki mashinani pastki qismida hali tola tutamlarining massasi kattalikda unda iflosliklar kam ajratiladi, ayniqsa tutam ichidagilar chiqolmaydi. Tepaga harakatlangan sari tutam massasi parchalanishi sababli, kamayadi va tutam ichidagi iflosliklar yuzaga chiqib qoladi. Yana tepaga harakatlanganda tutam massasi kichraygan sari, uning harakat tezligi oshadi, natijada tolalar mashinadan chiqib ketishida tepa qismida tiqilib qolish (zaboy holati) boʻlmaydi.
1-rasm.Yangi vintli tozalagichning umumiy koʻrinishi. 1-xomashyoning kirish quvuri, 2-vint, 3-vint qoziqchasi, 4-toʻrli sirt, 5- vint tayanchi, 6- shkivlar, 7-motor, 8-vintni ushlab turuvchi podshipniklar, 9-tozalangan jun tolalarini chiquvchi quvur, 10-iflosliklar yig‘iluvchi sig‘im.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 300
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
3-rasm.Yangi vintli tozalagichning tozalash samaradorligiga bogʻliq koʻrsatgichlari Mashinaning vint tayanchi tepa va pastdagi podshipnik 8larga mahkamlangan. Oʻqni esa shkiv 6 bilan motor 7 harakatlantiradi. Mashinaning tozalash samaradorligi toʻrli sirtdagi teshik oʻlchami bilan vint 2 orasidagi zazor t ga (3-rasm) bogʻliq. Qancha oraliq masofa t kichkina boʻlsa (t=b) shuncha tozalash samaradorligi oshadi (tolaning iflosligi, navi, pishiqligi va h.k koʻrsatgichlarga bog’liq). Tirqishi katta boʻlsa (t=a) tozalash samaradorligi past boʻladi, mexanika qonuniyatlari asosida. 3-rasm koʻrsatilgan l toʻrli sirt teshik oʻlchami hamda qoziqcha bilan toʻrli sirt orasidagi masofa t bir-birini ifodalovchi koʻrsatgichlar. Shuni aytish mumkinki mashinaning tozalash samarasini oshirish uchun vintning aylanish tezligini oshirish bilan yoki konusligini oʻzgartirish bilan amalga oshirib boʻladi. Mashinada vint qadamlari orasidagi masofa juda ahamiyatli boʻlib, agar β burchak qancha katta boʻlsa, xomashyoni toʻrli sirt bilan ta’sirlashadigan yoʻli shuncha kichrayib boradi. Jun tolalarini titish-tozalash va texnologik jarayonni takomillashtirilganligi hamda universalligi hisobiga iqtisodiy samara olinadi. Mazkur yangi vintli tozalagichning ahamiyati shundaki, ON- 6 junni tozalash mashinasida ta’minlovchi bunker, ta’minlovchi valik, qoziq plankali barabanlar, kolosnikli panjaralar, ajratib oluvchi yuqori toʻsin shu bilan farqlanadiki, tozalovchi vint vertikal joylashgan, undagi aylanuvchi konussimon vint perimetrida qoziqchalar mavjud va konus shaklidagi toʻrli yuza parallel qilib oʻrnatilgan, past va tepa qismida quvurlar oʻrnatilgan. Undan tashqari mashina shu bilan farqlanadiki, vintni konusligi 250-350 gradus boʻladi, toʻrli sirt bilan vint qoziqchalari orasidagi tirqish (zazor) past tomonida kattaroq (t=a) va tepa qismida torroq (t=b) boʻladi. Jun titish-tozalash mashinasi mavjud mashinalardagi kamchiliklarni yoʻqotish maqsadida taklif etilib, mashinada jun tolalarini tozalash samarasini oshirish hamda shikastlanishni yoʻqotish maqsadida yangi konstruktsiya taklif etilmoqda. Unda tozalovchi vint vertikal joylashadi, aylanuvchi konussimon vint parametrida qoziqchalar mavjud boʻlib ularning aylanishiga parallel qilib qoʻzgʻalmas toʻrli yuza oʻrnatilgan. Zarur holda toʻrli sirt bilan qoziqchali vint orasidagi tirqishni oʻzgartirib zarbani boshqarish mumkin. Mazkur taklif etilayotgan mashina junga dastlabki ishlov berish korxonalarida qoʻllaniladi. Tozalanayotgan xomashyoni texnologik koʻrsatgichlariga qarab mashinani tozalash tezligi, tirqish oʻlchamini ishchi organlari bir-biriga nisbatan joylashishini boshqarish mumkin
Литература (1)
- 1. F.B Ismoyilov “Jun tolalarini dastlabki ishlash texnologiyasi” darslik Buxoro: “UMID” nashriyoti, 2023 y. 290 b. 2-rasm.Yangi vintli tozalagichning yuqoridan kesim koʻrinishi. 4-rasm. Qoziqcha oʻrnatilgan vintning oʻqqa koʻra joylashuv burchagi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 301