Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Reaktiv quvvat manbalarini o‘rnatish natijasida elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning baholash usullari
Abstracts
Ushbu maqola reaktiv quvvat va uning manbalari, reaktiv quvvatning asosiy foydalanish sohalari, elektr energiyasini uzluksiz, ishonchli va sifatli uzatish, elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari, reaktiv quvvat manbalarining elektr energiyasi iste’molchilari ish rejimlariga, ishlash holatlari va parametrlariga ta’sirlari hamda elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bugungi kunda past sifatli elektr energiyasining iste’molchilar (kuch transformatorlari, havo elektr uzatish liniyalari, katta quvvatli elektr texnologik qurilmalar) ish rejimlariga ta’siri inobatga olindi.
elektr ta’minoti tizimihavo elektr uzatish liniyasielektr energiyasining sifatireaktiv quvvat manbalarireaktiv quvvatni kompensatsiya qilish usullarielektr energiyasini boshqarishstatik kondensatorreaktor. ОЦЕНОЧНЫЕ МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ПОКАЗАТЕЛЕЙ КАЧЕСТВА ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ В РЕЗУЛЬТАТЕ УСТАНОВКИ РЕАКТИВНЫХ ИСТОЧНИКОВ ПИТАНИЯ Товбоев А.Н.Тогаев И.Б. 1Навоийский государственный горно-технологический университет
В настоящей статье рассмотрены реактивная мощность и ее источники, основные области применения реактивной мощности, бесперебойная, надежная и качественная передача электрической энергии, качественные показатели электрической энергии, влияние источников реактивной энергии на режимы работы потребителей электрической энергии, рабочие состояния и параметры, разработаны новые меры, направленные на повышение показателей качества электрической энергии. Сегодня учитывается влияние низкокачественной электроэнергии на режимы работы потребителей (силовые трансформаторы, воздушные линии электропередач, электротехнические устройства большой мощности).
система электроснабжениявоздушная линия электропередачикачество электроэнергииисточники реактивной энергииметоды компенсации реактивной мощностиуправление электроэнергиейстатический конденсаторреактор. EVALUATION METHODS FOR IMPROVING THE QUALITY OF ELECTRICITY AS A RESULT OF THE INSTALLATION OF REACTIVE POWER SOURCES Tovboev A.N.Togaev I.B. Navoi state mining and technology university
This article examines reactive power and its sources, the main applications of reactive power, uninterrupted, reliable and high-quality transmission of electric energy, qualitative indicators of electric energy, the influence of reactive energy sources on the operating modes of consumers of electric energy, operating conditions and parameters, new measures have been developed aimed at improving the quality of electric energy. Today, the impact of low-quality electricity on the operating modes of consumers (power transformers, overhead power lines, high-power electrical devices) is taken into account.
Article Content
Kirish. Elektr energiyasi bilan ishlaydigan qurilmalar, apparatlar, elektr jihozlari mo‘ljallangan muayyan ish sharoitida normal holatda ishlaydi. Bunday holda, ularning o‘zaro ta’siri, mavjud atrofdagi elektromagnit muhit (sharoit) bilan va ularning funksional xususiyatlarida namoyon bo‘ladi [1]. Korxonaning iste’molchilar xususiyatlari elektr energiyasini iste’mol qilish jarayonlari, saqlash va qayta ishlash mumkin emasligi past sifatli elektr energiyasi bilan bog‘liqdir. Elektromagnit maydonning qobiliyati sifatida elektr energiyasi va uni ishlab chiqarish, uzatish, tarqatishning texnologik jarayonida qo‘llaniladigan kuchlanish ta‘siridagi ishlarni bajarish va iste’moldagi elektr energiyasiga bog‘liqdir. Elektr energiyasi sifatining pasayishi elektromagnit va texnologik jarayonlarning quyidagi bir qator quyidagi salbiy oqibatlariga olib keladi.
▪ Aktiv va reaktiv quvvat yo‘qotishlarining ortishi; ▪ Elektr energiyasi bilan ishlaydigan elektr jihozlarining ishlash muddatini qisqartirish; ▪ Elektr energiyasining kapital xarajatlari hajmini oshirish; ▪ Elektr energiyasi iste’molchilari normal ishlashi uchun shart sharoitlarning buzilishi.
Yuqoridagi kabi bir qator oqibatlarning oldini olishda elektr energiyasi sifatini shunday boshqarish kerakki, bunda elektr energiyasi iste’molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta‘minlashga qaratilgan uslubiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirishni belgilangan normalar va qoidalar doirasida elektr ta’minoti tizimlarida amalga oshirishimiz lozim [2, 3].
Asosiy qism. Elektr energiyasi mahsulotning alohida turlaridan biri hisoblanib, uni turli ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatish mumkinligini aniqlash uchun ayrim ko‘rsatkichlarini tahlil qilish kerak bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlar orqali elektr energiyasining sifati aniqlanadi. Hozirgi vaqtda elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlariga juda katta ahamiyat berilmoqda. Chunki bu ko‘rsatkichlar elektr energiyasining sarfiga, elektr ta’minoti tizimining ishonchliligiga va korxonaning texnologik jarayoniga juda katta ta’sir etadi. Elektr energiyasining sifatini oshirishda iqtisodiy, matematik va texnik masalalarini yechishga to‘g‘ri kelmoqda. Uslubiy chora-tadbirlar quyidagi usullarni ishlab chiqish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi: • Elektr jihozlari tomonidan kiritilgan tebranish darajasini cheklash, shu jumladan, elektr ta’minoti tizimining texnologik jihozlari, individual va guruhli elektr energiyasi iste’molchilarini ishlab chiqish; • Oddiy, favqulodda va avariyadan keyingi vaziyatlarni boshqarishda chastota va kuchlanishni tartibga solish rejimlarini o‘rganib chiqish; • Elektr ta’minoti tizimining ishonchliligi va sifatini ta’minlash, elektr tarmog‘ining tuzilishini, uni himoya qilish va avtomatlashtirish vositalarini takomillashtirish orqali elektr ta’minotini tashkil etish; • Elektr energiyasi iste’molchilarini doimiy nazorat qilish va tahlil qilish; • Elektr energiyasi iste’molchilarining elektr hisoblagichlaridagi ko‘rsatkichlarni avtomatlashtirilgan o‘lchash (monitoring)da tashkil etish; Elektr energiyasi sifatini oshirishga qaratilgan texnikaviy masalalarga quyidagi faoliyat turlari kiradi: − Elektr energiyasi sifatini ta’minlovchi texnik uskunalarni va tadbirlarni ishlab chiqish; − Elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tizimlarni yaratish; Elektr energiyasi sifatini oshirishga qaratilgan tashkiliy faoliyatga quyidagilar kiradi: ✓ Elektr energiyasi sifati bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish; ✓ Kuchlanishni tartibga solishning umumiy qabul qilingan va ixtisoslashtirilgan vositalarini ishlab chiqish, qo‘llash hamda uning sifatini ta’minlash; ✓ Reaktiv quvvat kompensatsiyasini tashkil etish, filtr kompensatsiyasi va balanslash qurilmalarini ishlab chiqish; ✓ Aktiv filtrlar va akkumulyatorlar, zamonaviy element bazasidan va texnologiyalar foydalanish orqali elektr energiyasini tejash;
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 184
Машинасозлик ва энергетика
✓ Iste’molchilarni tizimli nazorat qilish va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun sinov laboratoriyalari va ixtisoslashtirilgan guruhlarni yaratish; ✓ Moliyaviy hisoblar uchun unifikatsiyalangan o‘lchov vositalarini ishlab chiqarish va iste’molchilarni nazorat qilish; Kondensator batareyalari va tiristorlar asosan ko‘ndalang kompensatsiyada ishlatiladi. Aksariyat holatlarda, kompensatsiyalashda statik kondensator batareyalaridan foydalaniladi. Statik kondensator batareyalaridan foydalanish hisobiga tarmoqdagi reaktiv quvvat koeffityisentini kamaytirish 6-220 kV kuchlanishli tarmoqlarda aktiv quvvat isrofini sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Bu esa havo elektr uzatish tarmoqlari va tizimlaridagi kuch transformatorlari yuklamasini kamaytiradi (1-rasm) [4,5]. Reaktorlar iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatni bosqichli yoki kondensatordagi kabi kommutatsion apparatlarda va tristorlar yordamida tekis rostlash mumkin. Shuningdek, maxsus guruhga tuyinishli reaktorlar kiradi. Iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatini tekis o‘zgartirish qobiliyatli reaktiv quvvatni parallel rostlagichsiz ulangan nuqtadagi 1-rasm. IM va murakkab holatdagi yuklama bilan kompensatorning quvvat koeffitsiyentini oshirishda kuchlanish va tok diagrammalari. a) tarqatish tarmog‘ining uch fazali kuchlanishlari va toklari; b) a fazasining kuchlanishi va toklari: chiziqli yuklama Ia, chiziqli bo‘lmagan yuklama In va kompensator toki Ik dan iborat o‘rnatilgan kuchlanishga bog‘liq ravishda bajariladi. Bilvosita kompensatsiyalovchi RQM o‘rnatilgan kondensatorlar va reaktorlar quvvatlariga nisbatan faqat generatsiyalab qolmay, ular tekis bir rejimdan ikkinchisiga o‘tishda reaktiv quvvatni iste’mol qilishi ham mumkin. Lekin nisbatan kam quvvatli RQM tristorlar yordamida kombinatsiyali boshqariladigan reaktorlar yuqori garmonika toklar manbalari bo‘lib qolishi va ularning kamchiligi, bartaraf qilish yuqori garmonikali filtrlarni o‘rnatish yo‘li bilan erishish mumkin. Elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari murakkab xususiyat bo‘lib, u elektromagnit muhitni va iste’molchilar tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha texnologik jarayonning imkoniyatlarini tavsiflaydi. Elektr energiyasi sifatini yaxshilash qurilmalari – elektr ta’minoti tizimlarining ishonchliligini oshirish, barqarorlikni
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 185
Машиностроение и энергетика
oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun samarali yechimdir. Elektr jihozlarining chidamliligi va samaradorligi, asosan, tarmoqning ishlash parametrlari tufayli aniqlanadi. O‘zgaruvchan tok boshqacha uzluksiz tebranishlar va elektr energiyasining sifati ularning amplitudasining barqarorligiga bog‘liq [6,7]. Qoida tariqasida, elektr tarmog‘ining asosiy parametrlari normativ hujjatlar qoidalariga muvofiq belgilanadi va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish yoki transformatsiya moslamalarini qo‘llash orqali kuzatilishi mumkin. Elektr energiyasi sifatining ishonchliligini ta’minlashi uchun elektr energiyasi iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish va energiya ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilgan miqdorda bo‘lsa, iste’molchilarning elektr ta’minoti rejimi normal hisoblanadi. Elektr energiyasi sifati parametrlaridan biri kuchlanishning og‘ishidir. Kuchlanish og‘ishi asinxron yuritgichlarining ishlash muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: kuchlanishning 10% ortishi natijasida yuritgichni me’yoriy yuklanishida ishlash muddati ikki marotaba kamayadi. Asinxron yuritgich parametrlarga kuchlanishning me’yoridan -10 dan 10% ga o‘zgartirishining ta’siri 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval.
Yuritgichning tavsiflari Kuchlanishning og‘ishidan yuritgich tavsiflarining o‘zgarishi Ishga tushiruvchi va maksimal aylantiruvchi moment
- 19% 21 %
Sinxron aylanish chastotasi const const Sirpanish 23 % - 17 % Nominal yuklamada aylanish chastotasi -1,5% K 1 % Foydali ish koeffitsiyenti, agar yuklanish 50% 60% 100% bo‘lganda -2 % K 1% 75% bo‘lganda const const 50% bo‘lganda -1 ÷ 2% 1 ÷ 2% 100% bo‘lganda 1 % -3 % 75% bo‘lganda 2-3 % -4% 50% bo‘lganda 4 - 5 % -5 ÷ - 6% Nominal yuklamada rotor toki 14% 11 % Nominal yuklamada stator toki 10% 7% Ishga tushuruvchi tok 10 ÷ 12% 10-12% Asinxron elektr yuritgichlarnig aylanish chastotasi berilayotgan kuchlanishning miqdoriga bog‘liq. Uzluksiz liniyalar va avtomatlashtirilgan stanoklar bajaradigan texnologik jarayonlarning ish unumdorligi kuchlanishning o‘zgarishiga katta miqdorda bog‘liqdir. Elektr energiyasi sifati parametrlaridan yana biri kuchlanishning tebranishidir. Elektr ta’minoti tizimlarini loyihalashda kuchlanishning tebranishini cheklash uchun: ✓ Keskin o‘zgaruvchan yuklamali iste’molchilarning uchastka podstansiyalarini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh pasaytiruvchi podstansiyaga ulash; ✓ Katta quvvatli elektr yuritgichlarning ishga tushirish tokini cheklash usullarini ishlatish; ✓ Korxonaning tashqi va ichki elektr ta’minotidagi liniyalarning induktiv qarshiligini kamaytirish; ✓ Katta quvvatli sinxron yuritgichlarda qo‘zg‘atish chulg‘amlari tokini avtomatik boshqaruvchi qurilmalarni ishlatish; ✓ Keskin o‘zgaruvchan yuklamali katta quvvatli iste’molchilarni elektr ta’minoti uchun maxsus liniyalarni qabul qilish; Elektr energiyasi sifati parametrlaridan yana biri kuchlanish o‘zgarish doirasi. Kuchlanish o‘zgarish doirasi bu qiymatlar farqiga teng miqdor , har bir yarim siklda nominal kuchlanishning foizida aniqlangan asosiy chastotaning o‘rtacha kvadratik kuchlanish qiymatlari bir-
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 186
Машинасозлик ва энергетика
birining ortidan keladigan ekstremum va gorizontal qismi. Kuchlanishning o‘zgarish oralig‘ini va ular orasidagi intervallarni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanamiz.
(1)
Sinusoidal buzilish koeffitsiyenti bilan kuchlanish o‘zgarishini aniqlashga 1-formula bo‘yicha 5 % ruxsat beriladi (2-rasm). Tarmoqqa ulanish nuqtalarida kuchlanish o‘zgarishi va doimiy kuchlanish og‘ishining ruxsat etilgan maksimal qiymati 0,38 kV + oddiy rejimlarda ko‘p bo‘lmasligi kerak. Nominal kuchlanishning 10% ni tashkil qiladi.
(2)
va asosiy chastota kuchlanishlarining amplituda qiymatlari konvertining ketma-ket ekstremum va gorizontal qismining qiymatlari. Qurilmalar va kuchlanishning boshqa tez o‘zgarishi elektr lampalar tomonidan yaratilgan yorug‘likning inson ko‘ziga sezilarli va yoqimsiz o‘zgarishiga olib keladi. Kuchlanish tebranishlarining chastotasi oshishi bilan ko‘zning miltillovchi chiroqlarining chaqnash xususiyati kuchayadi va shunga mos ravishda kuchlanish o‘zgarishining ruxsat etilgan me’yoriy doirasi kamayadi. Ushbu miltillash ma’lum bir kritik chastotaga qadar davom etadi (17,5 Hz). Chastotaning yanada oshishi bilan yorug‘lik miltillashi birlashadi va 25...30 hz chastotadan boshlab ko‘z yorug‘lik tebranishlarini sezishni to‘xtatadi va ruxsat etilgan diapazoni oshadi. Bundan tashqari, yuqori chastotada ko‘zning termal inersiyasi namoyon bo‘ladi, bu esa yorug‘lik tebranishlarining pasayishiga olib keladi. F chastotasi bilan bir xil davriy kuchlanish tebranishlari bo‘lsa normativ talablar kuchlanish doirasini cheklash uchun kamayadi:
2-rasm. Amplitudaviy kuchlanish
(3) -f chastotasida kuchlanish oralig‘ining normallashtirilgan maksimal ruxsat etilgan qiymati. -qiymati quyidagi sxemada ko‘rsatilgan. Ko‘pincha kuchlanish oralig‘i va chastotasi ma’lum vaqt T davomida o‘zgarishsiz qolmaydi, bundan tashqari, ko‘lamning tarkibi ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Reaktiv quvvat manbalari (RQM) tushunchasi elektr energiyasi tizimida yoki obyektning elektr ta’minoti tizimida maqsadli reaktiv quvvatga ega bo‘lgan har qanday qurilmalarni anglatadi. Ushbu maqsadga ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan quvvatni oshirish (kamaytirish) orqali erishish mumkin. Аsosiy va taqsimlovchi elektr tarmoqlaridagi uzatish quvvatining oshishi uchun transformatorlarning quvvatini oshirmasdan ishonchli, kam xarajatli elektr tarmoqlarini yaratish yoki ularni modernizatsiya qilish imkoniyatlari oshirilmoqda. Kondensatorlarni tiristor bilan boshqarish tizimining ishlashi bu – o‘zgaruvchan sig‘imli va induktivli tebranishlarni xarakterlaydi. Tiristorli reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish moslamalari kondensator batareyalarini elektr tarmoqdagi kuchlanishga teng bo‘lgan vaqtdagi chiziqli bo‘lmagan yuklama bilan almashtirish uchun yetarli bo‘lgan vaqtda almashtirishni ta’minlaydi va deyarli hech qanday yuqori garmonika hosil qilmaydi (3-rasm). Energiya iste’mol qiluvchi qurilmaning (yuklamaning) reaktiv quvvatiga bo‘lgan ehtiyoj dinamikasiga qarab, kuchlanish o‘zgarishini keltirib chiqaradigan yoqish va o‘chirish paytida o‘tkinchi jarayonlarini tekislash, kondensator batareyalarini tarmoqdagi va kondensatorlardagi kuchlanish teng bo‘lgan paytda tiristor kalitlari bilan yoqish orqali amalga oshiriladi (4-rasm). Elektr tarmoqlari elementlari uzatish imkoniyati (elektr uzatish liniyalari, kuch transformatorlari va boshqalar) to‘la quvvat qiymatlari bilan aniqlanadi. Reaktiv quvvatning uzatilishida ularning uzatish imkoniyatlari pasayadi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 187
Машиностроение и энергетика
3-rasm. TSC turidagi reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish moslamalari
4-rasm. Ikkilik tiristor-diodli kalitlar (yuqorida) va ikkilik tiristor-diodli o‘rnatmali tok diagrammalari (pastda). Bu yerda: a-d – B1-B4 toklari; e – natijada o‘rnatma tokining egri chizig‘i Bundan tashqari reaktiv quvvatni uzoq masofalarga uzatilishi esa ularning uzatuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi va to‘la quvvatning umumiy qiymati kamayishiga olib keladi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarishda va xalq xo‘jalik texnologik jarayonlarida ko‘pchilik elektr iste’molchilar tarmoqlarida aktiv quvvatni olib qolmasdan reaktiv quvvatni ham iste’mol qiladi. Elektr energiyasini manbadan iste’molchiga uzatishda reaktiv quvvatning 35 kV va undan yuqori kuchlanishlarda va 6-10 kV tarmoqlardan uzatilishida elektr ta’minoti tizimning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashishi va iste’molchilarning ish rejimlari elektr ta’minoti tizimidan quvvat yo‘qolishi sababli sezilarli darajaga kamayadi. Zamonaviy elektr ta’minoti tizimi elektr energiyasi iste’molchilari uchun tarmoqlarda yuqori darajada reaktiv quvvat iste’moli bilan tavsiflanadi. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash hisobiga elektr energiyasi bilan ishlaydigan uskunalardan yaxshi foydalanish reaktiv quvvat bilan uskuna yuklangandan ko‘ra yuqori hisoblanadi va bu aktiv quvvat pasayshiga olib keladi yoki uni yana qo‘shimcha yuklash imkonini beradi (5-rasm). Kondensator batareyadaridan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan to‘g‘ri kompensatsiya qurilmasi, kombinatsiyalangan RQM lar bilvosita kompensatsiya qurilmalari deb ataladi, ya’ni bunday RQM dagi reaktor yordamchi o‘rni bajaradi va silliq boshqarilishni ta’minlaydi, RQM esa umuman reaktiv quvvat ishlab chiqaradi. Bilvosita kompensatsiyaning reaktiv quvvat manbalari, kondensatorlar va reaktorlarning o‘rnatilgan quvvatlarining nisbatiga qarab, nafaqat ishlab chiqarishi, balki bir rejimdan ikkinchisiga silliq o‘tish paytida reaktiv quvvatni ham iste’mol qilishi mumkin. Biroq tiristor bilan boshqariladigan reaktorlarning nisbatan yuqori quvvati bilan kombinatsiyalangan RQM lar yuqori tok
5-rasm. Reaktiv quvvatni bilvosita kompensatsiya qilish moslamasining ishlash prinsipi sxemasi
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 188
Машинасозлик ва энергетика
garmonikasining manbalariga aylanadi. Va bu ularning kamchiliklari bo‘lib, ularni bartaraf etish yuqori garmonik filtrlarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Odatda, filtrni kompensatsiya qiluvchi qurilmalarning roli ajratilgan kondensator batareyalari tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun kichik reaktorlar kondensatorlar bilan ketma-ket ulanadi, bunday sharoitda kondensator reaktor zanjirining qarshiligi kompensatsiyalangan garmonikaga sozlash chastotasida nolga yaqin bo‘ladi. Kondensator batareyalari (KB) oddiy va ishonchli statik qurilma. Ular turli quvvatlarda va nominal kuchlanishlarda zaryadsizlanadigan alohida kondensatorlardan yig‘iladi. Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish uchun 50 Hz chastotada ishlashga mo‘ljallangan kosinus kondensatorlari ishlatiladi. Ularning quvvati 2 dan 100 kVAr gacha bo‘ladi. Kondensatorlar quyidagicha tasniflanadi: ✓ Nominal kuchlanish bo‘yicha; ✓ O‘rnatish turi (tashqi va ichki inshootlar uchun); ✓ Umumiy o‘lchovlar bo‘yicha; Nominal kuchlanishi 660 V gacha bo‘lgan kondensatorlarning bir fazali va uch fazali turlari, nominal kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kondensatorlarning faqat bir fazali turlari mavjud. Uch fazali tuzulishdagi kondensator seksiyalarga uchburchak ulanadi. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish uchun kondensatorlar har biri seksiyalar bilan ketma-ket ulangan o‘rnatilgan eruvchi saqlagichlar bilan amalga oshiriladi. Yuqori kuchlanishli kondensatorlarda o‘rnatilgan eruvchi saqlagichlar mavjud emas va ularni alohida o‘rnatishni talab qiladi. Hozirgi kondensatorlarning haddan tashqari nominal quvvati bo‘yicha 30% gacha va kuchlanish bo‘yicha – 10% gacha yuklanishi mumkin. Bir-biriga parallel yoki ketma-ket yoki parallel-ketma-ket ulangan kondensatorlar guruhiga kondensator batareyasi deyiladi. Kommutatsiya moslamasi, himoya va boshqarish vositalari bilan jihozlangan kondensator batareyasi kondensator qurilmasini (KU) tashkil qiladi (6-rasm). 6-rasm. Bir seksiyali (a) va uch seksiyali (b) qismdan iborat kondensator qurilmasining statik tasniflari KB quvvati kuchlanishning pasayishi bilan Q1, Q1 + Q2, Q1 + Q2 + Q3 bosqichma-bosqich ortadi. Natijada, kondensatorga kirib boradigan yuqori garmonikalar tufayli kondensatorlardagi P quvvat isroflari ham ortadi, bu ularning qo‘shimcha qizishiga olib keladi:
U
U Unom
Q1 + Q2Q1 Q1+Q2+ Q3
Umin
Q Q Qnom Qmin
(4) Kondensatorlarning parametrik xususiyatidan kelib chiqib filtr-kompensatsion qurilmalarni yaratishda ishlatiladi (7-rasm). Har doim KB quvvatini uning qarshiligini va shuningdek, KB ulanish joyini tanlashda, rezonans hodisalari kuzatilmasligiga ishonch hosil qilish kerak bo‘ladi. Bu filtr kompensatsion qurilmalarning bir qismi bo‘lgan kondensator batareyalariga ham tegishlidir.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 189
Машиностроение и энергетика
7-rasm. 0,4 kV kondensator qurilmasining soddalashtirilgan prinsipial sxemasi Xulosa. Reaktordagi tokni tartibga solish, qoida tariqasida, parallel ravishda ulangan tiristorlar (kechikish vaqti 0,01 s) orqali amalga oshiriladi. Reaktiv quvvatni sinxron kompensatsiya qilish moslamalari – har xil turdagi va maxsus loyihadagi sinxron motorlar, ular ishlamay qolganda va ortiqcha yuklanish rejimida reaktiv quvvat hosil qiladi. Sinxron kompensatsiya qurilmalari statik kompensatsiya qurilmalariga nisbatan past tezlik, fazalarni boshqarish imkoniyati mavjud emasligi, shuningdek, FACTS qurilmasining integratsiya bilan bog‘liqligini tavsiflaydi. Reaktiv va aktiv quvvat isrofini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni maqsadga muvofiqligi va ularni amalga oshirishni ko‘rib chiqilib, elektr uzatish tarmoqlariga taʼsirini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadqiqotlar natijasida quyidagilarni keltiramiz: ✓ Reaktiv quvvatning yo‘qolishi elektr tarmoqlarining samaradorligi va ishonchliligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ularning ko‘payish darajasi taqsimot tarmog‘i komplekslari yo‘qotilishining pasayishiga olib keladi. ✓ Taklif etilayotgan elektr tarmoqlari parametrlarining reaktiv quvvat yo‘qotish miqdoriga ta’sirini aniqlashga imkon beradigan vaziyat holatida kontaktlarning zanglashini tahlil qilish usuli taklif qilingan. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar nuqtayi nazaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molchidan reaktiv quvvat tokini kamaytirish to‘g‘risida qaror uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi kerak. Kompensatsiya iqtisodiy jihatdan quyidagicha oqlanadi: ▪ Tarmoqning uzatish elementlaridagi tokni kamaytirish orqali tarmoq kesimining pasayishiga olib keladi (garchi korxona uchun bu oson bo‘lsa ham, bu mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lsa ham o‘tkazgich kesimini ortiqcha baholash uchun, bu ma’lum darajada operatsion ishonchliligini oshiradi va kelajak uchun yuklamaning ko‘payishi bilan mumkin bo‘lgan zaxirani yaratadi); ▪ Transformatorlarning quvvati va ular sonining pasayishiga olib keladigan umumiy quvvatning pasayishi (loyihalash va ishlatish amaliyoti bahsli, xususan, davom etayotgan texnologik jarayon davomida kompensatsion qurilmalarning tez-tez uzilishi tufayli); ▪ Aktiv va reaktiv quvvat isroflarini kamaytirish, elektr isroflarini kamaytirish. Texnik nuqtayi nazardan, respublikada elektr energiyasining asosiy iste’molchilari (aholi va unga teng keladigan iste’molchilarni hisobga olmaganda) turli sanoat korxonalari va tashkilotlari ekanligini yodda tutish kerak
References (8)
- 1. Tovboyev A.N., Tog‘ayev I.B., Nodirov G‘.Y. Statistical analysis of power waste in 6-10 kV tension overhead electrical transmission lines // International Journal of Advanced Research in Science Engineering and Technology Vol. 9, Issue 11, November 2022. India, pp. 2-7.
- 2. Савина Н.В., Мясоэдов Ю.В. Систематические исследования потер электроэнергии при работе распределителних электрических сетей // Вестник ИрГТУ. 2012. № 1 (60).С. 142-148.
- 3. Mavlonov J.A., Mardonov D.Sh. “Rudani yanchuvchi tegirmonlarni elektr energiya samaradorligini oshirish usullari” // «O‘zbekiston konchilik xabarnomasi» Ilmiy texnik va ishlab chiqarish jurnali. – Navoiy, 2022. № 3.102-104 bet. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
- Машинасозлик ва энергетика
- 4. Tovboyev A.N., Baynazarov G.G., Jumayev Z.I. Analysis of third-order subarmonic oscillations in three-phase chains with a divided ferromagnetic element. International Journal of Advanced Studies in science, technology and technology. India, IJARSET copyright. Vol. 6,12, December 2019, pp. 12229-12233.
- 5. Tovboyev A.N., Ibadullayev M.I., Murodov H.Sh., Narzullayev B.Sh. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va tizimlarida subgarmonik ferrorezonans. «O‘zbekiston konchilik xabarnomasi» ilmiy-texnik va ishlab chiqarish jurnali – Navoi 2020. №4 (83). 110-113 bet
- 6. Tog‘ayev I.B.,Tursunova A.A., Eshmirzayev M.A. Monitoring of overhead power lines.// Problems and scientific solutions.Vol.6, Issue 4, 2022 Australia, Melbourne. 267-271pt.
- 7. Tog‘ayev I.B., Isoqulov D.SH., Turniyozov Z.A. Monitoring of air power lines with an assessment of their condition // Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022. Tovboyev Akram Nurmonovich – v.b. professor. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Energetika” kafedrasi v.b. professori, Tel.: +998913097172 Tog‘ayev Islom Bekpo‘lat o‘g‘li – assistent. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Elektr energetikasi” kafedrasi assistenti Tel.: +998977966636 INKUBATSIYALASH JARAYONIDA PARRANDA TUXUMLARINI O‘Z O‘QI ATROFIDA AYLANTIRISH UCHUN SARFLANADIGAN ENERGIYANI ANIQLASH 1Barakayev N.R., 2Narziyev M.S., 2Talabov M.D., 2Jo‘raqulova M.O. 1Renessans ta’lim universiteti, 2Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. Annotatsiya. Maqolada paranda tuxumlaridan jo‘ja chiqarish inkubatsiya jarayonida chiqayotgan jo‘jalarni sog‘lom bo‘lishini ularni yashab ketishini taʼminlaydigan parametrlardan biri bo‘lgan tuxumlarni ag‘darish hodisasi, ularni o‘z o‘qi atrofida aylantirilishini taʼminlaydigan yangi uskunani energiya sarfini aniqlash masalasi aniq yechimi topilgan hamda uskuna yordamida inkubatsiya jarayonini olib borish samarasi yuqori bo‘lishi keltirilgan. Kalit so‘zlar: inkubatsiya, intrefomeniya-buni teksdan oling, temperatura, namlik, energiya, mexanizm, massa, og‘irlik kuchi. ОПРЕДЕЛЕНИЕ ЭНЕРГЕТИЧЕСКИХ ЗАТРАТ ЯИЦ ДОМАШНЕЙ ПТИЦЫ, ЧТОБЫ УЧИТЫВАТЬ ИХ ВРАЩЕНИЕ ВО ВРЕМЯ ИНКУБATSIИ 1Баракаев Н.Р., 2Нарзиев М.С., 2Талабов М.Д., 2Jo‘raqulova M.O. 1Образовательный университет Ренессанс, 2Бухарский инженернотехнологический институт. Аннотaтция. В статье рассматривается явление опрокидывания яиц, которое является одним из параметров, обеспечивающих здоровье и выживаемость птенцов в процессе вылупления, проблема определения энергопотребления нового оборудования, обеспечивающего их вращение вокруг своей оси, а также Представлена эффективность инкубaтционного процесса с помощью данного оборудования. Ключевые слова: инкубaтсия, интерфомения-получить это из текса, температуры, влажности, энергии, механизма, массы, гравитaтсии. DETERMINATION OF THE ENERGY EXPENDITURE OF POULTRY EGGS TO TAKE INTO ACCOUNT THEIR ENVIRONMENT DURING INCUBATION 1Barakayev N.R., 2Narziyev M.S., 2Talabov M.D., 2Joraqulova M.O. 1Renaissance educational university, 2Bukhara institute of engineering and technology. Abstract. The article discusses the phenomenon of eggs turning over, which is one of the parameters that ensures the health and survival of chicks during the hatching process, the problem of determining the energy consumption of new equipment that ensures their rotation around its axis, and also presents the efficiency of the incubation process using this equipment. Key words: incubation, interfomeny - get it from tex, temperature, humidity, energy, mechanism, mass, gravity. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 191