Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Ustki kiyimlarni tikish jarayonida hosil bo‘ladigan nuqsonlar

SAIDOVA X.X., BOYMATOVA K.A.

Issue
5-son
Pages
317–326
Published
09.10.2025
Views
3 6

Abstracts

In the process of sewing outerwear, defects in the sewing connecting seam of garment manufacturing enterprises were also studied. As a result of the study, cases of friction with a sewing needle and cauterization of clothing materials with a sewing thread were identified. The study showed that many sewing thread breaks are caused by damage to the warp threads and weft on the clothing material.

Article Content

Kirish. Tikuvchilik sanoatida soʻnggi yillarda kiyimlarni ishlab chiqarishda kiyim sifati, qulayligi va mavsumga mosligiga koʻproq e’tibor berilmoqda. Ustki kiyimlar uchun eng muhum xususiyatlar bu uning chidamliligi, uzoq muddatga xizmat qilishi, estetikligi, shuningdek, rangi va mato tuzilishi kiyimning dizayni va estetik koʻrinishiga ta’sir qiladi. Kiyimning eng muhim parametridan biri komfortligidir [1]. Chok va tikuv turlari toʻg‘ridan toʻg‘ri ta’sir qiladi. Kiyimning sifati, qulayligi va yaroqliligi ya’ni chok va tikuv turini tanlash kiyim uchun mos emasligi kiyimning sifatini, qulayligini va yaroqliligini pasaytiradi. Choklarning koʻrinishi va ishlashi tikuv jarayoni va chokka bog‘liq, chok zichligi, tikuv mashinasi sozlamalari va tikuv iplarining sifati kiyimning ishlashi matoning strukturaviy va mexanik xususiyatlariga bog‘liq. Choklarning mustahkamligi, choʻzilishi, xavfsizligi, chidamliligi, tashqi koʻrinishi va samaradorligiga bog‘liqdir. Bu muammolarning yechimlarini topish uchun avvalambor ip va ignani toʻg‘ri tanlash joizdir. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 314 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Tikuv jarayonida chok turi, tikuv ipi turiga va chok zichligi kiyimning qulayligiga ta’sir qiladi. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar chok sinflarini, chok zichligini va tikuv iplarini hisobga olmagan holda ishlab chiqarishlari natijasida kiyimda nuqsonlarning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Tadqiqot ishda erkaklar kurtkasi tanlanganligi asosiy sabablaridan biri iste’molchilarni oʻrganilganda, eng koʻp nuqsonlar kurtkaning qoʻltiq oʻmizi va choʻntak chetlarida kuzatildi (1-rasm). Ip hajmi, ip oʻlchamini aniqlash uchun koʻplab tizimlar mavjud, ammo eng koʻp ishlatiladigan tizim teksdir. Bu 1000 m ipning gramm vazniga asoslanadi, shuning uchun nozik ip past teks raqamiga va qalin ip yuqori teks raqamiga ega boʻladi. Boshqa tizimlardan foydalanadigan ip ishlab chiqaruvchilari teks ekvivalent qiymatlarini taqdim etadilar [2]. 1-rasm. Erkaklar qishgi kurtkasini zararlanishi 1-jadval Ustki kiyimlar uchun tikuv ip turlari Artikul Ip raqami Tarkibi (%) Ishlab chiqargan davlat Foydalanayotgan korxonalar 1 22010 100 Polester 100% Turkiyaning Koneks fermasi Vakkoni 2 1264 40S/2 Polester 100% Germanya Orzu Ideal 3 22010 100 Polestr 100% Turkiyaning Koneks fermasi Nam Holding 4 1263 100 Polestr 100% Turkiya Saba fermasi Adim 5 1342 100 Polestr 100% Turkiya Saba fermasi Adim Kiyim ishlab chiqarishda ishlatiladigan tikuv iplarining turlari. Quyida kiyim ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladigan turli xil tikuv iplari keltirilgan: • Zig‘ir ip • Ipak ip • Yumshoq paxta iplari • Merserizatsiyalangan paxta iplari • Yaltiroq paxta iplari • Viskoza ip • Polyester ip • Neylon ip • Aramid ip “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 315 Технологии текстильной и легкой промышленности Oʻrganilgan tadqiqot ishida erkaklar kurtkasi uchun tadqiqotda adabiyotlar tahlili va ishlab chiqarishdagi tajribalarni oʻrganib, tikuv jarayonida detallarni biriktirishda foydalanilyotgan ip turlari, tolali tarkibi va ularning oʻziga hos tomonlarini keltirib oʻtilgan, shuningdek tajribalarda turli xil deformatsiyalarga chidamli, 2 qavatli Ne 36/2, Z 600 buramga ega Turkiyaning Koneks firmasining Poliyester tarkibli ipidan foydalandik. Tikuvchilik iplari tabiiy yoki sintetik tolalardan tayyorlangan boʻlishi mumkin, kerakli miqdordagi iplarni qo ‘shish orqali Z va S buram berib hosil qilish orqali, oqartirish (oqlash), boʻyash, sayqallash (pardozlash jarayonlari) kabi jarayonlardan oʻtadi. Ularni g‘altak, bobinaga oʻrash orqali hosil qilinadi. Har bir kiyim ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzi ishlatadigan materialli va tikuv iplarini chiroyli, samarali ishlash uchun mos xususiyatlarga ega boʻlishini xohlaydi. Tikuv ipidan hosil boʻladigan chok xususiyatlari; tikuv iplari yuqori tezligida chok hosil qilganda tikuv iplari uzilmasligi, choklarning oʻtkazib yuborilishiga olib kelmaydigan, igna va chok koʻrsatkichlariga salbiy ta’sir koʻrsatadigan ishqalanishlarga yuqori qarshilik koʻrsatadigan hamda choklarga minimal zarar yetkazadigan boʻlishi mumkin [2-3]. Har xil raqamli (90,100,110) ignalar bilan baxyaqatorni bajarishda gazlamaning zararlanishi 50x200 mm о‘lchamli namunalarda tepkining о‘rtacha bosimida aniqlandi. Zararlanish sonini lupa yordamida ignaning gazlamaga kirish tomonidan aniqlandi. Natijalar (2-jadval, 2-rasm) da keltirildi. 2-jadval Mashina ignasi va tikuv ipini tanlash Material turi Igna nomeri Raqamlari nitok Paxta Ipak Sintetik Lavsan Yupqa ipak, batist 60-70 80 65 22 l 20 LX Chintz, atlas, ipak, zig‘ir, choyshab 80-90 60-80 65 22L 20 LX Og‘ir paxta kalikasi; flanel; Yupqa jun mato; og‘ir qalin ipak 90-100 50-60 33 33 L 30 LX Jun kostyum mato 100 40 18 60 L 44 LX Qalin jun mato 110-120 30 18a - - 2-rasm. Plashopka matolarning ignadan zararlanishi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 316 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Ustki kiyimlarni oʻrganish natijasida tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalaridagi tikish jarayonlaridagi nuqsonlar ham oʻrganildi. Oʻrganish natijasida tikuv ignasi ishqalanish hisobiga tikuv ipini va kiyim materiallarini kuydirish holatlari aniqlandi. Buning natijasida tikuv ipi koʻp uzilishiga sabab boʻldi. Kiyim materialidagi tanda va arqoq ipilarini zararlanishlari koʻp uchradi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlaridagi ip va materiallardagi nuqsonlarni lupa yordamida aniqlandi. Aniqlangan muammolarni hal qilish uchun yangi tavsiya etilgan moylash mexanizmida tikuv materiallarini tikuv ipida tajribalar oʻtkazildi. Tajribada tikuv ipini oldin dastlabki holati boʻyicha ip mustahkamligi aniqlandi va shu ipni tikish jarayonidan keyingi ip mustahkamligini ham oʻrganildi. Keyingi jarayonda yangi tavsiya etilgan moylash mexanizmi yordamida detallarni tikib koʻrildi. Olingan natijalardan koʻrinib turibdiki, mavjud tikish texnologiyasi orqali tikilgan ipga qaraganda yangi tavsiya etilgan moylash mexanizmi yordamida tikilgan iplarni mustahkamligi 230 sN ga oshgan (3-rasm). 3-rasm. Yangi tavsiya etilgan moylash mexanizmida tikilgan ip grafigi Tadqiqot ishida erkaklar kurtkasi tikishda iste’molchilarni hozirgi kunda plashopka matosidan tikilgan kurtkalarga talab yuqori boʻlganligi sababli ilmiy ish davomida plashopka matosini tikish texnologiyasi oʻrganib chiqildi va ustki kiyimda koʻproq kuch keluvchi qisimlarini CLO dasturi orqali belgilab olindi (4-rasm). “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 317 Технологии текстильной и легкой промышленности 4-rasm. CLO D3 dasturida erkaklar kurtkasida mexanik ta’sirga koʻproq uchraydigon qisimlar Xulosa. Ustki kiyimlarni oʻrganish natijasida tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalaridagi tikish jarayonlaridagi nuqsonlar ham oʻrganildi. Oʻrganish natijasida tikuv ignasi ishqalanish hisobiga tikuv ipini va kiyim materiallarini kuydirish holatlari aniqlandi. Buning natijasida tikuv ipi koʻp uzilishiga sabab boʻldi. Kiyim materialidagi tanda va arqoq iplarining zararlanishlari koʻp uchradi

References (24)

  1. 1. Maqsudov N.B N., Boymatova K.A Qosimov A.A.” Tikuv vaqtida igna harorat va musahkamligini matematik modellashtirish” Namangan “Toʻqimachilik va yengil sanoatda innovatsion texnologiyalarini joriy qilish istiqbollari”mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiyamaliy anjumani. 2023-yil 16-17 may 38-39 betlar
  2. 2. Boymatova Kamola Abduraxmon qizi “Ustki kiyimlarni tikish jarayonida chok mustahkamligini oshirish tadqiqi” Namangan/ Dissertatsiya 2024
  3. 3. Xaybullaeva Nargiza Zayniddinovna “Sovuqxona ishchilari uchun issiqlik saqlovchi maxsus kiyim ishlab chiqish ” Buhoro/ Dissertatsiya 2003
  4. 4. С.У. Пулатова, Н.З. Гайбуллаева. Исследование гигиенических свойств пакета материалов теплозащитной спецодежды. Сборник материалов Международной научно-практической конференции «Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализации». №76. Украина, г. Переяславль, 2021 г.С.366-368. Saidova Xulkar Xamidovna – Buxoro davlat texnika universteti “Yengil sanoat muhandisligi va dizayn” kafedrasi dotsenti, Tel.:+998918244125 (с), E-mail: saidova.hulkar@mail.ru Boymatova Kamola Abduraxmon qizi – PhD, Namangan davlat texnika unversiteti “Dizayn” kafedrasi dotsenti, Tel.: +998 977359535(с), E-mail: bojmatova.kamola@mail.ru OʻZBEK MILLIY ARXITEKTURASI VA MODA Sabirova Z.A., Jumaniyazova R.F. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti. Annotatsiya. Maqolada moda va arxitektura bog‘liqligining qisqacha tavsifi berilgan, mashhur dizaynerlarning arxitekturadan ilhomlangan ijod namunalari keltirilgan. Ushbu ishning maqsadi Oʻzbekiston milliy tarixiy meʼmorchiligida kiyim dizayni uchun ilhom boʻlishi mumkin boʻlgan bir necha asosiy oʻzbek milliy elementlari tahlili va oʻzbek modasida milliy arxitektura elementlaridan foydalanishning afzalliklarini oʻrganishdan iborat. Kalit soʻzlar: arxitektura, moda, uslub, tendensiyalar, vizual effekt, yog‘och oʻymakorligi, dekorativ elementlar, ganch, bezak, ayollar liboslari. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  5. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари УЗБЕКСКАЯ НАЦИОНАЛЬНАЯ АРХИТЕКТУРА И МОДА Сабирова З.А., Джуманиязова Р.Ф. Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности Аннотация. В статье дано краткое описание связи моды и архитектуры, приведены примеры работ известных дизайнеров, вдохновленных архитектурой. Целью данной работы является анализ некоторых узбекских национальных элементов, которые могут стать источником вдохновения для дизайна одежды в национальной исторической архитектуре Узбекистана, а также изучение преимуществ использования национальных архитектурных элементов в узбекской моде. Ключевые слова: архитектура, мода, стиль, тенденции, визуальный эффект, резьба по дереву, декоративные элементы, ганч (резьба по гипсу), украшение, женская одежда. UZBEK NATIONAL ARCHITECTURE AND FASHION Sabirova Z.A., Jumaniyazova R.F. Tashkent institute of textile and light industry. Annotation. The article provides a brief description of the relationship between fashion and architecture, examples of works by famous designers inspired by architecture. The purpose of this work is to analyze some Uzbek national elements that can become a source of inspiration for clothing design in the national historical architecture of Uzbekistan, as well as to study the benefits of using national architectural elements in Uzbek fashion. Key words: architecture, fashion, style, trends, visual effect, wood carving, decorative elements, ganch (plaster carving), decoration, women's clothing. Moda industriyasi jadal rivojlanishi, oʻzgaruvchan tendensiyalar va mahsulotlarni sotish imkoniyati koʻplab me’morlarni moda sohasida faoliyat koʻrsatishga imkon beradi. Texnologiyalarning rivojlanishi, yangi ijodiy vositalarini izlash, materiallar, vizual effektlar - bularning barchasi moda va arxitektura oʻrtasidagi chegaralarni buzmoqda. Koko Chanel aytganidek, “Moda -bu arxitektura: farqi faqat mutanosiblikda. Arxitektura - bu qotirilgan moda”. Moda va arxitektura bir xil nuqtadan kelib chiqadi. Kiyim va binolar inson tanasini himoya qilish, ifoda etish va saqlash vositasi boʻlib xizmat qiladi. Me’morlar va dizaynerlar odam uchun faqat bitta farq bilan qobiq yaratadilar: birinchisi uchun u statikada, ikkinchisi uchun u dinamikasiz boʻlmaydi. Dizaynerlar uchun loyiha - bu inson tanasi [1, 2, 3] Kiyimdagi meʼmorchilik va moda nafaqat bir xil g‘oyalarga asoslanadi, ular hatto bir xil professional atamalarni ishlatadilar: tekstura, bezak, eskiz, oʻlcham, rasm. Arxitektura uchun ham, kostyum uchun ham ansamblning sifati oʻziga xosdir. Insoniyat rivojlanishining har bir davrida muayyan badiiy uslublar shakllandi. Kostyum va arxitektura oʻrtasida stilistik bog‘liqlik mavjud boʻlib, u umumiy tasavvurli yechim, siluetlarning oʼxshashligi, ichki boʼlinishlar tushunchasida ifodalanadi. Arxitektura badiiy uslub chegaralari doirasidagi sanʼatlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallashi ajablanarli emas va kostyum uni toʻldiradi. Meʼmorlar va dizaynerlar bir xil maʼlumot manbalaridan foydalanadilar, bir-birlarini ilhomlantiradilar, fikr almashadilar. Moda haqidagi ayrim darsliklardagi turli xil tarixiy davrlar va uslublarni hisobga olsak, baʼzida meʼmorchilik va moda oʻrtasida chambarchas bog‘liqlik mavjudligini koʻrishimiz mumkin. Аrxitektura va moda oʼz davri va uslublarni aks ettiradi. Ushbu sanʼat shakllarining tarixi bir-biri bilan qanday bog‘liq ekanligi bizni qiziqtirdi [6,7] Arxitektura va moda olami, garchi bir-biridan farqli boʻlsa-da, koʻzga koʻrinadiganidan koʻra koʻproq umumiyliklarga ega. Moda arxitektura obyektlarini yaratish uchun mukammal materialdir va arxitektura moda tendensiyalari uchun ajoyib asosdir. Va soʻnggi yillarda hayajonli tendensiya paydo boʻldi: me’morlar va dizaynerlar hamkorlikdagi ijodi [4,5,8,9] Turli vaqtlarda moda dizaynerlari yangi toʻplamlar uchun ilhom olish uchun arxitekturaga murojaat qilishgan. Shunday kreativ ijod namunalarini “Chloe” lyuks brendining toʻplamlarida koʻrishimiz mumkin. “Chloe”dagi arab arabesklari. Fransuz moda uyi “Chloe” 1952-yilda Jak Lenuar va Gabi Xayonning ijodiy hamkorligi natijasida yaratilgan. Tashkil etilganidan keyingi dastlabki yillarda Chloe kompaniyasi faqat ayollar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025
  6. Технологии текстильной и легкой промышленности Ayni paytda brend mahsulotlari orasida ayollar va bolalar kiyimlari, aksessuarlar, sumkalar, uy-roʻzg‘or buyumlari, nafis parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Avvalgidek, hunarmandlar brendning barcha an’analariga rioya qilib, jozibali, nozik mahsulotlarni vazminlik bilan aks ettiruvchi oʻziga hos noyob uslubni yaratadilar. Brend butun dunyo boʻylab millionlab ayollar, jumladan, koʻplab shou-biznes yulduzlari, aktrisalar va siyosatchilar tomonidan seviladi va hurmat qilinadi. Chloéning 2016 yilgi yozgi toʻplamida arab arxitekturasidan, ayniqsa uning an’anaviy elementlari - arabesklar, geometrik shakllarning murakkab naqshlaridan ilhomlangan (1, 2-rasmlar). Arab madaniyatning tarkibiy qismlari sifatida moda va arxitektura bir-birining kontekstida mavjud va shuning uchun ikkalasida bir xil tasvir va shakllar gavdalanadi [10]. 1-rasm. Chloé ning аrab arxitekturasi toʻplami 2- rasm. Chloé toʻplamida arab arabeskalari “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  7. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Zamonaviy dizaynerlar oldida turgan vazifalardan biri milliy arxitektura, qadimiy bino va inshootlarimizda qoʻllanilgan va bugungi kunga kelib unutilib borayotgan milliy ornament va naqsh turlarimizni hozirgi zamonaviy modada yangi texnologiyalar yordamida aks ettirishdan iborat. Koʻp asrlik milliy an’analarni zamonaviy moda tendensiyalari bilan birlashtirish maqsadida milliy arxitektura elementlarini qoʻllab kiyim toʻplamini yaratishdan iborat. Oʻzbek milliy meʼmorchiligida binolar va makonlarga oʻziga xos uslubni beradigan oʻziga xos elementlar mavjud. Kiyim dizayni uchun ilhom boʻlishi mumkin boʻlgan bir nechta asosiy oʻzbek milliy elementlari: Ganch (gips oʻymakorligi) – devorlar, shiftlar va kamonlarni bezashda qoʻllaniladigan anʼanaviy oʻymakorlik boʻlib, nozik naqshlar va murakkab ornamentlarni yaratadi. Аyvon – nozik ustunlar va oʻymakorlik bilan bezatilgan ochiq terasalar, koʻpincha geometrik va oʻsimlik motivlari bilan bezalgan. Аyvonlar koʻpgina qadimiy binolarda uchraydi va dizayndagi shakllar hamda naqshlar uchun ilhom boʻlishi mumkin. Mozaik gumbazlar – masjidlar va maqbarolarda uchraydigan, koʻk, turqiz va boshqa koʻk rangdagi mozaikalar bilan bezatilgan gumbazlar. Ular rang gammasi va toʻqimalar uchun ilhom boʻlishi mumkin. Yozuvli g‘ishtlar (tessera) – bino fasadlarida geometrik va xattotlik naqshlarini hosil qiluvchi maxsus g‘ishtlar. Bunday motivlardan foydalanish kiyimga oʻziga xos naqsh beradi. Temuriy yulduzlar va geometrik naqshlar – temuriylar davridagi maxsus yulduz va geometrik naqshlar, koʻpincha saroy va masjidlarning bezagida uchraydi. Medalon va arabesklar – davra shaklidagi medalonlar va beqarorlik ramzi sifatidagi arabesk naqshlari, garmoniya va abadiylikni ifodalaydi. Bu shakl va elementlar kiyim dizaynida oʻz aksini topishi mumkin. Ornamentli minoralar – vertikal naqshlar bilan bezatilgan baland minoralar, dizaynda vertikal chiziqlar yoki aksentlar uchun asos boʻlishi mumkin
  8. [14]. Bu elementlar oʻzbek madaniyati ruhini yetkazadi va zamonaviy uslubda kiyimga anʼanaviy aksentlar qoʻshib, modada madaniy merosni aks ettirishi mumkin. Yog‘och oʻymakorligidagi naqshlarning baʼzi oʻziga xos nomlari quyidagicha: Islimiy – oʻsimlik va koʻpincha yoysimon shakllarga asoslangan naqshlar. Bu naqshlar abadiylik va tabiat ramzi hisoblanadi. Geometrik naqshlar – kvadrat, romb, yulduzcha kabi geometrik shakllar asosida yasalgan. Ular toʻqimaga qoʻshimcha chiroy va simmetriya beradi. Sharfaka – oʻsimliklarga xos boʻlgan shakllar, masalan, barglar, gullar va bog‘larning chiroyli tasvirlari. Mushtak – doirasimon shakllarning birlashuvidan hosil boʻlgan yoki oʻziga xos shakllarga aylantirilgan naqshlar. Murobaa – kvadratsimon yoki romb shakllaridan yasalgan simmetrik naqshlar. Qanot naqshi – qanotlarga oʻxshash naqshlar, koʻpincha erkinlik va parvoz ramzi sifatida talqin qilinadi. Chilma – koʻp marta takrorlanuvchi mayda geometrik shakllardan iborat boʻlib, bir-biriga uyg‘un tushadigan tarzda yasaladi. Аrkali naqsh – kamonsimon shakllar orqali yasalgan va koʻpincha masjid yoki madrasalar eshiklari uchun ishlatiladi [12,13,14] Bu naqshlar yog‘och oʻymakorligining turli xil uslublarini va oʻzbek milliy naqshlarining oʻziga xosligini aks ettiradi. Bu elementlar oʻzbek madaniyati ruhini yetkazadi va zamonaviy uslubda kiyimga anʼanaviy aksentlar qoʻshib, modada madaniy merosni aks ettirishi mumkin. Tadqiqot ishning maqsadi yetakchi moda uylarining arxitektura va modaning uyg‘unlashtirgan liboslar toʻplamining qisqacha tahlili va zamonaviy ayollar kiyimlarini ishlab chiqarishda oʻzbek milliy arxitekturasidagi yog‘och oʻymakorligi va ganchkorlik elementlaridan “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025
  9. Технологии текстильной и легкой промышленности dekor va bezak sifatida keng foydalangan holda zamonaviy liboslar dizayni loyihasini ishlab chiqishdan iborat. Kiyim modellarini yaratishning asosiy tamoyillaridan kelib chiqib, ushbu maqola mualliflari “Murobaa” oʻziga xos dekorativ elementlarga ega zamonaviy ayollar kiyimlari modellarini ishlab chiqishga harakat qildilar (3, 4-rasmlar). Kejual uslubdagi liboslar ishlab chiqilgan boʻlib, ularda zamonaviy liboslarning jozibasi va an’anaviy merosning buyukligi, uni yanada targ‘ib qilish va rivojlantirish uchun yaratilgan. Аyollar uchun bezakli ustki kiyim oʻziga xos uslubi va individuallikni ifodalaydi, obrazga nafislik va noyoblik beradi. Quyida shunday kiyim toʻplamining yaratishda qoʻllangan asosiy xususiyatlar: Dekorativ elementlar – tikish, applikatsiya, metall yoki shishadan yasalgan bezaklar, perforatsiya, ornamentlar va boshqa materiallardan qoʻshimchalarni oʻz ichiga oladi. Bunday detallar tashqi kiyimni yanada ifodali va qiziqarli qiladi. Sifatli materiallar – issiq va bardavom boʻlgan matolar, masalan, jun, kashemir, tvid yoki teri ishlatiladi, bu komfort va iliqlikni taʼminlaydi. Dekorativ elementlar oʻz koʻrinishini saqlab qolish imkoniga ega. Original qirqim – asimmetrik yoki meʼmoriy shakllar, keng latskanlar, hajmli yelkalar yoki noyob yoqalar koʻproq uchraydi. Qirqim bezakni taʼkidlab, uni umumiy uslubning bir qismiga aylantiradi.Rang palitrasi – odatda uyg‘un tanlangan: neytral va klassik tuslar, masalan, qizil va kulrangdan yorqin ranglargacha, ular bezakka urg‘u beradi. Funksionallik va uslub – bu kiyim nafaqat sovuqdan himoya qiladi, balki moda aksenti sifatida xizmat qiladi, individuallik qoʻshadi. U kundalik kiyish uchun ham, maxsus holatlar uchun ham mos keladi.Madaniyat va sanʼatdan ilhom olingan – koʻpgina dizaynerlar milliy yoki meʼmoriy motivlarni ishlatadi, bu esa bezakli tashqi kiyimni haqiqiy sanʼat asariga aylantiradi.Bu xususiyatlar ayollar uchun bezakli tashqi kiyimni noyob va uslubli obraz yaratishda ommalashtiradi. 3-rasm. 1chi taklif model 4-rasm. 2chi taklif model Ushbu kiyim modeli (3-rasm) 18-35 yoshdagi ayollarga moʻljallangan boʻlib, asosan kuz va bahor oylarida kiyiladi. Аsosiy materiali zamsh va bezak matosi sunʼiy charmdan. Kiyim “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  10. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари trapetsiyasimon siluetga ega. Dekoratsiya simmetrik dizaynga ega boʻlgan naqshdan iborat boʻlib, oldingi qismlarda joylashgan. Kiyimning uzunligi tizzadan tepada. Old boʻlak ikkita qismdan iborat. Old boʻlaklarning ustiga dekor sifatida charmdan yaratilgan me’moriy dekorativ elementlar naqsh sifatida tushirilgan. Ikkinchi model 18-35 yoshdagi ayollarga mo‘ljallangan bo‘lib silueti trapesiyasimon libosdir (4-rasm). Uzunligi tizzadan pastda. Kiyimdagi bezak tasviri yoqalarida, yeng qismlarida, etak qismida simmetrik naqshli bezak bilan toʻldiriladi. Bezak sifatida charmdan yaratilgan me’moriy dekorativ elementlar naqshi tushirilgan. Mavsumiy ayollar ustki kiyimi zamonaviy talablariga javob beradigan matolardan tikilgan. Individuallik, ajdodlar tarixiga intilish, rang-barang dekorlar bugungi iste’molchining oʻziga xos hohishlari hisoblanadi.Rangi, oʻlchami, yoshi boʻyicha aniq tanlangan dekor juda koʻp ijobiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi, oʻzini namoyon qilishga, oʻzini oʻzi anglashga yordam beradi va ilhomlantiradi. Darhaqiqat, dekorativ elementlarga ega zamonaviy mahsulotlar va toʻplamlarning istiqbolli dizayni shakl, siluet, kostyum uslubi, ijodiy usullar va manbalar, dizayn texnikasi bilan bog‘liq koʻplab turli tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, oʻzbek milliy arxitektura elementlarini libos yaratishda qoʻllash usulini ishlab chiqish milliy qadriyatlarimiz namunalarini saqlanib qolishiga va oʻzbek modasining rivojlanishiga yordam beradi. Oʻzbekiston milliy tarixiy meʼmorchiligi merosini oʻrganish, hunarmandchilik turlarini oʻrganish va ularni kiyim dizaynida qoʻllash tadqiqotlari milliy dizaynda yoʻqolgan motivlarni tiklashga yordam beradi. Shu tarzda, yangi libos toʻplamlari orqali ushbu boy va chuqur estetikani saqlashga hissa qoʻshiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  11. 1. Насталья Олейник. Как архитектура влияет на моду. Журнал Clouty.( 2018)
  12. 2. Наталья Бессонова. Неожиданно: как архитектура влияет на моду – и наоборот. Журнал The Voice Mag. (2017)
  13. 3. Steele V. Paris Fashion: A Cultural History. Oxford University Press. (1998)
  14. 4. Tinniswood A. The Story of Architecture. Dorling Kindersley. (2009)
  15. 5. Quinn B. The Fashion of Architecture. Berg Publishers. (2003)
  16. 6. Hollander A. Seeing Through Clothes. University of California Press. (1993)
  17. 7. Leach N. Architecture and Fashion. AD: Architectural Design. (2013)
  18. 8. Kawamura Y. Fashion-ology: An Introduction to Fashion Studies. Berg Publishers. (2005)
  19. 9. Beatrice L. & Lee D. Fashion and Architecture: A Collaborative Journey Rizzoli. (2012)
  20. 10. Design mate-ru. Мода и архитектура: фэшн-дизайнеры, которые обращаются за вдохновением к зданиям. https://design-mate.ru/read/an-experience/fashion-and-architecture (18.04. 2018)
  21. 11. Riccobono, Fashion and Architecture in the 20th Century. Electa. Исследование о влиянии архитектурных тенденций XX века на дизайн одежды и творчество модельеров. (2007)
  22. 12. Рахимкулова С.А., Рахматуллаева У.С., Ташпулатов С.Ш. Oсобенности проектирования современной одежды с использованием декоративных элементов на основе украшений национального костюма // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2023. 8(113). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/15890
  23. 13. Akhmedov M.K., SaidovaU.Kh. About the initial urban planning culture in Uzbekistan.Architecture and Construction of Uzbekistan, №6, 2009, 18-19 p.
  24. 14. BaoMuping. The Special Structure of Mongolia Cities in XIX-XX Century.Tne 2nd Workshop for planning and Networking of Historical Cities in Eastern and Central Asia/ Samarkand: Sam GASI, 2005, p. 86-89 Sabirova Ziyodaxon Azimjonovna – falsafa doktori PhD, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti “Moda va dizayn” kafedrasi dosenti, Теl.:(+99898)128-69-73, Email: ziedasabirova@mail.ru Jumaniyazova Roza Farxod qizi- mustaqil tadqiqotchi, Теl.:(+99890)429-57-91, Email: rozaxon96@mail.ru “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 323