Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

O‘zbek milliy arxitekturasi va moda 318 Giyasova D.R. Aralash tarkibli ip olish texnologiyasi

SABIROVA Z.A., JUMANIYAZOVA R.F.

Выпуск
5-son
Страницы
327–330
Опубликовано
09.10.2025
Просмотры
2 5

Аннотации

Приведены подробные сведения о том, что путем добавления 20% шерстяного волокна для получения пряжи средней плотности из местных полугрубых шерстяных волокон удалось получить пряжу средней плотности, а также создана возможность получения пряжи основы для текстильных полотен и разработана технология. В статье описана технология получения текстильной пряжи основы из местных шерстяных, хлопковых и полиэфирных волокон в условиях Узбекистана и физико-механические свойства пряжи.

Содержание статьи

Respublika iqtisodiyotining xomashyo yoʻnalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yoʻliga izchil oʻtayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qoʻymoqda. Shuningdek, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash toʻqimachilik sanoati xodimlari oldida turgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholining ipga va toʻqimaga boʻlgan talablarini qondirish, ishlab chiqarish turlarini kengaytirish uchun toʻqimalarning yangi turini, yangi tabiiy va kimyoviy tolalar aralashma tarkibini yaratish, toʻqimachilik tarmog‘i taraqqiyotiga kirib keluvchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mato va kiyimlarda yangi dizayn loyihalarini yaratish, arqoq iplariga ishlov berish boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borishdan iborat. Dunyoda toʻqimachilik xomashyolarini qayta ishlab raqobatbardosh mahsulotlarning turlarini kengaytirish, yangicha ishlov berish usullarini qoʻllash, aralash tarkibli iplar olish uchun zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish yetakchi oʻrinlardan birini egallamoqda. Shuni ta’kidlash joizki, toʻqimachilik sanoati mahsulotlariga boʻlgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Bu ehtiyojni qondirish maqsadida aralashma tarkibli iplar olish va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlanib bomoqda [1]. Bu esa aralash tarkibli iplarning yangi texnologiyasi va assortimentini yaratishga undaydi. Ishlab chiqarish uchun turli kimyoviy polimer materiallar va ularni qayta ishlashning turli usullari qoʻllaniladigan tolalar tabiiy tolalardan farqli oʻlaroq, fizik-kimyoviy xossalari oʻzgarishining keng diapazoni bilan ajralib turadi. Biz bilamizki, tolalar aralashmasidan tayyorlangan toʻqimachilik matolarining xossalari tolalar turiga qarab oʻzgaradi. Jahon toʻqimachilik sanoatida poliefir tolalar sintetik tolalar orasida ustun oʻrinni egallab kelmoqda. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 324 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Oʻtkazilgan tajriba natijalari boʻyicha ip ishlab chiqarishga moʻljallangan 50 teksli ip uchun 20% jun, 30% paxta va 50% poliefir tolalaridan zamonaviy texnologiya asosida aralashma xomashyo tayyorlanib zamonaviy mashinalarda ip olindi. Soʻng tolali aralashmadan olinadigan T=50 teksli ipni olish uchun tolalar alashmalarining fizik-mexanik xossalari zamonaviy asbob-uskunalarda aniqlanib qiyosiy tahlil qilindi [ 2]. Yangi aralash tarkibli 50 teksli ipning 100% paxta tolali iplarning xossalarini qiyosiy tahlil qilish aralashmaga 20% gacha jun tolalarini aralashtirish maqsadga muvofiqligini aniqlashga imkon berdi. Yangi aralash tarkibli iplarning tuzilishini oʻrganib, 50 teksli 20% jun, 30% paxta va 50% poliefir tolali ipining fizik-mexanik xossalarining tahlili shuni koʻrsatdiki, turli tarkibli ipning 100% paxta tolali ipga nisbatan uzish kuchi 35,4% ortdi, notekisligi 15,5% dan 11,4 %ga kamayganligi aniqlangan. 20% jun tolasi, 30% paxta va 50% poliefir aralash tolali 50 teksli ipning fizik-mexanik xossalarini yaxshilanishi kostyumbop mato ishlab chiqarish uchun toʻquvchilikda arqoq ipi sifatida ishlatish uchun imkon yaratildi. Yigirishda iplarning notekisligini kamaytirishda piltalash asosiy jarayon boʻlganligi tufayli, korxonada foydalanilgan piltalash mashinasidagi choʻzish asbobida quyidagi aniqliklar ma’lum boʻldi [3]. RSBD-40 rusumli piltalash mashinasida choʻzish asbobining ikkinchi silindri oʻyiq chiziqlarining yoʻnalishi 1 va 3 silindrning yoʻnalishiga qarama-qarshi boʻlganligi, piltada tolalarning notekisligini ortishiga olib keldi. Shuning uchun, 2 silindrning oʻyiq chizig‘i 1 va 3 silindrga moslashtirilib oʻzgartirildi va tajribada qoʻllanildi (1-2rasmlar). 2-rasm. RSBD-40 piltalash mashinasini choʻzish asbobidagi silindrlarining oʻlchamlari va koʻrinishi (takomillashtirilgan variant) 1-rasm. RSBD-40 piltalash mashinasini choʻzish asbobidagi silindrlarining oʻlchamlari va koʻrinishi (bazali variant) Silindrlari takomillashtirilgan piltalash mashinasidagi choʻzish asbobini qoʻllash natijasida iplarning notekisligi 15,5% dan 11,4 % ga kamayganligi aniqlandi. Silindrlari takomillashtirilgan piltalash mashinasidagi choʻzish asbobini RSB-D-40 mashinasida qoʻllash asosida va turli aralash tolalardan foydalanish asosida yangi assortimentdagi arqoq ipini olish texnologiyasi ishlab chiqildi (3-rasm). MICROCOLOR 2000 250B-LAB qurilmasi yordamida olingan mikrofoto-grafda aralash tola tarkibli ipning tuzilishini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, ipning barcha variantlarida yarim dag‘al jun tolalari ipning tashqi tomoniga, ya’ni sirtiga chiqishi kamaydi, bu ayniqsa 20% yarim dag‘al jun tolasi boʻlganda yaqqol namoyon boʻldi. Yuqorida keltirilgan sinov natijalariga binoan 100% paxta tolali, 40% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 40% poliefir tolali va 60% paxta, 40% poliefir tola tarkibli iplarga nisbatan 30% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 50% poliefir tola tarkibli ip yuqori sifat koʻrsatkichlariga ega ekanligi namoyon boʻldi. Shuning uchun yangi assortimentdagi 30% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 50% poliefir tola tarkibli ip olish texnologiyasini ishlab chiqarishga keng qoʻllash maqsadida TOT oʻtkazildi. Shuning uchun tajriba oʻtkazishda ipning uzunasida va koʻndalang kesimida joylashgan tolalar skanerli elektron mikroskopda tahlil etildi [4]. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 325 Технологии текстильной и легкой промышленности 3-rasm. 50 teksli jun, paxta va poliefir tolali ip olish texnologiyasi Ipda joylashgan tolalar sonini skanerli mikroskop yordamida oʻrganish uchun SEM- EVO MA 10 (Zeiss, Germany) asbobidan foydalaniladi va paxta, jun, poliefir aralash tolali ipning uzunligi boʻyicha kesilmasi tasvirlari olindi (4,5-rasmlar). 5-rasm. 20% yarim dag‘al jun tarkibli ipning 100 marta kattalashtirilgan tasviri Tadqiqot jarayonida MICROCOLOR 2000 250B-LAB mikrofoto-grafda aralash tola tarkibli ipning tuzilishi oʻrganildi.Yuqorida keltirilgan sinov natijalariga binoan 100% paxta tolali, 40% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 40% poliefir tolali va 60% paxta, 40% poliefir tola tarkibli iplarga 4-rasm. 25% yarim dag‘al jun tarkibli ipning 100 marta kattalashtirilgan tasviri “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 326 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари nisbatan 30% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 50% poliefir tola tarkibli ip yuqori sifat koʻrsatkichlariga ega ekanligi namoyon boʻldi [5]. Bu tolalar va undan olingan ipning koʻrsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan. 3-rasmda keltirilgan texnologiya asosida olingan turli tola tarkibli iplarning koʻrsatkichlari keltirilgan. 1-jadval. Turli tarkibli iplarning fizik-mexanik koʻrsatkichlari ruxsat etilgan og’ ish Cha variatsiya koeffitsi Chiziqli zichlikdan Uzishdagi uzayish Chiziqli zichlik, Tf Ipning notekisligi Solishtirma uzish Sifat koʻrsatkich, Uzish kuchi boʻyi- Uzish kuchi, R Ip tarkibi SK=F/ V kuchi, F yenti, V % teks sN % sN/teks % % % 100% paxta +2,0 50,0 418 14,8 8,36 13,2 15,6 0,6 30% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 50% poliefir +2,0 50,1 687 11,5 13,75 15,8 11,47 1,19 40% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 40% poliefir +2,0 50,2 620,8 13,0 12,41 14,4 13,21 0,95 60% paxta, 40% poliefir +2,0 50,1 602 13,7 12,04 14,4 12,1 0,88 Olingan sinov natijalarini 100% paxta tolasidan olingan iplarning koʻrsatkichlariga nisbatan solishtirsak, 30% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 50% poliefir tolalari aralashmasidan olingan iplarning uzish kuchi 39,1% ga oshdi, uzish kuchi boʻyicha variatsiya koeffitsiyenti 22,2% ga kamaydi, solishtirma uzilish kuchi 39,2% ga, uzilishdagi uzayishi 16,4% ga, sifat koʻrsatkichi 49,5% ga oshdi, ipning notekisligi 16% ga kamaydi, 40% paxta, 20% yarim dag‘al jun, 40% poliefir tolalari aralashmasidan olingan iplarning uzish kuchi 32,6% ga oshdi, uzish kuchi boʻyicha variatsiya koeffitsiyenti 12,1% ga kamaydi, solishtirma uzilish kuchi 32,6% ga, uzilishdagi uzayishi 8,3% ga, sifat koʻrsatkichi 36,8% ga oshdi, ipning notekisligi 13,2% ga kamaydi. Tarkibi 60% paxta, 40% poliefir tolalari aralashmasidan olingan iplarning uzish kuchi 30,5% ga oshdi, uzish kuchi boʻyicha variatsiya koeffitsiyenti 7,4% ga kamaydi, solishtirma uzilish kuchi 30,5% ga, uzilishdagi uzayishi 8,3% ga va sifat koʻrsatkichi 31,8% ga oshdi, ipning notekisligi 5,2% ga kamaydi (1-jadval). Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra, 100% paxta tarkibli chiziqli zichligi 50 teksli ipga nisbatan 20% mahalliy jun, 50% poliefir, 30% paxta tolalar tarkibli ipning uzish kuchi 39,2% ga, uzishga uzilishdagi uzayishi 16,4% ga, sifat koʻrsatkichi 49,5% ga oshdi. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, kostyumga moʻljallangan 100% paxta tarkibli 50 teksli ipga nisbatan yangi aralash tarkibli ipning mustahkamligi yuqori boʻlishiga erishildi. Bu erishilgan natija toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun turli chiziqli zichlikda iplar tayyorlash, mahsulotlar assortimentini kengaytirish va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun imkon yaratadi

Литература (2)

  1. 1. D.R.Giyasova, D.A.Sadullayeva, D.S.Kazakova. Research of increase the strength of warp yarns for knitting strong fabrics //Science Technology City Hall (Scopus) №3.2021.-p.441-447.
  2. 2. Д.Р. Гиясова, С.А. Хамраева, Ф.Р.Танибердиев, Д.С.Казакова. Янги табиий аралашмали тола ва ипларни таҳлил қилиш // “Фан ва технологиялар тараққиёти”. Бух МТИ №5/ 2022. -Б.89- 93, (05.00.00; №24). “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 327