Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Ayollar oyoq kiyimi uchun moʻyna qiyqimlari asosidagi polimer kompozitsion paketlarning shaklbardoshlik xususiyatlarini tadqiq etish
Annotatsiyalar
Maqolada yuqori adgezion xususiyatlarga ega polimer kompozitsiyadan foydalanib, mo‘yna chiqindilaridan appliqatsiya usuli bilan tayyorlangan hajmli paketlarning shaklbarqarorlik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ayollar oyoq kiyimining fazoviy elementlariga nisbatan to‘liq faktorli rejalashtirish usuli yordamida olib borildi. Deformatsiyaga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanib, regressiya modeli qurildi. Bunday yondashuv oyoq kiyimlari assortimentini loyihalashda va uning hajmli detallarining mustahkamligini baholashda samarali hisoblanadi.
adgezion xususiyatlarpolimer kompozitsiyamo‘yna chiqindilarishaklbarqarorlikdeformatsiyaoyoq kiyimfazoviy elementlarappliqatsiya usuli. ИССЛЕДОВАНИЕ ФОРМОУСТОЙЧИВОСТИ ПОЛИМЕРНЫХ КОМПОЗИЦИОННЫХ ПАКЕТОВ НА ОСНОВЕ ОБРЕЗКОВ МЕХА ДЛЯ ЖЕНСКОЙ ОБУВИ Азимова М.Н. Бухарский государственный технический университет
В статье рассмотрены особенности формоустойчивости объемных пакетов, изготовленных методом аппликации из меховых отходов с использованием полимерной композиции с высокими адгезионными свойствами. Исследование проведено применительно к пространственным элементам женской обуви с использованием метода полного факторного планирования. Определены основные факторы, влияющие на деформацию, построена регрессионная модель. Такой подход является эффективным при проектировании ассортимента обуви и оценке прочности её объемных деталей.
This article investigates the shape stability characteristics of volumetric packages made using an appliqué method from fur waste with the application of a polymer composite possessing high adhesion properties, intended for the spatial components of women's footwear. A full factorial design approach was used in the experiment to identify the main factors affecting deformation, and a regression model was developed. This approach is considered effective for designing various types of footwear and for evaluating the durability of its volumetric elements.
Maqola Mazmuni
Bugungi kunda oyoq kiyim mahsulotlarining ergonomikligi va estetik koʻrinishi bilan birga, ularning shaklbardoshligi va barqarorligi ham muhim talablaridan hisoblanadi. Ayniqsa, ayollar oyoq kiyimida fazoviy (hajmli) qismlarni shaklda saqlab qolish uchun materiallar mustahkam va deformatsiyaga chidamli boʻlishi lozim. Bu maqsadda moʻyna qiyiqlari va yuqori adgezion xususiyatga ega boʻlgan polimer kompozitsiyasidan tashkil topgan strukturalar zamonaviy yechim sifatida taklif etilmoqda. Hozirda charm-poyabzal sanoatida resurstejamkorlik va ekologik samaradorlik asosiy vazifalardan biridir. Moʻyna ishlab chiqarishda katta miqdorda chiqindilar – qiyqimlar hosil boʻladi. Ularni qayta ishlash asosida polimer kompozitsion materiallar olish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish va yangi turdagi paketlarni shakllantirish mumkin. Bunday paketlar ayollar oyoq kiyimining fazoviy qismlarida (yuza qismi, yon tomonlar, ortiqcha mustahkamlovchi qatlamlar) ishlatilishi, nafaqat mahsulot sifatini oshiradi, balki ishlab chiqarish tannarxini pasaytiradi. Ma’lumki, moʻyna qiyqimi va uning ichki yuzasiga surtiladigan adgezion xususiyati yuqori boʻlgan polimer kompozitsiyasi bir nechta kimyoviy va fizik komponentlardan iborat. Oʻrganilayotgan tizimning tashqi mexanik kuchlar ta’siriga mustahkamligi va uning tarkibi uchun deformatsiya (shakl oʻzgarishi) mexanizmini oʻrganishda “toʻqima-polimer kompozitsiya +
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 378
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
maydalangan toʻqimachilik chiqindisi – moʻyna qiyqimi”ning fizik-mexanik xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanish mumkin boʻladi. Nazariy va tajribaviy izlanishlar natijasida, taklif etilayotgan adgezion xususiyati yuqori boʻlgan polimer kompozitsiyali moʻyna qiyqimidan applikatsiya usulini qoʻllash bilan tayyorlangan paket ustida oʻtkazilgan tajribaviy tadqiqotlar sonini kamaytirish maqsadida tajribalarni matematik rejalashtirish usulidan foydalanildi. Bunda, polimer kompozitsiyali moʻynadan tayyorlangan hajmdor namunalar uchun quyidagi omillar tanlandi: fazoviy shakl radiusi – R; fazoviy shakl balandligi – H; berilgan fazoviy shaklni deformatsiyalashga yoʻnaltirilgan kuch – P. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan komponentlardan tashkil topgan hajmdor paket namunalariga ta’sir qiluvchi, ya’ni kiruvchi omillar kodlashtirib olindi. Bunda: X1 – fazoviy shakl radiusi, m; X2 – fazoviy shakl balandligi, m; X3 – berilgan fazoviy shaklni deformatsiyalashga yoʻnaltirilgan kuch, N. Kiruvchi omillar tarkibidagi X3 – deformatsiyaga yoʻnaltirilgan kuchni olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida hisobga olindi. Kiruvchi omillarning qiymatlari toʻla omilli tajriba oʻtkazish ishchi matritsasi esa 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Kiruvchi omillarning qiymatlari toʻla omilli tajriba oʻtkazish ishchi matritsasi keltirilgan.
Omilning haqiqiy qiymati Oʻzgarish oraliği -1 0 +1 Fazoviy shakl radiusi – R, mm х1 100 150 200 50 Fazoviy shakl balandligi – H, mm х2 40 60 80 20 Deformatsiyalovchi kuch – F, N х3 400 600 800 200 2-jadval. Toʻla omilli tajriba oʻtkazish ishchi matritsasi
Omil nomi Kodlashtirilg an belgisi
Kiruvchi omillarning natural qiymati x1 x2 x3 r, mm h, mm F, Н 1 - - - 100 40 400 2 + - - 200 40 400
Kiruvchi omillarning kodli qiymati
№
3 - + - 100 80 400
4 + + - 200 80 400
5 - - + 100 40 800 6 + - + 200 40 800
7 - + + 100 80 800
8 + + + 200 80 800
Oʻtkazilgan tajribaviy tadqiqotlardan shu ma’lum boʻldiki, berilgan fazoviy shaklni deformatsiyalashga yoʻnaltirilgan kuch adgezion xususiyati yuqori boʻlgan polimer kompozitsiyali moʻyna qiyqimidan applikatsiya usulini qoʻllash bilan tayyorlangan fazoviy paket namunalarining geometrik oʻlchamlarini toʻg‘ri tanlashda katta ahamiyat kasb etadi. Omil X2 – fazoviy shakl balandligi boʻlib, hajmdor paket namunalarining geometrik oʻlchamining quyi qiymati sifatida 40 mm, yuqori qiymati esa 80 mm tanlab olindi. Rejalashtirish matritsasi asosida har bir sharoitda uch marta takroriy tajribalar oʻtkazildi. Bu holda tajribalar soni:
8 23 = = = k m N Bu yerda: N – tajribalar soni; m – tengliklar soni; k – omillar soni. Takrorlanishlar soni P = 3 ni hisobga olsak, umumiy tajribalar soni quyidagicha hisoblanadi:
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 379
Технологии текстильной и легкой промышленности
24 3 8 = = P N . Chiquvchi omil, ya’ni shakl mustahkamligining samaradorligini tajribaviy natijalari va dispersiyalari 1.3 -jadvalda keltirilgan. Tajriba natijasida olingan takroriy qiymatlarning oʻrta arifmetik qiymati hisoblanib, 3-jadvalning 8-ustuniga kiritildi. Bunda natijalarning oʻrta arifmetik
3 2 1 i i i Y Y Y Y + + = .
qiymati quyidagicha aniqlanadi: 3
Chiquvchi omillarning oʻrta arifmetik qiymati aniqlangandan soʻng natijalarning dispersiyalari
( )
2 3
− = = m
Y Y Y S i i
1 2 1 } { −
,
hisoblandi. Dispersiya qiymatlari quyidagi ifoda orqali aniqlandi
Bu yerda, P – tajribalarning bir xil sharoitdagi takrorlanishlar soni. Chiquvchi omil sifatida oyoq kiyimining fazoviy qismlarining adgezion xususiyati qabul qilindi. Toʻla omilli tajriba natijasida oyoq kiyimining fazoviy qismlarining adgezion xususiyati natijalari 3-jadvalda keltirilgan. Regressiyon koeffitsiyentlar: b1=0,038; b2=0,188; b3=0,363; b12= -0,087; b13=0,338; b23=- 0,062; b123=0,113 teng boʻldi Y - Oyoq kiyimining fazoviy qismlarining adgezion xususiyati bо‘yicha tajriba natijalari о‘zlashtirilishi quyidagi kо‘rinishdagi regression modelni olishga imkon berdi: Y=2,3+0,038Х1 -0,087Х12+0,338Х13-0,062Х23+0,113Х123 Tajribalarda toʻla omilli rejalashtirish matritsasi asosida uchta omil asos qilib olindi: X1 – fazoviy shakl radiusi (100–200 mm) X2 – fazoviy shakl balandligi (40–80 mm) X3 – deformatsiyaga ta’sir etuvchi kuch (400–800 N) 3-jadval. Chiquvchi omilning tajribaviy natijalari va dispersiyalari № x1 x2 x3 У1 У2 У3 У S2{Y} 1 - - - 0,8 1,8 2,8 1,8 1 2 + - - 1,6 0,6 2,6 1,6 1 3 - + - 3,7 2,7 1,7 2,7 1 4 + + - 1,7 2,7 0,7 1,7 1 5 - - + 3,2 2,2 1,2 2,2 1 6 + - + 3,9 0,9 2,9 2,9 3 7 - + + 2,4 3,4 1,4 2,4 1 8 + + + 4,2 4,2 1,2 3,2 3 Jami 12 Har bir sharoitda tajriba uch marta takrorlandi. Chiquvchi omil sifatida materialning adgezion shakl mustahkamligi baholandi. Natijalar asosida oʻrta arifmetik qiymat va dispersiyalar hisoblandi. Natijalar va tahlil. Toʻplangan tajriba natijalari asosida quyidagi regressiyon tenglama tuzildi: Y = 2,3 + 0,038Х1 – 0,087Х1Х2 + 0,338Х1Х3 – 0,062Х2Х3 + 0,113Х1Х2Х3 Bu yerda Y – shakl mustahkamligi (adgezion xususiyat), X1–X3 – omillar. Regressiya koeffitsiyentlarining ahamiyati Student va Fisher mezonlari yordamida aniqlandi. Tahlil natijalariga koʻra, X1X3 va X1X2X3 oʻzaro ta’siri shakl mustahkamligiga katta ta’sir koʻrsatishi aniqlandi. Oyoq kiyimining fazoviy qismlarining adgezion xususiyati regression modeli asosida qurilgan sirt grafigi. Styudent mezonining hisobiy natijalari jadvaldagi natijalarga solishtirildi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 380
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Bunda b1 , b12 , b13 , b23, b123 regressiya koeffitsiyentlari ahamiyatli deb topildi. Fisher mezoni bо‘yicha hisobiy qiymati FR / = 0,5
0,33 = 1,5. Fisher mezonining jadvaliy qiymati topildi.
1-rasmda tuzilgan regressiya model asosida shakl mustahkamligining fazoviy grafikasi keltirilgan boʻlib, unda maksimal samarali parametrlar oralig‘i koʻrsatilgan. ; 95 ,0 [ = D T p F ; 16 )1 3(8 } { 2 = − = y S f f{Soct 2 } = 8 −6 = 2] = 3,63. Shunday qilib, Oyoq
kiyimining fazoviy qismlarining adgezion xususiyati uchun kо‘p omilli regression model FR / = 1,5 < FT = 3,63 ga teng. Bunda gipoteza chiqish parametri ta’sirida olingan model ahamiyatli, rad etilmaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, moʻyna qiyqimi va polimer kompozitsiya asosidagi aplikatsiya usuli ayollar oyoq kiyimida fazoviy detallarning shaklan barqaror qilishda samarali yechim ekanligi isbotlandi. Ta’sir etuvchi omillar (radius, balandlik, kuch) orasidagi oʻzaro bog‘liqliklar shakl mustahkamligining yaxshilanishiga olib keladi. Regressiyon model shakl mustahkamligi natijalarini yuqori aniqlikda prognoz qilish imkonini berdi. Ushbu tadqiqot natijalari oyoq kiyim sanoatida yangi texnologik yechimlarni joriy etishda, xususan, qayta ishlangan materiallardan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 381
Технологии текстильной и легкой промышленности
Adabiyotlar 1. Azimova, M., Temirova, G., & Tashpulatov, S. (2025). Resurstejamkorlik asosida moʻynadan
tikuv buyumlarini ishlab chiqarishni yaratish usullari. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(2), 143150. 2. Azimova, M. N. (2025). Tikuvchilikda adgeziyon xususiyatlarni ta’minlashga qo‘llaniladigan
polimer kompozitsiyalar. Scholar, 3(3), 50-60. 3. Azimova, M. (2025). Resurslardan samarali foydalanish asosida ayollar uchun mo ‘ynali kiyim
loyihalash va kiyim tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish yo ‘llari. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(2), 128-134. 4. Пути совершенствования методов проектирования и технологии изготовления меховых
изделий на основе ресурсоэффективности. Universum: технические науки, 9-3 (114), 22-26. 5. Ubaydova, V., Azimova, M., & Khudoyberdieva, S. (2024, January). Creation of a mathematical
model of computer-aided design of patterns and ornaments for gold embroidery. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2969, No. 1). AIP Publishing. 6. Азимова, М. Н. (2023). Преимущества устройтв для лезерной резки лазерли кесиш
мосламаларининг мосламаларининг афзалликлари Advantages of laser cutting devices. In Исследования ВКР–в практику профессиональной жизни: Сборник материалов III Международной научно-практической межвузовской конференции. Часть 2.–М.: ФГБОУ ВО «РГУ им. АН Косыгина», 2023.–284 с. (p. 7).
ТОЛА ТАРКИБИ ТУРЛИЧА БЎЛГАН КОСТЮМБОП МАТОЛАРНИНГ МЕХАНИК ХОССАЛАРИНИНГ ТАДҚИҚОТИ ВА ТАҲЛИЛИ 1Худайбердиев М.Р., 2Очилов Т.А., 2Ҳамроева С.А., 1Нурбоев Р.Х. 1Бухоро давлат техника университети, 2Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти. Аннотация. Толалар таркиби турлича бўлган костюмбоп матоларнинг механик хоссалари тадқиқ этилди. Олинган синов натижалари танда ипига 100% пахта толаси+арқоқ ипига 20% жун толаси, 30% пахта толаси билан 50% полиэстер толали иплардан олинган костюмбоп матонинг кўрсаткичларига нисбатан солиштирилди. Таянч сўзлар: тола, полиэстер, танда, арқоқ, зичлик, мато, ип. ИССЛЕДОВАНИЕ И АНАЛИЗ МЕХАНИЧЕСКИХ СВОЙСТВ КОСТЮМНЫХ ТКАНЕЙ С РАЗЛИЧНЫМ СОСТАВОМ ВОЛОКОН 1Худайбердиев М.Р., 2Очилов Т.А., 2Хамроева С.А., 1Нурбоев Р.Х. 1Бухарский государственный технический университет, 2Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности. Аннотация. Изучены механические свойства костюмных тканей с различным составом волокон. Результаты испытаний сопоставлены с показателями костюмных тканей, изготовленных из пряжи с содержанием 100% хлопкового волокна в основе + 20% шерстяного волокна в утке, 30% хлопкового волокна и 50% полиэфирного волокна. Ключевые слова: тело, основа, плотность, костюмная ткань, пряжа. RESEARCH AND ANALYSIS OF MECHANICAL PROPERTIES OF COSTUME FABRICS WITH DIFFERENT FIBER COMPOSITION 1Khudayberdiev M.R., 2Ochilov T.A., 2Khamroeva S.A., 1Nurboev R.КH. 1Bukhara state technical university, 2Tashkent institute of textile and light industry. Abstract. The mechanical properties of suit fabrics with different fiber compositions were studied. The test results were compared with the indicators of suit fabrics made from yarn containing 100% cotton fiber in the warp + 20% wool fiber in the weft, 30% cotton fiber and 50% polyester fiber. Keywords: body, warp, density, suit fabric, yarn
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 382