Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Oʻsmirlar kiyimlari uchun tanlangan matolarning xususiyatlari tahlili
Annotatsiyalar
Mazkur maqolada oʻsmirlar kiyimlari uchun tanlanadigan matolar tahlil qilinib, ularning fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlari oʻrganilgan, oʻsmirlarning yoshga xos fiziologik ehtiyojlari, faollik darajasi va teri sezuvchanligi mato tanlovida asosiy mezon sifatida koʻrib chiqilgan hamda tadqiqot natijalari asosida oʻsmirlar kiyimlarini loyihalashda mato tanloviga ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirishga erishilgan.
В данной статье проанализированы ткани, используемые для подростковой одежды, изучены их физические, химические и механические свойства. В качестве основного критерия выбора ткани рассматриваются физиологические потребности, уровень активности и чувствительность кожи, характерные для возраста подростков. На основе результатов исследования сформирован научно обоснованный подход к выбору тканей при проектировании одежды для подростков.
In this article, the fabrics selected for adolescent clothing are analyzed, focusing on their physical, chemical, and mechanical properties. The physiological needs specific to adolescents' age, their activity levels, and skin sensitivity are considered as the main criteria in fabric selection. Based on the results of the study, a scientifically grounded approach to fabric selection in the design of adolescent clothing has been developed.
Maqola Mazmuni
Kirish. Zamonaviy oʻsmirlar kiyimlarini loyihalashda tanlanadigan matolar nafaqat estetik, balki funksional jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Oʻsmir yoshidagi bolalar organizmida jadal oʻsish, gormonal oʻzgarishlar, yuqori faollik kuzatilgani bois, kiyim matosi ularning fiziologik va psixologik ehtiyojlariga mos boʻlishi lozim. Ushbu maqolada oʻsmirlar uchun tanlangan turli matolar – trikotaj, jinsi, paxta, sintetik va aralash tolali matolar – ularning fizik, kimyoviy, gigiyenik va estetik xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Oʻzbekiston yengil sanoat ilmiy markazi ma’lumotlariga koʻra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanayotgan paxta va aralash matolar ekologik tozaligi va narxining maqbulligi sababli ichki bozorda keng qoʻllanilmoqda. Trikotaj matolar oʻzining elastikligi, nafas oluvchanligi, bukiluvchanligi va yumshoqligi bilan ajralib turadi. Biroq ular toʻquv matolarga nisbatan kamroq mustahkamlikka ega boʻlishi mumkin, ayniqsa halqali tuzilma tufayli yirtilganda tez tarqalishi mumkin. Sintetik aralashmalar qoʻshilishi bu kamchiliklarni sezilarli darajada kamaytiradi [1]. Oʻsmirlik davri – bu shaxsiy identifikatsiya shakllanishi, ijtimoiy guruhlarga qoʻshilish istagi va modaga taqlid qilish ehtiyoji yuqori boʻlgan davrdir. Shu sababli, oʻsmirlar kiyim tanlovida oʻz tengdoshlariga moslashishga harakat qilishadi. Soʻnggi yillarda jinsi matodan tayyorlangan kiyimlar oʻsmirlar orasida eng ommabop kiyim turi sifatida ajralib turmoqda. Buning sabablari faqat tashqi koʻrinish emas, balki ijtimoiy, psixologik va madaniy omillar bilan ham bog‘liqdir. Adabiyotlar tahlili. Oʻsmirlar kiyimlari dizaynida mato tanlovi boʻyicha koʻplab ilmiy manbalarda yosh davrining fiziologik va psixologik ehtiyojlariga e’tibor qaratilgan. G.K.Nosova
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 409
Технологии текстильной и легкой промышленности
oʻsmirlarning kiyimdagi qulaylikka boʻlgan ehtiyoji, ularning tana haroratining oʻzgaruvchanligi va terlash faoliyati yuqoriligi sababli paxta va trikotaj matolarini asosiy tanlov sifatida taklif etadi. U matoning gigiyenik, havo oʻtkazuvchanlik va nam yutish xossalariga alohida urg‘u beradi. Sh.M.Axmedov oʻzining ilmiy izlanishlarida oʻsmirlar uchun estetik jihatdan zamonaviy, biroq sog‘liq uchun xavfsiz boʻlgan matolarni tanlash kerakligini ta’kidlaydi. U, ayniqsa, sintetik va yarim sintetik matolarning uzoq muddatda allergik reaksiyalar chaqirishi mumkinligini ilmiy asosda koʻrsatib bergan. Textile Research Journal jurnalida chop etilgan maqolalarda esa aralash tolali matolarning (masalan, 60% paxta + 40% poliefir) afzalliklari koʻrsatib oʻtiladi: bu turdagi matolar gigiyena va chidamlilik jihatidan muvozanatni saqlaydi, shuningdek, ularda dizayn imkoniyatlari kengroq. E.A.Johnson va R.Lee tomonidan olib borilgan xalqaro tadqiqotda oʻsmirlarning kiyimga boʻlgan munosabatida “trendga ergashish” omili muhim oʻrin tutishi, shuning uchun matolar nafaqat texnik, balki vizual va moda talablariga ham javob berishi kerakligi qayd etilgan. Kiyim – bu shunchaki estetik yoki zaruriyat emas, balki oʻsmirlar uchun ijtimoiy va shaxsiy aloqalarning kuchli indikatoridir [2]. Paxta matosi ekologik toza, nafas oluvchi va gigiyenik xususiyatlarga ega. Bu mato oʻsmirlar teri sezuvchanligi uchun mos boʻlib, terini tirnash xususiyati yoʻq. Paxta matosining quyidagi jihatlari e’tiborga loyiq: tarkibi 95-99% sellyuloza; gidrolitik chidamlilik ishqorlarga chidamli, ammo kislotalarga zaif; boʻyoqlarga moyillik – reaktiv va direk boʻyoqlarda yaxshi rang berish qobiliyati mavjud; nafas oluvchanlik – yuqori, havo almashinuviga qulaylik yaratadi. Jinsi matodan tayyorlangan kiyimlar oʻsmirlar orasida nafaqat moda elementi, balki shaxsiy ifoda, ijtimoiy maqom va psixologik ehtiyojlarni qondiruvchi vosita sifatida xizmat qilmoqda. Uning keng tarqalishi – bu zamonaviy jamiyatda yoshlarning oʻz oʻrnini topishga boʻlgan intilishining ijtimoiy belgisi. Shu bois, moda ishlab chiqaruvchilari va pedagoglar oʻsmirlarning kiyim tanlovini estetik, ergonomik va ijtimoiy jihatdan toʻg‘ri yoʻnaltirishlari lozim. Trikotaj matolar elastikligi va yumshoqligi bilan ajralib turadi. Sport uslubidagi kiyimlar uchun ayniqsa qulay. Matoning fizik va mexanik xususiyatlari uni ma’lum turdagi kiyimlar uchun tanlashda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Xususan, trikotaj matolar oʻzining yuqori elastikligi, yumshoqligi va nafas oladigan tuzilishi bilan ajralib turadi. Bu jihatlar uni ayniqsa sport uslubidagi kiyimlar, kundalik faol kiyimlar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan kiyimlarda keng qoʻllanilishiga sabab boʻlmoqda.
1-rasm. Trikotaj matosida milliy ornamentli oʻsmirlar kiyimi eskizlari Trikotaj mato – toʻqima toʻr asosida tayyorlanadigan, iplar aylana yoki ketma-ket ilgaklar hosil qiladigan yumshoq, choʻziluvchan materialdir. Trikotaj matolar odatda uzunlamasiga 20-60%, enlamasiga esa 30-80% gacha choʻzilishga qodir boʻladi [3]. Deformatsiyadan soʻng tiklanish
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 410
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
qobiliyati yuqori, bu sport harakatlarida matoning shaklini saqlashiga yordam beradi. Silliqlik va yumshoqlik – bolalar va oʻsmirlar terisiga zarar yetkazmaydi, allergik reaksiyaga sabab boʻlmaydi. Uning xususiyatlarini koʻrib chiqamiz: choʻziluvchanlik – yaxshi elastiklik; iqlimga moslashuvchanlik – yozgi va bahorgi mavsumlar uchun mos; yumshoqlik – teri bilan bevosita aloqada qulaylik yaratadi; gigiyenik – havo oʻtkazuvchan, ammo suvni uncha yaxshi yutmaydi. Natijalar. Oʻsmirlar orasida mashhurligi sababli jinsidan tayyorlangan kiyimlar keng tarqalgan. Jinsi mato dastlab XIX asrda ishchi kiyimi sifatida yaratilgan boʻlsa-da, XX asrning oʻrtalaridan boshlab yoshlar madaniyatining ajralmas qismiga aylana boshladi. Bugungi kunda jinsi – universal, mustahkam, bardoshli va har qanday uslubda foydalanish mumkin boʻlgan mato sifatida tan olingan [4]. Ammo u har doim ham fiziologik qulaylikni ta’minlamaydi, jumladan: tarkibi – odatda paxta asosida, ba’zida elastan qoʻshiladi; chidamlilik – yuqori, uzoq muddat xizmat qiladi; havo oʻtkazuvchanligi – paxta jinsilarida yaxshi; moslashuvchanlik – harakatlanishda cheklov boʻlishi mumkin. Sintetik matolar (poliefir, neylon) narxi arzonligi, rang saqlovchanligi bilan afzallikka ega, ammo gigiyenik jihatdan kamchiliklarga ega.
gigiyeniklik – past, terlashni kuchaytirishi mumkin; chidamlilik – juda yuqori; yengillik – juda yengil, ammo elektrlanishga moyil; estetik koʻrinish – yorqin rang, silliqlik. Aralash tolali matolar – paxta va sintetik tolalar aralashmasidan tashkil topgan matolar muvozanatli xususiyatlarga ega, chidamlilik va gigiyeniklikning uyg‘unligi, rangning uzoq saqlanishi, narxning maqbulligi. 1-jadval. Trikotaj paxta tolali matoning kimyoviy, fizik va mexanik xususiyatlari
3-namuna toʻq
Laboratoriya jihozlari
1-namuna och
2-namuna oq
rangli jinsi Bundessman Rain Tester yomg’irlatish qurilmasi. (Tarozi KERN abJ-NM)
rangli jinsi
trikotaj
M=1.8792/3.6717
M=2.7005/10.2003
M=4.8261/8.6408
Digital martindall Abrosion and pilling Tester YG401B (1daqiqada 70 marta aylanadi)
Ishqalanishda qalinligi oʻzgarmadi - chidamli
Ishqalanishda qalinligi oʻzgarmadi - chidamli
Qalinligi= 0.8mm/0.6mm
Tarozi toshi=64 Nyuton/ 56 Nyutonda yirtildi Shu xususiyatlar tufayli oq rangli paxta trikotaj matosi yengil, yumshoq, havo oʻtkazuvchan va ekologik toza material sifatida kiyim-kechak va ichki kiyimlar uchun keng qoʻllaniladi. Munozara. Oqish gulli havo rangli trikotaj jinsi matoning kimyoviy, fizik va mexanik xususiyatlari quyidagicha: Matoning kimyoviy xususiyatlarini koʻrib chiqamiz. Kimyoviy tarkibini koʻradigan boʻlsak, asosan paxta (70-90%) va elastan yoki poliester (10-30%) aralashmasidan iborat. Kimyoviy chidamlilikka kislotalarga nisbatan oʻrtacha chidamliligi, ishqorlarga nisbatan chidamlilik yuqoriligi, organik erituvchilarga chidamlilik boʻyicha oʻrtacha darajada, ayrim erituvchilar (aseton,
Elmendorf Tearing Tester (YG-033A) (yirtilishga chidamliligini aniqlaydigan qurilma)
Tarozi toshi =64 Nyuton/ 4 Nyutonda yirtildi
Tarozi toshi=32 Nyuton/ 21 Nyutonda yirtildi
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 411
Технологии текстильной и легкой промышленности
benzol) zarar yetkazishi mumkin [5]. Yonuvchanlik boʻyicha paxta tarkibi yuqori boʻlsa, tez yonadi, sintetik tolalar boʻlsa, past haroratda eriy boshlaydi. Boʻyoqlarga moyillikda – paxta tolasi yaxshi boʻyoq qabul qiladi, sintetik tolalar esa maxsus boʻyoqlar talab qiladi. Paxta tolasi kimyoviy xususiyatlarini quyidagi jadvalda koʻramiz: 2-jadval. Trikotaj jinsi matoning kimyoviy xususiyatlari № Xususiyatlari Qiymat Oʻlchov birligi 1 Kimyoviy tarkibi (sellyuloza) 95-99% % 2 Nam shimish (gigroskopiklik) 8-12% % 3 Yonuvchanlik harorati ~150-200°C °C 4 Havo oʻtkazuvchanlik Juda yaxshi Sifat bahosi 5 Issiqlik oʻtkazuvchanlik Yaxshi Sifat bahosi 6 Optik aks ettirish qobiliyati Yuqori Sifat bahosi 7 Mustahkamlik (quruq holatda) 287-597 MPa MPa 8 Mustahkamlik (hol holatda) 0 holatda 20 %ga oshadi % 9 Choʻzilish foizi 3-10 % % 10 Bukilishga chidamlilik Oʻrtacha Sifat bahosi 11 Ishqalanishga chidamlilik Past Sifat bahosi 12 Yumshoqlik Yumshoq Sifat bahosi 3-jadval. Trikotaj jinsi matoning kimyoviy ta’sirlarga chidamliligi Xususiyat Izoh Kimyoviy tarkibi Asosan sellyuloza (95-99%) dan iborat Kislotalarga chidamlilik Kuchli kislotalar paxtani yemiradi (zaif chidamli) Ishqorlarga chidamlilik Kuchli ishqorlar biroz ta’sir qilishi mumkin (nisbatan chidamli) Organik erituvchilarga chidamlilik
Benzol, aseton kabi koʻpchilik erituvchilar ta’sir qilmaydi
Yonuvchanlik Oson yonadi va kul holida yoʻqoladi Boʻyoqlarga moyillik Reaktiv, direk va pigment boʻyoqlar bilan yaxshi boʻyaladi
2-rasm. Paxta tolali trikotaj matosining fizik xususiyatlari
Quyidagi grafikda paxta matosining asosiy fizik xususiyatlari baholangan. Har bir xususiyat 100 % lik tizimda ifodalangan:
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 412
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
4-jadval. Trikotaj paxta matoning fizik xususiyatlari
Fizik xususiyat Tavsifi Tuzilishi Yengil, elastik va yumshoq trikotaj toʻqilishi mavjud Gigroskopiklik 5–10% namni shimadi, bu paxta tolasi miqdoriga bog‘liq Issiqlik oʻtkazuvchanlik Paxta issiqlikni yaxshi oʻtkazadi, sintetik aralashmalar iliqlikni saqlaydi Havo oʻtkazuvchanlik Yaxshi, nafas oluvchi mato Optik xususiyatlari Yorug‘likni yaxshi aks ettiradi, oʻz rangini uzoq saqlaydi Trikotaj matolar, ayniqsa jersey yoki rib tipidagi toʻqimalar, yuqori elastiklik xususiyatiga ega. Ular deformatsiyalangandan keyin dastlabki shakliga qaytish qobiliyatiga ega boʻlib, bu ularni sport kiyimlari va faol harakatda boʻladigan oʻsmirlar uchun qulay qiladi. Yoʻnalishlar boʻyicha farq – uzunlamasiga choʻzilish pastroq (10–30%), kenglamasiga choʻzilish yuqori (50–100%) boʻlishi mumkin. Sintetik tolalar (masalan, elastan) qoʻshilishi bilan choʻzilish qobiliyati sezilarli darajada oshadi [6]. Trikotaj matolar toʻqish usuli tufayli toʻrli tuzilishga ega, bu esa ularni yumshoq qiladi, lekin toʻquv matolarga nisbatan biroz kamroq mustahkamlik beradi. Paxta asosidagi trikotaj: 200–600 MPa (quruq holatda). Aralash tolali trikotajlar (paxta + poliefir): kuchliroq, kam siqiladi, g‘ijimlanishga chidamli. Trikotaj matolar asosan silliq tuzilishga ega boʻlib, bu ularni ishqalanishga chidamli qiladi. Biroq zichligi past trikotajlar tez yirtilishi yoki teshib ketishi mumkin. Sintetik qoʻshimchalar ishqalanishga chidamlilikni sezilarli oshiradi. Sport kiyimlarida koʻp ishlatilishining sababi – yuqori ishqalanishga chidamliligi. Trikotaj matolar uzluksiz halqali toʻqilishdan iborat boʻlganligi sababli yirtilganda bir butun teshik boʻlishi oson, ammo ba’zida bu yirtilishni toʻxtatish uchun chekkalari maxsus tikiladi: ➢ elastan qoʻshilgan trikotajlar yirtilishga yaxshiroq bardosh beradi; ➢ tikuv ishlari paytida nozik ignalardan foydalanish tavsiya etiladi. Trikotaj matolar egilishga mos, g‘ijimlanishga chidamli boʻladi. Bu ularni kundalik va sayr uchun moslashtiradi. Yuvilgandan keyin oson tiklanadi, bug‘lab dazmollash oson boʻladi.
3-rasm. Trikotaj matosining fizik xususiyatlari Trikotaj matolar, ayniqsa elastik sintetik aralashmalar boʻlsa, uzoq vaqt shaklini yoʻqotmaydi. Bu kiyimda choʻzilib ketmasligini va yelkalarining osilib qolmasligini ta’minlaydi. Trikotaj matolar koʻproq elastik ip bilan tikiladi. Yoʻrmash mashinalarida ishlov berish tavsiya
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 413
Технологии текстильной и легкой промышленности
etiladi. Oson tikiladi, lekin kesishdan soʻng qirralar tez halqalanganligi sababli toʻqimasi yoyilib ketmasligi uchun qirralari mustahkamlanadi. Bu mato kuchli, elastik, nafas oluvchi va uzoq muddatli foydalanishga mos boʻlib, jinsi kiyimlar va sport kiyimlarida keng ishlatiladi. 5-jadval. Trikotaj paxta matoning mexanik xususiyatlari
Mexanik xususiyat Tavsifi Mustahkamlik Quruq holatda 300–600 MPa; Hoʻl holatda mustahkamligi 15–20% oshadi Elastiklik Sintetik tolalar sababli choʻzilish darajasi yuqori (10–20%) Yirtilishga chidamlilik Yuqori, ayniqsa elastan qoʻshilgan boʻlsa Bukilishga chidamlilik Oʻrtacha, yuvishdan keyin g‘ijimlanishi kam Ishqalanishga chidamlilik Yaxshi, tez eskirmaydi Yumshoqlik Yaxshi, teriga yoqimli Umumiy tavsif Bu mato kuchli, elastik, nafas oluvchi va uzoq muddatli foydalanishga mos boʻlib, jinsi kiyimlar va sport kiyimlarida keng ishlatiladi Bugungi kunda oʻsmirlar kiyimlarini loyihalashda mato tanlovi yoshga xos fiziologik, estetik va psixologik omillarni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, trikotaj va jinsi matolari oʻzining universal xossalari tufayli oʻsmirlar uchun eng maqbul materiallar sirasiga kiradi. Quyida ushbu matolarning afzalliklari zamonaviy fan va texnologiyalar nuqtai nazaridan yoritib beriladi. Trikotaj toʻqimasi ilmiy jihatdan eng moslashuvchan mato turlaridan biri boʻlib, bu oʻsmirlarning harakatga boy hayot tarzida erkinlikni ta’minlaydi. Elastik modulining pastligi tufayli trikotaj mato tana harakatlariga moslashadi, bu esa noqulaylikni kamaytiradi. Trikotaj matolar ochiq tuzilishga ega boʻlib, ular orqali havo aylanishi oson amalga oshadi. Bu xossa matoning gigiyenik darajasini oshiradi va terining nafas olishini ta’minlab, allergik reaksiyalarning oldini oladi. Quyidagi grafikda paxta matosining mexanik xususiyatlari 100 % lik tizimda baholangan:
4-rasm. Trikotaj matosining mexanik xususiyatlari Oʻsmirlar kiyimining ekspluatatsiya zichligini inobatga olgan holda, trikotaj matoning yuvishga chidamliligi va tez qurish qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir. Trikotaj matolar turli rang va fakturalarda ishlab chiqarilishi mumkin. Bu esa dizaynerlarga individual va zamonaviy uslubda kiyim yaratish imkonini beradi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 414
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Jinsi mato (denim) oʻzining toʻqima zichligi va tolalararo bog‘lanish kuchi bilan ajralib turadi. Uning mustahkamligi yuqori yuklamalarga bardosh beradi, bu oʻsmirlar uchun juda muhim, chunki ularning faol jismoniy harakatlari kiyimga katta talab qoʻyadi. Jinsi matolari yuvish va ishqalanishga nisbatan chidamli boʻlib, uzoq muddatli foydalanishda shaklini va sifatini saqlab qoladi. Jinsi mato – nafaqat amaliy, balki estetik jihatdan zamonaviy modaga mos keluvchi materialdir. Bugungi kunda denim nafaqat shimlar, balki kurtkalar, yubkalar, futbolkalar va hatto aksessuarlar uchun ham keng qoʻllaniladi. Jinsi kiyimlar oʻsmirlar orasida oʻziga xos “ozodlik” va “uslub” ramzi sifatida qabul qilinadi. Bu esa oʻsmirlarning oʻziga ishonchi va ijtimoiy moslashuvchanligini oshiradi. Xulosa. Trikotaj va jinsi matolarining fizik, mexanik, gigiyenik va estetik afzalliklari ularni oʻsmirlar kiyimlari uchun ideal materialga aylantiradi. Bugungi kunda moda va sog‘liqni saqlash talablarini birlashtira oladigan matolar aynan shu ikki turda mujassam boʻlib, ular oʻsmirlarning psixofiziologik ehtiyojlarini toʻliq qondiradi. Zamonaviy matolarni texnologik jihatdan takomillashtirish orqali bu afzalliklarni yanada kuchaytirish imkoniyati mavjud. Oʻsmirlar kiyimlarini ishlab chiqishda mato tanlovi ularning yosh xususiyatlari, faol hayot tarzi, teri sezuvchanligi va estetik didini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Paxta va trikotaj matolari gigiyena va qulaylik nuqtai nazaridan eng ma’qul tanlov sanaladi. Jinsi va sintetik matolar esa dizayn jihatdan afzal boʻlishi mumkin, ammo ularning har doim fiziologik qulaylikni ta’minlamasligi hisobga olinishi zarur. Aralash matolar esa har tomonlama muvozanatli yechim taklif etadi. Kelajakda ekologik toza, texnologik va moslashuvchan matolar asosida tayyorlangan kiyimlar oʻsmirlar salomatligiga va estetik didiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi
Adabiyotlar (9)
- 1. Nazarova, D.R. (2019). Oʻsmirlar kiyimlarini loyihalashda ergonomik yondashuv. Textile Journal of Uzbekistan, №3, 45–50.
- 2. GOST 10581-91. Tog‘aviy tola va iplar. Texnik shartlar. Moskva: Standart.
- 3. Антонова, Т.П. (2018). Материалы для одежды: свойства и применение. Санкт-Петербург: Политехника.
- 4. Qodirova, M.I., & Xusanova, Z.A. (2021). “Sintetik tolalarning kiyimdagi funksional xususiyatlarga ta’siri.” Yengil sanoat ilmiy-amaliy jurnali, №2 (8), 23-28 b.
- 5. ISO 13934-1:2013. Textiles – Tensile properties of fabrics – Part
- 1: Determination of maximum force and elongation at maximum force using the strip method.
- 6. Hasanov, I.B. (2022). Paxta matolarining ekologik va gigiyenik afzalliklari. Oʻzbekiston ilmiytexnik axborot byulleteni, №4, 60-65 b.
- 7. Fayzullayeva, N. (2020). Bolalar va oʻsmirlar kiyimlarini konstruksiyalash asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
- 8. Сидорова, Е.А. (2016). Сравнительная характеристика тканей для детской одежды. Легкая промышленность. Наука и технологии, №5, 33–37 б. Toʻxtayeva Zebo Sharifovna – Buxoro davlat texnika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, zebo-7171@mail.ru Abulova Parvina Ulug‘bekovna – Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 415