Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Buxoro viloyati hududida mavjud ekoturizm obyektlarini o‘rganish va tahlil qilish

RAXMONOV G'.F.

Выпуск
5-son
Страницы
455–461
Опубликовано
09.10.2025
Просмотры
2 7

Аннотации

В настоящее время экотуризм составляет четверть туристической отрасли и находится на пути роста. Следует отметить, что в водно-озёрных зонах экотуристического региона пустыни и равнин Бухарской области, где благоприятны природные условия и социально-экономические факторы, имеется возможность расширить маршруты экотуризма, создать новые, дать возможность экотуристам отдохнуть, подлечиться, попутешествовать, улучшить настроение с учетом интенсивности природных процессов, уровня влажности и тепла.

Литература (19)

  1. 1. M.E. Trenkel, Slow-and controlled-release and stabilized fertilizers: an option for enhancing nutrient use efficiency in agriculture, IFA, International fertilizer industry association, 2010.
  2. 2. T. Zheng, et al., Superabsorbent hydrogels as carriers for the controlled-release of urea: eperiments and a mathematical model describing the release rate, Biosyst. Eng. 102 (1) (2009) 44–50.
  3. 3. D. Rindt, G. Blouin, J. Getsinger, Sulfur coating on nitrogen fertilizer to reduce dissolution rate, J. Agric. Food Chem. 16 (5) (1968) 773–778.
  4. 4. Azeem, Babar & ku shaari, ku zilati & Man, Zakaria & Basit, Abdul & Trinh, Thanh. (2014). Review on Materials & Methods to Produce Controlled Release Coated Urea Fertilizer. Journal of Controlled Release. 181. 10.1016/j.jconrel.2014.02.020.
  5. 5. Shamshod F.F., R.A.Maxmudov., Tut ipak qurti g‘umbagini geksan erituvchisi yordamida ekstraksiyalashdan so‘ng hosil bo‘lgan ikkilamchi xomashyoni SEM (skanerlovchi elektron mikroskop) tahlili , Cборник трудов международной научно-технической конференции 2324 мая 2024 года, Ташкент, Узбекистан. C.293-295 https://doi.org/10.5281/zenodo.11216200
  6. 6. Махмудов, Рафик Амонович, Фатиллоев Шамшод Файзулла Угли. "Изучение макро и микроэлементного состава отходов, получаемых на предприятиях по переработке шелковичного сырья." Universum: технические науки 6.2 (119) (2024): 46-49.
  7. 7. Фатиллоев Ш, Махмудов Р. “Эффективное использование куколок тутового шелкопряда.” Development of science, 2024/ 1 volume
  8. 1.P.8-14 BUXORO VILOYATI HUDUDIDA MAVJUD EKOTURIZM OBYEKTLARINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH Raxmonov G‘.F. Buxoro davlat texnika universiteti Annotatsiya. Hozirgi vaqtlarda ekoturizm, turizm industriyasining to‘rtdan bir qismini qamrab olgan bo‘lib, o‘sish tendensiyalari bo‘yicha ilgarilab bormoqda. Ta’kidlash lozimki, Buxoro viloyatining cho‘l va tekislik hududlari ekoturistik rayonining suv va ko‘l hududi qismida tabiiy sharoit va iqtisodiy-ijtimoiy omillar qulay bo‘lgan joylarida tabiiy jarayonlar jadalligini va namlik va issiklik darajasini inobatga olgan holda ekoturistik marshrutlarni kengaytirish, yangilarini tashkil etish va ekoturistlarni dam olib, davolanib, sayr-sayohatda bo‘lib, kayfiyatlarini yaxshilashlari imkoniyati mavjud. Kalit so‘zlar: aerosiyomka, botigʻi, “Do‘stlar klubi”, sayyoh, marshrutlar. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025
  9. Точные и гуманитарно-экономические науки ИЗУЧЕНИЕ И АНАЛИЗ СУЩЕСТВУЮЩИХ ОБЪЕКТОВ ЭКОТУРИЗМА В БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ Рахмонов Г.Ф. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В настоящее время экотуризм составляет четверть туристической отрасли и находится на пути роста. Следует отметить, что в водно-озёрных зонах экотуристического региона пустыни и равнин Бухарской области, где благоприятны природные условия и социально-экономические факторы, имеется возможность расширить маршруты экотуризма, создать новые, дать возможность экотуристам отдохнуть, подлечиться, попутешествовать, улучшить настроение с учетом интенсивности природных процессов, уровня влажности и тепла. Ключевые слова: аэросъёмка, нижний, клуб друзей, турист, маршруты. STUDY AND ANALYSIS OF EXISTING ECOTOURISM FACILITIES IN THE BUKHARA REGION. Rakhmonov G.F. Bukhara state technological university. Abstract. Ecotourism currently accounts for a quarter of the tourism industry and is on a growth path. It should be noted that in the water-lake zones of the ecotourism region of the desert and plains of the Bukhara region, where natural conditions and socio-economic factors are favorable, there is an opportunity to expand ecotourism routes, create new ones, give ecotourists the opportunity to relax, get treatment, travel, improve their mood, taking into account the intensity of natural processes, the level of humidity and heat. Keywords: Aerial photography, lower, Friends Club, Tourist, routes. Buxoro viloyati o‘zining boy madaniy tarixi evaziga mamlakatimizdagi еtakchi turistik markaz hisoblanadi. Bu viloyatda turizmning tarixiy, arxitektura, arxeologiya va ziyorat turizmi kabi turlari yaxshi rivojlangan. [1,2] 1-manba: Buxoro viloyati Olot tumani hududida mavjud “Dengizko‘l” tabiiy ko‘li. 2-manba: Buxoro viloyati Olot tumani hududida mavjud “Sho‘rko‘l” tabiiy ko‘li. 3-manba: Buxoro viloyatida joylashgan “Jayron” qo‘riqxonasi. 4-manba: Buxoro viloyati Shofirkon tumanida mavjud tabiiy “Oyoqogʻitma” koʻli. 5-manba: Buxoro viloyati Peshko‘ va Romitan tumani hududida mavjud “Qoraqir” ko‘li. Buxoro viloyati Olot tumani hududida mavjud “Dengizko‘l” tabiiy ko‘li – Buxoro viloyati Olot tumanidagi ko‘l. O‘rta asrlarda «Borgini farox», ya’ni «Katta ko‘l» deb yuritilgan. Yozma manbalarida Dengizko‘l «Qorako‘l», «Buxayrayi Somjan» («Somjan ko‘li») nomlari bilan atalgan. 1-rasm. Buxoro viloyati hududida ekoturizm tashkil qilinishi mumkin bo‘lgan manbalar bo‘yicha xarita “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  10. Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар Arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan O‘rta Osiyo xaritasida «Baxr ul-Buxoro» («Buxoro dengizi») nomi bilan ko‘rsatilgan. Muhammad Narshaxiy bu ko‘l haqida «kengligi yigirma farsax (140—160 km) bo‘lib, Buxoro daryosining ortiqcha suvi shu ko‘lga yig‘ilgan, unda suv jonivorlari kup, butun Xurosonda bu еrdagidek miqdorda qush va baliq tutilgan emas», deb yozgan. Ko‘l viloyatning janub tomonida joylashgan bo‘lib chekkasidagi (Zarafshon daryosining quyi oqimida) tektonik botiqda, dengiz sathidan 181,5 m balandda joylashgan. Dengizko‘lga bir qancha kollektor-zovurdan keladigan tashlama suv va ekin maydonlarini sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan sizot suvi kelib quyiladi. 2-rasm. Buxoro viloyati Olot tumani hududida mavjud “Dengizko‘l” tabiiy ko‘lining aerotasviri. Zarafshon daryosining asosiy tarmog‘i – Toyqir ham to‘linsuv davrida ko‘lgacha еtib boradi. Dengizko‘ldan suv oqib chiqmaydi, sarflanish asosan bug‘lanish va qisman shimilish hisobiga kechadi. 60-yillar va 70-yillarning boshlarida Dengizko‘lning maydoni va chuqurligi tez-tez o‘zgarib turgan: suv ko‘p quyilgan davrlarda ko‘lning maydoni. 80–100 km2, chuqurligi. 1,0–1,5 m, yoz oxirida esa tegishlicha – 40-60 km2 va 25-30 sm bo‘lgan. 70-80-yillarda Buxoro viloyatining janub tomonida yangi еrlarning o‘zlashtirilishi va oqova suvlar miqdorining ortishi natijasida Dengizko‘l yildan yilga kattalasha bordi. 80-yillarning oxiri (1987)da uzunligi 43,3 km, eng keng joyi — 9 km, eng chuqur joyi 22 m, suv yuzasi mayd. 267 km2, suv hajmi – 2,7 km3 bo‘lgan. Bu qiymatlar suv sathi tebranishiga mos ravishda yil davomida o‘zgarib turadi: kuzda bug‘lanish kamaygach, suv muvozanati turg‘unlashadi, so‘ng suv sathi yana orta boradi. Dengizko‘l kollektorzovur suvlari hisobiga to‘yinadi. Yozda bug‘lanish ancha kuchli. Dengizko‘lda shamol ta’sirida to‘lqinlar kuzatiladi. Suvi juda sho‘r, ko‘lning tubi ayrim joylarda 0,5 m gacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan. Dengizko‘l suvi shifobaxsh. Yilning yoz faslida yurtimizning ko‘p hududlaridan odamlar har xil teri kasalliklari va boshqa kasalliklardan forig‘ bo‘lish uchun borishadi
  11. [4]. Olot tumanidagi qaynoq qum va tuz: jaziramada darddan forig‘ bo‘lish sirlari: Olot tumanida joylashgan, shifobaxsh tuz ko‘li haqida eshitganmisiz? U Turkmaniston chegarasining yaqinida joylashgan. Hudud Buxoro viloyat markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. (Elektron xaritadan foydalanadiganlar 39°14’40.84’’ – shimoliy kenglik, 69°42’16.00’’ – sharqiy uzunlik koordinatalarini kiritishlari mumkin). Bu еrda qadimiy ko‘lning tuzga aylangan qoldiqlari bor. Faqatgina yoz faslida – saraton oyining chillasida 40 kuncha bu еr shifotalablar bilan gavjum bo‘ladi. Quyosh nurlari qumga urilib, atrofni tandirdek qizitgan, garmsel esib turardi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025
  12. Точные и гуманитарно-экономические науки Alohida qayd etish joiz, yilning qolgan oylarida qum soviydi va kerakli samarani bermaydi. Shu sababli bu maskan faqat mavsumiy faoliyat ko‘rsatadi – 20-iyundan 1- avgustgacha gavjum bo‘ladi, xolos. Bemorlar shu еrdagi ko‘plab o‘tovlardan birida yotib qolib davolanishlari ham mumkin. Ayrimlar Olot shahridagi mehmonxonalarda tunashadi yoki Buxorodan qatnab davolanishadi. Bu еrga respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan shifotalab insonlar kelishadi. Ushbu tabiat in’omlaridan oqilona foydalanish va asrash maqsadida kelgusida mavsumiy va nomavsumiy ekoturizm zonalarini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman. Buxoro viloyatida joylashgan yana bir noyob ekoturizm obyektlaridan biri bu “Jayron” qo‘riqxonasi, 1977 – yilda barpo etilgan bo‘lib muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega. Bugungi kunda qo‘riqxonaning maydoni 16,5 ming gektarni tashkil qiladi va undagi hayvonlar yarim erkinlik sharoitda parvarish qilinadi. 3-rasm. Olot tumanidagi qaynoq qum va tuz bilan davollanadigan maskan. Ekologik markazni yaratish jarayonida noyob hayvonlar yashashi uchun yaroqli ulkan hudud simto‘r bilan o‘ralgan va hayvonlar, shu jumladan, jayronlarni, qishloqlardagi mahalliy aholi va Qizilqum cho‘li kengliklaridan yig‘b kelindi. O‘sha paytlarda ko‘plab oilalar jayronlarni tovuslar kabi uylarida bezak sifatida saqlashar edi. Hudud noqonuniy ovchilar va bosqinchilardan himoya qilina boshlagan. 4-rasm. Buxoro viloyatida joylashgan “Jayron” qo‘riqxonasining g‘arbiy qismidan olingan fotosurat “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  13. Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар Qo‘riqxonada Amu-Buxoro kanali kelib quyiladigan ko‘llar mavjud bo‘lganligi uchun hayvonlar doimo ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bugungi kunda ekomarkaz hududi katta sur’atlar bilan obodonlashtirilmoqda. Tez kunlarda noyob hayvonlarni tomosha qilish imkonini beruvchi qo‘shimcha sayyohlik yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan. O‘rta Osiyoda yashovchi yovvoyi otlarning kenja turi - Prjevalskiy otlarini tomosha qilish – kishiga katta zavq bag‘ishlaydi. Bunday otlar juda noyob bo‘lib hozirgi kunda dunyoda ularning taxminan ikki ming donasi saqlanib qolgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutaxassislari “Jayron” qo‘riqxonasi ekoturistik salohiyati juda yuqori deb hisoblaydi. Ixtisoslashtirilgan qo‘riqxonada ko‘plab imkoniyatlar mavjud, bu еrda xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi zamonaviy tashrif markazi (visitor center), kuzatuv minoralari va muzey barpo qilingan. Mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratish maqsadida qo‘riqxonada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, uning tarixi haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Buxoro viloyatidagi “Jayron” qo‘riqxonasiga barcha hududlarning maktab o‘quvchilari, akademik kollej va litseylar o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ekskursiyasini yo‘lga qo‘yishga doir maxsus dastur ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur asosida o‘quvchi va talabalarning rejali tashriflari amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Buxoro va boshqa hududlarning mahalla hamda mehnat jamoalari vakillari uchun arzon narxlarda maxsus turlar ishlab chiqiladi. Qo‘riqxonada keng qamrovli ilmiy ishlar o‘tkazilishidan kelib chiqib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishib oldik – har yili xorijiy mamlakatlar olimlarini jalb qilgan holda xalqaro anjumanlar va ilmiy konferensiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
  14. [6]. Buxoro viloyati Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari hududida mavjud tabiiy “Oyoqogʻitma” koʻli — Buxoro viloyati shimolidagi Oyoqogʻitma qishlogʻi yaqinidagi koʻl. Oyoqogʻitma botigʻida. Oyoqogʻitma koʻliga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil boʻlgan Shoʻrkoʻl kollektori quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km² gacha ortadi, shu vaqtda chuqurligi 10 m dan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Suvi shoʻr. Baliqlarning sazan, doʻngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi, atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy. Ko‘l viloyatning shimol tomonida joylashgan bo‘lib chekkasidagi Oyoqogʻitma koʻliga bir qancha kollektor-zovurdan keladigan tashlama suv va ekin maydonlarini sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan sizot suvi kelib quyiladi. To‘linsuv davrida ko‘lgacha еtib boradi. Oyoqogʻitma koʻlidan suv oqib chiqmaydi, sarflanish asosan bug‘lanish va qisman shimilish hisobiga kechadi. Oyoqogʻitma koʻli kollektor-zovur suvlari hisobiga to‘yinadi. Yozda bug‘lanish ancha kuchli. Oyoqogʻitma koʻlida shamol ta’sirida to‘lqinlar kuzatiladi. Suvi juda sho‘r, ko‘lning tubi ayrim joylarda 0,5 m gacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan. Ko‘l shifobaxsh еr-osti qaynoq suv hisobiga ham to‘yinadi. Bu qaynoq suv yurtimizning ko‘p hududlaridan odamlar har xil teri kasalliklari va boshqa kasalliklardan forig‘ bo‘lish uchun borishadi. 5-rasm. Buxoro viloyati Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari hududida mavjud “Oyoqogʻitma” koʻli yon-bag‘ridagi harorati
  15. 75 C ga еtadigan issiq buloq “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025
  16. Точные и гуманитарно-экономические науки 6-rasm. “Oyoqogʻitma” koʻlining aerotasviri “Oyoqogʻitma koʻli” qirg‘oqlarida “Do‘stlar klubi” tashkil etilishi. Jonivorlar sonining ko‘payishi ozuqa zaxiralari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Uni hal qilish uchun “Oyoqogʻitma koʻli” qirg‘oqlarida “Do‘stlar klubi”ni – jonivorlarni yaxshi ko‘radigan kompaniyalar hamjamiyatini tashkil etdi, ularning xayriya yordamlari ozuqa sotib olishga sarflanadi. 7-rasm. “Oyoqogʻitma” koʻliga suv quyilish qismi “Oyoqogʻitma koʻli” hududida “Do‘stlar klubi” ochildi. Bu jonivorlarni yaxshi ko‘radigan kompaniyalarning hamjamiyati bo‘lib, ularning ixtiyoriy badallari jonivorlarni ochlikdan nobud bo‘lishdan qutqaradi. Qo‘riqxonaning ayni damdagi tabiiy ozuqa bazasi jami 1135 ta bo‘lgan jonivorlarning faqat ma’lum qismiga еtadi. Hayvonlarga butun yil davomida qo‘shimcha ozuqa berib turiladi. Noyob ko‘lni qo‘llab-quvvatlab, ushbu ko‘l tufayli O‘zbekistonning nodir jonivorlari qirilib ketmaydi, balki qulay sharoitlarda yashaydi hamda ko‘payadi. 8-rasm. Buxoro viloyati Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari hududida mavjud “Oyoqogʻitma” koʻli hududida yashovchi noyob, yovvoyi qushlar tasviri “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025
  17. Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар “Qoraqir” ko‘lidagi ekoturizm maskani. Бuxoro viloyati hududga tashrif buyuradigan mehmonlarni nafaqat o‘zining qadimiy jozibadorligi bilan, shuningdek, turli agro-ekoturizm manzillari orqali maftun eta oladi. “Qoraqir” ko‘li Buxoro shahridan 40 km oraliq masofada joylashgan “Bukhara Hunting” mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tashkil etilgan mazkur sayyohlik markazi ayniqsa, ov turizmiga ixtisoslashtirilgan. Maydoni 12 ming gektarni tashkil etadi. Shuningdek, ushbu manzil tashrif buyuradigan mehmonlar uchun baliq ovida qatnashish, tabiat qo‘ynida ot va tuyalarda sayr qilish, yovvoyi hayvonlarni ovlash, shifobaxsh buloqlarda cho‘milish kabi ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Bunda yuqori sifatli xizmatlar mehmonlarga qulaylik yaratib, sayohatlarning ajoyib va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lishi bilan ajralib turadi. Shu o‘rinda, respublika ishchi guruhi tomonidan mazkur hududning kelgusidagi samarali faoliyati borasida alohida to‘xtalib, mas’ullar tomonidan qo‘shimcha taklif va tashabbuslar berildi. 9-rasm. “Qoraqir” ko‘lidagi ekoturizm maskani va tabiati, shuningdek, aerotasviri. Xulosa. Jahon turizm tashkiloti (JTT) ekologik turizmga qisqacha quyidagicha ta’rif bergan: “Ekologik turizm tabiat turizmining barcha shakllarini o‘z ichiga oladi, bunda turistlarning asosiy intilishlari tabiatni kuzatish va u bilan muloqotda bo‘lish hisoblanadi”. Sayyohlarning ekoturizmga qiziqishi ularni tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylashga bo‘lgan munosabatini mustahkamlashga xizmat qiladi. “Ekoturizm-bu tabiatga yo‘naltirilgan turizm turi bo‘lib, o‘z ichiga ekologik ta’lim va ma’rifatni qamrab oluvchi hamda ekologik barqarorlik tamoyillari asosida amalga oshiriluvchi turizm shaklidir”. Darhaqiqat “Dengizko‘l” atrofida ekologik markazida ham mahalliy va xorijlik turistlar uchun qiziqarli marshrut va dasturlar tuzish, o‘quvchi yoshlar uchun ochiq darslarni tabiat qo‘ynida o‘tkazish hamda talabalar bilan ekoekspeditsiyalar tashkil qilish yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantiradi. Xuddi shunday “Dengizko‘l” atrofida, ekologik markazida ham zarur bo‘lgan marshrutlar davomida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun ot, yo‘ltanlamas avtomobillar, kvadrosikl, live-kameralar, fotoqopqonlar ijarasini yo‘lga qo‘yish, markaz hududida bir necha kuzatuv minorasi va ular bo‘yicha maxsus marshrutni yaratish orqali sayyohlar sonini oshirishga erishish va yuqori daromad olish mumkin
  18. [5] Foydalanilgan adabiyotlar.
  19. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 458