Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Sut mahsulotlarini saqlashning mikroiqlim parametrlarini intellektual boshqarish tizimini ishlab chiqish

SABIROV U.K., OQILOV A.

Issue
1-son
Pages
213–221
Published
01.02.2025
Views
4 7

Abstracts

In this study, the effect of temperature and relative humidity was investigated in order to determine the optimal microclimate parameters for the storage of dairy products. The results of the study showed that to ensure the quality and microbiological safety of dairy products, the temperature should be between 273 K (0°C) and 279 K (6°C) and the relative humidity should be between 75% and 90%. The results of the research show the possibilities of extending the shelf life of dairy products, reducing waste and improving the overall quality by optimizing the microclimatic conditions.

Article Content

Kirish. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini sifatli saqlash va yil davomida iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega. Bu sifatini tez o‘zgartiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini, ayniqsa sut va sut mahsulotlarini sifatli saqlash muammosini shakllantiradi. Ushbu muammoning zamonaviy yechimlaridan biri - sut va sut mahsulotlarini saqlash jarayonining intellektual boshqarish tizimini tadqiq etish va ishlab chiqishdir. Sut va uning mahsulotlari, iste’molchilarga yetkazib berishdan oldin, saqlash omborxonalari orqali o‘z sifatini saqlab qolishi zarur. Biroq, saqlash jarayonida mikrobiologik xavf va sifatni pasaytiruvchi omillar ko‘payishi mumkin, bu esa ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Mikroiqlim, saqlash omborlarida havo harorati, namlik, gaz tarkibi va boshqa fizikkimyoviy parametrlar bilan belgilanadi. Ushbu omillar, sut mahsulotlarining sifatini va ularning uzoq muddatli saqlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy boshqarish usullari ko‘pincha noaniqlik va murakkabliklarga duch keladi, bu esa samarali nazoratni qiyinlashtiradi va ishlab chiqarish jarayonida muammolarni keltirib chiqaradi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 211 Технологии пищевой промышленности Yuqorida ta’kidlangan muammolarning samarali yechimini noqat’iy mantiqqa asoslangan intellektual boshqaruv tizimini ishlab chiqish asosida ta’minlash mumkin. Noqat’iy mantiq, noaniq va murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilishda yordam beradigan zamonaviy texnologiyalardan biridir. U, inson tajribasini va bilimlarini kompyuter tizimlariga kiritish imkonini beradi, bu esa mikroiqlimni boshqarish jarayonini yanada samarali va aniq qiladi. Noqat’iy mantiq, an’anaviy mantiqiy tizimlardan farqli o‘laroq, “ha” yoki “yo‘q” kabi qat’iy qarorlar o‘rniga, ma’lumotlarni “qisman to‘g‘ri” yoki “qisman noto‘g‘ri” sifatida baholash imkonini beradi. Bu, murakkab tizimlar va noaniq sharoitlarda qaror qabul qilish jarayonini soddalashtiradi. Maqsad, ushbu tizim yordamida ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, mahsulotlarining sifatini saqlash va ularning uzoq muddatli saqlanishini ta’minlashdir. Bu, nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, balki sanoatining raqobatbardoshligini ham ta’minlaydi. Noqat’iy mantiqning ahamiyati, uning qaror qabul qilish jarayonida noaniqliklarni hisobga olish qobiliyatida yotadi. Masalan, sutning mikrobiologik sifatini baholashda, har bir parametr (masalan, harorat, pH darajasi, mikroblar yuklamasi) o‘zgarishi bilan birga, umumiy sifatni baholashda noaniq va murakkab munosabatlar mavjud. Noqat’iy mantiq yordamida, ushbu parametrlar o‘rtasidagi munosabatlar “IF-THEN” qoidalari orqali ifodalanadi, bu esa tizimga aniq va ishonchli natijalar berishga imkon yaratadi. Bu, nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, balki iste’molchilar uchun yuqori sifatli va xavfsiz mahsulotlarini taqdim etish imkonini beradi. Mikroiqlim omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotlar uchun muhim ahamiyatga ega. Sut mahsulotlari, o‘zining tabiiy xususiyatlari va sifatining tez buzilishi sababli, optimal mikroiqlim sharoitida saqlanishi zarur. Mikroiqlimning asosiy parametrlariga harorat, namlik va havoning sifati kabi parametrlar kiradi. Ushbu parametrlar sut mahsulotlarining sifatini va saqlash muddatini belgilaydi. Harorat, sut mahsulotlarining mikrobiologik barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Haroratning yuqori darajalari, bakteriyalar va mikroorganizmlarning ko‘payishiga olib keladi, bu esa mahsulotning tez buzilishiga sabab bo‘ladi [1]. Masalan, sutni 6 °C dan yuqori haroratda saqlash, uning sifatini sezilarli darajada pasaytiradi [2]. Namlik ham muhim parametr hisoblanadi. Sut va sut mahsulotlari uchun ideal namlik darajasi 75-90% atrofida bo‘lishi kerak. Yuqori namlik, mikroorganizmlarning ortishiga olib keladi, bu esa buzilish jarayonini tezlashtiradi [3]. Shuningdek, namlik darajasi past bo‘lsa, sut mahsulotlarida quruqlik va nordon ta’m paydo bo‘lishi mumkin [4]. Havoning aylanmasi omborxonalarda to‘plangan namlik va issiqlikni tarqatishda muhim ahamiyatga ega. Yaxshi havo almashinuvi, mikroiqlimni boshqarish va mahsulotning sifatini saqlashda yordam beradi. Havoning yetarli darajada aylanishi, ayniqsa, yuqori harorat va namlik sharoitida muhimdir [5]. Ko‘plab tadqiqotlar, mikroiqlimni boshqarishning ahamiyatini va uni samarali boshqarish uchun noqat’iy tizimlarning rolini ko‘rsatadi. Misol uchun, Didi Faouzi, N. Bibi-Triki, B. Draoui, A. Abene L, Vang, X. Chjan, Shafiq va boshq. Tadqiqotlarida [7] noqat’iy mantiq yordamida mikroiqlim parametrlarini optimallashtirish orqali sut mahsulotlarining sifatini saqlashda ijobiy natijalar kuzatilgan. Ularning tadqiqotlari, noqat’iy tizimlar orqali mikroiqlimning boshqarilishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Harorat, namlik va havo aylanishi kabi parametrlarni to‘g‘ri boshqarish, mahsulotlarning buzilishini oldini oladi. Ushbu tadqiqotda sut mahsulotlarini saqlovchi omborxonalardagi mikroiqlimni boshqarish uchun noqat’iy mantiq tizimlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilgan. Tadqiqot jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat. Birinchi bosqichda omborxonalarda saqlash sharoitlari haqida ma’lumotlar yig‘iladi. Bu ma’lumotlar sut mahsulotlarining harorati, namligi va havoning aylanmasi kabi mikroiqlim parametrlarini o‘z ichiga oladi. Harorat va namlikni o‘lchash uchun sensorlar va avtomatlashtirilgan o‘lchov tizimlari qo‘llaniladi [8; 9]. Keyingi bosqichda yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalanib, harorat va namlik uchun tegishlilik funktsiyalari yaratiladi. Har bir parametr uchun noqat’iy to‘plamlar aniqlanadi, masalan, harorat juda sovuq, sovuq, o‘rtacha, iliq va issiq; namlik esa juda quruq, quruq, qulay, nam va juda nam sifatida belgilanishi mumkin. Tegishlilik funktsiyalari yaratishda, har bir to‘plam uchun mos matematik formulalar ishlab “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 212 Озиқ-овқат саноати технологиялари chiqiladi (Zadeh, 1965) [10]. Uchinchi bosqichda noqat’iy tizimlar yordamida mikroiqlimni boshqarish uchun qoidalar ishlab chiqiladi va bu qoidalar intellektual boshqaruv tizimining qoidalar bazasini tashkil etadi. Masalan, agar harorat va namlik yuqori bo‘lsa, havoning aylanishini oshirish kerak. Bu qoidalar tajribali mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan belgilangan va noqat’iy qoidalar bazasiga kiritilgan [11]. Keyinchalik noqat’iy a’zolik funktsiyalari va qoidalar asosida noqat’iy xulosa tizimi (FIS) yaratiladi. Bu tizim, kiruvchi parametrlar (harorat va namlik) asosida chiqish parametrlarini (havoning aylanishi) hisoblash imkonini beradi. Chiqish tizimi sifatida TakagiSugeno yoki Mamdani usuli qo‘llanilishi mumkin [12]. Yaratilgan noqat’iy xulosa tizimi real sharoitlarda sinovdan o‘tkaziladi. Sinov jarayonida omborxonaning mikroiqlim sharoitlari monitoring qilinadi va noqat’iy tizim tomonidan berilgan tavsiyalar (masalan, haroratni pasaytirish yoki havoning aylanishini oshirish) amalga oshiriladi. Natijalar mahsulotlarning sifatini saqlash va saqlash muddatini uzaytirish bo‘yicha tahlil qilinadi [13]. Eksperiment natijalari statistik tahlil orqali o‘rganiladi. Noqat’iy tizimning samaradorligi va mahsulotlarning sifatini saqlashdagi ta’siri baholanadi. Natijalar grafiklar va jadvallar yordamida taqdim etiladi, bu esa noqat’iy tizimning mikroiqlimni boshqarishdagi muvaffaqiyatini ko‘rsatadi [14]. Tadqiqot yakunida noqat’iy mantiq asosida mikroiqlimni boshqarishning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Kelajakda bu metodologiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi [15]. Ushbu metodologiya noqat’iy mantiq tizimlari yordamida omborxonalardagi mikroiqlimni samarali boshqarish imkoniyatlarini ochib beradi. 1-rasmda umumiy noqat’iy mantiqqa asoslangan boshqaruv tizimi ko‘rsatilgan [18]. Noqat’iy mantiq tizimini ishlab chiqishda to‘rtta kirish va bitta chiqishga ega tizim ishlab chiqilgan. Noqat’iy tizimlar - bu noaniq “agar-u holda” qoidalarini tuzish va nochiziqli funksiyani bilimlar bazasiga aylantirish uchun tizimli jarayonni ta’minlash orqali yaratilgan bilimga asoslangan tizimlar[16]. Noqat’iy mantiq nazariyasi orqali ekspert bilimlari “agar-u holda” qoidalaridan foydalangan holda kompyuter tizimlariga aylantiriladi. Fazzifikatsiya jarayonida har bir kirish uchun ma’lum intervallar berilgan, ular 4 guruhga bo‘lingan. Xuddi shu jarayon chiqishda amalga oshiriladi va butun tizim identifikatsiyadan chiqariladi. Tizimning chiqishi sifatida noqat’iy kirishga ega bo‘lgan tizimda ma’lum bir chiqish ham lingvistik, ham raqamli jihatdan olingan. Noqat’iy mantiqni boshqarish tizimi to‘rtta blok yordamida ishlab chiqilgan. Birinchisi, aniq kirish qiymatini kirishga a’zolik darajasini belgilash orqali noqat’iy qiymatga aylantiradigan fazzifikatsiya bloki. Keyin, ikkinchi blok - bu agar-u holda bloki asosida fuzzifikatsiyalangan kirishlardan noaniq natijani chiqaradigan xulosa chiqarish mexanizmi. Agar-u holda qoidalari foydalanuvchi tomonidan ular orasidagi matematik munosabatni ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan kirish va chiqishlarning barcha tegishli kombinatsiyalarini o‘z ichiga olgan qoidalar bazasidir [17]. Tegishlilik funktsiyalari asosida noqat’iylashtirilgan kirish va chiqishlar turli to‘plamlarga taqsimlanadi. Tekshirish moslamasi xulosa mexanizmi yaratgan noqat’iy chiqishdan olingan aniq chiqishni ta’minlaydi. Xulosa qilish mexanizmining chiqishini noqat’iy dan aniqga aylantirish defazzifikatsiya jarayoni orqali amalga oshiriladi. Mutaxassislar (ekspertlar) sut mahsulotlarini saqlashda optimal mikroiqlim parametrlarini ilmiy tadqiqotlar natijasida, ushbu mahsulotlarning saqlanish sifati va ularning mikrobiologik xususiyatlarini saqlab qolish uchun omborxonalardagi harorat 273 K (0°C) dan 279 K (6°C) gacha bo‘lishi kerakligi aniqlangan. Shuningdek, saqlash jarayonida nisbiy namlik ko‘rsatkichi 75% dan 90% gacha bo‘lishi talab qilinadi. Ushbu namlik diapazoni sut mahsulotlarining namligini saqlash, 1-rasm. Noqat’iy mantiqiy boshqaruv tizimi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 213 Технологии пищевой промышленности qotib qolishini oldini olish va mikrobiologik xavfsizligini ta’minlash uchun zarurdir. Shu bilan birga, yuqori namlik mahsulotning ichki tuzilishiga zarar yetkazmaslik uchun muhim. Ushbu ekspertlarga tayangan holda, biz mazkur parametrlarni noqat’iy to‘plamlarga ajratdik. Bu yondashuv harorat va namlik kabi omillarni noaniq miqdoriy qatorlarda tahlil qilish imkonini beradi. Sut mahsulotlarini saqlashda mikroiqlim parametrlarini noqat’iy to‘plamlarga ajratish, har bir parametr uchun 5 toifadan iborat bo‘lishi mumkin. Bu noqat’iy to‘plamlar yordamida harorat, nisbiy namlik, havo almashinuvi va havo tozaligini noaniq miqdoriy qatorlarda aniqlaydi. Quyida ushbu to‘plamlar keltirilgan: 1. Harorat • Juda Sovuq: 270 K – 273 K (−3°C – 0°C) • Sovuq: 273 K – 276 K (0°C – 3°C) • Iliq: 276 K – 279 K (3°C – 6°C) • Issiq: 279 K – 282 K (6°C – 9°C) • Juda Issiq: 282 K – 285 K (9°C – 12°C) 2. Nisbiy namlik • Juda Quruq: 50% – 60% • Quruq: 60% – 70% • Meyor: 70% – 80% • Nam: 80% – 90% • Juda Nam: 90% – 100% 2-rasm. Tegishlilik funktsiyalariga nisbatan harorat noqat’iy to‘plamlar. Ushbu rasmda har xil harorat diapazonlari “Juda sovuq” (Very cold), “Sovuq” (Cold), “Iliq” (Warm), “Issiq” (hot) va “Juda issiqlik” (Very hot) kabi toifalarga qanday tasniflanganligi ko‘rsatilgan. Juda issiq). X o‘qi Kelvindagi 270 K dan 285 K gacha bo‘lgan haroratni ifodalaydi, bu -3 ° C dan 12 ° C gacha. 0 dan 1 gacha bo‘lgan y o‘qi tegishli Noqat’iy to‘plamdagi har bir harorat qiymati uchun a’zolik darajasini ko‘rsatadi. Masalan, “Juda sovuq” toifasida 270 K dan 273 K gacha boʻlgan haroratlar toʻliq aʼzolikka ega (aʼzolik qiymati 1), yaʼni ular toʻliq “Juda sovuq” deb tasniflanadi, bu diapazondan tashqaridagi haroratlar esa bu noqat’iy haroratga tegishli emas. Xuddi shunday, boshqa harorat diapazonlari ham grafik chiziqlarda ko‘rsatilgandek o‘tishga ega bo‘lgan tegishli to‘plamlarga tasniflanadi. Ushbu rasmda X o‘qi 50% dan 100% gacha bo‘lgan nisbiy namlikni foiz sifatida ifodalaydi, y o‘qi esa harorat jadvali kabi 0 dan 1 gacha bo‘lgan a’zolik qiymatlarini ifodalaydi. Bu jadval namlik darajalari, masalan, toifalarga qanday tasniflanganligini ko‘rsatadi. “Juda quruq” (Very dry), “Quruq” (dry), “Meyor” (Moderate), “Nam” (Humid) va “Juda nam” (Very humid) kabi. Misol uchun, 50% dan 60% gacha bo‘lgan nisbiy namlik darajasi butunlay “Juda quruq” toifasiga tegishli bo‘lib, to‘liq a’zolik 50% va 60%. Namlikning oshishi bilan u “Quruq” toifasiga o‘tadi va hokazo. Noqat’iy mantiqning asosiy xususiyati bo‘lgan Noqat’iy to‘plamlar orasidagi bosqichma-bosqich o‘tish aniq ko‘rsatilgan. Chegaralar o‘rniga, diagrammalar a’zolik darajasiga qarab, qiymatlar “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 214 Озиқ-овқат саноати технологиялари qisman bir nechta toifalarga tegishli bo‘lishi mumkinligini aks ettiradi, bu esa harorat va namlik darajasini tasniflashning yanada moslashuvchan usulini ta’minlaydi. 3-rasm. Tegishlilik funktsiyalariga nisbatan nisbiy namlik noqat’iy to‘plamlar. Mikroiqlim parametrlarini noqat’iy to‘plamlarga ajratilgandan so‘ng (1,2,3,4 jadvallar), har bir toifa uchun tegishlilik funksiyalarini ishlab chiqamiz. Bu funksiyalar bizga har bir qiymatning to‘liq yoki qisman qaysi toifaga tegishli ekanligini aniqlash imkonini beradi. Harorat va nisbiy namlik diapazonlarini aniqlashda mutaxassislar tomonidan belgilangan ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda, har bir parametrni noaniq miqdoriy qatorlarga bo‘ldik. 1-jadvalga muvofiq, harorat diapazonlari “Very cold”, “Cold”, “Moderate”, “Warm”, va “Very warm” toifalariga bo‘lingan. Ushbu toifalar sut mahsulotlarining mikrobiologik xavfsizligini ta’minlashda muhim bo‘lgan diapazonlarni aks ettiradi. 1-jadval Harorat diapazonlari Noqat’iy to’plam Harorat diapazoni (Kelvin) Very cold (Juda sovuq) [270, 270, 273] Cold (Sovuq) [270, 273, 276] Moderate (O‘rta) [273, 276, 279] Warm (Issiq) [276, 279, 282] Very warm(Juda issiq) [279, 282, 285] Very cold: Bu harorat 273 K ga yetgunga qadar tegishlilik asta-sekin o‘sadi, undan keyin nolga tushadi. Harorat parametrlarini tegishlilik funksiyalari asosida noqat’iy to‘plamlarga ajratdik. “Very cold” toifasida harorat 273 K ga yetgunga qadar tegishlilik funksiyasi asta-sekin oshadi va bu qiymatga yetgach nolga tushadi, ya’ni bu diapazonda sut mahsulotlari uchun eng xavfli haroratlar mavjud. “Cold” toifasida harorat 270 K dan 276 K gacha o‘zgaradi va sut mahsulotlari bu haroratda saqlanishi mumkin bo‘lsa-da, bu eng maqbul sharoit emas. “Moderate” toifasida harorat 273 K dan 279 K gacha bo‘lib, bu sut mahsulotlarini optimal saqlash uchun maqbul hisoblanadi. Ushbu harorat oralig‘ida sut mahsulotlarining sifatini saqlash va mikrobiologik barqarorligini ta’minlash mumkin. “Warm” toifasida esa harorat 276 K dan 282 K gacha ko‘tariladi, bu diapazonda sut mahsulotlarining sifati pasayishi mumkin. Nihoyat, “Very warm” toifasida harorat 279 K dan 285 K gacha ko‘tarilib, sut mahsulotlari uchun bu sharoitlar noqulay bo‘lib, ularning sifatiga salbiy ta’sir “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 215 Технологии пищевой промышленности ko‘rsatadi. Ushbu tegishlilik funksiyalari haroratni mikroiqlimda samarali nazorat qilish uchun asosiy mezonlar sifatida belgilangan. Nisbiy namlik uchun tegishlilik funksiyalari. Nisbiy namlik parametrlarini tahlil qilishda ham noqat’iy to‘plamlar qo‘llanildi. 3-jadvalga ko‘ra, nisbiy namlik “Very Dry”, “Dry”, “Moderate”, “Humid”, va “Very Humid” toifalariga bo‘lingan. Sut mahsulotlarini saqlash uchun nisbiy namlikning 75% dan 90% gacha bo‘lishi, ya’ni “Humid” yoki “Moderate” toifasida bo‘lishi tavsiya etiladi. Bu diapazon mahsulotlarning namligini saqlash va ularning qurib qolishini oldini olish uchun optimal hisoblanadi. “Very Dry” yoki “Very Humid” toifalari sut mahsulotlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni aks ettiradi. 2-jadval. Tjifa tegishliliklari Very cold (Juda sovuq) Cold (Sovuq) Moderate (O‘rta) Warm (Issiq) Very warm(Juda issiq) 3-jadval. Nisbiy namlik diapazoni (%) Noqat’iy to’plam Nisbiy namlik diapazoni (%) Very Dry (Juda quruq) [50, 55, 60] Dry (Quruq) [50, 60, 70] Moderate (O‘rta) [60, 70, 80] Humid (Nam) [70, 80, 90] Very Humid (Juda nam) [80, 90, 100] Nisbiy namlik parametrlarini boshqarish uchun noqat’iy to‘plamlar asosida tegishlilik funksiyalarini aniqladik. “Very dry” toifasida namlik 50% dan past bo‘lib, bu sut mahsulotlarining qurib qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlar mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qiladi va ularni uzoq muddat saqlash uchun mos emas. “Dry” toifasida namlik 50% dan 70% gacha bo‘ladi, bu holatda mahsulotlar hali ham saqlanishi mumkin, ammo namlik darajasi mahsulot sifatini saqlash uchun optimal emas. “Moderate” toifasida nisbiy namlik 60% dan 80% gacha o‘zgaradi, bu sut mahsulotlari uchun eng maqbul namlik hisoblanadi, chunki ularning namligini saqlash va mikrobiologik xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. “Humid” toifasida nisbiy namlik 70% dan 90% gacha o‘zgaradi, bu sut mahsulotlarining sifatini uzoq muddat saqlaydi, ammo ortiqcha namlik mahsulot ichki tuzilmasiga zarar yetkazmasligi uchun nazoratda bo‘lishi kerak. “Very humid” toifasida namlik 90% dan oshadi va bu holatda mahsulotning sifati pasayishi yoki mikrobiologik xavfsizlik xavfi ortishi mumkin. Ushbu tegishlilik funksiyalari yordamida nisbiy namlik “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 216 Озиқ-овқат саноати технологиялари parametrlarini aniqlash va boshqarish mumkin bo‘ladi, bu esa sut mahsulotlarini xavfsiz va sifatli ta’minlaydi. 4-jadval. Tjifalar bo‘yicha tegishlilik funksiyalari Very Dry (Juda quruq) Dry (Quruq) Moderate (O‘rta) Humid (Nam) Very Humid (Juda nam) Qoidalar bazasi texnologik jarayon bilan ishlash mobaynida ekspertlar bilan birgalikda eksperimental ma’lumotlar va toʻplangan tajriba asosida ishlab chiqildi. Jarayonning borishini qoʻlda boshqarishda texnologning vazifasi eng kam xarajat bilan maksimal natijaga unumdorlik va sifatga erishish uchun tashqi muhit holati va boshqa ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, ishlab chiqilgan strategik qoidalarga asoslangan holda texnologik xona uchun maqbul parametrlarni tanlashdir. 4-rasm. Noqat’iy tizimning qoida grafigi Mantiqiy ifodalar quyidagi koʻrinishdagi noqat’iy xulosalar asosida qurildi [19, 20, 21]: IF (x = A) THEN (y = B), bu yerda (x = A) oldingi (shart) va (y = B) natija (xulosa), A va B mos ravishda A(x) va µB(y) tegishlilik funksiyalari bilan aniqlangan noqat’iy toʻplamdir. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 217 Технологии пищевой промышленности Noqat’iy xulosalar modeliga ko‘ra, biz kirish sifatida harorat va nisbiy namlik parametrlari va chiqish sifatida R ni olindi. (2)-(4) jadvallarning burilish nuqtalari mos ravishda Harorat [270K 285K], Nisbiy namlik [50% 100%], A’zolik funksiyasidan foydalangan holda qoida diagrammasi 4rasmda tasvirlangan. 5-rasm. Noqat’iy tizimning sirt grafigi Ushbu (4, 5-rasmlar) noqat’iy mantiq tizimi o‘zgaruvchan sharoitlarga javoban mikroiqlim nazoratini modulyatsiya qiladi, saqlash muhitida optimal harorat va namlikni ta'minlaydi. Pastroq haroratlarda (270-273 K) va juda quruq sharoitlarda (50-60% namlik) tizim sirtning bir uchi bilan ifodalangan kuchli isitish talabini ko‘rsatishi mumkin. O‘rtacha haroratlarda (276-279 K) va o‘rtacha namlikda (70-80%) tizim muvozanatli boshqaruv holatini saqlab turishi mumkin. Harorat va namlik oshgani sayin, tizim kirishlar birikmasiga qarab sovutish yoki quritish tomon siljishi mumkin. Xulosalar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sut mahsulotlarini saqlashda optimal mikroiqlim parametrlarini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, saqlash jarayonida harorat 273 K (0°C) dan 279 K (6°C) gacha bo‘lishi va nisbiy namlik 75% dan 90% gacha bo‘lishi kerak. Ushbu sharoitlar sut mahsulotlarining sifatini va mikrobiologik xavfsizligini saqlab qolish uchun zarurdir. Shuningdek, tadqiqotda noqat’iy to‘plamlar yordamida harorat va namlikni tasniflash usuli qo‘llanilgan bo‘lib, bu usul saqlash sharoitlaridagi o‘zgarishlarni yanada aniqroq baholash imkonini beradi. Bu yondashuv, saqlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarni hisobga olib, mahsulotlarning buzilish va ifloslanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mikroiqlim sharoitlarini optimallashtirish sut mahsulotlarining saqlanish muddatini uzaytiradi, chiqindilarni kamaytiradi va umumiy sifatni oshiradi. Bu esa iste’molchilarning xavfsiz mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirishda muhimdir. Shu bilan birga, tadqiqot davomida olingan natijalar oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi sohasida doimiy tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatdi. Kelajakda, real vaqt monitoringi va prognozlash analitikasi kabi usullarni joriy etish, optimal saqlash sharoitlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi

References (22)

  1. 1. Khan, M., & Khan, S. (2019). Noqat’iy mantiq in agriculture and food processing. Agricultural Systems, 171, 1-10. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
  2. Озиқ-овқат саноати технологиялари
  3. 2. Ranjbar, K., Mohammadi, M., & Zarei, A. (2020). Microclimate management in food storage. Journal of Agricultural Engineering, 51(2), 145-160.
  4. 3. Lee, J., Park, S., & Choi, Y. (2022). Optimization of storage conditions using noqat’iy mantiq. International Journal of Food Science, 57(5), 59-70.
  5. 4. Ahmad, R., Khan, A., & Ali, M. (2021). Noqat’iy mantiq applications in food storage systems. Journal of Food Safety, 45(3), 123-135.
  6. 5. Garcia, P., & Martinez, J. (2023). Future trends in noqat’iy mantiq for food safety management. Food Control, 145, 109-117.
  7. 6. Zadeh, L. A. (1965). Noqat’iy sets. Information and Control, 8(3), 338-353.
  8. 7. Shafiq, M., Ali, H., & Khan, R. (2021). Noqat’iy mantiq applications in dairy product storage. Food Quality and Safety, 5(1), 75-82.
  9. 8. Ahmad, R., Khan, A., & Ali, M. (2021). Noqat’iy logic applications in food storage systems. Journal of Food Safety, 45(3), 123-135.
  10. 9. Garcia, P., & Martinez, J. (2023). Future trends in noqat’iy logic for food safety management. Food Control, 145, 109-117.
  11. 10. Zadeh, L. A. (1965). Noqat’iy sets. Information and Control, 8(3), 338-353.
  12. 11. Khan, M., & Khan, S. (2019). Noqat’iy logic in agriculture and food processing. Agricultural Systems, 171, 1-10.
  13. 12. Lee, J., Park, S., & Choi, Y. (2022). Optimization of storage conditions using noqat’iy logic. International Journal of Food Science, 57(5), 59-70.
  14. 13. Ranjbar, K., Mohammadi, M., & Zarei, A. (2020). Microclimate management in food storage. Journal of Agricultural Engineering, 51(2), 145-160.
  15. 14. Shafiq, M., Ali, H., & Khan, R. (2021). Noqat’iy logic applications in dairy product storage. Food Quality and Safety, 5(1), 75-82.
  16. 15. Zadeh, L. A. (1973). Outline of a new approach to the analysis of complex systems and decision processes. IEEE Transactions on Systems, Man, and Cybernetics, 3(1), 28-44.
  17. 16. Sen, Z. (2001). Fuzzy logic and modeling principles. Bilge Culture and Arts, Istanbul.
  18. 17. Iqbal, K.; Khan, M.A.; Abbas, S.; Hasan, Z.; Fatima, A. Intelligent transportation system (ITS) for smart-cities using Mamdani fuzzy inference system. Int. J. Adv. Comput. Sci. Appl. 2018, 9.
  19. 18. Singh, A. K., Tariq, T., Ahmer, M. F., Sharma, G., Bokoro, P. N., & Shongwe, T. (2022). Intelligent control of irrigation systems using fuzzy logic controller. Energies, 15(19), 7199. https://doi.org/10.3390/en15197199
  20. 19. Рутковская Д. Нейронные сети, генетические алгоритмы и нечеткие системы / Д. Рутковская, М. Пилиньский, Л. Рутковский; перевод с польского И. Д. Рудинский. – М.: Горячая линия – Телеком, 2006. – 452 с.
  21. 20. Пегат, А. Нечеткое моделирование и управление; перевод с англ. А. Г. Подвесовский, Ю. В. Тюменцев. – 2-е изд. – М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2013. – 798 с
  22. 21. Леденева, Т. М. О нечетких импликациях полученных обобщением булевой функции / Т. М. Леденева, А. В. Грибовский // Вестник ВГУ, серия физика, математика. – 2003. – № 2. – С. 189-196. Sabirov Ulug‘bek Qo‘chqorovich- i.f.n dotsent Andijon Mashinasozlik instituti “MICHA” kafedrasi dotsenti Email:www..oqilovazizbek078@gmail.com Oqilov AzizbekAndijon Mashinasozlik instituti “MICHA” kafedrasi doktoranti Tel:+998979885664 Email:www..oqilovazizbek078@gmail.com “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 219