Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Neft va gaz sanoatida energiya samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar va energiya samaradorlikni oshirish imkoniyatlari
Аннотации
Umumiy sanoat ishlab chiqarishining zaruriy kuchi energiya hisoblanadi. Bu eng muhim omil bo‘lib iqtisodiy o‘sish va sanoat rivojlanishi negizi hisoblanadi. Turli energiya resurslari iste’moli darajasi texnologik jarayonga bog‘liq bo‘lib, Sanoat korxonalari izlanishlari davomida texnika-texnologiyalar yordamida energiyadan tejamkor foydalanish orqali energiya zaxiralarini saqlash imkoniyatlarini qidirishadi. Neft va gaz sanoati yoqilg‘i energiyasini qazib chiqarish, qayta ishlash, iste’molga еtkazguncha ko‘p energiya iste’mol qiladi. Bunda energiya samaradorlikni oshirib energiya iste’molini kamaytirishning ko‘p usullari mavjud. Quyida ushbu maqolada neft- gaz sanoatida texnika va texnologiya, shuningdek qayta ishlash metodlarini o‘zgartirish orqali qanday energiya tejash imkoniyati mavjudligi haqida so‘z boradi.
energiyakogeneratsiyaturbinanasoskompressorenergiya samaradorlikAVOseparator. ФАКТОРЫВЛИЯЮЩИЕ НА ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТЬ В НЕФТЕГАЗОВОЙ ОТРАСЛИИ ВОЗМОЖНОСТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТИ. Садуллаев Н.Н.Муртазоев Ф.Ф. Бухарский государственный технический университет. Аннотатция. Необходимая мощность общепромышленного производства – это энергия. Это важнейший факторлежащий в основе экономического роста и развития промышленности. Уровень потребления различных энергетических ресу
Аннотация на русском языке не доступна.
The necessary power of general industrial production is energy. This is the most important factor and is the basis of economic growth and industrial development. The level of consumption of various energy resources depends on the technological process, and industrial enterprises are looking for opportunities to save energy reserves through the economical use of energy using techniques and technologies in their research. The oil and gas industry consumes a lot of energy from the extraction, processing, and consumption of fuel energy. There are many ways to reduce energy consumption by increasing energy efficiency. Below, this article will discuss how energy can be saved in the oil and gas industry by changing techniques and technologies, as well as processing methods.
energycogenerationturbinepumpcompressorenergy efficiencyAVOseparator. Energiya – sanoatning asosi bo‘libu turli ko‘rinishdaturli joydaturli vazifalarni bajarishda asosiy omilresurs bo‘lib xizmat qiladi va bunda energiya samaradorlikni oshirish har bir sanoat tarmog‘ining asosiy vazifasi hisoblanadi. Yoqilg‘i energiyasi iste’moli yildan yilga oshib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 2000-yilda umumiy energiya iste’moli 128868 twh2010-yilda 153125 twh2020- yilda 168779 twh ni tashk
Содержание статьи
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 146
Машинасозлик ва энергетика
1-grafik. Dunyo bo‘yicha energiya iste’moli o‘zgarishi har 10 yillikda Energiya samaradorlik. Neft va gaz sanoatida barqaror energiya samaradorlikga erishish uchun bir qancha innovatsion tendentsiyalar shakllanmoqda va bu imkoniyatlarni turli toifalarga ajratish mumkin [2]. Ish sharoitlarini optimallashtirish, shu jumladan sinxron mashinalar faoliyatini yaxshilash shamollatish yoki olovga yuborilgan oqimlarning yo‘nalishini o‘zgartirish ba’zi bir oqimlarni qayta tiklash, masalan, ba’zi jihozlarda qoplovchi gaz yoki baraban bug‘lari: Iste’molni yaxshiroq kuzatish uchun o‘rnatish o‘rtasida yaxshiroq o‘lchash; Energiya tejamkor turbinalar, nasoslar va kompressorlardan foydalanish. Issiqlik va energiyani kogeneratsiya qilish va turbinaga chiqindi gazni qayta ishlash moslamalarini o‘rnatish, bu chiqindi energiyadan jarayonda isitish maqsadlarida foydalanishga imkon berish orqali turbinaning umumiy samaradorligini oshiradi. Chiroqlarda ultratovushli oqim o‘lchagichlardan foydalanish; Kompressorlardagi quruq gaz muhrlari. Seysmik o‘lchash va tahlil qilish hamda burgʻulash texnikasidagi yutuqlar tufayli burgʻulash muvaffaqiyati koʻrsatkichlarini oshirish orqali yanada samarali qidiruv ishlari. Gazni qayta ishlash va taqsimlashga investitsiyalar hisobiga qo‘shma gazni yoqish va havoga chiqarishni qisqartirish kabi omillar orqali energiya samaradorlikka erishish mumkin [3]. Yudong Mao, Xinwei Li, Jiying Liu kabi xitoyning Jianzhu universiteti olimlari “Tabiiy gaz sanoat zonalarida ko‘p obyektli integratsiyalashgan optimal energetik tizimini shakllantirish, turli xil vodorod gazlarini aralashtirish orqali jarayonni kuchaytirish” [4] maqolasida tabiiy gazni qazib chiqarishda integratsiyalashgan tizim ishlab chiqarish orqali energiya samaradorlikka erishish imkoniyatini o‘rganib chiqishgan. Bundan tashqari ularning asosiy maqsadi gaz qazib chiqarish va uzatishda vodorod aralashmasining nisbatini dasturiy ta’minot orqali boshqarish tizimini yaratgan. Madieh Zakizadeh, Mazyar Zand kabi Eron olimlari energiya samaradorlikga mavjud texnologiyani yaratish va sun’iy intelektni joriy etish shuningdek, boshqarishda foydalanish orqali erishish mumkin deydi tadqiqotlarida. Tadqiqotda aniq vaqtda ma’lumotlarni yig‘ib tahlil qilish orqali energiya sarfini optimallashtirish, tizimda sodir bo‘ladigan kamchiliklarni oldindan aniqlash va ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan [5]. Mostafa Mahinroosta, Eron olimi o‘zining tahliliy maqolasida neft-gaz sanoatida energiya samaradorlikni oshirish usullarini o‘rgangan. Energiya tejovchi texnika va texnologiyalar orqali energiya iste’molini kamaytirish mumkinligini isbotlab bergan [6]. Boshqa tadqiqotlarda esa texnologik jarayonlarda kogeneratsiya, chiqindi issiqlikdan foydalanish, turbinalar samaradorligini oshirish, ultratovushli o‘lchov qurilmalari, quruq gaz muhrlari, va sinxron mashinalarni optimallashtirish kabi yondashuvlar alohida ta’kidlanadi. Masalan, seysmik o‘lchovlar va ilg‘or burg‘ulash texnologiyalari orqali tabiiy resurslar aniqligi oshirilmoqda, bu esa energiya sarfini bevosita kamaytiradi. Ushbu adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, neft va gaz sanoatida energiya samaradorligini oshirish uchun: - Texnologik yangiliklarni joriy etish; - Sun’iy intellekt va raqamli tizimlardan foydalanish; - Energiya oqimlarini integratsiyalashgan boshqaruv ostiga olish;
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 147
Машиностроение и энергетика
- Qayta ishlash jarayonlarida chiqindi energiyadan foydalanish; singari yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, hozirgacha olib borilgan ilmiy izlanishlar mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishdagi real sharoitlar va amaliy tajribalarning to‘liq qamrab olinmaganligi, ushbu mavzuning istiqbolli tadqiqot yo‘nalishi ekanini tasdiqlaydi. Tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlashda AQSh, Kanada va Norvegiya davlatlarining qazib chiqarish texnologiyasiga O‘zbekistonning gazni qazib chiqarish texnologiyasi yaqin. Shuning uchun ham energiya samaradorlikni oshirish uchun ushbu davlatlarda qo‘llaniladigan texnologik jarayonni o‘rganish foydali. Shuningdek ushbu davlatlarda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida umumlashgan boshqaruv tizimida gazni qazib chiqarish hamda ekologik ta’sirni kamaytirish asosiy vazifa qilib tayinlangan. AQSH da umumiy energiya iste’molida gazning ulushi 38% ni [7], Norvegiyada ushbu ko‘rsatkich 16% [8] ni tashkil etadi. O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich 88% ni tashkil etadi [9]. Shuningdek ularda gazni qazib olish quyidagi ketma - ketlikda amalga oshiriladi: Geologik-qidiruv ishlari: 1. Zaxiralarni aniqlash uchun seysmik tadqiqotlar va burg‘ulash ishlari olib boriladi. 2. 3D modellashtirish orqali kon strukturasi aniqlanadi. Burg‘ulash va quduqlarni tayyorlash: 1. Gorizontal yoki vertikal burg‘ulash. 2. Neft konlarida gaz bosimi yuqori bo‘lgani uchun maxsus quvurlar, separatorlar kerak bo‘ladi. Neft va gaz qazib chiqarish usullari: 1. Tabiiy bosimdan foydalanish (natural flow). Zahira bosimi kuchli bo‘lsa, quduqdan neft-gaz ozo‘zidan chiqadi. 2. Sun’iy usullar: a) Gazni bosim bilan siqib chiqarish (gas lift), b) Nasoslar (ESP, SRP ) orqali qazib olish. Ajratish va dastlabki qayta ishlash: Gaz va neft aralashmasi separatorlarda ajratiladi. Gaz: qisman tozalanadi va yoqiladi/yoki transport qilinadi. Suv: tozalanib, ba’zida orqaga, qatlamga yuboriladi. Transport va saqlash: Gaz — quvurlar orqali. Neft — quvurlar, temir yo‘l yoki tankerlarda. Qayta ishlash zavodlariga uzatiladi: gazni tozalash, suyuqlashtirish (LNG) yoki xom neftni fraksiyalash. Kabi bosqichlar orqali neft-gaz qazib chiqariladi. Albatta, bu bosqichlar barida energiya sarfi, shuningdek energiya isroflari ham bo‘ladi. Bular mexanik isroflar, fakelda chiqindi gazlarni yonishi tufayli, shuningdek texnologik jarayonda issiqlikga ajralib chiqib ketishi mumkin. O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2024-yil 27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda energiya tejamkorligi masalasiga chuqur to‘xtalib, gaz tarmog‘i korxonalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, texnologik modernizatsiya va energiya tejamkor uskunalarni keng tatbiq etish zarurligini qayd etdi. Bu esa, o‘z navbatida, gaz qazib chiqarish va qayta ishlashda sarflanayotgan energiya miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi. Prezident Mirziyoyevning bu boradagi qaror va tashabbuslari O‘zbekistonda energiya resurslaridan foydalanish siyosatini tubdan yangilash, gaz sanoatida tejamkor va ekologik barqaror yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilmoqda. Bu yondashuv mamlakatda sanoatning raqobatbardoshligini oshirish, energetik xavfsizlikni ta’minlash hamda yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi [10]. Respublikamizning Buxoro viloyatida joylashgan “Gazli neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi” gaz qazib chiqaradi, hamda uni qayta ishlaydi va uzatadi. Bunda qazib chiqarilgan gaz bir necha bosqichli separatorlardan o‘tadi. Chiqindilar bilan birga yonish xususiyatiga ega oltingugurt moddasi ham ajratib olinadi va bu bir necha bosqichda davom ettirilib yoqish uchun fakelga uzatiladi. Bunda ushbu bosqichlar davomida gazning harorati AVO lar (gazni uzatilish
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 148
Машинасозлик ва энергетика
davomida sovutish apparati) orqali o‘rtacha 2 oC ga tushiriladi. Chiqindilardan tozalangan gaz metan va propanga ajratish uchun keyingi bosqichga o‘tadi. Bunda tabiiy gazdan propan moddasini ajratib olish uchun gazni -70 oC gacha sovutish lozim. Kotyol tizimida suvni o‘ta qizigan bug‘ga aylantiriladi va bug‘ yordamida gazning harorati tushiriladi. Ishlatilgan bug‘ kotyolga kondensatsiyalanib qaytadi. Ushbu jarayon ketma- ketligida tabiiy gazdan metan va propan ajratib olinadi. AVO (havo sovutish apparati) turli o‘lchamda va quvvatda ishlovchi qurilma bo‘lib sovutish jarayoni uchun zaruriy vosita. AVOlarni takomillashtirish gaz qazib chiqarish sanoatini yanada rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Bunda uning korpusini o‘zgartirish, diffuzor va kollektorning tuzilishini va ta’sir burchagini o‘zgartirish, shuningdek elektr motorning o‘rnatilish o‘rnini o‘zgartirish orqali erishish mumkin. Misol uchun 37 kwtli 24 soat ishlaydigan 2 ta AVOni 20 kwtlisiga almashtirish yiliga 297 840 kwt*soat elektr energiyani tejashga tengdir Ushbu maqolada energetika samaradorligini tahlil qilish uchun quyidagi metodlar qo‘llanildi: Deskriptiv (tasviriy) tahlil: Global va mahalliy energiya iste’moli bo‘yicha statistik ma’lumotlar o‘rganildi (2000–2020 yillar oralig‘ida). Solishtirma metod: AQSh, Kanada, Norvegiya va O‘zbekistonning gaz qazib chiqarish texnologiyalari va energiya samaradorligi taqqoslab tahlil qilindi. Amaliy holat (case-study): “Gazli neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi” misolida energiya tejash imkoniyatlari tahlil qilindi. Ilmiy adabiyotlar sharhi: Xitoy va Eron olimlarining zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi ishlanmalari ko‘rib chiqildi. Vizualizatsiya: Energiya iste’molining o‘sishini grafik asosida ko‘rsatish orqali tendensiyalar ochib berildi. Ko‘pgina olimlar gaz qazib chiqarish va qayta ishlashda ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular energiya tejamkor yangi texnologiyalar taklif qilganlar, IoT tizimini taklif etganlar va oltingugurt ajratmasini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqganlar. Gaz tarkibiga qarab separator tanlash orqali qayta ishlash korxonasiga kelguncha bo‘lgan masofada so‘rish kompressorlaridagi yuklamani kamaytirish imkoniyatiga erishish mumkin. Bu esa so‘rish kompressorlaridan nisbatan kam energiya sarflovchi kichik quvvatli dvigatellardan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek konning o‘zida separatordan o‘tgan gaz gazni qayta ishlash korxonasiga kelguncha zichligi o‘zgaishi hisobiga tempraturasi tushishi mumkin. Bu esa uni bir bosqichda sovutish tizimida ehtiyoj bo‘lmasligini va 8 ta 37 kvt quvvatli motorlarning energiyasini tejash imkonini berishi mumkin. Neft va gaz sanoatida energiya samaradorligini oshirish masalasi sanoat ishlab chiqarishining ekologik va iqtisodiy barqarorligi uchun nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, energiya iste’moli global miqyosda muntazam ortib bormoqda, AQSh, Kanada va Norvegiya kabi davlatlar tajribasini o‘rganish foydalidir. “Gazli neftgaz qazib chiqarish boshqarmasi” faoliyati misolida energiya tejalishi mumkin. Chiqindi issiqlikdan foydalanish, kompressorlarni modernizatsiya qilish, sun’iy intellekt va IoT texnologiyalarini joriy etish foydalidir. Gaz zichligi va sovutish tizimi gaz tarkibiga qarab moslashtirilishi kerak
Литература (4)
- 1. Mao, Y., Li, X., Liu, J., Yu, M., Kim, M. K., & Yang, K. (2025). Multi-objective optimization of integrated energy systems in natural gas industrial zones: Enhancing performance through variable hydrogen blending ratios. Applied Thermal Engineering, 268, 125942. https://doi.org/10.1016/j.applthermaleng.2025.125942
- 2. Ren, X. Y., Wang, Z. H., & Li, L. L. (2025). Coordinated optimization of a novel integrated energy system considering ground source heat pump, organic Rankine cycle and power-to-gas. Renewable Energy, 244, 122624. https://doi.org/10.1016/j.renene.2025.122624
- 3. Wang, Y., & Zhou, Y. (2025). Equipment capacity matching methodology and techno-economic analysis for a novel low-carbon multi-energy system with the integration of oxy-coal combustion power plant and power-to-gas. Energy, 322, 135693. https://doi.org/10.1016/j.energy.2025.135693 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025
- Машиностроение и энергетика Ключевые слова: надежность комбинированных систем, использование энергоинформационных систем, тригенерация (комбинированная выработка электроэнергии, теплоты и холода), цифровая трансформация. ELEKTR ENERGASI, ISSIQLIK VA SOVUQNI KOMBINATSIYALASHGAN USULDA ISHLAB CHIQARISHI – ENERGETIKANI RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA DOLZARB YO‘NALISH. Jalilov R.B., Sharipova N.O. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Maqola iste’molchiga taklif etilayotgan keng ko‘lamli energiya xizmatlari uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan tizimlarni joriy etishni, raqamli transformatsiya sharoitida trigeneratsiya tizimlaridan (elektr energiyasi, issiqlik va sovuqni kombinatsiyalangan ishlab chiqarish) foydalanishni o‘rganishga bag‘ishlangan. U elektr, issiqlik va boshqalarni birgalikda ishlab chiqarish bo'yicha eng yaxshi jahon texnologiyalaridan sezilarli darajada ustun bo‘lgan trigeneratsiyadan foydalanishning turli texnologiyalarini tahlil qiladi (+ sovuq ishlab chiqarish). Kalit so‘zlar: kombinatsiyalangan tizimlarning ishonchliligi, energiya axborot tizimlaridan foydalanish, trigeneratsiya (elektr, issiqlik va sovuqni birgalikda ishlab chiqarish), raqamli transformatsiya. PROSPECTS FOR COMBINED PRODUCTION OF ELECTRIC ENERGY, HEAT AND COLD – A CURRENT DIRECTION IN ENERGETICS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION Jalilov R.B., Sharipova N.O. Bukhara state technical university. Annotation. The article is devoted to the study of the implementation of combined systems designed for a wide range of energy services offered to the consumer, the use of resource-saving and environmentally friendly systems in order to increase their reliability in the context of the transition to a “green” economics. It analyzes various technologies for using generations (+ cold production), which are significantly superior in their performance to the world's best technologies for combined generation of electric energy, heat, etc. Key words: reliability of combined systems, use of resource-saving and environmentally friendly systems, generations (combined generation of electrical energy, heat and cold), “green” economics. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 150