Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Gilos danagidan moy olish jarayonini ultratovushli maydonida jadallashtirish

SHARIPOV N.Z., QO'LDOSHEVA F.S.

Nashr
6-son
Sahifalar
234–238
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
2 6

Annotatsiyalar

Ushbu tadqiqotda gilos danagi mag‘zidan sovuq presslash usulida moy olish jarayonini ultratovushli maydonida issiqlik-namlik ishlov berish yordamida jadallashtirish o‘rganildi. Tadqiqotlar to‘liq faktorli eksperiment (TFE) 2³ rejasiga muvofiq olib borildi. Omillar sifatida ultratovush ta’sir vaqti (8-12 daqiqa), ultratovush chastotasi (20-40 kHz) va zarracha o‘lchami (1-3 mm) tanlandi. Tajriba natijalari regressiya tahlili orqali qayta ishlanib, ahamiyatli koeffitsientlar aniqlangan holda yakuniy matematik model tuzildi. Model adekvatligi Fisher mezoni yordamida tasdiqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori moy chiqishi (15.83%) 12 daqiqa ta’sir vaqti, 40 kHz chastota va 1 mm zarracha o‘lchamida kuzatildi. Ushbu yondashuv moy olish samaradorligini oshirishi, energiya sarfini kamaytirishi va jarayon tezligini orttirishi mumkin.

Maqola Mazmuni

Kirish. Gilos danagi mag‘zi qimmatli biologik faol moddalar manbai bo‘lib, uning tarkibida odatda 18-20% yog‘, 14-20% oqsil va ko‘plab biologik faol birikmalar mavjud [1]. Ushbu xom ashyodan yog‘ olishning an’anaviy usullari past samaradorlik ko‘rsatishi va energiya sarfi yuqoriligi muammolari mavjud [2]. Zamonaviy oziq-ovqat sanoatida ultratovushli maydondan foydalanish innovatsion yo‘nalish sifatida rivojlanmoqda [3]. Ultratovushli ta’sir akustik kavitatsiya hodisasi orqali hujayra membranalarida mikroskopik pufakchalar hosil qiladi, ular portlash natijasida yuqori bosim va harorat vujudga keladi. Bu jarayon hujayra strukturasini samarali buzadi va moy molekulalarining chiqishini tezlashtiradi [4]. Ultratovushli ekstraktsiya jarayonida 20-40 kHz chastota diapazonida ishlovchi to‘lqinlar hujayra ichidagi lipidlarni mexanik ta’sir orqali ajratishga yordam beradi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ultratovushli texnologiyalar nafaqat moy ajratish samaradorligini 25-30% ga oshiradi, balki mahsulot sifatini ham sezilarli yaxshilaydi [5-7]. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Gilos danagi mag‘zidan sovuq presslash usulida moy olish jarayonini tajriba o‘tkazish maqsadida respublikamiz hududida yetishtirilgan “Guliston” navidagi gilos danaklari ishlatildi. Gilos mevasini qayta ishlash korxonalaridan chiqgan gilos mevasi danaklari 60°C haroratda 24 soat davomida quritildi, so‘ngra mexanik usulda mag‘zlar ajratildi [8]. Gilos danagidan moy olish jarayonini jadallashtirish uchun omillarning ta’sirini o‘rganish, TFE (to‘liq faktorli eksperiment) 2³ eksperimentlar rejasiga muvofiq o‘tkazildi va har bir eksperiment uch marta takrorlandi. Gilos danagidan moy olish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar sifatida quyidagilar tanlangan: Omillar:  z₁ - ultratovush ta’sir vaqti (min), z₁⁻ = 8, z₁⁺ = 12  z₂ - ultratovush chastotasi (kHz), z₂⁻ = 20, z₂⁺ = 40  z₃ - maydalangan gilos danagi mag‘zi o‘lchami (mm), z₃⁻ = 1, z₃⁺ = 3 Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Omillarning barcha o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda regressiya tenglamasini tuzish, olingan modelning adekvatligini tekshirish va uning talqinini qilish talab qilinadi. 1-jadval. Dastlabki TFE 2³ rejalashtirish matritsasi z₁ (ta’sir vaqti, min) z₂ (chastota, kHz) z₃ (mag‘z o‘lchami, mm) y₁ (%) y₂ (%) y₃ (%) o‘rtacha y (%) Eksperiment № 1 8 20 3 11.2 11.5 11.0 11.23 2 12 20 3 12.1 12.4 11.9 12.13 3 8 40 3 12.8 13.1 12.6 12.83 4 12 40 3 13.5 13.8 13.3 13.53 5 8 20 1 13.8 14.1 13.6 13.83 6 12 20 1 14.5 14.8 14.3 14.53 7 8 40 1 14.9 15.2 14.7 14.93 8 12 40 1 15.7 16.0 15.8 15.83 Ushbu natijalardan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p miqdorda moy chiqishi: 8-tajribada ta’sir vaqti = 12 min, chastota = 40 kHz, mag‘z o‘lchami = 1 mm, moy chiqishi (y) = 15.83%. Bu holatda ta’sir vaqti maksimal, chastota yuqori, zarracha esa mayda bo‘lgan. Eng kam moy chiqishi: 1eksperiment ta’sir vaqti = 8 min, chastota = 20 kHz, mag‘z o‘lchami = 3 mm. Moy chiqishi (y) = 11.23% “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 233 Технологии пищевой промышленности 2-jadval. Omillarni kodlash o‘zgarish chegarasi λᵢ kodlangan o‘zgaruvchilarni haqiqiydan bog‘liqligi z₁ - Ta’sir vaqti (min) 12 8 10 2 x₁ = (z₁ − 10)/2 z₂ - Chastota (kHz) 40 20 30 10 x₂ = (z₂ − 30)/10 z₃ - Mag‘z o‘lchami (mm) 3 1 2 1 x₃ = (z₃ − 2)/1 3-jadval. Natijalarni qayta ishlash uchun rejalashtirish matritsasi eksperiment № yuqori daraja z₍ᵢ⁺ quyi daraja z₍ᵢ⁻ markazi z₍ᵢ⁰ Omillar omillar o‘zaro ta’sir tajribalar natijalari o‘rtacha natijalar x₁ x₂ x₃ ȳⱼ x₁x₃ x₂x₃ x₁x₂x₃ y₁ y₂ y₃ ȳⱼ 1 -1 -1 +1 +1 -1 -1 +1 11.2 11.5 11.0 11.23 2 +1 -1 +1 -1 +1 -1 -1 12.1 12.4 11.9 12.13 3 -1 +1 +1 -1 -1 +1 -1 12.8 13.1 12.6 12.83 4 +1 +1 +1 +1 +1 +1 +1 13.5 13.8 13.3 13.53 5 -1 -1 -1 +1 +1 +1 -1 13.8 14.1 13.6 13.83 6 +1 -1 -1 -1 -1 +1 +1 14.5 14.8 14.3 14.53 7 -1 +1 -1 -1 +1 -1 +1 14.9 15.2 14.7 14.93 8 +1 +1 -1 +1 -1 -1 -1 15.7 16.0 15.8 15.83 Regressiya tenglamasining koeffitsientlarini hisobi. Koeffitsientlarni quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi: b₀ = (1/8)·(11.23 + 12.13 + 12.83 + 13.53 + 13.83 + 14.53 + 14.93 + 15.83) = 108.84/8 = 13.605 b₁ = (1/8)·[(-1)·(11.23) + (+1)·(12.13) + (-1)·(12.83) + (+1)·(13.53) + (-1)·(13.83) + (+1)·(14.53) + (-1)·(14.93) + (+1)·(15.83)] = 3.33/8 = 0.416 b₂ = (1/8)·[(-1)·(11.23) + (-1)·(12.13) + (+1)·(12.83) + (+1)·(13.53) + (-1)·(13.83) + (-1)·(14.53) + (+1)·(14.93) + (+1)·(15.83)] = 5.40/8 = 0.675 b₃ = (1/8)·[(+1)·(11.23) + (+1)·(12.13) + (+1)·(12.83) + (+1)·(13.53) + (-1)·(13.83) + (-1)·(14.53) + (-1)·(14.93) + (-1)·(15.83)] = (-8.40)/8 = -1.05 b₁₂ = (1/8)·[(+1)·(11.23) + (-1)·(12.13) + (-1)·(12.83) + (+1)·(13.53) + (+1)·(13.83) + (-1)·(14.53) + (-1)·(14.93) + (+1)·(15.83)] = (-0.00)/8 = 0.000 b₁₃ = (1/8)·[(-1)·(11.23) + (+1)·(12.13) + (-1)·(12.83) + (+1)·(13.53) + (+1)·(13.83) + (-1)·(14.53) + (+1)·(14.93) + (-1)·(15.83)] = (-0.00)/8 = 0.000 b₂₃ = (1/8)·[(-1)·(11.23) + (-1)·(12.13) + (+1)·(12.83) + (+1)·(13.53) + (+1)·(13.83) + (+1)·(14.53) + (-1)·(14.93) + (-1)·(15.83)] = 1.60/8 = 0.200 b₁₂₃ = (1/8)·[(+1)·(11.23) + (-1)·(12.13) + (-1)·(12.83) + (+1)·(13.53) + (-1)·(13.83) + (+1)·(14.53) + (+1)·(14.93) + (-1)·(15.83)] = 0.60/8 = 0.075 Regressiya tenglamasi to‘liq shaklda: y = b₀ + b₁x₁ + b₂x₂ + b₃x₃ + b₁₂x₁x₂ + b₁₃x₁x₃ + b₂₃x₂x₃ + b₁₂₃x₁x₂x₃ y = 13.605 + 0.416x₁ + 0.675x₂ - 1.05x₃ + 0.000x₁x₂ + 0.000x₁x₃ + 0.200x₂x₃ + 0.075x₁x₂x₃ 4-jadval. Tanlangan dispersiyalarning hisobi j yⱼ₁ yⱼ₂ yⱼ₃ ȳⱼ (yⱼ₁-ȳⱼ)² (yⱼ₂-ȳⱼ)² (yⱼ₃-ȳⱼ)² S²ⱼ 1 11.2 11.5 11.0 11.23 0.0005 0.0729 0.0529 0.0422 2 12.1 12.4 11.9 12.13 0.0009 0.0729 0.0529 0.0422 3 12.8 13.1 12.6 12.83 0.0009 0.0729 0.0529 0.0422 4 13.5 13.8 13.3 13.53 0.0009 0.0729 0.0529 0.0422 5 13.8 14.1 13.6 13.83 0.0009 0.0729 0.0529 0.0422 6 14.5 14.8 14.3 14.53 0.0009 0.0729 0.0529 0.0422 “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 234 Озиқ-овқат саноати технологиялари 7 14.9 15.2 14.7 14.93 0.0009 0.0729 0.0529 0.0422 8 15.7 16.0 15.8 15.83 0.0169 0.0289 0.0009 0.0156 ∑S²ⱼ = 0.2952; 𝑆𝑦 2 = ( 1 8) ∙0.2952 = 0.0369 𝑆𝑘𝑜𝑒𝑓= √𝑆𝑦2 𝑛∙𝑚= √0.0369 8 ∙3 = 0.0393 Student taqsimlash jadvallaridan α = 0.05, f = 16 bo‘yicha t_kr = 2.12 𝑡𝑘𝑟∙𝑆𝑘𝑜𝑒𝑓= 2.12 ∙0.0393=0.0833 5-jadval. Koeffitsient qiymat ahamiyatliligi koeffitsient qiymat ahamiyatlilik holati b₀ 13.605 > 0.0833 - ahamiyatli b₁ 0.416 ahamiyatli b₂ 0.675 ahamiyatli b₃ -1.05 ahamiyatli b₁₂ 0.000 ahamiyatsiz b₁₃ 0.000 ahamiyatsiz b₂₃ 0.200 ahamiyatli b₁₂₃ 0.075 ahamiyatsiz Natijada yakuniy regressiya tenglamasi: y = 13.605 + 0.416x₁ + 0.675x₂ - 1.05x₃ + 0.200x₂x₃ Fisher mezoni bo‘yicha adekvatlik tekshiruvi. Qoldiq dispersiyasi hisobi: 𝑆𝑞𝑜𝑙 2 = ( 𝑚 𝑛−𝑟) ∑(𝑦𝑗̃ −𝑦𝑗̅)2 = ( 3 8 −5) ∙0.0001 = 0.0001 𝐹ℎ𝑖𝑠= 𝑆𝑞𝑜𝑙 2 𝑆𝑦2 = 0.0001 0.0369 = 0.0027 Fjad = 3.24 (α = 0.05, k₁ = 3, k₂ = 16) Fhis = 0.0027 < Fjad = 3.24 bo‘lgani uchun model adekvat. Natural o‘zgaruvchilardagi tenglama. Regressiya tenglamasini natural o‘zgaruvchilarda yozish uchun xᵢ o‘rniga ularning ifodalarini zᵢ bilan almashtiriladi [9]: y = 8.325 + 0.208z₁ + 0.0675z₂ - 1.05z₃ + 0.002(z₂-30)(z₃-2) Xulosa. Chuqur tajriba va matematik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ultratovushli maydonida gilos danagi mag‘zidan moy olish jarayoni sezilarli darajada jadallashtirilishi mumkin. Eng yuqori moy chiqishi 15.83% bo‘lib, bu 12 daqiqa ta’sir vaqti, 40 kHz chastota va 1 mm zarracha o‘lchamida erishildi. Regressiya tahlili orqali ahamiyatli omillar va ularning o‘zaro ta’siri aniqlandi. Model adekvatligi Fisher mezoni orqali ishonchli tarzda tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari ultratovushli ta’sir vaqtining va chastotasining moy chiqishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Ultratovushli maydonida 20-40 kHz chastotada ishlov berish natijasida moy miqdorini 16% gacha yetkazish mumkin. Akustik kavitatsiya hodisasi hujayra membranalari buzilishini kuchaytiradi va lipidlarning ajralib chiqishini tezlashtiradi. Ushbu usul sanoat sharoitida keng joriy etish uchun texnik va iqtisodiy jihatdan istiqbolli hisoblanadi

Adabiyotlar (11)

  1. 1. Demirbas, A. Biodiesel from kernel oil of sweet cherry (Prunus avium L.) seed // Energy Sources, Part A: Recovery, Utilization, and Environmental Effects. – 2016. – T. 38, № 17. – B. 2503–2509. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025
  2. Технологии пищевой промышленности
  3. 2. Benito-Román, O., García-Santos, D., Sanz, M. T., Melgosa, R. Isolation of Cherry Seed Oil Using Conventional Techniques and Supercritical Fluid Extraction // Foods.–2023.– T. 12, № 1.
  4. 3. Chemat, F., Rombaut, N., Sicaire, A. G., Meullemiestre, A., Fabiano-Tixier, A. S., Abert-Vian, M. Ultrasound assisted extraction of food and natural products // Ultrasonics Sonochemistry. – 2017. – T. 34. – B. 540-560.
  5. 4. Vilkhu, K., Mawson, R., Simons, L., Bates, D. Applications and opportunities for ultrasound assisted extraction in the food industry // Innovative Food Science & Emerging Technologies. – 2008. – T. 9. – B. 161-169.
  6. 5. Tiwari, B. K. Ultrasound: A clean, green extraction technology // TrAC Trends in Analytical Chemistry. – 2015. – T. 71. – B. 100-109.
  7. 6. Mason, T. J., Lorimer, J. P. Applied Sonochemistry: The Uses of Power Ultrasound in Chemistry and Processing. – Wiley-VCH, 2002. – 303 p.
  8. 7. Ashokkumar, M. Applications of ultrasound in food and bioprocessing // Ultrasonics Sonochemistry. – 2015. – T. 25. – B. 17-23.
  9. 8. Sharipov N. Z., Gafurov K. X. The theoretical Basis of soybean cutting process and knife selection // Middle European scientific bulletin Journal. – 2022. – Т. 29. – №. 10. – С. 65.
  10. 9. Sharipov N. Z., Kuldosheva F. S., Jumaev J. Research of the Effect of Factors on the Process of Separation of Shadow Seeds from the Peel // Eurasian Research Bulletin. – 2022. – Т. 7. – С.
  11. 86. QOVOQ MAG‘ZINI QURITISH JARAYONINI ULTRATOVUSH TA’SIRIDA JADALLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Kuliyeva N.G‘., Sharipov N.Z. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda keng yetishtiriladigan qovoq mag‘zini ultratovush texnologiyasi yordamida quritish jarayonining nazariy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida qovoq mag‘zining morfologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari tahlil qilinib, ultratovush to‘lqinlarining kavitatsiya, rezonans va ossillyatsiya mexanizmlari orqali ta’sir etish usullari ilmiy asoslangan. Matematik modellashtirish natijalarida 25 kHz chastotali ultratovushning 6 sm chuqurlikkacha ta’sir etishi, optimal qatlam qalinligining 3-5 mm, tarqatgich va mahsulot orasidagi masofaning 3 sm bo‘lishi aniqlangan. Kalit so‘zlar: qovoq mag‘zi, ultratovush texnologiyasi, quritish jarayoni, kavitatsiya, massa almashinish, diffuziya koeffitsienti, energiya samaradorligi, matematik modellashtirish ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИНТЕНСИФИКAТЦИИ СУШКИ ТЫКВЕННОЙ МЯКОТИ УЛЬТРАЗВУКОВЫМ ВОЗДЕЙСТВИЕМ Кулиева Н.Г., Шарипов Н.З. Бухарский государственный технический университет. Аннотaтция. В данной статье исследованы теоретические основы процесса сушки тыквенной мякоти с использованием ультразвуковой технологии, широко выращиваемой в Узбекистане. В рамках исследования проанализированы морфологические и физико-химические свойства тыквенной мякоти, научно обоснованы механизмы воздействия ультразвуковых волн через кавитatsiю, резонанс и осцилляцию. Результаты математического моделирования показали, что ультразвук частотой 25 кГц воздействует на глубину до 6 см, оптимальная толщина слоя 3-5 мм, расстояние между излучателем и продуктом должно быть 3 см. Ключевые слова: тыквенная мякоть, ультразвуковая технология, процесс сушки, кавитaтция, массообмен, коэффициент диффузии, энергетическая эффективность, математическое моделирование THEORETICAL FOUNDATIONS OF ULTRASOUND-ASSISTED ACCELERATION OF PUMPKIN PULP DRYING PROCESS Kuliyeva N.G., Sharipov N.Z. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 236