Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

O‘smirlar modasi talablari asosida antropometrik muvofiqlikning ergonomik ko‘rsatkichlarini baholash

TO'XTAYEVA Z.SH., ABULOVA P.U.

Nashr
6-son
Sahifalar
277–282
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
2 4

Annotatsiyalar

Mazkur maqolada o‘smirlar modasi talablari asosida kiyim dizaynida antropometrik muvofiqlikning ergonomik ko‘rsatkichlarini baholash usullari yoritilgan. Tadqiqotda yosh guruhlarining tana o‘lchamlari tahlil qilinib, qulaylik, estetiklik va harakat erkinligi kabi ergonomik mezonlar asosida kiyim loyihalash taklif etilgan. Shuningdek, o‘smirlar salomatligi va psixologik holati bilan bog‘liq jihatlar ham e’tiborga olingan. Maqola o‘smirlar kiyimi dizaynida ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Maqola Mazmuni

O‘smirlar modasi bugungi kunda keskin o‘zgarmoqda. Buning sababi bolalar va otaonalarning xohishi bilan, shuningdek, modaning asosiy tendentsiyalariga amal qilishga intilish, farzandlarining munosib kiyinishlarini qo‘llab-quvvatlash, kiyimlarning moda sanoatidagi yo‘nalishlar va yangiliklarga mos kelishiga harakat qilish bilan baholanadi. Moda yo‘nalishi bilan bir qatorda o‘smirlar kiyimlariga qo‘yiladigan talablar, kiyimning o‘ziga xos xususiyatlari uning funksiyalarining turli-tumanligidan kelib chiqadi. Iqtisodiyot (kiyim modellarini ishlab chiqarish xarajatlari) va iste’mol xarajatlari, mahsulotning yaroqliligi (mustahkamligi): quruq tozalash, yuvish va tiklash bilan ifodalanadi. Turli yoshdagi o‘smirlar uchun kiyimlarni loyihalashda ba’zi talablar mavjud: fiziologik, gigiyenik, antropometrik, ekspluatatsion va estetik, funktsional, ergonomik talablar [1]. Shunday qilib, turli yoshdagi o‘smirlar uchun kiyimlarning yangi modellarini yaratishda tabaqalashtirilgan yondashuv – kiyim turiga qarab: maqsadi va qo‘llanilishiga e’tibor qaratish zarur. Aytish mumkinki, o‘smirni tarbiyalashda, uning axloqi va psixologiyasini shakllantirishda kiyimning roli yuqori darajada muhimdir. Hozirgi vaqtda ushbu omillarga katta e’tibor berilmoqda. Chunki, o‘smirlar tanasining fiziologik va gigiyenik xususiyatlari tufayli bolalar kiyimlari bir qator o‘ziga xos talablarga javob berishi kerak, ularni kiyimni loyihalash, materiallarni tanlash va ular bilan garderobni to‘ldirishda hisobga olish kerak [2]. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 275 Технологии текстильной и легкой промышленности Hozirgi vaqtda o‘smirlar kiyimlarini ishlab chiqarishda materiallarni tanlash o‘smirning tanlagan kiyimida o‘zini ishonchli va qulay his qilishiga ta’sir qiladi, kiyimning ko‘rinishi va dizayni, matoning fiziologik va gigiyenik xususiyatlari: havo o‘tkazuvchanligi, gigroskopikligi, elektrlashtirishni kamaytirishi, massasi еngilligi. Kiyimga qo‘yiladigan talablar kiyimning qaysi xususiyatlari afzalroq ekanligi haqidagi ma’lumotlarni anglatadi. Mazkur talablarga ko‘ra kiyim ikki guruhga bo‘linadi: iste'molchi va texnik-iqtisodiy. O‘smirlar kiyimlariga bo‘lgan talablardan ergonomik guruh muhim rol o‘ynaydi. Bu talablar kiyimning tanada qulay holatini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq. O‘smirlar zamonaviy kiyimlariga utilitar, biologik va ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘liq talablar qo‘yiladi. 1-jadval Kiyim-kechaklarning statik muvofiqligini va ularning og‘irlik koeffitsiyentlarini aniqlaydigan birlik ko‘rsatkichlari Rang Ko‘rsatkich kodi Kiyim-kechakning birlik ko‘rsatkichi Koeffitsiyent og‘irlik 1 X1 Old bo‘laklarning yon tomonlarining qirralari pozitsiyasining to‘g‘riligi 0,295 Orqa bo‘lakning o‘miz yoki yon choklarida 2 X2 qiya burma (taxlama)larning yo‘qligi 0,270 3 X3 Yeng holatining osilishi 0,230 4 X4 Orqa tomonda gorizontal qiya burmalar yo‘qligi 0,205 Kiyingan odamning qo‘l harakati diapazoni ko‘rsatkichi R1 ergonomik qalqon shkalasi bo‘yicha o‘lchanadigan va α0 boshlang‘ich burchagiga moslashtirilgan kiyingan α1 va kiyinmagan α2 kishining maksimal qo‘l ko‘tarish burchaklarining nisbati bilan belgilanadi: R1 = (α1 - α 0) / (α 2 - α 0); (0 < R1 < 1). Kiyingan odam tomonidan dinamikada qo‘llarni ko‘tarishning maksimal α1 burchagi insonning fiziologik xususiyatlari va kiyim dizaynining mukammalligi bilan belgilanadi va kiyimning еlkama-yelka qismida bosim hissi paydo bo‘lgan paytda o‘lchanadi. R2 mahsulotining pastki qismining harakatlanish darajasi ko‘rsatkichi h1 va boshlang‘ich h0 harakatini bajarishda mahsulotning pastki qavatidagi balandlik farqining h2 holatida va h0 statikasida (sm) еngsiz mahsulot qavatidagi balandlik farqiga nisbati bilan belgilanadi: R1 = (h1 – h0) / (h2 – h0) = ∆ h1/∆ h2; R2 ≥ 1 . ∆h1 mahsulotining pastki qismining harakati qo‘llarni yon tomondan yuqoriga ko‘tarib, qo‘l cheklovchilari tomonidan belgilangan gorizontal holatga ko‘tarilganda o‘lchanadi. Sinovlarni tezlashtirish uchun ∆h2 qiymati o‘lchov belgisining dinamik effekti qiymatiga qarab taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Statik (KC =ΣKSix mCi) va dinamik muvofiqlikning (Kd = ΣKdi x tdi) kompleks ergonomik ko‘rsatkichlari statik va dinamikada kiyim-kechak dizayni sifatini tabaqalashtirilgan baholash uchun mustaqil ko‘rsatkichlar sifatida ishlatilishi mumkin yoki kiyimning maqsadiga qarab ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning ((ts va td) ) ahamiyatini hisobga olgan holda ularni birlashtirgan antropometrik muvofiqlikning Kа murakkab ko‘rsatkichini aniqlash mumkin: Kа = Ks x ts + Kd x td, bu yеrda: Ks, Kd – statik va dinamik muvofiqlik ko‘rsatkichlari, ballar; ts, td – statik va dinamik muvofiqlik ko‘rsatkichlarining og‘irlik koeffitsientlari. Eng yuqori darajaga mos keladigan murakkab indikatorning eng yuqori qiymati – Kа = 0,95÷1,0; yaxshi – 0,8÷0,94; past – 0,7÷0,79; kritik – 0,64÷0,69. Antropometrik muvofiqlikning ergonomik ko‘rsatkichlarini baholash bizga ma’lum darajadagi statik va dinamik muvofiqlikka ega kiyimlarni loyihalashga imkon beradi, bu ularning “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 276 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари ko‘rinishini sezilarli darajada yaxshilaydi, foydalanishda qulaylik va ishonchlilikni oshiradi va material sarfini kamaytiradi. 1-rasm. Zamonaviy tasavvurlar asosida o‘smirlar kiyimi uslubini shakllantirish omillari O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida kiyim va turli uslublar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq turmush tarzi va xatti-harakatlaridan hamda dunyoqarashlaridan kelib chiqib yangi uslublarni qayta kashf qilgandek bo‘lishadi [3]. Bu orqali tasavvurlaridagi zamonaviy dunyo va hayotga bog‘liq kiyim uslublari shakllanishining muhim shartlarini ishlab chiqadilar. Bular kiyimdagi erkinlik, ranglardagi sokinlik, tasvirlardagi abstraktlik, kiyim bichimidagi kreativlik kabilardir (2-rasm). 2-rasm. Kiyimdagi erkinlik, ranglardagi sokinlik, tasvirlardagi abstraktlik, kiyim bichimidagi kreativlik nisbatlari Diagramma quyidagilarni ko‘rsatadi:  kiyimdagi erkinlik – 30%;  ranglardagi sokinlik – 25%;  tasvirlardagi abstraktlik – 20%;  kiyim bichimidagi kreativlik – 25%. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 277 Технологии текстильной и легкой промышленности Aksariyat holda har bir o‘smir o‘zining xulq-atvoridan kelib chiqib, taqliddan uzoqlashgan holda kiyinishning o‘ziga xos yondashuv yoki kontseptsiyasini yaratadi. Bu yoshlar va o‘smirlar uchun odatiy holdir [4]. 3-rasm. Modelning kompozitsion tuzilishi, dizayni va fiziologik-yosh xususiyatlari, ularning tashqi ko‘rinishi va psixologik rivojlanishi nisbatlari O‘smirlar va yoshlarning xulq-atvoriga modaning ta’siri ham kuchli ta’sir qilib, oilaning, otaonalarning tarbiyadagi rolini ta’kidlash kerak. Ota-onalar farzandlariga maktab yoshida didli va ozoda kiyinish odatini singdirishlari kerak. Ota-onaning kiyinish tarzi – bolalar va o‘smirlar uchun namuna bo‘lib, ular farzandning qiyofasida aks etishi, xotirasida umrbod eslab qolishiga turtki bo‘ladi. O‘smirlar uchun kiyimning utilitar funksiyasi muvofiqlik talablari bilan tavsiflanadi (3-rasm). Bu talab muayyan maqsadga mo‘ljallangan kiyimlar (modelning kompozitsion tuzilishi, dizayni va fiziologik-yosh xususiyatlari, ularning tashqi ko‘rinishi va psixologik rivojlanishi)ni ifodalaydi. Bu diagramma o‘smirlar kiyimining utilitar funksiyasiga mos muhim talablarga ilmiy yondashuv asosida baho beradi [5]:  model kompozitsion tuzilishiga moslik – 25%;  dizayn va yoshga mosligi, fiziologik qulaylik, psixologik/emotsional holatga moslik – har biri 20%;  tashqi ko‘rinish estetikasi – 15%. Bundan tashqari, modelning tabiati, mazmunan yaxlitligi, rang uyg‘unligiga mos kelishi kerak. Chunki, kiyim o‘smirlarning didi, fe’l-atvoridagi optimizmning hissiy kayfiyatini ham yaratadi. Ergonomik ko‘rsatkichlar tikuv buyumining tanaga moslashish darajasini tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkich inson – kiyim – atrof-muhit tizimining ergonomik xususiyatlariga asoslangan. Ular antropometrik, gigiyenik, psixofiziologik va kompleks (uyg‘unlik)ni o‘z ichiga oladi. Antropometrik talablar kiyimning o‘lchamiga, shakliga qarab tuziladi, bular:  tana;  mutanosiblik;  bajarilgan harakatlarning tabiati. O‘smirlar garderobining mutanosiblik ko‘rsatkichlari kiyimlarni sertifikatlashda majburiy talablardan biriga tegishli bo‘lib hisoblanadi. Gigiyenik talablar kiyimning issiqlik yoki sovuqdan himoya qilish funksiyalarini belgilaydi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 278 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Kiyimning issiqlik himoyasi bir qator omillarga bog‘liq: ishlatiladigan materiallarning tuzilishi, tarkibi, o‘rilish zichligi, kiyimning qalinligi, ya’ni kiyimni tashkil etuvchi qatlamlar soni, miqdori va o‘lchamlari, havo o‘tkazuvchanligi, shamolga chidamli qatlamning mavjudligi, namlik va kiyimlarning ifloslanishi (yuvilish)ga chidamliligi, kiyimning o‘smir tanasiga yopishish darajasi. Shuning uchun o‘smirlar kiyimlari matolarga qo‘yiladigan talablar kiyimning qalinlik qiymatlari, massasi, havo va bug‘ o‘tkazuvchanligi, gigroskopiklik, namlik sig‘imi, issiqlikka qarshilik, elektrlashtirish va boshqalar bilan kuzatiladi [6]. Psixofiziologik talablar o‘smir ongida idrok etiladigan xususiyatlar, hissiyotlar bilan belgilanadi. Kiyim bolalarning kayfiyati va ruhiyatida salbiy reaksiya, noxush alomatlarga olib kelmasligi kerak. O‘smirlar kiyimlariga qo‘yiladigan estetik talablar kompozitsiyaning mukammalligi bilan belgilanadi. Modelning ranglar uyg‘unligi, kiyim qism (detal)larining mutanosibligi va butunligi, plastik shaklning ekspressivligi, uning tektonikasi, obyektiv dunyo bilan stilistik aloqasi, model va dizaynning yangiligi, tashqi jihatdan taqdim etilishi – bu kiyim mukammalligi ifodasidir. O‘smirlar kiyimlariga qo‘yiladigan funktsional talablar quyidagi talablar bilan tavsiflanadi:  kiyimning muayyan maqsadga muvofiqligi (modelning kompozitsion tuzilishi bo‘yicha;  kiyim bezaklari va dizaynlar;  materiallar;  fiziologik - yosh xususiyatlari;  o‘smirning yuz ko‘rinishi;  o‘smirning psixologik rivojlanishi. 4-rasm. O‘smirlar kiyimining utilitar funksiyasi va muvofiqlik talablari Demak, modelning kompozitsion-konstruktiv еchimi, materiallar, ularning bezaklari, rang sxemasi o‘smirlarning didiga, ularning ijtimoiy darajalariga mos kelishi kerak. Har bir yosh oralig‘ida ularning rivojlanish darajasiga muvofiq idrok etish xususiyatlari rivojlanishi, salomatligi, uning tashqi ko‘rinishiga bog‘liq. Shuning uchun bolalar kiyimlari oddiy va qulay bo‘lishi, yuvish va dazmollash ta’siriga chidamli, kimyoviy yuvishga mustahkam bo‘lishi lozim. Ijtimoiy talablar kiyimlarning ijtimoiy talablarga muvofiqligi bilan tavsiflanadi, bular ularni ishlab chiqarish va sotishning maqsadga muvofiqligini ta’minlaydigan ehtiyojlardir. Ijtimoiy talablar, birinchi navbatda, xaridorlarning maqsadi va didiga muvofiqligiga bo‘lgan talabi bilan belgilanadi [7]. O‘smirlar kiyimlariga qo‘֥yiladigan texnik va iqtisodiy talablar ham mavjud bo‘lib, ular dizayn-texnologik va iqtisodiy talablarga bo‘linadi [8, 9]. Dizayn texnologiyasi talablari tikuv dizayni ishlab chiqarish darajasi, sifatini aniqlaydi, mehnat xarajatlari va modelni ishlab chiqarish vaqti, iqtisodiy talablar esa ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni qamrab oladi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 279 Технологии текстильной и легкой промышленности 5-rasm. O‘smirlar zamonaviy qishki kiyimini shakllantirish. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda barcha zamonaviy talablarga javob beradigan o‘smirlar kiyimlarini yaratish bolalarning psixofiziologik rivojlanishi, ergonomik talablar va badiiy dizayn qonuniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligi isbotlangan [10]. O‘smirlar kiyimlari yosh xususiyatlariga va faoliyatining tabiatiga mos kelishi kerak. O‘smirlar yoshidagi bolaning faoliyati xilma-xil bo‘lib, kiyimlari va maktab formalari doim qulay, chiroyli, vaziyatga mos keladigan bo‘lishlikni talab qiladi. Bunday kiyim nafaqat o‘smirni tarbiyalashi, balki o‘smir o‘zining atrof-muhitiga uyg‘unlashishiga ham yordam berishi kerak. O‘smirlarning ijtimoiy va tabiiy hayot sharoitlariga har tomonlama moslashishi va ularning o‘zini qulay his qilishlari, kiyim dizayni atrof-muhit omillari ta’sirini har tomonlama hisobga olish asosida yaratilishiga, kiyim bolaning tanasi rivojlanishiga qulay, har doim estetik yo‘nalishda muvofiq bo‘lgan talablarning uyg‘unlashishiga olib keladi

Adabiyotlar (6)

  1. 1. Bayazit, N. (2004). User-Centered Design: A Research Approach for Designing the Best Products for the People. Applied Ergonomics, 35(5), 427–438.
  2. 2. Chukhray, N. I., & Sokolova, L. N. (2016). The Ergonomic Criteria for Adolescent Clothing. Vestnik of Light Industry, (4), 34–39.
  3. 3. Lestari, D., & Susilowati, D. (2018). Anthropometric Analysis in Designing Teen Clothing Pattern for Better Fit and Comfort. International Journal of Fashion Design, Technology and Education, 11(2), 241–248. https://doi.org/10.1080/17543266.2018.1456072
  4. 4. Shamsutdinova, M. N. (2020). Ergonomik dizayn asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti.(2) 25-31
  5. 5. Synnott, A., & Jackson, L. (2001). Fashion and Youth: Identity and Social Influence. London: Routledge.(6) 44-48
  6. 6. WHO. (2007). Growth Reference Data for 5–19 Years. World Health Organization. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 280