Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Ikki qatlamli ko‘ylakbop matoning fizikmexanik xususiyatlarini aniqlash uslublari

TOSHPULOTOV L.I., XAMRAYEVA S.A., MARDONOV S.E.

Nashr
6-son
Sahifalar
317–321
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
4 4

Annotatsiyalar

Maqolada chiziqiy zichligi 18,5 teks bo‘lgan paxta iplari asosida ishlab chiqarilgan ikki qatlamli ko‘ylakbop matolarning fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Iplarning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, shuningdek, olingan matolarning havo o‘tkazuvchanligi va gigroskopikligini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Nazariy va eksperimental ma’lumotlarning qiyosiy tahlili ularning yuqori darajada mos kelishini ko‘rsatdi, bu esa taklif etilgan hisoblash modellarining ishonchliligini tasdiqlaydi. Olingan natijalar ko‘ylakbop assortimentdagi matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini optimallashtirish va ularning gigiyenik xususiyatlarini oshirishda amaliy ahamiyatga ega. Tayanch iboralar: ikki qatlamli gazlama, ko‘ylakbop gazlamalar, fizik-mexanik xossalari, havo o‘tkazuvchanligi, gigroskopikligi, ipi, paxta. МЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИХ СВОЙСТВ ДВУХСЛОЙНОЙ СОРОЧЕЧНОЙ ТКАНИ 1Тошпулотов Л.И., 2Хамраева С.А. 1Бухарский государственный технический университет, 2Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности.

Maqola Mazmuni

Tadqiqot ishlari olib borish ob’ekti sifatida chiziqli zichligi Tt=Ta=18,5 teksli paxta tolali tanda va arqoq iplari, Kogon tumanidagi “Omad Kumushkent” MCHJ va Buxoro shaharidagi “Al Hakim PLUS” MCHJ korxonalarida mavjud PICANOL OMNI PLUS rusumli to‘quv dastgohi va polotno o‘rilishi asosida ikki qatlamli ko‘ylakbop mato namunalari, matolarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash uchun Toshkent to‘qimachilik va еngil sanoat institutidagi “CentexUz” laboratoriyasidagi asbob-uskunalari tanlandi. Turli o‘rilish asosidagi Ikki qatlamli ko‘ylakbop matolarni ishlab chiqarishda chiziqli zichligi 18,5 teksli paxta ipidan foydalanildi. Iplarning tolali tarkibi, tolaning sifat ko‘rsatkichlari, ipning chiziqli zichligi va tanda iplarining mustahkamligini oshirishda qo‘llaniladigan ohor takibiga e’tibor qaratilgan holda olingan iplarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilashi mumkin [1]. Ipning fizik-mexanik xossalari USTER-TESTER 6 asbobida aniqlandi, natijalari 1-jadvalda keltirilgan. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 315 Технологии текстильной и легкой промышленности 1-jadval Ikki qatlamli ko‘ylakbop matoni ishlab chiqarish uchun tanlangan ipning fizikmexanik xossalari O‘zDsT 23212012 Standart bo‘yicha № Ko‘rsatkichlar nomi Tajriba Farqi (+.-) Tanda Arqoq Tanda Arqoq Tanda Arqoq 1 Solishtirma uzish kuchi, sN/teks 11,8 11,3 11,6 11,2 +0,2 +0,1 2 Uzish kuchi, sN 218,3 155,94 3 Uzish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffitsienti, % 13,8 13,6 13,8 13,8 - +0,2 4 Sifat ko‘rsatkichi 0,855 0,830 5 Uzishdagi uzayish, % 10,7 8,2 6 Ipning pishiqligi, bur/metr 898 904 900 910 -2 -6 11,5 11,6 11,6 11,7 11,8 10,6 10,8 11 11,2 11,4 11,6 11,8 12 11,1 11,1 11,2 11,3 11,3 1 2 3 4 5 Tanda Arqoq 1-rasm. Tajriba natijasi bo‘yicha ipning solishtirma uzish kuchi 12,8 13 13,2 13,4 13,6 13,8 14 13,6 13,6 13,7 13,7 13,8 13,6 13,3 13,2 13,4 13,5 1 2 3 4 5 Tanda Arqoq 2-rasm. Tajriba natijasi bo‘yicha ipning solishtirma uzish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffitsienti. Tanlab olingan iplarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalariga binoan Tt=Ta=18,5 teksli iplardan foydalanildi va ikki qatlamli ko‘ylakbop matolar varianti ishlab chiqildi. Bu mato variantlari ko‘ylakga va ayollar ro‘moliga mo‘ljallanganligi sababli uning gigiyenik xususiyatlariga katta e’tibor qaratishni talab etdi. Shuning uchun bu variantdagi matolarning havo o‘tkazuvchanlik va gigroskopiklik xususiyatlarining o‘zgarishini tahlil qilishni taqozo etadi [2, 3]. Ikki qatlamli matoning havo o‘tkazuvchanligi matoning tuzilishi, ip zichligi, mato qalinligi va qobiqligi kabi bir qator omillarga bog‘liq. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 316 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 0,81 0,815 0,82 0,825 0,83 0,835 0,84 0,845 0,85 0,855 0,86 0,854 0,855 0,853 0,847 0,846 Sifat ko'rsatkichi 0,842 0,837 0,841 0,831 0,828 1 2 3 4 5 Variantlar Tanda Arqoq 3-rasm. Tajriba natijasi bo‘yicha iplarning sifat ko‘rsatkichi grafigi. Havo o‘tkazuvchanlikni aniq bashorat qiladigan universal formula mavjud emas, chunki bu ko‘rsatkich tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Shu bilan birga, matoning fizik parametrlari asosida yaqinlashtirilgan modellardan foydalanish mumkin. Ikki qatlamli matoda havo o‘tkazuvchanlik geometrik tavsifiga binoan quyidagicha aniqlash mumkin [4,5]: Formula: Q=K⋅εn⋅μ⋅h bu yеrda: Q- matodan o‘tayotgan havo miqdori (havo o‘tkazuvchanlik), odatda sm³/sm²·s K - proporsionallik koeffitsiyenti, tajriba orqali aniqlanadi. Matoning tuzilishi va havo harakat sharoitiga bog‘liq; ε - matoning g‘ovaklik koeffitsiyenti (havo o‘tadigan bo‘shliqlar ulushi, % yoki ulushda); n- empirik ko‘rsatkich (eksponenta), mato turiga qarab o‘zgaruvchi (1–3 orasida bo‘lishi mumkin); μ – havo zichligi (pas·s); h – mato qalinligi (mm). Havoning dinamik yopishqoqligi (μ, Pa·s) — bu havo zarrachalarining bir-biriga nisbatan harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini ifodalaydi va u asosan haroratga bog‘liq. µ standart qiymati (haroratga bog‘liq holda) o‘zgaradi. Agar aniq harorat berilmagan bo‘lsa, mustaqil hisob-kitoblarda standart harorat (20 °C = 293 K) qabul qilinadi. Bu holda: μ≈1.81×10−5Pa·s Harorat bo‘yicha μ ni aniqlashda agar harorat o‘zgarsa, μ ni quyidagi formulasi orqali aniqlash mumkin: 3/2 ⋅𝑇0 + 𝐶 𝑇+ 𝐶 μ(𝑇) = μ0 ⋅( 𝑇 𝑇0 ) bu yеrda: μ(T)- haroratdagi dinamik yopishqoqlik (Pa·s), μo=1.716×10−5Pa/c dot’s -273 K (0 °C) da, T- harorat, (Kelvin), To=273 KT, C=111 KC - Sazerlend doimiysi (fizikadan). Ishimizda: Agar harorat 25 °C (ya’ni T=298T=298T=298K) bo‘lsa, μ quyidagicha hisoblanadi: 3/2 ⋅273+111 298+111 μ(298)=1,716×10-5⋅(298 273) bu yеrda: µ(298)=1,85x10-5 Pa/s, K — empirik koeffitsient bo‘lib, u matoning to‘qish strukturasiga (o‘rilishiga), jumladan: iplarning turi va tarkibiga, to‘qish turi (masalan, poloto, sarja, atlas va h.k.), to‘qimadagi g‘ovakliklar shakli va o‘lchamiga, iplarning xususiyatlariga bog‘liq. Polotnoli o‘rilishdagi mato uchun empirik koeffitsient K: K≈(0.0005–0.002) m3/Pa⋅s Agar, T=295.15K ; μo=1.716×10−5 Pa/s; To=273 K; C=111 K “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 317 Технологии текстильной и легкой промышленности U holda, 3/2 ⋅𝑇0 + 𝐶 𝑇+ 𝐶 μ(𝑇) = μ0 ⋅( 𝑇 𝑇0 ) Hisoblaymiz: 𝑇 𝑇0 = 295.15 273 ≈1.0813 3/2 ≈(1.0813)1.5 ≈1.126 ( 𝑇 𝑇0 ) 𝑇0 + 𝐶 𝑇+ 𝐶= 273 + 111 295,15 + 111 = 384 406,15 ≈0,945 μ(295,15) = 1,716 × 10−5 ⋅1,126 ⋅0.945 ≈1,826 × 10−5 Pa ⋅s Ikki qatlamli mato uchun havo o‘tkazuvchanlik umumiy har bir qatlamning havo o‘tkazuvchanligi yig‘indisi sifatida qarash mumkin 𝑄общ = 1 𝑄1 + 1 𝑄2 yoki, 𝑄𝑢𝑚= (𝐾𝑢𝑚∙𝘀𝑢𝑚𝑛)/(𝜇∙ℎ𝑢𝑚) Ustki qatlami polotno va ostki qatlami atlas 5/2 o‘rilishi asosida ikki qatlamli matoning havo o‘tkazuvchanligi: 𝑄𝑢𝑚= (𝐾𝑢𝑚∙𝘀𝑢𝑚𝑛)/(𝜇∙ℎ𝑢𝑚) = (0,002 ∙0,2447)/(1,826 ∙10−5 ∙0,24) = 111,6 dm3 /sm2·s Ustki qatlami polotno va ostki qatlami satin 5/2 o‘rilishi asosida ikki qatlamli matoning havo o‘tkazuvchanligi: Qum=(Kum∙εumn)/(μ∙hum)=(0,002∙0,4317)/(1,826 ∙10−5 ∙0,24)=197 dm3 /sm2·s Ustki qatlami satin 5/2 va ostki qatlami atlas 5/2 o‘rilishi asosida ikki qatlamli matoning havo o‘tkazuvchanligi: Qum=(Kum∙εumn)/(μ∙hum)=(0,002∙0,2301)/ (1,826∙10-5∙0,24) =105 dm3 /sm2·s Ustki va ostiki qatlamlari polotno o‘rilish asosida ishlab chiqarilgan ikki qatlamli matoning havo o‘tkazuvchanligi: 𝑄𝑢𝑚= (𝐾𝑢𝑚∙𝘀𝑢𝑚𝑛)/(𝜇∙ℎ𝑢𝑚) = (0,002 ∙0,457)/(1,826 ∙10−5 ∙0,24) = 208,6 dm3 /sm2·s bu еrda: Kum i εum - har bir qatlamning xususiyatlariga asoslanib, ularni vaznli qiymatlar sifatida hisoblash mumkin. ε- g‘ovaklik quyidagicha aniqlanadi: 𝘀= 1 − 𝐺 𝜌∙ℎ bu yеrda: G — matoni sirt zichligi (g/m2 ), ρ — tolani zichligi (g/sm³), h — matoni qalinligi (mm ). Paxta (xom) tolasining zichligi (gr/sm³) odatda quyidagicha qabul qilinadi: ρ = 1.50 – 1.54 g/sm³ Amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan qiymat: ρ = 1.52 g/sm³ ε=1-G/(ρ∙h)=1-0,198/(1,52∙0,24)=0,457 Tajriba bo‘yicha havo o‘tkazuvchanlik 211,9 dm3 /sm2·s ga, nazariy qiymat 208,56 dm3 /sm2 ·s ga teng, nazariy bilan tajribaviy qiymatlar orasidagi farq 1,58% ni tashkil etdi. Bu farq nazariy hisoblash orqali aniqlangan matoni havo o‘tkazuvchanlikning qiymati moyillikdan dalolat beradi [6,7]. Iste’molchilar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda polotno o‘rilish asosida to‘qilgan ikki qatlamli matoning umumiy nam shimuvchanligini quyidagi formulasi orqali aniqlash mumkin [Ошибка! Источник ссылки не найден.]: Wum= ∑ φi 2 i=1 ⋅Gi⋅εi⋅hi⋅si ∑ Gi 2 i=1 ⋅hi⋅si ⋅100= 0.28⋅1.98⋅0.457⋅0.24⋅1 1.98⋅0.24⋅1 ⋅100=12.68% bu yеrda: Wum - ikki qatlamli matoning umumiy gigroskopikligi (%), φi- i-qatlamning namni so‘rish qobiliyati (g/g) ( 2-jadval) Gi-i-qatlamdagi tola materialining zichligi (g/sm³), εi -i-qatlamning g’ovakligi (havo hajmi ulushi, 0 < ε < 1), “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 318 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари hi - i-qatlamning qalinligi (sm), Si - i-qatlamning yuza maydoni (sm²). i=1,2 - matoning birinchi va ikkinchi qatlami 2-jadval. Turli tola tarkibli matolarning nam so‘rish qobiliyati Mahsulot turi Namni so‘rish qobiliyati (g/g) Manba Paxta (xom) 0,7 – 1,3 Мельников Б.Н. Материаловедение текстильных материалов. – М.: Лёгкая индустрия, 2012. Paxta (ishlangan) 0,4 – 0,8 Каюмов Т., Хўжақулов Х. Тўқимачилик материалшунослиги. – Тошкент: Фан, 2005. Paxta mato 0,2 – 1,0 Воротникова Л.А. Физика текстильных материалов. – М.: Легпромбытиздат, 2015. Poliester 0,01 – 0,04 ГОСТ ISO 139 «Textiles — Standard atmospheres for conditioning and testing». Neylon 0,03 – 0,07 ISO 5085-1 «Textiles — Determination of water absorp Tajriba natijalari bo‘yicha gigroskopiklik 12,8% ga, nazariy hisoblashlar bo‘yicha 12,68% ga teng, nazariy bilan tajribaviy qiymatlar orasidagi farq 0,95% ni tashkil etdi. Bu farq nazariy hisoblash orqali aniqlangan matoni gigroskopikligining qiymati moyil ekanligidan dalolat beradi. Polotno o‘rilish asosida ishlab chiqariladigan ikki qatlamli matoning havo o‘tkazuvchanligi va gigroskopikligi 95% ishonch darajasiga muvofiq nazariy va amaliy natijalarning bir-biriga yaqinligidan dalolat beradi. Matoning havo o‘tkazuchanlik va nam o‘tkazuvchanligini nazariy baholash uchun keltirib chiqarilgan formulalar orqali aniqlash imkoniyati mavjudligi asoslab berildi va bu aniqliklardan ishlab chiqarishga keng qo‘llash uchun eksperimental tatqiqotlar o‘tkazishni taqozo etadi [8]

Adabiyotlar (8)

  1. 1. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Тола таркиби турлича бўлган кўйлакбоп матоларнинг технологик кўрсаткичларини таҳлили // International Conference of Actual Problems in Science and Education. – Canberra (Australia), 2024. – P. 1–4. – URL: https://interconference.org
  2. 2. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Analysis of the physical-mechanical properties of t-shirt fabric with different fiber composition // E3S Web of Conferences. – 2024. – Vol. 548. – P. 1–5.
  3. 3. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E. Study of the effect of the speed of the receiving drum of the carding machine on the properties of the thread // Journal of Physics: Conference Series. – 2022. – Vol. 2388. – P. 1–7. – DOI: 10.1088/1742-6596/2388/1/012168.
  4. 4. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А. Тажриба натижаларини қайта ишлаш учун дастур, DGU №36673, 2024.
  5. 5. Тошпулотов Л.И., Мардонов С.Э., Ержанова Д.Ж. Янги таркиб билан оҳорланган танда иплар асосида олинган матоларнинг физик-механик хусусиятлари таҳлили // Халқаро илмий-амалий конференция мақолалари тўплами. – Наманган, 2022. – Т. II. – Б. 89–93.
  6. 6. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Yerjanova D.J., Karimova N.H. Tolаlаr tаrkibi turlichа bo‘lgаn ko‘ylаkbop mаtolаrning sifаt ko‘rsаtkichlаrining o‘zgаrishi // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2022. – №4. – Б. 215–219.
  7. 7. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Xamrayeva S.A. To‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotning sifatini nazorat qilishda kompyuter ko‘rish tizimidan foydalanish // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2023. – №4. – Б. 260–266.
  8. 8. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А., Шумкарова Ш.П., Норбоева Г.Т. Икки қатламли плашли мато: Саноат намунаси, Гувоҳнома № SAP 2662, 01.03.2024. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 319