Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Kiyimbop to‘qimalarning tolaviy tarkibini aniqlash
Annotatsiyalar
Kiyimbop to‘qimalar odamning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydigan va kundalik faoliyat uchun qulaylik yaratadigan materiallardan tayyorlanadi. Bunday to‘qimalar yuqori darajadagi mustahkamlik, estetik ko‘rinish, himoya va qulaylik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Ткани для одежды изготавливаются из материалов, которые улучшают внешний вид человека и обеспечивают комфорт в повседневной жизни. Такие ткани должны обладать высокой прочностью, эстетичным внешним видом, защитными свойствами и комфортом.
Apparel fabrics are made from materials that enhance a person's appearance and provide comfort for daily activities. Such fabrics must have high levels of strength, aesthetic appearance, protection, and comfort.
fabricsdaily activitiesdurabilityaestheticsbreathabilityenvironmental friendlinesschemical fibersresource efficiencylaboratoryequipmentprotectioncomfort. Respublikamizda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy dizayn yеchimlarini joriy qilish orqali tayyor mahsulotlarning eksportdagi ulushi 70% ga oshirishtoʻqimachilik sanoati yagona axborot portali yaratilishi bilan korxonalar bozor tendentsiyalarieksport talablari va investitsiya imkoniyatlari haqida maʼlumot olishsuv te
Maqola Mazmuni
kirishuvchanligini kamaytirish, yorug‘likka chidamliligini oshirish va eng asosiysi, narxini pasaytirish imkonini beradi. Zamonaviy texnologiyalar aralash tolalar asosida tashqi ko‘rinishi jihatidan tabiiy xomashyolardan tayyorlangan gazlamalardan farq qilmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Muhimi, bunday kiyimlar utilizatsiya jarayonida ham o‘zining ekologik xususiyatlarini saqlab qoladi: tashlab yuborilgan mahsulot atrof-muhitni ifloslantirmaydi va o‘simlik qoldiqlari kabi parchalanadi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, kiyimlar uchun mo‘ljallangan gazlamalarning xususiyatlari qulay va amaliy bo‘lishi zarur. Respublikamiz ichki bozoridagi xorij aralash iplaridan to‘qima namunalarining texnologik omillarini tadqiq etish uchun namunalari tanlandi va institut sinov laboratoriyasi uskunalarida tajribaviy natijalar olindi (1- jadval). 1 jadval Mavjud kiyimbop to‘qimalarning texnologik omillari
To‘qimadag i iplarning chiziqiy zichligi, teks
To‘qimaning qalinligi, mm
To‘qima ning zichligi, ip/dm
To‘qi-maning pillinglanishi
To‘qimaning yuza zichligi gr/m2
To‘qimaning o‘rilishi
Tolaviy tarkibi
№ Namuna
Arqoq
Arqoq
Tanda
Tanda
1 I-namuna Xitoy 210 0.42 38 39 340 240 - Sarja 2/2 50% Poliester, 50% Jun
2 II-namuna Xitoy 180 0.27 21 19 550 330 - Sarja 2/2 90%Poliester, 10% Viskoza
3 III-namuna Xitoy 200 0.35 23 47 460 220 4 Sarja 2/2 50% Jun, 50% Poliester
4 IV-namuna Turk 270 0.36 23 21 730 360 2 Sarja 1/3 30% Viskoza, 70% Poliester
5 V-namuna Turk 190 0.32 22 29 420 340 2 Sarja 2/2 20% Viskoza, 80% Poliester
6 VI -namuna Turk 220 0.32 31 31 420 340 2 Sarja 2/2 30% Viskoza, 70% Poliester
Ilmiy ishda mato namunalari tuzilishi bo‘yicha aralash, yarim jun guruhga mansub bo‘lib, bu holda komponentlarning texnologik muvofiqlashuviga va kiyimbop to‘qima dizayniga, katta e’tibor qaratildi, shuningdek, qo‘yiladigan talablarga muvofiq naqshlar tanlandi. O‘rganilgan tajribaviy to‘qima namunalarining mamlakatimiz iqlimi va ist’mol talablariga mos, hamda tannarxini inobatga olgan xolda 3ta kiyimbop to‘qima namunalarini fizik-mexanik va iste’mol xususiyatlari tadqiq etildi (2-jadval). Paxta tolalari to‘qimachilik sanoati uchun eng qimmatli xom ashyo turi hisoblanadi. U gigroskopik, yuqori mustahkamlik, quyosh nurlariga chidamlilik kabi sifat ko‘rsatkichlariga ega. Paxta tolali matolar choyshabbop, paypoq buyumlari hamda texnikaviy, tibbiy maqsadlarda mo‘ljallangan matolar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Kiyimning qulayligi uning tana va atrof-muhit o‘rtasida optimal issiqlik almashinuvini ta’minlash qobiliyati bilan belgilanadi. Bunday holatda, kiyim ostidagi havo qatlamining holatining xususiyatlari baholash mezonlari bo‘lib xizmat qiladi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 321
Технологии текстильной и легкой промышленности
2-jadval Paxta shtapel tolasi tavsifi Ko‘rsatkichlar nomlanishi Ko‘rsatkichlar Tolaning ishlab chiqariladigan metrik nomerlarining (milliteks) diapazoni
4500 (220) – 9500 (105) Solishtirma og‘irlik, g/sm3 1,50-1,52 Muhit namligida tolaning muvozanat namligi(%): 65% 95%
7,0-8,0 24,0-27,0 Standart shartlarda uzilish uzunlig, km 22,0-44,0 Uzilish kuchi me’yori, kg/mm2 33,4-67,0 Nisbiy mustahkamligi, gs/teks 25-35 Nisbiy mustahkamligi, %: Nam holatda halqada
110-120 Uzilishdagi cho‘zilish, %: Standart sharoitlarda Nam holatda
10,0-12,0 11,0-13,0 Nam ishlov berishdan keyingi kirishish, % 3,7-18,3 Cho‘zilish moduli, kg/mm2 500-550 Cho‘zilishda elastiklik darajasi (%): 4% 10%
25 36 Tolali massaning (qisuvchi yuk olingandan keyingi burchakning qayishqoq tiklanishi) qayishqoqligi, grad 3 daqiqadan keyin 60 daqiqadan keyin
74-79 85-89 Ko‘p martalik egilishlarga chidamliligi, 10 kg/mm2 zo‘riqishda sikllar soni
40000-50000
30 g yukda ishqalanishga chidamliligi, tsiklar soni 9020 Ultrabinafsha nurlanishga (nurlanishdan keyingi mustahkamlini yo‘qotishi) chidamliligi, %
50 (Quyoshdan nurlanishi. 940 soatdan keyin) Temperaturaviy ko‘rsatkichlar, 0C: yumshashi-erishi kristallanishi
1600С da eriydi Issiqlik quvvati, kal/g∙grad. 0,445 Xaroratga chidamliligi, %:+1400 da Mustahkamlikni yo‘qotish Cho‘zilish o‘zgarishi
12 -24 +500 da: Mustahkamlikni oshishi Cho‘zilishning yo‘qolishi
36 40 Ikki nur singdirish kuchi 0,018-0,020 Bunday holatni belgilovchi asosiy omillar quyidagilardir: atrof-muhit sharoitlari; issiqlik ajralib chiqarish intensivligini belgilaydigan jismoniy zo‘riqish kattaligi; uning “shamollatilish” va issiqlik uzatish konvektiv usulining umumiy issiqlik almashinuv ulushini, shuningdek, tana yuzasidan bug‘langan namlikni yo‘qotilish tezligini belgilaydigan kiyim konstruksiyasi; kiyimning ichki va tashqi muhiti orasidagi issiqlik almashinuv, namlik almashinuv va gaz almashinuv intensivligiga ta’sir qiluvchi kiyim ishlab chiqarilgan matolarning xususiyatlari hisoblanadi. Birinchi ikkita omilni tashqi, uchinchi va to‘rtinchi omillarni bevosita o‘rganilayotgan obyekt – kiyim bilan bog‘lash mumkin. Kiyim dizaynini tanlash va tegishli xususiyatlarga ega bo‘lgan matolarni tanlash dastlabki ikki omil haqidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, atrof-muhit sharoitlari va kutilayotgan jismoniy faoliyat kattaligi haqida. Kiyim konstruksiyasini tanlash va mos xususiyatlarga ega bo‘lgan matolarni tanlash dastlabki ikki omil, ya’ni atrof-muhit sharoitlari va kutilayotgan jismoniy zo‘riqish kattaligi haqidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 322
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Kiyimbop gazlamalarning havo o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi kamida 50 dm³/m²·sek bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, 1 m² kiyim gazlamasi soniyasiga kamida 50 dm³ havo hajmini o‘tkazishi lozim. To‘qimachilik matolarining barcha turlari uchun bu ko‘rsatkich taxminan 3 dan 50 dm³/m² oralig‘ida joylashadi. Kiyimning ko‘pgina funksiyalaridan biri issiqlikni saqlash bo‘lganligi sababli, pastki chegarasi kamida 50 dm³/m² bo‘lganda gazlama issiqlikni saqlashi va qulaylikni ta’minlashi uchun еtarli hisoblanadi. Ko‘rsatkichning yuqori chegarasi esa chegaralanmagan. Yengil matolardan ishlab chiqarilgan yozgi kiyimlar uchun havo o‘tkazuvchanligi ancha yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Jun hayvonlarning terisida joylashgan tuklari deb ataluvchi va qayta ishlab ipga aylantiriluvchi toladir (2-jadval). Hayvonlardan olinadigan jun hayvon turiga qarab nomlanadi. Masalan: echki juni, tuya juni va boshqalar. Jun tolalari ifloslikni qaytaradi va tozalash oson. Issiqlikni saqlash - (issiqlikni tejash qobiliyati) junning eng mashhur va sevimli xususiyatlaridan biridir. Jun eng yuqori issiqlikni o‘zida saqlash qoluvchi xususiyatlarga ega. Bu xususiyat uning tolalari tarkibi tufayli issiqlikni bog‘lash va uni tolalar orasida saqlashi hisobiga sodir bo‘ladi. Tabiatda unga o‘xshash boshqa tola mavjud emas. Eng yuqori gigroskopiklik 18-25% tashkil qiladi. U atrof-muhitdan namlikni yutadi, lekin boshqa tolalardan farqli o‘laroq, u namlikni asta-sekin yutadi va chiqaradi. Suvda kuchli bo‘kadi. Cho‘zilgan holatdagi namlangan tolani quritish yo‘li bilan o‘z holatiga qaytarish mumkin, qayta namlashda tolaning uzunligi yana tiklanadi. Yorug‘likga chidamli va cho‘ziluvchanligi yaxshi. Qayishqoqligi yuqori g‘ijimlanmaydi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki to‘qimachilik materiallarining xususiyatlarini tadqiq qilish ularning tarkibi, mustahkamligi, nam singdirish qobiliyati, issiqlik o‘tkazuvchanligi va kimyoviy ta’sirlarga chidamliligini aniqlashga yordam beradi. Bu esa bizda kiyimlarni to‘g‘ri tanlashimizda va mavsumbop kiyimlarni va matolarni to‘g‘ri tadbiq etishimizda yordam beradi
Adabiyotlar (8)
- 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024). To‘qimachilik tarmog‘ini muvofiqlashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida [PF–71-son Farmon, 1 may 2024 yil]. https://lex.uz
- 2. Bakayev M.X. Issledovaniye i sovershenstvovaniye texnologicheskogo protsessa otpuska i natyajeniya osnovi pri virabotke tkaney iz naturalnogo shelka: Dis. ... kand. texn. nauk. – T.: TITLP, 1993. – 144 b
- 3. Litovchenko A.G. Razrabotka metoda proyektirovaniya i optimalnix parametrov izgotovleniya tkani iz kombinirovannix nitey. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata texnicheskix nauk. Moskva. MGTA- 1995g.
- 4. Sokerin N.M, Igumnova Ye.N, Afanaseva A.L. (Ivanovskaya GTA) O vozmojnosti formirovaniya uzorov tkani na tkatskom stanke putem nerovnomernogo raspolojeniya utochin. Texnologiya i organizatsiya proizvodstv tekstilnoy promishlennosti - 2003.
- 5. Masudur Rahman ANM. Influence of stitch length and structure on selected mechanical properties of single jersey knitted fabrics with varying cotton percentage in the yarn. Journal of Textile Engineering & Fashion Technology. Volume
- 4 Issue 2 – 2018. 189 p.p.
- 6. R.I. Orazbaeva., L. Toreniyazova., D. Kadirova., R. Rakhimkhodzhaev “Investigation of the twist of a yarn with a square structure” Karakalpak Scientific Journal: Vol.
- 4: Iss. 2, Article 3. https://uzjournals.edu.uza/krsu/vol4/iss2/3. Volume 4. 6-30-2021 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 323