Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Turli o‘rilishli ikki qatlamli ko‘ylakbop matolar olish texnologiyasini ishlab chiqish

TOSHPULOTOV L.I., XAMRAYEVA S.A., MARDONOV S.E.

Nashr
6-son
Sahifalar
338–343
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
1 6

Annotatsiyalar

Annotatsiya o'zbek tilida mavjud emas.

Maqola Mazmuni

To‘qimachilik sohasida yangi avlod yеngil, qulay va estetik matolarni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion yo‘nalish hisoblanadi. Zamonaviy to‘qimachilik sanoatida funksional va ko‘p vazifali matolarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Ko‘ylak va bosh ro‘mol mahsulotlari uchun talab: yеngillik, havo o‘tkazuvchanlik, yumshoqlik va terida qulay tuyulishi, chiroyli tuzilishi va estetik jihatlarni o‘z ichiga oladi [1]. Turli o‘rilishli, ikki qatlamli yеngil matolarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan maqsad, uni ko‘ylak hamda donali mahsulotlari uchun moslashtirish. Turli o‘rilish asosidagi ikki qatlamli yеngil matolarni olish texnologiyasini ishlab chiqish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: -qo‘llaniladigan o‘rilish turlarini tahlil qilish (polotno, satin va atlas o‘rilishlari asosida ikki qatlamni hosil qilish, 1-4-rasmlarda keltirilgan); - ikki qatlamli matolardan havoning o‘tish modelini yaratish; - teri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda bo‘ladigan quyi qatlam uchun tabiiy xomashyo tanlash, 100% paxta; - ustki qatlam uchun havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan va hajm berish xususiyatiga ega tolalarni tanlash, 100% paxta tanlandi; - to‘qish texnologik zanjirini tuzish va ishlab chiqarish sharoitida namuna olish; - matolarning fizik-mexanik va gigienik xususiyatlarini sinovdan o‘tkazishda baholash. 1-rasm. Ustki qatlami polotno va ostki qatlami atlas 5/2 o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 337 Технологии текстильной и легкой промышленности 1-jadval. Ikki qatlamli mato tuzilishi Qatlam O‘rilish turi Xomashyo Vazifasi Yuqori qatlam Polotno Paxta Barqarorlik, forma saqlash, estetik Quyi qatlam Satin, atlas, polotno Paxta Terida qulay tuyulishi, gigienik Bog‘lovchi iplar Yarim reps Paxta Qatlamlar birligi va harakatga bardoshlilik 1. Polotno, satin va atlas o‘rilishlari asosida ikki qatlamli matoni o‘rilishi 1-jadvalga mos ravishda loyihalandi va o‘rilish sxemalari 1-4-rasmlarda keltirilgan. 2-rasm. Ustki qatlami polotno va ostki qatlami satin 5/2 o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi. 3-rasm. Ustki qatlami atlas 5/2 va ostki qatlami satin 5/2 o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 338 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Ustki qatlami polotno va ostki qatlami satin 5/2 va atlas 5/2 o‘rilishlari asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning ichki qatlami atlas o‘rilishi evaziga tanda qoplamlarining oshishi matoga yumshoqlik xususiyatini oshiradi, bu esa issiq iqlim sharoitlarida qulaylik yaratadi, lekin yuvish jarayonida iplarning siljishi natijasida matoning shakli buziladi va tovar ko‘rinishining o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘rilishdagi matoni ko‘ylak, bosh ro‘moli, qo‘l ro‘molchasiga nisbatan matoli salfetka va tibbiyot niqoblari tayyorlashda keng qo‘llash tavsiya etiladi [2]. 4-ramda ustki va ostki qatlamlari polotno o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli mato o‘rilish sxemasi keltirilgan bo‘lib, bu o‘rilishda ishlab chiqarilgan matolarda satin va atlas o‘rilish asosida olingan ikki qatlamli matolarga nisbatan shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lib, bu o‘rilishdagi matodan ko‘ylak, bosh ro‘moli, qo‘l ro‘molchasi mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 4-rasm. Ustki va ostki qatlamlari polotno o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi. Bu o‘rilishni shakllantirishda birinchi qatlamdagi tanda va arqoq iplarining to‘lqin balandliklari ikkinchi qatlamning to‘lqin balandliklariga ustma-ust tushishi tanda va arqoq iplari g‘ovakliklaridan havoning o‘tishi uchun sharoit yaratadi, natijada havo o‘tkazuvchanlik koeffitsienti oshadi [3]. 2. Turli o‘rilishli, ikki qatlamli yеngil to‘qimalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish uchun ikki qatlamli matolardan havoning o‘tish modelini yaratildi. Bunda AP-360 SM asbobida mato g‘ovaklaridan havoning o‘tishi tahlil qilindi va bu asosda havoning mato qatlamlaridan o‘tishi jarayonini tasvirlovchi model ishlab chiqildi (5-rasm). “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 339 Технологии текстильной и легкой промышленности 5-rasm. Ikki qatlamli matodan havoning o‘tish harakatini tasvirlovchi model. 1-havo quvuri, 2-havo oqimi, 3-ikki qatlamli mato namunasi, 4-qatlamlar orasidagi g‘ovaklik, 5-matodan qaytgan havo, 6-mato g‘ovagidan erkin o‘tgan havoni harakati. 5-ramda keltirilgan modeldagi ikki qatlamli matodan havo o‘tish harakatining tasvirida 1 - havo quvuridan bosim ostida havo yo‘naltiriladi, 2 - havo harakati davomida 3 – mato namunasiga urilib, 4-g‘ovakliklardan 6 - harakat yo‘nalishida o‘tadi, 5-to‘siqqa uchragan havo qarama-qarshi tomonga qaytib, quvurdagi havo bosimini oshiradi. Bu holatda bosimni asbobda rostlovchi yordamida bosim rostlanadi va bir xil me’yorda havo ta’minlanadi [4,5]. 3. Ikki qatlamli matodan tayyorlangan ko‘ylakbop va donali mahsulotning quyi qatlami to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson tanasi bilan kontaktda bo‘lishini inobatga olingan holda mato 100% paxta tolali iplardan ishlab chiqarildi. Tanda va arqoq iplari ombori (Тт=Та=18,5 teks) Arqoq ipi (pishiqligini va iplarni muqobillash) Tanda ipi 10sm matoda joylashgan Tandalash (Benenger) Oxorlash (Zukker Muller) O‘rilishni loyihalash va matoning havo o‘tkazuvchanligi Tajriba natijalarini nazariy qiymatlar bilan taqqoslash va gigroskopik xususiyatini nazariy baholash O‘tkazish va ulash (PSM UP) To‘quv (PICANOL) (tanda ipining tarangligini Matoni laboratoriyada baholash Matoni saralash va hisoblash 6-rasm. Turli o‘rilishli ikki qatlamli ko‘ylakbop matolar olish texnologiyasi sxemasi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 340 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 4. Ikki qatlamli ko‘ylak mato qatlamidan bosim ostida yuboriladigan havoni g‘ovakliklar orasidan o‘tishi uchun qulaylik yaratish maqsadida hajm berish xususiyatiga ega bo‘lgan 100% paxta tolali 18,5 teksli iplar tanlandi [6,7]. 5. Turli o‘rilish asosida ikki qatlamli ko‘lakbop matolarni olish texnologiyasi i shlab chiqildi. Ishlab chiqilgan ikki qatlamli mato olish texnologiyasining mavjud texnologiyalardan farqi shundaki, bu texnologiya bo‘yicha matoning barcha fizik-mexanik, gigienik xususiyatlarini inobatga olgan holda mato loyihalanadi, parametrlari ishlab chiqiladi, havo o‘tkazuvchanligi, gigroskopikligi nazariy baholanadi, so‘ng ishlab chiqarilgan matoning ko‘rsatkichlari laboratoriya sharoitida tahlil qilinadi, hamda nazariy qiymatlar bilan muvofiqligi tekshiriladi. Bu texnologiyaning afzalligi shundaki, rejalashtirilgan matolar xususiyatlarining ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishdan avval aniqlik kiritilib, so‘ng ishlab chiqarishga tavsiya etiladi [8,9,10]

Adabiyotlar (10)

  1. 1. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Тола таркиби турлича бўлган кўйлакбоп матоларнинг технологик кўрсаткичларини таҳлили // International Conference of Actual Problems in Science and Education. – Canberra (Australia), 2024. – P. 1–4. – URL: https://interconference.org
  2. 2. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Analysis of the physical-mechanical properties of t-shirt fabric with different fiber composition // E3S Web of Conferences. – 2024. – Vol. 548. – P. 1–5.
  3. 3. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E. Study of the effect of the speed of the receiving drum of the carding machine on the properties of the thread // Journal of Physics: Conference Series. – 2022. – Vol. 2388. – P. 1–7. – DOI: 10.1088/1742-6596/2388/1/012168.
  4. 4. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А. Тажриба натижаларини қайта ишлаш учун дастур, DGU №36673, 2024.
  5. 5. Тошпулотов Л.И., Мардонов С.Э., Ержанова Д.Ж. Янги таркиб билан оҳорланган танда иплар асосида олинган матоларнинг физик-механик хусусиятлари таҳлили // Халқаро илмий-амалий конференция мақолалари тўплами. – Наманган, 2022. – Т. II. – Б. 89–93.
  6. 6. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Yerjanova D.J., Karimova N.H. Tolаlаr tаrkibi turlichа bo‘lgаn ko‘ylаkbop mаtolаrning sifаt ko‘rsаtkichlаrining o‘zgаrishi // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2022. – №4. – Б. 215–219.
  7. 7. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Xamrayeva S.A. To‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotning sifatini nazorat qilishda kompyuter ko‘rish tizimidan foydalanish // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2023. – №4. – Б. 260–266.
  8. 8. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А., Шумкарова Ш.П., Норбоева Г.Т. Икки қатламли плашли мато: Саноат намунаси, Гувоҳнома № SAP 2662, 01.03.2024.
  9. 9. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Erjanova D.J., Karimova N.H. Changes in the quality indicators of shirt fabrics with different fiber compositions // Modern Innovations. Systems and Technologies. – 2022. – Т. 2, №1. – С. 81–87.
  10. 10. Севостьянов А.Г. Методы и средства исследования механико-технологических процессов текстильной промышлености М.: НГТУ им. А.Н.Косыгина , 2007.-648c. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 341