Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Turli o‘rilishli ikki qatlamli ko‘ylakbop matolar olish texnologiyasini ishlab chiqish
Аннотации
Аннотация на узбекском языке не доступна.
В статье рассматривается разработка технологии производства легких двухслойных тканей различного переплетения, предназначенных для изделий из платьев и платков. Проведен анализ тканей (полотна, сатина и атласа), создана модель прохождения воздуха через двухслойные структуры, определены оптимальные параметры выбора сырья и технологической цепочки производства. Уделено внимание физикомеханическим и гигиеническим свойствам тканей, включая их воздухопроницаемость и гигроскопичность. Сравнительный анализ теоретических и экспериментальных данных подтвердил эффективность предложенной технологии, что имеет практическое значение для оптимизации производства и повышения качества текстильной продукции.
The article examines the development of a technology for producing lightweight double-layered fabrics of various weaves intended for dress and handkerchief products. Analysis of fabrics (fabric, satin, and atlas) was conducted, a model of air passage through two-layer structures was created, and optimal parameters for selecting raw materials and the production chain were determined. Attention was paid to the physical-mechanical and hygienic properties of fabrics, including their air permeability and hygroscopicity. Comparative analysis of theoretical and experimental data confirmed the effectiveness of the proposed technology, which has practical significance for optimizing production and improving the quality of textile products.
Содержание статьи
To‘qimachilik sohasida yangi avlod yеngil, qulay va estetik matolarni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion yo‘nalish hisoblanadi. Zamonaviy to‘qimachilik sanoatida funksional va ko‘p vazifali matolarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Ko‘ylak va bosh ro‘mol mahsulotlari uchun talab: yеngillik, havo o‘tkazuvchanlik, yumshoqlik va terida qulay tuyulishi, chiroyli tuzilishi va estetik jihatlarni o‘z ichiga oladi [1]. Turli o‘rilishli, ikki qatlamli yеngil matolarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan maqsad, uni ko‘ylak hamda donali mahsulotlari uchun moslashtirish. Turli o‘rilish asosidagi ikki qatlamli yеngil matolarni olish texnologiyasini ishlab chiqish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: -qo‘llaniladigan o‘rilish turlarini tahlil qilish (polotno, satin va atlas o‘rilishlari asosida ikki qatlamni hosil qilish, 1-4-rasmlarda keltirilgan); - ikki qatlamli matolardan havoning o‘tish modelini yaratish; - teri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda bo‘ladigan quyi qatlam uchun tabiiy xomashyo tanlash, 100% paxta; - ustki qatlam uchun havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan va hajm berish xususiyatiga ega tolalarni tanlash, 100% paxta tanlandi; - to‘qish texnologik zanjirini tuzish va ishlab chiqarish sharoitida namuna olish; - matolarning fizik-mexanik va gigienik xususiyatlarini sinovdan o‘tkazishda baholash.
1-rasm. Ustki qatlami polotno va ostki qatlami atlas 5/2 o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 337
Технологии текстильной и легкой промышленности
1-jadval. Ikki qatlamli mato tuzilishi Qatlam O‘rilish turi Xomashyo Vazifasi Yuqori qatlam Polotno Paxta Barqarorlik, forma saqlash, estetik Quyi qatlam Satin, atlas, polotno Paxta Terida qulay tuyulishi, gigienik Bog‘lovchi iplar Yarim reps Paxta Qatlamlar birligi va harakatga bardoshlilik 1. Polotno, satin va atlas o‘rilishlari asosida ikki qatlamli matoni o‘rilishi 1-jadvalga mos ravishda loyihalandi va o‘rilish sxemalari 1-4-rasmlarda keltirilgan.
2-rasm. Ustki qatlami polotno va ostki qatlami satin 5/2 o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi.
3-rasm. Ustki qatlami atlas 5/2 va ostki qatlami satin 5/2 o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 338
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Ustki qatlami polotno va ostki qatlami satin 5/2 va atlas 5/2 o‘rilishlari asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning ichki qatlami atlas o‘rilishi evaziga tanda qoplamlarining oshishi matoga yumshoqlik xususiyatini oshiradi, bu esa issiq iqlim sharoitlarida qulaylik yaratadi, lekin yuvish jarayonida iplarning siljishi natijasida matoning shakli buziladi va tovar ko‘rinishining o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘rilishdagi matoni ko‘ylak, bosh ro‘moli, qo‘l ro‘molchasiga nisbatan matoli salfetka va tibbiyot niqoblari tayyorlashda keng qo‘llash tavsiya etiladi [2]. 4-ramda ustki va ostki qatlamlari polotno o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli mato o‘rilish sxemasi keltirilgan bo‘lib, bu o‘rilishda ishlab chiqarilgan matolarda satin va atlas o‘rilish asosida olingan ikki qatlamli matolarga nisbatan shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lib, bu o‘rilishdagi matodan ko‘ylak, bosh ro‘moli, qo‘l ro‘molchasi mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
4-rasm. Ustki va ostki qatlamlari polotno o‘rilishi asosida bog‘lovchi o‘rilishi yarim reps bo‘lgan ikki qatlamli matoning o‘rilish sxemasi. Bu o‘rilishni shakllantirishda birinchi qatlamdagi tanda va arqoq iplarining to‘lqin balandliklari ikkinchi qatlamning to‘lqin balandliklariga ustma-ust tushishi tanda va arqoq iplari g‘ovakliklaridan havoning o‘tishi uchun sharoit yaratadi, natijada havo o‘tkazuvchanlik koeffitsienti oshadi [3]. 2. Turli o‘rilishli, ikki qatlamli yеngil to‘qimalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish uchun ikki qatlamli matolardan havoning o‘tish modelini yaratildi. Bunda AP-360 SM asbobida mato g‘ovaklaridan havoning o‘tishi tahlil qilindi va bu asosda havoning mato qatlamlaridan o‘tishi jarayonini tasvirlovchi model ishlab chiqildi (5-rasm).
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 339
Технологии текстильной и легкой промышленности
5-rasm. Ikki qatlamli matodan havoning o‘tish harakatini tasvirlovchi model. 1-havo quvuri, 2-havo oqimi, 3-ikki qatlamli mato namunasi, 4-qatlamlar orasidagi g‘ovaklik, 5-matodan qaytgan havo, 6-mato g‘ovagidan erkin o‘tgan havoni harakati.
5-ramda keltirilgan modeldagi ikki qatlamli matodan havo o‘tish harakatining tasvirida 1 - havo quvuridan bosim ostida havo yo‘naltiriladi, 2 - havo harakati davomida 3 – mato namunasiga urilib, 4-g‘ovakliklardan 6 - harakat yo‘nalishida o‘tadi, 5-to‘siqqa uchragan havo qarama-qarshi tomonga qaytib, quvurdagi havo bosimini oshiradi. Bu holatda bosimni asbobda rostlovchi yordamida bosim rostlanadi va bir xil me’yorda havo ta’minlanadi [4,5]. 3. Ikki qatlamli matodan tayyorlangan ko‘ylakbop va donali mahsulotning quyi qatlami to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson tanasi bilan kontaktda bo‘lishini inobatga olingan holda mato 100% paxta tolali iplardan ishlab chiqarildi.
Tanda va arqoq iplari ombori (Тт=Та=18,5 teks)
Arqoq ipi (pishiqligini va
iplarni muqobillash) Tanda ipi
10sm matoda joylashgan
Tandalash (Benenger)
Oxorlash (Zukker Muller)
O‘rilishni loyihalash va matoning havo o‘tkazuvchanligi
Tajriba natijalarini nazariy qiymatlar bilan taqqoslash
va gigroskopik xususiyatini
nazariy baholash
O‘tkazish va ulash (PSM UP)
To‘quv (PICANOL)
(tanda ipining
tarangligini
Matoni laboratoriyada baholash
Matoni saralash va hisoblash
6-rasm. Turli o‘rilishli ikki qatlamli ko‘ylakbop matolar olish texnologiyasi sxemasi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 340
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
4. Ikki qatlamli ko‘ylak mato qatlamidan bosim ostida yuboriladigan havoni g‘ovakliklar orasidan o‘tishi uchun qulaylik yaratish maqsadida hajm berish xususiyatiga ega bo‘lgan 100% paxta tolali 18,5 teksli iplar tanlandi [6,7]. 5. Turli o‘rilish asosida ikki qatlamli ko‘lakbop matolarni olish texnologiyasi i shlab chiqildi. Ishlab chiqilgan ikki qatlamli mato olish texnologiyasining mavjud texnologiyalardan farqi shundaki, bu texnologiya bo‘yicha matoning barcha fizik-mexanik, gigienik xususiyatlarini inobatga olgan holda mato loyihalanadi, parametrlari ishlab chiqiladi, havo o‘tkazuvchanligi, gigroskopikligi nazariy baholanadi, so‘ng ishlab chiqarilgan matoning ko‘rsatkichlari laboratoriya sharoitida tahlil qilinadi, hamda nazariy qiymatlar bilan muvofiqligi tekshiriladi. Bu texnologiyaning afzalligi shundaki, rejalashtirilgan matolar xususiyatlarining ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishdan avval aniqlik kiritilib, so‘ng ishlab chiqarishga tavsiya etiladi [8,9,10]
Литература (10)
- 1. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Тола таркиби турлича бўлган кўйлакбоп матоларнинг технологик кўрсаткичларини таҳлили // International Conference of Actual Problems in Science and Education. – Canberra (Australia), 2024. – P. 1–4. – URL: https://interconference.org
- 2. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Analysis of the physical-mechanical properties of t-shirt fabric with different fiber composition // E3S Web of Conferences. – 2024. – Vol. 548. – P. 1–5.
- 3. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E. Study of the effect of the speed of the receiving drum of the carding machine on the properties of the thread // Journal of Physics: Conference Series. – 2022. – Vol. 2388. – P. 1–7. – DOI: 10.1088/1742-6596/2388/1/012168.
- 4. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А. Тажриба натижаларини қайта ишлаш учун дастур, DGU №36673, 2024.
- 5. Тошпулотов Л.И., Мардонов С.Э., Ержанова Д.Ж. Янги таркиб билан оҳорланган танда иплар асосида олинган матоларнинг физик-механик хусусиятлари таҳлили // Халқаро илмий-амалий конференция мақолалари тўплами. – Наманган, 2022. – Т. II. – Б. 89–93.
- 6. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Yerjanova D.J., Karimova N.H. Tolаlаr tаrkibi turlichа bo‘lgаn ko‘ylаkbop mаtolаrning sifаt ko‘rsаtkichlаrining o‘zgаrishi // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2022. – №4. – Б. 215–219.
- 7. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Xamrayeva S.A. To‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotning sifatini nazorat qilishda kompyuter ko‘rish tizimidan foydalanish // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2023. – №4. – Б. 260–266.
- 8. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А., Шумкарова Ш.П., Норбоева Г.Т. Икки қатламли плашли мато: Саноат намунаси, Гувоҳнома № SAP 2662, 01.03.2024.
- 9. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Erjanova D.J., Karimova N.H. Changes in the quality indicators of shirt fabrics with different fiber compositions // Modern Innovations. Systems and Technologies. – 2022. – Т. 2, №1. – С. 81–87.
- 10. Севостьянов А.Г. Методы и средства исследования механико-технологических процессов текстильной промышлености М.: НГТУ им. А.Н.Косыгина , 2007.-648c. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 341