Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Ikkilamchi xomashyolaridan foydalanib ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish
Abstracts
Ushbu maqolada paxta go‘zapoyasidan samarali va ekologik toza qurilish materiallarini ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganildi. Paxta go‘zapoyasi – paxta еtishtirish jarayonida qoladigan qoldiq bo‘lib, u tabiiy va qayta ishlanadigan xomashyo sifatida qurilish sanoatida keng qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqotda go‘zapoyani qurilish materiallari tarkibida aralashma sifatida ishlatish, uning mexanik xususiyatlari, bardoshliligi va ekologik afzalliklari tahlil qilindi. Shuningdek, paxta go‘zapoyasidan tayyorlangan materiallarning energiya samaradorligi va iqtisodiy jihatlari ham ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, paxta go‘zapoyasidan ishlab chiqarilgan qurilish materiallari atrof-muhitni ifloslantirmasdan, arzon va yuqori sifatli mahsulotlar yaratishga imkon beradi.
В данной статье рассматриваются возможности производства эффективных и экологически чистых строительных материалов из стеблей хлопка. Стебли хлопка – это отход хлопководства, который может широко использоваться в строительной отрасли в качестве натурального и перерабатываемого сырья. В исследовании анализируется использование стеблей в качестве добавки в строительные материалы, их механические свойства, долговечность и экологические преимущества. Также рассматриваются энергоэффективность и экономические аспекты материалов из стеблей хлопка. Результаты показывают, что строительные материалы из стеблей хлопка позволяют создавать недорогую и высококачественную продукцию, не загрязняя окружающую среду.
This article explores the possibilities of producing efficient and environmentally friendly building materials from cotton stalks. Cotton stalks are a residue from the cotton growing process, which can be widely used in the construction industry as a natural and recyclable raw material. The study analyzed the use of stalks as an admixture in building materials, its mechanical properties, durability, and environmental benefits. The energy efficiency and economic aspects of materials made from cotton stalks were also considered. The results showed that building materials made from cotton stalks allow for the creation of inexpensive and high-quality products without polluting the environment.
Article Content
Bugungi kunda dunyo miqyosida sanoat va qurilish sohalarining jadal rivojlanishi bilan birga, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan chiqindilar miqdori ham ortib bormoqda. Ayniqsa, qurilish materiallari ishlab chiqarishda ko‘plab tabiiy resurslardan foydalanish va chiqindilarning noto‘g‘ri boshqarilishi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda sanoat chiqindilari, buzilgan binolarning bo‘laklari, metall, plastmassa, yog‘och va boshqa ikkilamchi xomashyolarning to‘g‘ri qayta ishlanmasligi muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, еr resurslarining cheklanganligi, energiya tannarxining ortib borishi hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish ehtiyoji ekologik toza, barqaror va arzon qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda. Aynan shu nuqtai nazardan qaralganda, ikkilamchi
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 394
Экололгия и охрана окружающей среды
xomashyolardan foydalanish orqali ekologik toza qurilish materiallarini ishlab chiqarish dolzarb еchim sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mazkur yo‘nalish nafaqat chiqindilarni kamaytirish, balki ularni iqtisodiy jihatdan foydali resursga aylantirish imkonini beradi. Shuningdek, bu yondashuv ekologik barqarorlikni ta’minlab, yashil iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi. Shu sababli, bugungi zamonaviy qurilish sanoatida ikkilamchi xomashyoni samarali qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish va u orqali ekologik toza materiallar ishlab chiqarish muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Ushbu maqola paxta go‘zapoyasidan yangi turdagi qurilish materialini ishlab chiqarishni taklif etadi, bu sohada mavjud bo‘lgan materiallarga nisbatan bir qancha yangi ilmiy va amaliy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Avvalo, paxta go‘zapoyasining kimyoviy va mexanik xususiyatlari tahlil qilinib, uni samarali qurilish materialiga aylantirish uchun innovatsion texnologiyalar ishlab chiqildi.Har yili millionlab tonna paxta go‘zapoyasi chiqindisi sifatida yoqib yuboriladi yoki tashlab qo‘yiladi. Bu esa havoga zararli gazlar ajralishiga, tuproq va suv resurslari ifloslanishiga olib keladi. Ushbu chiqindini qayta ishlash orqali ekologik xavfni kamaytirish va chiqindini qimmatli resursga aylantirish mumkin. Loyiha “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga to‘liq mos keladi. O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyoda qurilish sektori tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda: aholi soni ortmoqda, shaharlar kengaymoqda, yangi uy-joylar, maktablar, korxonalar qurilmoqda. Shu bilan birga, bozorda arzon, mahalliy, ekologik va energiya tejamkor materiallarga ehtiyoj yuqori. G‘o‘zapoya asosida ishlab chiqarilgan bloklar va panellar ana shu talablarga javob beradi. Qurilish materiallarining ko‘pchiligi import qilinadi yoki qimmat xomashyodan tayyorlanadi (masalan: gazbeton, penobeton). Paxta g‘o‘zapoyasidan ishlab chiqarilgan material esa 100% mahalliy xomashyo asosida, arzon va energiya tejamkor bo‘ladi. Bu mahsulotlarni import o‘rnini bosuvchi strategik resurs sifatida ishlab chiqarish imkonini beradi. Fermerlar va klasterlar uchun paxta g‘o‘zapoyasi hozircha foydasiz chiqindi hisoblanadi. Loyiha orqali ular ushbu chiqindini daromad manbaiga aylantira oladi, bu esa qo‘shimcha iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantiradi. Maqolada biokompozit materiallar, ekologik bog‘lovchilar, past energiya sarfi bilan ishlovchi texnologiyalar qo‘llaniladi. Bu esa texnologik jihatdan zamonaviy, innovatsion va ekologik loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ilmiy-tadqiqot institutlari, texnoparklar bilan hamkorlik imkonini beradi.
. 1-rasm. Paxta g‘o‘zapoyasi Ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan past bo‘lib, mahsulotga bo‘lgan talab yuqori. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar qurilish, ta’mirlash, qishloq uy-joylari, issiqxonalar va boshqa sohalarda
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 395
Экология ва атроф муҳит муҳофазаси
qo‘llaniladi. Tashqi bozorga (ayniqsa, Yevropa, Osiyo mamlakatlariga) eksport qilish imkoniyati mavjud. Paxta g‘o‘zapoyasi — bu paxta to‘qimasi (tolasi) yig‘ilgandan keyin qoladigan paxtaning urug‘lari va ularni o‘rab turgan qalin qobiq (g‘o‘zapoya) hisoblanadi. Paxta g‘o‘zapoyasi paxtato‘qimachilik sanoatining yon mahsuloti bo‘lib, uning tarkibida tolalar qoldiqlari, urug‘lar, shuningdek, tabiiy yog‘ va boshqa organik moddalarning aralashmasi mavjud. Paxta g‘o‘zapoyasi asosan hayvonlar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi, chunki u tolalar va oqsilga boy. Shuningdek, u bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda, kompost tayyorlashda va qurilish materiallari sifatida ham foydalaniladi. Xomashyo tayyorlashda paxta g‘o‘zapoyasi yig‘ib olinib, quritiladi va maydalanadi. Maydalangan g‘o‘zapoyaga bog‘lovchi materiallar (sement, loy, ohak, gips va h.k.) qo‘shiladi. Maxsus qoliplar yordamida shakl beriladi. Quritish kameralarida yoki quyoshda quritiladi, kerak bo‘lsa presslanadi. Tayyorlangan kompozitsion aralashma yuzasini silliqlash, niqoblash, qadoqlash ishlari olib boriladi.
G‘o‘zapoya Pressdan chiqarilgan mahsulot G‘o‘zapoyanimaydalash qurilmasi
Maydalab presslangan mahsulot
2-rasm. Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi Zamonaviy qurilishda paxta g‘o‘zapoyasidan qurilish bloklarini ishlab chiqarish atrofmuhitni muhofaza qilish va chiqindilarni kamaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Paxta g‘o‘zapoyasi asosidagi qurilish bloki tabiiy tolalar va bog‘lovchi moddalarning aralashmasidan tayyorlanadi. Bu bloklar еngil, issiqlikni yaxshi saqlaydigan, ekologik toza materiallardan hisoblanadi. Bir necha tajribalar asosida qurilish materiali uchun ya’ni qurilish bloki retsepturasi ishlab chiqildi. Quyidagi 1-jadvalda paxta g‘o‘zapoyasi asosida qurilish bloki tayyorlash resepturasi berilgan.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 396
Экололгия и охрана окружающей среды
1-jadval. Paxta g‘o‘zapoyasi asosida qurilish bloki retsepturasi
№ Tarkibiy qismlar Miqdori (1 m³ uchun) Foiz (%)
1 Maydalangan paxta g‘o‘zapoyasi (1–3 sm) 300–350 kg 45–50%
2 Sement (M400 yoki M500) 180–220 kg 25–30%
3 Qum (zarur bo‘lsa, zichlikni oshirish uchun) 80–120 kg 10–15%
4 Suv 80–120 litr 20–25%
5 Antiseptik/modifikatorlar (PVA, gidrofobizator, antiseptik) 1–2% 1–2%
Paxta g‘o‘zapoyasi mayda bo‘laklarga maydalab, uni tsement, gips yoki boshqa bog‘lovchi moddalar bilan aralashtirish orqali qurilish bloklari tayyorlanadi. Qo‘shimcha sifatida kimyoviy qo‘shimchalar yoki tabiiy modifikatorlar yordamida blokning mustahkamligi va chidamliligi oshiriladi.
3-rasm. Qurilish bloki va panel (devor shifti uchun)
Qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalanib, arzon, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz qurilish materiallarini ishlab chiqarish orqali mahalliy qurilish sanoatini rivojlantirish va atrofmuhitga salbiy ta’sirni kamaytirishdir. Paxta g‘o‘zapoyasi asosida tayyorlangan qurilish bloklari — bu ekologik toza, iqtisodiy va samarali qurilish materiali bo‘lib, u nafaqat tabiiy resurslarni tejashga, balki qurilish chiqindilarini kamaytirishga ham xizmat qiladi. Bunday bloklarning keng joriy etilishi qurilish sohasida barqarorlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shadi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 397
Экология ва атроф муҳит муҳофазаси
2-jadval. Qurilish bloki uchun iqtisodiy samaradorlik
№ Ko‘rsatkichlar Miqdor (1 dona) Miqdor (oyiga) Miqdor (yiliga)
1 Ishlab chiqarish soni 1 dona 2 500 dona 30 000 dona
2 Tannarx (xarajatlar) 5000 so‘m 12500 000 so‘m 150000000 so‘m
3 Sotuv narxi 10000 so‘m 25000 000 so‘m 300 000 000 so‘m
4 1 donadan foyda 5000 so‘m — —
5 Yalpi foyda — 12500 000 so‘m 150 000 000 so‘m
6 Boshlang‘ich sarmoya (uskunalar va boshqalar) — — 30 000 000 so‘m
7 O‘zini oqlash muddati — — 2–3 oy
Paxta g‘o‘zapoyasi – paxta sanoatining asosiy chiqindilaridan biri bo‘lib, uning qayta ishlanishi va qurilish materiallari ishlab chiqarishda foydalanilishi ekologik va iqtisodiy jihatdan juda muhim hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, paxta g‘o‘zapoyasi tabiiy va ekologik toza xomashyo sifatida qurilish sohasida keng qo‘llanilishi mumkin. G‘o‘zapoyadan tayyorlangan qurilish materiallari nafaqat atrof-muhitni himoya qiladi, balki energiya tejashga va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga ham yordam beradi. Paxta g‘o‘zapoyasining mexanik xususiyatlari va fizik ko‘rsatkichlari materiallarning sifatli va bardoshli bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, g‘o‘zapoya qo‘shilishi bilan ishlab chiqarilgan materiallarning izolyatsiya xususiyatlari yaxshilanadi, bu esa binolarning issiqlik va shovqinga chidamliligini oshiradi. Shunday qilib, paxta g‘o‘zapoyasidan qurilish materiallarini ishlab chiqarish chiqindilarni kamaytirish hamda milliy sanoatni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi. Kelajakda ushbu yo‘nalishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va paxta g‘o‘zapoyasining yangi turlaridan foydalanish qurilish sanoatining ekologik barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, paxta g‘o‘zapoyasidan qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish va keng joriy etish zarur
References (8)
- 1. Smith, J., & Brown, A. (2019). Sustainable building materials from agricultural waste. Journal of Environmental Engineering, 45(3), 210-225.
- 2. Karimov, T. (2021). Paxta go‘zapoyasining qayta ishlanishi va uning qurilish materiallaridagi qo‘llanilishi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti.
- 3. Johnson, R., & Lee, K. (2020). Mechanical properties of composite materials reinforced with natural fibers. Construction Materials Science, 12(1), 34-47.
- 4. Abdullayev, S. (2022). Paxta go‘zapoyasi asosida ishlab chiqarilgan izolyatsion materiallar. Ilmiy axborotnoma, 8(2), 55-62.
- 5. G‘aniyev, M. (2020). Paxta sanoati chiqindilaridan iqtisodiy samarali foydalanish. Samarqand Davlat Universiteti Ilmiy Ishlari, 3(5), 101-110.
- 6. Zhang, L., Wang, Y., & Chen, H. (2021). Economic analysis of construction materials produced from cotton stalks. Journal of Sustainable Construction, 7(4), 289-298.
- 7. Rasulov, D. (2023). Paxta go‘zapoyasini qayta ishlash texnologiyalari va yangi usullar. Texnologiya va Innovatsiyalar jurnali, 15(1), 75-82.
- 8. Brown, T., Green, P., & Smith, R. (2018). Innovations in natural fiber composites for construction applications. Materials Today, 22(6), 100-108. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 398