Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Buxoro viloyati hududida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari
Аннотации
Maqolada Buxoro viloyatidagi irrigatsiya kanallarining suv energiyasidan foydalanish imkoniyatlari hamda quyosh va turli balandlikdagi shamol energiyasi resurslar salohiyati geografik axborot tizimlari texnologiyasi yordamida olingan ma’lumotlar asosida baholangan. Quyosh va shamolning solishtirma energiya qiymatlari 2020 yildagi ma’lumotlar asosida statistik qayta ishlanib, mintaqada qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari yuqori bo‘lgan hududlar aniqlangan. Shamol energiyasi resurslar salohiyatini baholashda Veybull ehtimollik taqsimot funksiyasidan foydalanilgan.
yalpi gidroenergetik salohiyatigeografik axborot tizimlari texnologiyasiquyosh radiatsiyasiVeybull ehtimollik taqsimot funksiyasishamol oqimining solishtirma energiyasiquyosh va shamol energiyasining texnik salohiyati. ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ В БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ Пиримов Р.Р.Журакулов A.X. Бухарский государственный технический университет
В статье оцениваются возможности использования энергии потоков воды оросительных каналов, а также энергии солнца и ресурсов ветроэнергетического потенциала Бухарской области на различных высотах при помощи географической информационной системы. На основании данных 2020 года, статистически были обработаны удельные значения энергии солнца и ветра, а также выявлены местности в регионе с высоким потенциалом использования возобновляемых источников энергии. Для оценки ресурсов ветроэнергетического потенциала использовалась функция распределения вероятностей Вейбулла.
валовый гидроэнергетический потенциалгеографическая информационная системасолнечная радиацияфункция распределения вероятностей Вейбуллаудельная энергия потока ветратехнический потенциал энергии солнца и ветра. OPPORTUNITIES FOR USING RENEWABLE ENERGY SOURCES IN THE BUKHARA REGION Pirimov R.R.Juraлulov A.X. Bukhara state technical university
This article evaluates the possibilities of using the energy of water flows of irrigation canals, as well as the energy of the sun and the resources of the wind energy potential of the Bukhara region at various heights using a geographic information system. Based on the data of 2020, the specific values of solar and wind energy were statistically processed, and areas in the region with a high potential for the use of renewable energy sources were identified. The Weibull probability distribution function was used to estimate the resources of the wind energy potential.
Содержание статьи
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 403
Экология ва атроф муҳит муҳофазаси
Jahon taraqqiyoti tajribasi ko‘rsatadiki, jamiyat hayot sharoitlarining yaxshilanishi energiya iste’molining ortishi, undan oqilona foydalanish zaruriyatini tushunish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun har qanday davlatning yonilg‘i-energetika majmuasi faqatgina xalq xo‘jaligining еtakchi sohalarining o‘ziga bo‘lib qolmay, shuningdek jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Jahonda markazlashgan energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan avtonom iste’molchilarni energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar dolzarb hisoblanmoqda. Ushbu dorzab muammoni еchimi sifatida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Buxoro viloyati O‘zbekistonning janubiy 39,770 kenglikda va g‘arbiy 64,480 uzunlikda joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 39,4 ming km2 ni yoki Respublika maydonining 9% tashkil qiladi. Buxoro viloyatida iqtisodiy soha qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, qurilish, kommunal maishiy xizmatlar kiradi. Mintaqaning iqtisodiy sohada yillik elektr energiya iste’moli 3410495 ming kVt·soat ga teng (2018 yil holatiga ko‘ra) [1]. Buxoro viloyati hududida iqtisodiy sohalar bo‘yicha elektr energiya iste’mol tarkibi 1-rasmda keltirilgan.
Аҳоли 8,58%
Каммуналмаиший 1,20%
Саноат 26,90%
Қурилиш 0,27%
Қишлоқ хўжалиги 62,73%
Транспорт 0,32%
1-rasm. Buxoro viloyatining iqtisodiy sohalarda elektr energiyani taqsimlanishi Buxoro viloyati chekka hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi asosiy muammolardan biri bu elektr energiyasi uzluksizligi va ishonchliligi bo‘lib qolmoqada. Ushbu hududlarda energiya xavsizligi va uzluksizligini ta’minlashda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash lozim. Quyosh energetikasi. O‘zbekiston hududida qayta tiklanadigan energiya manbalari ichida quyosh energiyasi salohiyati umumiy energiya manbalaridan bir necha baravarga ko‘pdir. O‘zbekistonning yalpi quyosh energiyasi salohiyati 5073 mln. t.n.ye texnikaviy salohiyati esa 176,8 mln. t.n.ye ga teng deb baholangan. Demak, O‘zbekiston zaminiga bir yilda tushuvchi quyosh energiyasi absolyut qiymatiga ko‘ra mamlakatning tekshirilgan uglevodorod xom ashyosidan ancha ko‘pdir. Hozirgi vaqtda quyosh energiyasining faqatgina 0,3% o‘zlashtirilgan xolos [2]. Statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston hududida (kenglik φ=400) yil davomida tik yuzaga tushayotgan quyosh radiatsiyasi 1-jadvalda keltirilgan [2]. Qisqa qilib aytganda Buxoro hududida yiliga еrning 1 m2 yuzasida 7434 MJ quyosh energiyasi tushadi. Undan oqilona foydalansak 300 kg shartli yoqilg‘ini tejash imkoniyatini beradi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 404
Экололгия и охрана окружающей среды
1-jadval. Yil davomida еrga tik tushuvchi quyosh radiatsiyasi miqdori (Vt/m2).
kenglik oy / soat 1200 1100-1300 1000-1400 900-1500 800-1600 700-1700 600-1800
yanvar dekabr 823,6 777,2 730,8 624,4 359,6 - -
fevral noyabr 870 858,4 798,4 710,8 533,6 - -
mart oktabr 904,8 883,2 846,8 777,2 754 371,2 -
φ=400
aprel sentabr 928 916,4 887,4 846,8 742,4 598,6 197,2
may avgust 928 916,4 887,4 846,8 777,2 632,2 394,4
iyun iyul 930 904,8 883,2 846,8 777,2 678,6 510,4
Buxoro viloyati hududi quyoshli o‘lka hisoblanib, bu еrda quyosh energiyasidan foydalanishda еtarli darajada salohiyat mavjud. Mintaqada quyosh energiyasining yalpi (nazariy) salohiyati - bu mintaqa hududidagi yillik o‘rtacha quyosh nurlanishining bir yil ichida hududga tushadigan energiyasi. Quyosh energiyasining yalpi salohiyati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi [3]: W=E·S (1) bunda: E - sirtga tushadigan yillik quyosh energiyasi qiymati, S - hududning yuzi. Mintaqaning quyosh energiyasining texnik salohiyati - bu fan va texnikaning hozirgi rivojlanish darajasida va ekologik me’yorlarga muvofiq ravishda yil davomida quyosh nurlanishidan olinadigan o‘rtacha uzoq muddatli jami energiya. Quyosh energiyasining texnik salohiyatini ikki turga ajratishimiz mumkin: issiqlik energiyasining texnik salohiyati. quyosh nurlanishining tegishli konversiyasi natijasida olingan elektr energiyasining texnik salohiyati. 2-rasmda Buxoro viloyati iqlim haroratining yillik o‘rtacha ko‘rsatgichlari keltirilgan. Keltirilgan ma’lumotlarga asosan Buxoro viloyatida 300 kun quyoshli kun bo‘lib, harorat yoz oylarida o‘rtacha 35 0C bo‘lishi aniqlangan [4].
-10 -5 0 5 10 15 20 25 30 35 40
t, 0C
01.01.2020 15.01.2020 29.01.2020 12.02.2020 26.02.2020 11.03.2020 25.03.2020 08.04.2020 22.04.2020 06.05.2020 20.05.2020 03.06.2020 17.06.2020 01.07.2020 15.07.2020 29.07.2020 12.08.2020 26.08.2020 09.09.2020 23.09.2020 07.10.2020 21.10.2020 04.11.2020 18.11.2020 02.12.2020 16.12.2020 30.12.2020
2-rasm. Buxoro viloyati iqlim haroratining yillik o‘rtacha ko‘rsatgichlari (2020 yil)
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 405
Экология ва атроф муҳит муҳофазаси
3-rasmda Buxoro viloyatida quyosh batareyalaridan olinadigan kunlik solishtirma energiya ko‘rsatgichlari (2020 yil) keltirilgan. Bunda o‘rtacha kunlik solishtirma quyosh energiyasi 4,5 kVt·soat/m2/kun ni tashkil qilishi aniqlandi [4]. Bu esa o‘z navbatida mintaqada quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari yuqori ekanligini bildiradi.
kВтсоат/м2/кун
26.02.2020
07.10.2020
01.01.2020
15.01.2020
29.01.2020
12.02.2020
11.03.2020
25.03.2020
08.04.2020
22.04.2020
06.05.2020
20.05.2020
03.06.2020
17.06.2020
01.07.2020
15.07.2020
29.07.2020
12.08.2020
26.08.2020
09.09.2020
23.09.2020
21.10.2020
04.11.2020
18.11.2020
02.12.2020
16.12.2020
30.12.2020
3-rasm. Buxoro viloyatida quyosh batareyalaridan olinadigan kunlik solishtirma energiya ko‘rsatgichlari (2020 yil) Shamol energetikasi. Jahonda bugungi kunda shamol energiyasidan foydalanilganda xarajatlarni kamaytirish, shamol qurilmalarining ishonchliligini va ishlash samaradorligini oshirish maqsadida turli xil ko‘rinishdagi zamonaviy shamol energetik qurilmalari loyihalanmoqda. Shamol energetik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish shamol energetik qurilmalarining ishlash xarakteristikasini baholash uchun juda muhim hisoblanadi. Shamol energiyasi salohiyati statik tahlil qilishda Veybull taqsimot funksiyasidan foydalanish shamol tezligi xususiyatlari va energiyasi salohiyatini ishonchli baholashda yaxshi samara beradi. Shamol tezligi xususiyatlarini baholashda Veybull taqsimotining empirik (shamol tezligini takrorlanuvchanligi) va zichlik funksiyalarini aniqlashimiz kerak. Ushbu ifodalar quyidagicha aniqlanadi [5,6]:
k k 1 v c k v f v c c e
0 V (2)
k v c
0 F v f v dv 1 e 1 10 k (3)
Bunda: k - shakl parametri (hududning joylashuviga bog‘liq); c - funksiya taqsimlanishi masshtabini aniqlaydigan parametr (shamol o‘rtacha tezligiga bog‘liq parametr m/s). Veybul taqsimotining ikki k va c parametrlarini aniqlash quyidagi formulalardan foydalaniladi [7]:
1,086 σ k ( ) v
(4)
v c 1 Г 1 k
(5)
Shamol o‘rtacha tezligi va standart og‘ish kattaliklarini quyidagi formulalardan aniqlanadi:
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 406
Экололгия и охрана окружающей среды
N
1 v v N (6)
i i 1
N 2 i i 1
1 σ v v N 1 (7)
Bunda: V shamol tezligining o‘rtacha qiymati; iV kunlik o‘lchangan shamol tezligi; N o‘lchangan shamol tezliklar soni; Г gamma funksiya. Veybull taqsimot funksiyasida aniqlangan parametrlar orqali shamol oqimining solishtirma quvvat va energiya qiymatlari quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi [8]:
(8)
0 1 1 3 P ρv f v dv ρc Г 1 2 2 k
3 3
0 1 1 3 ρv f v dv T ρc Г 1 T 2 2 k W (9)
3 3
Ma’lum bir balandliklarda havoning zichligi, harorati, shamol tezligi va yo‘nalishi o‘zgaradi. Balandlikka mos ravishda havo oqimining zichligi o‘zgarishi quyidagicha aniqlanadi [9]:
4 0 ρ ρ 1,194 10 H (10)
Bunda: 0 ρ normal sharoitdagi havo oqimining zichligi 0 ρ 1,23 3 кг / м ; H shamol tezligi o‘lchanadigan balandlik, m. Shamol tezligi qiymatlari balandlikka bo‘gliq bo‘ladi. Shamol tezligining balandlikka bog‘liqligini quyidagi ifodadan aniqlanadi [10]:
α
H v v H (11)
2 2 1 1
Bunda: 2 V ma’lum balandlikda o‘lchangan shamol tezligi, m/s; 1 V boshlang‘ich
balandlikda o‘lchangan shamol tezligi, m/s; 1 H boshlang‘ich balandlik, m; 2 H tanlangan balandlik, m; shamolni kesuvchi ko‘rsatkich. Shamolni kesuvchi ko‘rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi [11]: 2 10 0 10 0 0,096 log Z 0,016 (log Z ) 0,24 (12)
0 Z turli xil quruqlik yuzalarida sirt notekisliklarning uzunligi. Buxoro viloyati hududi
uchun 0 Z 0,03-0,05 m ni tashkil qiladi. Ma’lum balandlikda shakl va masshtab parametrlari qiymatlari ham o‘zgaradi. Bu parametrlarni aniqlash quyidagi ifodalar orqali amalga oshiriladi [12]:
k k H 1 0,0881ln H
(13)
2 H 2
n
H c с· H
2 H 1
(14)
1 H n 0,37 0,0881ln c (15)
Buxoro viloyatida shamol energiyasidan foydalanish imkoniyatlari yuqori bo‘lgan hudud, G‘ijduvon tumanining turli balandlikdagi shamol energiyasi resurslar salohiyati baholash bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borildi. 4-rasmda G‘ijduvon tumanining 10 m balandlikda o‘lchangan shamol o‘rta tezligi ma’lumotlari keltirilgan grafik. Bunga ko‘ra yoz oylarida shamol
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 407
Экология ва атроф муҳит муҳофазаси
o‘rtacha tezligi boshqa oylarga qaraganda yuqori bo‘lishi hamda mintaqada shamolning o‘rtacha tezligi 4,85 m/s ni tashkil qilishi aniqlandi.
0 2 4 6 8 10 12
Vш, м/с
09.04.2019
01.01.2019
15.01.2019
29.01.2019
12.02.2019
26.02.2019
12.03.2019
26.03.2019
23.04.2019
07.05.2019
21.05.2019
04.06.2019
18.06.2019
02.07.2019
16.07.2019
30.07.2019
13.08.2019
27.08.2019
10.09.2019
24.09.2019
08.10.2019
22.10.2019
05.11.2019
19.11.2019
03.12.2019
17.12.2019
31.12.2019
4 - rasm. G‘ijduvon tumanining 10 m balandlikda o‘lchangan shamol tezligining o‘rtacha qiymatlari 5 - rasmda G‘ijduvon tumanining turli balandlikdagi shamol oqimining o‘rtacha tezliklari qiymatlari hamda Veybul taqsimotining zichlik funksiyasi natijalari keltirilgan. 100 m balandlikda shamol o‘rtacha tezligi 6,35 m/s ni tashkil qilishi nazariy hisoblandi.
a) b) 5- rasm. Mintaqaning turli balandlikdagi shamol oqimining o‘rtacha tezliklari qiymatlari (a), Veybul taqsimotining zichlik funksiyasi natijalari (b) 6 - rasmda G‘ijduvon tumanining Veybul ehtimollik taqsimot funksiyasidan foydalanib turli balandlikdagi shamol energiyasining solishtirma quvvati va energiyasini baholash natijalari keltirilgan. Bunga ko‘ra 100 m balandlikda shamol oqimining solishtirma quvvati 404,85 Vt/m2 ni hamda energiyasi 3546,5 kVt·soat/m2 ni tashkil qilishi aniqlandi.
0 50 100 150 200 250 300 350 400 450
0 500 1000 1500 2000 2500 3000 3500 4000
кВт·соат/м2
Вт/м2
b) танланган баландлик, м
a) танланган баландлик, м
6 - rasm. Turli balandlikdagi shamol energiyasining solishtirma quvvati (a) va energiyasi (b) qiymatlari keltirilgan grafik
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 408
Экололгия и охрана окружающей среды
Gidroenergetika. Buxoro viloyatining gidroenergetika salohiyatini aniqlashda kartografik va gidrologik kabi ishlari olib borildi. Tadqiqotning ikkala qismi uchun topografik xaritalar, sun’iy yo‘ldosh va meteorologik ma’lumotlardan gidroenergetika salohiyatining aniqlangan hududlari bosimi va oqim tezligini baholash uchun foydalanilgan. Ko‘rib chiqilayotgan kanalning 1-1 boshlang‘ich nuqtasi va 2-2 oxirgi nuqtasidagi suv sathining farqi bilan sug‘orish kanali uchastkasining sxematik bo‘ylama profili 7-rasmda ko‘rsatilgan. Suvning og‘irligi suv oqimining ishini bajaradigan kuchdir [13].
7-rasm. Sug‘orish kanali uchastkasining sxematik bo‘ylama profili
Agar sug‘orish kanali uchastkasining uzunligi L, m, suv sathining farqi H, m suv sarfi, Q, m3/s bo‘lsa, ushbu kanal kesimidagi suv oqimining P, Vt quvvatiga teng [14]:
· · · P g Q H (16)
Bunda: P - suv oqimining kuvvati, Vt; - suvning zichligi, kg/m3; g - erkin tushish tezlanishi, m/s2.
Suv oqimining energiyasi Ye, kVt·soat, quvvat P va vaqt t, s ko‘paytmasi bilan aniqlanadi:
· E P t (17) 8-rasmda Amu-Buxoro kanalining yalpi (nazariy) gidroenergetik resurslar salohiyati diagrammasi keltirilgan. Tadqiqot natijalariga qo‘ra Amu-Buxoroning yalpi gidroenergetik resurslar salohiyati yillik o‘rtacha 0,8 mln. kVtcoat tashkil etadi.
0,0 2,0 4,0 6,0 8,0
Қувват, МВт Энергия, млн кВтс
8-rasm. Amu-Buxoro kanalining yalpi (nazariy) gidroenergetik resurslar salohiyati diagrammasi Xulosalar: 1. Nasa power data access viewer bazasaidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash orqali Buxoro viloyati hududlarida foydali ish koeffitsienti 18 % bo‘lgan quyosh panellaridan to‘liq foydalansak, mintaqaning texnik salohiyati yiliga 41 TVt soat/yil ga quyosh issiqlik energiyasining texnik salohiyati (kollektorlarning texnik imkoniyatlari - optik samaradorligi 80 % bo‘lgan hol uchun) yiliga 184 TVt·soat/yil energiya olish imkoniyati borligi aniqlangan. 2. G‘ijduvon tumanining turli balandlikdagi shamol energiyasi resurslar salohiyati baholashda Nasa power data access viewer bazasaidan olingan foydalanildi. Bunga ko‘ra shamol o‘rtacha tezligi yiliga 10 m balandlikda 4,85 m/s ga tengligi hamda 100 m balandlikda shamol oqimining
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 409
Экология ва атроф муҳит муҳофазаси
yalpi (nazariy) salohiyati 909,94 mln. kVt·soat ga, texnik salohiyati 18,20 mln. kVt·soat ga tengligi ilmiy asoslangan. 3. Buxoro viloyati hududida joylashgan irrigatsiya tizimining yalpi gidroenergetika salohiyatini baholash jarayonida suv tezligi 0,5-1 m/s ni tashkil еtishi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Buxoro viloyatidagi sug‘orish kanallarining yalpi gidroenergetik resurslar saloxiyati yillik o‘rtacha 0,8 mln. kVt·coat tashkil etadi va past bosimli suv oqimlarida samarali ishlaydigan mikro GESlardan foydalangan holda chekka hududlarni uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal еtishda xizmat qilishi mumkin
Литература (13)
- 2. M.D Xodjaev, „Iqlim o’zgarishlari ta’sirini yumshatish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejamkor texnologiyalarni amaliyotda qo’llash imkoniyatlari to’g’risida loyiha tashabbuskorlariga ma’lumotlar еtqazish”, Toshkent 2018 yil, 4-8 bet.
- 3. N.N. Sadullayev., A.B. Safarov., Sh.N. Nematov., R.A. Mamedov., A.B. Abdujabarov. Opportunities and Prospects for the Using Renewable Energy Sources in Bukhara Region. “Applied Solar Energy.-USA”. 2020, Vol. 56, Issue 4, pp. 291–301 (05.00.00; №4). 4. https://power.larc.nasa.gov/data-access-viewer/
- 5. Авезов Р.Р, Авезова Н.Р, Матчанов Н.А, Сулейманов Ш.И, Абдукадирова Р.Д. История развития и сост. использования солнечной энергии в Узбекистане. Гелеотехника. 2012(4). 17-23 с.
- 6. O.Z.Toirov, K.T.Alimxodjaev, Sh.K.Alimxodjaev. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari. O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqarish va ishlatish istiqbollari. (Monografiya). –T.: «Fan va texnologiya», 2019, 212 bet.
- 7. N. Sadullayev, A. Safarov, Sh. Nematov, R. Mamedov. “Research on Facilities of Power Supply of Small Power Capability Consumers of Bukhara Region by using Wind and Solar Energy”. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. Vol.8, Issue- 9S2, July 2019, pp.229-236.
- 8. Sadullaev N.N., Safarov A.B., Nematov Sh.N. Analysis of Wind Energy Potential in Using Weibull Distribution in Bukhara Region, Uzbekistan // IJARSET. Vol.6, issue.1, 2019.pp.7846-7853
- 9. Безруких П.П., Безруких (мл.) П.П., Грипков С.В. Ветроэнергетика: Справочно- методическое издание // Под общей редаксией П.П Безруких.-М.: «Интехенерго-Издат», «Теплоенергетика», 2014. -304 с.
- 10. Safarov A.B. Veybul ehtimollik taqsimot funksiyasidan foydalanib Buxoro viloyati hududining shamol energetikasi salohiyatini tahlil qilish // ToshDu xabarlari. 2018 (4). 93-98 b.
- 11. Ragnarsson B.F. Wind energy potential assessment costal analysis of a wind power generation system at Burfell, dissertation, 2014.pp.132
- 12. Ongaki L.N., Maghanga Ch.M., Kerongo J. Evaluation of the Technical Wind Energy Potential of Kisii Region Based on the Weibull and Rayleigh Distribution Models. 2018. DOI: 10.20944/preprints201810.0256.v1
- 13. Alashan S., Shen Z., Torpak F., Hydroelectric energy potential of turkey: A refined calculation method. Civil engineering, pp.1511-1520. 2016
- 14. Mamedov R.A. Raschetы resursov valovogo gidroenergeticheskogo potensiala Amu- Buxarskogo kanala odnotochechnыm i dvuxtochechnыm metodami. Mejdunarodnaya nauchnotexnicheskaya konferensiya: «Tendensii razvitiya alternativnoy i vozobnovlyaemoy energetiki: problemы i resheniya» Toshkent, 2021 god 17-18 May, str 202-209 Pirimov Ramziddin Ramazonovich – Buxoro davlat texnika universiteti “Elektr va energetika muhandisligi” kafedrasi tayanch doktoranti Tel.: (+99894) 075 29
- 50 Juraqulov Abdullo Xojaqulovich – Buxoro davlat texnika universiteti “Elektr va energetika muhandisligi” kafedrasi tayanch doktoranti Tel.: (+99891) 6349594 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 410