Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Burg‘ilash mashinalari va ularning mexanizmlarini samarali qayta tiklash texnologiyalari

NORMAYEV Q.H., PARDAYEVA SH.S., PIRNAZAROV SH.V., ASHIROVA M.R., JALG'ASOVA G.S.

Выпуск
1-son
Страницы
7–12
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
2 5

Аннотации

Ushbu maqolada burg‘ilash mashinalarining asosiy mexanizmlarini ta’mirlash va qayta tiklash jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, mashinalarni qismlarga ajratish, detallarni yuvish, defektatsiya qilish va ularni qayta tiklash usullari yoritib berilgan. Shuningdek, burg‘ilash kolonkasi qulfli ulanma qismlarini samarali tiklash texnologiyasi, eritib qoplash, termik hamda kriogen ishlov berish jarayonlari va ularning amaliy samaradorligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Содержание статьи

Kirish. Mashinalar ta’mirida ishlab chiqarish jarayoni ularni tayyorlashdagi ishlab chiqarish jarayoni bilan o‘zining mashinalarni ta’mirlashga tayyorlash texnologik jarayonini o‘z ichiga olib, agregat va ta’mirlangan mashinalarni tozalash, moylash, qismlarga ajratish, eskirgan detallar nuqsonlar tutashmasi va ularni qayta tiklash, tugunlarni yig‘ishdan iborat bo‘ladi. Barcha ta’mirlash uchun qabul qilingan yig‘ma birliklar va mashinalar kelgusida ishlatish uchun detallarni yaroqliylik darajasini aniqlashda belgilangan hajmda qisman qismlarga ajratilib, ishchi maydon kirlardan tozalanadi va eskirgan mahsulotlarning yaroqsizlari ta’mirlanadi yoki almashtiriladi. Qismlarga ajratishda ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish va yuqori sifatga erishish ta’mirlashning davomiyligini va uning sermashaqqatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mashinalarni qismlarga ajratish oldidan u oldindan ko‘rikdan o‘tkaziladi, shu vaqtda uning texnik holati taxminan belgilanadi va bu qabul-topshirish dalolatnomasida aks ettiriladi. Mashina, agregat va yig‘ma birliklarni maxsuslashgan korxonalarda kapital ta’mirlashni bajarish vaqtida ular to‘liq detallarga ajratiladi. Konchilik sanoatida burg‘ilash mashinalari eng asosiy texnologik uskunalar qatoriga kiradi ular yordamida foydali qazilmalarni qidirish, qazib olish hamda konlarning geologik tuzilishini o‘rganish ishlari amalga oshiriladi. Mashinani qismlarga bo‘lish texnologik kartasida operatsiyalarni bajarish tartibi, instrument va moslamalarni qo‘llash, vaqt normasi, shuningdek qismlarga bo‘lishda asosiy texnik shartlar ko‘rsatiladi. O‘ziga xos xususiyatlarini yo‘qotib yubormagan detallarni qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi. So‘nggi yillarda chuqur va murakkab geologik sharoitlarda olib borilayotgan burg‘ilash jarayonlari mexanizmlarga katta yuklama beradi, natijada mashina qismlarida tez-tez nosozliklar paydo bo‘lib, ularni qayta tiklash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Burg‘ilash mashinalarining xizmat muddatini uzaytirish, avariyaviy to‘xtashlarni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun detallarni qayta tiklash usullarini to‘g‘ri tanlash zarur. Asosiy qism. Mashinalarni qismlarga ajratish va defektatsiya jarayoni mashinalarni ta’mirlash jarayoni ularni qismlarga ajratishdan boshlanadi, avvalo, mashina texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, qabul-topshirish dalolatnomasi tuziladi, keyin esa agregatlar to‘liq yoki qisman qismlarga ajratilib, kir va moylardan tozalanadi. Detallarni defektatsiya qilishda ularning yaroqliligi tekshiriladi va uch guruhga bo‘linadi: qayta tiklanmasdan yaroqli detallar – faqatgina eskirish belgilari mavjud, ammo foydalanishga yaroqli. Qayta tiklanadigan detallar – mexanik ishlov yoki metall qoplash orqali “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 5 Technique, technology and equipment foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladi. Yaroqsiz detallar – katta darajadagi yoriqlar, sinishlar yoki boshqa nuqsonlar tufayli ishlatilmaydi. Shunday qilib, mashinalarni qismlarga ajratish va defektatsiya qilish ta’mirlash jarayonining eng muhim bosqichi bo‘lib, keyingi texnologik ishlovlarning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Detallarni yuvish va tozalash usullari mashina qismlari ishlash jarayonida moy, chang, korroziya mahsulotlari va boshqa ifloslanishlarga duch keladi. Ularni samarali yuvish uchun kerosin, benzin va ishqorli eritmalardan foydalaniladi. Zamonaviy usul sifatida ultratovushli yuvish texnologiyasi keng qo‘llanmoqda. Bu usul qisqa vaqt ichida mayda yoriqlar va teshikchalarda yig‘ilgan iflosliklarni samarali ketkazadi. Detallar yuvilib, issiq-sovuq suv bilan chayilgach, korroziyaga qarshi maxsus moylar bilan qoplanadi. Bu usul qismlarning saqlanish muddatini uzaytiradi va ularni keyingi qayta tiklash jarayoniga tayyorlaydi. Burg‘ilash kolonkasi qulfli ulanma qismlaridagi nosozliklar burg‘ilash jarayonida eng ko‘p nosozlik rezbali qulf qismlarida kuzatiladi. Ularning yemirilishi, yoriqlari va sinishi quyidagi sabablarga bog‘liq: quvurlarni ko‘p marotaba yechib-ulash, past sifatli materiallardan foydalanish, texnologik reglamentlarga amal qilmaslik. Nosozliklar natijasida burg‘ilash jarayonida avariyalar yuzaga kelib, ishlab chiqarishda to‘xtashlarga, ortiqcha xarajat va vaqt sarfiga olib keladi. Burg‘ilash mashinalarining qulfli ulanma qismlari ya’ni val, vtulka, shponka joylari, sharnir, qulf halqasi va boshqa ulanma qismlari ish jarayonida ishqalanish, zarba, korroziya ta’sirida yemiriladi. 1-rasm. Qulfli ulanma qismlari yemirilganlik holatlari Bu qismlarni tiklashda payvandlash eng ishonchli usullardan biridir, chunki metall strukturasini tiklaydi, detallarni almashtirishsiz qayta foydalanish imkonini beradi, mexanik mustahkamlikni tiklaydi. Payvandlash orqali tiklashning asosiy turlari elektr yoyli payvandlash (MMA – Manual Metal Arc Welding), bu usulda qoplangan elektrod yordamida metall eritilib, yemirilgan joy to‘ldiriladi, katta massali detallar, shponka o‘rni, teshik atrofi, qulf joylari qayta tiklanadi, lekin issiqlik ta’sir zonasi katta, deformatsiya xavfi mavjud bo‘ladi. Argon yoyli payvandlash (TIG – Tungsten Inert Gas), bu usulda volfram elektrod va argon gazi himoyasida yuqori sifatli chok hosil qilinadi, nozik, kichik o‘lchamli va yuqori aniqlik talab qiluvchi qulfli joylarda qayta tiklanadi va yuqori sifatli, silliq va zich metall choklar bo‘ladi, biroq jarayon sekin maxsus argon baloni va jihoz talab qiladi. Yarimavtomatik payvandlash (MIG/MAG – Metal Inert/Active Gas) – bu usulda avtomatik beriluvchi sim yordamida payvandlash amalga oshiriladi, ammo gaz oqimini to‘g‘ri sozlash zarur. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 6 Texnika, texnologiya va jihozlar Elektroshtamp (qoplama) payvandlash bu usulda qisqa yoy yordamida metall sirtiga yangi qatlam (qoplama) yotqiziladi, val, vtulka, shlitsali sirtlar, qulf joylari yemirilgan hollarda qo‘llaniladi. Sirt metallining qattiqligi oshadi, yemirilishdan himoya qiladi, asl o‘lcham qayta tiklanadi, lekin qattiqlik oshib sinib ketish ehtimoli yuqori bo‘ladi va ish unumdorligi past. Avtomatik yoyli payvandlash (Submerged Arc Welding – SAW). Bu usulda yoy maxsus kukun (flyus) ostida yonadi, bu esa metallni havodan himoya qiladi. Qulfli ulanma qismlarni qayta tiklash texnologiyasida qismlarni qayta tiklashning eng samarali usuli – flyus ostida elektr yoy yordamida eritib qoplash texnologiyasidir. Elektr yoy bilan payvandlab eritib qoplash usuli oddiy va arzon hisoblanadi, qolaversa, ushbu usul eritib qoplashning yuqori sifatlarini ta’minlaydi. Shunga qaramasdan, ya’ni, ushbu usul bilan avvaldan burg‘ilash quvurlarini qulfli ulanish qismlarini qayta tiklab kelinishiga qaramasdan, ushbu usul bilan bog‘liq bir qator texnologik muammolar yechimsiz qolmoqda. Burg‘ilash quvurlarini eritib qoplash texnologiyasiga binoan, flyus 48 OF-10 qo‘llaniladi. Biroq flyusni o‘z vaqtida tozalamaslik payvandlash hududlarida haroratning oshib ketishiga, natijada esa mikrostrukturani o‘zgarishi orqali brakka olib keladi. Keramik flyus ЭЛЗ-ФКН-1/55(Б) ni qo‘llaganda ishlatilgan material qoldiqlarini tozalash muammosi mavjud bo‘lmaydi, lekin, eritib qoplama hosil qilgandan keyin unga qayta ishlov berish murakkablashadi, ishlov beruvchi asboblarni tez ishdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqariburg‘ilash quvurlari qulflarini zaboyda sinish holatlari kuzatilgan. Burg‘ilash quvurlarining qulfli ulanish qismlarini eritib qoplash usulini takomillashtirishda, qulfli ulamalarning ekspluatatsiya ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Bunda, avvalambor eritib qoplovchi materialni optimal tanlash kerak bo‘ladi, ya’ni, eritib qoplangan materialda bo‘shliqlar, darzliklar va notekisliklar bo‘lmasligi kerak. Eritib qoplovchi metalning optimal tarkibi ekspluatatsiya qilinish xususiyati va sharoitlaridan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak. Rezbali qulflarga eritib qoplash natijasida ishlov berilgandan so‘ng, ularning mo‘rtligi oshib ketmasligi kerak. Eritib qoplash texnologiyasini qo‘llaganda barcha xususiyatlar hisobga olinishi kerak, shuningdek, elektrod simi, flyus, termik eritib qoplash rejimi. Burg‘ilash quvurlarining qulfli ulanish qismlarini elektr yoy payvandlash usuli bilan eritib qoplab qayta tiklash quyidagicha amalga oshiriladi: yemirilgan qulf tanasi rezba qismiga 30ХГСА markali qoplovchi sim flyus qatlami ostida elektr yoyli payvandlash orqali eritib quyiladi, 2-rasmda eritib qoplash sxemasi keltirilgan. Burg‘ilash quvurlarini qulfli ulanish qismlarini eritib qoplash orqali qayta tiklashda, qayta tiklangan detalning sifati qoplovchi materialga bog‘liq bo‘ladi. Burg‘ilash quvurlarining qulfli ulanish qismlari 40ХМФА markadagi po‘latdan bo‘lganligi sababli, ushbu po‘latga mos tushuvchi qoplovchi sim va flyus tarkibini aniqlash talab etilgan edi. Bir qator tajribalardan so‘ng, Нп-30ХГСА qoplovchi simini 48ОФ-10 va ЭЛЗ-ФКН-1/55(Б) keramik flyusini 1:1 miqdorida qo‘llash eng samarali qoplama hosil qilishi aniqlandi. Shuningdek, ta’mirlanayotgan yuzada qoplama hosil qilishni kichik qalinliklarda bir necha qatlamda hosil qilish yuqori samaradorlik berishi aniqlandi. Jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: asosiy quvur materiali sifatida 40ХМФА po‘lati tanlanadi, qoplovchi sim – Np-30ХГСА, flyus aralashmasi – 48ОФ-10 va ЭЛЗ-ФКН1/55(Б). Qoplama bir necha qatlamda hosil qilinganda va yuza 250℃ gacha qizdirilganda eng yaxshi natijalar kuzatiladi. Natijada qulfli qismlarning qattiqligi oshadi va ularning xizmat muddati sezilarli darajada uzayadi. Qulfli ulanish qismlarini qo‘shimcha mustahkamlash usullari: ularga termik va kriogen ishlov berish hisoblanadi. Termik ishlov – yuqori haroratda qizdirib, metallning mexanik xossalarini yaxshilash. 2-rasm. Eritib qoplash sxemasi “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 7 Technique, technology and equipment 3-rasm. Qulfli ulanma qismlarni qayta tiklash jarayoni Kriogen ishlov – suyuq azot yordamida (-196℃) chuqur sovutish orqali mustahkamlikni oshirish. Mustahkamligi oshirilayotgan detalga kriogen ishlov berish quyidagicha amalga oshiriladi: detalni salbiy haroratgacha sovutish, erishilgan salbiy haroratda ma’lum muddat ushlab turish va uni xona haroratigacha qizdirish. Kriogen ishlov berishning natijasi ko‘p holatlarda termik ishlov berish turlarining ketma-ketligini o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ishlov berilayotgan detalni toblash, kriogen ta’sir etish, haroratini xona haroratigacha yetkazish va bo‘shatish (otpusk) jarayonlarini o‘zaro ketma-ketligi. Burg‘ilash quvurining rezbali qulf ulanish qismlarini eritib qoplash usuli bilan qayta tiklagandan so‘ng 3 xil usulda termik ishlov berildi, quyida 3-rasmda ushbu usullarning tavsifi keltirilgan. • Kriogen ta’sir qilish; • Haroratini xona haroratiga yetkazish; • Toblash; • Otpusk; I usul • Toblash; • Haroratini xona haroratiga yetkazish; • Kriogen ta’sir qilish; • Haroratini xona haroratiga yetkazish; • Otpusk; II usul • Toblash; • Haroratini xona haroratiga yetkazish; • Otpusk; • Haroratini xona haroratiga yetkazish; • Kriogen ta’sir qilish; • Otpusk III usul 4-rasm. Burg‘ilash quvurlarining rezbali qulf ulanish qismiga termik ishlov berish usullari Burg‘ilash qulflarining mustahkamligi va qattiqligini oshirish maqsadida kriogen ishlov berish jarayoni quyida 5-rasmda keltirilgan. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 8 Texnika, texnologiya va jihozlar 5-rasm. Burg‘ilash qulflarining mustahkamligi va qattiqligini oshirish maqsadida termik va kriogen ishlov berish jarayoni Tajriba natijalariga ko‘ra, qayta tiklangan qismlarning qattiqligi 328 HB gacha oshgan, rezbali ulanmalarda yuzaga keladigan avariyalar esa 75% gacha kamaygan. Bu esa burg‘ilash mashinalarining ishonchliligini keskin oshiradi va boshqa konchilik texnikalariga ham qo‘llanilganda ularning barchasini xizmat muddatini uzaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va iqtisodiy tejamkorlikka sabab bo‘ladi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 9 Technique, technology and equipment Xulosa. Burg‘ilash mashinalarining samarali ishlashi ko‘p jihatdan ularning mexanizmlarini qayta tiklash texnologiyalariga bog‘liq. Mashinalarni qismlarga ajratish, yuvish va defektatsiya qilish, shuningdek, qulfli ulanma qismlarni eritib qoplash orqali qayta tiklash texnologiyalari yuqori natija beradi. Termik va kriogen ishlovlar yordamida detallarni mustahkamlash ularning xizmat muddatini sezilarli darajada oshiradi. Shunday qilib, qayta tiklash texnologiyalarini to‘g‘ri tanlash burg‘ilash jarayonida yuzaga keladigan avariyalarni kamaytiradi, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va iqtisodiy foyda keltiradi

Литература (10)

  1. 1. Normayev Q.H. Skvajinalarni burg‘ilashda texnologik avariyalarni va geologik asoratlarni bartaraf etuvchi texnik yechimlarni ishlab chiqish // PhD. dissestatsiya ishi // UО‘K: 622.248 // Navoiy: «O‘zbekiston konchilik xabarnomasi» jurnali nashriyoti, 2024 – 113 b.
  2. 2. Djuraev R.U., Mirzayev A.U. va boshq. Chuqur skvajinalarni burg‘ilash qazish uskunalari va texnologiyasi. – Toshkent: «Lesson Press», 2023. – 480 b.
  3. 3. Михеев Д. А. Исследование аварийных муфт замков бурильных труб, восстановленных наплавкой // Материалы Всероссийской научно-технической конференции. – Самара: Самар. гос. техн. ун-т, 2016. – С. 256–257.
  4. 4. Халтурин, О.А. Анализ влияния отклонений геометрии на напряжения в замковом резьбовом соединении // Современные проблемы науки и образования. – 2014. – № 2. – С. 80–82.
  5. 5. Vlasuk V.I., Kalinin A.G., Annenkov A.A. Qidiruv quduqlarini burg‘ilash va sinovdan o‘tkazish. Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. — Moskva: TsentrLitNefteGaz nashriyoti, 2008. — 860 bet.
  6. 6. Solovyov N.V., Krivosheev V.V., Bashkatov D.N. va boshqalar. Qidiruv quduqlarini burg‘ilash. — Moskva: Vysshaya Shkola nashriyoti, 2007. — 904 bet.
  7. 7. Мустафаев О.Б., Джураев Р.У., Тешаев Н.Г. Скважиналарни бурғилашда бурғилаш суюқлигини ютилишини олдини олиш ва бартараф этишнинг замонавий усулларини таҳлили // Ўзбекистон кончилик хабарномаси. – Навои, 2021. – №1. –11-14 б.
  8. 8. Черепов Д.А. Борьба с поглощениями бурового раствора: кольматанты нового поколения DrillMix // Бурение и нефть, 2019. - № 3. - С. 28-30.
  9. 9. Живаева В.В., Нечаева О.А. Новые подходы по борьбе с поглощениями // Экспозиция Нефть Газ, 2016. –№7. –С. 22.
  10. 10. Булатов А.И., Савенок О.В. Осложнения и аварии при строительстве нефтяных и газовых скважин. –Краснодар: Просвещение – Юг, –2010. –522 с. Normayev Qobilbek Husanovich – PhD, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti, Tel – 93-386-78-00, Email:normayevqobilbek@gmail.com Rasulov Shuhrat Qosimovich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi assistenti. Pardayeva Shahlo Saxibjonovna – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi assistenti. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 10