Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Uneversal qurilmaning yumshatuvchi ish oraganining parametrlarini uning ish ko‘rsitkichlariga ta’siri

JO'RAYEV F.O'., JO'RAYEV A.A., SAIDOVA G.K.

Выпуск
1-son
Страницы
29–33
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
3 5

Аннотации

Ushbu maqolada bog‘ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilmaning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofani uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’siri keltirilgan. Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish uchun yana egrilik radiusi 200, 250, 300 va 350 mm, tuproqqa

Литература (21)

  1. 1. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan PF-60 dated January 28, 2022 “On the Development Strategy of the New Uzbekistan for 2022–2026.”
  2. 2. O. Mansurov, A. Khamdamov. Continuous fruit and vegetable drying device // Bukhara MTI, Science and Technology Progress. – 2023, No. 2, pp. 173–177.
  3. 3. O. Mansurov, A. Khamdamov. Analysis of experimental results of fruit drying process in a rotary tray device // Bukhara MTI, Science and Technology Progress. – 2024, No. 2, pp. 173– 177.
  4. 4. Mansurov O., Khamdamov A., Qodirov O. Operation process and experimental results of continuously fruit and vegetable drying equipment // Scientific and Technical Journal, Namangan Institute of Engineering and Technology, Volume 8, Issue 3, 2023, pp. 81–85. UOʻK: 631.675.2 UNIVERSAL QURILMANING YUMSHATUVCHI ISH ORAGANINING PARAMETRLARINI UNING ISH KO‘RSITKICHLARIGA TA’SIRI Jo‘rayev F.O‘., Jo‘rayev A.A., Saidova G.K. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada bog‘ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilmaning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofani uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’siri keltirilgan. Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish uchun yana egrilik radiusi 200, 250, 300 va 350 mm, tuproqqa kirish burchagi 20°, 25°, 30°, 35° va 40 hamda eni 40, 50, 60 va 70 mm bo‘lgan yumshatkich panjalar, qanotlarining uvalash burchagi 20°, 25°, 30° va 35, qanotlarining ochilish burchagi 50°, 60°, 70°, 80° va 90 hamda qamrash kengligi 15, 20, 25 va 30 sm bo‘lgan o‘q yoysimon panjalar avvaldan tayyorlandi. Tajribaviy tadqiqotlarni olib borishda baholash mezonlari etib tuproqning uvalanish sifati, ishlov berish chuqurligi, bog‘ qator oralarini tekislanish darajasi va pushta balandligi hamda ish organlarining tortishga qarshiligi, qabul qilindi. Tayanch so‘zlar: uneversal qurilmaning, tayanch tekislik, osish qurilmasi, tortishga qarshili, ish organlari izlarining kengligi, ish organlari orasidagi bo‘ylama masofa, tayanch g‘ildirak, dala yuzasi, egat tubi, bog‘ qator oralari, tenzobarmoq. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  5. Technique, technology and equipment INFLUENCE OF THE PARAMETERS OF THE WORKING SOFTENER OF THE UNIVERSAL DEVICE ON ITS OPERATIONAL INDICATORS. Jo‘raev F.O‘., Jo‘raev A.A., Saidova G.K. Bukhara state technical university. Annotation. This article presents the influence of the vertical distance from the supporting plane of the universal garden row cultivator to the lower mounting points on its agrotechnical and energy performance indicators. For conducting experimental studies, pre-prepared loosening pads with radii of curvature of 200, 250, 300, and 350 mm, soil penetration angles of 20°, 25°, 30°, 35°, and 40 mm and width of 40, 50, 60, and 70 mm, arrow-shaped pads with crumbling angles of 20°, 25°, 30°, and 35 mm, wing opening angles of 50°, 60°, 70°, 80°, and 90 mm, and gripping width of 15, 20, 25, and 30 cm were used. Keywords. universal device, supporting plane, mounting device, tractive resistance, width of working body tracks, longitudinal distance between working bodies, support wheel, field surface, furrow bottom, garden rows, tension beam. Kirish. Yerlarga ishlov berish qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlari ichida muhim o‘rinni egallaydi. Bundagi asosiy vazifa yerlarni belgilangan chuqurlikka yumshatish, dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qilish, tekislash va talab darajasida zichlash yo‘li bilan paykallarda kuz-qish va erta bahorda to‘plangan namni saqlab qolinishiga erishish, unib chiqayotgan begona o‘tlarni bartaraf etish va eng muhimi urug‘larni bir tekis ekish va undirib olinishiga yetarli sharoit yaratishdan iborat. Respublika bo‘yicha jami 356 ming 338 gektar bog‘ va tokzorlar, shundan 257 ming 880 gektari bog‘ va 98 ming 457 gektar tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Demak, bugungi kunda mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, mahsulot yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida “O‘zagroinspeksiya” tomonidan respublikada 2024-yil hosili uchun bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. “O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalardagi soha mutaxassislar tomonidan hududlardagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalaridan olingan maʼlumotlarga ko‘ra 2024- yilning 21-noyabr holatiga bir kunda 3 ming 719 gektar, mavsum boshidan buyon jami 339 ming 337 gektar yoki rejaga nisbatan 95,2 foiz bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganligi maʼlum bo‘ldi. Shundan, bog‘ qator oralariga 244,1 ming gektar yoki 94,7 foiz (jumladan, 52,8 ming gektar piyoz, 11,4 ming gektar sarimsoqpiyoz, 30,5 ming gektar sabzi, 11,8 ming gektar lavlagi, 36,4 ming gektar ko‘kat, 8,9 ming gektar karam va 92,1 ming gektar boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari) ekilganligi hamda tok qator oralariga esa 95,1 ming gektar yoki 96,7 foiz maydonlarga (jumladan, 24,9 ming gektar piyoz, 4,2 ming gektar sarimsoqpiyoz, 12,5 ming gektar sabzi, 2,1 ming gektar lavlagi, 9,5 ming gektar ko‘kat, 2,4 ming gektar karam va 39,3 ming gektar rezavor ekinlar ekilganligi aniqlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bog‘ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilma ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot usullari. Universal qurilmaning yumshatuvchi ish organlarini parametrlarini o‘rganish bo‘yicha eksperimentlar adabiyotlar tahlili va ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlarga asosan qurilmaning birinchi qatoriga egrilik radiusi 250 mm, tuproqqa kirish burchagi 30° hamda eni 60 mm bo‘lgan yumshatkich, ikkinchi qatoriga qanotlarining uvalash burchagi 30°, qanotlarining ochilish burchagi 65° va qamrash kengligi 25 sm bo‘lgan o‘qyoysimon panjalar bilan o‘rnatilib o‘tkazildi. Universal qurilmaning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofani uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’siri. Universal qurilmaning tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtasigacha bo‘lgan tik masofa H1 ni ishlov berish chuqurligi va uning bir tekisligiga hamda tortishga qarshiligiga ta’sirini o‘rganishda bu masofa 5 sm Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  6. Texnika, texnologiya va jihozlar interval bilan 50 sm dan 65 sm gacha oraliqda o‘zgartirildi. Bunda agregatning harakat tezligi 6 va 8 km/h, ishlov berish chuqurligi 20 sm, ish organlari izlarining kengligi 200 mm, ish organlari orasidagi bo‘ylama masofa 700 mm etib belgilab olindi. Tadqiqot natijalari. Tajribalarni o‘tkazishda baholash mezonlari etib tuproqning uvalanish sifati, ishlov berish chuqurligi, bog‘ qator oralarini tekislanish darajasi va pushta balandligi hamda ish organlarining tortishga qarshiligi, qabul qilindi. Bu ko‘rsatkichlar O‘z DST 3412:2019 “Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari” va O‘z DST 3193:2017 “Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli” me’yoriy hujjatlar bo‘yicha aniqlandi [1, 2]. Tuproqning uvalanish sifati o‘lchami 0,5x0,5x0,2 m bo‘lgan tub ochiq quti yordamida ishlov berilgan qatlamdan olingan tuproq namunalarini o‘lchamlari 100 mm dan katta, 100-50 mm va 50 mm dan kichik fraksiyalarga ajratish yo‘li bilan aniqlandi. Buning uchun olingan namunalar teshiklarining diametri 100 va 50 mm bo‘lgan elaklardan o‘tkazildi. Har bir elakdan o‘tgan tuproq massasi tuproqning umumiy massasiga nisbatan foizda hisoblanib, tuproqni uvalanish sifati aniqlandi
  7. [3]. O‘lchami 50 mm dan kichik bo‘lgan fraksiyalar massasini olingan namuna massasiga nisbati tuproqning uvalanish darajasi sifatida qabul qilindi. Har bir variant bo‘yicha namunalar 6 ta joydan olindi. Ishlov berish chuqurligi ko‘ndalang kesimining yuzasi 1 sm2 bo‘lgan chizg‘ichni ishlov berilgan qatlamga botirish yo‘li bilan aniqlandi. O‘lchash aniqligi ±0,5 sm, takroriyligi 25 marta. Ishlov berilgan maydon yuzasidagi notekisliklar balandliklarining o‘rtacha kvadratik chetlanishi maxsus reyka yordamida qurilmaning harakat yo‘nalishi va qamrash kengligi bo‘yicha dala yuzasining profillarini olish yo‘li bilan aniqlandi. Har bir variant uchun qurilmaning harakat yo‘nalishiga ko‘ndalang va qamrash kengligi bo‘yicha to‘rttadan profil olindi [4; 5]. Qurilmaning tortishga qarshiligi tenzometriya usulida aniqlandi. Buning uchun 40X markali po‘latdan tenzobarmoqlar tayyorlandi (1-rasm) va ularga tenzodatchiklar to‘la ko‘prik usulida etib yelimlandi
  8. [6]. Tajribalarni o‘tkazishdan oldin va tajribalar o‘tkazilgandan so‘ng tenzobarmoqlar tarirovka qilindi. Buning uchun tortuvchi vintli mexanizm va maxsus tayyorlangan platformadan foydalanib, pastki o‘ng 2 va chap 3 tenzobarmoqlarga 3,0 kN interval bilan 0-30 kN oraliqda, yuqorigi 1 tenzabarmoqqa 2,0 kN interval bilan 0-20 kN oraliqda yuklanishlar berildi. Tenzobarmoqlarni tarirovkalashda DOSM-III-5 namunaviy dinamometrdan hamda ularning ko‘rsatkichlarini yozib olishda IP-264B o‘lchash modulidan foydalanildi (2-rasm). Tarirovkada olingan ma’lumot asosida tarirovka koeffitsienti aniqlandi, undagi xatolik 1,1 % ni tashkil etdi. 1-rasm. Tenzobarmoqlarning umumiy ko‘rinishi. 1, 3 – pastki o‘ng va chap tenzobarmoqlar; 2 – yuqorigi tenzabarmoq “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  9. Technique, technology and equipment 2-rasm. Ko‘rsatkichlarni IP-264B o‘lchash modulidan foydalangan holda yozib olish jarayoni Natijalar tahlili va misollar. Universal qurilmaning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofani uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’siri. Universal qurilmaning tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtasigacha bo‘lgan tik masofa H1 ni ishlov berish chuqurligi va uning bir tekisligiga hamda tortishga qarshiligiga ta’sirini o‘rganishda bu masofa 5 sm interval bilan 50 sm dan 65 sm gacha oraliqda o‘zgartirildi. Bunda agregatning harakat tezligi 6 va 8 km/h, ishlov berish chuqurligi 20 sm, ish organlari izlarining kengligi 200 mm, ish organlari orasidagi bo‘ylama masofa 700 mm etib belgilab olindi. Tajribalarni o‘tkazishda, universal qurilmaning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa H1 traktor osish mexanizmi pastki tortqilarini qurilmaga ulanish balandligini o‘zgartirish hisobiga o‘zgartirildi. Bunda qurilmaning pastki va yuqori osish nuqtalari orasidagi tik masofa H2 o‘zgarmas va 610 mm ga teng etib olindi
  10. [7]. Tajribalarning natijalari grafik ko‘rinishda 3-rasmda tasvirlangan. а) b) 3-rasm. Takomillashtirilgan chizel-kultivator tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofani ishlov berish chuqurligi (h) va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi(±σ)ga ta’siri. a – 6 km/h da; b – 8 km/h da Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  11. Texnika, texnologiya va jihozlar 4-rasm. Universal qurilmaning umumiy ko‘rinishi 3, a va b-rasmda keltirilgan grafik bog‘lanishlarni eng kichik kvadratlar usuli bilan [8; 98111, 9; 31-36-b., 10, 11, 12, 13] aniqlangan quyidagi empirik formulalar bilan ifodalash mumkin: harakat tezligi 6 km/h bo‘lganda h = - 0,021Н12 + 2,685Н1 - 65,975 (R²=0,9988), sm; (1) = 0,045Н12 -0,5741H1+20,0 (R²=0,9991), sm; (2) R= -0,0098Н12 +1,251H1-30,885 (R²=0,9979), kN. (3) harakat tezligi 8 km/h bo‘lganda h = - 0,0206Н12 + 2,634Н1 -64,721 (R² = 0,9988), sm; (4) = 0,0045Н12 + 0,573Н1+ 20,007 (R² = 0,9974), sm; (5) R= -0,0103Н12 +1,31691H1-32,511 (R²=0,9979), kN. (6) Demak, o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha qurilmaning yumshatkichi belgilangan chuqurlikka botishi va shu chuqurlikda barqaror, ya’ni ishlov berish chuqurligini o‘zgartirmasdan ishlashi uchun uning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtasigacha tik masofa kamida 60 sm bo‘lishi lozim. Хulosa. Demak, o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha bog‘ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilmaning yumshatkichi belgilangan chuqurlikka botishi va shu chuqurlikda barqaror, ya’ni ishlov berish chuqurligini o‘zgartirmasdan ishlashi uchun uning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa kamida 60 sm bo‘lishi lozim. Adabiyotlar ro‘yxati.
  12. 1. O‘z DST 3412:2019 “Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari” // – Tashkent, 2019. – 26 s.
  13. 2. O‘zDst 3193:2017 “Mashinalarni energetik baholash usuli” // – Tashkent, 2017. – 21 s.
  14. 3. To‘xtaqo‘ziev A. Tuproqqa ishlov berish chuqurligining bir xilligini ta'minlash. Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalari . 2019;13(3):34-38.
  15. 4. To‘xtaqo‘ziyev.A Imomqulov Q.B, Tuproqni kam energiya sarflab deformatsiyalash va parchalashning ilmiy-texnik asoslari. – Toshkent: KOMRON PRESS, 2013. – 120 b.
  16. 5. Shoumarova M., Abdillaev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari.– Toshkent: O‘qituvchi, 2002. - B. 424.
  17. 6. Abdunazarov, E. E. “Anor tuplarini ko‘madigan mashina ko‘muvchi ish organlarining tortishga qarshiligini aniqlash.” (2020): 108-111.
  18. 7. Abdunazarov, Elbek. “A Anor tuplarini ko‘madigan mashina tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofani asoslash.” Uzbekistan Journal of Engineering and Technology (2021).
  19. 8. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – Москва: Колос, 1979. – 416 с.
  20. 9. Веденяпин В.В. Общая методика эксперименталного исследования и обработки опытных данных. – Москва: Колос, 1973. – 184 с.
  21. 10. Djuraev, A., et al. “Tuprokka ekish oldidan ishlov beruvchi va mayda urugli sabzavot ekinlarini ekuvchi kombinatsiyalashgan agregat. Monografiya.” Monografiya. T.: Fan va texnologiyalar nashriyoti 180 (2016). “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 31