Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Suvlangan gaz quduqlarini qayta ishga tushirish texnologiyasini takomillashtish tahlili
Abstracts
Ushbu maqolada suvlangan gaz quduqlarini qayta ishga tushirish uchun plunjerli ko‘targich texnologiyasi asosida gaz qazib olish jarayonini jadallashtirish o‘rganilgan. Ushbu texnologiyani samarali ishlashi uchun gaz qudug‘i texnologik parametrlari ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi va uni barqaror ishlashini ta’minlash uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.
This paper investigates the intensification of gas production from watered gas wells based on the application of plunger lift technology for their reactivation. It has been determined that the efficiency of this technology is significantly influenced by the main technological parameters of the gas well. In order to ensure stable and reliable operation of the plunger lift system, practical recommendations have been developed for selecting optimal operating modes and improving the gas production process.
References (30)
- 1. Авлиякулов Н.Н. Метрологическое обеспечение производства в нефтегазовой отрасли. Учебное пособие. − Ташкент: «Фан ва технологиялар», 2013. – 340 с.
- 2. Авлиякулов Н.Н. Метрология, стандартизация и сертификация. Учебник. Бухара: «Дурдона», 2024. – 256 с.
- 3. Авлиякулов Н.Н., Бозоров У.М., Тураев A.Х. Результативность метрологического надзора при применении методики выполнения измерений показателей качества продукции. Международный журнала «Universum: технические науки». Москва: 2022. – № 4(97). 14-16 с.
- 4. Лежнина И.А., Уваров А.А. Метрологическое обеспечение производства. Учебное пособие. Томский политехнический университет. − Томск: Изд-во Томского политехнического университета, 2014. – 120 с.
- 5. МИ 2240-98. Рекомендация. ГСИ. Анализ состояния измерений, контроля и испытаний на предприятии, в организации, объединении. Методика и порядок проведения работы. − Москва: 1998. – 51 с. SUVLANGAN GAZ QUDUQLARINI QAYTA ISHGA TUSHIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTISH TAHLILI Do‘stov H.B., Rahimov B.R., Savriyev F.A. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada suvlangan gaz quduqlarini qayta ishga tushirish uchun plunjerli ko‘targich texnologiyasi asosida gaz qazib olish jarayonini jadallashtirish o‘rganilgan. Ushbu texnologiyani samarali ishlashi uchun gaz qudug‘i texnologik parametrlari ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi va uni barqaror ishlashini ta’minlash uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: plunjer, suvlangan gaz quduqg‘i, rejim, qiya quduqlar, elektron boshqaruv qurilmasi, nasos kompressor quvuri , atrof-muhit Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- Texnika, texnologiya va jihozlar ANALYSIS OF IMPROVEMENT OF TECHNOLOGIES FOR RESTARTING FLOODED GAS WELLS Dustov H.B., Rahimov B.R., Savriyev F.A. Bukhara state technical university. Annotation. This paper investigates the intensification of gas production from watered gas wells based on the application of plunger lift technology for their reactivation. It has been determined that the efficiency of this technology is significantly influenced by the main technological parameters of the gas well. In order to ensure stable and reliable operation of the plunger lift system, practical recommendations have been developed for selecting optimal operating modes and improving the gas production process. Key words: plunger, watered gas well, operating mode, deviated wells, electronic control unit, tubing, environment. Kirish. Hozirgi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar barcha sohada bo‘lgani kabi bizning neft va gaz sanoatida ham bir qancha o‘zgarishlar bo‘lishiga va bu bilan bizning soha yana rivojlanishiga olib keldi. Xorijiy investitsiyalarning sohaga jadal kirib kelishi yangi uglevodorod zahiralarini qidirib topish, ularni burg‘ilash, qazib chiqarish, qayta ishlash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda o‘sishga olib keldi. Suvlangan yoki to‘xtatilgan quduqlarni ishlatish uchun yangi texniligiyalar joriy qilinmoqda. Bu ishlarni keng ko‘lamda olib borilishi uchun fan-ta’lim-ishlab chiqarish hamkorlining talab etiladi. Buning uchun ilmiy tadqiqot natijari muhim ahamiyatga ega. Yеchilаdigаn muаmmо vа mаsаlаning qо‘yilishi. “Hozirda gaz konda quduqlarning ishlab chiqarish qudug‘i aksariyati muamoli ishlamoqda. Ushbu quduqlarda ishlab chiqarishning pasayishi suvning kirib kelishi bilan bog‘liq. Gaz qudug‘ida suyuqlikning ta’sirini nasos kompressor quvurlarida ko‘tarilayotgan suyuqlik va gaz fazalarining o‘zaro bog‘liqligini tushunish kerak. Ko‘p fazali oqim uchun odatda to‘rtta asosiy oqim rejimi ajratiladi, bu 1-rasmda ko‘rsatilgan: 1-rasm. Vertikal ko‘p fazali oqim rejimi sxemasi Pufakchali rejimi – quvur deyarli butunlay suyuqlik bilan to‘la, erkin gaz suyuqlikda ko‘tarilayotgan kichik pufakchalar shaklida bo‘ladi. Ikki fazali oqim rejimi – suyuqlik uzluksiz faza bo‘lib, gaz pufakchalari kengayib, kattaroq pufakchalarga birlashib, tiqinlar hosil qiladi. O‘tishning halqasimon rejimi – oqim uzluksiz gaz fazasi oqimi bilan tavsiflanadi, ma’lum miqdordagi suyuqlik gaz oqimida tomchilar shaklida tashiladi. Tumanli halqasimon rejimi – gaz fazasi uzluksiz va suyuqlikning katta qismi gaz tomonidan tarqalgan shaklda tashiladi. 2-rasmda gaz qudug‘idagi oqimning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarish sxemasi keltirilgan. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Technique, technology and equipment 2-rasm. Gaz qudug‘idagi oqim rejimlarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi Еkspеrimеnt vа оlingаn nаtijаlаrning tаhlili. Ishlab chiqarishni saqlab qolish uchun qo‘llaniladigan usullarni tahlil qilish. Bugungi kunda gaz qazib olishda korxonlarda asosan quydagi uchta usuldan foydalanadi suv bosishi tufayli quduq oqim tezligining pasayishi:
- 1. Gaz quduqdan davriy foydalanish. Bu usul bosimni oshirish uchun quduqni vaqti-vaqti bilan yopishni o‘z ichiga oladi. Quduq qayta ishga tushirilgandan so‘ng, yuqoriga qarab oqim tezligining oshishi to‘plangan suyuqlikni chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan. Bu usul kunlik oqim tezligi taxminan 100 000 kubometr yoki undan ko‘p bo‘lgan quduqlarda ishlaydi. Biroq, oqim tezligi pastroq bo‘lgan quduqlarda bu samarasiz, chunki yuqoriga qarab gaz oqimi tezligi tezda pasayadi va bu gaz qudug‘ida suyuqlikning qo‘shimcha to‘planishiga olib keladi.
- 2. Qattiq sirt faol moddasini bilan quduqdan gaz chiqarish. Sirt faol moddalari quduqdagi suyuqlik zichligini ko‘piklanish orqali kamaytirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu bilan oqimning yuqoriga ko‘tarilish tezligida suyuqlik fazasini olib chiqarishni ta’minlaydi. Bugungi kunda bu usul ham uzoq vaqt davom etmasligi tufayli samarasiz bo‘lib chiqdi, chunki sirt faol moddasi quduqdan chiqargandan so‘ng, qatlamdan quduqqa kiradigan suyuqlikning sezilarli hajmi tufayli oqim tezligida uzoq muddatli o‘sish kuzatilmaydi. Bundan tashqari, bu metod ancha mehnat talab qiladi va yuqori xavfli operatsiyalarni, shuningdek, qimmat kimyoviy reagentlarni sotib olish va ulardan foydalanishni talab qiladi.
- 3. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan usullar orasida eng samaralisi quduqni atmosferaga chiqarib ishlatish usuli hisoblanadi. Ushbu usul suyuqlikni quduqdan yer yuzasiga olib chiqishni ta’minlaydi hamda oldingi usullarga nisbatan uzoqroq davom etuvchi samara beradi. Biroq quduq mahsulotini atmosferaga chiqarib ishlatish usuli bir qator kamchiliklarga ega: ▪ jarayonning yuqori mehnat talab qilishi; ▪ maxsus uskunalardan foydalanish zarurati; ▪ sezilarli vaqt yo‘qotishlari; ▪ quduq stvolidagi bosimning katta farqi hisobiga NKQ quvurig salbiy ta’sir qiladi; ▪ xavfli ishlar sonining ortishi; ▪ Atrof-muhitga salbiy ta’sir. Sanoat korxonasi ish olib borilayotgan mintaqaning ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq muamolarga duch keladi. Quduqdan suyuqlikni ko‘tarishning hozirda qo‘llanilayotgan mexanizatsiyalashgan usullarini ko‘rib chiqamiz. Natijalar 1-jadvalda keltirilgan. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- Texnika, texnologiya va jihozlar 1-jadval Neft va gaz quduqlaridan suyuqlik ko‘tarish metodlari Optimallash tirish tizimining xususiyatlari Maksimal quduq chuqurligi, m Maksimal suyuqlik oqimi tezligi, m3/kun Gaz kirish bosimiga ta’siri Quduqni so‘ndirish darajasi Energiya manbai SHChN 4900
- 950 Kichik kerak Elektr energiyasi Plunjerli lift 5800
- 30 Gaz bosimi manbai kerak emas Plast bosimi Gazlift 4500 8000 Kichik kerak Siqilgan gaz Vintli nasos 3700
- 700 Kichik kerak Elektr energiyasi EMQN 4600 8500 O‘rtacha kerak Elektr energiyasi 1-jadvalda keltirilgan natijalarni ko‘rib chiqib quydagi xulosalarga kelish mumkin. Plunjer ko‘tarish tizimlari bir qator afzalliklarga ega: • tashqi energiya manbasini talab qilmaydi, ular quduq energiyasidan foydalanadilar; • oson o‘rnatish va demontaj qilish, yaxshi o‘chirishni talab qilmaydi; • arzon narx (boshqa usullarga nisbatan 10 baravar past); • qiya quduqlarda ishlash uchun qulay; • quduqni to‘liq ishlatish imkonini beradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, quduqlarda suyuqlik to‘planishiga qarshi kurashish uchun plunjerli ko‘tarish tizimlaridan foydalanish mumkin. Plunjerli ko‘targichning qo‘llanishi odatda mexanizatsiyalangan, davriy qazib olish usuli bo‘lib, unda quduqdan suyuqlikni ko‘tarish uchun faqat quduq energiyasidan foydalaniladi. Plunjer – erkin harakatlana oluvchi, nasos kompressor quvuri ichiga joylashtirilgan ajratuvchi qurilma.Bunda plunjer qatlam bosimi ta’sirida yuqoriga ko‘tariladi va og‘irlik kuchi ta’sirida qayta quduq tubiga tushadi. Plunjerli liftning ishlash sxemasi 3-rasmda ko‘rsatilgan: 3-rasm. Takomillashtirilgan plunjerli ko‘targich bilan gaz qazib olish texnologik sxemasi. 1–lubrikator, 2–halqasiz troynik, 3–aylanma kran, 4–elektron boshqaruv qurilmasi, 5–tashqi kabel, 6–harakatni cheklovchi sensor, 7–chiqarish klapani, 8–zadvijka, 9–plunjer, 10–plunjer uchun amartizator, 11– NKQ, 12–NKQ uchun tayanch. Porshen ko‘taruvchi quduqda siklik ravishda ishlaydi, bu quduq qazib olish va to‘xtash o‘rtasida almashinib turadi. To‘xtash davrida, plunjer pastki qismida bo‘lganida, gaz bosimi ko‘tariladi, quduqdagi suyuqlik oqim davrining oxirgi bosqichiga yaqinlashadi. Suyuqlik quvur tubiga to‘planadi va plunjer quvur ustuni orqali amortizator prujinasiga tushadi va u yerda “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Technique, technology and equipment bosimning butun ko‘tarilish davri davomida qoladi. Gaz bosimi quduqning to‘xtash davomiyligiga, qatlam bosimiga va qatlam o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Bosim yetarlicha oshganda, boshqaruv klapani ochiladi va quduqqa suyuqlik oqishni boshlaydi. Gaz kengayadi, quvurni to‘ldiradi va ishlab chiqarilgan gaz yordamida plunjer va suyuqlikni quduq og‘ziga ko‘taradi. Qatlamdan gaz olish quduq debiti kritik debit qiymatiga yaqin darajagacha kamaygancha quduqqa suyuqlik to‘plana boshlanguncha davom etadi. So‘ng quduq yopiladi va plunjer amartizator prujinasi ustiga qayta tushadi.Gaz ustuni orqali, keyin to‘plangan suyuqlik ustuni orqali pastga harakatlanadi. Shu vaqtda bosimning oshish davri boshlanadi. Gaz bosimi ta’sirida quduq yana ishga tushirish uchun ochiladi va plunjer suyuqlik bilan birga yuqoriga ko‘tariladi. Plunjer yuqorida bo‘lgan vaqt quduq ochiq holda bo‘ladi va gaz debiti pasaya boshlanguncha ishlaydi. Shundan so‘ng quduq yana yopiladi, plunjer quduq tubiga tushadi va jarayon takrorlanadi. Porshenni ko‘tarish texnologiyasidan foydalanishning maqsadga muvofiqligini asoslash. Olib borilgan uchastkasining 1-sonli qudug‘ini plunjerli lift tizimini o‘rnatish uchun tanlangan quduq sifatida ishlatildi. 1-sentabrdan 8-dekabrgacha 1-sonli quduq 7 marta, o‘rtacha har 10 kunda bir marta atmosferaga yoqiladi. Quduqning asosiy parametrlari 2-jadvalda keltirilgan: 2-jadval Quduq parametrlari O‘lchov birliklari Qiymati Chuqurlik m 2280 Quvurning ichki diametri mm
- 76 Texnik shartlarga muvofiq kutilgan quduqqa oqim sarfi m3/kun 70
- Suvlanish vaqtida gaz oqimi sarfi m3/kun 38
- 000 Gaz haydagandan keyin gaz oqimi sarfi m3/kun 67
- 745 Suyuqlik sarfi m3/kun
- 2 Qatlam bosimi atm. 65,5 Quduq og‘zidagi bosim atm. 41,5 Texnik shartlarga muvofiq gaz koeffitsienti m3/ m3 34
- 300 Quduq suv bosishi vaqtida gaz omili m3/ m3 18
- 200 Jadvalda ko‘rsatilganidek, quduqning oqim tezligi suyuqlik bilan to‘ldirilganda deyarli ikki baravar kamayadi, quduqdagi suyuqlik chiqarib yuborilgandan so‘ng esa ishlab chiqarilgan gaz miqdori texnik shartlarda ko‘rsatilgan qiymatlarga yaqin bo‘ladi. Biroq, yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, quduqni atmosferaga chiqarishning bir qator kamchiliklari bor. Plunjer liftidan foydalanish imkoniyatini aniqlashning asosiy parametrlari quyidagilardir: gaz-suyuqlik nisbati; quduq chuqurligi; ·maksimal suyuqlik oqimi tezligi; quduq tubidagi bosim va gaz yig‘ish tizimidagi bosim o‘rtasidagi farq. Paker bilan jihozlangan quduqlar uchun plunjer ko‘targichidan foydalanish imkoniyati 4rasmda ko‘rsatilgan nomogramma yordamida aniqlanadi. Quduq chuqurligi vertikal o‘q bo‘ylab, gaz-suyuqlik nisbati esa gorizontal o‘q bo‘ylab chiziladi. Agar nomogrammadagi gaz-suyuqlik nisbati va quduq chuqurligini tavsiflovchi nuqta mos keladigan egri chiziqda yoki undan pastda bo‘lsa, unda plunjer ko‘targichi ushbu quduqda ishlash uchun mos keladi
- [4]. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ko‘rib chiqilayotgan quduqning chuqurligi 2280 m ni tashkil qiladi va gaz-suyuqlik nisbati qiymatlari talab qilinadigan minimal qiymatdan (taxminan 4200 fut) sezilarli darajada oshadi. Bu bizga plunjer ko‘tarish tizimidan foydalanish mumkin degan xulosaga kelishga imkon beradi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- Texnika, texnologiya va jihozlar 4-rasm. Quduqda plunjer ko‘targichining paker bilan va pakersiz ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar Porshen ko‘tarish moslamasidan foydalanishning maqsadga muvofiqligiga ta’sir qiluvchi keyingi omil - bu ma’lum bir quduq chuqurligi va quvur diametri uchun suyuqlikning maksimal mumkin bo‘lgan oqimi tezligi 5-rasmda ko‘rsatilgan. Yuqoridagi parametrlarni bog‘laydigan nomogramma. Gorizontal X o‘qi quduq chuqurligini futlarda, Y o‘qi esa kuniga ruxsat etilgan maksimal suyuqlik oqimi tezligini barellarda ifodalaydi. Turli diametrli quvurlar uchun egri chiziqlar ko‘rsatilgan. 5-rasm. Porshenni ko‘tarish uchun suyuqlik oqimi tezligini baholash sxemasi. (1fut=0,3048 metr; 1barel =159letr) 5-rasmda ko‘rsatilgan nomogrammadan xulosa qilish mumkinki, maksimal mumkin bo‘lgan suyuqlik oqimi tezligi kuniga taxminan 240 barrelni tashkil etadi, shu bilan birga ko‘rib chiqilayotgan quduq uchun qatlam suvi va gaz kondensatining umumiy ishlab chiqarish hajmi kuniga 12,6 barrelni tashkil qiladi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Technique, technology and equipment Porshenli tizimidan foydalanishning maqsadga muvofiqligini belgilovchi keyingi omil qatlam bosimi va tizim bosimi o‘rtasidagi farq (18,9 atm) hisoblanadi, chunki bu farq plunjerning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, u suyuqlikni quduq bo‘ylab ko‘taradi. Bu bosim farqi plunjerning suyuqlik bosimi bilan birgalikda taxminan 750 fut/min (3,8 m/s) tezlikda harakatlanishini imkonini beradi
- [5]. Plunjerni ko‘tarish tizimining ish siklini takomollashtirish kon sharoitida amalga oshiriladi. Maqsad barqaror ish sharoitida quduqning kunlik oqim sarfini maksimal darajada oshirishdir. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida barcha quduqlarda rivojlangan infratuzilma, elektr ta'minoti va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari mavjudligi plunjerli ko‘tarish tizimlarini o‘rnatish xarajatlarini keskin soddalashtiradi va kamaytiradi. Bugungi kunda Respublikamizning bazi konlarida olib borilgan tadqiqotlar ijobiy natijalariga ko‘ra to‘xtatilgan gaz quduqlari qayta ishga tushirildi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqarishida mavjud bo‘lgan vodorod sulfidining katta miqdorini, shuningdek, quduqlarning bosim-harorat sharoitlarini hisobga olgan holda, xarajatlarni 24 000 dollarga baholandi. Uskunaning ko‘rsatilgan qiymati 24
- 000 AQSh dollari va tabiiy gaz narxi ming kubometr uchun
- 100 AQSh dollari bo‘lgan holda, uni qoplash muddati 3-4 oy bo‘ladi. Xulоsа. Quduqlarda qazib olishning tabiiy pasayishi va shunga mos ravishda gaz debitini pasayishi hisobga olinsa, suyuqlik to‘planishi tufayli tobora ko‘proq quduqlar o‘z-o‘zini suvlanishi taxmin qilish mumkin. Hozirda keng tarqalgan usullar o‘zini sarf xarajatlarining ortishi bilan bu taklif etilayotgan usulga nisbattan samarali emas. Shuning uchun, quduqlarning barqaror ishlashini ta'minlash uchun gaz qudug‘idan suyuqlikni samarali chiqarish texnologiyalarini qo‘llash zarur. Shunday qilib, plunjerli lift tizimlarini joriy etish bizga hozirda yuzaga kelgan bir qator muammolarni hal qilish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- 1. D. Li, G. Nikens. Suv ishlab chiqaruvchi gaz quduqlaridan foydalanish. Ingliz tilidan tarjima. Moscow Premium Engineering, 2008.-365 b.
- 2. Anufriev P.V. Samburg neft, gaz va kondensat konining quduqlaridan to‘plangan suyuqlikni olib tashlash maqsadida pistonli ko‘tarish texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan dala tadqiqotlari haqida ma’lumot. ARKTIKGA3 OAJ, 2016. Rahimov Bobomurod Rustamovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Buxoro davlat texnika universiteti “Neft-gaz ishi” kafedrasi dotsenti. Tel.:(+99890)712-75-32, E-mail: rahimovbobomurod012@gmail.com Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 42