Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Gazlarni tozalashda qo‘llaniluvchi absorbentlarning tavsifi va unda hosil bo‘ladigan ko‘piklanish sabablari
Аннотации
Gazni qayta ishlash zavodlarida ishlatiladigan aminlar tavsiflarini, ya’ni uning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bilan amin tizimlarida ko‘piklanish kabi turli muammolar sabablarini o‘rganamiz. Ko‘pincha ko‘pik absorber qurilmasida sodir bo‘ladi. Ko‘piklangan eritma o‘zi bilan toza gaz mahsulotini regeneratsiyalashga qo‘shib ketishi mumkin. Shuningdek, boshqa qurilmalarda ham kuzatilishi mumkin. Har bir ifloslantiruvchi ko‘piklanish tendensiyasiga va ko‘pikning barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin. Ushbu maqolada neft gaz-kimyo zavodlarida ishlatiladigan aminlarning fizik-kimyoviy xossalari muhokama qilingan.
In this study, the properties of amines used at gas processing plants are examined, specifically their physicochemical characteristics, along with the causes of various issues such as foaming in amine systems. Foaming most commonly occurs in the absorber unit. The foamed solution can carry over and contaminate the regenerated clean gas product. Foaming may also be observed in other equipment. Each contaminant can influence the tendency of foaming and the stability of the foam. This article discusses the physicochemical properties of amines used in oil and gas chemical processing plants.
Содержание статьи
Kirish. Bugungi kunda jahonda asosan gazlarni tozalash jarayonida MDEA absorbent hisoblanib undagi termostabil tuzlar miqdoriga qarab ko‘piklanish darajasi o‘zgaradi. Tabiiy gazni nordon tarkibiy qismlardan tozalash uchun Gazli gazni qayta ishlash zavodi va Muborak gazni qayta ishlash zavodida MDEA va DEA ishlatiladi. Texnik metildietanolamin bu yonuvchan, yog‘li suyuqlik hisoblanadi. Rangi och sariqdan to‘q sariqgacha, hidi o‘ziga xos, korrozion faolligi va ko‘piklanish xususiyatlari DEA turidagi aminlarga o‘xshash. Havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qilmasligi ko‘rildi. Inson organizmiga ta’sir etish darajasiga ko‘ra GOST 12.1.007 bo‘yicha 3xavfli sinfga mansub. 1-jadvalda MDEA va DEA ning fizik-kimyoviy xossalari keltirilgan. MDEAning molekular massasi 119,2; 20 0C da zichligi 1,036-1,042 g/sm3. Atmosfera bosimida qaynash harorati 244,8 0C ga teng, muzlash nuqtasi – minus 21 0C. Qurilmada ishlatiladigan MDEA TU 2423-005-11159873 [12] talablari va me’yorlariga javob berishi kerak. Dietanolamin. DEA ning molekular massasi 105,1; 25 0C da nisbiy zichligi –1,094 g/sm3. Atmosfera bosimida qaynash nuqtasi 268 0C ga teng, muzlash nuqtasi -28 0C. DEA suvda yaxshi eruvchan rangsiz yoki biroz sarg‘ish yopishqoq suyuqlik. Ishqoriy xossaga ega bo‘lgan elektrolit hisoblanadi. Kimyoviy parchalanishga katta qarshilik ko‘rsatadi. Tadqiqot usuli. Hozirgi kunda Gazli gazni qayta ishlash zavodidagi asosiy muammolardan biri absorbsiya jarayonida amin eritmasi (absorbent)ning yo‘qotilishi hisoblanadi. Bunga asosiy sabab amin eritmalari bilan gazlarni nordon komponentlardan tozalash jarayonida uning turli ta’sirlar natijasida ko‘piklanishi va amin eritmasining ma’lum bir qismi tozalangan gaz bilan chiqib ketishi hamda to‘yingan amin eritmasiga o‘tib qolishiga olib kelmoqda. Oddiy ko‘pik sirt faol moddalarni ifloslantirish orqali ko‘pikka aylanadi. Ko‘piklanish jarayonlarini nazorat qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu ko‘pikni so‘ndirish uchun aylanma eritma oqimiga ko‘pikka qarshi kimyoviy moddalarni qo‘shish hisoblanadi. Gazni aminli tozalash jarayonidagi absorber qurilmasida ko‘piklanish turli xil sabablar orqali sodir bo‘ladi. Bular gaz tarkibidagi: − mexanik qo‘shimchalar; − nordon komponentlar; − aminning oksidlanishi;
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 43
Chemistry and chemical technologies
− haroratning ko‘tarilishi; − qovushqoqlikning ortishi tufayli ko‘pik hosil bo‘ladi. 1-rasmda sirt faol moddalar gaz va suyuqlik yuzasida qattiq qatlam hosil qilib, ko‘pik paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan. 2-rasmda Absorber ichida gaz bilan suyuqlik aralashganda, sirt faol moddalar ta’sirida ko‘pik yuzaga kelishi ko‘rsatilgan.
1-rasm. Ko‘piklanish mexanizmi (sirt faol moddalarning ta’siri) 1-jadval. Metildietanolamin va dietanolaminning fizik-kimyoviy xususiyatlari № Ko‘rsatkichlar nomi O‘lchov birligi Ko‘rsatkichlar 1 Formula MDEA DEA C5H13NO2 C4H11NO2 2 Molekular massa 119,2 105,1 3 101,35 kPa da qaynash harorati 0C 231 270 4 Muzlash harorati 0C –21,0 28 5 25 0C haroratda zichligi g/sm3 1.03 1.94 6 30 0C haroratdagi solishtirma issiqlik sig‘imi
J/kg K 1.71 2.22
7 25 0C haroratda absolyut qovushqoqlik
Kg/m s 101 308
8 Absorbsiya issiqligi: H2S CO2
1147 1511 9 Desorbsiya issiqligi: H2S CO2
kJ/kg 1047 1340
1200 436 0.84 1510 548 1,31 Absorber qurilmasidagi harorat reglament bo‘yicha 45-55 oC bosim esa 5 MPa bo‘ladi.
kJ/kg kkal/m3 (norm.) kg /m3 (norm.) kJ/kg kkal/m3 (norm.) kg /m3 (norm.)
1050 381 0,73 1420 516 1,24
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 44
Kimyo va kimyoviy texnologiyalar
2-jadval. MDEA va DEA texnik xususiyati Ko‘rsatkichlar nomi
TU 2423-005-11159873 ga muvofiq MDEA ko‘rsatkichlari [12]
O‘lchov birligi
TU 6-092652 ga muvofiq DEA ko‘rsatkich lari
oliy nav birinchi nav Tashqi ko‘rinishi Mexanik qo‘shimchalarsiz 20 0C da zichligi g/sm3 1,036-1,042 1,036-1,042 1,094 Massa ulushi, dan kam emas
% 99,0 98,5 98,5
Aralashmalarning massa ulushi, dan ko‘p emas, shu jumladan: yuqori qaynovchilar massa ulushi, dan ko‘p emas
% %
1,0 0.2
1.5 -
1.5 -
2-rasm. Absorberda ko‘pik hosil bo‘lish jarayoni Xulosa. Shundan xulosa qilish mumkinki, gazlarni aminli tozalash jarayonida asosan amin tarkibida ko‘pik hosil qiluvchi sabablar, kirib kelayotgan gazning tarkibida turli xildagi nordon komponentlar, mexanik qo‘shimchalar hamda absorber qurilmasi ichidagi haroratning mo‘tadil saqlanib turishi hisoblanadi. Agarda qurilma ichidagi harorat standartdan oshib yoki tushib ketsa ham amin tarkibida ko‘piklanish jarayonini oshirib yuboradi
Литература (16)
- 1. Toshboyev S.O‘., Axmedov V.N., Do‘stov H.B., Panoyev E.R., Ostonov F.I. Gazlarni absorbsion tozalashda ko‘piklanish jarayonlarini tadqiq qilish // Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. Ilmiy-texnikaviy jurnal-Buxoro: 2024. -№1. 115-118 b. (02.00.00 №14)
- 2. S.Toshboyev., V.Axmedov., E.Panoev., B.Olimov. Analysis of the anti foaming solution tsu, obtained on the basis of local antifoaming raw materials arising from gas cleaning // Universum: химия и биология: Научный журнал. - № 4(118). Chast 2., M., Izd. «MSNO», 2024. -P.5661.– Elektron. versiya pech. publ. – (02.00.00 №01)
- 3. Toshboyev S.O‘., Axmedov V.N., Panoyev E.R., Xafizov A.R. Gazlarni nordon komponentlardan tozalash qurilmalarida ko‘piklanish sabablari va uni oldini olish // QarDU xabarlari Ilmiy-nazariy, uslubiy jurnal. 2024 (2)2 . 150–154 b. (02.00.00 №15) “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Chemistry and chemical technologies jarayonida yuzaga keladigan ko‘pikni bostirishda qo‘llaniladigan “TSU” reagentini sintezi va ekstraksiyalash jarayoni tahlili // "Science and Education" Scientific Journal / April 2024 / Volume
- 5 Issue. 223-227 b.
- 10. Toshboyev S.O‘., Axmedov V.N., Panoyev E.R., O.I.Ravshanova., A.Q.Raxmatov. Gazlarni aminli tozalashda ko‘piklanishga qarshi TSU-1 eritmasi sintezi va uning sinov tadqiqot ishlari. // Development of science science journal/ Volume
- 1 MAY 2024/ 1. 355-359 b.
- 11. Toshboyev S.O‘., Axmedov V.N., Panoyev E.R., Usmonov S.B. Gazlarni tozalash jarayonida hosil boʻladigan koʻpiklanish jarayonlarini tadqiq qilish // «Kimyoning dolzarb Muammolari» Mavzusidagi respublika ilmiyamaliy Anjuman materiallari (2024-yil 21-22-iyun) Urganch: 2024. 212–226 b.
- 12. S.O‘ Toshboyev, V.N. Axmedov, E.R. Panoyev, O.I.Ravshanova, D.F.Xayitova. Gazlarni absorbsion tozalashda absorber qurilmasida hosil bo‘ladigan ko‘piklanish jarayonlarini tadqiq qilish (gazli gazni qayta ishlash zavodi misolida) // “Neft va gaz Sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya . 15-16-oktabr 2024-yil. Buxoro: 2024. 132-136 b.
- 13. S.O‘ Toshboyev, Sh.N.Ataullayev, O.I.Ravshanova, J.J.Jamolov, Z.Z. Xasanov. Gazlarni tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan ko‘piklanish jarayonlarini o‘rganish // “Neft va gaz Sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya . 15-16-oktabr 2024-yil. Buxoro: 2024 . 327-332 b.
- 14. S.O‘ Toshboyev, H.B.Do‘stov, V.N.Axmedov, E.R.Panoyev. Gazlarni absorbsion tozalashda ko‘piklanishga qarshi ko‘pik so‘ndiruvchi sintezi va sinov tadqiqot ishlari. // “Neft va gaz Sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferensiya. 15-16-oktabr 2024-yil. Buxoro: 2024 . 206-211 b.
- 15. S.O‘ Toshboyev, E.R.Panoyev, A.X.Musayev, X.Salimov. Development of technology for obtaining corrosion inhibitors during absorption purification of gases from acidic compounds // Development of science journal/ Volume
- 1 FEVRAL 2025/ 2
- 16. S.O‘ Toshboyev, V.N.Axmedov, E.R.Panoyev, O.I.Ravshanova. Gazlarni absorbsion tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan ko‘piklanish jarayoniga qarshi tsu-1 ko‘pik so‘ndirgichining ta’sir etish mexanizimi // Development of science journal / Volume
- 1 Fevral 2025/
- Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 46