Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Yuqori qatronli neftlarning qovushqoqligini pasaytiruvchi depresanntlar kompozitsiyasini ishlab chiqish

RAHIMOV B.R.

Выпуск
1-son
Страницы
88–93
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
2 7

Аннотации

Содержание статьи

Kirish. Yurtimiz neft va gaz sanoat tarmoqlarini jadal suratlarda rivojlantirish, ularning eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish korxonalarini texnik va texnologik jihatdan qayta moderizatsiya qilish, ichki bozorni milliy korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlash, mavjud xomashyo bazalaridan unumli foydalanish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish asosida sanoatning samaradorligi va raqobatbardoshligini yanada oshirishga erishish mumkin. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 86 Kimyo va kimyoviy texnologiyalar Hozirgi kunda mamlakatimizda prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar barcha sohada bo‘lgani kabi bizning neft va gaz sanoatida ham bir qancha o‘zgarishlar bo‘lishiga va bu bilan bizning soha yana rivojlanishiga olib keldi. Xorijiy investitsiyalarning sohaga jadal kirib kelishi yangi uglevodorod zaxiralarini qidirib topish, ularni burg‘ilash, qazib chiqarish, qayta ishlash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda o‘sishga olib keldi. Sohaning jadal suratlarda iqtisodiy rivojlanishi uchun import o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolar asosida tayyor mahsulot ichlab chiqarish zarur. Bu ishlarni keng ko‘lamda olib borilishi uchun fan-ta’lim-ishlab chiqarish hamkorlini talab etiladi. Buning uchun ilmiy tadqiqot natijari muhim ahamiyatga ega. Yеchilаdigаn muаmmо vа mаsаlаning qо‘yilishi. O‘tkazilgan tadqiqotlar quvurlar orqali yuqori qovushqoq neftlarning oquvchanligini oshirishda depressantlardan foydalanish har xil samaradorlikni ko‘rsatdi, shuning uchun biz turli xil kombinatsiyalarda depressantlarga aralashmalar tarkibi va ularning Jarqo‘rg‘onning yuqori qovushqoq neftlarining qovushqoqligini pasaytirishdagi o‘rni bo‘yicha o‘rgandik. Еkspеrimеnt vа оlingаn nаtijаlаrning tаhlili. Jarqo‘rg‘on neftlarining qovushqoqligi pasayishi bilan tanlangan depressantlar bir-biriga yaqin bo‘lganini 1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkin. Birinchi o‘rinda gaz kondensatining (GK) alohida rolini ta’kidlash lozim, bu uning oz miqdorda bo‘lishiga qaramay mahalliy neftlar qovushqoqligining keskin pasayishiga yordam beradi. Ikkinchi o‘rinda paxta soapstokini (PS) aytish mumkin, bu esa Jarqo‘rg‘on yuqori qovushqoqli neftlarining sirt xususiyatlarini pasaytiradi. 1-jadval Neftlarning oquvchanligini oshirish uchun tanlangan mahalliy sirt- aktiv moddalarning tarkibi va reologik xususiyatlariga ta’siri Aralashma tarkibi, % Siljish tezligi (γ), s-1 Neftning reologik xususiyatlari Aralash ma № Oquvchanlik, 1/Pa∙s 1 50 50 - 9 71,4 0,0140 2 90 - 10 48 65,2 0,0153 3 - 90 10 81 63,4 0,0158 4 40 40 20 243 68,6 0,0146 5 60 20 20 437 69,4 0,0144 6 20 60 20 243 67,3 0,0149 7 60 30 10 81 70,8 0,0141 8 50 40 10 48 66,4 0,0151 9 40 50 10 9 69,4 0,0144 10 30 60 10 9 62,7 0,0159 Yuqoridagilarni inobatga olgan holda biz ushbu ishda o‘rganilgan Jarqo‘rg‘on neftlari tarkibini tahlil qildik. Bu yеrda P + S – parafin va serezinning umumiy miqdorini; S+A-qatron va asfalten; MP – mexanik aralashma; SS-oltingugurtli birikmalarning umumiy miqdorini anglatadi. Tаnlаngаn аrаlаshmаlаrning sаmаrаdоrligini bаhоlаsh uchun 2-jаdvаldа kеltirilgаn dеprеssаtоrlаr sаmаrаdоrligi indеkslаrini tаvsiflоvchi ko‘rsаtkichlаrdаn fоydаlаnilgаn. 2-jаdvаldаn ko‘rinib turibdiki, siljish tеzliklаri yuqоri ko‘rsаtkichlаridа sаmаrаdоrlik indеksi yuqоrirоq qiymаtlаrgа egа bo‘lаdi vа bu mаhаlliy nеftlаr qоvushqоqliklаrining bir qаtоr o‘lchаshlаri bilаn tаsdiqlаnаdi. Jumlаdаn, аynаn shu chеgаrаlаr Jаrqo‘rg‘оn mаhаlliy nеftlаri qоvushqоqliklаrining yuqоri qiymаtlаrigа mоs kеlаdi. Jarqo‘rg‘onning yuqori qovushqoqlikdagi neftlari tarkibi va mahalliy depressantlar aralashmalarini tanlangan tarkibi 1-rasmda ko‘rsatilgan. 1-rasmda parafin, serezin, qatron, asfalten, mexanik aralashma va oltingugurtli birikmalar an’anaviy diagrammada ko‘rsatilgan, chunki ularning haqiqiy mazmuni ilgari ushbu dissertatsiyaning II va III boblarida ta’kidlab o‘tilgan edi. FL+TAG PS GK Qovushqoqlik, Pa·s “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 87 Chemistry and chemical technologies 1-rasm. Jarqo‘rg‘onning yuqori qovushqoq nefti tarkibi va tanlab olingan mahalliy depressantlar aralashmasi tarkibi diagrammalari Sirt faol moddalar aralashmasi tarkibini tanlash o‘rganilgan Jarqo‘rg‘on neft namunalari tarkibiga qarab amalga oshirildi va ularning miqdori neftning maxsus tahlillarida tasdiqlandi. Samaradorlik indeksi yuqori siljish tezligida yuqori qiymatlarga ega ekanligini 2-jadvaldan ko‘rishimiz mumkin, bu mahalliy neftlar qovushqoqligining bir necha o‘lchovlari bilan o‘z tasdig‘ini topgan. Bundan tashqari xuddi shunday ko‘rsatkichlar mahalliy Jarqo‘rg‘on neftlarining yuqori qovushqoqlik qiymatiga mos keladi. Shunday qilib, ushbu tadqiqot og‘ir neftlarni tashishning qiyin sharoitida FL+TAG, PS va GK dan iborat depressantlar aralashmasini tavsiya qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, quvur uzatkichda gazlilik ortishi tufayli oxirgini 20% dan ko‘p ishlatish tavsiya etilmaydi. Shuning uchun cheklovlar depressantlar aralashmasi umumiy massasining 10-20% gacha bo‘lishi tavsiya etilgan. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 88 Kimyo va kimyoviy texnologiyalar 2-jаdvаl Yuqоri qоvushqоq nеftlаrning qоvushqоqligini pаsаytirishdа dеprеssаtоrlаr yarаtilgаn аrаlаshmаlаridаn fоydаlаnishdа sаmаrаdоrlik indеkslаrining o‘zgаrishi Аrаlаshmа № Siljish tеzligi (γ), s-1 Qоvushqоqlik, Pа·s Sаmаrаdоrlik indеkslаri 1 9 71,4 1,06 2 48 65,2 1,10 3 81 63,4 1,23 4 243 68,6 1,32 5 437 69,4 1,65 6 243 67,3 1,63 7 81 70,8 1,45 8 48 66,4 1,37 9 9 69,4 1,24 10 9 62,7 1,18 Yuqoridagilarni inobatga olgan holda aytib o‘tilgan yog‘lardan olingan soapstokning tarkib va xususiyatlarini qiyosiy tahlilini o‘tkazdik. Yog‘larni ishqoriy rafinatsiyalash asosida olingan 4 xil turdagi soapstokning asosiy ko‘rsatkichlari 3-jadvalda keltirilgan. Paxta soapstoki boshqalariga nisbatan yuqori erish haroratiga (25-29ºS) va ranglilikka egaligini 3-jadvaldan ko‘rishimiz mumkin. Bunda ishqor sarfi yuqori bo‘lganligi sababli soapstokdagi sovun miqdori 45-55%, neytral yog‘ 38-52% ga еtadi. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi ma’lum bir darajada paxta soapstokining fizik-kimyoviy xususiyatlarini, xususan, ularning sirt faolligini o‘zgartiradi, bu shubhasiz og‘ir neftlarni quvurlar orqali tashishda qovushqoqligini pasaytirish va oquvchanligini ortishi bilan nomoyon bo‘ladi. 3-jadval Mahalliy yog‘-moy sanoat korxonalarida olingan har xil turdagi soapstoklarning asosiy ko‘rsatkichlari Soapstoklarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Sovunlanmaydigan moddalarning massa ulushi, % Soapstokning kislota soni mg KON/g Sovun miqdori, % Neytral. Yog‘ miqdori, % Nomi Tpl, °S 20°S dagi rangi Paxta 40-55 38-52 2,2-4,1 25-29 4,5-7,3 To‘q jigar Soya 36-48 40-42 2,0-2,8 22-25 3,1-4,3 yorug‘ Kungaboqar 34-46 38-40 1,8-2,5 20-23 2,8-3,1 ochiq jigar Saflor 33-45 36-39 1,7-2,3 18-21 2,5-3,0 ochiq jigar Shundаy qilib, mаzkur tаdqiqоt оg‘ir nеftlаrni tаshishning murаkkаb shаrоitlаridа FL+TАG, PS vа GK dаn ibоrаt dеprеsаtоrlаr аrаlаshmаsidаn fоydаlаnishni tаvsiya qilish imkоnini bеrаdi. Jumlаdаn, GK dаn 20% dаn оrtiq miqdоrdа fоydаlаnish quvurlаrdа yuqоri gаzlаngаnlik sаbаbli tаvsiya qilinmаydi, shuning uchun dеprеssаtоrlаr аrаlаshmаsi umumiy mаssаsidаn 10-20% chеklоvi qo‘yilgаn. Neftlarning oquvchanligi oshishida depressatorlar aralashmalaridan foydalanish uchun mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan qiymatlarning yuqoridagi chegaralariga rioya qilish lozimligini 3-jadvaldan ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, vakuum qiymatidan oshib ketmaslik kerak, chunki quvurlarning gazlanishi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, depressatorlar nisbatini tanlash har safar uglevodorodlarga yo‘ldosh moddalarning (parafin, serezin, “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 89 Chemistry and chemical technologies qatronlar, asfalten va boshq.) tarkibi va miqdorini belgilaydigan laboratoriya maʼlumotlariga muvofiq belgilanadi. Binobarin, yuqori qovushqoq neftlarning qovushqoqligini pasaytirishning keltirilgan texnologik usullari va rejimlari neftlarni quvurlar orqali tashish uchun ekspluatatsion liniyalarda ishlab chiqarish sinovlari davomida tasdiqlanishi kerak. Yuqori qovushqoq va og‘ir neftlarning quvurlar orqali oquvchanligini oshirish uchun mahalliy depressatorlarni tanlash bo‘yicha tajriba sinovini o‘tkazish maqsadida ularni tabiiy o‘simlik moylaridan va ularning tozalangan mahsulotlaridan ajratib olish lozim. Masalan, triatsilglitseridlar bilan aralashmada fosfolipidlar o‘simlik moylarini gidratlash yoʼli bilan olingan. Xususan, fosfolipidlarning triatsilglitseridlar bilan ajratib olinishida ekstraktsion paxta moyi (texnik) limon kislotasining 2% li suvli eritmasi bilan gidratlangan va uning miqdori moyning umumiy massasining 6% gacha o‘zgargan. Jarayon 60-80 °C haroratda 60 minut davomida amalga oshirildi 1-jadval shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilgan kompozitsiyalarda yuqori qovushqoq neftlarning eng yuqori oquvchanligi №3 (0,075) va №10 (0,07) namunalarda kuzatiladi. Biroq, bu individual tarkibiga, uni tayyorlash shartiga va boshq. to‘g‘ri keladi. Binobarin, amaliyotda qo‘llash uchun quvur orqali tashiladigan yuqori qovushqoq neftning oquvchanligini sezilarli darajada oshirishga yordam beradigan №2, №3, №8 va №10 namunalarning kompozitsiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqilgan texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etishdan iqtisodiy samaradorlikni (E) hisoblash “Iqtisodiyot tarmoqlarida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma” ga muvofiq, quyidagi formula bo‘yicha amalga oshirildi:   ; ) ( 2 1 А К Е С С Э   − − = bu yеrda: C1 va C2 – neftlarning ularga depressatorlarni qo‘shishdan oldin va keyin tannarxi, so‘m/t; E – meʼyoriy koeffitsiyent (tarmoq bo‘yicha E=0,15); K – kapital xarajatlar, so‘m; A – yuqori qovushqoq neftni quvurlar orqali tashishga tayyorlashning yililk hajmi, t. Xulоsа. Yuqori qovushqoq neftlarni quvuruzatkichlar orqali tashishda kimyoviy reagentlarni qo‘llash (erituvchi, suyultiruvchi, sirt faol moddalar) ma’lum bir darajada ularning oquvchanligini oshiririshi barchamizga ma’lum. Biroq, bunda barcha reagentlar samarali hisoblanmaydi, ya’ni ularning bir qismi quvuruzatkichlarda portlash yong‘in xavfini oshiradi, bir qismi esa ularni tashish xarajatlarini keskin oshirib yuboradi. Paxta soapstoki ko‘p suv-yog‘da eruvchi komponentlardan iborat funksional kompozitsiya hisoblanadi va ishqoriy tabiatga ega. U suv-pneftli tizimni yaxshi emulgirlaydi va uning sirt faol xususiyatini keskin o‘zgartiradi. Respublikamizning yog‘-moy korxonalarida paxta yog‘ini ishqoriy rafinatsiyalash chiqindisi bo‘lgan paxta soapstoki yiliga 10 ming tonnadan ko‘p yig‘iladi, u asosan yog‘ kislotalarining natriyli tuzi (sovun), fosfatidlar, neytral yog‘, erkin ishqor, suv va boshqalardan iborat. Ta’kidlash joizki, paxta soapstokidagi yog‘ kislotalarining natriyli tuzlari, fosfatidlar, neytral yog‘lar va erkin ishqorlar yuqori qovushqoq neftlarning molekulalararo bog‘ini keskin o‘zgartiradi va quvuruzatkich bo‘ylab harakatlanishi davrida ularning struktura-reologik xususiyatlarini yaxshilaydi

Литература (5)

  1. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
  2. 2. Рахимов Б.Р.,Абдурахимов, С.А., & Адизов, Б.З. (2020). Высокосмолистые нефти и проблемы их транспортировки по трубопроводам. Universum: технические науки, (12-4 (81)), 31-34. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  3. Kimyo va kimyoviy texnologiyalar
  4. 3. Рахимов, Б.Р., Адизов, Б.З., Абдурахимов, С.А., Аноров, Р.А., Ходжаев, С. Ф., & Кадирова, Н. Б. (2021). Изучение влияния смеси фосфолипидов с триaцилглицеридами на изменение вязкости тяжелых нефтей. Universum: технические науки, (5-4 (86)), 86-91.
  5. 4. Рахимов, Б.Р., Адизов, Б.З., Абдурахимов, С.А., Аноров, Р.А., Ходжаев, С. Ф., & Кадирова, Н. Б. (2021). Использование соапстоков в качестве депрессаторов для изменения вязкости местных нефтей. Universum: технические науки, (5-4 (86)), 82-85. Rahimov Bobomurod Rustamovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Buxoro davlat texnika universiteti “Neft-gaz ishi” kafedrasi dotsenti. Tel.:(+99890)712-75-32, E-mail: rahimovbobomurod012@gmail.com УДК 665.632.074 ОПРЕДЕЛЕНИЕ КОНЦЕНТРAЦИИ ДИЭТАНОЛАМИНА ТИТРИМЕТРИЧЕСКИМ МЕТОДОМ Эшдавлатова Г.Э., Камолов Л.С. Каршинский государственный технический университет. Аннотaтция. В данной статье представлены результаты лабораторных экспериментов по определению концентрaции раствора диэтаноламина (ДЭА). Определение количества активного компонента в растворе проводилось методом кислотно-основного титрования 0,501 н раствором HCl. Количество ДЭА рассчитывалось исходя из объема титранта, израсходованного до точки эквивалентности, что обеспечивает точность и воспроизводимость полученных аналитических данных. Проведенные исследования показали, что существует четкая взаимосвязь между концентрaцией раствора ДЭА и его физико-химическими свойствами – pH, вязкостью, поглощательной способностью и склонностью к пенообразованию. Установлено, что изменение концентрaции раствора напрямую влияет на эффективность процесса газоочистки, технологическую стабильность, образование механических примесей и продуктов деградaции. Ключевые слова: диэтаноламин, концентрaция, титрование, индикатор, раствор амина, HCl. DETERMINATION OF THE CONCENTRATION OF DIETHANOLAMINE BY TITRIMETRIC METHOD Eshdavlatova G.E., Kamolov L.S. Karshi state technical university. Abstract. This article presents the results of laboratory experiments to determine the concentration of diethanolamine (DEA) solution. The amount of active component in the solution was determined by acid-base titration with a 0.501 N HCl solution. The amount of DEA was calculated based on the volume of titrant consumed to the equivalence point, ensuring the accuracy and reproducibility of the analytical data obtained. The studies showed a clear relationship between the concentration of the DEA solution and its physicochemical properties – pH, viscosity, absorption capacity, and foaming tendency. It was found that changes in the solution concentration directly affect the efficiency of the gas purification process, process stability, and the formation of mechanical impurities and degradation products. Keywords: diethanolamine, concentration, titration, indicator, amine solution, HCl. В настоящее время большое количество добываемого газа содержит кислые компоненты H₂S и CO₂. Количество этих веществ в газах с разных месторождений постоянно меняется в долях. Сульфид водорода является токсичным веществом, максимальное количество которого в газе, подаваемом в трубопроводы, регламентируется. Сульфид водорода, как и углекислый газ, в присутствии воды образует кислоты, вызывающие химическую и электрохимическую коррозию металлов. При определенных условиях сульфид водорода вызывает сульфидное растрескивание металлов. Наличие значительного количества углекислого газа в газе снижает его ценность и вызывает коррозию. Эти причины привели к разработке и промышленному внедрению множества методов очистки природных газов от кислых компонентов. Наша республика очень богата природными ресурсами, одним из которых является природный газ. Как уже упоминалось выше, природный газ содержит “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 91