Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Qoldiq neftlarni olishda chuqurlik nasos qurilmasini takomillashtirishning dolzarb muamolari

RAHIMOV B.R.

Nashr
1-son
Sahifalar
98–102
Nashr etildi
24.02.2026
Ko'rishlar
4 4

Annotatsiyalar

Ushbu maqolada neft quduqlarini nasos usulida ishlatishning samarali metodlari va ularning yutuqlari hamda nazariy hisoblash medodikasi haqida ma’lumotlar keltirildi. Shu bilan birga nasoslarni tanlash uchun iqtisodiy jihatdan kam xarajat talab qilinadigan hamda ta’mirlash ishlari qisqa vaqt talab qiladigan nasoslar tanlab olindi va ularni ishlatish ussullaridan foydalanish uchun zarur tavsiyalar berildi.

Maqola Mazmuni

Kirish. Hozirgi vaqtda neftni qazib olishda mexanizatsiyalashgan usulidan quduqni shtangali nasos qurilmalari, cho‘kma markazdan qochma nasos qurilmasi va gazlift usullari eng keng tarqalgan usullaridan sanaladi. Shtangali nasos qurilmasining tuzilishi va unga xizmat ko‘rsatish osonligi sababli shuning uchun keng tarqalgan. Bu turdagi nasos qurilmasining samarasini oshirish uchun uning barcha qismlarini moderizatsiya va ishonchliligini oshirish zarur bo‘ladi. Shtangali nasos qurilmasini ta‘mir oraligi 150-200 sutkaga teng bo‘ladi. Bu quduqni yеr osti ta‘mirini o‘tkazish uchun juda katta xarajat talab qiladi. Shtangali quduq nasosi qurilmasining birdan bir asosiy kamchiligi kichik davrli sikl va katta asimmetrik yuk bilan ishlash bilan tavsiflanadi. Chuqurlik nasosi klapanidan tortib dvigateligacha siklik ta‘sir kuzatiladi. Shtangali qurilma qismlarida metallar charchash holatining ko‘payish tezligi sutkada 7300-21500 davrni tashkil qiladi. Shtangali nasos qurilmasida avariya holatlari shtanga materiallariga takroriy katta zo‘riqishlar soni ta‘sirida yuz beradi. Shtangali nasos qurilmasi bilan jihozlangan quduqni ishlatishdagi muhim kamchiligi yеr osti ta‘mirini o‘tkazishning qimmatligidir. Avariy sodir bo‘lgan quduqlar to‘xtab qoladi, qatlamning quduq tubi qismi ifloslanadi, agregatlar to‘xtatilib ta‘mirlash uchun beriladi. Yer osti ta‘mirini o‘tkazish katta qo‘l mehnati talab qiladi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar katta quduqlar fondi holatida yig‘ilib neft qazib olish sanoatini yangi ishlanmalar va yangi texnologiyalarsiz kelajakda rivojlanishi qiyin bo‘ladi. Yеchilаdigаn muаmmо vа mаsаlаning qо‘yilishi. Shtangalar tizmasi va barcha chuqurlik nasos qurilmalari qismlarining tezda charchashi bilan kurashishda shtanga metallarini chidamliligini oshirish, qurilmaning unimdorligini saqlagan holatda ishlash sikllari sonini kamaytirish, qurilma elementlariga tushadigan zo‘riqishni, naporni kamaytirmasdan erishish mumkin bo‘ladi. Har xil texnik yеchimlarni tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu kamchiliklarni bartaraf etishda uzun yurishli chuqurlik nasos qurilmasini qo‘llash asosiy choralardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda qo‘llaniladigan shtangali nasos qurilmasi plunjerining yurish uzunligi 4,5 m gacha, chet elda yurish uzunligi 7,6 metr bo‘lgan uzun yurishli nasoslar ishlab chiqariladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki nasos qurilmasi plunjerning yurish uzunligini oshirish orqali nasos qurilmasini uzatishi ortadi, uning to‘lish koeffitsiyenti ko‘tariladi va enrgetik tavsifi yaxshilanadi. Tebratma dastgoh asosida olingan sharnirli to‘rt halqali knematik sxemasi tahlili shuni ko‘rsatadiki balansirli uzatmaning yurish uzunligini oshirish, uning tashqi o‘lchamini, og‘irligini, reduktor vali aylanish momentini oshiradi. Nasosning to‘lish koeffitsiyenti katta bo‘lmaganligi uchun balansir uzatmali chuqurlik-nasos qurilmasi foydali ish koeffsiyenti nisbatan kichik bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 96 Kimyo va kimyoviy texnologiyalar ko‘rsatadiki, shtangali nasos qurilmasining asosiy ishlash ko‘rsatkichlarini to‘lish koeffitsiyenti, nasos va shtanganing xizmat vaqti ta‘mir oralig‘i yaxshilashga nasos plunjerining yurish uzunligini oshirish bilan erishiladi. Quduqni ishlatish uchun yangi texnologiyani ishlab chiquvchilar oldida anomal xossali neftni qazib olish va normal texnik sharoyitda samarali ishlaydigan nasos mexanizmini ishlab chiqish masalasi turadi. Bunday qurilmalar uzun yurishli nasos qurilmasi uzun yo‘lli nasos qurilmasi hisoblanadi. Еkspеrimеnt vа оlingаn nаtijаlаrning tаhlili. Bugungi kunda neft qazib olishning so‘ngi bosqichida neft parametrlarining tez –tez o‘zgarishi va nasoslarning ish unumdorligi pasayishiga olib keladi. Shuning uchun anomal xossali neftlarni qazib olishni jadallashtirish uchun nasosni o‘zgartirish zarur. Tadqidodlar shuni ko‘rsatadiki, anomal xossali neftlarni qazib olishda uzun yurishli nasoslar samarali ekanligi asoslandi. Uzatish koeffitsiyentining yurish uzunligiga bog‘liqligi 1-rasmda keltilgan. Uzun yurishli nasos qurilmasini birinchi marta tajribaviy ishlatilishida shuni aniqlandiki, uning yaratilishi konlarda mavjud mexanizasiyalashgan usullarning yеchilmagan muammolarini yеchdi. 1-rasm. Uzatish koeffitsiyentining yurish uzunligiga bog‘liqligi Uning asosiy yutug‘li tomonlaridan biri chuqur quduqlardan tarkibida ko‘p miqdorda gaz bo‘lgn neftni qazib olishda yaxshi natija olingan. Neft konini birinchi bosqichda ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, quduqni ishlatishga gaz faktori sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yangi neft konlarida, quduqlarni o‘zlashtirish jarayonida gazli suyuqlikni yеr yuzasiga ko‘tarishda muammolar tug‘iladi. Birqator mualliflar bajargan ishlardan ma‘lumki, gazning nasos agregatining ishiga teskari ta‘siri quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: Silindrga tushgan gaz silindr ishchi hajmining bir qismini egallaydi. Zararli sohada gazning bo‘lishi, kengayib eritmadan chiqadi va nasosning to‘lish koeffitsiyentini pasaytiradi. Chuqurlik nasosni ishga gazning zararli ta’siri bilan kurashishda, birinchi navbatda plunjer yurish uzunligini uzaytirish orqali zararli sohani kamaytirish tavsiya qilinadi. Shuning uchun uzun yurishli nasos qurilmasi chuqur quduqlarda yuqorigazlangan neftni qazib olishda universal texnik moslama hisoblanadi. Ko‘targichi lentali mexanizmli uzun yurishli nasos qurilmasining afzalligi Ko‘targichi lentali mexanizmli uzun yurishli nasos qurilmasi qator afzalliklarga ega, ular qazib olish korsatkichlari va napori bo‘yicha keng qo‘llanilishi va quduqni ishlatishning yuqori texnikiqtisodiy ko‘rsatkichliligi bilan ajralib turadi. Bu afzalliklar quyidagilardan iborat: a) quduq chuqurligi bo‘yicha plunjer yurish uzunligining chegaralanmasligi; b) shtanga o‘rniga uzun o‘lchamli, yuqori chidamli lentalarning ishlatilishi; c) maxsus tuzulishli chuqurlik nasos qurilmasining plunjerini qo‘llanilishi; d) nasos-kompressor quvuridan nasos silindiri sifatida foydalanilishi. Qurilmaning yurish uzunligining kattaligi quyidagini ta‘minlash imkonini beradi: • ish siklini ko‘p maratobo qisqartiradi, bu qurilmaning uzoq ishlashini ta‘minlaydi; “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 97 Chemistry and chemical technologies • oddiy qurilmalarda 30-50% gacha bo‘lgan dinamik nagruzka, to‘liq yoki sezilarli miqdorda kamaytiradi; • qurilma mahsuldorligi bog‘liq bo‘lgan plunjerning o‘rtacha harakatlanish tezligi (3-4 marta) sezilarli ko‘tariladi; • shtanganing taranglikdan uzayishi bog‘liq bo‘lgan yurish uzunligining yo‘qotilishini kamaytiradi (90-95%). Shtanga sifatida yuqori chidamli lentadan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi: Nasosni almashtirish bo‘yicha yеr osti ta‘mirini o‘tkazish ta‘mirlash birgadasisiz, maxsus agregat yordamida ikki nazoratchi kuchi bilan oson amalga oshirish mumkin (bunda oddiy quvurda ish 16 soatdan 2 soatgacha qisqaradi). Kuch bilan tortuvchi qismining va qurilmaning sarfini kamaytiradi, lentaning qismining narxini pasaytishga imkon beradi. Plunjerni turtish harakatini uning o‘z ogirligi bilan harakatiga almashtirish natijasida plunjer juftligi yeyilishini kamaytiradi. Lentali mexanizmli ko‘targichli uzun yurishli qurilma uzluksiz va davriy rejimida ishlatiladi. Plunjer bir borib kelish harakatida 3-4 m3 suyuqlik haydaydi. Ishlab chiqilgan chuqur quduq nasos agregati 3rasmda ko‘rsatilgan Gazni ajratish samaradorligini belgilaydigan va shunga mos ravishda nasos tsilindrini to‘ldirish koeffitsientini oshiradigan hamda oldingi konstruksiyadan farqi, gazni ajratuvchi gazni nasos kommressor ortki qismiga o‘tkazib yuboradi va gazni quduq ustiga ko‘tarib neft oqimiga aralashtiradi. Quduqda nasos kompressor quvuri to‘lib oqishi quduq mahsulotini oshishiga va energiya tejalishiga olib keladi. Bunda gazni ajratish effektini oshirish orqali erishish mumkin, agar fazalar bo‘linishi yuzasining birlikga nisbatan maydoni oshirilsa. Bu esa suyuqlik tomchisi yoki plyonkasidan chiqib ketayotgan gazning diffuziya yo‘lini qisqartiradi va boshqa shartlar bir xil bo‘lgan holda, gaz fazasining gazdan xoli suyuqlik bilan kontaktda bo‘lish vaqtini oshiradi. Shu maqsadda, takomillashtirilgan chuqur nasos uskunasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning farqli jihati nasos qabul qismi va separator chiqishi orasida o‘rnatilgan, muntazam shaklga ega massa almashinuvchi nasadka bilan ta’minlanganidir. Separatordan chiqishida esa maydon yuzasiga ega oqim taqsimlagich o‘rnatilgan.Separatorning chiqish trubkasi orqali quduq tubi bosimi ta’sirida chiqadigan gaz-suyuqlik oqimi ajratuvchi yordamida yo‘nalishini o‘zgartiradi, bu esa diffuziya yo‘llarining qisqarishi, gazni ajratish bilan birga kuchayadi. Qabul qilish zonasiga oqib tushadigan suyuqlik gaz bilan to‘yinganlik bosimi va gaz ustunining qisman bosimidagi farq tufayli qo‘shimcha ravishda suyuqlikdagi gazdan ajratiladi. Optimal nasos ishlab chiqarish chuqurligini va gazni o‘rnatishni aniqlash separator, birinchi navbatda, ko‘taruvchi liftda va halqali bo‘shliqda bosim taqsimotini hisoblash kerak. Ushbu maqolada quduqni chuqurlik bo‘yicha nasos va gazyakiridan iborat bo‘lgan chuqurligini hisoblash uchun yangi yondashuv ishlab chiqilgan bo‘lib, chuqur quduq uchun nasos qurilmasining energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi. Neftni qazib olishda chuqurlik nasoslari yordamida olishda bir qancha murakkab sharoitlar hosil bo‘ladi. Qoldiq neftlarni qovushqoqligini oshishi bilan nasos shtangalariga nagruzkaning ortishi, nasos kompressor quvurlarida parafinlarni qotib qolishi bilan quvurlar diametri torayishi buning 2-rasm. Chuqur quduqda gaz separatorli nasos qurilmasining sxemasi.1- perfaratsiya oralig‘ining yuqori qismi; 2 - paker; 3 – nasos bilan nasos-kompressor quvurlari; 4 - ajratuvchi trubka; 5 - ajratuvchi; 6 - gaz liniyasi; 7 - gaz klapan; 8 - kollektori Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 98 Kimyo va kimyoviy texnologiyalar natijasida quduq debitining kamayishi, gaz oqimining mavjudligi chuqurlik nasoslar plunjerining to‘lish koeffisentini kamayishiga olib keladi. Bu muamolarni bartarab etish uchun nasos konstruksiyasiga qo‘shimcha jihozlar kiritish bilan neftni bir meyorda olish mumkin. Shuning uchun nasos pastgi qismiga qum yakori o‘rnatiladi va gaz ajratuvchi separatorlar o‘rnatish zarur bo‘ladi. Gazni nasos kompressor quvuriga kirib kelishini kamayishi bilan nasosga suyuqlik to‘lishi ortishi kuzatiladi. Bu bog‘lanish 3-rasmda keltirilgan. 1 2 3 4 5 6 7 8 gaz miqdori suyuqlik miqdori 3-rasm. Nasosning suyuqlik bilan to‘lishiga gaz separatorining ta’siri Yuqoridagi grafikdan ko‘rinib turibdiki, gaz miqdorining kamayishi bilan nasos to‘lish koeffitsiyenti ortib boradi. Nasos nagruzkasini kamaytirish uchun qatlam temperaturasini oshirish zarur. Qatlam temperaturasi oshishi bilan neftning qovushqoqligi pasayadi. Temperaturaning qovushqoqlikka bogliqligi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Temperaturaning qovushqoqlikka ta’siri Temperatura (°S) Qovushqoqlik (cPz) 20 350 40 150 60 80 80 50 100 30 Bu natijalar o‘g‘ir neftni ng yopishqoqligiga qarab juda katta farq qiladi. Masalan, ogʻir neftlar yoki bitumli mexanik zarachalarda 20°C da qovushqoqlik 1000 cP yuqori bo‘lishi mumkin. 4-rasm. Temperatura ta’sirida neft yopishqoqligining o‘zgarish grafigi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 99 Chemistry and chemical technologies Neft quduqlarida: Temperatura past bo‘lsa, neft yopishqoqligi yuqori bo‘lib, uni chiqarish qiyinlashadi hamda chuqurlik nasoslar nagruzka bilan ishlaydi. Magistral quvurlarda tashishda temperatura nazorat qilish, ya’ni oshirish orqali oqimni yaxshilash mumkin. Quduqlarda issiqlik bilan ishlov berish natijasida qovushqoqlikni pasaytirib, quduqlardan oqimni tezlashtirish mumkin. O‘g‘ir neftning temperaturasining oshishi natijasida uning zichligi va yopishqoqligi eksponensial ravishda pasayadi. Bu tadqiqotlar va imperik maxsus ifodalar asosida hisoblab chiqildi. Shuni aytish joizki, aniq natijalarni tajriba sinov orqali olish mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan muhimdir, shuning uchun ishlab chiqarish texnologiyalari asosida bajariladi. Iqtisodiy jihatdan muhimligi olinadigan neft yopishqoqligi pasaytirilib chuqurlik nasosning ortiqcha nagruzkasi kamaytiriladi, natijada chuqurlik nasos stabil ishlay boshlaydi hamda energiya tejashi mumkin. Xulоsа. Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirda ishlatiladigan nasoslarni qazib olinadigan neftlar parametrlariga mos tanlash orqali energiya tejash bilan iqtisodiy samaradorlik oshishiga sabab bo‘ladi. Natijada tanlangan nasoslar ishlash vaqtida ta’mirlash ishlarining osonligi va ta’mirlash oralig‘i uzayishi sababli iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi

Adabiyotlar (5)

  1. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
  2. 2. Рахимов, Б. Р., Абдурахимов, С. А., & Адизов, Б. З. (2020). Высокосмолистые нефти и проблемы их транспортировки по трубопроводам. Universum: технические науки, (12-4 (81)), 31-34.
  3. 3. Rahimov, B. R., & Tojiyev, O. O. (2022). Mahsuldorlikni oshirish uchin quduq tubi atrofida kislotali ishlov berish texnologiyasi. Science and Education, 3(11), 470-477.
  4. 4. Rahimov B.R., Jumayev S.S. “Yuqori qovushqoq neftlarni qazib olishda nasoslarni tanlash” Scientific journal. 2023 oktyabr, Volume 4, issue 10, p. 171-178
  5. 5. Rahimov B.R., Jumayev S.S., “Yuqori qovushqoq neftlarni qazib olishda nasos qurilmalarini tanlash metodi” Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. “Neft va gaz sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” xalqaro ilm.-amal. anjuman. Buxoro 15-16-oktabr 2024. 629-632 b. Rahimov Bobomurod Rustamovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Buxoro davlat texnika universiteti “Neft-gaz ishi” kafedrasi dotsenti. Tel.:(+99890)712-75-32, E-mail: rahimovbobomurod012@gmail.com TABIIY GAZNING TARKIBIDAGI ZAHARLI KOMPONENTLARNI AMINLAR YORDAMIDA TOZALASH JARAYONLARI Yuldashev T.R., Buronov F.E., Hafizov S.Sh. Qarshi davlat texnika universituti. Annotatsiya. Maqolada olib borilgan ilmiy tadqiqotda mahalliy xomashyo tabiiy gazlarning sifatini tovar gazlarga qo‘yilgan talablarga еtkazish uchun olib borilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi gaz tarkibidagi nordon komponentlarni, ya’ni vodorod sulfid va uglerod dioksididan tozalashga qaratilgan bo‘lib, buning uchun absorbsiya jarayonida yangi avlod absorbentlarning kompozitsiyalari ishlab chiqilgan va ularni amaliyotda qo‘llanilgan natijalari keltirilgan. Gazlarni tozalashda absorbent kompozitsiyalarini olish uchun aminlar sifatida MEA va DEA, efirlar sifatida esa polietilenglikolning dimetil va monometil efirlari qo‘llanildi. Tadqiqotlarimizning ilk bosqichida amin va efirlarning turli konsentratsiyalardagi suvli eritmalari olindi va olingan natijalar maqolada keltirilgan. Kalit so‘zlar: komponentlar, absorbentlar, kislotali komponentlar, absorbentli kompoziциyalar, ko'piklash, korroziya, texnologiya, aminlar, efirlar. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 100