Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Tabiiy gazning tarkibidagi zaharli komponentlarni aminlar yordamida tozalash jarayonlari

YULDASHEV T.R., BURONOV F.E., HAFIZOV S.SH.

Nashr
1-son
Sahifalar
102–113
Nashr etildi
24.02.2026
Ko'rishlar
0 3

Annotatsiyalar

Maqolada olib borilgan ilmiy tadqiqotda mahalliy xomashyo tabiiy gazlarning sifatini tovar gazlarga qo‘yilgan talablarga еtkazish uchun olib borilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi gaz tarkibidagi nordon komponentlarni, ya’ni vodorod sulfid va uglerod dioksididan tozalashga qaratilgan bo‘lib, buning uchun absorbsiya jarayonida yangi avlod absorbentlarning kompozitsiyalari ishlab chiqilgan va ularni amaliyotda qo‘llanilgan natijalari keltirilgan. Gazlarni tozalashda absorbent kompozitsiyalarini olish uchun aminlar sifatida MEA va DEA, efirlar sifatida esa polietilenglikolning dimetil va monometil efirlari qo‘llanildi. Tadqiqotlarimizning ilk bosqichida amin va efirlarning turli konsentratsiyalardagi suvli eritmalari olindi va olingan natijalar maqolada keltirilgan.

Maqola Mazmuni

Kirish. Dunyo amaliyotida gazlarni nordon komponentlardan tozalashda (H2S va СО2, etilenmerkaptan (RSH), uglerod oltingugurt oksidi (COS), СS2)) absorbentlar sifatida eng ko‘p qo‘llaniladigan etanolaminlar quyidagilardir: monoetanolamin (MEA), dietanolamin (DEA) va Nmetildietanolamin (MDEA). Gazning tarkibida СОS va СS2 larning mavjudligi chegaralanish hisoblanadi, qaysiki, u MEA bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi va eritmani katta yo‘qotilishga olib keladi. Shuning uchun tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalashda yangi turdagi selektivligi yuqori bo‘lgan absorbent kompoziyatsiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Eritgich sifatida monoetanolaminning suvli eritmasidan foydalaniladi. Eritmadagi MEAning tarkibi tartibga muvofiq nordon gazlar bilan toʻyinganda hajmiga nisbatan (15 ÷ 20)% dan oshmaydi, undan koʻp konsentralashgan eritmalari metallarni korroziyasini kuchaytiradi (toza alkanolaminli eritma korrozion xossalarga ega emas) [1, 4-8, 11]. MEAli tozalash jarayoni. Eritmaning konsenratsiyasi va korroziya tezligining oraligʻidagi bunday bogʻliqlikning mavjudligi xemosorbsion aminli jarayonlarni samaradorligini oshirish imkoniyatini chegaralaydi. Ammo soʻnggi yillarda korroziya ingibitorlarini ishlab chiqish texnologiyasiga bogʻliq holda konsentratsiyaning faol moddasini eritmada 30% gacha (hajmiy birlikda) oshirish imkoniyatining paydo boʻlganligi yaʼni, MEA jarayonini koʻproq daromadli va istiqbolli qiladi. MEAli tozalash qurilmalarini loyihalashtirishda koʻpincha absorberning pastki likopchasini tashlab chiquvchi eritmadagi nordon komponentlarning tarkibi muvozanat konsentratsiyadan (65 ÷ 70)% (birlamchi xom gaz nisbati boʻyicha) koʻp boʻlmasligi kerak. Bunda eritmaning toʻyinish darajasi (0,3 ÷ 0,4) mol/mol MEAdan katta boʻlmasligi kerak. Keyingi vaqtlarda baʼzi bir zavodlarda sintez-gazni CO2 (bosim ostida) tozalashda eritmaning toʻyinish darajasii (0,6 ÷ 0,7) mol/mol MEAga erishadi. Bunday holat jihozlarni tayyorlash uchun legirlangan poʻlatlardan yoki qurilmalarni ekspluatsiya qilishda korroziya ingibitorlarini qoʻllanilish zaruratini tugʻdirgan. MEAli tozalash jarayoni gazlarni vodorod sulfiddan va CO2 dan (0,6 ÷ 0,7) MPa parsial bosimdan yuqori boʻlmaganda tavsiya qilinadi. Jarayonning afzalliklari: ▪ gazlarni vodorod sulfid va CO2 dan chuqur tozalash keng oraliqdagi parsial bosimlarda olib boriladi; ▪ MEA kuchaygan kimyoviy mustahkamlikga ega, oson regeneratsiyalanadi, yuqori reaksiyalanish xususiyatiga ega; ▪ qurilmani toʻgʻri ekspluatatsiya qilishda jarayonni texnologik va konstruktiv jihozlashning soddaligi va yuqori ishonchliligi; ▪ MEA eritmasi uglevodorodlarni nisbatan yomon yutadi qaysiki, MEAni nordon gazlardan tozalashda oltingugurt ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga olib keladi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 101 Chemistry and chemical technologies Jarayonning kamchiliklari: • eritmaning past yutuvchanlik darajasi; • absorbentning solishtirma sarfini va ekspluatatsiya xarajatlarining yuqoriligi; • xom gazning tarkibidagi (CO2, COS, CS2, HCN, SO2 va SO3) baʼzi bir aralashmalari eritgich bilan oʻzaro reaksiyalanganda regeneratsiyalanmaydigan va qiyin regeneratsiyalanadigan yuqori molekulalarning birikmasini shakllantiradi qaysiki, u absorbentni faolligini pasaytiradi, koʻpiklanishini va eritgichning korroziya faolligini oshiradi; • gazda COS va CS2 mavjud boʻlganda qoʻllanilmaydi; • merkaptanlarni va boshqa oltingugurt organik birikmalarini olib chiqish darajasining pastligi; • suyuq uglevodorodlarni, temir sulfidni, tiosulfatlarni va boshqa monoetanolamin parchalanish mahsulotlarining tizimiga tushganda hamda mexanik aralashmalarni va baʼzi bir turdagi korroziya ingibitorlariga ham absorbentning koʻpiklanishga moyilligining yuqoriligi. MEAli tozalash jarayoni 1-rasmda keltirilgan qurilmada amalga oshirilgan. Uning texnologik koʻrsatgichlari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Muborak GQIZda gazni vodorod sulfiddan tozalashning MEA jarayonining asosiy texnologik koʻrsatgichlari Koʻrsatgichlar Oʻrtabuloы gaz koni Shimoliy Mubarak gaz konlari I bosqichda tozalash II bosqichda tozalash Xom gaz boʻyicha ish koʻrsatgichi (bir oqimli chiziqda), ming. m3/soat 50–60 50–60 70–90 Regeneratsiya absorbentining sarfi, m3/soat 200–240 90–120 100–130 Xom gazdagi miqdori, % haj. H2S 5–5,5 4000 (mg/m3) gacha 0,3–0,4 CO2 4,3–5,0 Maʼlumot yoʻq 1,3–1,4 H2S, mg/m3 4000 20 20 CO2, % haj. Maʼlumot yoʻq 0,1 0,1 Bosim, MPa absorberda 5,1–5,4 5,1–5,4 4,6–5,4 desorberda 0,15 0,15 0,15 Harorat, °C absorbentni 50–60* 50–60* 50–60* xom gazni 20–30 20–30 20–30 dyesorberning yuqorisida 107 108 110 dyesorberning pastki qismida 119 119 119 Absorbentda nordon gazlarni tarkibi, mol/mol MEA Regeneratsiyada H2S 0,02–0,04 0,02–0,03 0,01–0,03 ∑ H2S va CO2 0,15–0,2 0,11–0,15 0,13–0,19 Toʻyinganda H2S 0,2–0,25 0,06–0,07 0,06–0,1 ∑ H2S va CO2 0,5–0,6 0,15–0,23 0,36–0,45 Absorbentda MEAni tarkibi, % massa. 14–19 6–10 8–12 * Loyiha boʻyicha harorat 20–30°C. Kempbelning [13] maʼlumotlariga binoan monoetanolaminni CO2, COS va CS2 lar bilan qaytmas oʻzaro reaksiyalanishi natijasida MEAning parchalanish tezligi quyidagicha: 3,35 kg 1000 Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 102 Kimyo va kimyoviy texnologiyalar m3 CO2 ga, 1 kg na - 1 m3 COS-ga; 1 kg - 1 m3 CS2-ga (DEA uchun u 3,68 kg 1000 m3 CO2-ga teng; DEA amalda regeneratsiyalanmaydigan birikmalar shakllanishi bilan COS va CS2 bilan reaksiyalanmaydi). Tabiiy va neftli gazning takribida oltingugurtli birikmalar (merkaptanlar, disulfidlar, tiofenlar va boshq.) mavjud boʻlganda aminlar bilan reaksiyalanmaydi. Eritmadan mexanik aralashmalarni va qaytmas reaksiya mahsulotlarini olib chiqishda har xil usullardan foydalaniladi koʻpincha, koʻpgina sanoat qurilmalarida bu maqsadda eritmaning bir qismi filtrlanadi (1 ÷ 4% umumiy hajmga ) va maxsus kubda haydaladi. Bu mahsulotlarning tarkibi eritgichlarda (0,1 ÷ 0,5)%.dan oshmasligi kerak. Monoetanolamin eritmasida koʻpiklanishning oldini olish uchun (0,001 ÷ 0,0015% massasiga nisb.) koʻpiklanishga qarshi qoʻshimcha kiritiladi. Qarshi koʻpiklantirgich sifatida silikonlarni yoki yuqori haroratda qaynovchi spirtlar (oleilov va boshqa.) suvli emulsiyalardan foydalaniladi. Masalan: Muborak gazni qayta ishlash zavodida KE-10-12 (21-2A) va KE-10-21 qarshi koʻpiklantirgichdan foydalanilgan. KZ-10-12 qarshi koʻpiklantirgich sanoat qurilmasida sinalganda, qarshi koʻpiklantirgich eritgichning yoʻqotilishini kamaytirishga olib kelgan, qurilma ishining mustahkamligi taʼminlagan hamda absorbsion va rektifikatsiyalash apparatlarining ishlab chiqarish koʻrsatgichlarini oshirishni taʼminlangan [1,2,3]. DEAli tozalash jarayoni. Eritgich sifatida deetanolamining (DEA) suvli eritmasidan foydalaniladi. Eritmadagi DEAning tarkibi birlamchi xom gazni nordon gazlarni va eritmani toʻyinish darajasiga bogʻliq ravishda massasiga nisbatan 20 %dan – 30% gacha oʻzgaradi; nordon gazlarning eritmadagi konsentratsiyasi (0,05 ÷ 0,08) m3/l boʻlganda DEAning (20 ÷ 25)%- li eritmasidan foydalaniladi, DEA (0,14 ÷ 0,15) m3/l boʻlganda - (25 ÷ 27)%-li eritma; nordon gazlarning (0,15 ÷ 0,17) m3/l konsentratsiyasida - (25 ÷ 30)% da DEAning (SNPA jarayon – DEA) [1, 2, 8, 9] qoʻllaniladi. DEA jarayoni – dietanolaminni (25 ÷ 27)% konsentratsiyasi bilan nordon gazning parsial bosimi 0,2 MPa va katta boʻlganda esa SNPA jarayoni – DEA (25 ÷ 30% faol modda) nordon gazning parsial bosimi 0,4 MPa va undan yuqori boʻlganda qoʻllaniladi. Bu eritmani zaruriy toʻyinishini taʼminlash imkoniyatini beradi va jarayonning afzalligidan foydalangan shaklda: jarayonda SNPA – DEA [7] eritmaning toʻyinish darajasi (1 ÷ 1,3) mol/mol DEAga (MEA jarayoni uchun qarshi (0,3 ÷ 0,4)) erishadi. Ammo eritgichning yuqori koʻrsatgichda toʻyinishiga qaramasdan SNPA – DEA-jarayonida DEA eritmasining yutuvchanlik xususiyati MEA eritmasiga nisbatan kichik. Bunday holat monoetanolaminni juda ham kichik molekulyar massaga ega ekanligi bilan tushintiriladi demak, bir xil massali konsentratsiyasida u katta absorbsion sigʻimga ega boʻladi. Jarayonning afzalligi: ▪ gazni H2S va CO2 lardan COS va CS2 mavjud boʻlganda ham (dietanolaminning reaksiya mahsulotlari COS va CS2 lar bilan eritgichlarni regeneratsiyasida CO2 va H2S gacha gidrolizlanadi) chuqur tozalaydi; ▪ dietanolaminning eritmasi jarayon sharoitida kimyoviy barqaror, еngil regeneratsiyalanadi, toʻyingan bugʻlarning past bosimiga ega boʻladi; ▪ qurilma toʻgʻri ekspluatatsiya qilinganda texnologik va konstruktivlik jihozlash soddaligi va ishonchliligi bilan farq qiladi; ▪ absorbsiya (10 ÷ 20)°C da MEAning jarayoniga nisbatan yuqori haroratda olib boriladi yaʼni, gazni tozalashda ogʻir uglevodorodlarning tarkibi yuqori boʻlganda (yoki eritmaga suyuq uglevodorodlar tushganda ham) eritmani jadal koʻpiklanishini oldini olish imkoniyatini beradi. Jarayonning kamchiligi: • eritgichning past yutuvchanlik qobiliyati, absorbentning solishtirma sarflarini va ekspluatatsiya qilish xarajatlarining yuqoriligi; • xom gazni tarkibidagi baʼzi bir aralashmalar, qisman (CO2) yoki (HCN) toʻliq eritgichlar bilan regeneratsiyalanmaydigan birikmalar bilan oʻzaro taʼsirlanadi; • merkaptanlarni va boshqa oltingugurt organik birikmalarni olib chiqishi past. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 103 Chemistry and chemical technologies MEA va DEA jarayonlarning texnologik sxemalari amalda eritmani tozalash tugunlarida regeneratsiyalanmagan birikmalardan istisno tariqasida farq qilmaydi. DEA qurilmasida tozalashda eritma filtratsiya yoʻli orqali (filtrlar orqali 10% gacha) sirkulyatsiya eritmasi oʻtkaziladi. MEA qurilmasida – tozalash jarayonida distillyatsiyadan va filtratsiyadan (bu tizim orqali 4% gacha eritma sirkulyatsiyalanadi) foydalaniladi. Amin konsentratsiyasining oshishi xom gaz boʻyicha yuklanmani saqlanishida sirkulyatsiyalanadigan eritmani miqdorini kamaytirish imkonini beradi, shunday qilib, toʻyingan eritmalarni regeneratsiyasiga issiqlikning xarajatlarini qisqartiradi hamda amin eritmasini qayta haydashda elektr energiyasining isteʼmolini ham kamaytiradi. Sinash ishlari Orenburg GQIZning III navbati qurilmasida olib borilgan. Qurilma ikkita bir xil parallel ishlaydigan shaxobchadan tashkil topgan, ulardan har birining diametri 3,8 m diametrli absorberni qoʻshadi va bir desorber oʻzgaruvchan 2,7/3,7 m (yuqori/pasti) kesimli mos holdagi issiqlik almashgich va sovitish jihozlari bilan birga. Absorber va desorber simli turdagi toʻrli likopchalar bilan jihozlangan. Absorberda 25 ta likopcha, desorberda – 33 likopcha (bugʻlantiruvchi – pastki qismida – 22 likopcha, yuqorisida – konditsion-sovitgich – 10 ta likopcha). Absorberning isteʼmoli-ikki oqimli eritmani regeneratsiyasi bir xil darajala 15 va 25 likopchalar oqimlarni nisbatlari bilan – 40/60% sirkulyatsiyalanadigan eritmani umumiy miqdoridan. Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasini ekspluatatsiya qilishdagi texnologik rejimga oʻrnatilgan asosiy meʼyorlardan kelib chiqqan holda sinash ishlari olib borilgan. Olingan maʼlumotlardan shuni aytish mumkinki, DEAning konsentratsiyasining loyihaviy foizi 25% dan 40% gacha oshirilganda bir vaqtning oʻzida regeneratsiyaga beriladigan bugʻning sarfini 10% dan koʻproq qisqartirib, 1,5-marta absorbentning sirkulyatsiyasini qisqartirish imkoniyatini bergan. Gazni DEA li kuchaytirilgan konsentratsiyada tozalash texnologiyasi (40% gacha massa boʻyicha.) Orenburg GQIZda tadbiq qilingan. Gazni nordon komponentlardan (vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi) absorbsiyali tozalash faqat qazib olinadigan tabiiy gazlarni emas balki, tarkibida 54% (hajmiga nisbatan.) gacha H2S va 14% CO2 boʻlgan past bosimli kondensatni barqarorlashtirish va shamollatishni amalga oshirish qaysiki, absorber qurilmalarida amalga oshiriladi va DEAning suvli eritmasidan absorbent sifatida siqib bosimini oshirish bilan foydalaniladi. Absorberlarda SO1 loyihaviy konstruksiyasida 14 ta oshib oqib oʻtuvchi choʻntakli klapan likopchalar oʻrnatilgan. Berilgan apparatlarni eskizi 2-rasmda keltirilgan. Gazni qayta ishlashda absorberlarni espluatatsiya qilishda asosiy muammolar klapanli likopchalarni ostki qismida joylashgan yaʼni, nordon gazni kirish va toʻyingan absorbentni toʻkish zonasida apparatlarning korpus qismini metallarini kuchli eroziyalanishidir. Tadqiqotlarning natijasi boʻyicha korpusning pastki qismi devorlarida faqat korroziyalanishga oʻrin boʻlmasdan yuzalarida kavitatsiyali parchalanishlarning paydo boʻlganligi ham aniqlangan. Gazni aminli tozalash jarayonining xususiyati bunday yaʼni, kimyoviy reaksiya natijasida oltingugurt va koʻmir kislotasining shakllanishini borishi bilan hamda ularni bir-biri bilan oʻzaro taʼsirlanishida aminning eritmasidan gazsimon (erkin) vodorod sulfid ajralib chiqadi yaʼni, N2S ning juda koʻp sonli pufakchalarini shakllanishi bilan “qaynash” sodir boʻladi. Bunday eritmani absorberning devori boʻylab pardali koʻrinishida oquvchi gaz bilan kontaktida tozalashga kirib keluvchi va past haroratga ega boʻlganligi sababli, pardali sovishi sodir boʻladi, suv bugʻlarini kondensatsiyaga va gazli pufaklarni (yoʻqotilishiga) yorilishga olib keladi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 104 Kimyo va kimyoviy texnologiyalar Buning natijasida kavitatsiya hodisasi sodir boʻladi hamda absorber korpusining pastki qismi parchalanadi, apparatlarni ishonchliligi va xizmat muddatini pasaytirishga olib keladi. Tozalangan gazning chiqishi. Bu berilgan apparatni korpusi devorlarini еmirilish koʻrsatgichi darajasini pasaytirish va uning xizmat muddatini choʻzish uchun absorberlardan birini rekonstruksiyasi amalga oshirilgan (2-rasm), birlamchi gazni kontaktini va toʻyingan absorberni korpusning devori bilan oqishini istisno qilish uchun apparatning pastki qismiga kvadrat kesimli korpusni zanglamaydigan poʻlatdan oʻrnatish yoʻli orqali amalga oshirilgan [12]. 1-rasm. Absorberning loyihaviy konstruksiyasi 2-rasm. Absorberning rekonstruksiyasidan keyingi holati Himoyalash korpusi gazni kirish shtutserini va eng pastki klapanli likopchalar (1-chi va 4chi boʻyicha) joylashgan zonaga oʻrnatilgan, buning uchun koʻrsatilgan likopchalarda klapanlar va tayanch balkalar polotno bilan, likopchaning markaziy qismida (4-chi likopchadagi qabul choʻntaklari saqlab qolingan) toʻkuvchi va qabul qutisi demontaj qilingan. DEAning o‘rniga bunday “faollashtirilgan” aminlarning qo‘llanilishi qaysiki, u faollashtirgichsiz СO2 ga nisbatan selektiv hisoblanadi, aminlarni regeneratsiyalashda energetik xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Xulosa. Umumiy xulosa qilib aytganda, absorbent kompoziциyalarining ko‘pik hosil qilishga ta’sir etuvchi moddalar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari DPP-1, MDPP-1 va MDPP-5 absorbent kompoziциyalarini yuqori natija ko‘rsatdi. Absorbent kompoziциyalarining ko‘pik hosil qilish qobiliyatini va ko‘pik barqarorligiga suyuq uglevodorodlar, korroziya ingibitorlari, mexanik zarrachalar va absorbentlarning parchalanishi natijasi hosil bo‘lgan moddalarning konsentraциyasiga bog‘liqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ushbu absorbentlar sanoatda qo‘llash uchun to‘liq mosligi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida isbotlandi. Absorbentlarni korrozion faolligini aniqlashda olingan natijalar, ushbu absorbent kompoziциyalari ichida nisbatan MEA asosida olingan kompoziциyalar kamroq korroziyalash xossasiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Bunda, gazni tozalash va ko‘piklanishda yuqori natijalar ko‘rsatgan absorbentlar quyidagi korrozion faollikka ega ekanligi aniqlandi: DPP-1 absorbent kompoziциya – 0,06 mm/yil, MDPP – 1 absorbenti – 0,05 mm/yil va MDPP-5 absorbenti esa 0,06 “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 105 Chemistry and chemical technologies mm/yil. Ushbu olingan natijalar yuqorida keltirilgan absorbent kompoziциyalarini gazni tozalashda qo‘llaniluvchi absorbentlarnikiga nisbatan yaxshiroq korrozion xossalarni namoyon etishi aniqlandi

Adabiyotlar (26)

  1. 1. Афанасьев А.И. Применение МДЭА для очистки природного газа / А.И. Афанасьев, С.П. Малютин, В.М. Стрючков // Газовая промышленность. - 1986. - № 4. - С. 20-21.
  2. 2. Стрючков В.М. Применение МДЭА для очистки газов от Н2Б на установке Л24/6 в ООО «ПО Киришинефтеоргсинтез» / В. М. Стрючков, А.И. Афанасьев,
  3. 3. Н.Н. Кисленко // Научно-технический прогресс в технологии переработки природного газа и конденсата. - М.: ВНИИГАЗ, 2003. - С. 57-62.
  4. 4. Настека В. И. Новые технологии очистки высокосернистых природных газов и газовых конденсатов / В.И. Настека. - М.: Недра, 1996. - 107 с.
  5. 5. В.Г. Антонов, А.Е. Корнеев, С.А. Соловьев и др. // Газовая промышленность. - 2000. - № 10. - С. 58-60.
  6. 6. Юлдашев Т.Р.. Основа оборудования, используемого в процессе очистки газоабсорбционной технологии. Universum: технические науки, (2023). (5-6 (110)), 20-24.
  7. 7. Юлдашев Т.Р. Актуальные проблемы аминной очистки природных газов и пути их использования. Universum: Технические науки, (2023). (4-6 (109)), 24-27.
  8. 8. T.R.Yuldashev Tabiiy gazlarni vodorod sulfid va uglerod oksidlaridan tozalashda qo‘llaniladigan absorbentlar. Sanoatda raqamli texnologiyalar / Цифровые технологии в промышленности, (2023).1 (1), 92-99. doi: 10.5281/zenodo.8377079
  9. 9. T.R.Yuldashev Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda selektivligi yuqori bo‘lgan aminli eritmalardan foydalanishning samaradorligi. Sanoatda raqamli texnologiyalar / Цифровые технологии в промышленности, (2023). 1 (1), 86-92. doi: 10.5281/zenodo.8377015
  10. 10. Makhmudov, M. J., & Yuldashev, T. R. (2023). Cleaning of Industrial Emissions from Gas and Dispersive Particles.
  11. 11. Юлдашев, Т. Р. (2022). абсорбенты для очистки природных газов от Н2S и СО2. Theory and analytical aspects of recent research, 1(10), 72-74.
  12. 12. Юлдашев, Т. Р. (2022). Оптимизaция технологии глубокой очистки природного газа от кислых компонентов. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(18), 62-64.
  13. 13. Yuldashev, T. R., & Мakhmudov M, J. (2023). Cleaninng of Natural from Sobe Component. Journal of Siberian Federal University. Engineeng & Technologies, 16(3), 296-306. Yuldashev Toshmurza Raxmanovich – Texnika fanlari doktori, professor, Qarshi davlat texnika universituti E-mail: tashmurza59@mail.ru Buronov Firdavsiy Eshburiyevich – Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, Qarshi davlat texnika universituti E-mail: buronov.firdavsiy@gmail.ru Hafizov Sarvar Shamsiddin oʻg'li – magistr, Qarshi davlat texnika universituti E-mail: afizovsarvar499@gmail.com Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  14. Mashinasozlik va energetika UO‘K 621.767 DETALLAR SIRTINI PLASTIK DEFORMATSIYALASH VA BIR TEKIS MIKRORELEFNI SHAKLLANTIRISH Bafoyev D.X. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Sirt qatlamida bir tekis mikrorelef hosil qilish uchun maxsus uskunalar talab qilinadi. Maqolada keltirilgan materiallar silindrsimon detallarning sirtini plastik deformatsiyalash uchun samarali usul va asboblarni ishlab chiqish maqsadini qo‘yishga imkon beradi. Belgilangan maqsadni amalga oshirish sirt qatlamini yuqori sifatli puxtalashni yoki ishlov berish jarayonining yetarlicha yuqori unumdorligiga ega bir tekis mikrorelefni shakllantirishni ta’minlashi kerak. Tayanch iboralar: sirtni plastik deformatsiyalash, puxtalash, silliqlash, sirt qatlami, bir tekis mikrorelef, tebranma dumalatish, ishlatish xossalari, mashina detallari. SURFACE TREATMENT OF PARTS BY PLASTIC DEFORMATION AND FORMATION OF A REGULAR MICRORELIEF Bafoev D.Kh. Bukhara state technical university. Abstract. Creating a regular microrelief on the surface layer requires specialized equipment, which is no longer suitable for producing a smooth surface. The materials presented in the article allow us to set the goal of developing an effective method and instrumentation for surface plastic deformation of cylindrical parts. The implementation of the set goal should ensure high quality processing of the surface layer or the formation of a regular microrelief with a sufficiently high productivity of the processing process. Keywords: surface plastic deformation, strengthening, smoothing, surface layer, regular microrelief, vibration rolling, performance properties, machine parts. Kirish. Mashina detallarining sirt qatlami eng ko‘p yuklangan qatlam hisoblanib, u intensiv kuch ta’siriga va atrof-muhit ta’siriga duch keladi. Shu bilan bog‘liq ravishda mashinalar detallarini tayyorlashda sirt qatlamining sifatiga yuqori talablar qo‘yiladi, chunki bu chegaraviy qatlamda materialda darzlar hosil bo‘lishiga va uning yemirilishiga olib keluvchi kuchlangan holat shakllanadi. Mashinalar detallarining yeyilishga va korroziyaga chidamliligi, tutashishdan toliqishga qarshiligi, yig‘ish aniqligi va sifati uning yuza qatlami sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Sirt qatlamining sifat ko‘rsatkichlari va qismlarning ekspluatatsion xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik shuni ko‘rsatadiki, detallarning yuzasi yetarlicha qattiq bo‘lishi, siquvchi qoldiq kuchlanishlariga, mayin dispers tuzilishga, tayanch sirtning katta maydoni bilan mikro-notekisliklarning silliqlangan shakliga ega bo‘lishi kerak
  15. [1]. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Yakuniy mexanik ishlov berish usullari (silliqlash, xoninglash, pardozlash) yordamida berilgan aniqlik bilan detallarning kerakli komponent konfiguratsiyasi ta’minlanadi, ammo sirt qatlamining optimal sifatiga erishilmaydi. Bunga sirt qatlamini plastik deformatsiyalash (SPD) orqali erishiladi, bunda qirindi hosil bo‘lmaydi, balki sirt qatlamining yupqa plastik deformatsiyasi sodir bo‘ladi. Buning natijasida sirt qatlami mustahkamlanadi, ishqalanish va korroziyaga chidamliligi oshadi va hokazo. Ko‘p hollarda SPD dan foydalanish o‘zgaruvchan yuklama ostida ishlaydigan detallarning xavfsizlik chegaralarini 1,5 dan 3 barobarga oshirishga va ularning xizmat qilish muddatini bir necha o‘nlab marta uzaytirishga erishiladi
  16. [2]. Mashina detallarining sirt qatlami sifatini yaxshilash texnologiyalari orasida SPD usullari amaliyotda keng qo‘llanila boshlandi. Texnologik jihatdan nisbatan oddiyligi, ko‘p qirraliligi va tejamkorligi tufayli SPD metallni qayta ishlash sanoatining ko‘plab tarmoqlarida samarali qo‘llaniladi. SPD jarayonida ishchi elementlar (roliklar, shariklar yoki boshqa shakldagi jismlar) tayyorlanmalar yoki detallarning nisbiy harakatlari sharoitlarida ularning sirti bilan o‘zaro ta’sirlashadi (1-rasm). Dumalatib ishlov berishda sharik yoki rolik ko‘rinishidagi asbob detal sirti bo‘ylab dumalaydi. Dumalash ishqalanishi odatda sirpanib ishqalanishdan kichik, shuning uchun deformatsiya “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  17. Mechanical engineering and energy o‘chog‘idagi kuchlanganlik holati sirpanib deformatsiyalashdan ko‘ra juda kichik, bu esa puxtalash darajasiga va sirt qatlamining notekisliklarini silliqlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. 1-rasm. Dumalatib plastik deformatsiyalash sxemasi Sirpanib deformatsiyalashda puxtalash deformatsiya qiluvchi asbob uchun yanada qiyin ish sharoitida sodir bo‘ladi. Ishqalanish va yopishish kuchlarining kuchayishi deformatsiya zonasida sezilarli urinma kuchlarini hosil qiladi, bu deformatsiya kuchini, ishlov berish zonasidagi haroratni oshiradi va ishchi asbobning yuqori darajada yeyilishiga olib keladi. Shu sababli, ishlab chiqarishda olmosli silliqlagichlar keng qo‘llaniladi. Biroq, bir qator hollarda, hatto olmos asboblari ham ishlab chiqarish vazifalarini qanoatlantirmaydi, chunki tutashish zonasidagi yopishish hodisasi ishlov beriladigan materialning asbob yuzasiga yopishishiga olib keladi, bu esa sirt qatlamining shikastlanishiga va sifatini sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Silliqlash sirtni plastik deformatsiya bilan ishlov berishning pardozlash va puxtalash usullaridan biri hisoblanadi. Silliqlashning mohiyati shundan iboratki, ishchi qismning belgilangan geometrik xususiyatlariga ega asbob, jarayonning tegishli belgilangan texnologik rejimlarida, ishlov beriladigan tayyorlanmaning sirt qatlamiga kiritilib, sirpanadi va oldingi ishlov berish operatsiyalari natijasida hosil bo‘lgan mikronotekisliklarni plastik deformatsiyalaydi. Ushbu ta’sir etish natijasida ishlov berilgan sirtning fizik va mexanik xossalari o‘zgaradi. Shu bilan birga sirtning oldingi ishlov berishdan qolgan notekisliklari qisman yoki to‘liq silliqlanadi va sirt silliq holatni egallaydi, sirt qatlamining qattiqligi oshadi, unda siquvchi kuchlanishlar paydo bo‘ladi. Silliqlangandan so‘ng sirt abraziv ishlov berish jarayonidagi kabi toza bo‘ladi. Silliqlangan sirt xossalarining kombinatsiyasi uning yeyilishga chidamlilik, toliqish mustahkamligi kabi va boshqa yuqori ishlash sifatlarini belgilaydi. Silliqlash yuqori texnologik imkoniyatlarga ega. Silliqlash yordamida toza pardozlash, puxtalash va kalibrlovchi ishlov berishni amalga oshirish mumkin. Silliqlash usuli yetarli unumdorlikda sirt qatlamining yuqori sifati, ishlov berilgan sir profilining oshirilgan tayanch qobiliyati, puxtalangan sirt qatlami, sirt qatlamidagi qoldiq siquvchi kuchlanishlar kabi ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan mahsulotni olish imkonini beradi. Bu usul aniqlikning 6...7 kvalitetiga va Ra=0,16...0,02 mkm g‘adir-budurlikka erishish imkonini beradi. Silliqlangan yuzalarning mikrogeometriya xususiyatlari, boshqa pardozlash usullari bilan ishlov berilgan sirtlarning o‘xshash xususiyatlari bilan solishtirganda, silliqlashning samaradorligini tasdiqlaydi. Mahsulotlarning sifati, mashina detallarining ishlash xususiyatlari va ularning ishlash ishonchliligi ko‘p jihatdan ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga, xususan, toza ishlov berish va pardozlash texnologiyasiga bog‘liq bo‘lib, uning davomida detallarning sirt qatlami hosil bo‘ladi. Mashina detallarining ishlatish xossalarini sezilarli darajada yaxshilashli ta’minlovchi pardozlash usullaridan biri bo‘lib olmosli silliqlash hisoblanadi. Olmosni silliqlashning boshqa usullarga nisbatan asosiy afzalliklari olmosning fizik va mexanik xossalaridan kelib chiqadi. Olmos tabiatdagi eng qattiq moddadir, uning sirti 0,6-4,0 mm radiusli Ra=0,025-0,063 mkm sharsimon qalinlikda silliqlangan. Bundan tashqari, metallga nisbatan past ishqalanish koeffitsienti va yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega
  18. [2]. Olmosli silliqlash charxlashga o‘xshaydi (faqat keskich o‘rniga olmos silliqlagich, ya’ni tabiiy yoki sun’iy olmos kristalli uchi bo‘lgan silliqlagichdan foydalaniladi), bunda olmos ishlov beriladigan detalning sirt qatlamiga singib kiradi va harakatlanib, uni plastik deformatsiyalaydi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  19. Mashinasozlik va energetika Oldingi ishlov berish jarayonida paydo bo‘lgan barcha mikro notekisliklarni, bu deyarli barcha metallarni, ham yumshoq, ham toblangan metallarni
  20. 65 HRC qattiqligicha samarali ishlov berish imkonini beradi, faqat sirkoniy, titan va niobiydan tashqari, chunki ular ishlatiladigan asbobning ishchi qismiga yopishadi (2-rasm). Shuningdek puxtalik 25...60% ga oshadi; puxtalangan qatlam chuqurligi 0,15 mm dan 0,4 mm gacha kattalashadi; 800...1100 MPa gacha yetadigan qoldiq siquvchi kuchlanishni hosil qiladi. Shu bilan birga sirt mikrogeometriyasi parametrlarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi: profil notekisliklarining balandligi 5 marta va undan ziyodga kamayadi, shuningdek, ularning shakli o‘zgarishi natijasida, profilning nisbiy uzunligi oshadi. Deformatsiyali silliqlash uchun olmosli silliqlagichlar o‘rniga asbobsozlik po‘latlari va qattiq qotishmalardan tayyorlangan indentorlardan foydalanish mumkin. Biroq, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, bunday materiallarning chidamliligi juda past. Doimiy tutashish zonasi bilan mahalliy ta’sir asboblarning yeyilishini kuchayishiga olib keladi, bu ishlov beriladigan sirt sifatini pasaytiradi va ayniqsa uzun yuzalar uchun zarur aniqlikni ta’minlamaydi. Shu bilan bog‘liq ravishda deformatsiyalovchi asbobning yuqori chidamliligini va puxtalangan po‘latlar yuza qatlamining sifatini ta’minlaydigan silliqlash ishlov berishning texnologik jarayonini yaratish masalasi kelib chiqadi. Asbob va ishlov beriladigan mahsulot o‘rtasidagi sirpanish ishqalanishiga (silliqlash) dumalab ishqalanishga (sharikli va rolikli asboblar bilan dumalatish) asoslangan ishlov berish usullari ma’lum afzalliklarga va cheklovlarga ega. Misol uchun, bir xil unumdorlikga ega bo‘lgan turli xil silliqlagichlar nisbatan past o‘zaro ta’sir kuchlari va past chidamliligi bilan ajralib turadi. Bir xil bo‘lmagan shakl va o‘lchamdagi notekisliklar bilan mikrorelefning shakllanishi ishlov beriladigan material asbobning deformatsiyalovchi elementi bilan tutashish zonasida notekis plastik deformatsiyalanishi jarayonining natijasidir. Material zarrachalarni umumiy massadan ajratish jarayoni ham bir xil emas. Mikrorelefning bunday xarakteri mikrogeometriyani optimallashtirishning uchta asosiy muammosini yechishda qiyinchiliklar tug‘diradi: ishonchli, ilmiy asoslangan me’yorlashtirish, texnologik ta’minlash, aniq o‘lchash va nazorat qilish. Natijada, masalan, haqiqiy tutashish maydoni va juftlashadigan yuzalarning haqiqiy maydoni, bosimlar, qabul qilinadigan yuklamalar va boshqalarning mikrogeometriya parametrlarini analitik hisob-kitoblar asosida me’yorlashtirishning deyarli imkoni yo‘q
  21. [4]. Sirtlarda bir tekis mikroreleflarni shakllantirishning murakkab texnologik muammosi ishlov beriladigan materialga ta’sir qilish usuli (kimyoviy, mexanik va boshqalar) nuqtai nazaridan ham, mikrorelefni tekislash prinsipi nuqtai nazaridan ham turli yo‘llar bilan hal qilinadi. Muammoning murakkabligi nafaqat turli xil materiallar (asosan metallar) sirtlarida bir tekis mikrorelef yaratish, balki uni juda nozik va keng chegaralarda “boshqarish”, ya’ni uning balandlik, qadam va maydoni bo‘yicha parametrlarining qiymatlarini o‘zgartirish zarurligi bilan murakkablashadi. Bunday holda, har bir parametr qiymatining o‘zgarishi mustaqil bo‘lishi kerak, ya’ni bitta parametrning qiymati o‘zgarganda, qolganlarining qiymatlari o‘zgarishsiz qolishi kerak
  22. [4]. Sirtlarda bir tekis mikroreleflarni yaratishning deyarli barcha ma’lum usullari ushbu talablarni qondirmaydi. Maqsadiga ko‘ra ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin: sirtda qisman bir tekis mikrorelef hosil qiluvchi usullar va mutlaqo yangi muntazam mikrorelef hosil qiluvchi usullar. Birinchi holda, sirtda doimiy yoki diskret joylashgan chuqurliklar hosil bo‘ladi, ular orasida ishlov 2-rasm. Tokarlik dastgohida tayyorlanmaning tashqi sirtiga olmosli silliqlagich bilan ishlov berish “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  23. Mechanical engineering and energy berilgan sirtning asl, ko‘pincha tartibsiz mikroreleflari saqlanib qoladi; ikkinchi holda, bir xil shakl, balandlik va o‘zaro joylashishning notekisligi bilan mutlaqo yangi mikrorelef yaratiladi. Sirtni plastik deformatsiyalash usullarini takomillashtirishning samarali usullaridan biri qo‘shimcha tebranma harakatlarini qo‘llashdir, bu ishlov berilgan sirtda bir tekisdagi mikrorelefni shakllantirishga imkon beradi. Sirtni pardozlash usullarini takomillashtirish va bir tekisda mikrorelef yaratish uchun vibratsiyali dumalatish sxemasi ishlab chiqilgan. Vibratsiyali dumalatish ishlov beriladigan detal va asbobning o‘zaro harakati paytida ishlov beriladigan detal sirtining plastik deformatsiyasidan iborat. Bu an’anaviy sharik bilan dumalatishdan ishlov berish asbobiga ishlov beriladigan detalning yuzasi bo‘ylab qo‘shimcha ravishda ilgarilama-qaytma harakat berilishi bilan farq qiladi. Asbobning sinusoidal izi (ariqcha) ishlov beriladigan detalning aylanishi va asbobning ma’lum bir uzatish tezligida harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan vintsimon chiziq ustiga qo‘yiladi. Olingan mikrorelef sinusoidal kanallarning xarakteri va zichligiga qarab to‘rt turga bo‘linadi: kanallar bir-biriga tegmaydi; ular tegishadi; ular kesishadi; ular bir-birining ustiga chiqib, asl sirtining kesimlarisiz mikrorelef hosil qiladi. Sirtdagi mikronotekisliklarning shakli, o‘lchami va joylashishini o‘zgartirishga ishlov berish rejimlarini o‘zgartirish (detalning aylanish tezligi, asbobning uzatish tezligi, uning tebranishlarining amplitudasi va chastotasi, sharsimon asbobni yoki sharsimon uchlikni detalga bosish uchun qo‘llaniladigan kuch va asbobning sharsimon qismining radiusi) orqali erishiladi. Usul universal bo‘lib, amalga oshirish oson va ko‘p hollarda maxsus jihozlarni qo‘llashni talab qilmaydi. Ushba usulni joriy qilish uchun qo‘zg‘aluvchan tayyorlanmaga nisbatan asbobning turli tebranma harakatlarini (tebranishlarini) ta’minlaydigan sharikli podshipniklarning shariklari va tebranish kallaklaridan foydalaniladi. Deformatsiya qiluvchi element sifatida sharik o‘rnida asbobsozlik sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan sharsimon ishchi sirtga ega standart olmos uchlikaridan foydalanish mumkin. Shunday qilib, tebranish kallaklari yordamida qotib toblangan po‘lat va boshqa qattiq materiallarni vibratsiyali olmos bilan silliqlash amalga oshiriladi. Olingan natijalarning qo‘llanilish sohalari. Vibratsiyali dumalatishning rivojlanishi asosan uni qo‘llash sohalarini kengaytirish orqali amalga oshiriladi, bunda quyidagi texnologik muammolar yechiladi: − hosil bo‘lgan kanalning chuqurligi va shakli bo‘yicha jarayonni barqarorlashtirish; mikrorelef maydoni va naqshi bo‘yicha; − qo‘yilgan vazifadan kelib chiqib, jarayon parametrlari va mikrorelef xarakteristikalarini hisoblash usullarini ishlab chiqish; − turli sirtlarga, shu jumladan murakkab sirtlarga ishlov berish uchun samarali, moslashuvchan, qayta sozlanadigan jihozlar, asboblar va avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish. Vibratsiyali dumalatish qurilmalarida paydo bo‘ladigan inersiya kuchlari asosiy harakat tezligini va shuning uchun ishlov berish unumdorligini biroz cheklaydi. Sirt qatlamini mustahkamlash va puxtalash darajasini nazorat qilish imkoniyatlari ham nisbatan cheklangan. Vibratsiyali dumalatish detallarning quyidagi asosiy ishlash xususiyatlarini yaxshilaydi: ishqalanish juftliklarida harakatlanishning ravonligi va ishqalanishga chidamliligining oshishi; tutashish mustahkamligi; qo‘zg‘almas bo‘g‘inlarning mustahkamligi; sudraluvchanlikga qarshilik; toliqishga qarshilik; korroziyaga chidamlilik; vakuumdagi ishqalanish muammosini hal qilish; gidravlik zichlik, shuningdek, fretting-korroziyasiga chidamlilik; yelimlanuvchanlik, elektr mustahkamligi, ishqalanib moslanuvchanlikni yaxshilash va uning davomiyligini qisqartirish; uzoq muddatli saqlash va tashish paytida birikmalarning ishlash xususiyatlarini saqlab qolish; kuchli ishqalanish turlarini – ishqalanish, tirnalish, qotib qolishni bartaraf etish. Natijada, mashinalar, qurilmalar va jihozlarning ishonchliligi va umrboqiyligi oshadi, ba’zi hollarda qo‘lda silliqlash va shaberlashni vibratsiyali dumalatish bilan bartaraf etish (almashtirish) mumkin
  24. [5]. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  25. Mashinasozlik va energetika So‘nggi vaqtlarda yeyilgan detallarning o‘lchamlarini tiklash uchun sirtni plastik deformatsiyalashning statik usullari juda keng qo‘llanila boshlandi. Masalan, detalning yeyilgan sirtiga rolikni dumalatib, ma’lum bir konfiguratsiyadagi botiqlilar va qirralardan iborat relef bosiladi va keyin sirt silindrsimon ishchi yuzasiga ega rolik bilan tekislanadi. Tiklashdan keyin hosil bo‘lgan sirt sezilarli darajada mustahkamlanadi va ishqalanishga chidamliligi oshadi. Bu usul traktor dvigatelining porshenlarini tiklashda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan
  26. [5]. Shunday qilib, detallarning ishchi yuzalarining mikrogeometriyasini boshqarish va uning texnologik ta’minoti detallar va birikmalarning zarur operatsion xususiyatlarini olish imkonini beradi, sirtlarning mikrogeometriyasi nazariyasini chuqurlashtirishga asoslangan standartlashtirishni kengaytirish, detallar yuzalarining mikroreleflarini tekislashtirish va ularning ekspluatatsion xossalarini ta’minlash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar natijalarini to‘plash va umumlashtirish esa konstruktorlar va texnologlar uchun me’yoriy materiallar yaratish uchun yaxshi asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘p yillik uzluksiz tadqiqotlar davomida oddiy va ishonchliroq tajribalarni o‘tkazish imkoniyati bizga ko‘plab sohalar uchun mikrorelefni optimallashtirish bo‘yicha juda keng ma’lumotlar bazasini to‘plash imkonini berdi. Sirt mikrogeometriyasini tekislashtirish va materiallarning sirt osti qatlamini mustahkamlash quyidagilarni ta’minlaydi: − mashinalar, qurilmalar va asboblarning sifati va ishonchliligini oshirish; − texnikaning inkorsiz ishlash muddatini oshirish; − ishqalanishdagi yo‘qotishlarni kamayitirish; − ishqalanish juftliklarida detallar harakatlanishining ravonligi va surilishini yaxshilash; − tirnalishlar, qadalishlar va qotib qolishlarning paydo bo‘lishini bartaraf etish; − ishqalanish juftliklarining ishlab moslashishini yaxshilash va uning davomiyligini saqlash; − tutashish mustahkamligini oshirish; − qo‘zg‘almas birikmalar mustahkamligini oshirish; − detallar metallarining egiluvchanligi va sirpanishini kamaytirish orqali yupqa devorli detallar va yuqori sifatli birikmalardagi tirqishlarning o‘lchamli barqarorligini oshirish; − toliqish mustahkamligining oshishi; − korroziyaga chidamlilik va mustahkamlikning oshishi; − gidravlik va pnevmatik zichlikning oshishi; − uzoq muddatli saqlash va tashish paytida birikmalarning ishlash xususiyatlarini saqlab qolish; − sirt va birikmalarning ifloslanishini kamaytirish; − material qatlamining yopishqoqligi va sirt qoplamasi sifatini yaxshilash; − birikuvchi detallarning ishqalanish zonasida haroratni pasaytirish; − fretting-korroziyaga qarshiligini oshirish; − qo‘zg‘aluvchan va doimiy yopiq kontaktlarning barqarorligini ta’minlash; − og‘ir yuklangan gidravlik tayanchlarning ishonchli ishlashini ta’minlash. Sanoatning barcha sohalarida, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda, sirtni vibratsiyali plastik deformatsiyalash metall, shisha, plastmassadan yasalgan detallarga dekorativ va pardozlash ishlarini ta’minlaydi, shu bilan birga qimmat, ekologik jihatdan “iflos”, ko‘pincha mexanizatsiyalashmagan silliqlashni almashtiradi. Sanoatning barcha sohalarida kauchuk, elastomer va boshqa elastik zichlovchi detallari (manjetlar, halqalar, qistirmalar) bilan zichlash qurilmalari, metall jismlarning (vulkalar, shtoklar, vallar, sapfalar) ishchi yuzalarini vibratsiyali plastik deformatsiyalashdan so‘ng, gidravlik va pnevmatik qattiqligini oshiradi va inkorsiz ishlash muddatini uzaytiradi. Xulosalar. Ishlab chiqarishga pardozlash va mustahkamlash usullarini joriy etish bilan bir vaqtda, turli sohalardagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, universitetlar va sanoat korxonalarida quyidagi “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 111