Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Uch fazali tok oʻzgartkichlari yordamida asinxron motorlarni himoya qilish tizimi tatqiq etish

AZAMOV S.S.

Выпуск
1-son
Страницы
120–124
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
1 4

Аннотации

Biz bilamizki jahonda va mamlakatimizning sanoat va ishlab chiqarishda keng tarqalgan asinxron motorlardan foydalanib kelmoqdamiz va oʻz oʻrnida ushbu tur motorlarining birqator afzaliklariga qaramay yetarlicha kamchiliklari ham mavjud. Maqolada shu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida koʻzlangan maqsad asinxron motorning stator paziga qoʻshimcha sezgir element qoʻsish orqali asinxron motorlarning tez kuyish va muddatdan oldin ishdan chiqishini oldini olish maqsadida energiya sarfi va ishlash muddatini uzaytirish maqsatida tavsiya etilgan element yetarli samara beradi. Ma’lumki motorning ishdan chiqishini asosiy sabablari motordagi elektr parametrlarining nosimmetryasi, harorat ortishi va energiya sarfini kamaytirish motorda yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni oldini olish uchun tok oʻzgartgichlari orqali qurilmaning ish samaradorligini yanada oshirish va motordagi ko‘ngilsiz holatni oldindan aniqlab himoyalashda xizmat qiladi.

Содержание статьи

Bilamizki, elektr energiyaning 55‒60% ini asinxron motorli elektr yuritmalar iste’mol qiladi, shuning uchun asinxron motorlarni ish holatini nazorat qilish va boshqarish tizimining imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb masala bo‘lib, bu imkoniyatlar signal o‘zgartirish elementlari va qurilmalarining yuqori aniqligi, tezkorligi, ishonchligi va sezgirligi, ular ta’minlayotgan signallarning sifati va uzluksizligi kabi ko‘rsatkichlari bilan izohlanadi. Uch fazali asinxron motorni himoya qilish tizimi elektr mexanik tizimida quvvat isroflarini kompensatsiyalash uning iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi hamda elektr energiyasini mexanik energiyaga aylanishida quvvat sarfini nazorat qilish, baholash va boshqarishda yordam beradi. Uch fazali asinxron motorning stator chulg‘amida nosozliklar yuzaga kelganda, stator chulg‘ami simlari qiziydi, bu jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi yoki asinxron motorning ruxsat etilgan ishlash davrini qisqartirishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uch fazali asinxron motorni diagnostika qilish eng muhim masalalardan Hoziri kunda asinxron motorlarni ish holatini nazorat qilish va boshqarishda juda koʻp nazorat qilish va boshqarish qurilma va elementlari mavjud, lekin ularning aniqliligi, ishonchliligi va hajmining kattaliligi, statik tavsiflari chiziqli emasligi sababli boshqarishda bir muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib tokni kuchlanish ko‘rinishidagi signalga o‘zgartiruvchi tok o‘zgartkichni taklif qilyapmiz. Asinxron motorlarda tokning o‘zgarishi asosan elektromagnit, elektrodinamik va elektromexanik jarayonlar tufayli sodir bo‘ladi. Tok kuchining birlamchi o‘zgartiruvchilarida energiya o‘zgarishining asosiy funksiyasi – nazorat va boshqaruv tizimi uchun tok yoki kuchlanish ko‘rinishidagi axborotning o‘zgarishi jarayonida ro‘y beradi. Asinxron motor stator toki qiymatini kuchlanish ko‘rinishdagi chiqish signaliga o‘zgartiruvchi tok o‘zgartkichining sezgir elementi (o‘lchash chulg‘ami) stator magnit o‘zagi pazida joylashgan stator chulg‘ami va pona (klin) orasida joylashtirish reaktiv quvvatni nazorat va boshqaruvida qo‘yilgan talablarni yetarlicha qanoatlantiradi. Biz asinxron motorning uch fazali kuchlanishini, tokini va haroratini oʻlchashning asosiy elementlarni koʻrishimiz mumkin, quydagi rasmda asinxron motorning stator chulg‘amlarining pazlarga oʻralish holatini koʻrishimiz mumkin. Eksplutatsiya davrida asinxron motor stator chulg‘amlarini temperaturasini o‘zgarishini va uning tok o‘zgartkichi chiqish kuchlanishi qiymatigiga ta’siri aniqlanadi. Tok o‘zgartkichining xatoligiga atrof muhitning va stator qismi temperaturasini ta’sirini stator chulg‘amlari aktiv qarshiliklarini o‘zgarishi bilan tushuntirish mumkin. 1-rasm. Asinxron motorning stator pazlariga tokni kuchlanishga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichning sezgir elementini joylashtirilishi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 119 Mechanical engineering and energy Asinxron motorda I1 bilamchi stator tokini ikkilamchi chiqish kuchlanishi Uchiq ko‘rinishidagi kattalikka o‘zgartirib uch fazali asinxron motor himoya tizimini oʻrganib chiqdik. Asinxron motor U1 kuchlanishi, I1 stator toki, F0 va Fσ magnit yurituvchi kuchlari MYuK, F0 va Fσ magnit oqimlari va Uchiq chiqish ikkilamchi kuchlanishiga o‘zgarish jarayonini analitik ifodasi ko‘rishimiz mumkin. 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞= 𝐾𝐹1𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞(𝛱0𝐾𝑈1𝐹0𝑈1 −𝛱𝜎𝐾𝐼1𝐹𝜎𝐼1) = 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞.0 −𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞.𝜎, (1.1) bu yerda: Π 0, Π σ ‒ asinxron motor magnit va elektr parametrlari. analitik ifodada 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞.0 tashkil etuvchi, 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞chiqish kuchlanishini 𝑈1tarmoq kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan qismi bo‘lib, asinxron motorning ish holatida bu qiymat o‘zgarmaydi. Analitik ifodada 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞.0 tashkil etuvchi, 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞chiqish kuchlanishini 𝑈1tarmoq kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan qismi bo‘lib, asinxron motorning ish holatida bu qiymat o‘zgarmaydi: 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞.0 = 𝐾𝐹1𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞𝛱0𝐾𝑈1𝐹0𝑈1. (1.2) 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞𝜎 tashkil etuvchi esa, 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞 chiqish kuchlanishini asinxron motorning 𝐼1 stator tokiga bog‘liq bo‘lgan qismi bo‘lib, asinxron motor ish holatida bu qiymat stator toki o‘zgarishiga proporsional ravishda o‘zgaradi: 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞.𝜎= 𝐾𝐹1𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞𝛱𝜎𝐾𝐼1𝐹𝜎𝐼1. (1.3) Demak, 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞chiqish kuchlanishining o‘zgarishiga 𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞.𝜎 o‘zgaruvchan tashkil etuvchining ta’siridan, (1.3) analitik ifodaga ko‘ra zanjirlararo bog‘lanish koeffitsiyentlari va parametrlarini o‘zgartirib, asinxron motor stator toki va chiqish kuchlanishi orasidagi bog‘liqliklar joriy etiladi. Asinxron motorning stator qismidagi o‘lchov chulg‘amida elektr va magnit kattaliklarni o‘zaro o‘zgarish jarayoni va elementlarni tuzilishi tugunlardagi 𝐹𝜎𝑖,𝑗,𝑘 sochilish magnit yurituvchi kuchlari o‘zgartkichning magnit o‘zagi (stator o‘zagi) geometrik o‘lchamlariga bog‘liq ushbu uch fazali asinxron motorni himoya qilish tizimi boshqa vosita himoya qurilmalariga qaraganda samaraliroq, ishonchli va arzonroqdir, ammo bu tizim faqat elektr va tarmoqdagi nosozliklari holatida ishlaydi, 2-rasmda koʻrsatilgan, mikrokontroller yordamida uch fazali asinxron motorni himoya qilish tizimining prinsipial ko‘rinishi foydalanilgan. 2-rasm. Uch fazali asinxron motorning himoyalash tizimining prinsipial ko‘rinishi. bu yerda, 1Rele kontaktor, 2-asinxron motor, 3-mikroprotsessorli uzatish qurilmasi, 4-raqamli ekran. Mikrokontrolleri yordamida uch fazali asinxron motorni himoya qilish uning ishchi holatini nazorat qilish zamonaviy eng qulay kontaktsiz, aniqlik sinfi 0,45 miqdordan oshmasdan amalga oshirilishi, asinxron motorning ish holatini sezilarli yaxshilashga xizmat qiladi. Ushbu asinxron dvigatel soz holatini kuzatish tizimida yuqori sezgir elementlardan foydalanib ishonchli himoyalab nosoz holatga kelishidan oldin bizga oʻzgargan parametrlar haqida ma’lumotni uzatadi. Asinxron motorni ishga tushirilgandan so‘ng, tok o‘zgartkichi haroratni nazorat qilib turadi. Ishlash vaqti davomiyligi oshishi bilan stator qismida harorat orta boshladi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 120 Mashinasozlik va energetika • 30 min o‘tgach datchik ko‘rsatgichi 37,5oC; 12,40 Ω; • 55 min o‘tgach 45,1oC; 18,2 Ω • 1 soati 25 min o‘tgach 73,8oC 25,8 Ω ga teng bo‘ldi. Olingan tajriba natijalaridan ko‘rinadiki, asinxron motor ish holatida stator chulg‘amlarini qarshiligini o‘zgarishi kuzatilib, o‘zgarish kattaligi ish vaqtini davomiyligiga va stator chulg‘amlaridan o‘tayotgan tok kuchi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Asinxron motorning turg‘un qizish haroratini tavsifi orqali asinxron motor stator chulg‘amida yuzaga keladigan qizishni tushunish mumkin (3-rasm). R, Ω 0 5 10 15 20 25 30 t, °C “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 121 Mechanical engineering and energy Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 122