Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Tojlanish jarayonining yuqori kuchlanishli havo liniyalaridagi quvvat yo‘qotishlariga ta’sirini baholash

TOVBOYEV A.N., TOG'AYEV I.B.

Issue
1-son
Pages
137–142
Published
24.02.2026
Views
2 5

Abstracts

In this article, the corona discharge phenomenon observed in high-voltage overhead transmission lines is characterized by the ionization of air surrounding the conductor as a result of a sharp increase in electric field intensity. This process is one of the primary factors causing additional active and reactive power losses in overhead lines, and its severity strongly depends on phase spacing, conductor diameter, atmospheric pressure, humidity, temperature, and environmental pollution levels. In this study, a physico-parametric model was developed to describe the corona onset voltage, the conductivity formed in the ionized medium, the electric field intensity, and the surface charge distribution on the conductor, and its interrelation with power losses along the transmission line was determined. The analysis was supplemented with practical meteorological data, providing quantitative estimations of corona-induced power losses under various weather conditions, including dry air, fog, rain, and dust-laden environments.

Article Content

Kirish. Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida yuzaga keladigan tojlanish jarayoni elektr energiyasining ishonchli yetkazib berilishi va tarmoqning umumiy samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biridir. O‘tkazgich atrofidagi elektr maydonining mahalliy kuchayishi havoning ionlanishi va razryadlanish jarayonlarining boshlanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu jarayon natijasida havo liniyalarida qo‘shimcha aktiv va reaktiv quvvat yo‘qotishlari kuzatiladi, bu esa elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini pasaytiradi hamda uzatish tizimining texnik-iqtisodiy samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [1, 2]. Tojlanishning rivojlanish darajasi o‘tkazgich diametri, fazalar oralig‘i, atmosfera bosimi, namlik, harorat, shamol tezligi va muhitning ifloslanish darajasi kabi bir qator tashqi va ichki parametrlar bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi kunda yuqori kuchlanishli havo liniyalarida yuzaga keladigan tojlanish jarayonini chuqur o‘rganish, uning boshlanish sharoitlarini aniqlash, elektr maydon taqsimotini baholash va quvvat yo‘qotishlariga ta’sirini miqdoriy tahlil qilish elektr energetikasi sohasidagi eng dolzarb ilmiy-texnik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi, tarmoqlar yuklamasining o‘zgaruvchanligi, ekstremal meteorologik sharoitlarning ko‘payishi va liniyalar uzunligining ortib borishi tojlanish jarayonining rolini yanada kuchaytirmoqda. Shuning uchun ham havo liniyalarida tojlanish yo‘qotishlarini kamaytirish, o‘tkazgich yuzasida elektr maydon intensivligini boshqarish, muhofaza va kompensatsiya usullarini takomillashtirish amaliy va ilmiy jihatdan muhim hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish jarayonining fizik asoslari, uning quvvat yo‘qotishlariga ta’siri, atmosfera sharoitlari bilan bog‘liqligi va energiya samaradorligiga ko‘rsatadigan umumiy ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, amaliy meteorologik ma’lumotlar asosida tojlanish yo‘qotishlarining miqdoriy bahosi ishlab chiqilib, turli hududlar va ish rejimlari uchun ishonchli natijalar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari elektr uzatish tizimlarining quvvat yo‘qotishlarini oldindan baholash, havo liniyalarini loyihalash va modernizatsiya qilish jarayonida optimallikni ta’minlash, shuningdek, elektr energiyasi sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi [3, 4, 5]. Asosiy qism. Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish yo‘qotishlari elektr maydonining o‘tkazgich atrofida ma’lum kritik qiymatdan oshishi natijasida yuzaga keladi. Elektr maydoni intensivligi kuchlanish ortishi bilan nisbatan tez o‘sib boradi va o‘tkazgich yuzasidagi ionlanish jarayoni kuchayadi. Kuchlanishning ma’lum qiymatlardan oshishi natijasida razryadlanish zonasi kengayadi, havo orqali oqayotgan kuchlanishga bog‘liq razryad toki ortadi, aktiv quvvat yo‘qotishlari keskin ko‘payadi, yo‘qotishlarning o‘sish tendensiyasi chiziqli emas, balki tezlashuvchi (eksponensialga yaqin) xususiyat kasb etadi (1-rasm). 140,00 Tojlanish quvvat yo'qotishi, kVt 120,00 100,00 80,00 60,00 Tojlanish quvvati 40,00 20,00 0,00 110,00 150,00 220,00 330,00 400,00 500,00 Kuchlanish, kV 1-rasm. Tojlanish quvvatining kuchlanishga bog‘liqligi keltirilgan. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 136 Mashinasozlik va energetika Kuchlanish oshishi bilan elektr maydonining strukturasi ham o‘zgaradi. Past kuchlanishlarda maydon asosan dielektrik xususiyatda bo‘lsa, kritik nuqtadan keyin havo faol elektr o‘tkazuvchi muhitga aylanadi. Bu jarayonda elektronlarning zanjirli tezlanishi kuzatiladi, ular molekulalarga urilib qo‘shimcha ionlar yaratadi va zaryad tashuvchilar soni o‘sadi. Tojlanish boshlanish kuchlanishidan past bo‘lgan hududda yo‘qotish deyarli kuzatilmaydi, ammo kritik qiymat o‘tgan zahoti yo‘qotishlar sezilarli darajada oshadi. Kuchlanish 110 kV dan 400 kV gacha ortishi bilan yo‘qotishlarning 5 kVt dan 80 kVt gacha keskin oshib borishi havo izolyatsiyasidagi ionlanish jarayonining intensivlashganini ko‘rsatadi (2-rasm). 60,00 Tojlanish quvvat yo'qotishi, kVt 50,00 40,00 30,00 Tojlanish quvvati 20,00 10,00 0,00 18,00 20,00 22,00 24,00 26,00 28,00 Elektr maydoni intensivligi, kV/sm 2-rasm. Tojlanish quvvatining elektr maydoni intensivligiga bog‘liqligi. Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida o‘tkazgich atrofida hosil bo‘ladigan elektr maydonining intensivligi kuchlanish ortishi bilan keskin oshadi. O‘tkazgich diametri, fazalar oralig‘i va tashqi muhit sharoitlari ma’lum bo‘lgan holatda elektr maydonining kritik qiymatdan oshishi ionlanish jarayonining boshlanish nuqtasini belgilaydi. Bu nuqta tojlanish boshlanish kuchlanishi deb yuritiladi. Tojlanish jarayoni elektr maydon keskin kuchayganda havodagi neytral molekulalarning ionlanishi, ion-elektron oqimlarining paydo bo‘lishi, havo izolyatsiyasining qisman razryadlanishi bilan xarakterlanadi. Ionlashgan hududda tok o‘tishi va energiya tarqalishi natijasida qo‘shimcha aktiv quvvat yo‘qotishlari yuzaga keladi. Ushbu yo‘qotishlarning kattaligi elektr maydon intensivligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, kuchlanish ortgani sari ionlanish maydoni kengayadi va razryad tokining amplitudasi o‘sadi. Tojlanish yo‘qotishlari kuchlanishga nisbatan chiziqli emas, balki tezlashuvchi xarakterga ega. Past kuchlanishlarda yo‘qotishlar deyarli sezilmaydi yoki juda kichik bo‘ladi. Ammo kritik kuchlanishdan (masalan, 110–150 kV atrofida) o‘tgan zahoti yo‘qotishlar birdaniga ortishni boshlaydi. Kuchlanishning keyingi oshishi jarayonni yanada faollashtiradi: ionlashgan zarralar soni ko‘payadi, razryad maydoni kengayadi, oqish toklari kuchayadi va natijada tojlanish quvvat yo‘qotishlari eksponential shaklda oshadi (3-rasm). 300,00 Aktiv quvvat yo'qotishi, kVt 250,00 200,00 150,00 Aktiv yo'qotishlar 100,00 50,00 0,00 110,00 150,00 220,00 330,00 400,00 500,00 Kuchlanish, kV 3-rasm. Aktiv quvvat yo‘qotishining kuchlanishga bog‘liqligi “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 137 Mechanical engineering and energy 300,00 Reaktiv quvvat yo'qotishi, kvar 250,00 200,00 150,00 Reaktiv yo'qotishlar 100,00 50,00 0,00 110,00150,00220,00330,00400,00500,00 Kuchlanish, kV 4-rasm. Reaktiv quvvat yo‘qotishining kuchlanishga bog‘liqligi Meteorologik omillar ham jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Namlik, tuman, chang, yomg‘ir kabi sharoitlarda havo izolyatsiyasining bir jinsliligi buziladi, bu esa tojlanish boshlanish kuchlanishining pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda bir xil kuchlanish qiymatlarida yo‘qotishlar quruq havoga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli tojlanish yo‘qotishlari elektr uzatish liniyalaridagi quvvat samaradorligini pasaytiruvchi omillardan biri sifatida doimiy ravishda nazorat qilinadi. 700,00 600,00 Energiya yo'qotishi, MVt·soat/yil 500,00 400,00 300,00 Energiya yo'qotishi 200,00 100,00 Liniya uzunligi, km 0,00 10,00 20,00 30,00 40,00 50,00 60,00 5-rasm. Energiya yo‘qotishining liniya uzunligiga bog‘liqligi Natijada kuchlanish oshgani sari o‘tkazgich yuzasidagi elektr maydonning faol zonasi kengayadi, ionlanish jarayoni kuchayadi, shuningdek razryadning davriyligi va amplitudasi ortadi. 0,00 5,00 10,00 15,00 20,00 25,00 30,00 35,00 40,00 Tojlanish quvvat yo'qotishi, kVt Tojlanish profili Masofa, km 6-rasm. Liniya bo‘ylab tojlanish quvvat profili Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 138 Mashinasozlik va energetika Bu holat grafiklarda kuzatiladigan kuchlanish oshishi- tojlanish yo‘qotishlarining keskin ko‘tarilishi bog‘liqligini ilmiy asoslaydi [6,7]. Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida o‘tkazgich atrofida hosil bo‘ladigan elektr maydonining intensivligi kuchlanish oshishi bilan mutanosib ravishda o‘sib boradi. Elektr maydoni ma’lum kritik qiymatdan oshganda havoning dielektrik barqarorligi pasayadi va havo molekulalari ionlanishni boshlaydi. Ana shu jarayon tojlanishning boshlanishi sifatida qabul qilinadi. Tojlanish – havo izolyatsiyasining to‘liq buzilmay, faqat qisman ionlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan noaniq razryad turidir. U o‘tkazgichning yuzasida kuchli elektr maydon hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. 40,00 Tojlanish quvvat yo'qotishi, kVt 35,00 30,00 25,00 20,00 Tojlanish quvvati 15,00 10,00 5,00 0,00 AS-240 AS-300 AS-400 AS-500 O‘tkazgich markasi 7-rasm. Turlicha o‘tkazgich markalarida tojlanish yo‘qotishlari. 300,00 Quvvat yo‘qotishlari 250,00 200,00 150,00 Aktiv yo'qotishlar 100,00 Reaktiv yo'qotishlar 50,00 0,00 Kuchlanish, kV 8-rasm. Aktiv va reaktiv quvvat yo‘qotishlarini taqqoslash Xulosa. Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish jarayoni elektr maydonining kritik darajada kuchayishi natijasida vujudga keladigan murakkab fizik hodisa bo‘lib, elektr tarmoqlaridagi aktiv va reaktiv quvvat yo‘qotishlarining sezilarli qismini tashkil etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘tkazgich atrofidagi havo qatlamining ionlanishi kuchlanish oshishi bilan keskin faollashadi va natijada razryad oqimlari ortib, quvvat yo‘qotishlarining tezlashuvchi xarakterda o‘sishiga olib keladi. Tojlanish boshlanish kuchlanishining qiymati fazalar oralig‘i, o‘tkazgich diametri, atrof-muhitning namligi, havoning zichligi, sirtning ifloslanish darajasi va boshqa meteorologik omillarga kuchli bog‘liq bo‘lishi aniqlangan. Amaliy meteorologik sharoitlar asosida olib borilgan hisob-kitoblar tojlanish jarayoni ekstremal iqlim sharoitlarida “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 139 Mechanical engineering and energy Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 140