Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

To ‘ xtayev Sh.B., Soliyeva Z.N., Murtazoyev F.F. O‘zbekistonda quyosh sovutish tizimlari va ularning texnik imkoniyatlari

SADULLAYEV N.N., NEMATOV SH.N.

Выпуск
1-son
Страницы
156–164
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
4 5

Аннотации

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng quyoshli mamlakatlardan biri bo‘lganligi va yildan yilga yozgi mavsumda harorat maksimal darajaga yetayotganligi sababli sovutish tizimlariga bo’lga ehtiyoj juda yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi energiya manbai zaxiralari kamayib borayotgan bir davrda quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish juda muhim. Shulardan kelib chiqib O‘zbekiston sharoitida quyosh sovutgichlarining turlari, ularning ishlash diagrammalari va foydali ish koeffitsiyenti aniqlash usullarini ko‘rib chiqamiz

Содержание статьи

Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 154 Mashinasozlik va energetika Yer sayyorasiga har sekundda 17.41017 Joul energiya tushadi. Yerga tushayotgan jami energiyaning 36 % yer qatlamida qaytariladi, 17 % esa yutib qoladi, qolgan qismi yer sirtiga yetib keladi. Bir yilda yer yuziga o‘rtacha 351017 kVt.soat deb oladigan bo‘lsak, bu energiya yer yuzida bir kecha kunduzda iste’mol qilinadigan elektr energiyadan 39 ming marta ko‘proqdir. Quyosh har sekundda 4 mln.tonna va yiliga 1.361014 tonna miqdorda massasini yo‘qotadi, undagi geliyning vodorodga uzluksiz aylanib turishi hisobiga ajralib chiqayotgan nur energiyasi koinotga yana bir necha o‘n milliard yillar davomida energiya berish imkoniyatiga ega. Shu sababli ham quyosh energiyasidan maksimal darajada foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda [1]. Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng quyoshli mamlakatlardan biri boʻlib, yiliga oʻrtacha 300 dan ortiq quyoshli kun va oʻrtacha toʻgʻridan-toʻgʻri normal nurlanish (DNI) taxminan 4,44 kVt/m² kunni tashkil etadi, bu Ispaniya yoki Amerika Qoʻshma Shtatlarining bir qismi kabi yetakchi quyoshli davlatlar bilan solishtirish mumkin [2]. Shu bilan birga, yozgi haroratning koʻtarilishi va urbanizatsiyaning kuchayishi sovutish talabining tez oʻsishiga olib keladi va mamlakat elektr tizimiga qoʻshimcha bosim oʻtkazadi. An’anaviy konditsioner, asosan, tabiiy gaz va qazib olinadigan yoqilgʻidan olinadigan elektr energiyasiga bogʻliq boʻlib, yuqori yuklanishlarga va issiqxona gazlari emissiyasiga hissa qoʻshadi. Shu nuqtai nazardan, quyosh issiqlik sovutish tizimlari O‘zbekistonda quyosh energiyasining mo‘l resurslaridan foydalangan holda ortib borayotgan sovutish ehtiyojlarini qondirish uchun barqaror yechim taklif qiladi. O‘zbekiston hududida 300 kun quyoshli kun deb oladigan bo‘lsak, bu quyosh radiatsiyasining o‘rtacha 1500 – 2000 kVt/soatni tashkil qiladi. Bu quyosh energiyasi texnologiyalarini joriy etishda keng imkoniyatlarni yaratadi [3]. Yaqin yillarda ekologik va atrof muhit o‘zgarishlari sababli yildan yilga haroratning keskin isib ketishi yoki issiq kunlarning oshishi kuzatilmoqda, sovutish mavsumining ham keskin oshishini taqozo qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra yaqin 5 yillikda isitish mavsumimg davomiyligi 8- 9 % gacha qisqarishi va sovutish mavsumi esa 16 % ga oshishi kutilmoqda [4]. Bu esa sovutish mavsumining ham keskin oshishini taqozo qiladi.Yoz faslida havoning keskin isib ketishi sovutish qurilmalariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirib yuboradi. Havo haroratiga proporsianal ravishda elektr energiyaga bo‘lgan talab ham oshib boradi [5]. Bunga misol tariqasida shu yilning 16-21 iyul kunlarida mamalakatimizda kunlik elektr energiya iste’moli eng yuqori darajani qayt etganini ko‘rishimiz mumkin. 18- iyul sanasida elektr energiyasi iste’moli record ko‘rsatgich 272.6 mln kVt.soatni tashkil etgan bo‘lib bu qishgi maksimumdan 0.8 mln kVt.soatga oldingi yozgi rekortdan 18.5 mln kVt.soatga ko‘proq. 21-iyul 17:00 da energiya tizimining maksimal quvvati 13.3 GVt ga yetgan. 1- rasm. Buxoro viloyatining 2022 yil sentabr hamda 2025 yil iyul oylari oraligʻidagi har oylik elektr energiya iste’moli (ming.kVt.soat). “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 155 Mechanical engineering and energy Bu ko‘rsatgich qishda 12.5 GVtni avvalgi yil iyul oyida 11.8 GVt ni tashkil qilgan. Elektr energiyaga bo‘lgan eng yuqori talab soat 14:52 qayd etilgan. Bu ko‘rsatgichlar 2024-yilning iyul oyining shu davriga nisbatan 7.6 foizga va oy boshidan hisoblaganda 11 foizga yuqorilaganini ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda amalga oshirilgan bir qancha tashabbuslar allaqachon quyosh issiqlik texnologiyalari salohiyatini namoyish etgan. Masalan, mahalliy “Techno Future” kompaniyasi yirik kollektor tizimlarini o‘rnatdi, masalan, Toshkentdagi Astronomiya maktabida kuniga olti tonna issiq suv bilan ta’minlaydigan 90 kollektorli qurilma [6]. Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida olib borilgan eksperimental tadqiqotlarda quyosh, shamol va geotermal energiyani birlashtirgan gibrid trigeneratsiya tizimlari ham olis hududlarni isitish, sovutish va energiya bilan ta’minlash uchun o‘rganildi [7]. Ushbu misollar ham texnik imkoniyatlarni, ham quyosh issiqlik dasturlariga mahalliy qiziqishning ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Biroq, qazib olinadigan yoqilg‘i subsidiyalari, cheklangan qoidalar va ilg‘or saqlash texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoj kabi muammolar keng miqyosda joylashtirish uchun to‘siq bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqola O‘zbekistonning quyosh energiyasini sovutish salohiyatini tahlil qilish, mavjud loyihalarni ko‘rib chiqish va quyosh issiqlik tizimlarini milliy energetika strategiyasiga integratsiya qilishning kelajakdagi imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Kundalik sharoitimizda biz ko‘plab marotoba sovutish tizimlariga duch kelamiz. Bularga bino va inshootlarni sovutish tizimi, muzlatgichlar, sovutish omborlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda bu qurilmalarning asosiy manbai elektr energiyasiligicha qolmoqda. Quyosh bilan kombinatsiyalashgan sovutgichlarni atrofda uchratish ancha qiyin. Shunga qaramay jahonda va mamlakatimizda quyosh bilan kombinatsiyalashgan sovutgichlar ustida ko‘plab ishlar olib borilgan va yuqori natijalarga erishilgan. Biz ham sovutish tizimlarining aynan quyosh bilan birga ishlovchi tizimlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda dunyoda insoniyat foydalanib kelayotgan quyosh sovutgichlarining ko‘plab turlari va shakllarini ko‘rishimiz mumkin. Ammo ularning eng ko‘p tarqalgani quyosh issiqlik sovutish tizimi, quyosh fotovaltik (PV) sovutish tizimi va gibrid quyosh sovutish tizimlaridir. 2-rasm. Quyosh sovutish tizimi turlari. Quyosh sovutish tizimlari Quyosh PV (Fotovaltik) sovutish tizimi Quyosh issiqlik sovutish tizimlari Gibrid quyosh sovutish tizimlari Quyosh issiqlik havo konditsioneri Qurituvchi sovutish tizimi Absorbsion sovutgichlar Adsorbsion sovutgichlar Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 156 Mashinasozlik va energetika Asosiy manbai quyosh bo‘lishiga qaramay bu sistemalarning har biri tuzilishi va ish jarayonlari bilan farqlanadi. Quyosh issiqlik sovutish tizimlari (Solar Thermal Cooling Systems) – bu quyoshdan olingan issiqlik energiyasidan foydalanib, sovutish va konditsionerlik jarayonini amalga oshiradigan tizimlardir. An’anaviy elektr-kompressorga asoslangan konditsionerlardan farqli ravishda, bu tizimlarda issiqlik asosiy manba sifatida ishlatiladi. Quyosh termal sovutish tizimlarida quyosh kollektorlaridan olingan issiqlik sovutish jarayonini boshlash uchun ishlatiladi. Quyosh termal sovutish tizimlari 3 turga bo‘linadi. 1. Absorbsion sovutgichlar. Absorbsion sovutgichlar - sovutish davrini boshqarish uchun issiqlik energiyasidan (kompressordan mexanik energiya o‘rniga) foydalanadigan sovutish tizimi. Ular ko‘pincha quyosh issiqlik kollektorlari, chiqindi issiqlik yoki tabiiy gaz bilan quvvatlanadi, bu ularni qayta tiklanadigan manbalarga asoslangan sovutish uchun mos keladi. Issiqlik energiya Kondensatsiyalangan manbai suvning qaytishi Elektr energiya Issiqlik ajralib Sovutilgan suv ta’minoti chiqish Sovutilgan suv qaytishi 3-rasm. Absorbsion sovutgichlarning ishlash prinsipi [8] Absorbsion sovutish tizimi foydali ish koeffitsiyentini aniqlash: FIK𝑎𝑏𝑠= 𝑃𝑒𝑣𝑎𝑝 𝑃𝑔𝑒𝑛𝑒𝑟𝑎𝑡𝑜𝑟− 𝑊𝑛𝑎𝑠𝑜𝑠 Sovutish minorasi Generator Kondensator Kondensatsiyalangan suvning ta’minoti Kengaytirish vali nasos Absorber Sovutila digan Evaporator Bu yerda: 𝑃𝑒𝑣𝑎𝑝- evaporatordan olinadigan issiqlik (sovutish quvvati) (kW yoki kJ/s) 𝑃𝑔𝑒𝑛𝑒𝑟𝑎𝑡𝑜𝑟- generator uchun berilgan issiqlik (quyosh kollektoridan, bug‘ qozonidan) (kJ/s) 𝑊𝑛𝑎𝑠𝑜𝑠- nasos sarfi (kW yoki kJ/s) 2. Adsorbsion sovutgichlar. Adsorbsion sovutgichlar – kompressorsiz, ekologik va energiya tejamkor sovutish texnologiyasi. U quyosh issiqligi yoki chiqindi issiqlikdan samarali foydalanadi, lekin past samaradorlik (COP), katta joy talab qilishi va yuqori boshlang‘ich narx sababli hozircha asosan yirik sanoat loyihalarida yoki ilmiy-amaliy sohada qo‘llanilmoqda. Adsorbsion sovutgich suyuq eritma o‘rniga sorbentin sifatida qattiq materialdan foydalanadi. Odatda mashinada to‘rtta issiqlik almashtirgich mavjud, ya’ni ikkita adsorbsion kamera, kondensator va bug‘lantiruvchi, ularni 4-rasmda ko‘rish mumkin. Har bir siklda kameralardan biri adsorber bo‘lsa, ikkinchisi desorber bo‘ladi, adsorbsion bo‘linmadagi desorbsion material suvning suv bilan to‘yinganligi ma’lum darajaga ko‘tarilishi bilanoq, ularning funksiyasi o‘zgaradi. Evaporatatorda uzluksiz sovutish effekti hosil bo‘ladi. 4-rasmda 1-adsorbsion kamera adsorber bo‘lib ishlaydi va evaporatatorga ulanadi, u yerda past bosimli sovutgich (suv) tashqi sovutish yuki (sovutilgan suv) yordamida bug‘lanadi va foydali “sovuq” hosil bo‘ladi. Qattiq adsorbsion material (kremniy-gellangan) so‘ng saqlovchi kameraga singib ketadi. Shu bilan birga, sovutish suvi adsorberni sovutish va adsorbsiya jarayonini saqlab turish uchun ishlatiladi. 2adsorbsion kameraga kelsak, u desorber vazifasini bajaradi va 2-kameradan chiqadigan sovutgichni “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 157 Mechanical engineering and energy kondensatsiya qiluvchi kondensatorga ulanadi va bu kondensat bug‘latgichga qaytadi. Sovutgichning desorbsiyasini saqlab turish uchun kamera 2 issiq suv bilan isitiladi. Adsorbsion sovutish tizimi samaradorligini aniqlash. FIK𝑎𝑑𝑠= 𝑃𝑠𝑜𝑣 𝑃𝑖𝑠𝑠𝑖𝑞 Bu yerda: 𝑃𝑠𝑜𝑣- foydali sovutish quvvati (kJ yoki kW); 𝑃𝑖𝑠𝑠𝑖𝑞- berilgan issiqlikning (quyosh kollektoridan yoki boshqa manbadan) foydali sovutish quvvati (kJ yoki kW) Vall 1 Vall 2 Sovutuvchi suyuqlik idishi Kengaytrish qurilmasi Vall 3 Vall 4 4-rasm. Adsorpsion sovutish sistemasining ishlash diagrammasi [9]. 3. Qurituvchi sovutish tizimi. Qurituvchi sovutish tizimi — bu havo namligini kamaytirish orqali sovutish samaradorligini oshiradigan texnologiya. Chunki namlik yuqori bo‘lganda, havoni sovutish uchun ko‘proq energiya kerak bo‘ladi.Ushbu tizimlarda desiccant material (Silikagel, zeolit, aktiv uglerod, Litiy xlorid (LiCl), litiy bromid (LiBr)) qo‘llaniladi. Havo quritilib, so‘ngra oddiy issiqlik almashinuvi yordamida sovutiladi. Nam havo chiqariladi Nam havo kiradi Quruq havo sovutiladi Issiq havo regeneratsiyasi Kondensator Adsorbent RII Adsorbent RI Bug’latgich Qurutuvchi 5-rasm. Qurutuvchi sovutish tizimining ishlash diagrammasi. Qurutuvchi sovutish tizimining ishlash tizimi quyidagicha: Nam havo - qurituvchi rotor orqali o‘tadi va namlik yutiladi. Quruq havo -sovutilib, xonaga yuboriladi. Issiq havo (regeneratsiya)-rotorni qizdirib, namlikni chiqaradi. Nam havo chiqariladi -tashqariga yo‘naltiriladi. Qurutuvchi sovutish tizimi samaradorligini aniqlash. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 158 Mashinasozlik va energetika FIK= 𝑃𝑠𝑜𝑣 𝑃𝑟𝑒𝑔+𝛼𝑃𝑒𝑙𝑒𝑘𝑡𝑟 Bu yerda; 𝑃𝑠𝑜𝑣- Sovutish quvvati (kVt), 𝑃𝑟𝑒𝑔- Regeneratsiya quvvati (kVt), 𝛼-elektrni issiqlikka ekvivalentlashtiruvchi omil. Oddiy baholashda 𝛼=1 deb olinadi, birlamchi energiyada ko‘pincha 𝛼 = 2.5-3, 𝑃𝑒𝑙𝑒𝑘𝑡𝑟- Elektr quvvati (kVt) 4. Quyosh issiqlik havo konditsioneri. Quyosh issiqlik havo konditsioneri - Bu tizimning maqsadi – quyosh nurlari yordamida issiqlik yig‘ib, shu issiqlikdan foydalanib sovutish jarayonini amalga oshirish. An’anaviy konditsionerlarda elektr bilan ishlaydigan kompressor asosiy rolni o‘ynaydi. Quyosh termal konditsionerida esa issiqlik manbai (quyosh) asosiy rolni bajaradi,ya’ni, issiqlikni sovutishga aylantiruvchi tizim. FIK= 𝑃𝑠𝑜𝑣 𝑃𝑟𝑒𝑔+𝛼𝑃𝑒𝑙𝑒𝑘𝑡𝑟 Bu yerda; 𝑃𝑠𝑜𝑣- Sovutish quvvati (kVt), 𝑃𝑟𝑒𝑔- Regeneratsiya quvvati (kVt), 𝛼-elektrni issiqlikka ekvivalentlashtiruvchi omil. Oddiy baholashda 𝛼=1 deb olinadi, birlamchi energiyada ko‘pincha 𝛼 = 2.5-3, 𝑃𝑒𝑙𝑒𝑘𝑡𝑟- Elektr quvvati (kVt) 6-rasm. Quyosh issiqlik havo konditsionerining ishlash sxemasi [10]. Yuqoridagi rasmda quyosh issiqlik havo konditsionering tuzilishi keltirilgan. Bu yerda; 1. Quyosh kollektori (solar collector) – yuqorida joylashgan va quyosh nurlarini yutadi. 2. Trubkalar – bu trubkalar orqali suyuqlik aylanishi natijasida issiqlik tashiladi. 3. Konditsioner bloki – quyosh issiqligi yordamida ishlaydigan sovutish tizimining asosiy qismi. 4. Vacuum Collector – quyosh energiyasini yig‘adi. 5. Heat Exchanger – kollektordan olingan issiqlikni sovutish tizimiga uzatadi. 6. Compressor – freonni siqib, bosimini oshiradi. 7. Condenser – issiq gazni suyuqlikka aylantiradi. 8. Receiver Dryer – namlikni ajratib, filtrlaydi. 9. Expansion Valve – bosimni pasaytiradi. 10. Evaporator – freon bu yerda bug‘lanadi va xona ichidan issiqlikni yutadi. Quyosh PV (Fotovaltik) sovutish tizimi. Quyosh PV (Fotovaltik) sovutish tizimi – bu quyosh panellari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarib, oddiy konditsioner yoki sovutish tizimini quvvatlantiruvchi texnologiyadir. Oddiy qilib aytganda quyosh nurlari quyosh panellar “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 159 Mechanical engineering and energy orqali elektr energiyasiga aylanadi va kompressorli konditsioner ishlaydi. Bu tizimning ishlash prinsipi quyidagicha: 1) Quyosh nuri tushadi va PV panel elektr energiya ishlab chiqaradi. 2) PV panelga tushgan quyosh nuri bir qismi issiqlikka aylanadi, bu panelni isitadi. 3) Panel orqasidagi suyuq sovutgich (odatda suv yoki suv + antigel aralashmasi) quvur orqali oqib o‘tadi. 4) Bu suyuqlik paneldan issiqlik yutib oladi va haroratini oshiradi. 5) Issiq suyuqlik rezervuar (yoki issiqlik almashuvchiga) yo‘naltiriladi, u yerda ortiqcha issiqlik tashqariga chiqariladi. 6) Suyuq yana sovitilgan holda qaytib panel orqasiga kiradi va jarayon takrorlanadi. 7) Shu bilan birga, panel harorati past bo‘lishi tufayli uning elektr samaradorligi oshadi. 3. Gibrid quyosh sovutish tizimi. Gibrid quyosh sovutish tizimlari bu quyosh issiqligi va quyosh fotovaltik tizimlarining birlashtirgan holda ishlaydigan sovutish tizimidir. U an’anaviy sovutish tizimlaridan farqli o‘laroq issiqlik va elektr energiya manbaidan foydalanadi. Ya’ni, bitta tizimda ham quyosh issiqligi yordamida sovutish, ham quyosh panellari ishlab chiqargan elektr yordamida kompressorli sovutish qo‘shib ishlatiladi. Sovutish tizimlarining samaradorligi. Sovutish tizimining samaradorligi qurilmaning sovutish quvvati olish uchun sarflanadigan energiya miqdoriga aytiladi(FIK). Bu har bir sovutish tizimi uchun har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Hozir shulardan bir nechtasini ko‘rib chiqishimiz kerak Kompressorli (freonli) sovutish tizimi uchun FIK𝑘𝑜𝑚= 𝑃𝑠𝑜𝑣 𝑊𝑒𝑙𝑒𝑘𝑡𝑟, 𝑃𝑆𝑜𝑣- m (h1−h4), 𝑊𝐸𝑙𝑒𝑘𝑡𝑟- m (h2−h1) Bu yerda: 𝑃𝑆𝑜𝑣- xona ichidan issiqlikni yutib oladigan foydali sovutish energiyasi (kW yoki kJ/s), 𝑊𝐸𝑙𝑒𝑘𝑡𝑟-kompressor tomonidan sarflanadigan mexanik/elektrik ish quvvati (kJ/kg); m – sovutuvchi modda massaviy sarfi (kg/s); h1, h2, h3, h4 – entalpiya qiymatlari (kJ/kg); 1–4 nuqtalar siklning turli bosqichlari (evaporator, kompressor, kondensator, kengaytirish klapani) Karno sovutgich sikli (Ideal holatda) FIK𝐾𝑎𝑟𝑛𝑜= 𝑇𝑝𝑎𝑠𝑡 𝑇𝑦𝑢𝑞− 𝑇𝑝𝑎𝑠𝑡 Bu yerda: 𝑇𝑝𝑎𝑠𝑡-sovutilayotgan muhit harorati (K), 𝑇𝑦𝑢𝑞-issiqlik tashlanadigan muhit harorati (K). Quyosh issiqlik sovutish tizimlari, PV sovutish tizimlari va gibrid texnologiyalar O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Absorbsion va adsorbsion chillerlar, shuningdek desiccant tizimlari elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi, tabiiy gazga qaramlikni pasaytirishi va atrof-muhitga zararli ta’sirlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Shu bilan birga, PV asosidagi tizimlar mavjud infratuzilmaga tez integratsiya qilinishi bilan qulaylik tug‘diradi, gibrid tizimlar esa ikki manbani birlashtirib samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Quyosh energiyasidan foydalanishga asoslangan sovutish tizimlari nafaqat elektr energiyasi iste’molini kamaytiradi, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish va energetik xavfsizlikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tizimlarning keng joriy etilishi orqali: 1. Energiya tejamkorligi ta’minlanadi – yoz mavsumida elektr tizimiga tushadigan yuqori yuklama kamayadi va importga bog‘liqlik qisqaradi. 2. Ekologik barqarorlik mustahkamlanadi – an’anaviy yoqilg‘ilarga qaramlik kamayib, karbon izlari sezilarli darajada qisqaradi. 3. Iqtisodiy samaradorlik oshadi – quyosh energiyasi bepul va cheksiz manba bo‘lib, uzoq muddatda ekspluatatsiya xarajatlari an’anaviy tizimlarga nisbatan arzonlashadi. 4. Texnologik taraqqiyot va innovatsiyalar rivojlanadi – mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ilmiy muassasalar yangi turdagi quyosh sovutish qurilmalarini yaratish orqali ichki bozorni kengaytiradi. 5. Hududiy imkoniyatlardan samarali foydalaniladi – O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari, quyoshli kunlar ko‘pligi va mavjud tajribalar bu sohada katta ustunlik beradi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 160 Mashinasozlik va energetika 1-jadval. Sovutish tizimlarining turlariga ko‘ra afzallik va kamchiliklari. Afzalliklari Kamchiliklari 1.Past samaradorlik (FIK). 2. Hajm va massaning kattaligi. 3. Ishga tushirish vaqti uzun. 4. Aniq issiqlik manbai talab qiladi. 5. Kristallanish xavfi. 6. Narxi nisbatan yuqori. Adsorbsion 1.Past elektr energiya sarfi. 2.Issiqlik manbalari bilan ishlash imkoniyati. 3.Tovushsiz ishlash. 4.Ekologik xavfsizlik. 5. Yirik quvvatlarda foydali Absorbsion 1. Past elektr sarfi. 2. Past bosimlarda ishlashi. 3. Chiqindi issiqlikdan foydalanish. 4. Shovqinsiz ishlash. 5. Texnik xizmat ko‘rsatish oson. 6. Ekologik xavfsiz 1. Past samaradorlik (FIK). 2.Katta o‘lcham va massa. 3. Ishga tushirish jarayoni sekin. 4.Issiqlik manbasiga qaramlik. 5. Namlik sezgirligi Qurutuvchi 1. Past elektr sarfi. 2. Quyosh va chiqindi issiqlikdan foydalanish. 3. Namlikni kamaytirish. 4. Ekologik xavfsiz. 5. Issiq va nam iqlimlar uchun samarali. 6. Markaziy konditsioner tizimlariga integratsiya qilinishi mumkin. 1. Past samaradorlik (FIK). 2. Regeneratsiya issiqligi talab etiladi. 3. Namligi past hududlarda samarasi cheklangan. 4. Katta o‘lcham va murakkablik. 5. Dastlabki narxi yuqori. Quyosh issiqlik havo konditsioneri 1. Dastlabki xarajat yuqori. 2. Murakkab tizim. 3. Katta joy talab qiladi. 4. Quyoshning samaradorligi tushganda, qo'shimcha elektr manbai ta'lab qiladi. 5. Texnik xizmat ko‘rsatish murakkab. 6. Past samaradorlik (FIK). Quyosh PV(fotovaltik) sovutish tizimlari 1. Energiya tejamkor. 2. Ekologik toza. 3. Yozgi issiq iqlimlarga mos. 4. Issiq suv va sovutishni birgalikda ta’minlash. 5.Tarmoq elektr energiyasiga qaramlikni kamaytiradi. 6. Yirik binolar uchun maqbul yechim 1. Qo‘shimcha xarajat ko'pligi. 2. Murakkablik. 3. Suv resursiga bog‘liq. 4. Issiqlikni chiqarish muammosi. 5. Har doim yuqori samaradorlik bermaydi 1. Elektr samaradorligi yuqori. 2. Ikki tomonlama energiya olish imkoniyati. 3. Ekologik toza. 4. Quyosh issiqligidan maksimal foydalanish. 1. Dastlabki investitsiya yuqori. 2. Murakkab tizim. 3. Katta joy talab qiladi. 4. Mavsumiy o‘zgarishlarga sezgir. 5.Texnik xizmat ko‘rsatish murakkab. Gibrid quyosh sovutish tizimlari 1. Energiya samaradorligi yuqori. 2. Elektr tarmog‘iga yukni kamaytiradi. 3. Atrof-muhitga zarar bermaydi. 4. Issitadi va sovutadi. 5. Quyoshli va issiq iqlimlarga mos. 6. Ekologik toza. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 161 Mechanical engineering and energy https://solarthermalworld.org/news/rising-demand-solar-thermal-uzbekistan/?utm 7. A.B. Safarov, O.I. Rakhmatov and Yu.G. Uzakova. Autonomous heat-cooling and power supply Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 162