Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Quruq iqlimda yetishtirilgan bug‘doy donini ochiq omborlarda saqlashning mahsulot xossalariga ta’siri
RAVSHANOV S.S., BOTIROV M.SH., ERGASHEVA M., MIRZAEV J.D., SHODMONQULOVA Q.
Abstracts
Ushbu maqolada quruq iqlim sharoitida bug‘doy donlarini o‘rim-yig‘imdan keyingi yetilish davrida ochiq omborxonalarda saqlashning ularning texnologik xossalariga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganish natijalari bayon qilingan. Tadqiqot davomida donning namligi, harorati, kleykovina miqdori hamda sifati va uning nonvoylik xossalarida o‘zgarishlar kuzatildi. Olingan natijalar ochiq omborxonalarda saqlashda bug‘doy donida biokimyoviy jarayonlarning jadallashuvi va bu esa texnologik ko‘rsatkichlarga sezilarli ta’sir qilishini ko‘rsatdi.
bug‘doy doniochiq omborquruq iqlimyetilish davritexnologik xossalarsaqlashbiokimyoviy jarayonlar. INFLUENCE OF STORAGE OF WHEAT GRAIN GROWN IN DRY CLIMATIC CONDITIONS IN OPEN WAREHOUSES ON PRODUCT PROPERTIES 1Ravshanov S.S.2Botirov M.Sh.1Ergashev A.M.2Mirzaev J.D.1Shodmonqulova Q. 1Tashkent institute of chemical technology2Karshi state technical university
This article presents the results of a study on the influence of storage conditions of wheat in open warehouses under arid climate conditions during the post-harvest ripening period on its technological properties. During the research, changes in the grain’s moisture content, temperature, gluten quantity and quality, as well as baking properties were observed. The obtained results showed that storing wheat in open warehouses leads to an intensification of biochemical processes, which significantly affects the technological characteristics of the grain.
Article Content
Kirish. Bug‘doy donining texnologik xossalari - nafaqat uning fizik-kimyoviy, nonvoylik xossalari va nav xususiyatlariga, balki uni yig‘ib olinganidan keyingi yetilish va saqlash sharoitiga ham bevosita bog‘liqdir. Quruq iqlim sharoitida yetishtirilgan mahalliy bug‘doy don turkumlari odatda ochiq omborlarda saqlanadi, bu esa harorat va namlikning keskin farqlanishiga olib keladi. Bunday sharoitlar uyumning turli qatlamlarida joylashagan donlarning ichida kechadigan biokimyoviy jarayonlarga, xususan nafas olish faolligi, oqsillar va uglevodlarning parchalanish darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ushbu jarayonlarning donning texnologik xossalariga ta’sirini ilmiy asosda o‘rganish zarur. Mazkur tadqiqot doirasida, ya’ni o‘rim-yig‘imdan keyingi pishib yetilish davrida bug‘doy don turkumlarini saqlashda, miqdor va sifat yo‘qotishlarni minimallashtirish yuzasidan keng ilmiy izlanishlar olib borilgan [1-3]. Bug‘doy donining sifat va miqdor yo‘qotishlarining katta qismi o‘rib yig‘ib olingandan keyingi saqlash va unga ishlov berish jarayonlariga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘qotishlarni don sifatini nazorat qilishning samarali va zamonaviy usullarini qo‘llash orqali kamaytirish mumkin [4]. Bug‘doy donlarining rangini va geometrik o‘lchamlarini obyektiv baholash usuli uzoq muddatli saqlashga mo‘ljallangan don sifatini nazorat qilishning innovatsion texnologiyasini yaratish uchun asos hisoblanadi [5, 6]. Ma’lumki, donni saqlash jarayonida uning butun biokimyoviy tarkibida o‘zgarishlar kuzatiladi [7], uning tarkibidagi azotli moddalarning umumiy miqdori o‘zgarmasdan qoladi yoki oz miqdorda ortishi mumkin, bu uglevodlar ulushining nafas olish jarayonida kamayishi hisobiga sodir bo‘ladi [8]. Aksariyat tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, yarim yillik saqlashdan so‘ng, bug‘doy donining biologik va intensiv dehqonchilik usullarida yetishtirilgan namunalardan tortilgan unlardan tayyorlangan xamirning reologik xususiyatlari yaxshilanishi hamda ular xamirning strukturamexanik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunishi: xamirning qattiqligi ortib, cho‘ziluvchanligi kamayadi va natijada ularning nisbati ortadi [9,10]. X.A. Malkanduyev, R.I. Shamurzayev va A.X. Malkanduyevalarning tadqiqotlari xulosalarida, yig‘im-terimdan keyingi yetilish jarayonida donning texnologik xususiyatlari biokimyoviy jarayonlarning faollashishi natijasida yaxshilanishi bayon etilgan [11]. Demak, yig‘imterimdan keyingi yetilish jarayonlarini boshqarish orqali donning texnologik sifat ko‘rsatkichlarini
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 184
Food industry technologies
sezilarli darajada yaxshilash mumkin. Ammo yuqoridagi tadqiqotlar nam iqlim sharoitida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘lib, respublikamizning quruq iqlim sharoitida bug‘doy donini yetishtirilishi hamda ular o‘rim-yig‘imdan keyingi pishib yetilish davrida ochiq omborlarda saqlanishining texnologik xossalariga ta’siri o‘rganilmagan. Tadqiqot maqsadi - bug‘doy donini o‘rim-yig‘imdan keyingi pishib yetilish davrida ochiq omborlarda saqlanish jarayonida tushish soni ko‘rsatkichining o‘zgarishini tahlil etishdan iborat. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot obyekti sifatida “Don xalq rizqi” AJ korxonasining ochiq omborxonalarida saqlangan 2024-2025-yillardagi bug‘doy doni hosili olindi. Bug‘doy donini korxonaga qabul qilishdan boshlab, 30 kun davomida GOST 13586.3–83 bo‘yicha uyumdan namunalar olinib, GOST 27676-88 bo‘yicha tushish soni aniqlandi. Natijalar va muhokama. Tadqiq etilayotgan “Don xalq rizqi” AJ korxonasining ochiq omborxonalarida saqlanayotgan 2024-2025-yillardagi don uyumidan 01.07.2023 dan 30.07.2023 gacha har kuni soat 11:00, 13:00 va 16:00 da vertikal qatlam bo‘yicha 5 sm, 30 sm, 60 sm hamda 90 sm chuqurlikdan namunalar olindi. Olingan namunalarning kunlik o‘rtacha harorati 39,1-51,6oC ni tashkil etdi. Ammo 30 kunning 22 kunida, soat13:00 va 16:00 da don uyumining yuqori qatlami harorati 55oC dan oshdi. Olingan namunalarning tushish soni ko‘rsatkichi har 5 kundan tahlil etildi va tadqiqotlar natijalari 1-jadvalda keltirilgan. 1 - jadval Ochiq omborda saqlanayotgan don uyumining vertikal qatlam bo‘yicha harorati va uning tushish soni ko‘rsatkichiga ta’siri
Pastki qatlam tushish soni, sek 01.07.2023 7.8 / 7.9 54 511 38 510 05.07.2023 7.6 / 7.8 59 483 41 463 10.07.2023 7.2 / 7.7 61 481 42 462 15.07.2023 7.0 7.7 56 546 38 456 20.07.2023 7.0 / 7.6 58 562 39 458 25.07.2023 6.9 / 7.6 55 576 38 457 30.07.2023 6.9 / 7.6 53 590 36 461 Jadvalda keltirilgan tajriba natijalaridan ko‘rinadiki, ochiq omborda saqlash davomida don uyumining yuqori va pastki qatlamlarida harorat, namlikning o‘zgarishi tushish sonining aniq dinamik o‘zgarishiga olib kelgan.Yuqori qatlamda namlikning 7,8% dan 6,9% gacha pasayishi, o‘rtacha harorat 56,6oC tashkil etishi tushish sonini 79 sekund ortishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Pastki qatlamda esa bu o‘zgarish deyarli sezilarsiz, chunki namlik 0,3% oraliqda tebranishi hamda o‘rtacha haroratning (38,9oC) amilolitik fermentlarning denaturatsiyalanish haroratidan pastligi tushish sonining pasayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Olingan tajriba natijalaridan yuqori qatlam uchun tushish soni modeli quyidagicha ifodalanadi. Tushish soni (TS↑) harorat (T↑) va namlik (W↑) orqali taxmin qilinadi. Jadval ma’lumotlari asosida ko‘rinib turibdiki: harorat ortishida → dastlab tushish soni kamayadi (ferment faolligi ortishi); namlik kamayishi → keyinchalik fermentlar denaturatsiyalanib tushish soni ortgan. Shuning uchun polinomial (ikkinchi darajali) regressiya qo‘llash maqsadga muvofiq: TS↑=a+b⋅T↑+c⋅T↑2+d⋅W↑ Pastki qatlam uchun tushish soni modeli quyidagicha ifodalanadi. Pastki qatlamda harorat o‘zgarishi ahamiyatsiz darajadaligi sababli oddiy to‘g‘ri chiziqli (liney) regressiya bilan ifodalash yetarli: TS↓=p+q⋅T↓+r⋅W↓ Xulosa. Yuqori qatlamda harorat va namlik o‘zgarishi ferment faolligiga kuchli ta’sir
Don uyumning yuqori qatlam harorati,oC
Yuqori qatlam tushish soni, sek
Yuqori qatlam/ pastki qatlam namligi, %
Don uyumning pastki qatlam harorati, oC
Sana
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 185
Oziq-ovqat sanoati texnologiyalari
ko‘rsatadi. Harorat ortishi va namlik pasayishi natijasida dastlab tushish soni pasayib, keyin ferment denaturatsiyasi hisobiga yana ortadi. Pastki qatlamdagi harorat past va namlik barqaror bo‘lganligi sababli ferment faolligidagi o‘zgarishlar sust kechadi, natijada tushish sonidagi o‘zgarishlar ham yumshoq va uzoq muddatli bo‘ladi. Tadqiqotlar natijalari asosida yig‘im-terimdan keyingi yetilish davrida donning texnologik xususiyatlari shakllanishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Yangi yig‘ib olingan donda biokimyoviy jarayonlar jadal sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. Ya’ni ochiq omborlarda saqlanayotgan don uyumining texnologik xossalariga ob-havo sharoiti yig‘im-terimdan keyingi yetilish muddatiga kuchli ta’sir qiladi. Bu mahalliy bug‘doy donlarini o‘rim-yig‘imdan keyingi pishib yetilish davrida saqlashning texnologik rejimini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur tadqiqotlar olib borish zarurligini ko‘rsatdi
References (11)
- 1. Marid Taddese, Kumela Dibaba, Wakuma Bayissa, Debela Hunde, Esayas Mendesil, Menale Kassie, Christopher Mutungi, Tadele Tefera. Assessment of quantitative and qualitative losses of stored grains due to insect infestation in Ethiopia // Journal of Stored Products Research. - 2020. https://doi.org/10.1016/j.jspr.2020.101689.
- 2. Штейнберг Т.С., Мелешкина Е.П., Семикина Л.И., Шведова О.Г., Аматуни А.Л. Уникальная технология контроля зерна, направленная на сокращение потерь при хранении // Вестник АГАУ. -2017. №11 (157). C.146-150.
- 3. Kumar D, Kalita P. Reducing Postharvest Losses during Storage of Grain Crops to Strengthen Food Security in Developing Countries. Foods. -2017. Jan 15;6(1):8. doi: 10.3390/foods6010008. PMID: 28231087; PMCID: PMC5296677.
- 4. Шаймeрдeнова Д. А. Cовeршeнcтвованиe cиcтeмы повышeния и иcпользования тeхнологичecкого потeнциала зeрна мягкой пшeницы в уcловиях казахcтана: Диcc.. док.тех. наук – Воронeж, – 2019. C.356.
- 5. Evlice, A.K., Cetiner, B. (2025). Perfecting Wheat Quality, Quality Analysis, and Production Processes via Digital and Artificial Intelligence Approaches. In: Zencirci, N., et al.// Empowering Wheat Cultivation with GIS, Digital Approaches and Artificial Intelligence. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-031-99954-3_10
- 6. Zhao B, Zhang Y, Jing D, et al. A Study on the Quality Stability of Wheat Grains at Designated Locations Across Multiple Years // Scientia Agricultura Sinica, -2024. 57(9): P. 1833-1844. https://doi.org/10.3864/j.issn.0578-1752.2024.09.016
- 7. Strelec, I.; Mrša, V.; Simović, D.Š.; Petrović, J.; Zahorec, J.; Budžaki, S. Biochemical and Quality Parameter Changes of Wheat Grains during One-Year Storage under Different Storage Conditions. Sustainability -2024. 16, 1155. https://doi.org/10.3390/su16031155
- 8. Zia-Ur-Rehman. Storage effects on nutritional quality of commonly consumed cereals // Food Chemistry. -2006., P. 53-57. https://doi.org/10.1016/j.foodchem.2004.12.017.
- 9. Малкандуев Х.А., Шамурзаев Р.И., Базгиев М.А., Бадургова К.Ш., Малкандуева А.Х. Изменение семенных и технологических свойств зерна озимой пшеницы в период послеуборочного дозревания // Известия Кабардино-Балкарского научного центра РАН. - 2019. -№ 2(28). С. 102–108.
- 10. Тангиев М.И., Мархиева Л.Х. Влияние сроков и нормы высева на густоту стояния растений и урожайность яровой твердой пшеницы Харьковская 23 // Стратегия адаптивного ведения сельского хозяйства в условиях экономического кризиса: сб. науч. тр. Ингушской сельскохозяйственной опытной станции.- Нальчик– агас, 2004. С. 12–14.
- 11. Малкандуев Х.А., Шамурзаев Р.И., Малкандуева А.Х. Технологические свойства озимой пшеницы в процессе послеуборочного дозревания // Известия КабардиноБалкарского научного центра РАН, - 2021. № 6 (104).- С. 146–154. DOI: 10.35330/19916639-2021-6-104-146-154. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 186