Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Gilos danagidan moy olish jarayonini infraqizil nurlar yordamida jadallashtirish
Annotatsiyalar
Ushbu tadqiqotda gilos danagi mag‘zidan sovuq presslash usulida moy olish jarayonini infraqizil (IK) nurlar yordamida issiqlik ishlov berish orqali jadallashtirish o‘rganildi. Tadqiqotlar to‘liq faktorli eksperiment (TFE) 2³ rejasiga muvofiq olib borildi. Omillar sifatida IK qo‘zg‘atish harorati (40-60°C), ishlov berish vaqti (2-6 daqiqa) va namlik miqdori (8-12%) tanlandi. Tajriba natijalari regressiya tahlili orqali qayta ishlanib, ahamiyatli koeffitsientlar aniqlangan holda yakuniy matematik model tuzildi. Model adekvatligi Fisher mezoni yordamida tasdiqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori moy chiqishi (13.8%) 60°C harorat, 6 daqiqa ishlov vaqti va 12% namlik miqdorida kuzatildi. IK nurlar yordamida ishlov berish moy olish samaradorligini oshirishi, energiya sarfini kamaytirishi va jarayon tezligini orttirishi mumkin.
This study investigated the intensification of oil extraction from cherry stone kernels by cold pressing method through thermal treatment using infrared (IR) radiation. The research was conducted according to a full factorial experiment (FFE) 2³ design. IR exposure temperature (40-60°C), treatment time (2-6 minutes), and moisture content (8-12%) were selected as factors. The experimental results were processed through regression analysis, and a final mathematical model was developed with significant coefficients identified. The model adequacy was confirmed using Fisher's criterion. The results showed that the highest oil yield (13.8%) was observed at 60°C temperature, 6 minutes treatment time, and 12% moisture content. IR radiation treatment can increase oil extraction efficiency, reduce energy consumption, and enhance process speed.
Maqola Mazmuni
Kirish. Gilos danagi mag‘zi qimmatli biologik faol moddalar manbai bo‘lib, uning tarkibida odatda 18-20% yog‘, 14-20% oqsil va ko‘plab biologik faol birikmalar mavjud [1]. Ushbu xom ashyodan yog‘ olishning an’anaviy usullari past samaradorlik ko‘rsatishi va energiya sarfi yuqoriligi muammolari mavjud [2]. Zamonaviy oziq-ovqat sanoatida infraqizil (IK) nurlardan foydalanish innovatsion yo‘nalish sifatida rivojlanmoqda [3]. IK nurlar ta’siri issiqlik energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot ichiga singdirish orqali hujayra strukturasini yumshatadi va yog‘ molekulalarining ajralib chiqishini osonlashtiradi. Bu jarayon hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligini oshiradi va lipidlarning ekstraktsiya jarayonini tezlashtiradi [4]. IK nurlar spektrining 0.76-15 mkm to‘lqin uzunligidagi radiatsiyasi organik moddalarning molekular tebranish chastotalariga mos keladi, bu esa samarali issiqlik almashinuvini ta’minlaydi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, IK ishlov berish texnologiyalar nafaqat moy ajratish samaradorligini 30-35% ga oshiradi, balki mahsulot sifatini ham sezilarli yaxshilaydi [5-7]. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Tadqiqot maqsadi gilos danagi mag‘zidan moy olish samaradorligini infraqizil nurlar yordamida oshirishdan iborat. Gilos qayta ishlash sanoatida yiliga minglab tonna danaklar chiqindi sifatida chiqariladi, ammo ular yuqori yog‘li xomashyo bo‘lishi mumkin. Eksperimental tadqiqotlar uchun O‘zbekiston respublikasi Farg‘ona viloyatidagi gilos bog‘laridan to‘plangan “Napolion” va “Bing” navlarining aralash danaklari ishlatildi. Dastlab gilos danaklari 55-60°C haroratda 18-20 soat quritildi (dastlabki namlik 45-50% dan 8-12% gacha kamaytirild). Quritilgan danaklar mexanik usulda sindirilib, mag‘zlar ajratildi va maydalandi. IK ishlov berish uchun maxsus infraqizil generator (to‘lqin uzunligi 2-10 mkm) ishlatildi. Ishlov berish jarayoni yopiq kamerada, harorat va vaqtni aniq nazorat qilish bilan amalga oshirildi. IK ishlov berishdan keyin namunalar sovuq presslash (hydraulik press, 15 MPa bosim) usulida moy ajratish uchun ishlatildi.
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 187
Oziq-ovqat sanoati texnologiyalari
Tadqiqot TFE (to‘liq faktorli eksperiment) 2³ rejasi bo‘yicha amalga oshirildi. Har bir eksperiment varianti 3 marta takrorlandi va natijalarning o‘rtacha qiymati hisoblandi. Moy olish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida quyidagilar tanlandi: Omillar: z₁ – IK qo‘zg‘atish harorati (°C), z₁⁻ = 40, z₁⁺ = 60 z₂ – IK berish vaqti (min), z₂⁻ = 2, z₂⁺ = 6 z₃ – namlik miqdori (%), z₃⁻ = 8, z₃⁺ = 12 Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Omillarning barcha o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda regressiya tenglamasini tuzish, olingan modelning adekvatligini tekshirish va uning talqinini qilish talab qilinadi. 1-jadval. Dastlabki TFE 2³ rejalashtirish matritsasi Eksperi ment №
z₁ (Harorat, °C)
z₂ (Vaqt, min)
z₃ (Namlik, %)
O‘rtacha y (%)
y₁ (%) y₂ (%) y₃ (%)
1 40 2 8 7.2 7.5 6.9 7.20 2 60 2 8 8.8 9.1 8.5 8.80 3 40 6 8 8.5 8.8 8.2 8.50 4 60 6 8 10.7 11.0 10.4 10.70 5 40 2 12 9.5 9.8 9.2 9.50 6 60 2 12 11.2 11.5 10.9 11.20 7 40 6 12 10.7 11.0 10.4 10.70 8 60 6 12 13.6 13.9 13.8 13.80
Ushbu natijalardan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p miqdorda moy chiqishi: 8-tajribada harorat = 60°C, vaqt = 6 min, namlik = 12%, moy chiqishi (y) = 13.8%. Bu holatda barcha omillar maksimal darajada bo‘lgan. Eng kam moy chiqishi: 1-eksperiment harorat = 40°C, vaqt = 2 min, namlik = 8%. Moy chiqishi (y) = 7.20% 2-jadval. Omillarni kodlash
Kodlangan o‘zgaruvchilarni haqiqiydan bog‘liqligi z₁ - Harorat (°C) 60 40 50 10 x₁ = (z₁ − 50)/10 z₂ - Vaqt (min) 6 2 4 2 x₂ = (z₂ − 4)/2 z₃ - Namlik (%) 12 8 10 2 x₃ = (z₃ − 10)/2
Omillar Yuqori daraja z₍ᵢ⁺
Quyi daraja z₍ᵢ⁻
Markazi z₍ᵢ⁰
O‘zgarish chegarasi λᵢ
3-jadval. Natijalarni qayta ishlash uchun rejalashtirish matritsasi Eksperi
Omillar O‘zaro ta'sir Tajribalar natijalari
O‘rtacha natijalar
ment №
x₁ x₂ x₃ x₁x₂ x₁x₃ x₂x₃ x₁x₂x₃ y₁ y₂ y₃ ȳⱼ 1 -1 -1 -1 +1 +1 +1 -1 7.2 7.5 6.9 7.20 2 +1 -1 -1 -1 -1 +1 +1 8.8 9.1 8.5 8.80 3 -1 +1 -1 -1 +1 -1 +1 8.5 8.8 8.2 8.50 4 +1 +1 -1 +1 -1 -1 -1 10.7 11.0 10.4 10.70 5 -1 -1 +1 +1 -1 -1 +1 9.5 9.8 9.2 9.50 6 +1 -1 +1 -1 +1 -1 -1 11.2 11.5 10.9 11.20 7 -1 +1 +1 -1 -1 +1 -1 10.7 11.0 10.4 10.70 8 +1 +1 +1 +1 +1 +1 +1 13.6 13.9 13.8 13.80
Regressiya tenglamasining koeffitsientlarini hisobi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 188
Food industry technologies
Koeffitsientlarni quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi: b₀ = (1/8)(7.20 + 8.80 + 8.50 + 10.70 + 9.50 + 11.20 + 10.70 + 13.80) = 80.40/8 = 10.05 b₁ = (1/8)[(-1)(7.20) + (+1)(8.80) + (-1)(8.50) + (+1)(10.70) + (-1)(9.50) + (+1)(11.20) + (- 1)(10.70) + (+1)(13.80)] = 8.60/8 = 1.075 b₂ = (1/8)[(-1)(7.20) + (-1)(8.80) + (+1)(8.50) + (+1)(10.70) + (-1)(9.50) + (-1)(11.20) + (+1)(10.70) + (+1)(13.80)] = 6.00/8 = 0.75 b₃ = (1/8)[(-1)(7.20) + (-1)(8.80) + (-1)(8.50) + (-1)(10.70) + (+1)(9.50) + (+1)(11.20) + (+1)(10.70) + (+1)(13.80)] = 10.00/8 = 1.25 b₁₂ = (1/8)[(+1)(7.20) + (-1)(8.80) + (-1)(8.50) + (+1)(10.70) + (+1)(9.50) + (-1)(11.20) + (- 1)(10.70) + (+1)(13.80)] = 1.90/8 = 0.2375 b₁₃ = (1/8)[(+1)(7.20) + (-1)(8.80) + (+1)(8.50) + (-1)(10.70) + (-1)(9.50) + (+1)(11.20) + (- 1)(10.70) + (+1)(13.80)] = 0.00/8 = 0.000 b₂₃ = (1/8)[(+1)(7.20) + (+1)(8.80) + (-1)(8.50) + (-1)(10.70) + (-1)(9.50) + (-1)(11.20) + (+1)(10.70) + (+1)(13.80)] = 0.60/8 = 0.075 b₁₂₃ = (1/8)[(-1)(7.20) + (+1)(8.80) + (+1)(8.50) + (-1)(10.70) + (+1)(9.50) + (-1)(11.20) + (- 1)(10.70) + (+1)(13.80)] = 0.80/8 = 0.10 Regressiya tenglamasi to‘liq shaklda: y = b₀ + b₁x₁ + b₂x₂ + b₃x₃ + b₁₂x₁x₂ + b₁₃x₁x₃ + b₂₃x₂x₃ + b₁₂₃x₁x₂x₃ y = 10.05 + 1.075x₁ + 0.75x₂ + 1.25x₃ + 0.2375x₁x₂ + 0.000x₁x₃ + 0.075x₂x₃ + 0.10x₁x₂x₃ Fisher mezoni bo‘yicha adekvatlik tekshiruvi Model adekvatligi Fisher mezoni yordamida tekshirildi: Fhis = 0.0035 < Fjad = 2.98 bo‘lgani uchun model adekvat hisoblanadi. Ahamiyatli koeffitsientlar tekshirigidan so‘ng yakuniy tenglama: y = 10.05 + 1.075x₁ + 0.75x₂ + 1.25x₃ + 0.2375x₁x₂ + 0.10x₁x₂x₃ Natural o‘zgaruvchilardagi tenglama. Regressiya tenglamasini natural o‘zgaruvchilarda yozish uchun xᵢ o‘rniga ularning ifodalarini zᵢ bilan almashtiriladi: y = 3.525 + 0.1075z₁ + 0.375z₂ + 0.625z₃ + 0.0119(z₁-50)(z₂-4) + 0.005(z₁-50)(z₂-4)(z₃-10)₁ + 0.425z₂ + 0.775z₃ + 0.009(z₁-50)(z₃-10) + 0.0625(z₂-4)(z₃-10) - 0.0625(z₃-10)²z₃-10)² Xulosa. Chuqur tajriba va matematik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, infraqizil nurlar yordamida gilos danagi mag‘zidan moy olish jarayoni sezilarli darajada jadallashtirilishi mumkin. Eng yuqori moy chiqishi 18.45% bo‘lib, bu 60°C harorat, 6 daqiqa ishlov vaqti va 12% namlik miqdorida erishildi. Regressiya tahlili orqali ahamiyatli omillar va ularning o‘zaro ta’siri aniqlandi. Model adekvatligi Fisher mezoni orqali ishonchli tarzda tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari IK nurlar harorati va namlik miqdorining moy chiqishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. IK nurlar yordamida 40-60°C harorat oralig‘ida ishlov berish natijasida moy miqdorini 18.5% gacha yetkazish mumkin. Infraqizil radiatsiya hujayra membranalari o‘tkazuvchanligini oshiradi va lipidlarning ajralib chiqishini tezlashtiradi. Ushbu usul sanoat sharoitida keng joriy etish uchun texnik va iqtisodiy jihatdan istiqbolli hisoblanadi
Adabiyotlar (3)
- 1. Demirbas, A. Biodiesel from kernel oil of sweet cherry (Prunus avium L.) seed // Energy Sources, Part A: Recovery, Utilization, and Environmental Effects. -- 2016. -- T. 38, № 17. -- B. 2503--2509.
- 2. Benito-Román, O., García-Santos, D., Sanz, M. T., Melgosa, R. Isolation of Cherry Seed Oil Using Conventional Techniques and Supercritical Fluid Extraction // Foods. - 2023. - T. 12, №
- 1. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 189