Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Tola sifatini yaxshilash va tozalash maqsadida jinlash mashinasini ishchi qismlarini takomillashtirish

RAMAZONOV S.S., ISMOYILOV F.B.

Выпуск
1-son
Страницы
235–239
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
4 7

Аннотации

Maqolada paxtani dastlabki ishlov berish korxonalaridagi UXK agregatning tozalash samaradorligi va kamchiligi yoritilgan. Natijada paxta xomashyosi tarkibida qoladigan begona aralashmalar miqdori tahlil qilingan bo‘lib, iflos aralashma me’yordagi 0,7-1,2 % o‘rniga 1,8-2,2 % ni tashkil etgan. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarilayotgan tola sifatining pasayishiga sabab bo‘lib aralashmalarning massaviy ulushi o‘rtacha 3,44 % ni tashkil etishi tahlillar asosida aniqlangan. Jinlash jarayonida tolani samarali tozalash maqsadida arrali silindr yuqori qismiga 3 ta trapetsiya shaklli kolosniklar loyihalangan. Ushbu kolosnik konstruksiyasi va tuzilishi maqolada keng yoritilgan.

Содержание статьи

Paxta tozalash korxonalarida paxta tolasining sifati asosan uning pishib еtilganlik darajasi, shtapel uzunligi, toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushining miqdori bilan belgilanadi. Tolaning sifati daladan terilgan paxtani namlik va iflosligi, paxtani tayyorlash va saqlashda hamda paxtaga dastlabki ishlov berishda texnologik reglament asosida bo‘lishligi bilan uzviy bog‘liqdir. Paxta xomashyosidan sifatli tola olish uchun paxtani mayda va yirik iflosliklardan samarali tozalash kerak bo‘ladi. Paxtani mayda va yirik iflosliklardan samarali tozalash uchun UXK agregatidan foydalaniladi. Lekin qiyin tozalanuvchan seleksion navli paxtalarni еtishtirilishi va paxtani mashina yordamida terib olish hajmining oshishi paxta tarkibida ifloslik darajasini oshishiga olib kelmoqda. Tozalash texnologiyasidagi paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash UXK agregati iflosliklarni meyorda ajrata olmaydi. Texnologik tizim bo‘yicha UXK agregatidan keyin paxta tola ajratish mashinasiga uzatiladi. Bunda paxtadan tolani sifatli ajratish muhim ahamiyatga ega. Tolani sifatli ajratish uchun paxtani jinlashdan oldin arrali jin ta’minlagich-tozalagichida paxta mayda iflosliklardan tozalanadi. Aslida ushbu ta’minlagichning vazifasi tola ajratishga uzatilayotgan paxtani titib zichligini kamaytirish hisoblanadi. Natijada jinga berilayotgan yuqori va past navli paxtaning ifloslik darajasi yuqori hamda zichligi yuqori bo‘lib ifloslik 0,7-1,2 % o‘rniga 1,8-2,2 % ni tashkil etmoqda [1]. Tola ajratishga uzatilgan paxtaning ifloslik darajasini oshishi toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lib, ajratilayotgan tola sifatining pasayishiga olib kelmoqda. Paxtani dastlabki ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasida paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi UXK agregatining tozalash samaradorligi o‘rtacha 80-90 % gacha bo‘lishligi qayd etilgan. Lekin agregat konstruksiyasining kamchiligidan yuqori va past navli paxtalarni tozalashda haqiqiy tozalash samaradorligi o‘rtacha 70- 80 % ni tashkil etib, paxtani bir necha bosqichda va samarali tozalashning imkoniyati yo‘q. Tozalash samaradorligini oshirish uchun UXK agregatiga qo‘shimcha tozalash uskunalarini o‘rnatish texnologik tizimning energiya sarfini oshishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari tozalash “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 233 Textile and light industry technologies jarayonida aylanuvchan ishchi qismlarning ko‘payishi paxtani bir-necha aylanuvchi ishchi qismlar bilan o‘zaro ta’sirida paxtadagi tolaning o‘zaro ilashishini keskin oshiradi va bunday paxtani arrali jinlash jarayonida toladagi nuqsonlar va kalta tolani meyoridan oshishiga sabab bo‘lib, tola sifatiga salbiy ta’sir etadi. Odatda tola tarkibidagi ulyuk, chigit qobig‘li tola, chigallashgan tola paxtani jinlash jarayonida yuzaga kelib, ular asosan tolaning ustki qatlamida bo‘ladi. Shu sababli jinning o‘zida tolani ushbu iflos aralashmalardan tozalash tola tozalagichda tolani tozalash jarayoniga qaraganda oson kechadi. Shuning uchun paxtani UXK agregatida tozalab, tolani jinni o‘zida samarali tozalashga yo‘naltirish, tolaning tabiiy xususiyatiga ijobiy ta’sir etib, uning sifatini yaxshilaydi. Bularni e’tiborga olgan holda tolani arrali jinning o‘zida boshlang‘ich tozalab olish uchun 80 yillarning o‘rtalarida 8DP- 90 rusumli jin ishchi kamerasining konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritilib, kamera orqa qismiga 3 dona qo‘zgalmas kolosniklarni panjaraga o‘rnatiladi va sanoatga joriy etilishi maqsadga muvofiq. Ajratuvchi kolosniklar trapetsiya ko‘rinishida bo‘lib, kolosnik konstruksiyasi trapetsiya shaklga ega bo‘lib kolosniklar arralar orasiga 10-15 mm kirib turadi 1- rasm [2]. 1-rasm. Takomillashtirilgan 8DP- 90 rusumli arrali jin ko‘ndalang kesimining sxemasi. 1-ta’minlovchi valiklar, 2-qoziqli baraban, 3-to‘rli yuza, 4- chiqindini chiqarish shnegi, 5- ishchi kamera, 6- chigit tarog‘i, 7- kolosnik, 8- arrali silindr, 9- uzatilayotgan havo, 10-ulyuk va begona aralashma shnegi, 11- ifloslikni ajratuvchi kolosnikli panjara. Ajratuvchi kolosnik qalinligi mavjud kolosnik qalinligi bilan bir xil bo‘lib arra bilan oraliq masofasi 1-2 mm ni, tashkil etadi. 5DP-130 rusumli jinga o‘rnatilgan kolosniklar tola tarkibidan iflosliklarni ajratib, tolani tozalaydi. Lekin mavjud kolosniklar jin yondoriga alohida mahkamlangan bo‘lib mashinani titrashi bois kolosniklarning bo‘shab ketishi yuzaga kelgan. Kolosniklarning bo‘shab ketishi arrali silindr radiusiga nisbatan og‘ish burchagining va kolosniklar oraliq masofasining talab etilgan kattalikda doimiy ravishda bo‘lmasdan, o‘zgarishiga olib kelgan. Oqibatida tola tarkibidan ulyuk va boshqa iflosliklarning ajralishi kamaygan, kolosniklarning tozalash samaradorligi keskin pasayib, yuqori va past navli paxtani jinlashdan ishlab chiqarilgan tolani jinni o‘zida tozalanishida jinning tozalash samaradorligi o‘rtacha 15-20 % dan oshmagan. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 234 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari Bunda chiqindining toladorligi yuqori bo‘lib, tozalanayotgan tola navlari bo‘yicha chiqindi massasiga nisbatan o‘rtacha 25-35 % ni tashkil etgan. Shunday bo‘lsada tola sifatiga ijobiy ta’sir etayotganligi uchun 5DP-130 va DPZ-180 rusumli arrali jinlarda 2 donadan iborat bo‘lgan trapetsiya ko‘rinishidagi kolosniklar ishlatiladi. Tolani tozalash jarayoni asosan toladan turli iflosliklarni va keraksiz kalta tolalarni ajratib olishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon tolaning sifatini oshirishga, uning sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etishga va eng yuqori sifatdagi tolani olishga yordam beradi. Tozalash jarayonida arrali jinlarning yordamida tolaning toza va sifatli holga kelishi ta’minlanadi. Mazkur ajratuvchi kolosnik bilan tola tozalash jarayonini samarali amalga oshirish uchun mo‘ljallangan ilg‘or usuldir. Ushbu usul tola sifatini yaxshilashda va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega [3, 4]. 5DP-130 texnologiyasi mayda iflosliklarni ajratishda yanada samarali ishlaydi, bu esa tolani yuqori sifatli va toza holatga keltirish imkonini beradi. Ushbu kolosnik bilan jihozlangan tolani tozalash mashinasi yuqori samaradorlikka ega bo‘lib. U toladan turli iflosliklarini va kalta tolalarni samarali ajratib olishga yordam beradi. Bu jarayon tola sifatini yaxshilashga va ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirishga imkon beradi. Respublikamizda qiyin tozalanuvchan S-6524, An-Bayavut-2, Porloq-1, Namangan-77, Sulton, Ravnaq, Yuksalish va boshqa seleksion navli paxtalar еtishtirilmoqda. Yetishtirilayotgan qiyin tozalanuvchan seleksion navli paxtalarning hajmi umumiy еtishtirilayotgan paxta xomashyosini o‘rtacha 75 % ni tashkil etadi. Qiyin tozalanuvchan seleksion navli paxta xomashyosida mayda iflosliklarni paxta tolasiga yopishqoqlik darajasi yuqori bo‘lib, bugungi kundagi texnologiyada paxta va tola tarkibidan bunday iflosliklarni kerakli miqdorda ajratish imkoniyati еtarli darajada emas. Bundan tashqari qo‘l mehnatini еngillashtirish, qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish maqsadida yildan-yilga paxtani mashina yordamida terib olish hajmi kengaytirilmoqda. Paxta tozalash korxonalarida qabul qilinayotgan paxtaning sifati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ishlari, mashina yordamida terilgan paxtaning ifloslik darajasi qo‘l bilan terilgan paxtaning ifloslik darajasidan yuqori bo‘lib, Respublika bo‘yicha o‘rtacha 10- 15 % ni tashkil etishi o‘rganilgan. Qo‘l bilan terilgan qiyin tozalanuvchan yuqori va past navli paxtalarni va mashina yordamida terilgan paxtalarni jinlashda va jinni o‘zida tolani tozalashda jin ish unumdorligini oshirish, ishlab chiqarilgan tola sifatini yaxshilash uchun 2016 yilda “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ olimlari tomonidan 90 arrali 8DP-90 rusumli jin ishlab chiqariladi [5, 6] (1- rasm). Tavsiya etilayotgan takomillashtirilgan 8DP- 90 rusumli arrali jin quyidagicha ishlaydi; tozalash jarayonidan uzatilayotgan paxta xomashyosi SX separatori orqali jinlash mashinasi yuqorisida o‘rnatilgan nov yordamida jinlash mashinasining taminlash valiklari 1 ga uzatiladi. Ta’minlash valiklari xomashyoni bir maromda va qalinlikda qoziqli baraban 2 ga uzatadi. Xomashyoni qoziqli baraban qoziqlari orqali to‘rli yuza 3 ning ustidan sudrab o‘tishi natijasida xomashyoni qisman tozalab titib ishchi kamera 5 ga yo‘naltiradi. To‘rli sirtning ustidan o‘tayotgan xomashyo tarkibidagi ajralgan begona aralashmalar to‘rli sirt teshigidan pastga tushib chiqindini chiqarish shnegi 4 orqali mashinadan chiqarilib yuboriladi. Ishchi kameraga uzatilgan xomashyoni zichligi bir muncha kamaygan bo‘lib bunda arrali silindr 8 ning ta’siri orqali paxta xomashyosi ishchi kamera sirti bo‘ylab aylana boshlaydi. Ishchi kameradan arra silindri paxta tolasini ilib olib kolosnik 7 orasidan o‘tadi. Kolosnik orasidan arra tishi orqali o‘tayotgan tola tarkibida iflos aralashmalar mavjud bo‘lib ularni ajratib tashlash muhim hisoblanadi. Shu bois arra tishlari ildirib olgan tolani tozalash maqsadida ifloslikni ajratuvchi kolosnikli panjara 11 loyihalangan. Ushbu kolosnikni mavjud kolosnikdan farqi shundaki unga qo‘shimcha tarzda o‘rnatilgan trapetsiyasimon qo‘zg‘almas kolosniklar arraning ikki yon tomonidan 10-15 mm atrofida kirib turadi. Shunda arra tishlarida ilib olingan tolaning kolosnikdagi ta'siri yuqori bo‘lib iflos aralashmalar ajraladi. Bunda uchta kolosnik bilan xomashyoni ta’siri o‘zgarib boradi. Ya’ni tolani kolosnikka ta'siri kolosnik burchagini o‘zgarishiga bog’liq bo‘ladi. Bunda trapetsiya ko‘rinishidagi ajratuvchi kolosniklar arrali silindriga nisbatan turli burchakda “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 235 Textile and light industry technologies joylashgan. Bunda birinchi kolosnik 57 gradius, ikkinchi kolosnik 81 gradius, uchinchisi esa 105 gradiusni tashkil etadi. Kolosnik 11 lar ta’sirida ajratilgan iflos aralashmalar ulyuk va begona aralashmani chiqarish shnegi 10 yordamida mashinadan chiqib ketadi. Arra silindridan tolani ajratish maqsadida havo oqimi yordamida ajratilib so‘ngra ajratilgan tola aralash havo oqimi so‘rib olinadi. So‘rib olingan havo tarkibidagi tolani KV kondensor yordamida ajratilib press mashinasiga uzatiladi. Ishchi kamerada tolasi ajratilgan chigitlarni chigit tarog‘i 6 orqali sozlash mumkin bo‘lib bunda chigit tarkibidagi qoldiq tukdorlik nazorat qilib boriladi. Mazkur taklif etilayotgan mashinada o‘rnatilgan ifloslikni ajratuvchi kolosnikli panjara hamda mashina silindri 2- rasmda keltirilgan. 2- rasm. Takomillashtirilgan 8DP- 90 rusumli jinning arrali silindri. 1- val, 2-gayka, 3-shayba, 4- arrali silindr, 5- qistirma, 6- trapetsya shaklli qo‘zg‘almas kolosniklar. Jin sinovdan muvoffaqiyatli o‘tkazilib, ishlab chiqarishga keng joriy etiladi. 8DP-90 rusumli jinni ishlab chiqarishga joriy etilishi mavjud 130 arrali jinga qaraganda navlar bo‘yicha ish unumdorlikni bir arraga o‘rtacha 20-25 % ga oshirishga erishish mumkin. Jinni o‘zida tolani tozalash uchun jin ishchi kamerasi orqa qismiga 3 dona kolosniklardan iborat bo‘lgan kolosnikli panjara ahamiyati yuqori [7]. Bunda kolosniklar oraliq masofasi 60 mm ni, arrali silindr radiusiga nisbatan og‘ish burchagida joylashgan bo‘lib, arra silindrini 63 gradusini egallaydi. 90 arrali jinda paxtani jinlashdan ishlab chiqarilgan tola jindagi 3 dona kolosniklardan iborat bo‘lgan kolosnikli panjarada tozalanganda toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalarning massaviy ulushi o‘rtacha 3,44 % ni tashkil etib, tola sifati mavjud konstruksiyali 2 dona induvidual kolosnikli jindan ishlab chiqarilgan tola sifatiga qaraganda sezilarli yaxshilanishiga erishish mumkin. Bunda jinning tola bo‘yicha tozalash samaradorligi o‘rtacha 25,4 % ga teng bo‘lib, mavjud konstruksiyali jinning tozalash samaradorligiga qaraganda o‘rtacha 8,0 % ga yuqori bo‘lgan. 8DP- 90 rusumli arrali jindagi tozalash mashinasini samaradorligini o‘rganish maqsadida ishlab chiqarishda tajriba tadqiqot ishlari olib borish maqsadga muvofiq [8]. Tajribalar paxta tozalash korxonasida qo‘l bilan terilgan qiyin tozalanuvchan S-6524 seleksiyali I va III navli 2-3 sinflardagi paxtalarda o‘tkazish mumkin. Tadqiqot ishlari davrida paxtani jinlashdan ishlab chiqarilgan va jinda tozalanmagan hamda tozalangan tolaning sifati jinning orqa tomoniga tolani tozalash uchun o‘rnatilgan 3 dona kolosniklardan iborat bo‘lgan kolosnikli panjarani еchish, o‘rnatish hamda trapetsiya burchagini arra o‘qiga nisbatan o‘zgartirilgan holda tajribalar asosida aniqlash mumkin. Dastlabki namligi 9,5 %, iflosligi 6,1 %, jin tarnovidagi namligi 9,2 %, iflosligi 1,8 % bo‘lgan S-6524 seleksiyali I nav 2- sinfli paxtani jinlashdan ishlab chiqarilgan tozalanmagan toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalarning massaviy ulushi o‘rtacha 2,61 % ga teng bo‘ladi. Ushbu tola jindagi kolosnikli panjarada tozalangandan so‘ng toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalarning massaviy ulushi o‘rtacha 2,06 % ni tashkil etishi, jinning o‘zida tola sifati 0,51 % ga yaxshilanishi kutiladi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 236 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari

Литература (8)

  1. 1. R.Sh. Sulaymonov, M.X. Axmedov, M.M. Ochilov. Arrali jinda tolani tozalash jarayonini modellashtirish. Respublika ilmiy-amaliy onlayn tezislar to‘plami II – sho‘ba. Paxta sanoati, mexanika, to‘qimachilik xomashyolarini qayta ishlashning dolzarb muammolari va ularning innovatsion еchimlari. Toshkent. TTYeSI. 2020. - 123- 126 b.
  2. 2. Sulaymonov R.Sh., Karimov U.K., Marufxanov B.X., Umarxodjayev D.X. Повышения эффективности очистки волокна трудноочищаемых селекций//Проблемы механики. Toshkent, 2017.-№1.-С.-80-82.
  3. 3. O‘zDst 592-2016. Paxtaning iflosligini aniqlash usuli. Toshkent 2008, 12 б.
  4. 4. Shukhratov, Sh., Milašius, R., Gafurov, J., Mardonov, B., Gafurov, K., Repon, R. Md. Investigation of Open End Yarn Tension Using an Elastic Yarn-Guide. Fibres & Textiles in Eastern Europe, 2021; 29, 4(148): 43-47. DOI: 10.5604/01.3001.0014.8230.
  5. 5. Shukhratov, Sh., Milašius, R., Gafurov, K., Maksudov, R., Gafurov, J., Tojimirzaev, S. Improvement in the Design and Methods of Calculation of Parameters of Vibration Multifaceted Gridirons of Natural Fibre Cleaners. Fibres & Textiles in Eastern Europe, 2021; 29, 5(149): 2933. DOI: 10.5604/01.3001.0014.9292.
  6. 6. Mishfa, K.F., Alim, M.A., Repon, M.R., Shukhratov, Sh. et al. Preparation and characterization of snake plant fiber reinforced composite: A sustainable utilization of biowaste. SPE Polym. 2023; 1‐10. DOI: 10.1002/pls2.10108.
  7. 7. Shukhratov, S.; Akhmedov, J. The Choice of Raw Materials for the Production of Bicomponent Yarn. PTLICISIWS-2, 4–5 May 2023, Namangan, Uzbekistan. IOP Conference Proceedings, Volume 3045, Issue 1, March 11, 2024.
  8. 8. Yakubov, I.; Shukhratov, S.; Murodov, R. Creation of a Mobile Device for the Transportation of Cotton and Analysis of its Mobile Transmissions. PTLICISIWS-2, 4–5 May 2023, Namangan, Uzbekistan. IOP Conference Proceedings, Volume 3045, Issue 1, March 11, 2024 Ramazonov Sobirjon Said o‘g‘li – Buxoro davlat texnika universiteti Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi magstranti. Tel.:+99894-549-34-84. Email: ramazonov01@gmail.com Ismoyilov Furqat Barotovich – Buxoro davlat texnika universiteti Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi dotsenti PhD. Tel.:+99893-687-66-85. Email: ismoyilovfurqat@mail.ru MILLIYLIK VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGI: O‘ZBEK LIBOS DIZAYNIDA YANGI YO‘NALISHLAR Muxitdinova M.A., Bebutova N.N. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek libos dizaynida milliylik va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unlashuvi, dizayn sohasida shakllanayotgan yangi yo‘nalishlar, an’anaviy naqsh va gazlamalarning zamonaviy modadagi talqinlari va o‘zbek dizaynerlarining xalqaro moda maydonlarida milliy elementlarni zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashtirish borasidagi tajribalari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: libos dizayni, milliylik, zamonaviylik, atlas, adras, moda, innovatsiya, dizayner, milliy qadriyat. HARMONY OF NATIONALITY AND MODERNITY: NEW TRENDS IN UZBEK FASHION DESIGN Mukhitdinova M.A., Bebutova N.N. Bukhara state technical university. Abstract. The article analyzes the combination of nationalism and modernity in Uzbek fashion design, new trends emerging in the field of design, interpretations of traditional patterns and fabrics in contemporary fashion, as well as the experience of Uzbek designers in combining national elements with contemporary style in the international fashion arenas. Keywords: clothing design, national identity, modernity, atlas, adras, fashion, innovation, designer, national value. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 237