Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi: O‘zbek libos dizaynida yangi yo‘nalishlar

MUXITDINOVA M.A., BEBUTOVA N.N.

Issue
1-son
Pages
239–243
Published
24.02.2026
Views
1 4

Abstracts

The article analyzes the combination of nationalism and modernity in Uzbek fashion design, new trends emerging in the field of design, interpretations of traditional patterns and fabrics in contemporary fashion, as well as the experience of Uzbek designers in combining national elements with contemporary style in the international fashion arenas.

References (12)

  1. 1. R.Sh. Sulaymonov, M.X. Axmedov, M.M. Ochilov. Arrali jinda tolani tozalash jarayonini modellashtirish. Respublika ilmiy-amaliy onlayn tezislar to‘plami II – sho‘ba. Paxta sanoati, mexanika, to‘qimachilik xomashyolarini qayta ishlashning dolzarb muammolari va ularning innovatsion еchimlari. Toshkent. TTYeSI. 2020. - 123- 126 b.
  2. 2. Sulaymonov R.Sh., Karimov U.K., Marufxanov B.X., Umarxodjayev D.X. Повышения эффективности очистки волокна трудноочищаемых селекций//Проблемы механики. Toshkent, 2017.-№1.-С.-80-82.
  3. 3. O‘zDst 592-2016. Paxtaning iflosligini aniqlash usuli. Toshkent 2008, 12 б.
  4. 4. Shukhratov, Sh., Milašius, R., Gafurov, J., Mardonov, B., Gafurov, K., Repon, R. Md. Investigation of Open End Yarn Tension Using an Elastic Yarn-Guide. Fibres & Textiles in Eastern Europe, 2021; 29, 4(148): 43-47. DOI: 10.5604/01.3001.0014.8230.
  5. 5. Shukhratov, Sh., Milašius, R., Gafurov, K., Maksudov, R., Gafurov, J., Tojimirzaev, S. Improvement in the Design and Methods of Calculation of Parameters of Vibration Multifaceted Gridirons of Natural Fibre Cleaners. Fibres & Textiles in Eastern Europe, 2021; 29, 5(149): 2933. DOI: 10.5604/01.3001.0014.9292.
  6. 6. Mishfa, K.F., Alim, M.A., Repon, M.R., Shukhratov, Sh. et al. Preparation and characterization of snake plant fiber reinforced composite: A sustainable utilization of biowaste. SPE Polym. 2023; 1‐10. DOI: 10.1002/pls2.10108.
  7. 7. Shukhratov, S.; Akhmedov, J. The Choice of Raw Materials for the Production of Bicomponent Yarn. PTLICISIWS-2, 4–5 May 2023, Namangan, Uzbekistan. IOP Conference Proceedings, Volume 3045, Issue 1, March 11, 2024.
  8. 8. Yakubov, I.; Shukhratov, S.; Murodov, R. Creation of a Mobile Device for the Transportation of Cotton and Analysis of its Mobile Transmissions. PTLICISIWS-2, 4–5 May 2023, Namangan, Uzbekistan. IOP Conference Proceedings, Volume 3045, Issue 1, March 11, 2024 Ramazonov Sobirjon Said o‘g‘li – Buxoro davlat texnika universiteti Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi magstranti. Tel.:+99894-549-34-84. Email: ramazonov01@gmail.com Ismoyilov Furqat Barotovich – Buxoro davlat texnika universiteti Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi dotsenti PhD. Tel.:+99893-687-66-85. Email: ismoyilovfurqat@mail.ru MILLIYLIK VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGI: O‘ZBEK LIBOS DIZAYNIDA YANGI YO‘NALISHLAR Muxitdinova M.A., Bebutova N.N. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek libos dizaynida milliylik va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unlashuvi, dizayn sohasida shakllanayotgan yangi yo‘nalishlar, an’anaviy naqsh va gazlamalarning zamonaviy modadagi talqinlari va o‘zbek dizaynerlarining xalqaro moda maydonlarida milliy elementlarni zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashtirish borasidagi tajribalari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: libos dizayni, milliylik, zamonaviylik, atlas, adras, moda, innovatsiya, dizayner, milliy qadriyat. HARMONY OF NATIONALITY AND MODERNITY: NEW TRENDS IN UZBEK FASHION DESIGN Mukhitdinova M.A., Bebutova N.N. Bukhara state technical university. Abstract. The article analyzes the combination of nationalism and modernity in Uzbek fashion design, new trends emerging in the field of design, interpretations of traditional patterns and fabrics in contemporary fashion, as well as the experience of Uzbek designers in combining national elements with contemporary style in the international fashion arenas. Keywords: clothing design, national identity, modernity, atlas, adras, fashion, innovation, designer, national value. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  9. Textile and light industry technologies Kirish. Bugungi globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarni saqlab qolish va ularni zamonaviy talablarga moslashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, o‘zbek libos dizayni sohasida milliylik va zamonaviylikning uyg‘un holda namoyon bo‘lishi xalqimizning madaniy merosini yangi bosqichda rivojlantirish imkonini bermoqda. Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov «Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Milliy liboslar nafaqat o‘tgan asrlar tarixini eslatadi, balki bugungi kunda ham o‘zining betakror go‘zalligi, ma’naviy mazmuni va estetik qiymati bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, milliy libos dizaynida zamonaviy elementlarni uyg‘unlashtirish – bu nafaqat modaning yangi yo‘nalishi, balki madaniy o‘zlikni saqlab qolishning muhim omilidir. O‘zbek liboslarining tarixiy shakllanishi. O‘zbek liboslarining shakllanish tarixi xalqimizning turmush tarzi, iqlimi, diniy e’tiqodi va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Har bir hududning o‘ziga xos libos uslubi mavjud bo‘lib, ular bezaklari, ranglari, gazlama turlari va tikilish texnikalari bilan farq qiladi. Masalan, Buxoro, Xiva, Samarqand, Farg‘ona kabi hududlarda ipak, adras, shoyi, beqasam kabi gazlamalardan keng foydalanilgan. Ularning naqshlarida xalqning dunyoqarashi, tabiatga munosabati va estetik didi aks etgan. Ayniqsa, atlas va adras matolari o‘zbek liboslarining eng muhim ramziga aylangan. Milliylik – bu xalqning o‘ziga xosligini ifodalovchi asosiy mezonlardan biridir. Libos dizaynida milliylikni aks ettirish deganda, milliy gazlamalardan foydalanish, an’anaviy naqshlar, rang uyg‘unligi va chok uslublariga e’tibor berish tushuniladi. Bugungi kunda o‘zbek dizaynerlari tomonidan yaratilayotgan kolleksiyalarda qadimiy naqshlar, atlas va adras matolari, milliy chok uslublari zamonaviy fason va detal bilan uyg‘unlashtirilmoqda. Bu esa o‘zbek modasining xalqaro miqyosda tanilishiga xizmat qilmoqda. Milliy va zamonaviy uslublarning uyg‘unlashuvida innovatsiyalar ta’siri. Zamonaviy moda texnologiyalari, yangi gazlama turlari, lazerli kesish, 3D modellashtirish va kompyuter dizayni kabi innovatsiyalar o‘zbek dizaynerlariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviylik – bu qulaylik, funksionallik va estetikaning bir butunligidir. Shu bois, o‘zbek liboslarida milliy elementlar saqlangan holda ularning zamonaviy talqini – kundalik hayot uchun mos, yеngil va ergonomik shakllarda ifodalanmoqda. Bugungi o‘zbek modasida milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish orqali yangi yo‘nalishlar shakllanmoqda. Masalan, atlasdan tikilgan zamonaviy fasonli ko‘ylaklar, adrasdan tayyorlangan kundalik kiyimlar yoki milliy naqshlar bilan bezatilgan paltolar – bu yangi moda tendensiyalaridir. Yosh dizaynerlar milliy naqsh va ranglardan ilhomlanib, minimalizm, oversize yoki street-style uslublarida milliy elementlarni kiritib, yangi dizayn yo‘nalishlarini yaratmoqda. Bu Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  10. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari esa yosh avlod orasida milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirmoqda. XXI asr – bu zamonaviylik, tezkorlik va globallashuv asridir. Axborot oqimlari, moda sanoati, texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan bir paytda milliy qadriyatlarni saqlab qolish har bir xalq uchun muhim masalaga aylanmoqda. Shu jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham milliy liboslar – bu faqat kiyim emas, balki madaniyat, tarix va ma’naviyat timsolidir. O‘zbek xalqining libos madaniyati ming yillik tarixga ega bo‘lib, u avloddan-avlodga o‘tib, xalqning estetik qarashlari, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etgan. Har bir davrda liboslar o‘zgarib borgan, lekin ularning tub mohiyatida milliylik saqlanib qolgan. Bugungi kunda dizaynerlar milliy liboslarni qayta talqin qilish, ularni zamonaviy moda bilan uyg‘unlashtirish orqali yangi kolleksiyalar yaratishmoqda. Bu jarayon ikki asosiy maqsadga xizmat qiladi: Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yosh avlodga yеtkazish. O‘zbekiston modasini xalqaro miqyosda targ‘ib etish va global tendensiyalarga moslashtirish. Zamonaviy moda dunyosida milliy unsurlarni qayta jonlantirish, o‘zlikni yo‘qotmagan holda yangicha dizayn yеchimlari topish – bu ijodiy jarayonning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, o‘zbek modasida atlas, adras, beqasam, shoyi kabi milliy matolarni zamonaviy fasonlar bilan uyg‘unlashtirish natijasida yangi shakl va uslublar paydo bo‘lmoqda. Libos dizayni nafaqat tashqi ko‘rinish, balki insonning ruhiy holatini, estetik didini ifoda etuvchi san’atdir. Shu sababli, milliylikni saqlagan holda zamonaviy modani yaratish – bu dizaynerning mahorati, ilmiy tahlil va ijodiy tafakkurining mahsulidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangi hayot” konsepsiyasi ham milliy o‘zlikni zamonaviy yondashuv bilan uyg‘unlashtirish g‘oyasini ilgari suradi. Dizayn sohasidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun bu g‘oya ilhom manbaiga aylanib, ularni milliy modaning rivojiga hissa qo‘shishga undaydi. Demak, milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi – bu nafaqat modadagi yangi yo‘nalish, balki madaniyatimizni asrash va rivojlantirishning muhim vositasidir. Ushbu maqolada o‘zbek liboslarining tarixiy ildizlari, milliylikning dizayndagi o‘rni, zamonaviy modadagi yangiliklar va istiqbollar keng yoritiladi. Shu bois, Buxoro davlat texnika universitetida ham har juma kunlari talabalar milliy kiyimlarda kelishadi. Bundan maqsad yoshlar orasida milliy liboslarni targ‘ib qilish va millliyligimizni tiklashdan iborat. Qadimgi davrlarda o‘zbek liboslarining tarixiy shakllanishi. O‘zbek liboslarining shakllanish tarixi ming yilliklar davomida xalqimizning turmush tarzi, iqlimi, diniy e’tiqodi va “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  11. Textile and light industry technologies ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanib kelgan. Har bir davr, har bir mintaqa o‘ziga xos libos uslubiga ega bo‘lgan. O‘zbekiston hududida yashagan qadimiy xalqlar – so‘g‘dlar, xorazmiylar, baxtiylar, turklar – o‘z kiyim-kechaklari orqali nafaqat iqlim sharoitiga, balki o‘z davrining madaniy darajasiga ham guvohlik bergan. Arxeologik topilmalar, tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, qadimgi Baqtriya va So‘g‘diyona davrida liboslar asosan tabiiy matolardan – jun, paxta, ipak va charm mahsulotlardan tayyorlangan. Ayniqsa, ayollar liboslari bezakli, erkaklar liboslari esa ko‘proq amaliy, harakat uchun qulay bo‘lgan. O‘sha davrlarda rang tanlash va naqsh ishlashda tabiatdan ilhom olish odat bo‘lgan. Masalan, quyosh, oy, yulduz, suv, daraxt shakllari naqshlarda keng ishlatilgan. Shu sababli liboslar nafaqat kiyim, balki insonning dunyoqarashini ifoda etuvchi badiiy vosita sifatida qadrlangan. O‘rta asrlarda, xususan, Amir Temur davrida liboslar jamiyatdagi ijtimoiy tabaqani bildiruvchi vosita sifatida ham muhim rol o‘ynagan. Saroy kiyimlari juda hashamatli, qimmatbaho matolardan tikilgan bo‘lib, ularning bezaklarida oltin va kumush iplar ishlatilgan. Ayollar atlas va shoyi matolardan tayyorlangan keng etakli ko‘ylaklar, ustidan esa yеngil ro‘mollar yoki sharflar taqib yurishgan. Temuriylar davrida Buxoro, Samarqand va Hirot kabi shaharlarda ipak to‘qimachilik rivoj topgan. Bu esa libos dizaynida rang-baranglik, bezakli naqshlar, zarbop matolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. O‘sha davr liboslari bugungi o‘zbek libos dizayni uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. XIX asrda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari davrida har bir hududning libos madaniyatida farqlar mavjud bo‘lgan. Masalan, Xivada ipak matolarga geometrik naqshlar tushirish keng tarqalgan bo‘lsa, Farg‘onada atlas va adras matolari o‘zining nozik rang uyg‘unligi bilan mashhur bo‘lgan. Erkaklar do‘ppi, chopon va belbog‘ kiygan bo‘lsa, ayollar atlas ko‘ylak, kamzul va ro‘mol bilan o‘z libosini to‘ldirgan. Shu davrda liboslar iqlimga mos, amaliy jihatdan qulay va shu bilan birga bezak jihatdan chiroyli bo‘lgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy libos madaniyatiga bo‘lgan e’tibor yanada ortdi. Qadimiy atlas, adras, beqasam, zardo‘zi kabi gazlamalar qayta tiklandi, milliy dizayn uslublari zamonaviy modaga singdirila boshlandi. Har yili o‘tkazilayotgan “O‘zbekistonda Milliy liboslar festivali”, “Tashkent Fashion Week” kabi tadbirlar milliy modaning xalqaro miqyosda targ‘ib qilinishiga xizmat qilmoqda. Bu esa o‘zbek dizaynerlariga o‘z ijodlarini namoyish etish, tajriba almashish va yangi yo‘nalishlar yaratish imkonini bermoqda. Milliylikning libos dizaynidagi o‘rni va mohiyati. Milliylik – bu xalqning o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari va estetik didini ifodalovchi eng muhim belgilardan biridir. O‘zbek xalqining milliy libos madaniyati esa ana shu milliylikning eng yorqin ko‘rinishidir. Liboslar nafaqat insonni tashqi muhitdan himoya qiluvchi kiyim sifatida, balki xalqning tarixiy xotirasi, turmush tarzi va san’atini ifodalovchi madaniy belgidir. Milliylik – xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, diniy e’tiqodi, an’analari, me’morchiligi, xalq og‘zaki ijodi va libos madaniyatida o‘z aksini topadi. Libos orqali insonning kelib chiqishi, ijtimoiy mavqei, yosh davri, hatto oilaviy ahvoli haqida ham ma’lumot olish mumkin. Masalan, o‘zbek ayollarining atlas yoki adras ko‘ylaklari, erkaklarning do‘ppilari, belbog‘lari va choponlari xalqimizning estetik qarashlari va milliy didini yaqqol ko‘rsatib beradi. Har bir naqsh, har bir rang ramziy ma’noga ega. Qizil rang – hayot va quvonch, yashil – tabiat va poklik, ko‘k esa – osmon va erkinlikni bildiradi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliylikni saqlash va uni yoshlar orasida keng targ‘ib etish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shuning uchun bugungi kunda libos dizayni nafaqat estetik, balki ma’naviy ahamiyatga ham ega. Liboslar orqali qadimiy qadriyatlarni saqlab qolish, ularni zamon ruhiga mos shaklda talqin etish dizaynerlarning asosiy vazifasiga aylandi. Shu bois, hozirgi dizaynerlar eski naqshlarni, an’anaviy shakllarni qayta Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  12. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 241