Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Boldir-tovon bo‘g‘imidagi shikastlanishlarda tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan ortopedik yechimlar tahlili
Аннотации
Eng ko‘p tarqalgan shikastlanishlardan biri boldir-tovon bo‘g‘imi cho‘zilishi hamda boldirtovon bo‘g‘imining shikastlanishi hisoblanadi. Ushbu maqolada hozirgi kunda sinovdan o‘tkazilgan boldir-tovon bo‘g‘imining cho‘zilishi va shikastlanishlarida davolash va yordamchi usullar bayon etilgan.
Одной из самых частых травм является растяжение связок голеностопного сустава. В этой статье рассматриваются методы лечения и методы, проверенные в настоящее время при растяжениях и травмах голеностопного сустава.
One of the most common injuries is ankle sprain with ankle sprain. This article reviews the treatments and techniques currently tested for ankle sprains and injuries.
Содержание статьи
Oyoq panjasidagi shikastlanish va turli xil deformatsiyalarni fiksatsiyasiz tiklash imkoni mavjud emas. Boldir-tovon bo‘g‘imi uchun mo‘ljallangan ortezlar ularni ishonchli tarzda mahkam tutib, harakatchanlikni cheklaydi. Shuningdek, bo‘g‘imga tushadigan og‘irlik (bosim) ni kamaytirish imkonini beradi. Chunki ushbu qismda inson tana vaznining 90 % i tushadi. Ko‘p hollarda fiksatsiya – kasalliklarning rivojlanishi va ularning asoratlarini oldini olish usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, fiksatorlar boldir-tovon bo‘g‘imida og‘riq va shishlarni kamaytirish, jarohatlangan to‘qimalardagi qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa tiklanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Boldir-tovon bo‘g‘imining surunkali beqarorlik shikastlanishlari takroriy cho‘zilishlari natijasida rivojlanadi. Agar shikastlanishdan so‘ng to‘liq tiklanmasa, bo‘g‘imlarning cho‘zilishi va qayta shikastlanish xavfi ortadi. Tik turgan vaqtda tovonni to‘g‘ri ushlab turish holati buzilib, yurish paytida oyoq panjasinig qayrilib ketish holati yuzaga keladi. Yuklanish bilan boldirtovon bo‘g‘imi takroriy shikastlanishi bo‘g‘im yaxlitligining buzilishiga olib keladi. Bu turdagi takroriy shikastlalanishlar uni yupqalashtiradi va zaiflashtiradi, bu esa valgus holatini olgan talus suyagi ya’ni katta boldir-tovon suyagining siljishiga olib keladi. Shuningdek, butun oyoq panjasi esa pronatsiya holatiga joylashtiriladi.
Vaqt o‘tishi bilan bemorda travmadan keyingi yassi-valgus deformatsiyasi rivojlanadi. Bularning asoratida oyoqni harakatga keltirib yurish nazorati yo‘qoladi.
Boldir-tovon bo‘g‘imlarining ligamentlari1 o‘tkir shikastlanganda, immobilizatsiya shinasi, ortez, oyoqning ko‘tarilgan holati va yurishda yordam berish uchun hassalar qo‘llaniladi. Medial ligamentlar1 shikastlangan bo‘lsa, 6 hafta davomida gips qo‘llaniladi, keyin esa ortezga almashtiriladi. Agar lateral ligamentlar shikastlangan bo‘lsa, oyoqning supinatsiyasini cheklash uchun boldir-tovon bo‘g‘imi 3-6 hafta davomida shina yoki ortez yordamida immobilizatsiya qilinadi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 272
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Oyoqni to‘liq immobilizatsiya paytida, faol harakatlarning yo‘qligi sababli, oyoq mushaklari atrofiyalanadi, lekin shunga qaramay jismoniy faollikni asta-sekin ko‘paytirib borish kerak bo‘ladi. Eng tez tiklanish uchun o‘rta darajadagi mahkamlash darajasiga ega yarim qattiq modeldagi ortezlar tavsiya etiladi. Sozlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ortezlar, ayniqsa, samarali isoblanadi: agar tiklanishning dastlabki bosqichida qattiqlik darajasi yuqori bo‘lgan qovurg‘alar oyoqni kerakli holatda ishonchli tarzda o‘rnatsa va harakatlar oralig‘i cheklangan bo‘lsa, asta-sekin siqish kuchi kamayadi, bu mushaklar faoliyatini tiklash uchun muhimdir. Pnevmatik kameralar kabi qo‘shimchalar yordamida shikastlangan hududda qon aylanishini faollashtirish uchun muhim bo‘lgan siqilish darajasini nazorat qilish imkoniyati mavjud.
Reabilitatsiyaning keyingi bosqichlarida, suyaklar allaqachon birlashganda, ammo yakuniy tiklanish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lganda, o‘rta va yengil darajadagi elastik fiksatorlar, bulardan, Orlett BAN-101 tovon tirgaklari samarali bo‘ladi.
Maxsus qattiqlik darajasi yuqori bo‘lgan qovurg‘ali bandaj bo‘g‘inni ishonchli tarzda mahkamlaydi va shu bilan birga oyoq panjasini maqbul harakatchanlik holatida tutadi. Bandaj materiali paxtadan bo‘lgan elastik matodan qilingan. Shu sababli, material havo o‘tishiga imkon beradi va teri yuzasidan namlikni samarali ravishda olib tashlaydi. Bo‘g‘imning cho‘zilish darajasi o‘rtacha hollarda ko‘proq qattiq immobilizatsiyani talab qiladi, buning uchun o‘rtacha darajadagi fiksatsiyaga ega bo‘lgan ortezlar samarali bo‘lib, ligamentning1 xavfsizligini ta'minlaydi, ammo tovonning faol harakatlarini cheklaydi. Yarim qattiq va qattiq qisqichlar bo‘g‘imni ishonchli tarzda o‘rnatadi, bu esa ligamentlarning to‘g‘ri birlashishi uchun sharoit yaratadi. Shu bilan birga, patologik hududdagi yuklanish kamayib, shishishlar kamayadi. Ishonchli fiksatsiya tufayli og‘riqni yo‘qotish mumkin, bu hatto yirtilgan ligamentlarni tiklashda ham qo‘llaniladi.
1-rasm. Reabilitatsiyaning
keyingi bosqichlarida qo‘llaniladigan Orlett
BAN-101 modeldagi ortezining ko‘rinishi
Boldir-tovon bo‘g‘imlarining jarohati uchun ortez an’anaviy bint yoki gipsga qaraganda ancha samarali bo‘lib, tuzalish jarayoni kamroq vaqt talab etadi. Misol uchun, cho‘zilgan ligament bilan tiklanish olti hafta o‘rniga taxminan 3 hafta davom etadi. Ba’zi hollarda, hatto oyog‘i shikastlangan bemorlar ham hassasiz yurishlari mumkin. Gipsdan farqli o‘laroq, ortezni gigiyenik muolajalar uchun olib tashlash mumkin. Bundan tashqari, bo‘g‘imning yuqori sifatli immobilizatsiyasi asoratlarni rivojlanishining oldini olishda samarali bo‘ladi. Shishlar, bo‘g‘im og‘riqlari, cheklangan harakatlanish oyoq panjasining normal ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Boldir-tovon bo‘g‘imlarining yallig‘lanishi tovonni immobilizatsiya qilish orqali dam olishni talab qiladi. Boldir-tovon bo‘g‘imining bunday holatlari uchun AS-SS modeldagi termoplastik qo‘shimchali stabillashtiruvchi ortezlar juda mos keladi (2-rasm). AS-SS boldir-tovon
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 273
Технологии текстильной и легкой промышленности
bo‘g‘imlarining xavfsizligi va samaradorligini ta’minlovchi innovatsion mahsulotdir. U eng yuqori darajadagi himoyani ta’minlash, shuningdek, eng keng tarqalgan boldir-tovon bo‘g‘imi jarohatlarini oldini olish uchun mo‘ljallangan.
3-rasm. Boldir-tovon bo‘g‘imini qo‘llabquvvatlash uchun mo‘ljallangan Ersamed SL-08K modelidagi ortez
2-rasm. Boldir-tovon bo‘g‘imlarining xavfsizligi ta’minlovchi AS-SS modeldagi ortez
AS-SS modeldagi ortez professional termoplastik plastinka bilan jihozlangan (3-rasm), u bemorning biomexanikasi va ehtiyojlariga moslashadi. Ortezning ichki qismi “CODURA” nomli texnik materialidan tayyorlangan bo‘lib, bu muvofiqlikni ta'minlaydi va foydalanish paytida oyoq panjasini quruq holda saqlaydi. Ersamed SL-08K modelidagi ortez boldir-tovon bo‘g‘imini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘g‘im funksiyasini yoki oyoq panja harakatini cheklamasdan maksimal darajada himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu ortez jarohatlarni davolashda ham, sport paytida boldir-tovon bo‘g‘imining xavfli inversiyasidan profilaktik himoya sifatida ham qo‘llaniladi. Ersamed SL-08K modelidagi ortez ikkita anatomik plastik materialidantashkil topgan plastinkadan iborat bo‘lib, uzunligi sozlanuvchi lentaga ega, shuning uchun oyoq panjasi uchun yuqori qulaylikni ta’minlab beradi. Ortezni barqarorlashtirish uchun ikkita tasma ishlatilgan: yuqori va pastki tasmalar qisqich bilan ta’minlangan, bu esa ortezni oyoq panjasiga mahkam o‘rnatish imkoniyatini oshiradi. Ortezning bunday dizayni himoyalangan boldir-tovon bo‘g‘imini mukammal darajada barqarorlashtiradi va unga zarar yetkazish deyarli mumkin emas. Ortezning dizayni uni sport poyabzalida erkin ishlatish imkonini beradi va nafaqat yopiq sport turlari uchun, balki boldir-tovon bo‘g‘imini kuchli barqarorligini talab qiladigan har qanday vaziyatda ham idealdir. Ersamed SL08K tovonning erta funksional terapiyasi uchun, to‘qimalar cho‘zilishi va to‘qimalarning surunkali beqarorligi uchun ideal hisoblanadi. U oyoq panjasiga mahkam o‘rnashib, mushaklarni barqarorlashtiradi, tovon qayrilishining oldini oladi va oyoq panjasining tabiiy harakatini cheklamaydi. Shunday qilib, dunyo bo‘yicha boldir-tovon bo‘g‘imi shikastlanishlarining turli darajalariga qarab har xil konstruksiyadagi ortezlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘pchilik holatlarda ortezlarni poyabzal bilan birga qo‘llash, ya’ni ma’lum o‘lchamdagi poyabzal olinib, ortez faqat bir poyga qo‘llanilsa, bir qator noqulayliklarni yuzaga keltirish masalalari oxirigacha o‘z yechimini topmagan
Литература (4)
- 1. Waterman B. R. et al. The epidemiology of ankle sprains in the United States //Jbjs. – 2010. – Т. 92. – №. 13. – С. 2279-2284.
- 2. Doherty C, Delahunt E, Caulfield B, Hertel J, Ryan J, Bleakley C. The incidence and prevalence of ankle sprain injury: a systematic review and meta-analysis of prospective epidemiological studies. Sports Med. 2014;44:123–140. doi: 10.1007/s40279-013-0102-5.
- 3. Gribble PA, Bleakley CM, Caulfield BM, Docherty CL, Fourchet F, Fong DT, et al. 2016 consensus statement of the International Ankle Consortium: prevalence, impact and long-term “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
- Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 275