Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Bazalt mato qo‘llanilgan maxsus kiyim turini tanlash va konstruksiyasini ishlab chiqish

KULIYEVA D.R.

Выпуск
1-son
Страницы
301–307
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
5 6

Аннотации

Bazalt matosidan maxsus kiyim konstruksiyasi ishlab chiqildi. Tayanch so‘zlar: bazalt mato, gazlamaning buzilishi, materialning zichligi, mexanik xususiyatlari, tabiiy bazalt tarkibi, kombinezonlar, bazalt mato. SELECTION OF SPECIAL CLOTHING USING BASALT FABRIC AND DESIGN DEVELOPMENT Kulieva D.R. Bukhara state technical university.

Содержание статьи

kirish (yaroqlilik) topografiyasini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Olov uchqunlaridan kuyish va kirlanish natijasida kiyim matolari zararlanadi va o‘z qayishqoqligini yo‘qatadi, buning natijasida tez shikastlanadi. Shuning uchun, ish paytida olov uchqunlaridan kuyish va kirlanish natijasida eng ko‘p zararlangan maxsus kiyimning hududlari aniqlandi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 299 Textile and light industry technologies Shlak va olov uchqunlari ta’siri natijasida payvandchilarning mavjud ish kiyimlarida ularning ta’sirini o‘rganish maqsadida kiyim sirti 1-rasmda ko‘rsatilganidek topografik zonalarga, ya’ni kirlangan hudud, zararlangan hudud va toza hududlarga ajratildi. 1-rasm. Payvandchi maxsus kiyimining shlak va uchqunlardan zararlanish topografiyasi Maxsus kiyimining zararlanish topografiyasini tahlil qilinganda, kurtka old qism ko‘krak qafasi, yеng tirsak sohasi, shim old qism va tizza sohalari shlak va olov uchqunlari ta’siriga ko‘p uchraydi. Payvandchilar maxsus kiyimining zararlangan joylarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilganda, 1-jadvalda ko‘rsatilgan natijalar olindi (3 komplekt mavjud kiyim namunasi misolida). 1-jadval Payvandchilar maxsus kiyimining shikastlangan joylari o‘lchovlari natijalari № Kirlanish, sm2 Olov uchqunlaridan kuyish, sm2 1-komplekt 2-komplekt 3-komplekt O‘rtacha qiymat 1 Old bo‘lak 1452 843 2 Yeng 680 423 3 Shimning old qismi 466 4 Shimning tizza sohasi 466 Payvandchilarning maxsus kiyimiga shlak va uchqunlar ta’sir doirasini aniqlash natijalari shuni ko‘rsatdiki, kurtkaning old qismi va shimning old bo‘lagiga omillar eng ko‘p ta’sir qiladi. Old bo‘lakda kirlanish va ishqalanish, kuyish joylarining o‘rtacha maydoni mos ravishda 843 sm2 va 1433 sm2 (uning maydonining 70% va 65%), yеng bo‘ylab 423 sm2 va 628 sm2 (maydonining 35% va 55% dan ortig‘i), shimning old bo‘ylab kuyish va kirlanish joylarining o‘rtacha maydoni 466 sm2 va 1233 sm2 (maydonining 30% va 45%) tashkil etadi, shimning yon qismlari bo‘ylab o‘rtacha maydoni 553 sm2 va 466 sm2 (maydonining 30-35%) tashkil etadi. Ish jarayonida payvandchilarning maxsus kiyimiga ishlab chiqarish omillarning ta’siri maydoni o‘rtacha kirlanishi - 43% dan ortiq, shlaklar va uchqunlardan zararlanishi - 36%, shikast еtmaydigan -21% ni tashkil etadi. Payvandchi maxsus kiyimining zararlangan sohalarini o‘rganish topografiyasi natijalari 2- Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 300 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari rasmda diagramma shaklida keltirilgan. Shunday qilib, payvandchilar uchun mavjud maxsus kiyimini topografik zonalar bo‘yicha tadqiq qilinishida aniqlandiki, kiyimdagi ko‘pchilik shikastlanishlar uning gazlamasi va konstruksiyasining kamchiliklariga borib taqaladi. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, shlak va uchqunlar ta’siri ko‘proq maxsus kiyimning old bo‘lagi va old shimida, tizza va tirsak qismlariga ko‘proq to‘g‘ri keladi. To‘qimachilik matolarning ishqalanishidan shikastlanishi ko‘pincha maxsus kiyimning bukilish joylarida vujudga keladi. Kurtkada ishqalanishidan shikastlanish old bo‘lak markazida, yon choklarda, yеnglarning tirsak va pastki qismlarida kuzatildi. Shimda esa old bo‘lakning yuqori va tizza qismlarida ko‘proq kiyim eskirishi kuzatildi. Payvandchilar uchun ГОСТ 12.4.100-80 [33, 3-22 b] talablari bo‘yicha asosida kurtka va shimdan iborat maxsus kiyim komplekti berilib, uning asosiy kamchiligi yonmaydigan xususiyatga ega bo‘lmagan matodan ishlab chiqarilganligi. Maxsus kiyimlarning ekspluatatsiyalash davri 12 oyni tashkil etadi, ammo, ularning haqiqiy xizmat muddati normativ muddatlardan ancha past. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kurtka 9-10 oy ichida yaroqsiz holatga keladi, shimning qo‘llash muddati esa 5-6 oyni tashkil etadi. Payvandchilarning maxsus kiyimi bir necha marta yuvilganda gazlamaga berilgan yonmaydigan xususiyat pasayadi, ba’zi hollarda yuqoladi, buning natijasida maxsus kiyimning yonmaydigan xususiyati o‘z xossasini yoqotadi. Ushbu ta’sirlarni kamaytirish uchun maxsus kiyimda bazalt tolali gazlamalarni qo‘llash va konstruksiyada himoyalovchi elementlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ldi. Bundan tashqari, yangi maxsus kiyimni loyihalashda shlak va olov uchqunlari, ish joyidagi havoning changligi oshishi, yuqori havo harorati, asbob-uskuna sirtlarini, smena davomida bajariladigan mehnat harakatlarini inobatga olish lozim. 2-rasm. Maxsus kiyim zararlanish sohalarining foizli taqsimoti diagrammasi Tadqiqotlarimizning keyingi bosqichi – bazaviy o‘lcham va bo‘y uchun bazali asos konstruksiyasi (BK) ni hisoblab qurishdan iborat bo‘ldi. Ushbu maqsadda payvandchilarining mehnat jarayonida eng ko‘p bajaradigan ergonomik harakatlari va ushbu harakatlarni bajarishdagi gavda o‘lchamlarining dinamik samaradorligi aniqlandi. “Inson mehnat faoliyatining fiziologik tomonining eng muhim ko‘rinishi - harakatdir. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilishda - ish joyi muhim uchastkalardan biri hisoblanadi. Payvandchilarning asosiy ergonomik harakatlarini o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar hafta davomida asosiy ish holatini qayd etish bilan “bir ish kunini suratga olish” usuli orqali amalga oshirildi. Payvandchilarning 6 ta eng xarakterli holati va harakatlarini uchta katta guruhga bo‘lish mumkin: “turish”, “o‘tirish” va “yarim o‘tirish”. Ishchilarni gavda o‘lchamlarining dinamik samaradorligini aniqlash maqsadida payvandchilarining mehnat jarayonida eng ko‘p bajariladigan ishchi harakatlar aniqlandi va ularni bajarish vaqtida statikada va dinamikada ishchilar gavdasini o‘lchamlari olindi. O‘lchovlar ГОСТ ИСО 7250-2007 ga asoslanib olib borildi. Statika va dinamikada payvandchi maxsus kiyimning antropometrik muvofiqlik ko‘rsatkichlari taqqoslandi. Statik muvofiqlik quyidagi o‘lchov birliklar bo‘yicha baholandi: ▪ orqa bo‘lak o‘rta choki o‘lchov birligi; ▪ orqa bo‘lak yеng o‘miz yoki yon chokida egiluvchan erkin burmalar yo‘qligi; ▪ yеng o‘lchov birligi; ▪ yon choklarning o‘lchov birliklari; ▪ kiyimning ko‘krak, bel, son, tizza va pastki chiziqlarning gorizontal holati “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 301 Textile and light industry technologies Dinamik muvofiqlikni baholash payvandchining “turish”, “o‘tirish” va “yarim o‘tirish” harakatlarni bajarayotganda, uning subyektiv his-tuyg‘ulariga mos ravishda amalga oshirildi. Baholash ГОСТ 12.4.061–88 Mehnat xavfsizligi standartlariga muvofiq besh balli shkala bo‘yicha amalga oshirildi. 1. Harakatchanlik cheklanmagan 2. Bir oz kamroq kuch bilan to‘liq harakat 3. O‘rtacha kuch bilan to‘liq harakat 4. Belgilangan kuch bilan cheklangan harakatlar 5. Belgilangan hajmdagi keraksiz harakatlar ГОСT 17521-72 Dinamik samaradorlik hisoblash standartiga mos ravishda dinamikada o‘lchov belgilarining qiymatlari o‘lchandi (2-jadval). 2-jadval. Dinamik o‘lchov belgilarning xarakteristikasi O‘lchov belgilarning nomlanishi Shartli belgisi O‘lchov texnikasi Orqa kenglik dinamikasi Short (d) Qo‘llar oldinga cho‘zilgan, kaftlar bir-biri bilan chambarchas bog‘lahgan holatda ikkinchi ko‘krak aylanasi bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri qo‘ltiqosti nuqtalari kuraklar bo‘ylab orqa kenglik o‘lchanadi Ko‘krak kengligi dinamikasi Shold (d) Qo‘llar maksimal orqa holatda old kenglik old qo‘ltiqosti nuqtalari bo‘ylab o‘lchanadi Belgacha orqa bo‘lak uzunligi dinamikasi Dort.bel (d) Gavda 900 da egilgan holatda bo‘yinning еttinchi nuqtasidan bel chizig‘iga o‘lchanadi Yelka aylanasidan bilak chizig‘igacha bo‘lgan еng uzunligi Dyeng (d) Qo‘l gorizontal bukilgan holatda sm. lentani orqa qoltiqosti nuqtalaridan tirsakkacha va bilak nuqtasigacha davom ettirib o‘lchanadi Yelka qiyaligi balandligining dinamikasi Vyel.qiya (d) Gavda 900 da egilgan holatda orqa bo‘lak orta chizig‘ining bel chizig‘i bilan kesishgan nuqtasidan еlka nuqtasigacha o‘lchanadi Bel chiziqdan dumg‘aza burmasigacha bo‘lgan masofa Dbel.dumg‘ Gavda 900 da egilgan holatda bel chizig‘idan dumg‘azagacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi Yon bel chiziq uzunligi Dbel.yon Bel chizig‘idan qo‘ltiqosti burchagigacha o‘lchanadi (stulda o‘tirgan holatda, qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan va kaftlar orqa tomonlari tegilgan) Dumg‘aza nuqtasidan tizza chizig‘igacha bo‘lgan masofa Ddumg‘.tiz. Stulda o‘tirgan holatda dumg‘aza nuqtasidan tizza nuqtasigacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi Tizza aylanasi dinamikasi Otiz.(d) Bo‘ksa va tizza bo‘g‘imlariga to‘g‘ri burchak ostida bukilgan oyoq tizza qopqog‘i darajasida aylantirib o‘lchanadi Tizza balandligi Vtiz. Tizza nuqtasidan polgacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi (stulda o‘tirgan holatda) Konstruksiyani optimallashtirishtirishda payvandchi tomonidan belgilangan harakatlar majmuasini bajarishda kiyimning gavdaga o‘rnashishi va gazlamaning cho‘zilish miqdori kabi mezonlar tanlab olindi. Payvandchi harakatlarni bajarayotganda o‘rganilayotgan uchastkalarda kiyimdagi harakat miqdori o‘lchandi. Tadqiqotlar natijasida aniqlangan dinamik samaradorlik miqdorlari 3-jadvalda keltirilgan. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 302 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari 3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ishchilar tomonidan ma’lum harakatlarni bajarilishi ba’zi gavda o‘lchamlarining sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. Bir qator o‘lchov belgilarining kattalashishi maxsus kiyim to‘kisligi uchun ratsional qo‘shimcha haqlar tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. Bazalt mato qo‘llanilgan payvandchilar uchun maxsus kiyimning konstrutsiyasini qurishda qo‘shimcha haqlar qiymati muhim ahamiyatga ega, bunda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak: material xususiyatlari, statikada va dinamikada o‘lchov xususiyatlarining o‘zgarishi. 3-jadval Payvandchilarining mehnat jarayonida gavda o‘lchamlarining dinamik samaradorligi № Statik o‘lchov belgisi, (O‘Bs) Statik o‘lchov kattaliklar, Dinamik o‘lchov belgisi, (O‘Bd) Dinamik o‘lchov kattaliklar, Dinamik samaradorlik ning absalyut qiymati, Dinamik samaradorlik ning nisbiy qiymati, sm sm Def o=(O‘Bd - O‘Bs )/ OBs *100% 1 Short 20,04 Short (d) 22 1,6 7,9 2 Shold 18,3 Shold (d) 20 1,7 9,2 3 Dort.bel 47,7 Dort.bel (d) 57 9,6 20,1 4 Dyeng 64 Dyeng (d) 65 1,0 1,5 5 Vyel.qiya 51,2 Vyel.qiya (d) 58,4 7,2 14 6 Dbel.dumg‘ 37,2 Dbel.dumg‘ 43,2 6 12,5 7 Dbel.yon 28 Dbel.yon 28 0 0 8 Ddumg‘.tiz. 38 Ddumg‘.tiz. 38 0 0 9 Otiz. 44 Otiz.(d) 44,5 0,5 1,1 10 Vtiz. 52 Vtiz. 52 0 0 Def a=O‘Bd - O‘Bs, sm Payvandchilarining mehnat harakatlari xronometraji shuni ko‘rsatdiki, ularning ish faoliyati jarayonida faqat ushbu soha ishchilari uchun xarakterli bo‘lgan ishchi holatlardan biri - payvandlash jarayonida gavdaning egilishi hamda tizza sohasida oyoqning bukilishi (qo‘llar osilgan holatda tananing 900 ga oldinga egilishi), bu holat esa “og‘ qirqimi” konstruktiv tugunining zo‘riqishiga olib keladi. Mazkur maqola maxsus kiyimning dinamik xossalariga ta’sir etuvchi quyidagi omillarni o‘rganishga yo‘naltiriltirildi: ishchi harakatlarini bajarishda og‘ qirqimi hududida vujudga keladigan maksimal zo‘riqishlar xarakterini o‘rganish, orqa bo‘lak o‘rta choki chizig‘i bo‘yicha beriladigan to‘kislik haqqining maxsus kiyimning old va orqa bo‘laklar og‘ qirqimi hududi bo‘yicha taqsimlanishi, og‘ qirqimi parametri va shaklining ratsional ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Bazalt mato qo‘llanilgan maxsus kiyim modeli funksional yaqinligi prinsipi va asosiy konstruktiv parametrlari (bir xil siluet, razmer-bo‘y va to‘lalik) bo‘yicha tanlandi. Tanlangan maxsus kiyim modelining “og‘ qirqimi” konstruktiv tugunining chiziqli o‘lchamlari ularning andazalarining taalluqli hududlarini bevosita o‘lchash yo‘li bilan aniqlandi. Orqa bo‘lak o‘rta chizig‘ining bel chizig‘igacha berilgan o‘zgarishlar (Dort.bel) miqdori hisoblash yo‘li bilan aniqlandi. Hisoblash yo‘li bilan aniqlangan qo‘shimcha haq miqdorlari 4 - jadvalga keltirilgan. Bazalt mato qo‘llanilgan maxsus kiyimda tananing 900 ga oldinga egilish harakatlarga erkinlik ta’minlash nuqtai nazardan, belgacha orqa bo‘lak uzunligi uchun qo‘shimcha haq QDort.bel va qadam kengligi Shq juda muhim hisoblanadi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 303 Textile and light industry technologies 4-jadval. Konstruktiv o‘zgarishlar qiymatlarini aniqlash Ergonomik holatning nomlanishi Dinamik samaradorlikning absalyut qiymati, Harakatda kiyimning o‘lchamining ozgarish miqdori, sm Konstruktiv qo‘shimchlar miqdori, sm Def a=O‘Bd -O‘Bs, sm Qo‘llar osilgan holatda tananing 900 ga oldinga egilishi Bel chizig‘i ↑ 3,0 sm. ga QDort.bel=9,3-3,0=6,3 QVyel.q.=7,2-3,0= 4,2 QVo‘t=8,5-3,0=5,5 Payvandchilar uchun bazalt mato qo‘llanilgan maxsus kiyimning ratsional konstruksiyasini ishlab chiqish uchun yuqorida aytib o‘tilgan konstruktiv parametrlarni tahlili alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda maxsus kiyim konstruksiyasiga qo‘yiladigan ergonomik, texnologik va estetik talablar yuqori darajaga еtdi. Ergonomik talablar ishchilarga ish vaqtida yеtarlicha erkinlik va qulaylik yaratishdan iborat, texnologik talablar kiyim detallarining biriktiriladigan choklarining o‘zaro muvofiqligiga bog‘liq, estetik talablar esa buyumni kiyimning odam figurasida yaxshi turishi, detallarda turli zo‘riqishlar va burmalar hosil bo‘lmasligini o‘z ichiga oladi. Biz tanlagan ЕМКО СЭВ ГОСТ 17521-72 usulida hisoblash formulalar mavjud. Barcha konstruktiv qismlarning qiymatlari beriladi va bu qiymatlarda chok haqi uchun qo‘shimchlar mavjud. Bugungi kunda ЕМКО СЭВ metodikasi bo‘yicha quruvchi, payvandchi va shunga mos ishchilarga berilayotgan maxsus kiyim shimining ort bo‘lak og‘ qirqimi o‘lchami 10,4 sm.ni, old bo‘lak og‘ qirqimi o‘lchami 4,9 sm.ni tashkil etadi. Kurtkaning ort bo‘lak belgacha bo‘lgan masofa 45,5 sm.ni tashkil etadi. Olib borilgan izlanishlarga ko‘ra, mavjud maxsus kiyimini topografik zonalar bo‘yicha tadqiq qilinish jarayonida aniqlandiki, kiyimdagi ko‘pchilik shikastlanishlar uning konstruktiv yеchimining kamchiliklariga borib taqaladi, jumladan, belgacha orqa bo‘lak uzunligi uchun qo‘shimcha haqning miqdori kichik bo‘lgani hamda bazalt tolali matoning elastikligi talab darajasida bo‘lmaganligi sabab, og‘ qirqimning zo‘riqishi, harakatlanish jarayonida og‘ qirqimda kerakli erkinlik darajasini ta’minlamasligi natijasida og‘ qirqimining so‘kilib ketishi va hokazo. Izlanishlar N.A. Saxarova tomonidan tavsiya etilgan kiyimning ergonomik konstruksiyasida konstruktiv qo‘shimchalarni hisoblash va asoslash metodikasi asosida “gavdaning 900 egilishida shim og‘ qirqimining siljish darajasi” ko‘rsatkichi bo‘yicha amalga oshirildi. Ishchi harakatlar sifatida payvandchilarning ish jarayonida eng ko‘p bajaradigan va ularni bajarish natijasida inson tana o‘lchamlarining eng katta miqdorda o‘zgarishiga olib keladigan - “gavdaning 900 egilishi” ishchi harakati tanlab olindi. Statikada olingan konstruktiv o‘lchov qiymatlari dinamikada olingan o‘lchov qiymatlari bilan taqqoslanganda shimning qadam kengligi uzunlik o‘lchov birligi (4-jadval 3-O‘B) qiymatida sezilarli o‘garishni ko‘rish mumkin. Shuni inobatga olgan holda ЕМКО СЭВ metodikasi bo‘yicha qurilgan bazalt mato qo‘llanilgan maxsus kiyim konstruksiyasida gazlama xususiyatini hamda shimning qadam kengligigacha bo‘lgan uzunlik o‘lchov birligi qiymatida sezilarli o‘garishini hisobga olgan holda og‘ qirqimi parametri 6 sm.ga uzaytirildi (3 - rasm). Ishchilarning tipik gavda o‘lchov belgilari, ergonomik izlanishlar asosida quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: − Shim old bo‘lak og‘ qirqimi 7,9 sm qabul qilindi; − Shim ort bo‘lak og‘ qirqimi 13,4 sm qabul qilindi. Dort.bel(d)-Dort.bel=57,0-47,7=9,3 Vyel.qiya(d)-Vyel.qiya=58,4-51,2 =7,2 Dbel.dumg‘-Vo‘t=37,9-29,4=8,5 Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 304 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari Maxsus kiyimni ekspluatatsiyalashda yanada qulayroq bo‘lishi uchun, mavjud ish kiyimidan farqlanadigan bir qator o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: ➢ zamonaviy, ish jarayonida harakatlar erkinligini va yuqori dinamik ko‘rsatkichlarni (ishlash qulayligini) ta’minlovchi maxsus kiyim – kurtka va shim konstruksiyasining qo‘llanganligi; ➢ maxsus kiyimda kurtkaning old bo‘lagida, ikki chokli yеngning ustki bo‘lagida, shimning old bo‘lagida olovbardosh bazalt matoning qo‘llanilganligi, buning natijasida ishchining tanasi shlak va olov uchqunlari ta’siridan himoyalanadi va ishchilar xavfsizligini ta’minlaydi; ➢ detallarning tizza va tirsak sohasida ishqalanib, yеyilishdan himoya qiluvchi qo‘shimcha 3 - rasm. “Og‘ qirqimi” konstruktiv tugunini uzaytirish mustahkamlovchi qoplamalarning mavjudligi. Shunday qilib, ЕМКО СЭВ konstruksiyalash usulidan foydalangan holda ishchilarning tipik gavda o‘lchov belgilari, ergonomik izlanishlar asosida aniqlangan og‘ qirqimi uzaytirilgan maxsus kiyim konstruksiyasi “COMPAS” dasturi asosida amalga oshirildi

Литература (9)

  1. 1. Защепкина К.А. Перспективы применения материалов с добавлением базальтовых волокон и базальтового ровинга. 2015, Иваново.
  2. 2. Ковалева Н.Е. Диссертация. Композиционный текстильный материал для спецодежды и изделий технического назначения. Саратовский государ. технический университет.
  3. 3. Захарченко А.С. Обоснование и разработка технологий заключительной отделки текстильных материалов с использованием отечественных стиролметакриловых и уретановых полимеров. Тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 05.19.02, кандидат наук 2013, Иваново.
  4. 4. Авезов М.Ф., Кулиева Д.Р. “Использование инновационных тканей для пошива рабочей одежды”. «Техническое регулирование в едином экономическом пространстве» г. Екатеринбург- 2021 г.
  5. 5.Kuliyeva D.R., Avezov M.F. “Bazalt jinslaridan tolalar va o‘ta ingichka tolalar ishlab chiqarish”. Развитие науки и технологий. Научно – технический журнал. №2. 2021г.
  6. 6. Авезов М.Ф., Кулиева Д.Р. Подбор швейных игл в зависимости от плотности и механических свойств материала. Международная научная конференция, посвященная 135-летию со дня рождения профессора В.Е. Зотикова. Часть 1, Москва, 2022 г.
  7. 7. Кулиева Д.Р., Авезов М.Ф. Перспективы использования базальтовых волокон в Узбекистане. Международная научная конференция, посвященная 135-летию со дня рождения профессора В.Е. Зотикова. Часть 2, Москва, 2022 г.
  8. 8. Kulieva Dilafruz Radjabovna, Avezov Mavlonjon Fazlievich. Bazalt matosining fizik va mexanik xususiyatlarini tahlil etish va taqqoslash. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ» Международный научно - образовательный электронный журнал. 2022 г.
  9. 9. Авезов М.Ф., Кулиева Д.Р. “Анализ физико-механических свойств базальтовых полотен”. «Техническое регулирование в едином экономическом пространстве» г. Екатеринбург2022 г. Kuliyeva Dilafruz Radjabovna - Buxoro davlat texnika universineti, “Yengil sanoat muhandisligi va dizayn” kafedrasi assistenti. Tel.: 907440309. E-mail: dilafruz.kuliyeva@mail.ru Maqola “Yengil sanoat muhandisligi va dizayn” kafedrasi dotsenti Avezov Mavlonjon Fazliyevich rahbarligida tayyorlandi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 305