Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish

SAYITQULOV S.O., RAZZOQOV R.R.

Выпуск
1-son
Страницы
316–320
Опубликовано
24.02.2026
Просмотры
0 4

Аннотации

Maqolada paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalashga mo‘ljallangan takomillashtirilgan tozalash mashinasini takomillashtirish va uning ishlash prinsiplari yoritilgan. Pnevmotransport, ta’minlash valiklari, sakkizta qoziqchali barabandan iborat ketma-ket tozalash tizimi va aerodinamik tizim orqali paxta oqimi me’yorlanishi va iflosliklar ajratilishi tahlil qilingan

Литература (23)

  1. 1. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Тола таркиби турлича бўлган кўйлакбоп матоларнинг технологик кўрсаткичларини таҳлили // International Conference of Actual Problems in Science and Education. – Canberra (Australia), 2024. – P. 1–4. – URL: https://interconference.org
  2. 2. Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Analysis of the physical-mechanical properties of t-shirt fabric with different fiber composition // E3S Web of Conferences. – 2024. – Vol. 548. – P. 1–5.
  3. 3. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E. Study of the effect of the speed of the receiving drum of the carding machine on the properties of the thread // Journal of Physics: Conference Series. – 2022. – Vol. 2388. – P. 1–7. – DOI: 10.1088/1742-6596/2388/1/012168.
  4. 4. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А. Тажриба натижаларини қайта ишлаш учун дастур, DGU №36673, 2024.
  5. 5. Тошпулотов Л.И., Мардонов С.Э., Ержанова Д.Ж. Янги таркиб билан оҳорланган танда иплар асосида олинган матоларнинг физик-механик хусусиятлари таҳлили // Халқаро илмий-амалий конференция мақолалари тўплами. – Наманган, 2022. – Т. II. – Б. 89–93.
  6. 6. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Yerjanova D.J., Karimova N.H. Tolаlаr tаrkibi turlichа bo‘lgаn ko‘ylаkbop mаtolаrning sifаt ko‘rsаtkichlаrining o‘zgаrishi // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2022. – №4. – Б. 215–219.
  7. 7. Toshpulotov L.I., Mardonov S.E., Xamrayeva S.A. To‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotning sifatini nazorat qilishda kompyuter ko‘rish tizimidan foydalanish // Фан ва технологиялар тараққиёти. Илмий-техникавий журнал. – 2023. – №4. – Б. 260–266.
  8. 8. Тошпулотов Л.И., Хамраева С.А., Шумкарова Ш.П., Норбоева Г.Т. Икки қатламли плашли мато: Саноат намунаси, Гувоҳнома № SAP 2662, 01.03.2024. PAXTANI MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH MASHINASINING YANGI KONSTRUKSIYASINI ISHLAB CHIQISH Sayitqulov S.O., Razzoqov R.R. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Maqolada paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalashga mo‘ljallangan takomillashtirilgan tozalash mashinasini takomillashtirish va uning ishlash prinsiplari yoritilgan. Pnevmotransport, ta’minlash valiklari, sakkizta qoziqchali barabandan iborat ketma-ket tozalash tizimi va aerodinamik tizim orqali paxta oqimi me’yorlanishi va iflosliklar ajratilishi tahlil qilingan Kalit so‘zlari: baraban, qoziqcha, paxta,tozalash samaradorlik, to‘rli sirt, ta’minlagich,havo, mayda ifloslik,valik, shahta, quvur. DEVELOPMENT OF A NEW DESIGN FOR A COTTON CLEANING MACHINE TO REMOVE FINE IMPURITIES Sayitqulov S.O., Razzokov R.R. Bukhara state technical university. Annotation. The article focuses on the improvement of a cotton cleaning machine for effective removal of fine impurities and its working principles. Pneumatic transport, feed rollers, a sequential system of eight-barrel drums, and an aerodynamic system regulating cotton flow and impurity separation are analyzed. Keywords: drum, peg, cotton, cleaning efficiency, mesh surface, feeder, air, fine impurities, roller, shaft, chamber, tube. Kirish. Paxta xomashyosini dastlabki qayta ishlash jarayonida iflosliklarni samarali ajratish texnologik jarayonning sifat ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Paxta tolasi sifatining yuqoriligi nafaqat tayyor mahsulotning fizik-mexanik xossalari va chidamliligiga, balki uning bozor qiymati, iste’molchi talablariga javob berish darajasi va xalqaro standartlarga mos kelishiga ham Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  9. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari bog‘liqdir. Shuning uchun paxta xomashyosini tozalash jarayoni texnologik jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri sifatida qaraladi. So‘nggi yillarda jahon bozorida paxtaning tabiiy fizik-mexanik xossalarini maksimal darajada saqlash, tarkibidagi yirik va mayda iflosliklarni minimal darajaga kamaytirish bo‘yicha talablar sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu esa texnologik jarayonlarda ishlatiladigan uskunalarning samaradorligi va ularning konstruktiv parametrlarini takomillashtirish zaruratini yanada dolzarb qiladi. Shu sababli paxta tozalash jarayonida qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning ish rejimlarini optimallashtirish, konstruktiv elementlarini takomillashtirish va ularning harakat jarayonlarini ilmiy asoslash ayni paytda dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etiladi
  10. [1]. Hozirgi kunda mavjud barabanli quritish va tozalash uskunalarida bir qator texnologik kamchiliklar mavjud. Jumladan, energiya sarfining yuqoriligi, paxtaning yеtarlicha titilmasligi, namlikning bir tekisda ajralmasligi kabi muammolar kuzatiladi. Bular esa tozalash jarayonining samaradorligini pasaytiradi va tolalarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Shu nuqtai nazardan, paxtani quritish va tozalash jarayonlarini bir texnologik oqimda uyg‘unlashtirish, qoziqchali barabanlarning konstruktiv parametrlari, havo oqimining tezligi va yo‘nalishini chuqur o‘rganish zarurati yuzaga keladi. Bu tadqiqotlar paxta tozalash texnologiyalarini modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish va tolalarning sifatini maksimal darajada saqlashga xizmat qiladi
  11. [2]. Paxta xomashyosini tozalash jarayonini chuqur o‘rganish bo‘yicha ko‘plab olimlar bir qator eksperimental tadqiqotlar olib borganlar. Ular paxta tarkibidan ajralib chiqadigan mayda va yirik iflosliklar miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga alohida e’tibor qaratganlar. Jumladan, aylanish chastotasi, qoziqli baraban o‘lchamlari, kolosnikli panjaraning parametrlari, arrali baraban va boshqa texnologik elementlarning samaradorlikka ta’siri batafsil tahlil qilingan. Shu tadqiqotlar natijasida paxta tolalarining fizik-mexanik xossalarini maksimal darajada saqlash va tarkibidagi iflosliklarni minimal darajaga tushirish bo‘yicha samarali ishchi parametrlar aniqlangan. Bugungi kunda jahon bozorida tolalarning tabiiy fizik-mexanik xossalarini maksimal darajada saqlash bo‘yicha talablar ortib bormoqda. Jahon standartlarida paxta tolalarining uzunligi, mustahkamligi, elastikligi, rangi va tarkibidagi iflosliklar miqdoriga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois, paxta xomashyosini tozalash samaradorligini oshirish, tolalarning tabiiy xossalarini saqlash va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash dolzarb ilmiy va amaliy masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda
  12. [3]. Ushbu tadqiqot doirasida paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalash maqsadida yangi konstruktsiyaga ega, takomillashtirilgan ishchi organlar bilan jihozlangan tozalash mashinasi ishlab chiqildi. Mazkur mashina paxtaning iflosliklardan tozalanish sifatini oshirish bilan birga, tolalarning tabiiy fizik-mexanik xossalarini maksimal darajada saqlash imkonini beradi. Shu bilan birga, energiya sarfini kamaytirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish va mashina resursini uzaytirish kabi texnik va iqtisodiy jihatlar ham hisobga olingan. Bundan tashqari, paxta tozalash jarayonini optimallashtirish jarayonida mashinaning ishlash prinsiplarini, ishchi organlarning shakli va o‘lchamlari, havo oqimi tezligi va yo‘nalishi kabi parametrlar o‘rganildi. Ularning har biri tolalarning sifatiga, iflosliklarning ajralish samaradorligiga va umumiy texnologik jarayonning optimal ishlashiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, tadqiqot natijalari paxta tozalash texnologiyalarini modernizatsiya qilish, yangi texnologik echimlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishda amaliy qo‘llash imkoniyatini beradi. Ilmiy ishning tahlili. Ma’lumki, paxtaning namligi maxsus quritish barabanlarida (СБО, 2CБ-10 tipidagi quritgichlar) kamaytirilib, uning namlik darajasi 7–8 % gacha tushiriladi. Biroq bunday barabanli quritish usuli katta energiya sarfini talab qiladi. Shuningdek, baraban ichida harakatlanayotgan paxta bo‘laklari yaxshi titilmaydi, natijada namlikning bir tekisda ajralishi hamda quritish jarayonining to‘liq amalga oshishi qiyinlashadi
  13. [4]. Ushbu kamchiliklarni hisobga olgan holda, paxtani quritish va tozalash jarayonlarini bir vaqtning o‘zida 1XK mashinasida bajarish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Bu yondashuv paxtani “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  14. Textile and light industry technologies yaxshiroq titish, namlikni samaraliroq chiqarish va tozalash samaradorligi oshishiga yordam beradi. Tadqiqotlar natijasida tozalash mashinasining yangi, takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqildi. Takomillashtirilgan tozalash mashinasining ishlash jarayoni quyidagicha batafsil izohlanadi: Paxta xomashyosi pnevmotransport tizimi orqali uzluksiz ravishda shaxta 1 ga yuboriladi. Shaxtaga kelib tushgan xomashyo ikki tomonlama, bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadigan ta’minlash valiklari 2 yordamida tekislanadi va barqaror oqim holiga keltiriladi. Ushbu valiklar paxtani teng taqsimlab, uni belgilangan me’yor asosida qoziqchali baraban 3 ga yеtkazib beradi
  15. [5]. Qoziqchali baraban o‘zining konstruktiv xususiyatlari tufayli paxtani ilib olib, uni soat strelkasi yo‘nalishiga qarama-qarshi tarzda harakatlantiradi. Bu jarayonda paxta tolasi titilib, to‘rli sirt 4 bo‘ylab suriladi. Baraban paxtani keyingi qoziqchali barabanga uzatadi va shu tartibda xomashyo ketma-ket o‘rnatilgan sakkizta qoziqchali barabandan bosqichma-bosqich o‘tadi. Har bir baraban paxtadagi mayda va yirik iflosliklarni ajratishda o‘ziga xos rol o‘ynaydi hamda tozalash jarayonining umumiy samaradorligini oshiradi [6]. 1-rasm. 1XK paxta tozalash mashinasi. 1-shaxta, 2-ta’minlash valiklari, 3-qoziqcha, 4-to‘rli sirt, 5- issiq havo quvuri, 6- hava yo‘naltirgich, 7-ish kamerasi, 8-ifloslik bunkeri, 9- tayanch, 10qoziqchali baraban, 11- ventilator Issiq havo quvuri 5 orqali kelayotgan havo oqimi esa qoziqchali barabanlar ustida joylashtirilgan maxsus havo yo‘naltirgich 6 lar yordamida ish kamerasi 7 ga yo‘naltiriladi. Issiq havo paxtaga bir tekis ta’sir ko‘rsatib, uning namligini kamaytiradi, shu bilan birga еngil va mayda iflosliklarning ajralishini sezilarli ravishda kuchaytiradi. Ajralgan iflosliklar to‘rli sirt 4 dan o‘tib, tortish kuchi ta’sirida bunker 8 ga tushadi. Ushbu jarayon davomida ishlatilgan issiq havo va mayda chang zarralari sklon tizimiga yo‘naltiriladi. Natijada mashina paxtani yuqori darajada tozalabgina qolmay, tolalarning tabiiy fizikmexanik xossalarini saqlagan holda, tozalash jarayonining uzluksiz, samarali va energiya tejamkor ishlashini ta’minlaydi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
  16. To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari Takomillashtirilgan 1XK markali tozalash mashinasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish natijasida paxtani dastlabki ishlov berish sifatida sezilarli yaxshilanishlar kuzatilishi kutilmoqda. Eng avvalo, paxta xomashyosi yangi mashinada tozalash jarayonining takroriy emas, balki bir marta uzluksiz bajarilishi muhim ustunlik hisoblanadi. Amaldagi tozalash liniyalarida paxta bir necha marta qo‘shimcha barabanlar, saralash va qayta titish bosqichlaridan o‘tishi zarur bo‘lib, bu jarayonlar ko‘p hollarda tolalarning mexanik shikastlanishiga olib keladi. Taklif etilayotgan konstruktsiyada esa: Jarayonning bir marotaba bajarilishi tola sifatini saqlaydi. Takroriy mexanik ta’sirlar bartaraf etilgani bois: • tolaning uzunligi saqlanib qoladi; • uzilish kuchi va elastiklik kabi fizik-mexanik xususiyatlar pasaymaydi; • mikroyirik zarrachalar bilan ishqalanish kamayadi. Natijada tola tabiiy ko‘rinishini yo‘qotmaydi, uning butunligi va yaroqlilik darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Bu esa keyingi texnologik bosqichlarda — ayniqsa, yigirish, kalava olish va to‘qimachilik jarayonlarida mahsulot sifatini oshiradi. Tozalash samaradorligi oshadi. Yangi mashina bir martalik uzluksiz tozalash jarayonida: ▪ paxta oqimining barqarorlashuvi; ▪ qoziqchali barabanlar ketma-ketligi orqali bosqichma-bosqich optimal titish; ▪ issiq havo bilan bir vaqtda quritish va еngil iflosliklarni ajratish; ▪ to‘rli sirtlarda iflosliklarni aniq saralab olib tashlash natijasida iflosliklarning katta qismi bir marotaba o‘tishda ajralib ketadi. Bu yondashuv ortiqcha texnologik bosqichlarni kamaytiradi hamda umumiy energiya sarfini sezilarli kamaytiradi. Tadqiqotlar davomida olib borilgan texnologik tajribalar natijalari 2-rasmda grafika shaklida taqdim etilgan. Ushbu grafiklar yordamida paxta tozalash mashinalarining samaradorligi va ish unumdorligi o‘rtasidagi bog‘liqliklar batafsil tahlil qilindi. Mavjud konstruksiyadagi paxta tozalash mashinasidan foydalanilganda II navli (2-sinf) paxtaning tozalash samaradorligi ish unumdorligi 5 t/soat bo‘lganda 37,5 % ni tashkil qiladi. Ish unumdorligi 6 t/soatga oshirilganda, samaradorlik 34,5 % ga, 7 t/soatga yеtganda esa 28,1 % gacha pasayadi. Ushbu natijalar mashinaning yuqori ish unumdorligida tozalash jarayonining samaradorligi pasayishini, ya’ni tolalarga ta’sir qiluvchi mexanik va aerodinamik omillarning o‘sishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, takomillashtirilgan 1XK paxta tozalash mashinasida II navli paxta tozalash samaradorligi sezilarli oshadi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ish unumdorligi 5 t/soat bo‘lganda tozalash samaradorligi 41,0 % ni tashkil qiladi va ish unumdorligi 7 t/soatga yеtganda samaradorlik 32,5 % gacha pasayadi. Bu ko‘rsatkichlar mavjud konstruksiyadagi mashina bilan taqqoslaganda samaradorlikni II navli paxta uchun 3,5–4,0 % ga oshirganligini ko‘rsatadi. 2-rasm. II navli (2-sinf) paxtani mayda iflosliklardan tozalashda takomillashtirilgan 1XK paxta tozalash mashinasining samaradorligiga ta’sirini ko‘rsatadigan grafiklar. 1-takomillashtirilgan paxta tozalash mashinasi; 2-mavjud konstruk-siyadagi paxta tozalash mashinasi; Natijalar shuni ko‘rsatadiki, takomillashtirilgan 1XK paxta tozalash mashinasi mavjud texnologiyalarga nisbatan yanada energiya tejamkor, samarali va tolalarning tabiiy xossalarini saqlash imkonini beruvchi texnologik yеchim sifatida o‘zini namoyon qiladi. Shu bilan birga, yangi “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
  17. Textile and light industry technologies konstruktsiya paxta tozalash jarayonini tezlashtiradi, ishlov berish unumdorligini oshiradi va keyingi texnologik bosqichlarda — yigirish, kalava olish va to‘qimachilik jarayonlarida mahsulot sifatini yaxshilaydi. Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqotlar paxtani quritish va tozalash jarayonlarini birlashtirish tozalash samaradorligini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi. Takomillashtirilgan qoziqchali barabanlar tizimi va issiq havo bilan ishlov berish paxtaning yaxshi titilishini, namlikning bir tekis chiqarilishini hamda mayda iflosliklarning samarali ajralishini ta’minladi. Natijada mashina energiya tejamkor, barqaror ishlovchi va paxta tolalarining tabiiy xossalarini saqlab qoluvchi texnologik yеchim sifatida o‘zini namoyon qildi. Foydalanilgan adabiyotlar
  18. 1. Substantiated parameters of multifaceted grates in the coarse cleaning zones of a cotton gin A Djuraev, S Sayitkulov, J Kholmirzaev, B Haydarov, N Mustafaev AIP Conference Proceedings 2969 (1), 050027.
  19. 2. Kombinatsiyalashgan paxta tozalagich SSH Djurayev Anvar Djurayevich, Sayitkulov Sardor Oltiboyevich, Rajabov Ozod ... US Patent IAP 07,078.
  20. 3. Substantiation of the drum splitting radius in the areas of fine cotton cleaning of the cleaning unit A Djuraev, S Sayitkulov, J Kholmirzaev, N Mustafayev, K Rakhimov. Problems in the textile and light industry in the context of integration of …
  21. 4. Development of a Nev Design for Drying Cotton Seeds with Purpose of efficient Use of Heat SO Sayitkulov International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and …
  22. 5. Fayziyev, S. H., Ibodullayev, O. O., Rasulov, E. N., & Muxidinova, S. N. Technology of energyefficient cleaning of cotton raw material using a vibrating set surface.
  23. 6. Kh, F. S., Fatullaeva, S. I., & Kh, T. O. (2022). Theoretical and experimental study of the influence of temperature, humidity and density on the drying process of raw cotton. Eurasian journal of medical and natural sciences, Innovative Academy Research Support Center, 2 (01), 66-71. AYOLLAR USTKI LIBOSLARI BO‘YICHA ISTIQBOLLI MODA YO‘NALISHLARINI TAHLIL QILISH Qodirova S.X. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada ayollar ust liboslari bo‘yicha istiqbolli moda yo‘nalishlarini tahlil qilish, dizaynerlar tomonidan yaratilgan to‘plamlarning modaga mosligi, shu bilan birga oddiyligi, bichimlarning aniqligi va liboslarning juda nozikligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: moda, libos, to‘plam, andaza, marketing, aplekatsiya, mato, yoqa, ip, andaza. ANALYSIS OF PROMISING FASHION TRENDS IN WOMEN'S OUTERWEAR Kadirova S.Kh. Bukhara state technical university. Annotation. This article presents an analysis of promising fashion trends in women's outerwear, providing information on the fashion-forwardness of collections created by designers, wxile also highlighting their simplicity, precision of cuts, and the exceptional elegance of the garments. Keywords: fashion, dress, collection, style, marketing, applique, fabric, collar, thread, style. To‘plamlarni yaratishda mahalliy va xorijiy еtakchi dizaynerlarning 2025-2026-yillar uchun yaratilgan liboslar assortimenti o‘rganildi. Dizaynerlarning ishlarini kuzatganimizda ular o‘z liboslar to‘plamlarida trapetsiya, qumsoat, tog‘ri to‘rtburchak va dumaloq shakllardan keng va samarali foydalanganlar. Dunyoga mashhur modalar uyi bo‘lgan Shanelning ishlarini kuzatganimizda u to‘g‘ri to‘rtburchak, trapetsiya siluetlaridan mohirona foydalangan. Bu siluetni Anya Hindmarch ishlarida ham kuzatishimiz mumkun. U ham o‘z liboslar to‘plamida to‘g‘ri to‘rtburchak siluetidan keng foydalangan. 2025-2026-yil liboslarda dizaynerlar axromatik ranglar bilan bir qatorda xromatik ranglardan ham keng foydalanganlar. Ular liboslar to‘plamlarining Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 318