Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Paxta quritishning ahamiyatliligi va undagi texnik muammolar
Annotatsiyalar
Ushbu maqolada paxta xomashyosini quritish texnologiyasining ahamiyati, mavjud texnik muammolar va ularni hal qilish yo‘llari nazariy tahlil qilindi. Paxtani sifatli quritish mahsulotning yakuniy holatini belgilovchi asosiy bosqichlardan biridir. An’anaviy quritish usullarida yuqori energiya sarfi, haroratning beqarorligi va inson aralashuvining yuqoriligi muammo sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqotda quyosh konsentratoridan issiqlik manbai sifatida foydalanish orqali gaz yoki suyuq yoqilg‘i sarfini kamaytirish imkoniyati o‘rganilgan. Shuningdek, quritish jarayoniga mexatronik tizimlarni integratsiyalash orqali issiqlik oqimini real vaqtda boshqarish, energiya isrofini minimallashtirish hamda xavfsizlikni oshirish mumkinligi asoslab berilgan. Ushbu yondashuvlar paxta quritish tizimlarining iqtisodiy, ekologik va texnologik samaradorligini oshirishda katta imkoniyatga ega.
This article provides a theoretical analysis of the importance of cotton drying technology, the existing technical challenges, and possible solutions. High-quality drying of raw cotton is one of the key stages that determines the final condition of the product. In conventional drying methods, high energy consumption, unstable temperature control, and extensive human involvement are identified as major problems. The study explores the possibility of reducing gas or liquid fuel consumption by using a solar concentrator as a heat source. In addition, it is justified that integrating mechatronic systems into the drying process enables real-time control of heat flow, minimizes energy losses, and improves safety. These approaches offer significant potential for increasing the economic, environmental, and technological efficiency of cotton drying systems.
Maqola Mazmuni
Kirish. Paxta xomashyosi (chigitli paxta)ni quritish – paxta tozalash va qayta ishlash texnologik zanjirining muhim jarayonlaridan biri hisoblanadi. Hosil yig‘ib olinganidan so‘ng chigitli paxtadagi ortiqcha namlikni me’yoriy holatga keltirish lozim. Bu sifatli tolani ajratib olish, urug‘larning saqlanishi va butun jarayonning izchilligi uchun xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tolani optimal namlik oralig‘ida, taxminan 6–8% saqlash paxtani tozalash jarayonida eng yaxshi natija beradi. Agar namlik 6% dan pastga tushib ketsa, tolalar mo‘rtlashib sinuvchan bo‘lib qoladi va natijada kalta tolalar ulushi oshadi va ip sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Namlik belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lganda esa tolalar yopishqoq bo‘lib, chigitni ajratish qiyinlashadi hamda chiqindi miqdori ortadi [8]. Shuning uchun ko‘pgina paxta zavodlarida chigitli paxtaning namligi 8–9% atrofida bo‘lishiga erishish maqsad qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkichdan oshmasligi nazorat qilinadi [9]. Paxtani quritish masalasi ayniqsa mashinada terim joriy etilishi va hosilni tez yig‘ish talablari ortib borishi sharoitida dolzarbdir. Mashinada terilgan paxta ko‘p hollarda yuqori namlikka ega bo‘lib, uni zavodga еtkazish va saqlash jarayonidayoq sifati yomonlashishi mumkin. Paxtani o‘z vaqtida sifatli quritib olish esa paxta tolasi xususiyatlarini saqlash va samarali tozalash uchun zarurdir [9]. Chigitli paxta ikki usulda quritiladi: tabiiy (oftobda dala sharoitida yoyib quritish) va sun’iy (maxsus quritish uskunalarida issiq havo yordamida) usullar mavjud. Tabiiy oftobda quritish yuqori sifatli, qo‘lda terilgan paxta namligini 2–3% ga tushirish talab etilganda va urug‘li chigit olish maqsadida qo‘llanadi [9]. Ammo sanoat miqyosida va mashina terimidan keyingi nam paxtani tez va bir me’yorda quritish uchun maxsus quritish agregatlaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Paxtani sun’iy issiqlik yordamida quritishning ilmiy-amaliy muammolari shundan iboratki, quritish jarayonida paxta tarkibidagi tolalar va chigitlar namligi bir xil foizlarda kamaymasligi mumkin – masalan, o‘rtacha namligi 10% bo‘lgan chigitli paxtada tolaning namligi ~7% bo‘lsa, chigitning namligi ~18% bo‘ladi, ya’ni texnik quritish vaqtida tolalar chigitga qaraganda tezroq quriydi [9].
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 326
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
Demak, tola namligini talab etiladigan me’yordan oshirib yubormasdan, chigitdagi namlikni ham еtarlicha olish muammosi mavjud [7]. Shu bilan birga, quritish jarayonida haroratni noto‘g‘ri tanlash yoki nazorat qila olmaslik tolani shikastlanishiga, sifatning pasayishiga yoki keyingi bosqichlarda texnologik qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Ayni paytda paxta quritish uskunalarida energiya sarfi bo‘yicha ham muhim masala turadi – quritish sexlarida yoqilg‘i sarfi paxta tozalash tannarxining sezilarli qismini tashkil etadi. Xususan, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, paxtani qayta ishlash zavodlarida umumiy energiya sarfining deyarli 40% ga yaqini quritish uchun yoqilg‘i energiyasiga to‘g‘ri keladi [10]. Shu sababli, paxta quritish jarayonini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, energiya sarfini kamaytirish uchun quyosh konsentratorlari kabi muqobil energiya manbalaridan foydalanishni hamda jarayon samaradorligini oshirishda mexatronik tizimlar va intellektual nazorat-boshqaruv vositalarini joriy etishni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb ilmiy-amaliy muammo sanaladi [6]. Uslub. Hozirgi kunda paxtani qayta ishlash korxonalarida chigitli paxtani quritish uchun bir necha turdagi uskunalardan foydalaniladi. Quritish issiqlik manbaiga ko‘ra quritgichlar aerofontanli (minorali), kamerali-shnekli va barabanli turlarga ajratiladi [9]. Amaliyotda esa asosan barabanli quritgichlar, minorali quritgichlar va pnevmatik quritish tizimlari keng tarqalgan. 1. Barabanli quritgichlar: Bu turdagi quritgich ichida aylanuvchi yirik silindr bo‘lib, unga bir uchidan issiq havo uzatiladi va nam paxta doimiy ravishda barabanga yuboriladi. Baraban aylanayotganda paxta massasi ichkarida balandlikdan ko‘tarilib tushish harakatini bajaradi va issiq havo bilan kontaktga kirishadi [9]. Natijada namlik tez bug‘lanadi va paxta quriydi. Barabanli quritgichlarda boshqa turlarga nisbatan quritish agentining haroratini yuqoriroq darajaga yеtkazish mumkin va uskunadan to‘g’ri va unumli foydalanish nisbatan oson kechadi. Paxta tozalash sanoatida yuqori unumdorlikka erishish maqsadida turli tuzilishdagi barabanli quritgichlar eng ko‘p qo‘llanadi [9]. Masalan, O‘zbekistondagi zamonaviy korxonalarda o‘rnatilgan 2SB-10 rusumli baraban quritgichlari bir martada ko‘p miqdordagi paxtaning namligini me’yor darajasigacha tushira oladi va ish unumdorligi jihatidan anchayin samarali hisoblanadi [11]. Baraban ichida maxsus kurakchalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular aylanish davomida paxta xomashyosini doimiy aralashtirib, uni baraban devoriga va issiq havo oqimiga urib turadi – bu esa namlikning bug‘lanishini ta’minlaydi. Baraban quritgichlarining afzalliklaridan biri – issiq havo va paxta zarralari qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanishi (qarshi oqimli yoki to‘g‘ri oqimli baraban) orqali quritish rejimini moslashtirish imkoniyati; kamchiligi esa – konstruksiya jihatdan katta hajmli bo‘lib, energiya sarfi yuqori va quritish jarayonida paxtaning faqat ustki namligini bug’lantiradi, issiq havo bir tekis tarqalmaydi, vaqt nazorati yo‘q va chang, changal kabi chiqindilar hosil bo‘ladi [9]. 2. Minorali (rafli) quritgichlar: Minorali quritgichlar vertikal o‘zakka ega bo‘lib, ichida ko‘p qavatli raf-shelf tuzilma mavjud. Bu tur “aerofontanli” quritgich deb ham yuritiladi, chunki issiq havo oqimi paxta zarralarini go‘yoki favvoradek yuqoriga ko‘tarib, serpantin yo‘llar (raftlar) orasidan o‘tkazadi [12]. Nam paxta minora tepasidan beriladi va issiq havo yordamida quritgich minorasi ichida yuqoriga va pastga yo‘nalgan aylanma harakatda bo‘ladi, yo‘nalishini o‘zgartirishi natijasida devorlarga uriladi – bu esa paxtani biroz “yopishqoq” holatdan bo‘shatib, namlik chiqishini yaxshilayd. Minorali quritgichlarda quritish jarayoni parallel oqim prinsipida kechadi, ya’ni issiq havo nafaqat quritish agenti, balki paxtani tashish vazifasini ham bajaradi [12]. Bunday tizimning afzalligi – tuzilma jihatidan harakatlanuvchi mexanik qism deyarli yo‘qligi sabab mexanik shikastlanish kam, baraban yo‘qligi uchun tolaga yumshoq ta’sir, bir maromda past haroratliroq quritish imkoniyati (bu keskin qizib ketishdan saqlaydi) va ayrim hollarda quritish bilan birga dastlabki tozalash effektini berishi. Ammo minorali quritgichlarda paxta zarralari tiqilib qolmasligi uchun havo oqimining tezligi va harorati juda aniq sozlanishi lozim. Pastki qatlamlarda paxtaning zichlanib qolishi havo o‘tishini cheklaydi. Hozirgi amaliyotda ko‘plab mamlakatlarda an’anaviy minorali quritgichlar hali ham keng qo‘llanib, ularda odatda har bir funt paxta xomashyosi uchun ~20 kub fut issiq havo sarflanadi. Namlikning notekisligini
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 327
Textile and light industry technologies
bartaraf etish va energiya samadorligini oshirish maqsadida qurutish jarayonini innivatsion mexatronik va robototexnika yondashuvlari asosida modernizatsiya qilish taklif etiladi. 3. Pnevmatik quritish tizimlari: Bu usulda chigitli paxtani oddiy pnevmatik quvurlar orqali yuqori tezlikda belgilangan haroratdagi havo ko‘tarib, quvur bo‘ylab harakatlantiradi, bu vaqtda tola namligi ham kamayadi. Paxta tayyorlov punktlarida yoki daladan zavodga joylash jarayonida issiq havo puflab paxtani quritish amaliyoti qo‘llanilishi mumkin. Pnevmatik quritish odatda barabanli yoki minorali quritgichlardan mustaqil holda ko‘rilmaydi – aksincha, yuqoridagi quritgichlarning tarkibiy qismi sifatida ishlaydi, ya’ni barabanli quritgichga paxta pnevmatik uzatgich orqali berilishi yoki minorali tizimning o‘zi pnevmatik prinsipda ekanligini tushunish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ayrim hollarda mustaqil pnevmoquritish quvurlari qo‘llanishi mumkin: masalan, dastlabki quritish bosqichida uzun quvur ichida paxtani issiq havo tezda quritib, keyin asosiy quritish jarayoniga uzatiladi. Pnevmatik quritish tizimlarining ijobiy tomoni – qurutish va tashish birgalikda, qurilma esa ixcham ya’ni qo‘shimcha mexanik tizim talab etilmaydi. Salbiy tomoni esa – paxta zarralari qisqa vaqtda quvurdan o‘tishda quritilishi sababli, bunda faqat yuzaki namlik olinib, chigitning ichki namligi to‘la bug‘lanmasligi mumkin va yuqori havo tezligi uchun energiya ko‘p talab qiladi. Shuning uchun pnevmatik quritish odatda yakka qo‘llanmay, balki ikki bosqichli tizim tarkibida ishlatiladi. Nazariy tahlil tomondan qaraganda, paxtani quritish jarayoni fizik jihatdan issiqlik va massa almashinuvi jarayonidir. Samarali quritish agenti sifatida odatda issiq havo xizmat qiladi – u paxtaga issiqlikni uzatib, tolalar va chigitdagi namlikni bug‘lantiradi. Nazariy tahlilda quritish jarayonining tavsiflash uchun namlikning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi, havo parametrlari (harorat, nisbiy namlik, oqim tezligi) va paxta zarralarining texnik xususiyatlari, sifat ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi. Quritish jarayonida namlik va haroratni boshqarish tartibi deganda, quritish agenti harorati va vaqt davomiyligining paxta namligini kamaytirishdagi o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Juda yuqori haroratda qisqa vaqt davomida tolani quritish namlikni tez olishi mumkin, biroq tolalarni haddan ortiq qizitib yuborib sifatini buzadi; aksincha, past haroratda uzoq quritish esa tolaga zarar еtkazmaydi, lekin energiya sarfi ko‘payadi va ko‘q vaqt ketadi. Shuning bois qaysi rejim optimal ekanligini aniqlash – nazariy va amaliy tadqiqotlar mavzusidir. Quritish jarayonini matematik modellashtirish uchun ko‘pincha tajribaviy differensial tenglamalardan foydalaniladi [3]. Ba’zi tadqiqotchilar paxta tolasi va chigitidagi namlikning bir biriga aralashish qonuniyatlarini o‘rganib, quritish tezligi va sharoitlari orasidagi munosabatlarni aniqlashgan [1]. Masalan, xom paxtaning ichki namligi diffuziya yo‘li bilan yuzaga chiqib bug‘lanishi, havo tezligi va harorati oshganda esa namlikning ajralish tezligi ortishi laboratoriya sharoitida isbotlangan [11]. Quritish modellari odatda ikki bosqichli xarakterga ega: erkin namlik tez bug‘lanadi va yoki tolalar ichidagi namlik sekinroq chiqadi. Nazariy tahlil natijalariga ko‘ra, quritgichlarning tuzilishi takomillashtiriladi va rejimlarni boshqarish algoritmlari yaratiladi. Zamonaviy quritish tizimlarida turli harorat va namlikni o‘lchovchi sensorlar yordamida jarayon parametrlarini doimiy nazorat qilish imkoniyati mavjud. Bunda quritish barabani ichiga joylashtirilgan harorat va namlik datchiklari paxta massasining holatini kuzatib boradi. Olingan ma’lumotlar displeylar yoki kompyuter tizimlariga uzatilib, operator yoki avtomatik boshqaruv kontrolleri tomonidan tahlil qilinadi [9]. Bunday avtomatlashtirilgan tizimlar quritish rejimini o‘zgaruvchan kirish parametrlariga mos ravishda tezkor sozlash imkonini beradi [3]. Misol uchun, paxta qabul qilinganda nam paxta va quruqroq paxta aralash bo‘lsa, datchiklar tezkor ravishda namlik oshganini qayd etadi va issiqlik generatori quvvatini oshirish orqali ko‘proq namlikni bug‘lantirishga harakat qiladi, yoki aksincha, paxta quruq bo‘lsa, haroratni pasaytirib, ortiqcha quritib yuborishni oldini oladi. Shunday qilib, sensorlar va avtomatik boshqaruv tizimlari yordamida quritish jarayonini moslashuvchan tarzda nazorat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu yondashuv ilmiy tadqiqotlarda “aqlli quritgichlar” konsepsiyasi sifatida qaralib, kelajakda paxta quritish sexlarida joriy etilishi kutilmoqda.
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 328
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
Natijalar. Paxta quritish jarayonida uchraydigan texnik muammolarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratish mumkin. Ularga namlikning notekis bug‘lanishi muammosi, quritish rejimining paxta sifatiga ta’siri, energetik samaradorlik hamda xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar kiradi. Ushbu muammolar tahlili va ularni bartaraf etish yo‘llari birgalikda ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi. 1. Notekis quritilish: Quritilgan paxta namligining bir xil bo‘lishi ko‘p jihatdan qabul paytidagi paxta namligining bir xil taqsimlanganiga bog‘liq. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, agar zavodga kelgan chigitli paxta qatlamlar orasida namlik farqlanishi 3–4% dan oshib ketsa, yakuniy quritilgan maxsulotda ham namlik bir tekis bo‘lmaydi [9]. Natijada, quritish qurilmasidan chiqqan paxtaning bir qismi normadan ortiq qurib ketgan bo‘ladi, boshqa qismida esa hanuz namligi yuqori bo‘lib qoladi. Namlikning notekis olinishi sifatsiz mahsulot olinishi va keyingi presslash, saqlash va qayta ishlash kabi jarayonlarda muammolar keltirib chiqaradi. Muammo sabablari qatorida paxta massasining quritgich ichida notekis harakatlanishi, havo oqimining ayrim joylarga yеtarli ta’sir qilmasligi, yoki kirish namligining bir xil emasligini ko‘rish mumkin. Yechim sifatida bir qator usullar qo‘llanishi mimkin. Ya’ni birinchi navbatda, paxtani quritishdan oldin namlik bo‘yicha saralash yoki yuqori namlikli va past namlikli paxtalarni aralashtirib, o‘rtacha qiymatga keltirish tavsiya etiladi. Ikkinchi o‘rinda, ikki bosqichli quritishni tatbiq etishni masalasini ko‘rish mumkin, ya’ni namligi juda yuqori 20–25% atrofida bo‘lgan paxta dastlab birinchi quritgichda bir oz quritilib, so‘ng ikkinchi quritgichda belgilangan me’yorga yеtkaziladi [13]. Paxta tozalash korxonalarida namlikka qarab paxtani bir marta yoki ikki marta quritish amaliyoti joriy qilingan bo‘lib, bu usul paxataning notekis qurishini kamaytiradi. Shuningdek, barabanli quritgichlarda paxtaning baraban ichida qolish vaqtini boshqarish orqali ham jarayonni boshqarishga erishiladi [5]. 2. Quritish rejimining sifat va xavfsizlikka ta’siri: Quritish harorati va paxtaning nam holda qolish vaqti tolalarning fizik va kimyoviy sifatlariga bevosita ta’sir qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tolalarning haddan tashqari qurib ketishi ularni mo‘rt va sinuvchan holga keltiradi. Ilmiy manbalarda keltirilishicha, paxta tolasining namligini 5% dan 4% gacha tushirish har bir foiz uchun kalta tolalar ulushini yana 1% ga oshiradi, ipning mustahkamligini esa yaqin 2.6% ga kamaytiradi [8]. Demak, tolani ortiqcha quritish mahsulot sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradi. Boshqa tomondan, namlikni me’yordan ortishi ham muammolarga ega bo‘ladi. Bunda tola elastik va mustahkam bo‘lsa-da, nam paxta keyingi tozalash mashinalarida tiqilib qolishi va to‘la tozalanmasdan o‘tib ketishi mumkin [12]. Ya’ni, nam paxta tolasi chigitdan sifatli ajratilmagani uchun unda chiqindi va iflosliklar ajralmay qoladi va tozalash sifati pasayadi. Quritish rejimini tanlashdagi muhum jihat bu tola sifatini saqlagan holda maksimal ifloslikni ajratib olish va chigitni quritishdir. Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, g‘arb amaliyotida tozalash stanogi oldidan tolali paxta namligini 6.5–7% atrofida ushlash optimal natija beradi [8]. Shuning uchun quritgichlardan paxta chiqishda taxminan shu namlik oralig‘ida bo‘lishi lozim. Albatta, bu qiymatga tashqi omillar, havoning nisbiy namligi, paxtaning boshlang‘ich navlari ham ta’sir qiladi. Quritish rejimining noto‘g‘ri belgilanishi yong‘in xavfsizligi ko‘rsatgichlarining keskin oshishiga olib keladi. Bunda yuqori harorat ta’sirida o‘ta quruq paxta tolasi va chang zarralarining o‘z-o‘zidan alangalanishiga moyilligi ta’sir qiladi. Quritish barabanlari va kanallarida paxta changining to‘planib qolishi va qizib ketishi ogohlantirish va nazoratni talab qiladigan xavfli jihatdir. Bunday salbiy holatlarning еchimlari sifatida bir necha choralarni ko‘rish mumkin. Quritish havosining haroratini qat’iy chegarada ushlash, odatda 100–120°C dan yuqori bo‘lmasligi tavsiya etiladi, shu bilan birga yakuniy tolani 6–8% namlikda qoldirishga harakat qilish. Keyingi o‘rinda, quritishdan so‘ng namlikni tiklash texnologiyasini qo‘llash lozim. Xususan, namlantirilgan havo yoki mayda suv purkagichlar yordamida quruq tolaga oz miqdorda namlik qaytariladi, bu uning mustahkamligini tiklashga yordam beradi [8]. Quritish tizimlarida yong‘in xavfsizligi uchun tutun va haddan tashqari issiqlikni sezuvchi datchiklar o‘rnatish esa, yong‘in paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘t
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 329
Textile and light industry technologies
uchqunlarini darhol aniqlaydi va ogohlantirish tizimini ishga tushiradi. Shuningdek, quritgichlardan chiqayotgan chang va havoni tozalash ham xavfsizlik va sanitariya nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi, bu maqsadda changni yig‘ib oluvchi moslamalardan foydalaniladi. 3. Energetik samaradorlik muammosi: Quritish jarayoni yuqori issiqlik energiyasi sarfini talab qilishi bilan ham qiyinchilik tug‘diradi. Quritgichlarda yoqilg‘i yoqish (gaz yoki mazut pechlari) orqali issiq havo uzatiladi. Energiya sarfi katta bo‘lgani sababli, quritish sexlarida yoqilg‘i tejamkorligi dolzarb masala sifatida qabul qilinadi. Ushbu xarajatlarni kamaytirish uchun quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyasi ham taklif etilmoqda [5]. Bunda maxsus qurilmalar, masalan, parabolik shakldagi quyosh konsentratorlari nurni fokusga jamlash orqali issiqlik agentini (havoni) qizdiradi [2]. Bu usul an’anaviy yoqilg‘i o‘rnini qisman yoki to‘liq bosib, energetik mustaqillikni ta’minlaydi. Yana tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi ko‘p bosqichli quritish tizimlarida berilgan issiqlik energiyasining atigi 20–30% i samarali namlik bug‘latishga sarflanib, qolgan qismi esa samarasiz yo‘qotiladi [14], [12]. Buning sabablaridan biri – quritish uskunalarining yomon izolyatsiyasi va issiqlikning qurilma devorlari orqali chiqib ketishidir. Shuningdek, juda nam paxtani quritishda issiqlikning bir qismi paxtani qizdirishga sarflanadi xolos, namlik bug‘latish kutilgan natijani bermaydi. Energiya samaradorligini oshirish uchun quritgichlarning issiqlik izolyatsiyasini yaxshilash, masalan, minorali quritish tizimlarini tashqi tomondan izolatsiya qilish orqali issiqlik yo‘qotishlarni 25–30% gacha kamaytirish mumkin [12]. Issiqlikni qayta tiklash texnologiyasini joriy etish orqali, quritgichdan chiqayotgan issiq nam havoni bevosita tashlab yubormasdan, undagi issiqlikni maxsus issiqlik almashtirgichlar orqali yangi kirayotgan havoni isitishga yo‘naltirish [3]. Bu usul yoqilg‘i sarfini sezilarli kamaytiradi. Quritish rejimini avtomatik boshqarish, ya’ni yuqorida aytib o‘tilgan sensor va nazorat tizimi orqali havo harorati va sarfini real vaqtda optimallashtirish hisobiga ortiqcha yoqilg‘i isrof bo‘lishining oldi olinadi [7]. Shuningdek an’anaviy energiya tejamkorligiga erishish nafaqat iqtisodiy foyda, balki ekologik jihatdan ham ahamiyatlidir. Yonilg‘i sarfining kamaytirilishi atmosferaga chiqayotgan zararli gazlarning qisqarishini ta’minlab, atrof muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytiradi. Keltirilganlardan ko‘rish mumkinki, paxta quritish rejimini to‘g‘ri tanlash va nazorat qilish mahsulot sifati, texnologik xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Muhokamalar. Tahlillardan kelib chiqqan holda, mavjud еchimlarning samaradorligi va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qilinmoqda. Avvalo, paxta quritish sohasida joriy qilingan texnologik yеchimlar barabanli va minorali quritgichlarning zamonaviy turlari o‘z samaradorligini ko‘rsatmoqda. Bu shuni anglatadiki, mavjud quritish uskunalarini takomillashtirish orqali ham sezilarli yutuqlarga erishish mumkin. Xususan, yangi konstruksiyalarda issiq havo oqimini yaxshiroq taqsimlash, baraban ichida paxtani “bo‘shatib” quritish, shuningdek, quritish va dastlabki tozalashni birlashtirish g‘oyalari qo‘llanilmoqda [11]. Bunday integratsiyalashgan yondashuv paxta quritish va tozalash sexlarining unumdorligini oshiradi, energiya tejamkorligini ta’minlaydi hamda yakuniy tola sifatini yaxshilaydi. Paxta quritish jarayonida energiyani tejamli va sifatli boshqarish uchun avtomatlashtirilgan nazorat tizimlaridan foydalanish samarali yo‘nalishlardandir. Bunday tizimlar tarkibiga sensorlar, markaziy boshqaruv bloki hamda ijro mexanizmlari kiradi. Ular birgalikda ishlab, quritish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish va kerakli o‘zgarishlarni avtomatik amalga oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilik va tadqiqotlar nuqtai nazaridan, so‘nggi yillarda quritish jarayonining nazariy modeli va uning optimallashtirish yo‘llari bo‘yicha izlanishlar kengaymoqda. Masalan, havoning nisbiy tezligi va haroratining namlikni bug‘latish tezligiga ta’siri bo‘yicha laboratoriyalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida xom paxtadan namlik ajralishi va ichki diffuziya jarayonini tavsiflovchi bog‘lanishlar olinmoqda (researchgate.net). Olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan modellar, birinchidan, yangi avlod quritish uskunalarini loyihalash imkonini beradi. Ikkinchidan,
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 330
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
ushbu modellar asosida jarayonni to‘liq avtomatlashtirishga mo‘ljallangan boshqaruv algoritmlari ishlab chiqiladi. Kelajakdagi tadqiqotlar asosan paxtani quritishda tejamkor va xavfsiz usullarni topishga qaratiladi. Bunda quyosh nuri kabi tekin energiya manbalaridan foydalanish, mikroto‘lqinli pechga o‘xshash yangi texnologiyalarni oddiy issiq havo bilan birga qo‘llash masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, paxta tolasiga zarar yеtkazmaslik uchun uning tarkibiy o‘zgarishlarini kuzatish va chigit ichidagi namlikni yaxshi olish uchun “quritish va namlash” bosqichlarini navbat bilan qo‘llash kabi yangi usullarni joriy etish rejalashtirilgan. Amaliyotga tatbiq qilish jihatidan qaraganda, eng yaqin istiqbolda mavjud quritgichlarni modernizatsiya qilish eng samarali yo‘l bo‘lib turibdi. Masalan, oddiy minorali quritgichlarga qo‘shimcha havo qayta isitish bloklarini o‘rnatish, barabanli quritgichlarning ichki yuzalarini issiqlikni qaytaruvchi qoplamalar bilan qoplash, chiqindi havodan issiqlik issiqlik qaytaradigan qurilmalar o‘rnatish – bular hozirdanoq iqtisodiy samaradorligini isbotlagan yеchimlardandir. Shuningdek, quritish jarayonini raqamli simulyatsiya qilish va monitoring qilish tizimini ishlab chiqish lozim. Korxona miqyosida olingan real ma’lumotlar asosida sun’iy intellekt yordamida quritish rejimini oldindan bashorat qilish va moslashuvchanlikni sozlash imkoniyati mavjud. Bu kelgusida “aqlli paxta zavodi” konsepsiyasining bir qismi sifatida qaralmoqda. Xulosa qilib aytganda, paxta quritishning samarali texnologik еchimlari majmuaviy yondashuvni talab qiladi: quritish uskunalarining takomillashtirilgan konstruksiyasi, jarayonni avtomatik nazorat qilish, energiya tejamkor rejimlar va sifatni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar birgalikda qo‘llanilgandagina optimal natija berishi mumkin. Xulosa. Paxta xomashyosini quritish — mahsulot sifatini, saqlash muddatini va keyingi texnologik bosqichlardagi samaradorlikni belgilovchi muhim texnologik jarayonlardan biridir. Mazkur ilmiy ishda paxta quritish jarayonining energetik va texnologik jihatlari chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mavjud quritish tizimlarida bir qator texnik muammolar mavjud bo‘lib, ular orasida issiqlik sarfining yuqoriligi, haroratning beqarorligi, ortiqcha yoki yеtarli quritilmagan mahsulot holati, hamda inson omiliga yuqori bog‘liqlik asosiy muammolar sifatida ajralib turadi. Quritishning mavjud usullarining har birining o‘z afzallik va kamchiliklari bo‘lib, ularni to‘g‘ri tanlash va birlashtirish muhimdir Ushbu muammolarga javoban, quyosh energiyasidan foydalanishga asoslangan quyosh konsentratori texnologiyasi va zamonaviy mexatronik boshqaruv tizimlarini qo‘llash orqali samarali texnologik еchimlar taklif qilindi. Quyosh konsentratori yordamida paxta quritish uchun zarur bo‘lgan haroratni barqaror ushlab turish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmini sezilarli darajada qisqartirish mumkinligi ilmiy ma’lumotlar bilan asoslandi. Ayniqsa, quyosh nurlanishi yuqori bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida bunday tizimlarning amaliy joriy etilishi iqtisodiy va ekologik foyda keltiradi. Bundan tashqari, mexatronik tizimlar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruv elementlarini quritish tizimlariga integratsiyalash orqali jarayonni real vaqtda nazorat qilish, quritish haroratini, havo oqimini va namlik darajasini avtomatik boshqarish imkoniyati yaratiladi. Bu esa energiya tejamkorligini oshirish, quritish vaqtini optimallashtirish va mahsulot sifatini barqaror saqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday tizimlar tashqi muhit sharoitlariga tez moslasha olishi, xavfsizlik darajasini oshirishi va inson aralashuvini kamaytirishi bilan ajralib turadi. Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, paxta quritish texnologiyasida quyosh energiyasiga asoslangan quritish usullari va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari integratsiyasi nafaqat texnik va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki ekologik barqarorlikka ham xizmat qiladi. Kelgusida ushbu texnologiyalarni paxta sanoatida keng joriy etish orqali resurslarni tejash, mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga erishish mumkin
Adabiyotlar (2)
- 1. Zhang Q. Cotton Ginning and Processing: A Comprehensive Review. // Transactions of the ASABE. – 2023. – Vol. 66, No. 5. – P. 1309–1321. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Textile and light industry technologies ANALYSIS OF THE EQUATIONS OF MOTION OF SEWING MACHINE MECHANISMS BASED ON EXTERNAL FORCES AFFECTING YARN AND FABRIC Behbudov Sh.H., Samadova M.O. Bukhara state technical university. Abstract. This paper derives the motion equations of sewing machine components under external forces generated by the interaction between yarn and fabric. Mathematical modeling of pressure forces, adhesive viscosity, and needle velocity considering vibration frequency is performed. Graphical analysis demonstrates that adhesive viscosity and needle speed significantly affect seam strength. The results contribute to optimizing the sewing process and improving the mechanical properties of textile materials. Keywords: external forces, sewing machine mechanisms, yarn and fabric, adhesive viscosity, needle speed, vibration frequency, pressure force. Tikuv mashinasida ip va matoning o‘zaro ta’siri jarayonida hosil bo‘ladigan tashqi kuchlar chok sifati va material mustahkamligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, matoga yopishqoq kley qo‘llanilganda ipning uzatilishi, ignaning tezligi va tebranish chastotasining o‘zgarishi mexanik jarayonlarning murakkablashuviga olib keladi. Tikuv mashinasining bo‘g‘inlarida yuzaga keladigan Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 332