Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Takomillashtirilgan tozalash qurilmasining texnologik parametrlarini tadqiq qilish
Abstracts
Maqolada paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasining qoziqli barabaniga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tadqiq qilingan. Tadqiqot natijasida qurilma ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning optimal qiymatlari aniqlangan. O‘tkazilgan tajriba va regressiya tahlillari natijasida paxtani mayda iflosliklardan tozalash jarayonida umumiy tozalash samaradorligi hamda chigit shikastlanish (%) ulushi qurilmaning asosiy konstruktiv va texnologik parametrlariga bevosita bog‘liqligi aniqlandi. Takomillashtirilgan tozalash qurilmasida qoziqlar diametri, qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofa va qoziqli baraban aylanish tezligining optimal kombinatsiyasi mavjud bo‘lib, aynan shu ish rejimida tozalash samaradorligi maksimal qiymatlarga erishadi va chigit shikastlanishi minimal darajada saqlanishi ma’lum bo‘ldi.
paxtamayda iflosliklarqoziqli barabanqoziqlaraylanish chastotasiqiyalik burchagitozalash zonasitakomillashtirishtozalash qurilmasi regressiya tenglamasi RESEARCH OF TECHNOLOGICAL PARAMETERS OF AN IMPROVED CLEANING DEVICE Sultonov M.M.Alokhodjaev A.M.Mirzaakxmedova D.Yu. Namangan state technical university
The article studies the main factors affecting the pile drum of the cotton cleaning device from small impurities. As a result of the study, the optimal values of the main factors affecting the operation of the device were determined. As a result of the conducted experiments and regression analyses, it was found that the overall cleaning efficiency and the percentage of grain damage (%) in the process of cleaning cotton from small impurities are directly dependent on the main design and technological parameters of the device. The improved cleaning device has an optimal combination of pile diameter, distance between piles and mesh, and pile drum rotation speed, and it was found that in this operating mode, the cleaning efficiency reaches maximum values and grain damage is kept to a minimum.
References (29)
- 1. Пахтани дастлабки ишлашни мувофиқлаштирилган технологияси (ПДИ 30-2017). Ўзпахтасаноат. Тошкент 2017.
- 2. Пахта толаси. Техникавий шартлар. Ўзбекистон давлат стандарти O‘z Dst 604-2001. Стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш Ўзбекистон давлат маркази, Тошкент 2001.
- 3. Пахтани дастлабки қайта ишлаш (ўқув қўлланма) Э. Зикирёевнинг умумий тахрири остида. Тошкент, Мехнат 20024. TAKOMILLASHTIRILGAN TOZALASH QURILMASINING TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH Sultonov M.M., Aloxodjayev A.M., Mirzaaxmedova D.Yu. Namangan davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Maqolada paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasining qoziqli barabaniga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tadqiq qilingan. Tadqiqot natijasida qurilma ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning optimal qiymatlari aniqlangan. O‘tkazilgan tajriba va regressiya tahlillari natijasida paxtani mayda iflosliklardan tozalash jarayonida umumiy tozalash samaradorligi hamda chigit shikastlanish (%) ulushi qurilmaning asosiy konstruktiv va texnologik parametrlariga bevosita bog‘liqligi aniqlandi. Takomillashtirilgan tozalash qurilmasida qoziqlar diametri, qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofa va qoziqli baraban aylanish tezligining optimal kombinatsiyasi mavjud bo‘lib, aynan shu ish rejimida tozalash samaradorligi maksimal qiymatlarga erishadi va chigit shikastlanishi minimal darajada saqlanishi ma’lum bo‘ldi. Kalit so‘zlar: paxta, mayda iflosliklar, qoziqli baraban, qoziqlar, aylanish chastotasi, qiyalik burchagi, tozalash zonasi, takomillashtirish, tozalash qurilmasi regressiya tenglamasi RESEARCH OF TECHNOLOGICAL PARAMETERS OF AN IMPROVED CLEANING DEVICE Sultonov M.M., Alokhodjaev A.M., Mirzaakxmedova D.Yu. Namangan state technical university. Annotation. The article studies the main factors affecting the pile drum of the cotton cleaning device from small impurities. As a result of the study, the optimal values of the main factors affecting the operation of the device were determined. As a result of the conducted experiments and regression analyses, it was found that the overall cleaning efficiency and the percentage of grain damage (%) in the process of cleaning cotton from small impurities are directly dependent on the main design and technological parameters of the device. The improved cleaning device has an optimal combination of pile diameter, distance between piles and mesh, and pile drum rotation speed, and it was found that in this operating mode, the cleaning efficiency reaches maximum values and grain damage is kept to a minimum. Keywords: cotton, small impurities, pile drum, piles, rotation frequency, slope angle, cleaning zone, improvement, cleaning device, regression equation Kirish. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasini takomillashtirishdan maqsad paxta titish darajasida ketma-ket oshirish orqali tozalashning maksimal darajasiga erishishdan iborat. Buning uchun kostruksiya to‘rtta tituvchi qoziqli barabanlari qoziqlari baraban yuzasi Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari bo‘ylab bo‘ylama yo‘nalishda burchak ostida, har ikki tomonga o‘zgarib turadigan qatorlarga o‘rnatilgan hamda qo‘shni qoziqlarning burchagi qarama-qarshi yo‘nalishda tanlangan. Ketma-ket barabanlarda qoziq qiyalik burchaklarining ortib borishi paxtaning har bir tozalash zonasida titilishiga qarab silkinishini va sudrab olib yurilishini ta’minlaydi, natijada aralashmalar samarali tarzda chiqariladi [1-3]. 1-rasm. Tozalash qurilmasining texnologik sxemasi (a) va modeli (b) 1-qoziqlar qiyaligi 60 ga teng baraban, 2,3,4-mos ravishda qoziqlari qiyalik burchagi 10,14,180 li barabanlar Qurilmada paxta xom ashyosining tozalashga kirish zonasida titilish darajasi eng past, chunki birinchi barabanning qoziq burchagi eng kichik, 6 gradusda o‘rnatilgan. Keyingi barabanning qoziq burchagi esa 4 gradusdan yuqori bo‘ladi, natijada chiqish qismidagi barabanning bo‘ylama yo‘nalishi bo‘yicha 18 graduslik qoziq burchagi hosil bo‘lgan hamda yuqori titilish darajasiga ega bo‘ladi (1-rasm). Kirish qismidagi barabanlarning qoziqlari minimal burchak ostida o‘rnatiladi, chunki kirish zonasidagi paxta kamroq titiladi, shuning uchun kattaroq paxta bo‘laklari osongina ushlanadi va qoziqlar tomonidan 6 graduslik burchak ostida tortiladi. Chiqish qismidagi tozalash zonasi yakka paxta letuchkalaridan iborat bo‘lib qoladi. Shuning uchun, to‘liq tutib olish va sudrashni ta’minlash uchun qoziqlar 18 graduslik burchak ostida o‘rnatiladi. Bu qoziqlarga barcha paxta bo‘laklarini ushlash va tortib yuza ustidan olib yurish imkonini beradi, bu paxta xom ashyosini mayda qoldiqlardan tozalash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. 1-rasmdagi kabi tozalash qurilmasi 4 ta ketma-ket joylashgan qoziqli barabandan iborat: 1-jadval Barbandagi qoziqlarning qiyalik holatlari Baraban № Qarama-qarshi qiyalikdagi qoziqlar soni (o‘ng+chap) Qiyalik burchagi (α) α₁ = 6° 2 α₂ = 10° 3 α₃ = 14° 4 α₄ = 18° Har bir keyingi barabanning qoziqlari oldingisiga nisbatan 4° ga katta qiyalikda o‘rnatilgan. Qo‘shni qoziqlarning qiyalik burchaklari qarama-qarshi yo‘nalishda joylashtirilgan (ya’ni sinusoidal tartibda). 4 ta barabanning qoziq qiyalik burchagi α₁, α₂, α₃, α₄ = 6°, 10°, 14°, 18° bo‘lishi mumkin shakllari tahlil qilindi. αi∈{6°, 10°, 14°, 18°}(i=1…4) Bu toplamni matritsasini olib tahlil qilish matritsasi tuzib olimiz. 150+150 (2 ta qatorda 75 dona qoziq) “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Textile and light industry technologies 2-jadval Tozalash qurilmasini takomillashtirish qoziqlaring birchak o‘zgarish matritsa Variant α₁ α₂ α₃ α₄ 1 6° 6° 6° 6° 2 10° 10° 10° 10° 3 14° 14° 14° 14° 4 18° 18° 18° 18° 5 6° 10° 14° 18° 6 6° 14° 10° 18° 7 10° 6° 14° 18° 8 10° 14° 6° 18° 9 14° 6° 10° 18° 10 14° 10° 6° 18° 11 6° 10° 18° 14° 12 6° 18° 10° 14° 13 10° 6° 18° 14° 14 10° 18° 6° 14° 15 14° 6° 18° 10° 16 18° 6° 14° 10° - 1–4 – barabanlarda bir xil burchak - 5–16 – barabanlarda ketma-ket oshuvchi yoki aralash burchaklar Fizik mazmunga mos 2 ta funksional model qabul qilamiz: Jadval natijalarga ko‘ra uning amailiy tozalash samaradorligi va shikastlanish natijalari bilan mos bo‘lib quyidagi 3-jadvalda berilgan: 3-jadval Amaliy tozalash samaradorligi va shikastlanish natijalari № Σα (daraja) σ (%) Rct 1 24 37,5 4,2 2 40 44,6 4,4 3 56 48,6 3,8 4 72 45,8 3,4 5 48 61,2 3,1 6 48 53,2 3,2 7 48 49,8 3,4 8 48 51,2 3,4 9 48 49,5 3,3 10 48 50,5 3,1 11 48 52,4 3,1 12 48 51,2 3,4 13 48 52,4 3,2 14 48 51,8 3,4 15 48 50,5 3,3 16 48 52,1 3,4 Paxta xom ashyosini tozalash samaradorligi paxta tozalash jarayonining muhim texnologik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, u xom ashyo tarkibidagi begona aralashmalar, mineral va organik hamda mayda zarrachalarning ajratib olinishi darajasini tavsiflaydi. Tozalash jarayonining yuqori samaradorligi paxta tolasi va chigitning fizik-mexanik xossalarini saqlab qolish, ularning Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari shikastlanish darajasini minimallashtirish hamda mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini barqaror ta’minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, tozalash samaradorligi tozalash mashinalarining konstruktiv tuzilishi, ishchi organlarning harakat rejimi, texnologik parametrlarning optimal tanlanishi va xom ashyoning boshlang‘ich holatiga bevosita bog‘liqdir. Shu bilan birga qurilma ishlaganda maxsulot shikastlanish holatlarini ham o‘rganish lozim bo‘ladi. 2-rasm. Amailiy tozalash samaradorligi va shikastlanish natijalarining grafik tasviri Tahhlilardan shuni ko‘rish mumkinki takomillashtirilgan tozalash qurilmasida 4 ta ketmaket qoziqli baraban mavjud va qoziqlar qiyalik burchagi kirishdan chiqishga qarab 4° ga ortib borishi eng maqbul variant hisoblanadi: α1=6°, α2=10°, α3=14°, α4=18° shuningdek, qo‘shni qator qoziqlar yo‘nalishi qarama-qarshi tanlandi. Qoziqlar burchagining ketma-ket o‘zgarishi uchun matematik ifoda uchun baraban raqamini i=1, 2, 3, 4 deb olsak, burchaklar ketma-ketligi arifmetik progressiya: 𝛼𝑖= 𝛼1 + (𝑖−1)∆𝛼 bu еrda: 𝛼1 = 6°, ∆𝛼= 4°; Demak: 𝛼𝑖= 6 + (𝑖−1)4 Natijalar: α1=6°, α2=10°, α3=14°, α4=18° Qo‘shni qoziqlarning “qarama-qarshi yo‘nalish” sharti (belgi bilan ifodalash) uchun baraban yuzasida qoziqlar qatorlar bo‘yicha navbatma-navbat qarama-qarshi yo‘nalishda o‘rnatilsa, yo‘nalishni belgi orqali ifodalash qulay. Qator (yoki “qo‘shni qoziq guruhi”) indeksini 𝑘= 1, 2 , 3, … deb olsak: 𝛼𝑖,𝑘= 𝑠𝑘𝛼𝑖, 𝑠𝑘= (−1)𝑘−1 Bu еrda: k=1 uchun 𝑠1 = +1 ≫𝛼𝑖,1 = +𝛼𝑖 k=2 uchun 𝑠1 = −1 ≫𝛼𝑖,1 = −𝛼𝑖 Keltirilgan konstruktiv еchimda qoziqlar qiyalik burchagini kirishdan chiqishga qarab bosqichma-bosqich oshirish 𝛼𝑖= 6 + (𝑖−1)4 paxtaning titilish darajasi ortib borishini ta’minlaydi: kirishda paxta “yirik bo‘lak” holatida bo‘lgani uchun kichik burchak uni ushlab sudrashni yеngillashtiradi, chiqishda esa yakka bo‘laklar (letuchkalar) ko‘paygani sababli katta burchak to‘liq ilib olish va sudrashni kuchaytiradi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun takomillashtirilgan qurilmasining regressiya tenglamasini qurish. Paxtani dastlabki va chuqur tozalash jarayonlarida mayda “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Textile and light industry technologies iflosliklarni samarali ajratib olish texnologik jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan shu bosqichda paxta xom ashyosining keyingi qayta ishlash sifati, tolalarning mexanik shikastlanish darajasi hamda chigitning saqlanish holati bevosita shakllanadi. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mavjud tozalash qurilmalarida konstruktiv va texnologik parametrlarning optimal tanlanmaganligi tozalash samaradorligining pasayishiga, chigitning ortiqcha shikastlanishiga va foydali tolalarning yo‘qolishiga olib keladi. Shu sababli takomillashtirilgan qurilma uchun texnologik jarayonni chuqur tahlil qilish va matematik modellashtirish asosida optimal ish rejimlarini aniqlash dolzarb ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi
- [46]. Regressiya tenglamasini qurishdan maqsad – tozalash jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy kiruvchi omillar bilan chiqish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi miqdoriy bog‘lanishni aniqlash, ularning o‘zaro ta’sirini baholash hamda jarayonni optimallashtirish imkonini beruvchi matematik model yaratishdir. Ushbu tadqiqotda kiruvchi omillar sifatida qurilmaning konstruktiv va texnologik jihatdan eng muhim parametrlari tanlandi [7-8]. 4-jadval. Tadqiq etilayotgan omillar o‘zgarish sathlari va oraliqlarini tanlash Omillar nomi va belgilanishi O‘zgartirish sathlari O‘zgartirish oralig‘i -1 0 +1 X1 - Qoziqlar diametri, mm 10 12 14 0.1 X2 - Qoziqlar va to‘r panjaragacha bo‘lgan masofa, mm 45 50 55
- 5 X3 - Qoziqli baraban(lar) aylanish chastotasi, ayl/min 400 425 450
- Xususan, X1 – qoziqlar diametri (mm) bo‘lib, u ishchi zona bilan paxta massasining o‘zaro ta’sir intensivligini belgilaydi; X2 – qoziqlar va to‘r panjara orasidagi masofa (mm) bo‘lib, iflosliklarning ajralish sharoitini belgilaydi; X3 – qoziqli baraban(lar)ning aylanish chastotasi (ayl/min) esa tozalash jarayonining dinamikasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiq etilayotgan omillar o‘zgarish sathlari va oraliqlarini tanlash 4-jadvalda keltirilgan. Ushbu omillar ma’lum diapazonlarda o‘zgartirilib, ularning darajalari markaziy nokompozitsion tajriba asosida kodlangan holda o‘lchandi. 5-jadval. Markaziy nokompozitsion tajriba matritsasi № Omillar 𝑥1𝑥2 𝑥1𝑥3 𝑥2𝑥3 𝑥1 2 𝑥2 2 𝑥3
- 2 Y1 Y2 𝑆𝑢 2(Y1) 𝑆𝑢 2(Y2) 𝑥1 𝑥2 𝑥3 1 + + 0 + 0 0 + + 0 37,0 5,20 0,860 0,151 2 + - 0 - 0 0 + + 0 40,0 6,20 0,780 0,248 3 - + 0 - 0 0 + + 0 41,0 4,10 0,800 0,231 4 - - 0 + 0 0 + + 0 46,0 6,70 0,720 0,328 5 + 0 + 0 + 0 + 0 + 42,0 8,20 0,760 0,274 6 + 0 - 0 - 0 + 0 + 50,0 4,80 0,680 0,385 7 - 0 + 0 - 0 + 0 + 48,0 4,50 0,700 0,356 8 - 0 - 0 + 0 + 0 + 56,0 5,10 0,620 0,478 9 0 + + 0 0 + 0 + + 35,9 3,69 0,812 0,007 10 0 + - 0 0 - 0 + + 52,7 8,90 0,644 0,004 11 0 - + 0 0 - 0 + + 40,7 5,53 0,778 0,018 12 0 - - 0 0 + 0 + + 50,8 7,90 0,677 0,011 13 0 0 0 0 0 0 0 0 0 42,0 3,80 0,023 0,173 14 0 0 0 0 0 0 0 0 0 43,0 3,40 0,289 0,250 15 0 0 0 0 0 0 0 0 0 41,0 4,10 1,700 0,049 Matritsada (+), (-) va 0 qiymatlar ishlatish lozim Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari Kirish omillarining aniq va ishonchli o‘lchanishi uchun laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlariga mos o‘lchash vositalaridan foydalanildi, natijada olingan eksperimental ma’lumotlar asosida Y – chigitning shikastlanish darajasi (%) kabi chiqish parametrlarini tavsiflovchi omillar tanlandi. Tajriba natijalaridan kelib chiqib, ikkinchi darajali regression ko‘p omilli matematik modelni qidiramiz [8-9]. Ushbu tajriba natijasida quyidagi umumiy ko‘rinishdagi regression modelni olish mumkin: 𝑛 𝑀 𝑀 ∑𝑏𝑖𝑖𝑥𝑖 2 𝑖=1 ∑𝑏𝑖𝑗𝑥𝑖𝑥𝑗+ 𝑌𝑅= 𝑏0 + ∑𝑏𝑖𝑥𝑖+ 𝑖=1 𝑖=𝑗=1 𝑗≠1 Yoki tajribamizda uchta omil qatnashayotgani uchun yuqoridagi ifoda quyidagi ko‘rinish oladi: 𝑌𝑅= 𝑏0 + 𝑏1𝑥1 + 𝑏2𝑥2 + 𝑏3𝑥3 + 𝑏12𝑥1𝑥2 + 𝑏13𝑥1𝑥3 + 𝑏23𝑥2𝑥3 + 𝑏11𝑥1 2 + 𝑏22𝑥2 2 + 𝑏33𝑥3
- 2 Tenglamada: 𝑏0 … 𝑏1 … – regressiya koeffitsientlari, 𝑥1, 𝑥2, 𝑥3 – omillarning kodlangan qiymati. 𝑔1 = 0,2; 𝑔2 = 0,17; 𝑔5 = 0,13; 𝑔3 = 0,13; 𝑔6 = 0,06 ; 𝑔4 = 0; 𝑔7 = 0,31 Y1- tozalash samaradorligini optimallashtirish bo‘yicha modellarni hisoblash va regressiya koeffitsientlari aniqlanadi: 𝑁𝑠 𝑏0 = 1 𝑁𝑠 ∑𝑌𝑢= 1 3 (42 + 43 + 41) = 𝑢=1
- Qurilmada chigit shikastlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash. Y- Chigit shikastlanish (%) ulushi optimallashtirish bo‘yicha modellarni hisoblash va regressiya koeffitsientlarini aniqlanadi: 𝑁𝑠 𝑏0 = 1 𝑁𝑠 ∑𝑌𝑢= 1 3 (3,8 + 3,4 + 4,1) = 𝑢=1 3,77 Aniqlangan regressiya koeffitsientlarini hisobga olgan holda tenglama yoziladi: 𝑌𝑅= 3,77 + 0,5 ∗𝑋1 −0,56 ∗𝑋2 −0,6 ∗𝑋3 + 0,4 ∗𝑋1 ∗𝑋2 + 1 ∗𝑋1 ∗𝑋3 −0,71 ∗𝑋2 ∗𝑋3 + 0,82 ∗𝑋1 2 + 1,25 ∗𝑋2 2 + 1,3 ∗𝑋3
- 2 Y - Chigit shikastlanish (%) ulushi optimallashtirish regressiya koeffitsientlarining ahamiyatliligini aniqlash, buning uchun chiquvchi parametr dispersiyasini aniqlanadi va shu asosda regressiya koeffitsientlarini aniqlashdagi dispersiyani hisoblanadi: 𝑆2{𝑌} = 1 3−1 ⋅0,472 = 0,2359 Regressiya koeffitsientlarini aniqlashdagi o‘rtacha kvadratik chetlashishni topiladi: 𝑆{𝑏0} = 0,22; 𝑆{𝑏𝑖} = 0,172; 𝑆{𝑏𝑖𝑗} = 0,243; 𝑆{𝑏𝑖𝑖} = 0,27 Shundan so‘ng quyidagi tenglama yordamida Styudent mezonining hisobiy qiymatini aniqlanadi: 𝑡𝑅{𝑏0} = |3,77| 0,217 = 17,37 𝑡𝑅{𝑏12} = 0,4 0,243 = 1,65 𝑡𝑅{𝑏1} = |0,5| 0,172 = 2,91 𝑡𝑅{𝑏13} = |1| 0,243 = 4,12 𝑡𝑅{𝑏2} = |0,56| 0,172 = 3,26 𝑡𝑅{𝑏23} = |0,71| 0,243 = 2,92 𝑡𝑅{𝑏3} = |0,6| 0,172 = 3,49 𝑡𝑅{𝑏11} = |0,82| 0,272 = 3,01 𝑡𝑅{𝑏22} = |1,25| 0,272 = 4,6 𝑡𝑅{𝑏33} = |1,3| 0,272 = 4,78 Styudent mezonining jadval qiymatini 3-ilovadan olinadi: “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Textile and light industry technologies tj[PD = 0,95; f{Ss 2} = 3 −1 = 2] = 2,77 Ma’lumki, agar mezonning hisobiy qiymati jadval qiymatidan kichik bo‘lsa, o‘sha koeffitsient ahamiyatli emas va uni tenglamadan chiqariladi. Tadqiqotlarda, 𝑏12 koeffitsienti tadqiq etilayotgan parametrlar uchun ahamiyatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi, hamda ahamiyatli koeffitsientlar bilan tenglamani qayta yoziladi: 𝑌𝑅= 3,77 + 0,5 ∗𝑋1 −0,56 ∗𝑋2 −0,6 ∗𝑋3 + 1 ∗𝑋1 ∗𝑋3 −0,71 ∗𝑋2 ∗𝑋3 + 0,82 ∗𝑋1 2 + 1,25 ∗𝑋2 2 + 1,3 ∗𝑋3
- 2 Olingan Olingan Y - chigit shikastlanish (%) ulushi bo‘yicha tenglamalarni adekvatlikka tekshirish. Tekshirish Fisher mezoni yordamida bo‘yicha tenglamalarni adekvatlikka tekshirish. Tekshirish Fisher mezoni yordamida amalga oshiriladi. Fisher mezonining hisobiy qiymati aniqlanadi. Optimallanayotgan omilning hisobiy qiymati Y tenglama 6 – jadvalning matritsadagi (– 1, 0 va +1) barcha ustunlarining kodlashtirilgan qiymatlarini qo‘yib hisoblanadi. Qiymatlar ustun bo‘yicha emas, qator bo‘yicha olinadi. 𝑌 formula uchun hisoblash ishlari quyidagicha bo‘ladi va hisobiy natijalar jadvalga kiritilgan: Yuqorida keltirib olingan regresion matematik modelning adekvatli yoki adekvat emasligini tekshirish maqsadida Fisher mezonining hisobiy qiymatidan foydalanib aniqlaymiz. 𝐹𝑅= 𝑆𝑛𝑎𝑑 2 {𝑌} 𝑆2{𝑌} Olingan Y2- chigit shikastlanish (%) ulushi miqdorini bo‘yicha tenglamaga kodlashtirilgan qiymatlarini qo‘yib hisoblash: 𝑆2{𝑌1} = ∑ 𝑆2{𝑌} 𝑁 𝑢=1 𝑁𝑠−1 = 0,472 3−1 = 0,2359 𝑌𝑅= 3,77 + 0,5 ∗𝑋1 −0,56 ∗𝑋2 −0,6 ∗𝑋3 + 1 ∗𝑋1 ∗𝑋3 −0,71 ∗𝑋2 ∗𝑋3 + 0,82 ∗𝑋1 2 + 1,25 ∗𝑋2 2 + 1,3 ∗𝑋3 2 6-jadval Adekvativ dispersiya uchun tenglamaga kodlashtirilgan qiymatlarining hisobiy natijalar № Y– chigit shikastlanish (%) ulushi adekvatnligi Y1i Y1i (Y1i-YR1i) (Y1i-YR1i)2 1 5,2 5,78 0,58 0,34 2 6,2 6,9 0,70 0,49 3 4,1 4,78 0,68 0,46 4 6,7 5,9 -0,80 0,64 5 8,2 6,79 -1,41 1,99 6 4,8 5,99 1,19 1,42 7 4,5 3,79 -0,71 0,50 8 5,1 6,99 1,89 3,57 9 3,690652181 4,45 0,76 0,58 10 8,895134257 7,07 -1,83 3,33 11 5,531548596 6,99 1,46 2,13 12 7,9 6,77 -1,13 1,28 ∑ (𝑌𝑅1.𝑢−𝑌1𝑢)2 = 16,721 ; 𝑁−𝑁𝑠+1 𝑢=1 𝑆𝑛𝑎𝑑 2 {𝑌1} = 16,721 4 = 4,18 Ma’lumki agar mezonning hisobiy qiymati jadval qiymatidan kichik bo‘lsa, o‘sha koeffitsent adekvat bo‘lib hisoblashlar to‘g‘ri olib borilganligini isbotlaydi 𝐹𝑅1 = 𝑆𝑛𝑎𝑑 2 {𝑌} = 4,18 0,2359 = 17,72 𝑆2{𝑌} 𝐹𝑗[𝑃𝐷= 0,95; 𝑓{𝑆𝑛𝑎𝑑 2 {𝑌}} = 15 −6 −(3 −1) = 5; 𝑓{𝑆𝑢 2} = 3 −1 = 2] = 19,35 Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari 𝐹𝑅1 = 17,72 < 19.35 = 𝐹𝑗 Demak olingan regresion matematik modelar tadqiq etilgan jarayonni yetarli aniqlikda ifodalaydi. Chigit shikastlanish (%) ulushi miqdorini pragnozlash bo‘yicha regressiya tenglamasining grafik ko‘rinishi va tahlili. Natija. Tadqiqot uchun chiqish parametrining xususiyatlarini aniqlash uchun tuzilgan tenglama uch o‘lchovli bo‘lgani uchun, tahlildagi kirish omillaridan biri 𝑋𝑖= 0 (markaziy holat) deb qabul qilinadi va biz ikki o‘lchovli grafikni modellarni 3 ta tenglamaga o‘zgartirish yo‘li bilan tuzamiz. 𝑌𝑅= 3,77 + 0,5 ∗𝑋1 −0,56 ∗𝑋2 −0,6 ∗𝑋3 + 1 ∗𝑋1 ∗𝑋3 −0,71 ∗𝑋2 ∗𝑋3 + 0,82 ∗𝑋1 2 + 1,25 ∗𝑋2 2 + 1,3 ∗𝑋3 2 3-rasm. Qoziqlar diametri va qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofani chigit shikastlanish (%) ulushiga ta’siri 3-rasmdagi grafik tahlili qoziqlar diametri va qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofaning chigit shikastlanish darajasiga birgalikdagi ta’sirini yaqqol namoyon etadi. Grafikdan ko‘rinishicha, qoziqlar diametri kichik qiymatlardan o‘rta qiymatlarga oshishi bilan chigit shikastlanish darajasi avval kamayadi, so‘ngra barqarorlashadi. Bu holat paxta massasining ishchi zonada silliqroq harakatlanishi va chigitga beriladigan zarba intensivligining kamayishi bilan izohlanadi. Masofa parametri juda kichik bo‘lganda paxta zichlanib, chigitning mexanik ta’sir ostida qolishi kuchayadi va shikastlanish ortadi. Masofa ortib borganda esa chigitning ishchi elementlar bilan to‘qnashuvi yumshab, shikastlanish darajasi pasayadi. Grafikda minimal shikastlanish qiymatlari o‘rta diapazonlarda shakllanib, konstruktiv va texnologik parametrlarning muvozanatli tanlanishi chigitning (saqlanish) shikastlanmaslik darajasini ta’minlashda muhim ekanligini ko‘rsatadi. 4-rasm. Qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofani va baraban aylanish tezligini chigit shikastlanish (%) ulushiga ta’siri 4-rasmdagi grafikda masofa va baraban aylanish tezligining chigit shikastlanish darajasiga ta’siri o‘rganilgan. Grafik tahlili shuni ko‘rsatadiki, aylanish chastotasining past qiymatlarida chigitga ta’sir nisbatan sust bo‘lib, shikastlanish darajasi past saqlanadi. Aylanish chastotasi oshgani sari paxta massasining harakat tezligi ortadi va chigitning ishchi elementlar bilan to‘qnashuvi kuchayadi, natijada shikastlanish foizi oshadi. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Textile and light industry technologies 5-rasm. Qoziqlar diametri va baraban aylanish tezligini chigit shikastlanish (%) ulushiga ta’siri Biroq masofa optimal diapazonda bo‘lganda aylanish chastotasining salbiy ta’siri sezilarli darajada kamayadi. Grafikda minimal shikastlanish hududi aniq ajralib turib, aynan shu zona texnologik jihatdan eng maqbul ish rejimini ifodalaydi. Bu esa aylanish chastotasini masofa parametri bilan muvofiqlashtirish chigit shikastlanishini cheklashda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. 5-rasmdagi grafik qoziqlar diametri va baraban aylanish tezligining chigit shikastlanish darajasiga birgalikdagi ta’sirini ifodalaydi. Grafikdan ma’lum bo‘lishicha, qoziqlar diametri kichik bo‘lganda aylanish chastotasining oshishi chigitga beriladigan zarba intensivligini kuchaytirib, shikastlanish foizini oshiradi. Diametr o‘rta qiymatlarga еtganda esa ishchi elementlarning paxta massasiga ta’siri nisbatan yumshoq bo‘lib, shikastlanish darajasi minimal qiymatlarga yaqinlashadi. Juda katta diametrlarda esa chigitning ishchi zona bilan uzoqroq aloqada bo‘lishi sababli shikastlanish yana ortishi mumkin. Grafik optimal diametr–tezlik kombinatsiyasi mavjudligini ko‘rsatib, chigitni saqlash nuqtai nazaridan aylanish chastotasi va qoziqlar diametrini birgalikda tanlash zarurligini isbotlaydi. Xulosa. Chigit shikastlanish (%) ulushini prognozlash bo‘yicha tuzilgan regressiya tenglamasi va uning asosida qurilgan grafik tahlillar natijalari shuni ko‘rsatdiki, chigitning mexanik shikastlanish darajasi qurilmaning asosiy konstruktiv va texnologik omillariga sezilarli darajada bog‘liqdir. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qoziqlar diametri X1=11–13 mm diapazonda tanlanganda chigit shikastlanish darajasi minimal qiymatlarga yaqinlashib, o‘rtacha 3,7–4,2 % oralig‘ida shakllanadi. Diametrning 10 mm dan kichik bo‘lishi shikastlanishni 5,5–6,0 % gacha oshirsa, 14 mm dan katta qiymatlarda esa chigitning ishchi zona bilan uzoqroq kontaktda bo‘lishi sababli shikastlanish 4,8–5,2 % gacha ortishi kuzatildi. Qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofa X2=48–52 mm diapazonda bo‘lganda chigitning mexanik zarbalarga uchrashi kamayib, shikastlanish darajasi o‘rtacha 3,6–4,0 % ni tashkil etdi. Masofaning 45 mm dan kichik qiymatlarida paxtaning zichlanishi kuchayib, shikastlanish 6–7 % gacha oshgan bo‘lsa, 55 mm dan katta masofalarda ishchi ta’sirning notekisligi sababli shikastlanish yana 4,5–5,0 % darajasiga ko‘tarildi. Qoziqli baraban aylanish tezligi X3=420–435 ayl/min oralig‘ida bo‘lganda chigit shikastlanish darajasi eng past qiymatlarga ega bo‘lib, 3,5–3,9 % ni tashkil etdi. Aylanish chastotasining 400 ayl/min dan past bo‘lishi chigitni to‘liq olib yurmaslikka olib kelib, shikastlanishning notekisligiga sabab bo‘lsa, 450 ayl/min dan yuqori qiymatlarda zarba intensivligi ortib, shikastlanish 6–8 % gacha еtishi aniqlandi. Uch omilning optimal kombinatsiyasida regressiya modeli bo‘yicha prognoz qilingan chigit shikastlanish darajasi 3,6–3,9 % chegarasida shakllanib, eksperimental natijalar bilan solishtirilganda farq ±0,4–0,6 % dan oshmadi. Bu holat ishlab chiqilgan regressiya modelining adekvatligini va uning chigit shikastlanishini prognozlashda ishonchli ekanligini tasdiqlaydi. Natijada takomillashtirilgan tozalash qurilmasi uchun aniqlangan raqamli parametrlar paxta xom ashyosini tozalash jarayonida chigitni saqlash darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish yo‘qotishlarini kamaytirish uchun amaliy jihatdan muhim hisoblanadi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026
- To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari O‘tkazilgan tajriba va regressiya tahlillari natijasida paxtani mayda iflosliklardan tozalash jarayonida umumiy tozalash samaradorligi hamda chigit shikastlanish (%) ulushi qurilmaning asosiy konstruktiv va texnologik parametrlariga bevosita bog‘liqligi aniqlandi. Takomillashtirilgan tozalash qurilmasida qoziqlar diametri, qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofa va qoziqli baraban aylanish tezligining optimal kombinatsiyasi mavjud bo‘lib, aynan shu ish rejimida tozalash samaradorligi maksimal qiymatlarga erishadi va chigit shikastlanishi minimal darajada saqlanadi. Regressiya modeli asosida prognoz qilingan natijalarga ko‘ra, optimal sharoitda umumiy tozalash samaradorligi 55–56 % atrofida shakllanib, chigit shikastlanish darajasi 3,6–4,0 % chegarasida bo‘ladi. Eksperimental va hisobiy natijalar o‘rtasidagi farqning kichik bo‘lishi ishlab chiqilgan matematik modelning adekvatligi va ishonchliligini tasdiqlaydi. Natijada takomillashtirilgan qurilma paxta xom ashyosini samarali tozalash bilan birga chigitning saqlanish darajasini oshirish, ishlab chiqarish yo‘qotishlarini kamaytirish va texnologik jarayonni optimallashtirish uchun amaliy jihatdan muhim ilmiy-texnik еchim ekanligi asoslandi. Takomillashtirilgan tozalash qurilmasi uchun tuzilgan regressiya modellariga asoslangan prognoz natijalariga ko‘ra, optimal texnologik rejimda umumiy tozalash samaradorligi 55–56 %, chigit shikastlanish darajasi esa 3,6–4,0 % ni tashkil etadi. Optimal sharoitlar qoziqlar diametri ≈12 mm, qoziqlar bilan to‘r panjara orasidagi masofa 48–52 mm va qoziqli baraban aylanish chastotasi 420–440 ayl/min oralig‘ida aniqlangan. Hisobiy va eksperimental natijalar o‘rtasidagi og‘ish mos ravishda ±2–3 % (tozalash samaradorligi bo‘yicha) va ±0,5 % (chigit shikastlanishi bo‘yicha) dan oshmaydi. Bu holat ishlab chiqilgan regressiya modellari adekvat va ishonchli ekanligini hamda ularni ishlab chiqarish sharoitida qo‘llash mumkinligini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar
- 1. Первичная переработка хлопка-сырца. Учебное пособие. Под ред. Э.З.Зикриёева, Т., Мехнат, 1999, С.84-86.
- 2. Якубов Б.Н. Совершенствование процесса очистки хлопка-сырца от сорных примесей в пильчатых очистителях с целью уменьшения потери волокнистой массы хлопка: Дисс... канд. тех. наук. -Ташкент: ТИТЛП, 1995. - 156 с.
- 3. Расулов Р.Х. Обоснование параметров пильчато – колосниковой системы очистителя хлопка – сырце от крупного сора. Канд. дисс., Ташкент, 2008г, 130 с.
- 4. Obidov A.A., Akxmadaliyeva D. Development of an experimental construction of a device for cleaning from small piece of contaminants. Scientific and technical journal of NamIET, №2, 2024
- 5. Obidov Avazbek, Xudayberdiyeva Dilnoza, Xudayberdiyev Nurillo «Paxtani mayda iflosliklardan tozalashda to‘rli yuza deformatsiyasini o‘rganish». Xalqaro standartlar asosida maxsulot sifatini ta’minlashda energiya va resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning innovatsion usullari mavzusidagi respublika ilmiy amaliy anjuman. NamMTI 2024. 428-432 b.
- 6. Камалов Н.З., Махматкулов Ч.М., Методы оптимизации разделительных процессов. // Т.: 1991. – 28 с. – Деп. в УзНИИНТИ №1442-Уз.
- 7. Бўриев Р.А., Жуманиязов К.Ж., Салимов А.М. Пахтанинг сифатини аниқлаш. «Ўзпахтасаноатэкспорт» холдинг компанияси «Пахтасаноат Илмий маркази» акциядорлик жамияти. Тошкент-2016, 144 б.
- 8. Севастьянов А.Г., Севастьянов П.А. Оптимизация механико-технологических процессов текстильной промышленности. // М.: Легпромбытиздат, 1991. - 255 с.
- 9. Норбоева Д.В., Росулов Р.Х. Пахтани ифлосликладан тозалаш муаммоларини тадқиқ қилиш// ФарПИ Илмий-техника журнали, №2, Том 23, 2019. 162-165-бетлар. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 349